Научная статья на тему 'TOPONIMLAR – KO‘HNA TARIX GUVOHLARI'

TOPONIMLAR – KO‘HNA TARIX GUVOHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
onomastika / grammatik xususiyatlar / lingvistik tahlil / madaniy rivojlanish / urug‘ va qabila. / onomastics / grammar / linguistic analysis / cultural development / gender and tribe.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ergasheva N.A.

O‘zbek tilshunosligida xalq tarixi, qadriyati, an’ana va urfodatlarini o‘zida to‘liq ifodalovchi lisoniy birliklar – toponimlarni muayyan hudud misolida lingvistik tadqiq etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jihatdan qadimdan shakllangan va hozirda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish yo‘lini bosib o‘tayogan Paxtachi tumani toponimlarining leksiksemantik, onomastik, grammatik xususiyatlarini, kelib chiqish asoslarini lingvogeografik, etnolingvistik hamda kelib chiqish xususiyatlarini o‘rganish dolzarblik kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TOPONAMES WITNESSES OF ANCIENT HISTORY

In Uzbek linguistics, one of the urgent tasks is the linguistic study of linguistic units toponyms that fully express the history, values, traditions and customs of the people. In this regard, the study of the lexico-semantic, onomastic, grammatical features of toponyms of the Pakhtachinsky district, linguogeographic, ethnolinguistic and exhaustive features of toponyms that have long been formed and are now following the path of socio-economic and cultural development becomes relevant.

Текст научной работы на тему «TOPONIMLAR – KO‘HNA TARIX GUVOHLARI»

Ergasheva N.A. katta o'qituvchi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti TOPONIMLAR - KO'HNA TARIX GUVOHLARI

Annotatsiya. O'zbek tilshunosligida xalq tarixi, qadriyati, an 'ana va urf-odatlarini o'zida to'liq ifodalovchi lisoniy birliklar - toponimlarni muayyan hudud misolida lingvistik tadqiq etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jihatdan qadimdan shakllangan va hozirda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish yo'lini bosib o'tayogan Paxtachi tumani toponimlarining leksik-semantik, onomastik, grammatik xususiyatlarini, kelib chiqish asoslarini lingvogeografik, etnolingvistik hamda kelib chiqish xususiyatlarini o'rganish dolzarblik kasb etadi.

Kalit so'zlar: onomastika, grammatik xususiyatlar, lingvistik tahlil, madaniy rivojlanish, urug' va qabila.

Ergasheva N.A. head teacher

Navoi State University of Mining and Technology TOPONAMES - WITNESSES OF ANCIENT HISTORY

Annotation. In Uzbek linguistics, one of the urgent tasks is the linguistic study of linguistic units - toponyms thatfully express the history, values, traditions and customs of the people. In this regard, the study of the lexico-semantic, onomastic, grammatical features of toponyms of the Pakhtachinsky district, linguogeographic, ethnolinguistic and exhaustive features of toponyms that have long been formed and are now following the path of socio-economic and cultural development becomes relevant.

Key words: onomastics, grammar, linguistic analysis, cultural development, gender and tribe.

Asosiy matn. O'zbek onomastikasi yoki nomshunosligi o'tgan asrning 60-70-yillarida alohida ilmiy yo'nalish sifatida yuzaga keldi. O'zbek nomshunosligi o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab eng rivojlangan sohalardan biriga aylandi. Ayniqsa, bu sohaning antroponimika, toponimika, etnonimika kabi bir qator sohalarida juda barakali ishlar amalga oshirildi.Tildagi atoqli nom (ot)larning xilma-xil xususiyatlari juda qadimgi davrlardan buyon turli soha olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda. Masalan, qadimgi yunon olimlari Aristotel, Demokrit, Geraklitning asarlarida ham atoqpi otlarning xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan edi

Toponimlarni lisoniy jihatdan tahlil qilish, ayniqsa, semantik xususiyatlarini o'rganish xalqning milliy, etnik, ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixini, tilning tarixiy taraqqiyoti va takomilini yoritishda, tilning nominativ, kommunikativ, akkumulyativ funksiyalari mohiyatini aks ettirishdagi o'rni beqiyos. Talab va ehtiyojlar natijasida o'zbek tilshunosligida xalq tarixi, qadriyati, an'ana va urf-odatlarini o'zida to'liq ifodalovchi lisoniy birliklar -toponimlarni muayyan hudud misolida lingvistik tadqiq etish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Toponimlar, asosan, boshqa til birliklari kabi muayyan qoliplar asosida hosil bo'ladi. Ko'plab toponimlar tarkibida an'anaviy indikatorlar uchraydi. Indikator (toponimikada) - toponimlarni hosil qiluvchi махаллий географик терминлардир: обод, кум, тепа, кургон, дарё, сув, кент ва бошкалар.

