Научная статья на тему 'O’ZBEK TILIDA TOPONIMLAR NOMLANISHINING LINGVISTIK TAHLILI'

O’ZBEK TILIDA TOPONIMLAR NOMLANISHINING LINGVISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Биотехнологии в медицине»

CC BY
38
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Toponimlar / til tarixi / etimologiya / Muzrabot / Yangiobod / Chorbog’ / lingvistik tahlil / etimologik tahlil.

Аннотация научной статьи по биотехнологиям в медицине, автор научной работы — Ilhomova Dilnoza Valiyevna

Ushbu maqolada o’zbek tilidagi toponimlardan birining etimologik va lingvistik jihatdan tahlili keltirilgan. Toponimlarning turlari, variantlari haqida ham izohlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILIDA TOPONIMLAR NOMLANISHINING LINGVISTIK TAHLILI»

O'ZBEK TILIDA TOPONIMLAR NOMLANISHINING LINGVISTIK

TAHLILI

Ilhomova Dilnoza Valiyevna

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tilidagi toponimlardan birining etimologik va lingvistik jihatdan tahlili keltirilgan. Toponimlarning turlari, variantlari haqida ham izohlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Toponimlar, til tarixi, etimologiya, Muzrabot, Yangiobod, Chorbog', lingvistik tahlil, etimologik tahlil.

Toponimika (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastikaning joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo bo'lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o'zgarishini, tarixiy-etimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o'rganuvchi bo'limi.

Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmuyi — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so'zlar singari til qonuniyatlariga bo'ysunadi, lekin o'zining paydo bo'lishi va ba'zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va ma'naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo'lib, ma'lum darajada boshqa guruh so'zlardan farq qiladi.

Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo'lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar ko'proq saqlangan bo'ladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg'uloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi.Toponimiya geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va boshqalar)ni tadqiq etishda muhim

manba hisoblanadi, chunki ba'zi toponimlar (ayniqsa, gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni o'zgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, ko'pincha muayyan hududda yashagan xalqlarning substrat tillariga borib taqaladi. Toponimiya xalqlarning tarixiy o'tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o'tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo'llari va shu kabi geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga ko'ra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi toponimiyaning ning amaliy jihati hisoblanadi.Toponimlar yirik yoki mayda ob'yektlarning nomlari ekanligiga qarab makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi:

makrotoponimlar — keng hududlar, katta ob'yektlar (materiklar, okeanlar, tog'lar, cho'llar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va shu kabi)ning atoqli otlari; mikrotoponimlar — kichik ob'yektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, ko'chalar, qo'rg'onlar va shu kabi) ning atoqli otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki ko'pincha makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin.Turli xil geografik ob'yektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq ravishda toponimlarning quyidagi bo'limlari ajratiladi:

a) gidronimika — suv havzalari;

b) daryo, kanal, soy, ariq, buloq, ko'l kabilarning nomlarini o'rganuvchi soha;

c) oykonimika — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, mahalla, guzar, ko'cha, ovul, qo'rg'on nomlarini o'rganuvchi soha;

d) oronimika — yer yuzasining relyef shakllari: tog', cho'qqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini tekshiradigan soha;

e) urbanonimika — shahar ichidagi har qanday ob'yektlar nomlarini o'rganuvchi soha;

f) kosmonimika — Yerdan tashqaridagi ob'yektlar (osmon jismlari) nomlarini

o'rganuvchi soha va boshqalar.

Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko'llar, tog'lar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o'rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi. Geografik nomlar, ya'ni toponimlar til lug'at tarkibining bir qismi bolib, til qonuniyatlariga bo'ysunadi. Albatta, so'zni tilshunoslik — lingvistika fani o'rganishi kerak. Demak, toponimika atoqli otlarni o'rganadigan onomastika fanining bir qismi bo'lib, tilshunoslik fanlari qatoriga kiradi.Ikkinchi tomondan, geografik nomlar xaritaning eng muhim elementi sifatida biron mamlakat yoki oika tabiatining xususiyatlarini aks ettiradi. Ana shu nuqtai nazardan toponimikani geografik fanlar jumlasiga kiritish mumkin. Toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig'idagi fandir.

