O'ZBEK TILIDA SINONIMIYA TALQINI
Polvonova Bashorat Mirobijonovna
Farg'ona davlat universiteti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tilshunoslikdagi sinonimlik masalasiga bag'ishlangan bo'lib, unda zamonaviy tilshunoslikdagi sinonimlik hodisasi haqidagi qarashlar umumlashtiriladi. Sinonimlikka doir mavjud fikrlar tahlil qilinib, lisoniy dalillar bilan izohlanadi.
Kalit so'zlar: sinonimiya, uslubiy belgi, graduonimiya, sinonimik qatori, farqlilik, aynanlik, gradual oppozitsiya, emotsional-ekspressiv, noverbal vositalar va boshqalar.
SYNONYMIC INTERPRETATION IN THE UZBEK LANGUAGE
Polvonova Bashorat Mirobijonovna
Fergana State University [email protected]
ABSTRACT
This article deals with the issue of synonymy in linguistics, which summarizes the views on the phenomenon of synonymy in modern linguistics. Existing ideas about synonymy are analyzed and explained with linguistic evidence.
Keywords: synonymy, methodical sign, graduonymy, synonym series, difference, identity, gradual opposition, emotional-expressive, nonverbal means, etc.
СИНОНИМИЧЕСКИЙ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ НА УЗБЕКСКОМ
ЯЗЫКЕ
Полвонова Башорат Миробижоновна
Ферганский Государственный Университет [email protected]
АННОТАЦИЯ
В статье рассматривается проблема синонимии в лингвистике, в которой обобщаются взгляды на феномен синонимии в современной лингвистике. Существующие представления о синонимии анализируются и объясняются лингвистическими доказательствами.
Ключевые слова: синонимия, методический знак, градуонимия, синонимический ряд, различие, тождество, постепенное противопоставление, эмоционально-выразительные, невербальные средства и др.
KIRISH
Tilshunoslikda sinonimiya hodisasi chuqur tarixiy ildizlarga ega, juda keng tahlil qilingan hodisa bo'lib, sinonimlar nafaqat tilshunoslikning, balki adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, psixologiya kabi qator fanlarning ham o'rganish obyektidir. Sinonimiya haqida tilshunoslikda turlicha qarashlar mavjud.
Sinonimlarni o'rganish dastlab faqat leksik sathda bo'lib, "..odatda, "bir xil ma'noli so'zlar", "bir-biriga yaqin ma'noli so'zlar","yaqin, yoki bir ma'noli so'zlar", "uslubiy bo'yoqlari , qo'llanish sathlari bilan farqlanuvchi so'zlar sifatida ta'riflanadi" 1 "O'zbek tilshunosligida sinonimlarga berilgan ta'rifga e'tibor berilsa, ularni belgilashda dastlab leksemalarning ma'no juhatidan bir xilligiga2 , so'ngra ma'nolarning umumiyligiga3 , keyinchalik esa ma'noviy o'xshash(aynan)likka4 asoslanilgani kuzatiladi"5. O'tgan asrning 70-yillariga qadar sinonimlik ma'noning aynan bir xilligi asosida belgilangan bo'lsa, 80-yillarga kelib, so'zning semantik strukturasi bir qancha olimlar tomonidan semik tahlil asosida o'rganila boshlandi (Sh.Rahmatullayev, H.Ne'matov, E.Begmatov, R.Rasulov shular jumlasidan) . Sinonimlarni belgilashga ham semik tahlilning tatbiq etilishi sinonimik qatorlarga birlashtirilayotgan leksik birliklar ma'nolaridagi aynanlik, umumiylik va farqlilikka aniqlik kiritish imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun o'zbek tilshunosligida sinonimlarni belgilashda an'anaviy va zamonaviy qarashlar tubdan farq qiladi. Keyingi davrda sinonimlarning leksik ma'nosini semik tahlil qilish keng tus old i.6 Sinonimlarga bunday yondashuv ulardagi aynanlik va farqlilik belgilarini ajratishda muhim ahamiyatga egadir. Til sathi birliklarida kuzatiluvchi aynanlikni ularning ma'nosi, shakli, vazifasi, uslubiy belgisi kabilarning teng kelishida, o'zaro muvofiqligida ko'rish mumkin. Bu kabi aynanliklar farqlanishlar bilan o'zaro aloqada bo'lib, bir-biriga nisbatan belgilanadi. Farqlilik aynanlik doirasidagi ma'no
1 Orifjonova Sh, Lug'aviy sinonimiya va graduonimiya munosabati xususida, // // O'zbek tili va adabiyoti,6-son,2007,109-b
