Научная статья на тему 'TOPONIMLARINING LUG‘AVIY-MA’NOVIY TASNIFI'

TOPONIMLARINING LUG‘AVIY-MA’NOVIY TASNIFI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

755
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Taxor / toponim / toponimik aniqlagich / lug‘aviy-ma’noviy tasnif / onomastik tizim / obyekt / Takhar / toponym / toponymic indicator / lexical-semantic classification / onomastic system / object

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Najeebullah Esmati

Maqolada toponimlarning tasnifi Afg‘oniston Islom Respublikasining Taxor viloyati toponimlari misolida amalga oshirilgan. Ilmiy ishda, mazkur viloyatning toponimlari lug‘aviy-ma’noviy xususiyatiga ko‘ra nasniflanib, o‘rganilgan. Tadqiqotda toponimlari o‘rganilayotgan hudud tarixi, toponimlarining vujudga kelishi va ularning grammatik xususiyati masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Ilmiy ishning obyekti va predmeti Taxor viloyatidagi toponimlar majmuidan iborat bo‘lib, metodologik asosini onomastika sohasida atoqli otlarni o‘rganishda ishlatilgan ilmiy qarash, tahlil va tadqiq etish usullari tashkil etadi. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati shundaki, Afg‘oniston ilm-fanining onomastika sohasi va onomastik izlanishlarning shakllanib, rivojlanishiga asos bo‘ladi va onomastik materiallarning jamlanib va tasnifining amalga oshirilishi ishimizning amaliy ahamiyatini tashkil beradi. Bu tadqiqotning natijalari tadqiqotchilar hamda ta’lim tizimida shu mutaxassislikni o‘rganayotgan muhassillar uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, onomastikasi bo‘yicha, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv lug‘atlar, onomastik lug‘atlar tayyorlashda material vazifasini ham o‘taydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the classification of toponyms is carried out on the example of the toponyms of Takhar province of the Islamic Republic of Afghanistan. In this scientific work, the toponyms of this province were classified and studied according to their lexical-semantic features. The article focuses on the history of the area whose toponyms are being studied, the emergence of toponyms and their grammatical features. The object and subject of the scientific work is a set of toponyms in Takhar province. The methodological basis of our research is the scientific approach, analysis and research methods used in the study of famous names in the field of onomastics. The theoretical and practical significance of the results of the research is that it forms the basis for the formation and development of the field of onomastics of Afghanistan science and onomastic research, and a summary classification of onomastic materials has been carried out. The results of this study are of great importance for researchers and students studying this specialty in the educational system. It also serves as a material for onomastics, textbooks and training manuals, educational dictionaries, onomastic dictionaries.

Текст научной работы на тему «TOPONIMLARINING LUG‘AVIY-MA’NOVIY TASNIFI»

TOPONIMLARINING LUG'AVIY-MA'NOVIY TASNIFI

Najeebullah Esmati

Afg'oniston Islom Respublikasining Juzjon davlat universiteti O'zbek tili va

adabiyoti kafedrasi tadqiqotchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada toponimlarning tasnifi Afg'oniston Islom Respublikasining Taxor viloyati toponimlari misolida amalga oshirilgan. Ilmiy ishda, mazkur viloyatning toponimlari lug'aviy-ma'noviy xususiyatiga ko'ra nasniflanib, o'rganilgan. Tadqiqotda toponimlari o'rganilayotgan hudud tarixi, toponimlarining vujudga kelishi va ularning grammatik xususiyati masalasiga ham e'tibor qaratilgan. Ilmiy ishning obyekti va predmeti Taxor viloyatidagi toponimlar majmuidan iborat bo'lib, metodologik asosini onomastika sohasida atoqli otlarni o'rganishda ishlatilgan ilmiy qarash, tahlil va tadqiq etish usullari tashkil etadi. Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati shundaki, Afg'oniston ilm-fanining onomastika sohasi va onomastik izlanishlarning shakllanib, rivojlanishiga asos bo'ladi va onomastik materiallarning jamlanib va tasnifining amalga oshirilishi ishimizning amaliy ahamiyatini tashkil beradi. Bu tadqiqotning natijalari tadqiqotchilar hamda ta'lim tizimida shu mutaxassislikni o'rganayotgan muhassillar uchun katta ahamiyatga ega. Shuningdek, onomastikasi bo'yicha, darslik va o'quv qo'llanmalar, o'quv lug'atlar, onomastik lug'atlar tayyorlashda material vazifasini ham o'taydi.

Kalit so'zlar: Taxor, toponim, toponimik aniqlagich, lug'aviy-ma'noviy tasnif, onomastik tizim, obyekt.

