"Uzbekistan-China: development of R VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 1
cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181"1784
economic relations" SJIF 2021: 5.423
XITOY TILIDA ± [SHANG] VA T [XlA] FE'LLARI MA'NOLARI VA ULARNING O'ZBEK TILIDA IFODALANISHI
d 10.24412/2181 -1784-2021 -1 -741 -747
Sh.K.Muxamedjanova
Xitoy filologiyasi kafedrasi tayanch doktоranti Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Annotatsiya. Xitoy tili tadqiqotchilari tomonidan harakat fe'llari guruhi tarkibida harakat yo'nalishi fe'llari ajratiladi. Harakat yo'nalishi fe'llari polifunksional ahamiyatga ega bo'lib, gapda mustaqil fe'l sifatida, shuningdek, ko'makchi fe'l vazifasida boshqa fe'llar bilan qo'shilib, qo'shma (murakkab) fe'llarni hosil qila oladi.
Ushbu maqolada biz harakat yo'nalishi fe'li bo'lgan ^ (ko'tarilmoq) va T (tushmoq) fe'llarining o'z va ko'chma ma'nolarini, shuningdek, ularning o'zbek tilida ifodalanishini ko'rib chiqamiz.
Kalit so'zlar: harakat yo'nalishi fe'li, qo'shma fe'l, murakkab fe'l, modifikator, predikat, qo'shimcha grammatik ma'no, yetakchi ma'no, ko'chma ma'no, yo'nalish ma'nosi.
Annotation. Chinese language researchers distinguish movement verbs within a group of action verbs. Movement verbs are polyphonic in nature and form joint (complex) verbs together with other verbs in the sentence as an independent verb, as well as in the function of auxiliary verbs.
In this article, we present the leading and moving meanings of the verb ^ (up) and T (down), and also consider their expressions in Uzbek.
Keywords: action verb, joint verb, complex verb, modifier, predicate, additional grammatical meaning, leading meaning, portable meaning, meaning of direction.
Аннoтaция. Исследователи китайского языка классифицируют глаголы направления движения как часть группы глаголов действия. Глаголы направления движения имеют многофункциональное значение и как самостоятельные глаголы в предложении, а также в качестве вспомогательного глагола они могут сочетаться с другими глаголами для образования составных (сложных) глаголов.
В этой статье мы рассмотрим прямое и переносные значения глаголов ^ (вверх) и Т (вниз), который является глаголоми направления движения, а также рассмотрим их выражения на узбекском языке.
Ключевые слова: глагол направления движения, составной глагол, сложный глагол, модификатор, предикат, дополнительное грамматическое значение, прямое значение, переносные значения, направленное значение.
Xitoy tilida fe'llarning ma'nolari va gapdagi vazifalari ko'p qirralidir. Ular nafaqat predikativ vazifani bajaradi, balki qo'shimcha grammatik ma'noga ishora qilish imkoniyatiga ham ega. Xitoy tilidagi harakat yo'nalishi fe'llari shu ikki vazifani bir yo'la ifodalay oladi.
Li Zinsi, Lyuy Shusyan, Vang Li, Djan Djigun, Yan Bozyun, Din Shenshu, Djao Yuanren, Dju Desi, Xu Yuyshu, Fan Syao, Sin Fuyi, Luy Yuexua, T.P. Zadoyenko, Xuan Shuin, Tan Aoshuan, V.I. Gorelov kabi bir qator xitoy va rus tilshunoslari o'z ilmiy ishlarida xitoy tilida harakat yo'nalishi fe'llari muammolariga to'xtalib o'tishgan.