2 Jumaniyozov R. Sinonimlar ta'rifi masalasi// O'zbek tili va adabiyoti. 1970,1 -son,5-bet.
3 Hojiyev A. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati. - Toshkent. O'qituvchi,1974,45-46-betlar.
4 Rahmatullayev Sh.Semik tahlil va leksik sinonimiyani ta'riflash masalasi// O'zbek tili va adabiyoti. 1979,5-son,55-bet.
5 Rahmonov G'. O'zbek tili sinonimlarida darajalanish// O'zbek tili va adabiyoti. 2020,3-son,111-bet.
6 Orifjonova Sh.G,O'zbek tilida lug'aviy graduonimiya.NDA.Toshkent,1996; Bozorov.O,O'zbek tilida darajalanish. NDA.Toshkent,1997;Xudoyberdiyeva .L.S,O'zbek tilida nominative birliklarning darajalanishi. NDA.Toshkent,2003.
890
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
o'zgarishlarining bevosita kuchayib, rivojlanib borishi natijasida nisbiy o'zgachalik xususiyatlarini kasb eta borish holatidir. Zidlilik aynanlikdan sifat o'zgarishlari orqali o'sib chiqar ekan, bu jarayonda yangi mohiyatning yuzaga kelishi sodir bo'ladi. E.N.Miller qarashlariga ko'ra, zidlilik aynanlikning dialektik inkori, aynanlikning noo'xshash ko'rinishidir. Zidlilik aynanlikdan variantlilik, farqlilik orqali (tadrijiy "sakrash" yo'li bilan) hosil bo'lgan boshqa aynanlikni, ya'ni yangi narsa bo'lib, o'zidan keyingi "zanjirli" jarayonning (aynanlik-farqlilik-zidlilik) dastlabki xalqasini hosil qiladi.7 Ko'rinib turibdiki, aynanlikdan farqlilikka o'tishda zanjirsimon aloqa shakllanadi va bunda aynanlik birinchi tugunni, farqlilik esa so'nggi tugunni aks ettiradi. Keyingi davrlarda tilshunoslikda chuqur tahlil qilinayotgan bu zanjir hodisasi lug'aviy darajalanish — graduonimiya hodisasidir . GRADUAL OPPOZITSIYA (lot. gradus — qadam, bosqich) — Q. Darajali oppozitsiya.8 Graduonimiya sinonimik qatorda farqlilik omiliga asoslangan darajalanishdir.
Sinonimlik hodisasi ham dastlab leksik sathda o'rganilgan bo'lsa-da, keyinchalik morfologik va sintaktik sinonimlar ham mavjudligi aniqlandi. Barcha sathlardagi sinonimlarga quyidagi ta'rifni berish mumkin: "Sinonimlar bir umumiy ma'no-mazmunga ega bo'lgan, lekin emotsional-ekspressiv hamda funksional jihatdan farqlanuvchi til birliklaridir ". Sinonimlik variantlilikdan farqli ravishda fonetik sathda mutlaqo uchramaydi. Leksik sinonimlar semadagi ma'no bo'yog'ining darajalanishi, uslubiy xoslanishi, ba'zan salbiy -ijobiy bo'yoqqa egaligi bilan farqlanadi. Buni matematik koordinatalr o'qi orqali quyidagicha ko'rsatish mumkin.9
\ Knthli I ,_,
qLihqurjv&q
I
albdy i 1 L-tjjzi tatf etrroq Ii obri i+1
saptmiD^
I
pl-thLrlamï^
X
Kucbsiz
7 Миллер. Э.Н. Содержательные функцоналные основания единства антонимии номинативных единиц// Филологические науки ,-М.,1987.Н 6.44-49.