ABSTRACT

In this article, the classification of toponyms is carried out on the example of the toponyms of Takhar province of the Islamic Republic of Afghanistan. In this scientific work, the toponyms of this province were classified and studied according to their lexical-semantic features. The article focuses on the history of the area whose toponyms are being studied, the emergence of toponyms and their grammatical features. The object and subject of the scientific work is a set of toponyms in Takhar province. The methodological basis of our research is the scientific approach, analysis and research methods used in the study of famous names in the field of onomastics. The theoretical and practical significance of the results of the research is that it forms the basis

April, 2023

19

for the formation and development of the field of onomastics of Afghanistan science and onomastic research, and a summary classification of onomastic materials has been carried out. The results of this study are of great importance for researchers and students studying this specialty in the educational system. It also serves as a material for onomastics, textbooks and training manuals, educational dictionaries, onomastic dictionaries.

Keywords: Takhar, toponym, toponymic indicator, lexical-semantic classification, onomastic system, object.

KIRISH

Toponimika fani uzoq tarixga ega fanlardan biri. Bu onomastika fani doirasiga kiradigan muhim sohalaridan bir sanaladi. Toponimika fani geografiya, geologiya, tarix, tilshunoslik va etnografiya fanlarining tutashgan nuqtasida paydo bo'lgan va ular bilan chambarchas aloqada bo'lib rivojlanadi. Onomastika fani yangi bo'lishiga qaramay ko'pgina mamlakatlarda, jumladan O'zbekistonda o'z o'rni va mavqyeini topishga qodir bo'lgan. Lekin, ayrim sabablarga ko'ra Afg'onistonda bu fanning hozirga qadar o'rni bo'sh. Bu mamlakatda onomastik birliklarning tilshunoslik nuqtai nazardan o'rganilishi to'g'risida deyarli ko'zga ko'rinarli ilmiy ishlar bajarilmagan.

Maqolamiz obyekti bo'lgan Taxor viloyati Ag'oniston Respublikasining shimoli-sharqida joylashgan viloyatlaridan biri. Bu viloyat toponimlarini geografik nuqtai nazardan o'rganish o'tgan asrdan boshlangan bo'lsa-da, tilshunoslik nuqtai nazardan hozirga qadar o'rganilmagan. Ushbu ilmiy ishimiz bu bo'shliqni to'ldirish yo'lidagi tashlangan ilk qadamlardan biri desak ham xato qilmagan bo'lamiz. Qayd qilib o'tish lozimki, bundan avval bu mavzuga doir muallifning bir necha maqolasi va "Taxor viloyati onomastikasi: bu viloyat onomastik birliklarining lingvo-onomastik tadqiqi" nomli magistarlik dissertatsiyasi e'lon qilingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Toponimika termini (yun. topos - joy va onyma - ism, nom) - onomastikaning joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo bo'lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o'zgarishini, tarixiy-etimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o'rganuvchi bo'limi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari yig'indisi -toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi.[Enazarov, 2021: 186]

Toponimlar xalqlarning tarixiy o'tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o'tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy

April, 2023

20

markazlar, savdo yo'llari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Ularning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga ko'ra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi Toponimika fanining amaliy jihati hisoblanadi.[Madrahimov, 2010; Hakimov, 2016]

Toponimlar ham til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so'zlar singari tilning qonuniyatlariga bo'ysunadi, lekin o'zining paydo bo'lishi va ba'zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va ma'naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo'lib, ma'lum darajada boshqa guruh so'zlardan farq qiladi. Shu bilan birga, joy nomlarida har bir millat tiliga xos bo'lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik unsurlar ko'proq o'z ifodasani topadi. Joyning tabiiy geografik sharoiti, aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg'uloti, qazilma boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi.

Toponimlar haqidagi ilmiy tadqiqotlarda, oddiylikdan murakkablik sari borish kuzatiladi. Masalan, qadimgi davrdan to XIX asrgacha toponimlar xalqona fikrlar bilan talqin etilgan bo'lsa, XX asrdan boshlab, xususan, shu asrning oxiri va XXI asrning boshlari, ya'ni, so'nggi 40-45 yil ichida ingliz, rus, o'zbek va boshqa bir qator xalqlarning olimlari tomonidan toponimlar haqidagi bilimlar jamlanib, umumlashtirilib, Toponimika nomli fan sohasining nazariy, ilmiy va amaliy asoslari ishlab chiqildi va bu sohada bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda Ingliz olimlaridan I. Raven, Jr. McDavid, M. Kaups, George R. Stewart, Adrian Room va boshqalar hamda rus olimlaridan V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, A. P. Dulzon, E. M. Murzayev, V. N. Toporov, O. N. Trubachev va o'zbek olimlaridan E. Begmatov, Z. Do'simov, S. Qorayev, Q. A. Abdumurotov, T. Nafasov kabi olimlarning xizmatlari katta.

