Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILI DIALEKTLARIDA SEMANTIK JIHATDAN SALBIY OTTENKA KASB ETUVCHI JOY NOMLARI'

O‘ZBEK TILI DIALEKTLARIDA SEMANTIK JIHATDAN SALBIY OTTENKA KASB ETUVCHI JOY NOMLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
126
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksikologiya / onomastika / toponimika / geografik obyekt / salbiy ottenka / lug‘aviy ma’no. / lexicology / onomastics / toponymy / geographical object / negative tone / dictionary meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N. Axmatova

Ushbu maqolada onomastikaning tarkibiy qismi hisoblangan toponimika, ya’ni joy nomlari haqida fikr yuritilib, uning tarixi, paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar batafsil bayon etilgan. Toponimikaning muammoli nuqtalariga e’tibor berilib, dialektlarda uchraydigan salbiy ottenka kasb etuvchi joy nomlari tahlil etilgan, ular haqida taklif va mulohazalar, ma’lum yechimlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TOPONYMS THAT ACQUIRE A SEMANTICALLY NEGATIVE CONNOTATION IN DIALECTS OF THE UZBEK LANGUAGE

This article discusses toponymy, that is, toponymy, which is an integral part of onomastics, and describes in detail the studies related to its history, origin and development. Attention is drawn to the problematic moments of toponymy, toponyms with a negative tone, found in dialects, are analyzed, suggestions and opinions are expressed about them, certain solutions are given.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILI DIALEKTLARIDA SEMANTIK JIHATDAN SALBIY OTTENKA KASB ETUVCHI JOY NOMLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK TILI DIALEKTLARIDA SEMANTIK JIHATDAN SALBIY OTTENKA KASB

ETUVCHI JOY NOMLARI Axmatova Nigora Akmal qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7445173 Annotatsiya. Ushbu maqolada onomastikaning tarkibiy qismi hisoblangan toponimika, ya'ni joy nomlari haqida fikr yuritilib, uning tarixi, paydo bo'lishi hamda rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan tadqiqotlar batafsil bayon etilgan. Toponimikaning muammoli nuqtalariga e 'tibor berilib, dialektlarda uchraydigan salbiy ottenka kasb etuvchi joy nomlari tahlil etilgan, ular haqida taklif va mulohazalar, ma'lum yechimlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: leksikologiya, onomastika, toponimika, geografik obyekt, salbiy ottenka, lug'aviy ma'no.

ТОПОНИМЫ, ПРИОБРЕТАЮЩИЕ СЕМАНТИЧЕСКИ ОТРИЦАТЕЛЬНЫЙ ОТТЕНОК В ДИАЛЕКТАХ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА Аннотация. В данной статье рассматривается топонимика, то есть топонимика, которая является составной частью ономастики, и подробно описываются исследования, связанные с ее историей, возникновением и развитием. Обращается внимание на проблемные моменты топонимики, анализируются топонимы с негативным тоном, встречающиеся в диалектах, высказываются предложения и мнения о них, даются определенные решения.

Ключевые слова: лексикология, ономастика, топонимия, географический объект, отрицательный тон, словарное значение.

TOPONYMS THAT ACQUIRE A SEMANTICALLY NEGATIVE CONNOTATION IN

DIALECTS OF THE UZBEK LANGUAGE Abstract. This article discusses toponymy, that is, toponymy, which is an integral part of onomastics, and describes in detail the studies related to its history, origin and development. Attention is drawn to the problematic moments of toponymy, toponyms with a negative tone, found in dialects, are analyzed, suggestions and opinions are expressed about them, certain solutions are given.

Keywords: lexicology, onomastics, toponymy, geographical object, negative tone, dictionary meaning.

Bugungi kunda tilshunoslikning har bir yo'nalishiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, leksikologiya o'zbek tili grammatikasing tinimsiz rivojlanib, boyib boruvchi muhim sohasi sifatida e'tirof etilib, uning barcha tarmoqlari ustida chuqur izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Onomastikaning tarkibiy qismi hisoblangan toponimika tilshunoslikning yangi hamda zamonaviy yo'nalishlaridan biri bo'lib, joy nomlari, geografik obyektlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi, to'g'ri yozilishini o'rganadigan soha hisoblanadi.