8 Hojiyev A. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati. - Toshkent. O'qituvchi,1974,31-bet.
9 Polvonova B. O'zbek tili grammatikasi. Farg'ona. "Classik", 2021, 28-bet.
891
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sinonimlar morfologik sathda, asosan, ko'makchi morfemalar shaklida namoyon bo'lib, ularni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
1. So'z yasovchi morfemalar sinonimiyasi.
2. Lug'aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar sinonimiyasi.
3. Munosabat shakli hosil qiluvchi morfemalar sinonimiyasi.
So'z yasovchi qo'shimchalar sinonimiyasi ham o'z o'rnida quyidagi turlarga bo'linishi mumkin:
a) Ot yasovchilar: tilchi - tilshunos, chizgi - chiziq;
b) Sifat yasovchilar: benomus - nomussiz , baodob - odobli ;
c) Ravish yasovchilar: mardona - mardlarcha , tiriklayin -tirigicha;
d) Fe'l yasovchilar: senlamoq -sensiramoq, birlashmoq - birikmoq
kabi.
Lug'aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar esa faqat grammatik ma'no hosil qilgani sababli ikki xil holatdagi ma'nodoshlikni hosil qiladi.
1. To'g'ridan to'g'ri ma'nodoshlik: sarg'ish (sariq+ish) - sarg'imtir (sariq+imtir), ko'rildi -solindi .
2. Ma'lum garammatik ma'noni ifodalashdagi ma'nodoshlik: majhul va o'zlik nisbat fe'llari o'timli fe'lni o'timsiz qiladi kabi.
Munosabat shakli hosil qiluvchi morfemalar , asosan, ikki xil bo'lib, ular ismga xos munosabat shakllar hamda fe'lga xos munosabat shakllarga bo'linadi. Ismga xos munosabat shakllar sintaktik sinonimiyaning yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Masalan:
Dala(bosh kelishik) aylandim.
Dalani aylandim.
Dalada aylandim.
Fe'lga xos munosabat shakllar esa to'g'ridan to'g'ri sinonimlik hosil qilishi mumkin. Masalan: keldim - kelyapman (shaxs-son: I shaxs, birlik), bor (0) -borgin (mayl:II shaxs, buyruq mayli).
Sinonimlik o'zbek tilshunosligida ma'nodoshlik deb ham yuritiladi. Bu atama ko'proq leksik sinonimlarga nisbatan qo'llangan. Sintaktik sinonimlar uchun mazmundoshlik atamasini taklif etamiz.
Sintaktik sathda sinonimlik hozirgacha shakliy sintaksis tamoyillari bilan tasniflangan bo'lib, ularda, asosan, morfologik belgi - ko'rsatkichlar ( ko'makchi morfemalar va yordamchi so'zlar) ma'nodoshligi bosh omil hisoblanadi.
Sintaktik sinonimlar quyidagi turlarga bo'linadi:
1. So'z birikmalari sinonimiyasi.
2. Gaplar sinonimiyasi.10
Sintaktik sinonimlarni tasniflashda turkolog olimlar har xil fikrlarni bildirgan bo'lsa-da (Y.P.Shendels 3 turga 11, V.P.Suxotin hamda V.I.Kononenko 4 turga12, S.M.Ibragimov esa 9 turga bo'ladi 13 ), lekin asosiy klassifikatsiya yuqorida ko'rsatilgan ikki turni ifodalaydi xolos.
Sinonim gaplar oddiy tushunchadagi leksik sinonimlardan quyidagicha farqlanadi:
1 .Leksik sinonimlar til birligi hisoblansa, sinonim gaplar nutq birligi sanaladi.