Taxor viloyati Afg'oniston mamlakatining viloyatlaridan biri. Bu viloyatning markazi Toluqon deb ataladi. Ma'muriy jihatdan bu viloyat Toluqon shahri va 16 ta tuman (ulusvollik) hamda 2000 (ikki ming)ga yaqin qishloqlardan iborat. Bu viloyatning aholisini, asosan, o'zbek, tojik, pushtun va boshqa etnik guruhlari tashkil etadi.[ :)rA? '^l^jjj e^jj^ tjhê *fv

m.^n]

Taxor viloyati uzoq tarixga ega bo'lib, shimoldan Tojikiston Respublikasi, janubdan Panjshir viloyati, sharqdan Badaxshon viloyati, g'arbdan Qunduz va Bag'lon viloyatlari bilan tutashgan. Shuningdek, bu viloyatning umumiy kengligi 12376 kvadrat kilometrdan iborat.p Vf.W.

Taxor Afg'onistonning eng qadimiy viloyatlaridan biridir. Bu viloyat tarix davomida turli nomlar bilan atalib, turli ma'muriy

April, 2023

21

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

hududlarga qaram bo'lib kelgan. Bu hudud bir paytlar Taxoriston (Taxariston, Toxariston, Tuxariston, To'xoriston) deb atalgan bo'lsa, keyinroq, Toluqon nomi bilan ham shuhrat qozongan. Keyinchalik bu hudud Qatag'an viloyati territoriyasiga kiritilgan.pf-^ c^jb] Keyingi ma'muriy bo'linmalarda Taxor alohida

viloyat sifatida tan olingan. Bugungi kunda u Afg'onistonning 34 viloyatlaridan biri.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Toponimlar turli (geografik, fizik, tilshunoslik, tarix va falsafiy) nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Biz mutaxassisligimizdan kelib chiqqan holda, Taxor viloyati toponimlarining lug'aviy-ma'noviy tasnifini bu tarzda olib borishni lozim ko'rdik:

Gidronimlar yoki gidrotoponimlar. Bunday toponimlar suv inshootlarining atoqli otlari - nomlaridir.[^opaeB, 2005: 212] Boshqacha qilib aytsak, barcha suv obyektlarining nomlari gidronimlar deyiladi. Bularga daryo, kanal/ariq, hovuz, ko 'l, chashma/buloq nomlari kiradi. Taxor viloyati gidronimlaridan mana bularni misol keltirdik: Toluqon daryosi (Tsh), Ko 'kcha daryo (Dqt), Bangi daryosi (Bt), Daryoi Namakob (Nt), Daryoi Varsaj-Farxor (Vt, Ft); Rabotariq (Bt), Govmoli (Tsh), Shahravon (Tsh), Bog'iboyon arig'i (Dqt), Archi arig'i (Xt); Sassiqko'l (Xot), Havzi Yug'non (Vt); Chashmayi Bangi (Bt), Chashmayi Sher (Tsh), Chashmayi shari ko'hna (Tsh), Chashmayi Sayyed Sodiq (Xt), Chashmayi Xo'jachangol (Tsh) kabilar.

Oronimlar. Oronimlar yer yuzasidagi balandlik hamda chuqurliklarning nomlari sanaladi. Ularning jami oronimiya deyiladi.[Oxunov, 19S9: 5] Bular tabiiy geografik obyektlardir. Ularni yerli aholi turlicha nomlashi mumkin. Shunga ko'ra ular: etnooronimlar, antropooronimlar, gidrooronimlar kabi turlarga egadir.

Taxor viloyati oronimlaridan misollar: Ambar ko 'h (Bat), Siyohbo 'z (Ht), Taxti sulaymon (VT); O'rtabo'z (Tsh), Uzunko'tal, Ko'hi Toqchaxona (Nt), Ko'hhoyi Bangi (Bt), Ko 'hhoyi ko 'r Hotam (Rt), Kalafgon tog'lari (Kt) va boshqalar.

Dromonimlar. Yo'l, yo'lak, tratval kabilarning nomilaridir. Ular etnomim, antroponim, paragogonim, qishloq nomlari kabilar asosida nomlanadi. Oldinlar odamlarning o'zi dromonimlarga nom berishgan. Bugungi kunda, ular maxsus hokimlik qarori bilan nomlanmoqda.

Dromonim termini grekcha dromos so'zidan olingan bo'lib, yo'l, ko'cha, yo'lak ma'nolarini ifodalaydi.

Dromonimlarining yuzaga kelishida ko 'cha, yo 'l, ko 'chavog ', yo 'lak[Enazarov, 2021] hamda sarak, jodda, ko'prik, pul kabi so'zlar toponimik aniqlagichlar vazifasini bajarib keladi. Buni mazkur hudud mikrotoponimlari

tizimiga oid alohida xususiyatlardan biri deb bilamiz.

