Научная статья на тему 'INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TAFAKKUR FE’LLARINING TAHLILI'

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TAFAKKUR FE’LLARINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
210
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
o‘zbek tilshunosligi / tafakkur fe’llari / tarix / nazariya / tasnif / sodda gaplar.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Zilola Xabibullayevna Abidova

Ushbu maqolada ingliz tilida tafakkur fe’llarining struktur-semantik, leksik, morfologik belgilar va qismlarning o‘zaro bog’lanish xarakteriga ko‘ra tasnifi keltirildi. Oldin yaratilgan tasniflarga tayangan holda ishda tafakkur fe’llarining birgina qirrasini ko‘rsatuvchi qismlari tuzilishi jihatdan tasnifi berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TAFAKKUR FE’LLARINING TAHLILI»

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI TAFAKKUR FE'LLARINING TAHLILI

Zilola Xabibullayevna Abidova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ingliz tilida tafakkur fe'llarining struktur-semantik, leksik, morfologik belgilar va qismlarning o'zaro bog'lanish xarakteriga ko'ra tasnifi keltirildi. Oldin yaratilgan tasniflarga tayangan holda ishda tafakkur fe'llarining birgina qirrasini ko'rsatuvchi - qismlari tuzilishi jihatdan tasnifi berildi.

Kalit so'zlar: o'zbek tilshunosligi, tafakkur fe'llari, tarix, nazariya, tasnif, sodda gaplar.

Kirish: Ingliz tilida tafakkur fe'llarining tadqiqi o'z tarixiga ega. XVII ikkinchi yarmida K.Kuper tomonidan yaratilgan asarlarda ilk ma'lumot uchraydi. Shu asr yetakchi olimi R.Lout bu nazariyani davom ettiradi. XIX asrning o'rtalarida ingliz tilida tafakkur fe'llarining nazariyasi shakllana boshladi va XIX asrning ikkinchi yarmida ingliz normativ grammatikasida tafakkur fe'llarining shakllangan va hozirgi davrgacha hech o'zgarishsiz saqlanib kelmoqda.

Ingliz tilida tafakkur fe'llarining talqini va tasnifi muammosini ko'rib chiqar ekanmiz teng va tobe tarkibli tipik turlarning keng tarqalganiga amin bo'ldik. Ingliz tilidagi tafakkur fe'llarining tarkib jihatidan boshqa tillarda qo'llangan tafakkur fe'llaridan farq qilmaydi.

Ingliz tili tafakkur fe'llarining asos tarkibidagi sodda gaplarda, albatta ikki asos (ega va kesim) bo'lishi shart degan qoida hamma vaqt ham o'z aksini topmaydi, teng tarkibli tafakkur fe'llarining, birinchi qism bir tarkibli, boshqalari esa ikki tarkibli bo'lishi mumkinligi ko 'rildi.

Asosiy qism: Ushbu maqolada ingliz tili tafakkur fe'llarini turli tayanch nuqtalari asosida ta'riflangan. Uning talqini va tasnifi muammosiga ingliz tilshunoslari bilan bir qatorda g'arb olimlari nuqtai-nazaridan kelib chiqib yondashildi. Keltirilgan hamma tasnif (turli tillar grammatikalarida berilgan)larda ham sodda gap asosida ega olingan. Shuning uchun tasniflar ko'p bo'lsada ular o'xshashdir. Vaholangki har bir til, ayniqsa, har-xil oilalarga mansub tillar o'z xususiyatlariga ega va ularni bir-biriga singdirish mumkin emas.

Ingliz olimlarining tafakkur fe'llari masalasiga bag'ishlangan ilmiy ishlari tahlili berildi. Tasniflarda qo'shma gaplarning turli belgilariga aralash holda tayanilganlik ko'rsatilgan.

Ingliz olimlarining boshqa tilshunos olimlar kriteriyalari asosida, qo'shma gap ta'rifi asosi keltirildi. Olimlar nuqtai-nazaridan (ular ilmiy asarlari asos qilib olinib)

kelib chiqib ingliz tilida tafakkur fe'llarining turlari va ularga asos bo'luvchi tasniflar keltirildi.

Ingliz tilida tafakkur fe'llarining struktur-semantik, leksik, morfologik belgilar va qismlarning o'zaro bog'lanish xarakteriga ko'ra tasnifi keltirildi. Oldin yaratilgan tasniflarga tayangan holda ishda tafakkur fe'llarining birgina qirrasini ko'rsatuvchi -qismlari tuzilishi jihatdan tasnifi berildi.