Shu bois toponimikaning talaygina faktlari xarakter jihatdan xilma-xil bo'lgan lingvistik, tarixiy va geografik material jalb qilingandagina to'g'ri izohlab berilishi mumkin.

So'nggi 40-45 yil ichida toponimiyaning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi, toponimiya sohasida bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda rus olimlaridan V.A.Nikonov, A.V.Superanskaya, A.P.Dulzon, E.M.Murzayev, V. N. Toporov, O.N.Trubachev, o'zbek nomshunoslaridan H.Hasanov, E.Begmatov, T.Nafasov, S.Qorayev, Z.Do'simov va boshqalarning xizmatlari katta bo'ldi. O'zbekiston toponimiyasi 20-asrning 60-yillaridan ilmiy asosda o'rganila boshlandi: Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarqand, Marg'ilon, Qo'qon, Buxoro, Boysun, Mirzacho'l, Shahrisabz, Nurota hududlaridagi joy nomlari tadqiq etildi, toponimiyaga oid bir necha lug'atlar, risola va monografiyalar nashr etildi.

H.Hasanovning "Yer tili" (1977), S.Qorayevning "Geografik nomlar ma'nosi" (1978), Z.Do'simovning "Xorazm toponimlari" (1985), T.Nafasovning "O'zbekiston toponimlarining izohli lug'ati" (1988), N.Oxunovning "Joy nomlari ta'biri" (1994) va boshqa shular jumlasidandir.

Shuningdek, toponimlar orasida turli sinflar ajralib turadi, masalan:

1.Oronimlar — ko'tarilgan relyef shakllari (tog'lar, qirlar, cho'qqilar, adirlar) nomlari;

2.Speleonimlar - tabiiy yer osti tuzilmalarining nomlari;

3.Horonimlar - har qanday hudud (viloyat, tuman, shtat) nomlari;

4.Tabiiy dafn marosimlari - geografik hududlarning nomlari;

5.Ma'muriy horonimlar - siyosiy birliklar va davlatlar nomlari (kratonimlar);

6.Urbanonimlar - shaharlararo ob'ektlarning nomlari;

7.Agoronimlar - kvadratlarning nomlari;

8.Godonimlar - ko'cha nomlari;

9.Dromonimlar - aloqa yo'llarining nomlari;

10.0ykonimlar - aholi punktlarining nomlari;

11 .Astionim - shaharlarning nomlari;

12.Komonimiya - qishloq aholi punktlarining nomlari;

13.Gidronimlar - suv ob'ektlarining geografik nomlari, jumladan:

14.Gelonimlar - botqoq, botqoq yerlarning nomlari;

15.Limnonimlar - ko'llarning nomlari;

Agroonimlar ekin maydonlarining nomlari: ekin maydonlari, dalalar va boshqalar. Drimonimlar (qadimgi yunoncha: 5pu^o<; „eman, o'rmon, to'qay" + onomo „ism, ism") — o'rmonlar, to'qaylar, qarag'ay o'rmonlari nomlari va boshqalar. Toponimlar nomlanishining tahliliga Surxondaryo viloyatida joylashgan, Muzrabot tumanining kelib chiqish tarixini misol qilish mumkin. Izlanishlar natijasida tuman kelib chiqishi bilan bog'liq bir qancha rivoyat va afsonalarga duch kelish mumkin: "Qadimda Muzrabot ota degan ziyoratgoh bo'lgan. Keyinchalik bu ziyoratgoh mashhur bo'la boshlagandan keyin ziyoratgoh sharafiga u joylashgan hudud va unga yaqin joylar Muzrabot deb nomlana boshlagan. Avval Muzrabot tumani Gagarin nomi bilan atalgan va shu viloyatda joylashgan Sherobod tumaniga qarashli bo'lgan. 1969-yilda u Sheroboddan ajralib chiqqan". (Ushbu rivoyat 1946-yilda tug'ilgan 77 yoshli Xudoyqulov Xoliyor hoji bobo tilidan yozib olindi.)