April, 2023

Taxor viloyati hududidagi dromonimlar quyidagi guruhlarga bo'linib o'rganildi:

1) antroponimlar (asosan, kishi ismi-sharifi) bilan nomlanib, ko'cha va jodda so'zlari bilan shakllangan dromonimlar: Abdulmutallibbek ko 'chasi (Tsh), Joddayi Geniral Dovud (Tsh) kabilar;

2) oykunimlar bilan nomlanib, ko'cha va sarak so'zlari vositasida yuzaga kelgan dromonimlar: Andijoniy ko'chasi (Tsh), Bog'imiri saragi (Tsh), Qazoq qishloq ko 'chasi (Tsh), Saraki saroysang (Tsh), Saraki bahorak (Tsh) singarilar;

3) turli so'zlar bilan nomlanib, sarak toponimik aniqlagichi bilan vujudga kelgan yo'l nomlari: Saraki Shahidiy (Tsh), Saraki avval, Saraki duv, Saraki se, Sarak chahor (Tsh) kabilar.

4) toponimlar va antroponimlar bilan nomlanib, ko'prik va pul toponimik aniqlagichlari bilan shakllangan dromonimlar: Zakkiy ko 'prigi (Bt), Toluqon ko 'prigi, Puli shahravon, Puli govmoliy, Puli ko'kcha va boshqalar.

5) qabila va xalq nomi bilan nomlanib, ko'cha toponimik aniqlagichi bilan kelgan dromonimlar: Lag'moniylar ko'chasi (Tsh), Panjsheriylar ko'chasi (Tsh) kabilar;

6) paragogonimlar nomi bilan nomlanib ko 'cha va sarak so'zlari bilan vujudga kelgan dromonimlar: Bibi Mariyam lisasi ko'chasi (Tsh), Abu Usmoni Toluqoniy lisasi ko 'chasi (Tsh), Saraki qumandoniy (Tsh), Saraki viloyat (Tsh), Saraki puhantun (Tsh) va boshqalar.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, Taxor viloyatidagi dromonimlari ko'cha, yo 'l, jodda, sarak, ko 'prik, pul va boshqa bir qator toponimik aniqlagichlar bilan shakllanib, o'zlariga xos dromonimik tizimning xususiyatlarini namoyon qilgan.

Agroonimlar. Joy nomlarining shunday turlari borki, ularda ekin ekiladi -dehqonchilik qilinadi. Ularga ekinzorlar, ya'ni dala, angor, hayat, qo'riq yerlar kiradi. Bunday mikrotoponimlar onomastikada agroonimlar hisoblanadi.

Taxor viloyati agroonimlarining nomlanish jarayonini o'rganish quyidagi guruhlarga bo'lingan holda amalga oshirildi:

1) dasht so'zi agroonimik topoobyektning nomlanishga asos bo'lgan agroonimlar: Dashti bo 'z (Tsh), Siyohbo 'z dashati (Tsh), Qo 'riq dashti (Xt), Dashti Rabot (Ft), Dashti Rog '(Kt), Dashti obsarina (Bat), Ispan Dasht (Xt), Dashti Ayloq (Chot), Dashti Chinoriy (Rt) va boshqalar;

Dasht so'zi keng, ochiq maydon, dala, cho'l ma'nolarini ifoda qiladi. [

^VAY] Taxor viloyati toponimlaridan keltirilgan misollarda ham shu ma'nolarda qo'llanilgan. Mabalarda Ozarboyjon, Eron, Qozoqiston, Armaniston, Tojikiston kabi o'lkalarning hududlarida

April, 2023

23

ham "dasht" so'zi bilan vujudga kelgan mikrotoponimlar ushrashi qayd etilgan.[Qorayev, 1989: 197]

2) bog' so'zi agroonimik xususiyatli topoobyektning nomlanishga asos bo'lgan joy nomlari: Bog'ishaymon (Xt), Bog'izaxira (Xt), Bog'izaxira (Tsh), Sarkari bog' (Bt) kabilar;

3) bo 'z so'zi agroonimik xususiyatli topoobyektning nomlanishga asos bo'lgan mikroagroonimlar: O 'rtabo 'z (Tsh), O 'rtabo 'z (Bt), Siyohbo 'z (Tsh) va hokazolar.

Ekin maydonlari nomlarining eng muhim tomoni o'zgaruvchanligidir. Shuning uchun ham ular mikrotoponimlar jumlasiga kiradi. Ma'lum bir vaqtdan so'ng ularda turli o'zgarishlar bo'ladi.