2.Leksik sinonimiya ko'pincha, bir necha leksik birliklar o'rtasida kuzatilsa, gap sinonimiyasi, asosan, ikki sintaktik konstruksiya o'rtasida yuzaga chiqadi. 14
Sintaktik sinonimlar noverbal vositalar bilan qo'llanishi mumkin. "Pantamimo va xareografiyada yuz va tana harakatlari bilan noverbal nutq amalga oshiriladi. Bu harakatlar , ko'pincha, hamma tillarda so'zlashuvchilar va har xil madaniyat egalariga bir xilda tushunarli va ta'sirli kechadi. Eslang, kino hali ovozlashtirilmagan davrda tomoshabinlar kadr ostidagi titrdan ko'ra qahramonlarning yuz ifodasi va harakatlari orqali voqeani yaxshiroq idrok etishgan. Shuning uchun ham jahonning mashhur kinorejissori Charli Chaplin kino ovozlashtirilganda ham undan foydalanmadi. Uning oq-qora tasvirdagi ovozsiz kadrlari hamon hammani hayratga solib kelmoqda. Buning sababi ulardagi mimikaning va harakatlarning verbal vositalardan ko'ra ko'proq ma'no ifodalashidadir"15.
XULOSA
Sintaktik sinonimiya (mazmundoshlik)ni sintaktik parallellizm deb yuritish biroz noaniqlik tug'diradi, chunki parallellizm leksik sathda variantlilikni ifodalasa, sintaksisda, yuqorida ko'rib o'tganimizdek, parallel sintaktik strukturali gaplarni ham ko'rsatadi. Shuning uchun, mazmuniy parallellizm atamasi o'zini to'la oqlamaydi. Bizningcha, sintaktik sinonimiya ma'nosida mazmundoshlik atamasi qo'llansa va
10 Mamajonov A, Qo'shma gap stilistikasi,Toshkent,Fan,1990,63b.
11 Шендельс Й.П.Понятие грамматической синонимии. Филологические науки.1959, №1,C.75.
12 Сухотин В.П. Синтаксическая синонимика в современном русском литературном языке. Глагольное словосочитание.
M.,1960,C.14.
13 Ибрагимов С.М. Татар теленде синтактик синонимлар. Казань, 1976, C. 39-40.
14 Mamajonov A, Mazmuniy parallellizm, 9-b.
15 Polvonova B. Muloqotda noverbal sinonimiyaning ifodalanishi// O'zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari. -T.: "Nodirabegim" nashriyoti, 2021. 95-b.
Scientific Journal Impact Factor
sintaktik sinonimiyani hosil bo'lishiga xizmat qiluvchi birliklar , ya'ni grammatik shakllar - bog'lovchilar, bog'lovchi vazifasidagi vositalar leksik sinonimiyani hosil qiladimi, sintaktik sinonimiyanimi , qayta tekshirib ko'rish lozim.
REFERENCES
1. Orifjonova Sh, Lug'aviy sinonimiya va graduonimiya munosabati xususida, // O'zbek tili va adabiyoti,6-son,2007,109-b
2. Jumaniyozov R. Sinonimlar ta'rifi masalasi// O'zbek tili va adabiyoti. 1970,1 -son,5-bet.
3. Hojiyev A. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati. - Toshkent. O'qituvchi,1974,45-46-betlar
4. Rahmatullayev Sh.Semik tahlil va leksik sinonimiyani ta'riflash masalasi// O'zbek tili va adabiyoti. 1979,5-son,55-bet
5. Rahmonov G'. O'zbek tili sinonimlarida darajalanish// O'zbek tili va adabiyoti. 2020,3-son,111-bet.
6. Миллер. Э.Н. Содержательные функцоналные основания единства антонимии номинативных единиц // Филологические науки ,-М.,1987.Н 6.44-49
7. Polvonova B. O'zbek tili grammatikasi. Farg'ona. "Classik", 2021, 28-bet.
8. Polvonova B. Muloqotda noverbal sinonimiyaning ifodalanishi// O'zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari. -T.: "Nodirabegim" nashriyoti, 2021.
9. Шендельс Й.П.Понятие грамматической синонимии. Филологические науки.1959, №1,C.75.
10. Сухотин В.П. Синтаксическая синонимика в современном русском литературном языке. Глагольное словосочитание. M.,1960,C.14
11. Arislanovna Y. S., Bakhtiyorvich G. B. Marketing And Information Support In Public Sector //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2021. - Т. 8. -№. 1. - С. 940-947.
12. Ибрагимов С.М. Татар теленде синтактик синонимлар. Казань, 1976, C. 39-
95-b.
40.
13. Mamajonov A. Mazmuniy parallellizm.Farg'ona.2016. 9-b.