Tafakkur fe'llarining talqini va tasnifi muammosi ancha qiziqarli masala. Olimlarimiz bizga qoldirgan meroslaridan bu masala o'zining uzoq tarixiga egaligini bilamiz. Tafakkur fe'llarining haqida dastlabki ma'lumotlar XIX asrning 20-yillarida chop etilgan asarlarda berilgan. Ammo bu ma'lumotlar mukammal emas edi. 1940-yillardan keyingina tafakkur fe'llarini muammosi olimlar diqqatida bo'ldi. Tafakkur fe'llarini turli tayanch nuqtalari asosida tasniflangan. Uning talqini va tasnifi masalalariga jahon olimlarining o'z nuqtai nazaridan yondashgani ishning shu bobida qisqa tarzda bo'lsa ham, tadqiq etildi. Keltirilgan hamma tasnif (o'zbek va rus tillarida berilgan)larda ham sodda gap asosiga ega olingan. Shuning uchun tasniflar ko'p bo'lsa -da, ular o'xshashdir. Vaholanki, har bir til o'z qonun qoidalariga ega bu qonun qoidalar til imkoniyatlaridan kelib chiqqan.

XIX asrning 80-yillaridan boshlab, 1940-50 yillarda qo'shma gapni belgilash mezoni bobida mavjud bo'lgan ikki asosdan ikkinchisi- yo'l-yo'lakay va qator mustasnolar bilan olg'a surilgan kesim asosiga tayangan holda har bir sintaktik birlikka tizimga yondashildi.

Natijalar qismi: O'zbek olimlarining tafakkur fe'llari masalalariga bag'ishlangan ilmiy ishlari tahlili berilgan. Tasniflar haqida fikr yuritilar ekan, ularda qo'shma gapning turli belgilariga aralash holda tayanilganlik ko'rsatilgan: struktursemantik, leksik, morfologik belgilari va qismlarning o'zaro bog'lanish xarakteriga (ya'ni bog'lovchilar va b. grammatik vositalarning qo'llanilishi// qo'llanmasligiga) ko'ra tasniflari keltirildi va ularning ayrimlariga o'zgartirishlar kiritildi.

Formal-funksional talqinda tafakkur fe'llari tasnifi uning ma'lum bir qirrasi asosida tasnif etilgan. Oldin yaratilgan tasniflarga tayangan holda ishda tafakkur fe'llarining birgina qirrasini ko'rsatuvchi - qismlari tuzilishi jihatidan tasnifi berildi. Ingliz tilida qo'llangan tafakkur fe'llarining mohiyatan boshqa tillarda qo'llangan tafakkur fe'llaridan farq qilmaydi. Tafakkur fe'llaridan foydalanishda badiiy uslubda imkoniyat keng. E.Xemingueyning «Alvido Qurol» asarida ham tafakkur fe'llarining qo'llanish doirasi tor emas. Bu asarda tafakkur fe'llarining teng va tobe tarkibli tipik turlari keng qo'llangan. Ayniqsa, keng bog'lovchili tafakkur fe'llarining kelishi diqqatga sazovor. Muallif ulardan unumli va juda o'rinli foydalangan. Bog'langan tafakkur fe'llar matn yaxlitligi asosida o'zidan keyin kelgan alohida gap sifatida qo'llangan sodda gap bilan birgalikda, ergashgan qo'shma gap tarzida o'girilishi ham diqqatga sazovordir.

Ingliz tilida berilgan payt regash gap, bog'langan tafakkur fe'li tarzida tarjima qilingani, o'rin ergash gapning bir tarkibli shaxsi noma'lum gap tarzida, kesim ergash gap holat ergash gap tarzida, ega ergash gap o 'zbek tilida sodda gap tarzida ifodalangani ham e'tibordan chetda qolmadi.

Tafakkur fe'llarining tarkibiy qismlari son jihatdan har-xil bo'lib, uch qismli gaplar ko'proq qo'llangan.

Xulosa qismi: Umuman olganda, ingliz tilidagi bog'langan va ergashgan qo'shma gaplarning o'zbek tilida berilishi, ularning boshqa qismlar bilan bog'lanish masalasi, qismlar tarkibida uyushiq bo'laklarning kelishi, ingliz till qo'shma gap qurilishi qolipi asosida ikki tarkibli grammatik jihatdan to'liq shakllangan gaplarning o'zbek tiliga sodda gap tarzida berilishi, bog'langan, bog'langan tafakkur fe'llarining matn mazmunini saqlash maqsadida, sodda bir tarkibli so'roq gap tarzida kelishi kabi masalalar ko'rib chiqildi, bu gaplar tarkibida tafakkur fe'llarining va uyushgan gaplarning qo'llanishini tadqiq etish qiziqarli masalalardandir.