Paragogonimlar. Bu toponimik termin grekcha so'z bo'lib, ishlab chiqariladigan joy, tashkilot, korxona kabi sun'iy obyektlarning nomlari hisoblanadi. Shuning uchun ham zavod, maktab, fabrika va boshqa tashkilotlarning umumiy nomi paragogonimlar deyilishi maqsadga muvofiqdir.[^opaeB, 1978: 193]

Paragogonimlar tizimidagi paragogonimik obyekt (korxona, maktab, zavod, fabrika, tashkilot)larning nomlanishi va tarixi ularning tabiiy ravishda nomlanmaganligini ko'rsatadi. Ba'zi bir korxona, maktab va tashkilotlarning hududlari ba'zi bir oronim hamda agroonimlarning hududlaridan katta ekanligini hisobga olsak, paragogonimlarni joy nomlarining bir turi sifatida o'rganish va tadqiq qilish lozimligi seziladi. Bulardan ko'rinib turibdiki, mikrotoponimlar tizimidagi joy nomlari u yoki bu darajadagi mikrohududga ega bo'ladi.

Paragogonimlar Taxor viloyati hududida toponimik obyektlardan biri sifatida, ushbu viloyat onomastik tizimida o'ziga xos mavqega ega, shulardan quyidagilarni misol sifatida keltiramiz:

1) zavodlarning nomlari asosida yuzaga kelgan paragogonimlar: shirkati tavlidi namak oyudindor (zavod), Obi mineral Omu kabilar;

2) viloyat, tuman nomlari asosida shakllangan paragogonimlar: Taxor viloyati hokimligi, Taxor viloyati qo'mondonligi, Taxor viloyati universiteti, Taxor viloyati maorif riyosati; Ishkamish tumani hokimligi, Rustoq tumani hokimligi, Chol tumani hokimligi va hokazolar;

3) maktablarning nomlari bilan vujudga kelgan paragogonimlar: Abu Usmon Toluqoniy lisasi, Sayyed Husayn lisasi, Alforuq lisasi (Tsh), Ittihod lisasi, Dahnayi bangi o 'rta maktabi (Bt) va boshqalar.

Demak, paragogonimlar davr talabi va ehtiyoji bilan yuzaga kelgan joy nomlari bo'lib, tashkilot va korxonalarga xos belgilari bilan mikrotoponimlarning boshqa turlaridan farqlanib turadi. Ularni yig'ish, tadqiq etish bilan ularga xos amaliy va nazariy

April, 2023

24

xususiyatlarni umumlashtirish hamda amalda qo'llash mumkin. Bular - til tizimida nomlovchi, ya'ni onomastik leksikaning o'ziga xos o'rni borligini asoslab turibdi. Zero, har bir narsaning vazifasi bo'lgani kabi ularning boshqalardan farqlanib turadigan nomlari borligini unutmaslik lozim.

Tarixiy obyektlar nomlari. Tarixiy obyektlar toponimlarning ma'lum bir qismini tashkil beradi. Bu toponimlar boshqa toponimlardan o'zining manguliligi va o'zgarmasligi bilan ajralib turadi. Bu toponimlar bir tomondan, odamlar hayotida ro'y bergan voqea-hodisalar, urf-odatlar, an'analar, ishonch-e'tiqodlar yoki insoniyat tarixining muhim bir bo'lagini eslatuvchisi ekanligi bilan ahamiyat kasb etsa, boshqa tomondan, o'tmishni, tarixni ko'z oldimizga mujassam eta olganligi bilan muhim. Shu uchun bu toponimlar boshqa toponimlarga nisbatan ustunlik kasb etadi. Shunday toponimlar toponimikada "Tarixiy obyektlar nomlari" deya o'rganiladi. Taxor viloyatiga tegishli tarixi obyektlar nomlaridan misol: Oyxonim (Dqt), Qal'ayi Zubin (Tsh), Arabtapa (Xt), Prujatapa (Yt), Kofirqal'a (Rt), Ko'hnaqal'a (Kt), Argishoh (Chot), Tapayi Fulod (Kt), Sho'rto'g'ay (Yt), Chinori Gunjishkon (Kt), Bog'hisor (Rt), Chashmayi Turkon (Rt) va boshqalar.

Ziyoratgohlar nomlari. Ziyoratgohlarning tarixan kelib chiqishi xalq diniy e'tiqodlari, qadriyatlari, urf-an'analari bilan bog'liqdir. Ziyoratgoh (arabcha+forscha) so'zining negizi ziyorat bo'lib, savob va baraka orttirish maqsadida imomlar va din peshvolari qabrlariga yoki muqaddas joylarga borish hamda biror bir ahamiyatli narsa, kimsa yoki joyni ko'rgani borish[t^jjjl], degan ma'noni ifoda qiladi. U Islom dini bilan uyg'unlashgach, diniy tus kasb etib muqaddaslashtirilgan. Ziyorat so'zining asl ma'nosiga diqqat qilsak, biz yashaydigan joylar ham, biz o'qib ishlaydigan joylar ham ziyoratgohdir. Ziyoratgolar - diniy-tarixiy, ijtimoiy va jamoaviy-individval ziyoratgohlarga bo'linadi.

