Научная статья на тему '“SUDXO‘RNING O‘LIMI” ASARIDAGI AYRIM NOMLAR HAQIDA'

“SUDXO‘RNING O‘LIMI” ASARIDAGI AYRIM NOMLAR HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
75
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sadriddin Ayniy / “Sudxo‘rning o‘limi” / qissa / geografik nom / leksik-semantik / uslub / uslubiyat / etimologiya. / Sadriddin Ayniy / "Death of the usurer" / story / geographical feature / lexical-semantic / style / stylistics / etymology.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Odinayeva, Mohinur

Mazkur maqolada Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” qissasida qo‘llangan geografik obyektlar nomi tahlil etilgan. Bunda ularning leksik-semantik xususiyatlari hamda uslubiy o‘ziga xosliklariga alohida eʼtibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT SOME NAMES IN "THE DEATH OF A USURER".

This article analyzes the name of geographical objects used in the story ";Death of the usurer" by Sadriddin Ayniy. The text of the article provides information about the etymology of some names, paying special attention to their lexical-semantic and stylistic features.

Текст научной работы на тему «“SUDXO‘RNING O‘LIMI” ASARIDAGI AYRIM NOMLAR HAQIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

"SUDXO'RNING O'LIMI" ASARIDAGI AYRIM NOMLAR HAQIDA

Mazkur maqolada Sadriddin Ayniyning "Sudxo'rning o'limi" qissasida qo 'llangan geografik obyektlar nomi tahlil etilgan. Bunda ularning leksik-semantik xususiyatlari hamda uslubiy o 'ziga xosliklariga alohida e'tibor qaratilgan.

Kalit soizlar: Sadriddin Ayniy, "Sudxo'rning o'limi", qissa, geografik nom, leksik-semantik, uslub, uslubiyat, etimologiya.

В данной статье анализируются название географических объектов использованные в повести «Смерть ростовщика» Садриддина Айни. В тексте статьи дано информация об этимологии некоторых названии, уделяя особое внимание на их лексико-семантических и стилистических особенностям.

Ключевые слова: Садриддин Айний, «Смерть ростовщика», повесть, географический объект, лексико-семантический, стиль, стилистика, этимология.

This article analyzes the name of geographical objects used in the story "Death of the usurer" by Sadriddin Ayniy. The text of the article provides information about the etymology of some names, paying special attention to their lexical-semantic and stylistic features.

Keywords: Sadriddin Ayniy, "Death of the usurer", story, geographical feature, lexical-semantic, style, stylistics, etymology.

Badiiy asar tilidagi geografik joy nomlarini o'rganish, avvalo, toponimika ilmini rivojlantirish uchun muhim bo'lsa, so'ngra yozuvchi uslubi manerasini belgilash uchun ham ahamiyatlidir. Shu sababli Sadriddin Ayniyning "Sudxo'rning o'limi" qissasida yozuvchi tomonidan qo'llanilgan toponimlarni o'rganish toponimiya sohasi uchun bir hissa bo'lib xizmat qiladi.

Mohir adib Sadriddin Ayniy davr voqealarini hikoya qilar ekan, bevosita tasvirlanayotgan holatlar yuzaga kelgan joy, sharoit bilan kitobxonni to'liq tanishtirishga harakat qiladi.

Odinayeva Mohinur

Buxoro davlat universiteti Lingvistika (o'zbek tili) yo'nalishi 2-kurs magistranti m.odinayeva@buxdu.uz

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

"Sudxo'ming o'limi" asarida ham turli xil onomastik birliklar qo'llanilgan. Bular sirasiga toponim, antroponim, gidronim, nekronim kabilar kiradi. Ayniqsa, asarda qo'llangan toponimlar o'ziga xos o'ringa egadir. Ular turlicha geografik obyektni, geografik joyni atashga xizmat qiladi. Shu sababli ularni bir necha guruhlarga bo'lib tasniflash maqsadga muvofiqdir. Asardagi atoqli otlarni guruhlash ularning qanday obyektni atash uchun qo'llangani bilan bevosita aloqador. Asardagi barcha nomlar tarixiy bo'lib, ular Buxoro tarixini o'zida aks ettiruvchi muhim manba sanaladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asardagi nomlarni tahlil etish natijasida shunga amin bo'lindiki, muallif nomlarning tarixi, etimologiyasi, qanday obyektni atagani, mazkur obyekt o'rnashgan joy borasida chuqur ma'lumotga ega bo'lgan. Jumladan, quyidagi parchada fikrimizga dalil bo'ladi: Labi hovuzi Devonbegini aylanib, xonoqohning janub tomonidan boshlanadigan bazzozlik rastasiga tushdim. Bazzozlik do 'konlari oldida o'tirgan odamlarni bir-bir ko'zdan kechirib, bu rastaning g'arb tomondagi adag'ida bo 'lgan Sesuvga chiqdim [1, 4].