Aytish joizki, har bir til o'zining ma'lum taraqqiylashuv davrini boshidan kechiradi. Dastlabki toponimlar oddiy turdosh otlardan farq qilmaydigan sodda nomlar edi [Qorayev, 2006: 3]. Davr o'tishi bilan taraqqiyot natijasida joy nomlari ham sodda oddiy nomlardan murakkab toponimlarga aylanib borgan. Til taraqqiyoti natijasida ularni o'rganishga bo'lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Joy nomlarining qo'llanilishi qadimgi manbalarda ham uchraydi. Masalan, Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk", Amir Temurning "Temur tuzuklari",

2259

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Boburning "Boburnoma", Abulg'oziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" hamda "Shajarayi tarokima" asarlarida joy nomlari keltirib o'tiladi. Turli davrlarda yaratilgan ushbu nodir yodgorliklarda ko'plab shaharlar, qishloqlar, rabotlar, qo'rg'onlar daryo, soylar nomlari keltirib o'tilgan. Ushbu manbalar toponimiyaning keyingi davrlarda o'rganilishi, tadqiq etilishi uchun asos bo'ldi.

Toponimika atamasi dastlab Yevropada, xususan, Angliyada paydo bo'lgan. Angliyada 1923-yilda dunyoda birinchilardan o'laroq mamlakatdagi barcha toponimik ishlarni muvofiqlashtirish uchun "Toponimika jamiyati" tuzildi [Madrahimov, 2017:122]. Ushbu voqeadan so'ng Fransiya, Germaniya, Polsha va Sobiq Ittifoqda ham shunday guruh hamda jamoalar tashkil etildi. Sobiq Ittifoq davrida toponimik tadqiqotlar yanada rivojlandi. Shundan so'ng bu tadqiqotlar toponimikaning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqilishiga keng yo'l ochdi. Bir qancha olimlar o'z tadqiqotlari bilan ushbu sohaning rivojiga o'z hissasini qo'shdi. Rus olimlaridan V.A. Nikonov, A.V. Superanskaya, V.N. Toporov, qolaversa, o'zbek olimlaridan H. Hasanov, E.Begmatov, T. Nafasov, S. Qorayev, X. Do'simov singari tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijasida bu sohada ko'plab muvaffaqiyatlarga erishildi. H. Hasanovning "Yer tili", S. Qorayevning "Geografik nomlar ta'biri", X. Do'simovning "Xorazm toponimlari", T. Nafasovning "O'zbekiston toponimlarining izohli lug'ati" va boshqa asarlarni ana shu muvaffaqiyatlar namunasi sifatida qabul qilish mumkin.

Toponimlar bir qancha fanlar bilan aloqador soha ekanligi sir emas, albatta. Ayniqsa, tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya singari tilshunoslik bo'limlarini tadqiq etisshda joy nomlari muhim manba hisoblanadi. Negaki, toponimlar ham ma'lum til birligi sifatida leksikaning qonuniyatlariga asoslanadi. Biroq ushbu so'zlar paydo bo'lishi va ba'zi xususiyatlariga ko'ra jamiyatning, xalqning ijtimoiy kelib chiqishi, ma'naviy turmushi, iqtisodiy holatiga aloqadorligi bilan boshqa guruh so'zlardan farq qiladi. Toponimlarda milliy tilimizga xos bo'lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik ifodalar shakllangan bo'ladi. Joy nomlari aholining etnik tarkibi, kasb-kori, qolaversa, geografik xususiyatlarini o'zida namoyon qiladi.

Ma'lumki, toponimlar dialektlarning, turli sheva vakillarining kelib chiqishi, yashash sharoiti, tub aholining qadimdan shakllanib kelayotgan tilini o'rganishga, tavsiflashga yordam beradi. Bugungi kunda ham dialektik hududlarda qo'llaniladigan joy nomlari ana shunday xususiyatga ega. Biroq bugun olib qaraydigan bo'lsak, turli hududlarda joylashgan qishloq, ko'cha, mahalla va guzar nomlari, suv havzalari va boshqa shu kabi geografik obyektlarga qo'yilgan nomlarning barchasi ham talab darajasida deyolmaymiz. Negaki, ular orasida kishini jiddiy o'ylantiradigan, salbiy ottenka, salbiy ma'no kasb etuvchi, umuman olganda, tushunarsiz geografik nomlar yo'q emas. Albatta, ba'zi bir izlanishlar natijasida, hudud vakillarining e'tirofi hamda ma'lumoti yuzasidan ushbu xulosaga kelindi. Hozir shunday joy nomlarining bir nechtasini keltirib o'tamiz. Samarqand hududida joylashgan Yalang'och, Kampiro'ldi, Qo'tirbuloq, Tentakqishloq, Ishtonsiz, Xorazm hududida joylashgan Ovshar, Karvak, Kurra, Ayaq, Jizzax hududida joylashgan Qoramozor singari toponimlar kichik qishloq va guzar nomlari bo'lib, ushbu nomlarga biroz o'zgartirishlarga kiritilsa, yoxud urf-odatlarimiz, milliyligimizni anglatuvchi boshqa bir yangi tushuncha bilan o'zgartirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Negaki, joy nomi bu hudud vakilidan so'raladigan birinchi muhim ma'lumotdir. Insonning shaxs sifatidagi hurmat va e'tibori ham uning qayerlik ekanligiga bog'liq va bu uning o'z psixologiyasiga, ma'naviy qiyofasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Demak, joy nomi ana shu hududda istiqomat qiluvchi kishi uchun juda muhim va qimmatli shaxsiy ma'lumot

2260

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hisoblanadi. Shunday ekan, yuqorida misol tariqasida berilgan nomlarga biroz o'zgartirishlar kiritmoq zarur.