Har bir xalqning tarixida ziyoratgohlar katta o'ringa ega bo'lganidek, Afg'oniston xalqi tarixida ham ziyoratgolar katta o'ringa ega. Chuki "bugungi kungacha ziyoratgohlar, real manfaatlarni asos qilgan ommaviy e'tiqodni ifoda etuvchi muqaddas joylar sifatida, uzoq tarixiy jarayonlarda ma'naviy ozuqa beruvchi omillar bo'lib, aholining maishiy turmushida o'ziga xos vazifalarni o'tab kelgan. Shuning bilan birga mozorlar uzoq-yaqindan ziyorat qilish uchun kelgan jamoat ahlini uchrashib, o'zaro madaniy aloqalarni tiklash nuqtasi sifatida juda muhim rol o'ynagan".[Abdulahatov va boshqalar, 2009: 8]

Biz izlanishlarimiz jaranyoida Taxor viloyatida joylashgan ziyoratgohlardan quyidalarni topishga muvaffaq bo'ldik: Shohmashrab ziyoratgohi (It), Xo'jachangol Valiy ziyoratgohi (Tsh), Sayyed Zuhriddin Valiy ziyoratgohi (Vt), Xo'jabahovuddin (Xot), Xo'jailg'or

April, 2023

25

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

ziyoratgohi (Xt), Voqif Sohib ziyoratgohi (Ft), Nuroba ziyoratgohi (Chot), Mavlono Shohne'matulloh Vali ziyoratgohi (Chot), Xo'jasamandob ziyoratgohi (It), Sulton Mahmud ziyoratgohi (Rt), Darvoza Shahid ziyoratgohi (Rt), Xo'jasiddiq ziyoratgohi (Ft), Xo'jasabzpo'sh ziyoratgohi (Ft), Xo'jaqo'chqori Valiy ziyoratgohi (Rt), Piri Farxor ziyoratgohi (Ft), Xo'jaabdol Valiy (Ft), Oltishahid ziyoratgohi (Xt), Mutari So 'xta ziyoratgohi (Tsh) singarilar.

Oykonimlar. Aholi punktlarining nomlari, ya'ni qishloq, mahalla, shahar nomlari bir umumiy nom bilan oykonimlar deb ataladi. Odamlar o'zlarining yashash joylariga orzu-umidlari asosida va ma'lum Ыг maqsadda nomlar qo'yishganki, ulaming betakrorligi va ma'noliligi haligacha kishini lol qoldiradi. Zero, nom qo'yish ham san'atdir.[KopaeB, 2005: 29; Эназаров, 1993: 227-228]

Taxor viloyati qadimdan turli elatlar, qabila-urug'ular va xalqlaming yashash joyi bo'lgan. Shu uchun bu viloyat toponimlari tizimida oykonimlar ko'p uchraydi. Misol: Toluqon shahri; Ishkamish, Bangi, Bahorak, Chol, Chohob, Xo'jag'or, Xo'jabahovuddin (tumanlar); Andijoniy (Tsh); Toshqo'tan, Qashqari (It), Saqob, Jaloyir (Bt); Qizilquduq, Ko'tarma (Bat), Jontoqli, Kaltasoy (Cht); Qizilbuloq, Shakdara (Chot); Qo'ruq, Jelimxo'r, Chag'atoy (Xt); Katikjar, Sho'rto'g'ay (Xot); Arpali, Barlav, Qag'ni (Dt); Gulboy, Qumqishloq (Dqt); Alot, Tobatosh, Do'rman (Rt); Dashti Kunj, Chokaron, Charmgariy (Ft); Qizil Ko 'tal, Gandumak, Shohdara (Nt); Sangob, Sangisafid (Vt); Archa, Pitov, Oqko 'kcha (Ht); Jarboshi, Xapakdara, Beshkapa (Yt) va boshqalar.

Masjidlar nomlari. Masjid - bu musulmon xalqlarning eng muqaddas joylaridan biri. Madjidlar toat-ibodat, din va oxiratga bog'liq ish-yumishlar amalga oshadigan joy. Afg'oniston o'lkasidagi masjidlar ko'proq ikki xil - "Jome masjidlar" (katta, kundalik besh vaqt namozdan tashqari, juma namozi ham o'qiladingan masjidlar), "Sag'ira masjidlar" (kichik, faqat kundalik besh vaqt namozlar ado bo'ladigan masjidlaT). Har Ыг muslmon xalqlar yashaydigan hududlarda masjidlar juda ko'p bo'lishi bor gap. Boshqa geografik obyektlar kabi masjidlar ham o'ziga xos nomga ega.