Asarda quyidagicha guruhlarga mansub nomlar uchraydi:

1. Me'moriy ansambl. Labi hovuz: U yerdan Labi hovuz Devonbegi tomonga qarab yo 'naldim (14-bet).

2. Shahar nomi. Buxoro, Peterburg, Balx: Azizullo, - dedi Rahimi Qand,- asli Balxdan bo 'lib, Buxoroga tahsili ilm uchun kelgan (11-bet)

3. Qishloq nomi. Istamziy, Shirbadan, Bo'lmaxo'ron, Sangsabz, Azizobod, Xargo'sh, Xitoyon, Bu odamning tug'ilgan yeri Shofirkon rayonining "Istamziy" qishlog'i (8-bet). Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, muallif ...shaharga yaqin "Shirbadan" degan qishloq... (16-bet.) deya qayd etgan. Bizningcha, bu qishloq Sherbudun shaklida aytilishi va yozilishi kerak. Tadqiqotchi N.Adizova ham o'zbeklarning saroy, qirg'izlarning saru qabilasi tarkibida sher, sherbachcha shaxobchalari bo 'Iganligi, Sherobod, Sherkent, Shertepa kabi oykonimlar o 'sha sher etnonimi im 'ikosidir [2, 84], degan. Shundan kelib chiqib, S.Ayniy qayd etgan Shirbadan toponimini Sherbudun tarzida ifodalsh o'rinli bo'ladi.

4. Qo'rg'on nomi. Denov. U Amir Muzaffarning Denov qo'rg'oni oldida hisorliklarning boshi... (11-bet). Denov qadimgi va keng tarqalgan nomlardan biri hisoblanadi. Uning Denov, Dehnov, Denav, Dehnav kabi shakllari mavjud. Bu nom forscha deh (qishloq) va nav (yangi) so'zlaridan tashkil topib, yangi qishloq ma'nosiga ega.

5. Mahalla nomi. Kemuxtgaron, Govkushon, Pushtizsig'on. Buxorodagi Govkushon mahallasida "Govkushon " nomli bir madrasa bor (62-bet).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

6. Masjid nomi. Shayxshona, Masjidi Xoja, Mag'oq. Madrasa bilan Shayxshona machitining orasidagi ko'cha bilan shimol tomonga qarab burildik (19-bet).

7. Madrasa nomi. Mirarab, Devonbegi, Ko'kaldosh. Ko'kaldosh madrasasining sahni ajab xushhavo joy-da (15-bet).

8. Xonaqoh nomi. Devonbegi. Peshin namozi vaqtida Devonbegi xonaqohining sahnida hozir bo 'laman (3-bet).

9. Chorbog' nomi. Dilkusho. Endi o'ng tomonimizda amirning "Dilkusho" degan chorbog'ining devori cho'zilib borar edi (51-bet).

10. Guzar nomi. Kemuxtgaron, Poyi ostona. Biz Poyi ostona guzariga boradigan ranguborfurushlik rastasining burchagiga kelganimizda, mirshab bizga yaqinlashayozgan edi (19-bet).

11. Tuman nomi. Shafrikon, G'ijduvon, Kogon, Galaosiyo. To'plangan pulni yana Kogonga olib boradigan bo 'ldilar (57-bet).

12. Hammom nomi. Sarrofon. Bu tor ko'cha keyingi rastadan boshlanib "Sarrofon " hammomining go 'lohi oldidan o 'tib ketardi (56-bet).

13. Rasta nomi. Sesuv. Bir kun men Buxoroning "Sesuv" degan usti yopiq rastasidan o 'tib borardim (58-bet). Sesuv aslida Sesu yoki Sesuy shaklida berilishi lozim. Ko'pincha Sesuv - uch suv, uch tomondan keladigan (ketadigan) suv - ariq tarzida sharhlashga guvoh bo'lish mumkin. Bu o'rindagi suv - chorsu so'zidagi su komponenti bilan bir xildir. Chorsu - shahar markazida usti gumbaz qilib yopilgan bozordan shahar ichki qismiga va rabot, mahallalarga, to'rt tomonga, asosan, shaharning to'rt darvozasiga qarab ketadigan yo'l boshlanadigan joy [3, 311], deb izohlanadi. Demak, shunday izohni Sesu nomiga ham berish mumkin. Bunda uch tomonga ketadigan yo'l boshi deb sharhlash o'rinli bo'ladi.