Ma'lumki, bizni o'rab olgan borliq, moddiy olam nixryatda murakkab, boy, serqirra, rang-barang bo'lib, uni tashkil qilgan narsa va hodisalar mohiyati, holati, shakli, ko'rinishi va vazifasiga ko'ra bir-biridan farqlanadi. «Turdosh ot» termini bilan yuritituvchi so'zlar mana shu xususiyatlardan bir qisminigina, ot kategoriyasigi kiruvchilarnigina ifodalashga xizmat qiladi. Kishilar o'zlari yashab turgan hududdagi daryolar, ko'llar, buloqlarni va ularni tashkil etuvchi har bir daryo, har bir ko'l, har bir buloqni bir-biridan farqlash uchun ularni alohida-alohida nomlar bilan atagan. Masalan: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Nil, Oyko'l, Baykal ko'li, Toshbulots, Ko'pshrbulots, Marjonbuloq, Zirabulots kabilar. Bundak ko'rinadiki, atokli otlar narsa va hodisalarni, obyektlarni yakkalab, donapab atash zaruriyatiyuzaga keladi.

Toponimlarda xalqniig o'tmishi. urf-odatlari, boshidan kechirgan turli xil siyosiy-ijtimoiy. etnomadaniy jarayonlar o'z aksini gopgan bo'ladi. Shunga binoan toponimiya muayya til yaugat boyligshshsh muxdm tarkibiy qismi, o'tmish voqealari darakchisi sanaladi. 'xl Uzbek toponimikasini ilmiy jihatdan o'rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan. O'tgan davr mobaynida o'zbek toponimikasini o'rganish bo'yicha juda salmokli nshlar amalga oshirildi. Bu ishlar orasida tanikli geograf olim X Hasanovnish «O'rta Osiyo joy nomlari tarixidai» nomli monografiyasi alohida o'rin tutadi. Bu asarda geografik nomlar -toponimlarnij tarixi, ularnish xmlma-xilligi va shakllanish qonuniyatlari qisqacha bayon etilgan hamda toponimika fani to'grisida qiskacha tushuncha berilgan. Asarda ta'kidlanishicha, «joy nomlariga qarab qadimiy savdo yo'llari, qabila va tillarning tarqalishi, eski qal'a va manzillarnish o'rinlari, suv va dovonlarniig hosiyatlari, foydali qazilmapar, cho'llarda quduqlarming bor-yo'qligi, joyning o'simlik. hayvonot va iqpimiy xususiyatlari, hunar-kasb, tarixiy voqealar, afsona-rivoyatlar va boshqa xil mag.lumotlarni bilim olamizki, bular xammasi xalk xo'jaligi, madaniyatimiz tarixi uchun juda muximdir.

Ma'lumki, snomastik mate|)ial har qanday rivojlangan til lugat boyligining katta kismini tashkil etadi. Shusha ko'ra onomastik materialni xuddi tarix, geografiya, astronomiya kabi fanlar singari maxsuye o'rganish talab kilinadi.

Bu jihatdan qadimdan shakllangan va hozirda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish yo'lini bosib o'tayogan Paxtachi tumani toponimlarining leksik-semantik, onomastik, grammatik xususiyatlarini, kelib chiqish asoslarini lingvogeografik, etnolingvistik hamda kelib chiqish xususiyatlarini o'rganish dolzarblik kasb etadi.Samarqand viloyati tumanlaridagi hududlar toponimlarini tumanlar kesimida lingvistik tahlil etish mamlakatimizning qadimiy va zamonaviy tarixinio'rganish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.Bugungi kunda o'zbek xalqining ko'hna tarixining guvohi bo'lgan toponimlarni tumanlar bo'ylab to'plash va ilmiy baholash o'zbeknomshunosligining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki hozirgi paytda nomlarning qo'yilish sabablarini, ushbu nodir lisoniy boyliklarning ma'nolarini, ularhaqida to'qilganrivoyatlarnibiladigankeksa avlod vakillari kundan kunga kamayib bormoqda.

Paxtachi tumani etnotoponimlarining atalish motiviga ko'ra turlaridagi etnotoponimlar quyidagicha tasnif qilingan:

Tarkibi urug' va qabila nomlari asosida shakllangan etnotoponimlar. Hozirda unutilgan etnik qatlamlar nomlarining o'zbek xalqi va millatining shakllanishidagi o'rni beqiyos bo'lib, tilimizda joy nomlari sifatidagina saqlanib qolgan. Ularni qaysi urug'ga mansubligiga ko'ra shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin.