Shu uchun masjidlar onomastik birliklarning ma'lum bir qismini tashkil beradi deb aytishimiz maqsadga muvofiq. Quyida keltirilgan misollar Taxor viloyati toponimlarining tarikibidan joy olgan "Masjidlar" nomlaridir: Oqmasjid jome masjidi, Toluqon jome masjidi, Hazrati Anas masjidi, Sangtrosh qishloq masjidi, So'fiy G'ulom masjidi, Beshbotur masjidi, Xalifa qishloq masjidi, Po'stxo'r masjidi, Zayd binni Sobit masjidi, Imom Abuhanifa jome masjidi, Hazrati Zubayr masjidi (Tsh); Saqob qishloq jome masjidi (Bt) va

boshqalar.

April, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Aytib o'tish kerakki, Afg'onistonda, ayniqsa, biz o'rganayotgan viloyatda, masjidlarni nomlash bir necha yo'l bilan amalga oshgan va oshmoqda. Birinchisi, an'anaviy tarzda, ko'proq masjid joylashgan mahalla, qishloq nomini berish (masalan, Toluqon jome masjidi, Go'ra qishloq masjidi, Beshbotur masjidi); ikkinchisi, din buyuklari (payg'ambarlar, sahobalar, tobi'inlar, imomlar, ulamolar) nomi bilan atash (masalan, Hazrat Ummari Foruq jome madjidi, Hazrati Anas masjidi); uchinchi, qishloq-mallada ko'zga ko'ringan biron bir shaxs nomi bilan nomlash (masalan, So'fiy G'ulom masjidi); to'rtinchisi, masjidni qurishda moliyaviy yordam ko'rsatgan kishining nomini berish orqali (masalan, Xoksor jome masjidi).

Bozorlar nomlari. Bozor so'zi barcha uchun tushunarli bir so'z. Har birimiz bolaligimizdan bevosita bozorning ishtirokchisimiz va u bilan doim aloqada bo'lib kelganmiz. Shu uchun bozor nima ekanligi va u yerda qanday yumushlar bajarilishi hech kim uchun sir emas. Iqtisodchi-olimlar bozorni - sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy yoki xaridorlar bilan sotuvchilar o 'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bog 'laydigan mexanizmdir, deb ta'riflaganlar.

"O'zbekston milliy ensiklopediyasi"da bozor haqida shunday deyilgan: bozor -sotuvchilar bilan xaridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste 'molni o 'zaro bog 'lovchi mexanizm yoki savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon. Bozorlar qadimgi Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida to'g'ri to'rtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat bo'lgan. Bozor maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat bozorlarining me'morligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik o'rni va savdo sohasidagi an'analar bilan bog'liq bo'lgan. [To'xliyev, 1992; O'lmas, 1997]

Biz o'rganayotgan Taxor viloyati toponimlari qatoridan bir qancha bozorlar nomlari ham o'rin olgan. Biz bularni quyidagi turlarga bo'lishni ma'qul ko'rdik:

1) joy nomlari bilan ataluvchi bozorlar: Ofoqi bozor (Bt), Tutbog' bozor (Tsh), Dashtiqal'a bozori (Dqt), Xo'jag'or bozori (Xt), Darqad bozori (Dq), Xo 'jabahovuddin bozori (Xot) va boshqalar;

2) sotiladigan mahsulot va tovar bilan ataluvchi bozorlar: Guruch bozor (Tsh), Mol bozor (Tsh), Bug'doy bozor (Tsh), Tovuqbozor (Tsh) kabilar;

3) hafta kunlari bilan ataluvchi bozorlar: Juma bozor (Bt), Yakashanba bozor (Dqt), Dushanba bozor (Dt) singarilar;

4) shaxs nomi bilan ataluvchi bozorlar: Qayyum bozor (Bat)

kabi.

April, 2023

Qayd qilib o'tish lozimki, ushbu maqolada keltirilgan toponimlar tadqiqotimiz obyekti bo'lgan Taxor viloyatidagi toponimlardan namunalar keltirilgan.