Ingliz o'zbek va olimlarining sodda gaplar masalalariga bag'ishlangan ilmiy ishlari tahlili berilgan. Tasniflar haqida fikr yuritilar ekan, ularda qo'shma gapninig turli belgilariga aralash holda tayanilganlik ko'rsatilgan: struktur semantik, leksik, morfologik belgilari va qismlarning o'zaro bog'lanish xarakteriga (ya'ni bog'ovchilar va b. Grammatik vositalarninig qo'llanishiga (qo'llanmasligiga) ko'ra tasniflar keltiriladi. Struktur-semantik talqinda qo'shma gaplar tasnifi uning ma'lum bir qirrasida tasnif etilgan. Oldin yaratilgan tasniflarga tayangan holda ishda qo'shma gapning birgina qirrasini ko'rsatuvchi - qismlari tuzilishi jihatdan tasnifi berildi.

Jahon, xususan, g'arb tilshunosligida bir sostavli gaplar o'z o'rganish tarixiga ega. Ingliz va o'zbek tilshunosligida ham bu masala tadqiq etilgan. Ishda olimlarning bu masala haqidagi fikrlari guruhlarga ajratib aniq qilib berilgan (ingliz, o'zbek va rus tilshunosligidagi ma'lumotlar). Ingliz grammatiklari bir sostavli(egasiz) gaplarni, umuman, ajratmaydilar. Ingliz tilida shaxssiz gaplar(egasi topilmaydigan gaplar) it birligi yordamida berilishi haqida maxsus tadqiqotlarga qisqacha to'xtalinadi. Ingliz tilidagi bu kabi gaplarning o'zbekcha variant! tekshiriladi. Boshqa g'arb tillari ilmiy grammatikalarida esa bu masala rus tiliga o'xshash tarzda tasnif etilgan.

Ingliz tilida tafakkur fe'llarining o'zbek tiliga tarjima qilinganda shakliy-ma'noviy o'zgarishlari, tafakkur fe'llari tarzida berilishi tahlil etildi va ularning boshqa gaplar bilan munosabati o'rganildi.

Ingliz tilida qo'llangan tafakkur fe'llarini boshqa tillarda qo'llangan tafakkur fe'llarining mohiyatan farq qilmaydi. tafakkur fe'llarining foydalanishda badiiy uslubda imkoniyat doirasi tor emas.

REFERENCES

1. Абдуллаева Мархдбо Рахмонкуловна. (2021). Инглиз тилидан узбек тилига таржима жараёни ва унинг мохияти хусусида. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 2(2), 297-306. Retrieved from https: //summusj ournal s. uz/index.php/ij diie/article/view/641

2. Eyler, J. Reection: Linking Service and Learning-Linking Students and Communities// Journal of Social Issues 58, 2002. - pp. 517-524.

3. Abdullayeva, Marxabo Raxmonkulovna . "Fe'liy frazemalarni o'zbek tilidagi muqobil varianti guruhlanishi ( agata kristi asarlari tarjimalari misolida)" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 1, no. 8, 2021, pp. 227-231.

4. Heerman, B. Teaching and learning with computers: a guide for college faculty and administrator. Jossey-Bass, London.1988. - 244p.

5. A.M. Raxmonkulovna. English-uzbek translation process and their analysis. Web of Scientist: International Scientific Research Journal 2 (05), pp:583-601.2021

6. Jasinski, M. Pedagogical issues emerging from this project. Teaching and learning styles that facilitate online learning.1998. - 458p.

7. Akramxodjaeva, D., M. Nasretdinova, and M. Abdullayeva. "Translation of national events and concepts in fiction." International Journal of Scientific and Technology Research 9.2 (2020): 2984-2986.

8. Usability testing for developing effective interactive multi-media software: concepts, dimensions and procedures. 1999. - 465p.

9. Abdullayeva, Marxabo Raxmonkulovna . "Fe'liy frazemalarni o'zbek tilidagi muqobil varianti guruhlanishi ( agata kristi asarlari tarjimalari misolida)" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 1, no. 8, 2021, pp. 227-231.

10. АБДУЛЛАЕВА, МАРХАБО РАХМОНКУЛОВНА. "НАЦИОНАЛЬНЫЙ КОЛОРИТ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ПЕРЕВОДЕ (УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ)." Проблемы и перспективы развития России: Молодежный взгляд в будущее. 2018.

11. Akramxodjaeva, D., Nasretdinova, M., & Abdullayeva, M. (2020). Translation of national events and concepts in fiction. International Journal of Scientific and Technology Research, 9(2), 2984-2986.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.