T.P. Zadoyenko va Xuan Shuinlarning yozishicha, "xitoy tilida harakat mazmunini ifodalovchi va bu harakat yo'nalishini ko'rsatuvchi fe'llar mavjud" [3]. Mualliflar bu turdagi fe'llarni ikki guruhga ajratishadi. Birinchi guruhga makondagi harakatni ifodalovchi 7 ta fe'l kiritilgan bo'lib, ular "jin " guruhi fe'llari deb ataladi: Ä (kirmoq), Ш (chiqmoq), Т (tushmoq), ^ (ko'tarilmoq), @ (qaytmoq), Й (kesib o'tmoq), Ш (ko'tarilmoq). Ikkinchi guruhda so'zlovchiga qaratilgan harakatni ifodalovchi 2 ta fe'l - ^ (kelmoq) va i (ketmoq) qayd qilinadi [3]. Aksariyat xitoy tili tadqiqotchilari ^ (kelmoq) va i (ketmoq) fe'llarini harakat yo'nalishi fe'llari guruhiga kiritadilar. Buning dalili ushbu ikki fe'l avvalo, sodda harakat yo'nalishi fe'llaridir, shuningdek, ular ishtirokida harakat yo'nalishi ma'nosili qo'shma fe'llar hosil qilinadi. Biroq makondagi harakatni ifodalovchi fe'llar ni "jin" guruhi deb nomlanishi T.P. Zadoyenko va Xuan Shuinlar tomonidan aytib o'tilgan
Maqolada T.P. Zаdоеnkо, Xrnn Shuinlarning "Основы китайского языка" darsligida ajratib o'tgan "jin" guruhi fe'llaridan oriyentir tomon yuqoriga yo'nalgan harakat ^ hamda unga qarama-qarshi ma'nodagi oriyentir tomon pastga yo'nalgan harakat ma'nosini anglatuvchi Т fe'llarining ma'nolari ko'rib chiqiladi.
^ [shang] harakat yo'nalishi fe'li. Xitoy tilidagi ^ [sháng] o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan harakat yo'nalishi fe'li o'zbek tilida turli leksik birliklar
yordamida ifodalanadi. Uning o'z va ko'chma ma'nolarining o'zbek tilidagi ifodalanishini ko'rib chiqamiz.
O'z ma'nosi. Bu fe'lning yetakchi ma'nosi oriyentir tomon yuqoriga yo'nalgan harakatdir.
1. ^ [shàng] fe'lining "ko'tarilish" ma'nosi o'zbek tilida ko'tarilmoq fe'li orqali ifodalanadi. Masalan:
^^ [Yûn shàng] [1]. Bulutlar [osmonga] ko 'tarilmoqda.
2. Biron bir transportga "o'tirish", "ortish" ma'nolari o'zbek tilida o'tirmoq, chiqmoq, ortmoq fe'llari bilan ifodalanadi.
^^ [Shàng che]. Mashinaga o 'tirmoq (chiqmoq).
3. Qayergadir "jo'nab ketmoq", "yo'lga tushmoq" ma'nolari o'zbek tilida jo 'namoq, ketmoq, yo 'lga tushmoq, yo 'lga chiqmoq fe'llari yordamida ifodalanadi:
^ïï [Shànglù]. Yo 'lga chiqmoq (tushmoq).
Xitoy tili grammatikasida so'zlarning gapdagi pozitsiyasi ifodalanayotgan ma'noga katta ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun yuqorida ko'rib o'tgan ^ïï [Shànglù] Yo 'lga chiqmoq misolida ^ [shàng] fe'li ïï[lù] yo 'l so'zidan oldin kelgan vaqtda yo'lga tushmoq ma'nosini ifodalasa, ï [lù] so'zidan keyin ^ [shàng] ning qo'llanilishi yo'ldaman degan ma'noni ifodalab keladi. Demak, xitoy tili grammatikasida so'zlarning gapdagi pozitsiyasi nafaqat ma'no o'zgartirishga xizmat qiladi, balki qo'shimcha grammatik ma'no ham ifodalashi mumkin.