XULOSA

Taxor viloyati Afg'oniston Islom Respublikasining eng qadimiy tarixga ega viloyatlaridan biri. Bu viloyat Afg'onistoning shimoli-sharqida joylashgan bo'lib, Toluqon shahri, 16 ta tumandan va mingdan ortiq qishloqdan tashkil topgan. Taxor viloyati tarix davomida Taxoriston (Toxariston, Taxariston, Tuxariston, To 'xariston) va Toluqon nomlari bilan ham atalgan. Avallgi Taxoriston va bugungi kunda viloyat nomi hisoblanadigan Taxor toponimlarining kelib chiqishi Taxorlar/Toxarlar etnosiga borib taqaladi. Taxorlar Markaziy Osiyoning qadimiy etnonimlaridan biri. Ko'pchilik forscha va inglizcha manbalarda Taxorlar tili hind-evropa tili oyilasiga kiradi deyilgan bo'lsa-da, o'zbekcha manbalarda ularni qadimgi ko'chmangi turkiy qabilalardan ekanligi qayd etilgan. Bizga ko'ra, ikkinchi fikr haqiqtga yaqin.

Taxor viloyati toponimlari lug'aviy-ma'noviyjihatdan: gidronimlar, oronimlar, dromonimlar, agroonimlar, paragogonimlar, tarixiy obyektlar nomlari, ziyoratgohlar nomlari, oykonimlari, masjidlar nomlari, bozorlar nomlari) kabi turlarga tasnif qilingan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tadqiqotimiz natijasida ma'lum bo'ldiki, Taxor viloyati toponimlari turli tillar elementlaridan tashkil topgan bo'lib hamda turli tarixiy davrlarda vujudga kelgan. Xullas, shuni takidlashimiz mumkinki, Taxor viloyati toponimlari o'ziga xos alohida toponimik regionni tashkil qilgan onomastik birliklardir.

Maqoladagi shartli qisqartmalar ro'yxati:

Tsh Toluqon shahri Dqt Dashtiqal'a tumani Chot Chohob tumani

It Ishkamish tumani Rt Rustoq tumani Vt Varsaj tumani

Bt Bangi tumani Ft Farxor tumani Xt Xo'jag'or tumani

Bat Bahorak tumani Kt Kalafgon tumani Ht Hazorso'much tumani

Cht Chol tumani Nt Namakob tumani Dt Darqad tumani

Xot Xo'jabahovuddin tumani Yt Yangiqal'a tumani

REFERENCES

1. Abdulahatov, N., Haydarovo, Z., Azimov, O. (2009). Bibi Ubayda ziyoratgohi. Farg'ona: Farg'ona.

2. Boboqulov, I. I. (2021). Afg'oniston (lug'at - ma'lumotnoma). Toshkent: "Compex print" nashriyoti.

3. Enazarov, T. J. (2021). Shahrisabz tumani hududi joy nomlarining tarixiy-qiyosiy tadqiqi. Toshkent: Nodirabegim.

April, 2023

28

4. Entsiklopedik lug'at. 1-jild. -Toshkent, 1988. 228-229, 178 b.

5. Hakimov, Q. (2016). Toponimika. Toshkent: Mumtoz.

6. Madrahimov, Z. (2010). Ma 'ruzalar matni. Namangan.

7. O'lmas, A. (1997). Iqotisodiyot asoslari. Toshkent.

8. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2-jild. -Toshkent: "O'zME", 2001. 103-b.

9. Oxunov, N. (1989). Toponimlar va ularning nomlanish xususiyatlari. Toshkent: Fan.

10. Qorayev, S., Teshaboev, M. T. (1989). SSSRdagi geografik nomlar lug'ati. Toshkent: Mehnat.

11. Room, A. (1996). An Alphabetical Guide to the Language of Name Studies. Lanham and London: The Scarecrow Press.

12. Stewart, G. R. (1975). Namea on the globe. New York: Oxford University Press.

13. To'xliyev, N. (1992). Osiyo va bozor. Toshkent.

14. Кораев с. Узбекистан вилоятлари топонимлари. -Тошкент: "O'zME", 2005. -B. 29.

15. Кораев, С. (1978). Географик номлар маъноси. Тошкент: Узбекистон.

16. Кораев, С. (2005). Узбекистон вилоятлари топонимлари. Тошкент: "O'zME".

17. Эназаров, Т. Ж. (1993). Ном куйиш хам санъат. Нутц маданияти масалалари (Илмий туплам). Тошкент.

.ô^1 .Д j .ô*^1 ^JJJ ^-¡у'.() VAY) c^jjjl .18

^jaijji ^ . ) £ .¿jLLuijLxJI^Le-Lui—ш.)) VA )) .1 .^i c^jiji^ijj .19

.^jjj .¿JHUÜLLJI^LJIJL. .()ГД») .1 i^jll^jjj ^iljj^ .20 .jji^j .¿JHUULLLJ!LhUyJ.(Y ''') '^^jic .21

.л^ .¿JLLÜLLJ! ^LJJLJ 4JIL .()VAf) tJb& .22

jj*^ .^-AJJLJ¿jHuàlLài.() VAf) 'ôj^ .23

April, 2023

29

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.