14. Stansiya nomi: 1ta, Murg'ak. Faqat askarlarning kichkina bir to'dasi shaharningjanubida "Murg'ak" stansiyasigayaqin biryerda shubhali notanish uch kishiga duch keldilar (57-bet).

15. Darvoza nomi. Samarqand, Salloxxona. ...xilvat bir mahalla bilan shaharning "Salloxxona" nomli darvozasidan chiqib ketardi (56-bet).

16. Saroy nomi. Jannatmakoniy, Kavkaz. U "Kavkaz" saroyining saroyboni edi (23-bet).

17. Ko'l nomi. Sho'rko'l. Bulardan bir to'dasi shaharning shimoli-sharqida; shahardan o 'n olti kilometr keladigan "Sho 'rko 'l " degan ko 'l bo 'yida bankning pul soladigan qopchalarini bo 'sh holda topdilar (57-bet).

Ushbu guruhlanishdan shu narsa ma'lumki, yozuvchi asosan, asar voqealari yuz bergan va uning atrofidagi hududlarni to'laqonli ravishda o'rgangan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Muallif qissa matnida ko'plab joy nomlarini, xususan, shahar, tuman, qishloq, mahalla, guzar kabilarni tilga olgan. Bu nomlar asardagi tasvirni, voqealar bayonini yanada jozibali qilisahga xizmat qilgan.

Voqea-hodisalar sodir bo'lgan toponimlarni yozuvchi juda yaxshi bilganligi asarda joy nomlari haqida bergan ma'lumotlaridan sezilib turadi. Tasvirda keltirilgan har bir toponimni yozuvchi asar davomida izohlab berishga harakat qilgan. Bunday real toponimik nomlar tasvirning jonli va badiiy chiqishini ta'minlash uchun xizmat qilgan.

Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, asarda qo'llanilgan toponimlarning qayerda joylashgani bilan ham shu toponimga nom qo'yilgan: "Bu rastaning g'arb tomondagi adog 'ida bo 'lgan Sesuvga chiqdim-da, u yerdan shimol tomonga qarab burildim " kabi.

Ma'lumki, narsa va hodisalarni chuqur o'rganish uni tasnif etishdan, ya'ni uning boshqa narsa va hodisalar sistemasida tutgan o'rnini, ular bilan o'xshash hamda farqli jihatlarini aniqlashdan boshlanadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, atoqli otlarning ko'rinishi bo'lgan toponimlar ifodalagan ma'noni o'zaro bir-biriga qiyoslash toponimlarning til lug'at tarkibidagi o'rnini yanada oydinlashtirishga yordam beradi. Toponimlar ma'lum obyektni ifodalovchi manzil, uni ko'rsatuvchi element va ayni vaqtda shu obyekt haqida ma'lumot beruvchi birlik. Asarda uchraydigan toponimlar ham ma'lum bir joy manzilini, shu joyga tegishli bo'lgan elementni va shu ikki jihatni birlashtirib turuvchi obyektni ifodalaydi. Toponimlar obyektning shakli, xarakteri, katta-kichikligi, uzoq-yaqinligi, rang-tusi hamda boshqa xususiyatini ko'rsatadi. Bunga misol qilib Sangsabz nomi obyektning rang-tusiga nisbatan qo'yilganligidadir. Bu kabi joy nomlari lug'at boyligining yanada rivojlanib talqin etishiga yordam beradi va ayni paytda tariximizni anglash, kelajak avlodga yetkazish yo'lidagi amaliy dasturdir.

Yuqorida sanab o'tganimizdek, asarda faqat yirik joy nomlari, balki eng kichik mahalla, rasta, guzar nomlari ham uchraydi. Ana shunday kichik obyektlar mikrotoponimiyada o'rganiladi.

Asardagi Galaosiyo toponimi e'tiborga loyiq. "Qori Ishkamba Hamrohrafiq bilan qilgan suhbatining ertasiga erta bilan shahardan chiqib, Gala Osiyo tomonga qarab piyoda yo'lga tushdi (26-bet). Bu toponim asarda besh marta qo'llangan. Barcha holatda ham ushbu nom Gala Osiyo tarzida yozilgan. Nomning bu tarzda yozilishi O'rta Osiyo, Markaziy Osiyo kabilardagidek [sifat+atoqli ot] qolipiga asoslangan. Bizningcha, asardagi mazkur nom Galaosiyo shaklida qo'shib yozilishi maqsadga muvofiq. Chunki bu nom [sifat+atoqli ot] qolipi asosida emas, balki [sifat+turdosh ot] qolipida shakllangan. Tadqiqotchi N.Adizova Galaosiyo toponimi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