Nufuzli urug' va qabila nomlari asosida yuzaga kelgan etnotoponimlar. Viloyat hamda tuman hududida arab, o'zbek, mo'g'ul, qipchoq, tojik, qozoq, qirg'iz, turkman xalqlari nomlarini tashkil etgan etnonimlar asosidagi joy nomlari ko'p uchraydi. Masalan: Mang'it, Nayman, Boyto'p, Mitan, Bahrin, Keshtali, Hunarmand, Qiltamg'ali, Qirguli, Bekto'bi, Lo'li, Mo'ltoniqishloq, Xo'ja, Urganji, Boyto'p, Damiuyg'ur,Qassobto'p, Qirg'iz aholi punkti, Mavri, Saroy. Qarnob, Ketmonchisoy, Donishmandlar, Qozoqota, Bo'riota, Darveshota, Eshonto'p kabi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, mitan etnonimi 50 dan ortiq joy nomi tarkibida uchraydi. Bu nom bilan bog'liq etnoslar xalq shevalarining shakllanishiga ham kuchli ta'sir ko'rsatgan.

Joy nomlari orasida etnosning ilk makoni, yashash joyiga nisbat berib hosil qilingan bir qator etnotoponimlar uchraydi. Xususan, Bekto'bi, Urganji, Qozoqota nomlarini ifodalovchi aholi punktlari kishilarning avvalgi yashagan joylari nomini anglatadi. Paxtachi tumani hududida obyektning o'rni bilan bog'liq etnotoponimlarni ham uchratamiz, bu nomlar etnosni hududning qaysi o'rinda joylashganini ko'rsatadi. Masalan: Past Burqut. Do'ng, Do'ngboltali, O'rtaqo'rg'on, Jarboshi, Quyibuloq, Quyi Bodoy, Quyi Doyi, O'rta Mesit, Yuqori Chaqmoqli, Quyi Yangiobod, Chap tarmoq. To'g'risoy, To'g'riov, Pastki Burqutkabilar.

Antroponimlarga asoslangan etnotoponimlar: a) kishi laqablari bilan bog'liq etnotoponimlar. Masalan: Qozoqota, Gajak, Boltali, Tashkan, Ishonchli, Yombosh, Suyalota, Bo'riota, Aziztepa, Eshontepa, Xalifaota, Xo'jamatchashma, Ziyovuddin buvi, Go'ro'g'li, Ahmad polvon, Murodtepa, Farovon Yo'ldoshobod,

Miïzo Salimiy, Hayit Elbegi, Juma to'pchi, Ahmad polvon kabi. Haг qanday laqab etnonimga aylanavermaydi, chunki laqab etnonimga aylanishi uchun u faqat bir kishiga emas, balki muayyan toifa kishi^ gumhi yoki o'sha laqab egasining avlodiga taalluqli bo'lishi ke^. Ana shunda u etnonimga, ya'ni o'sha laqab egasi urng'ining nomiga aylanadi; b) kasb-huna^ mashg'ulot bilan bog'liq etnotoponimlaг. Kishilaming mashg'uloti va tuгmush taгzi ayгim toponimlarda o'z aksini topgan: Bog'bon, Hunarnand, keshtali, Obodon, Bolg'ali, Boltali, Ketmonchi, Ko'гpa, Qayishfuгush, Qassobto'p, Olmazo^ Saráoba, O'гikzoг, Oqqum, Daгbozaqiг, Do'ltaxona, Ziyolila^ Mixchagaг, Sovungaг, Jumabozoг, Payshanbabozor, Chorshanbabozo^ Ziyovuddin, G'allakoг, Novvoylaг kabilaг.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Begmatov E., Uluqov N. O'zbek onomastikasi teгminlaгining izohli lug'ati. -Namangan: NamDU nashri, 2006. - 104 b.

2. Ismat Sanayev. Ziyovuddin tarixi. «Sharç nashгiyot-matbaa konsernining bosh tahririyati, - Toshkent: 1995, 348 b.

3.Turan qavmlaгi. Kichik ensiklopedik lug'at. Tuzuvchi Zoyiï Ziyotov. -Toshkent: «Istiqlol», 2008. - 232 b.

4. Топонимии Ha слyжбе геогрaфии. Вопр. геогрaфии. Сб. 110. - M.: Мысль, 1979. - С. 11-18.

5.0ХУНОВ Н.Топонимлaр Ba yлaрнинг номлaниш хyсyсиятлaри - Т.: Фaн, 1989. - 56 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.