Misollar tahlili shuni ko'rsatdiki, ^ [shàng] fe'lining yetakchi ma'nolaridan biri bo'lgan "ko'tarilmoq" ma'nosi o'zbek tilida aynan ko'tarilmoq fe'li bilan ifodalandi. Har ikki fe'lning bu yerdagi ma'nosi oriyentir tomon yuqoriga yo'nalgan harakatni ifodalashga xizmat qiladi. Biroq xitoy tilidagi fe'lning "ko'tarilmoq" ma'nosidan tashqari "ortmoq", "o'tirmoq", "yo'lga chiqmoq" kabi ma'nolari o'zbek tilida boshqa turdagi fe'llar yordamida ifodalandi.
Ko'chma ma'nosi. Xitoy tilidagi ^ [shàng] fe'lining ko'chma ma'nosi asl masofadagi harakat yo'nalishi ma'nosini o'zida aks ettirmay, balki uning o'z ma'nosi mavhum holatga o'tib, bizning ongimizdagi mavhum harakat ma'nosini anglatuvchi semaga aylanadi.
1. ^ [shàng] fe'li paydo bo'lishning ko'chma ma'nolarini anglatganda, "chiqmoq", "paydo bo'lmoq", "ko'rinmoq"; "qilmoq"; "tushmoq", "qo'shilmoq" misol uchun, ro 'yxatga tushmoq ma'nolari o'zbek tilida ayni shu fe'llar yordamida ifodalanadi:
[Shàngshi] [1]. Bozorga (sotuvga) chiqarilmoq (chiqmoq).
743
^ffi [Shàngbào]. Gazetada chiqmoq (yangiliklarda chiqmoq). ^ [shàng] "mos kelish", biron nasaning "yarashishi" ma'nosida kelganida o'zbek tilida mos kelmoq, yarashmoq, o'tirmoq fe'llari yordamida ifodalanadi. Masalan:
^^JL [Shàng shen er]. Qomatga mos, yarashmoq (kiyim haqida). 2. ^ [shàng] biron ishda ma'lum darajaga "erishmoq" ma'nosi o'zbek tilida quyidagicha ifodalanadi:
^fê [Shàng dé]. Donishmandlikka erishmoq.
Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, ^ [shàng] fe'lining ko'chma "chiqmoq", "paydo bo'lmoq", "ko'rinmoq"; biron ish-harakatni "qilmoq"; "tushmoq", "qo'shilmoq"; "mos kelmoq", "yarashmoq", ma'lum darajaga "chiqmoq", "erishmoq" kabi ma'nolari o'zbek tilida gapda ifodalanayotgan ma'nodan kelib chiqib turli fe'llar yordamida ifodalandi.
T [xia] harakat yo'nalishi fe'li. Xitoy tilidagi T [xià] harakat yo'nalishi fe'li oriyentir tomon quyiga yo'nalgan harakat ma'nosini bildiradi. O'zbek tilida ushbu ma'no turli leksemalar bilan ifodalanadi.
O'z ma'nosi. T [xià] fe'lining oriyentir tomon quyiga yo'nalgan harakat ma'nosi o'zbek tilida tushmoq fe'li bilan ifodalanadi. Shuningdek, xitoy tilidagi gaplar o'zbek tiliga tarjima qilinganda tushmoq fe'li bilan birgalikda pastga so'zi ham qo'llanilishi mumkin. Bunda ma'no yanada aniq ko'rsatiladi: zinadan tushmoq -zinadan pastga tushmoq, yuqori qavatdan tushmoq - yuqori qavatdan pastga tushmoq. Xitoy tilida esa bunga hojat yo'q. Sababi T [xià] fe'li bir vaqtning o'zida ham pastga va tushmoq ma'nolarini o'zida aks ettiradi.
T^ffi [Xià loutï] [1]. Zinadan pastga tushmoq.