haqida quyidagilarni bayon etgan: Zarafshon daryosining quyi tarmoqlari - Kangav, Jo'yzar, Varvadun ariqlarida suv doimo to'lib oqqan. Ajdodlarimiz kuchi, aql-u idroki bilan ko'pdan-ko'p tegirmonlar shu ariqlarning ustida qurilgan. "Galaosiyo" nomi ham shundan kelib chiqib qo'yilgan. "G'allaosiyo", ya'ni "G'alla tegirmoni" degan fikrlar manbalarda tez-tez uchraydi. Bu yerda tegirmonlar ko'pligidan shu nom qo'yilgani ehtimoli ko'proq. Shu bilan birga, prof.T.Nafasov o'zbek xalqining gala degan urug'i borligini, mang'itlarning oqmang'it bo'limiga qarashli urug' ham gala deb atalishini, gala so'zli qo'shma urug', urug' tarmoqlari galakal, galatentak, galabek, galasofi, galaxoja, galabotir, galamulla kabilarga ajralishini hamda gala so'zining ma'nosi - to'p, avlod, bo'lim, qavm, to'da ekanligini qayd etgan. Gala so'zidagi to'p, to'da ma'nolari Galaosiyo - bir nechta osiyo (tegirmon) uchun asos bo'lganligi ehtimoli katta [2, 29].

"Sudxo'rning o'limi" asarida toponimlar o'zining sodda tili, kitobxonlarga tushunarlilik tomoni bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qissada qo'llangan qo'shma otdan tashkil topgan joy nomlari hamma uchun birdek sodda o'qilishi bilan ajralib turadi. Bularga misol qilib ko'l nomlarini hamda qishloq nomlarini olishimiz mumkin. Chunki shu yerda yashovchi aholi tomonidan beriluvchi nomlar shu yerda joylashgan toponimlarning faqatgina o'zida xos bo'lgan xususiyati, xarakteriga qarab belgilanadi. "Biz chaqirilganlar o 'zaro kengashib, Sho 'rko 'lga piyoda borishni, lekin kunning issiqligidan azob tortmaslik uchun tong vaqti Buxoro shahr darvozasi ochilgan vaqtda yo'lga tushishga qaror qildik" (51-bet). Keltirilgan ushbu misolda Sho'rko'l ko'l nomi shu yerning o'ziga xos bo'lgan xususiyatiga qarab nomlangan.

Asarda qo'llangan toponimlar haqida shuni aytishimiz mumkinki, toponimlarda pozitivlik, geografik reallik aks etadi. Bulardagi informatsion potensiallik kuchli bo'ladi. Qissadagi joy nomlari o'sha davrga xos bo'lgan ma'lum bir voqelikdagi geografik reallikni ifodalab keladi. Buning sababi shundan iboratki, asar voqealari yuz bergan toponimlar tariximizda sodir bo'lgan muhim voqealani yoritishga xizmat qiladi. Asarda o'rgangan toponimlarimiz ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun manba bo'lib xizmat qiladi deb o'ylaymiz. Toponimlar til tizimida o'ziga xos o'ringa ega bo'lib, uni alohida o'rganish lozim. Ayniqsa, qissadagi nomlar xalqimiz tarixining ayrim jihatlarini ochib berishga xizmat qilish bilan birga bugun mavjud bo'lgan nomlarning uzoq tarixga egaligidan ham dalolat beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. AHHHH C. CygxypHHHr ynHMH. Kucca. -TomKeHT, YKUTyBHH, 1982. -E.4.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

2. Adizova N.B. Buxoro tumani toponimlari. Monografiya. -Toshkent, Navro'z, 2020. -B.84.

3. Ha^acoB T. KamKagape KumnoKHOMacn. -TomKeHT, Myxappnp, 2009. -E.311.

4. Kilichev, B., & Shabonova, G. (2023). "BOBURNOMA" ASARIDAGI AYRIM TOPONIMLARNING ETIMOLOGIYASIHAQIDA. Talqin va tadqiqotlar, 7(18).

5. qizi Safarova, M. Z., & Kilichev, B. E. (2022). The Concept of Totemism and Ethnonym. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(5), 121-

6. Kilichev, B. (2021). AYRIM TOPONIMLARNING TARKIBI VA SEMANTIKASI HAQIDA: Bayramali Kilichev BuxDU o 'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti. Intizora Axmatova BuxDU o 'zbek tilshunosligi kafedrasi o 'qituvchisi. In Научно-практическая конференция.

7. Kilichev, B. E., Khojaoglu, T., & Adizova, N. (2022). Classification of Oykons (On the Example of Bukhara Region). International Journal of Culture and Modernity ISSN, 2697-2131.

8. Киличев Байрамали Тизим тушунчасининг фанлар кесимида намоён булиши/ "Интернаука", ISSN: 2542-0348 7-3 (11) 2017. -С. 80-82.

124.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.