Ushbu tuman hududiga kiruvchi yana bir toponimlardan biri Yangiobod sanaladi.

Uning ham kelib chiqishining , nomlanishining ham tarixi bor: "Muzrabot tumanidagi Beshqo'ton cho'llarini o'zlashtirish uchun aholi Boysun tumanidan ko'chirib kelina boshladi. Ko'chib kelgan aholi o'zlashtirgan yerlarining yangi

ekanligiga hamda bu joylarni obod qilishayotganiga nisbat berib bu yangi hududning nomini Yangiobod deb nomlashadi. Ko'chib kelgan aholi joylashan birinchi savxoz nomi (SSSR davrida shunday nomlangan ) mana shundan kelib chiqqan". (Ushbu rivoyat 1947- yilda tug'ilgan shu hududda yashovchi Turdialiyev Qurbon bobo tilidan yozib olindi.)Tuman hududini tarixiy jihatdan chuqurroq o'rganadigan bo'lsak, tuman hududida jez davriga oid Sopollitepa, Kampirtepa (miloddan avvalgi 3— milodiy 3-asr), Qorakamar g'orlar majmuoti

(1-asr), Buzrukota me'moriy majmuasi (15-asr) va boshqa qadimiy yodgorliklar bor.Bugungi kunda ushbu tumanning maydoni 740 km2. Aholisi 99,1 ming ortiq kishini tashkil qiladi. Xuddi mana shunday o'zining kelib chiqish tarixiga ega bo'lgan toponimlardan biri Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan Chorbog' mahallasi hisoblanadi. Uning kelib chiqish tarixi quyidagicha: "Chorbog' mahallasi Boysun tumanida joylashgan eng so'lim mahallalardan biri

hisoblnadi. Bu mahalla 1905-yilda tashkil topgan. Bu hududda 4 ta aka-uka yashagan. Bu aka-ukalar hududning 4 tarafida 4 ta bog' yaratishgan. Ushbu bog'lar juda katta bo'lgan. Hududni uzoqdan kuzatishsa, 4 ta bog'ni bemalol ko'rish mumkin bo'lgan. Shuning uchun ham hudud nomi tojikcha chor-to'rt va o'zbekcha-bog' so'zlarining birlashuvi orqali " Chorbog' ", ya'ni " To'rt bog' " deb nomlangan".(Ushbu rivoyat 1969-yilda tug'ilgan Norqobilova Gulnora tilidan yozib olindi)Toponimlar tarixini yoritish orqali biror hududning o'tmishdagi tabiiy sharoiti, siyosiy holati, etnik jarayonlari, iqtisodiy mavqei, xalqaro aloqalari, aholining ijtimoiy va madaniy hayoti kabilar haqida ma'lumot olish mumkin. Zero, " toponimlar-bu yerning tili ", ularda ma'lum hududning tarixi aks etadi. Bu o'z navbatida tarixni mukammallashtirish imkonini berish bilan birga , unga aniqliklar kiritadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. S.Qorayev "Toponimika" , T. , 2006.

2. E.M.Murzayev "Ocherki toponimiki" , M. ,1974.

3. V.A.Nikonov "Virdeniyev toponimiki" , M. ,1965.

4. E.Begmatov "Hozirgi o'zbek adabiy tilining leksik qatlamlari", T. ,"Fan", 1985.

5. O'zME.Birinchi jild. Toshkent. 2000.

6. A.R.Ayubov "Toponimlar madaniyatining qimmatli merosi sifatida ", 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.