[Xià feijï]. Somolyotdan (pastga) tushmoq. Ko'chma ma'nosi. T [xià] fe'li ko'chma ma'noda yashirin harakatni ifodalaydi. Uning quyiga yo'nalgan harakat ma'nosi ba'zi ko'chma ma'nolarda saqlanib qoladi. O'zbek tilida T [xià] fe'lining ko'chma ma'nolari gapda anglashilayotgan ma'nodan kelib chiqib turli leksik birliklar yordamida ifodalanadi.
1. Qor yoki yomg'irning yog'ishi, havo haroratining pasayishi kabi ma'nolari o'zbek tilidayog'moq, pasaymoq fe'llari yordamida ifodalanadi. Masalan: W^TT [Xue bùxiàle] [1]. Qor yo 'gishdan to'xtadi. TTM^M [Xiàle liàng tian yu]. Ikki kun davomidayomg'ir yog 'di.
2. T [xia] fe'lining nimanidir "ko'rishga bormoq", qayergadir "yo'nalmoq", "kelmoq" ma'nolari o'zbek tilida asosan kelmoq, bormoq, tashrif buyurmoq fe'llari bilan ifodalanadi:
ШТГ [Zuojia xià chäng]. Yozuvchi zavodga tashrif buyurdi.
■■■ [Xüduö zuojia xià xiang tïyàn shënghuo...] Ko plab yozuvchilar qishloqqa tajriba orttirish uchun borishadi... .
3. "Ketmoq", "boshamoq" ma'nolari, masalan, "ishdan bo'shamoq", "tark etmoq" ma'nolari o'zbek tiliga anglashilayotgan ma'nodan kelib chiqqan holda turli fe'llar yordamida tarjima qilinadi.
Т7Ш7 [Xiàle kèle]1. Dars tugadi (o 'quvchilar qo 'yib yuborildi).
[Ta zuotian xiàle huo]. Ukecha ishdan bo 'shadi.
4. "Meva uzmoq" ko'chma ma'nosi o'zbek tilida uzmoq fe'li bilan ifodalanadi, masalan:
^TMffi^T' [Xïn xià shù de guözi]. Daraxtdan yangi uzilgan mevalar.
5. Kimdandir yoki nimdandir "yomonroq (pastroq) bo'lmoq", kimgadir "bo'ysunmoq", "yon bermoq" ma'nolari o'zbek tilida quyidagicha ifodalanadi:
[Bùxià yû cï]. Bundan yomoni bo 'Imaydi.
ffif^^T [Xiangchi bùxià]. Tortishuvda bir-biriga yon bermaslik.
T^^ [Xià yï deng]. Bir pog 'ona past bo 'lish.
6. T [xià] fe'lining "taslim bolmoq", "tan bermoq" ma'nolari o'zbek tilida aynan shu fe'llar yordamida ifodalanadi. Masalan:
^АЙ^^Т [Yuan rén wén zhï näi xià]. Yuan shahri himoyachilari bu haqda xabar topib, taslim bo 'lishdi.
Tahlil natijalaridan ma'lum bo'ldiki, T [xià] fe'lining ob-havoga taaluqli bo'lgan "yog'moq", "pasaymoq"; ko'rishga bormoq", "yo'nalmoq"; "ketmoq" "boshamoq"; "uzmoq"; "bo'ysunmoq", "yon bermoq"; "taslim bolmoq", "tan bermoq" kabi ko'chma ma'nolari o'zbek tiliga ifodalanayotgan ma'nodan kelib chiqib turli fe'llar yordamida o'giriladi.
Yuqorida ko 'rib chiqilgan tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda quyidagilarni xulosa sifatida keltirish mumkin.
1. Xitoy tilidagi ^ [shàng] fe'li o'zbek tiliga turli fe'llar yordamida tarjima qilinadi. Uning o'z ma'nosi bo'lgan "ko'tarilmoq" ma'nosi o'zbek tilidagi
1 Большой китайско-русский словарь: в 4 т. / под ред. И.М. Ошанина. - М.: Наука, 1984.T.2. - C. 719. (keyingi misollar ham ushbu lug'atning aynan shu sahifasidan keltirilgan)
745
ko'tarilmoq fe'li bilan o'xshash. Boshqa o'z ma'nolari, jumladan, "ortmoq", "o'tiimoq", "yo'lga chiqmoq" kabilaг o'zbek tilida boshqa todagi fe'llaг yoгdamida ifodalandi.