Bundan tashqari, ba'zi bir joy nomlari leksik jihatdan boshqa ma'noni anglatsa-da, davr o'tib, ma'lum tovush o'zgarishlariga uchrab, salbiy ottenka hosil bo'lgan hamda shunday nomga ega bo'lib qolgan. Ya'ni toponimning etimologiyasiga, qo'yilish sababiga, lug'aviy ma'nosiga e'tibor qaratilsa, umuman boshqa ma'no anglatishiga va bugungi kunda salbiy jihatga ega so'z bo'lib xizmat qilishiga guvoh bo'lamiz. T. Nafasov va V. Nafasovaning "O'zbek tili toponimlarining o'quv izohli lug'ati"dan olingan bir qancha toponimlar yuqoridagi fikrlarga yaqqol dalil bo'la oladi:

ESHAKMAYDON Qashqadaryo v. tog'. Ust qismida ushoq (o'zgargani - eshak ) - kichik tekis maydoni bo'lgan tog'.

GALABAYTAL Yakkabog' t. qishloq. O'rish, arqog'i juft qilib chiyratilgan ipdan qo'lda to'qilgan gazlama (baytur) to'quvchilarning qishlog'i.

HEZALAK Chiroqchi t. qishloq. Hazora -k hazora qabilasi vakillarining kichik qo'rg'oni. KAMPIRKO'L Boysun t. ko'l. Eroniy kand i pir ko'hna qishloq (qo'rg'on atrofidagi ko'l). MOLGUZAR Jizzax v. tog'. Mor (ilon) guzar [f-t] (o'tar joy, yo'lak) - ilon yo'li, ilon izi singari yo'lakli tog'.

Shuni ta'kidlab o'tish joizki, yuqoridagi toponimlarning bugungi nomlanishi hamda o'zining lug'aviy ma'nosidagi farq va kamchiliklarni inobatga olgan holda ba'zi bir o'zgartirishlar kiritilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kunda o'zbek dialektlarida uchraydigan salbiy ottenka kasb etuvchi toponimlar, yoxud asil lug'aviy ma'nosidan ajralib, davr taraqqiylashuvi natijasida o'zgarishlarga uchragan joy nomlarini qayta ko'zdan kechirib, ularni yangi nomlarga almashtirish kerak. Har bir viloyat, shahar va tumanlardagi ana shunday toponimlarni to'plab, ular ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi zarur. Bugungi zamonaviy tilshunoslikning, xususan, toponimlar bilan shug'ullanuvchi olimlarning asosiy vazifasi ham shundan iborat. Har bir toponimning yaratilish davri hamda omilini o'rganish jarayonida salbiy ma'noga ega tushunchadan voz kechgan holda yangi nom bilan atash lozim. Albatta, yangi nom ham toponimning lug'aviy ma'nosidan kelib chiqqan holda nomalanadi va ommaga tatbiq etiladi. Keyingi avlod vakillari ham ushbu nomdan o'zi yashab turgan hudud nima uchun bunday nomlanganini anglab olishlari uchun ham, salbiylikdan yiroqlashish uchun ham yangi joy nomlarini qo'llash zarur.

REFERENCES

1. Do'simov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug'ati. Toshkent: "O'qituvchi" - 1977. 185 B

2. Hasanov H. O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan. Toshkent: "Fan" - 1965. 220B

3. Madrahimov Z. Tarixiy toponimika. Toshkent: "Navro'z" - 2017. 128 B

4. Nafasov T, Nafasova V. O'zbek tili toponimlarining o'quv izohli lug'ati. Toshkent: "Yangi asr avlodi" - 2007. 88 B

5. Oxunov N. Joy nomlari ta'biri. Toshkent: "O'zbekiston" - 1994. 86 B

6. Qorayev S. Toponimika. Toshkent: "O'zbek faylasuflari milliy jamiyati" - 2006. 320 B

7. Qorayev S. O'zbekiston viloyatlari toponimikasi. Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" - 2005. 240 B

2261

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.