2.Т [xià] fe'lining asosiy harakat oгiyentiгiga tomon harakat ma'nosi o'zbek tilida tushmoq fe'li yoráamida ifodalanadi. O'zbek tilidagi tushmoq fe'li ham Т [xia] fe'li singaгi haгakatning pastga tomon yo'nalganligiga ishoгa qiladi.
3. ^ [shàng] fe'lining ko'chma "chiqmoq", "paydo bo'lmoq", "ko'rinmoq"; biгon ish-harakatni "qilmoq"; "tushmoq", "qo'shilmoq"; "mos kelmoq", "yarashmoq", "yuqoгi o'гinni egallamoq" kabi ma'nolari o'zbek tilida gаpda ifodalanayotgan ma'nodan kelib chiqqan holda turii fe'lto yoгdamida ifodalandi.
4.Т [xià] fe'lining ob-havoga taalluqli bo'lgan "yog'moq", "pasaymoq"; "ko'rishga boгmoq", "yo'nalmoq"; "ketmoq", "bo'shamoq"; "uzmoq"; "bo'ysunmoq", "yon beгmoq"; "taslim bolmoq", "tan beгmoq" kabi ko'chma ma'nolari o'zbek tiliga turii fe'llaT yordamida o'giгiladi. Biгoq o'zbek tilidagi misollaráa qo'llanilgan so'zlaгda ham Т [xià] fe'lining yashirin quyiga yo'nalganlik ma'nosi aks etadi.
5. Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, ^ [shàng] va Т [xià] fe'llari polisemantik xususiyatga ega, ya'ni ma'no ko'lami juda keng. Shu bois xitoy tilidagi ushbu fe'lla- ifodalayotgan ma'nodan kelib chiqib o'zbek tiliga turii qatlamga tegishli bo'lgan fe'llaT yoráamida o'giгiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Большой китайско-русский словарь: в 4 т. / под ред. И.М. Ошанина. - М.: Наука, 1984.
2. ДуХунцзюнь. Система приставочных глаголов движения в русском языке в сопоставлении с китайским языком: Дисс. ... канд. филол. наук. - Москва, 2010.
3. Задоенко Т.П., Хуан Шуин. Начальный курс китайского языка. Ч.2. Изд. 2-е, стер. - М.: Муравей, 2004.
4. Курдюмов В.А. Курс китайского языка. Теоретическая грамматика. - М.: Цитадель-Трейд; Лада, 2005.
5. XDHYZD - ШШ1р 7GGG М(МЩ)Норма написания, произношения и значение 7000 общеупотребительных иероглифов современного китайского языка. главный редактор Ло Чжиу. ШГО:
Гуйян: Гуйчжоу женьминь, 2003.
6. иМ1, Lu Shuxiang, Zhu Bian. Hozirgi xitoy tilidagi 800 ta so'z tadqiqi-^Ж, 1997.
7. ^^^ Ma Shaoin. Hozirgi xitoy tilida harakat yo'nalishi fe'llari semantikasi tadqiqi. Magistrlik ishi. Fudan universiteti, 2004.
8. ^^^^ 108 Ш 108 шедевральных саньвэней под редакцией Цзяо Пин. - Нанкин: Илинь, 2009.
9. Zhang Faming. va harakat yo'nalishi fe'llari haqida yangi tushunchalar")// 1983.
10. ШШ Liu Yuehua, Pan Wenyu, Gu Hua. ШШШШ^р Ш (Amaliy zamonaviy xitoy tili grammatikasi)» . Й^ЁР^'Ш, 2013.