Научная статья на тему 'FE’L SO‘Z TURKUMLARIGA OID SO‘ZLARDA DARAJALANISH'

FE’L SO‘Z TURKUMLARIGA OID SO‘ZLARDA DARAJALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

639
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe‟l / darajalanish / “Muhokamat-ul lug„atayn” asari / graduonomiya / sinonomik munosabat / ma‟nodoshlik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulnoza Djumakuziyevna Shermatova

Tabiat va jamiyatda barcha hodisa-yu hosilalar bir-biri bilan uzviy bog„liqligi hammaga ayon. Xususan, til fani birliklari ham o„zaro chambarchas bog„liq, ularning o„xshash va farqli tomonlari mavjud. Ularning ayrim xususiyatlari o„rganilgan bo„lsa, ba‟zilari hamon o„z tadqiqini kutmoqda. Bu fikrni graduonimiya va sinonomiya hodisalari haqida ham qo„rqmasdan aytishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FE’L SO‘Z TURKUMLARIGA OID SO‘ZLARDA DARAJALANISH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-72-75

FE'L SO'Z TURKUMLARIGA OID SO'ZLARDA DARAJALANISH

Gulnoza Djumakuziyevna Shermatova

Andijon davlat universiteti, Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Tabiat va jamiyatda barcha hodisa-yu hosilalar bir-biri bilan uzviy bog' liqligi hammaga ayon. Xususan, til fani birliklari ham o'zaro chambarchas bog' liq, ularning o'xshash va farqli tomonlari mavjud. Ularning ayrim xususiyatlari o'rganilgan bo'lsa, ba'zilari hamon o'z tadqiqini kutmoqda. Bu fikrni graduonimiya va sinonomiya hodisalari haqida ham qo'rqmasdan aytishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: fe'l, darajalanish, "Muhokamat-ul lug'atayn" asari, graduonomiya, sinonomik munosabat, ma'nodoshlik

KIRISH

Ma'lumki, o'zbek tili juda boy imkoniyatlarga ega bo'lib, qadim tarixga egadir. Shu bois ham tilimizning ildizlarini juda qadim zamonlardan izlamoq darkor.

Darajalanish haqidagi dastlabki qarashlar qisman Alisher Navoiyning "Muhokamat-ul-lug'atayn" asarida ham uchratamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiy o'zbek tilining ifoda imkoniyatlari kengligini dalillash uchun "yig'lamoq" fe'lining va boshqa so'zlarning sinonimlarini tahlil qiladi, shuningdek, fors-tojik tili so'zlari bilan qiyoslashning o'zi darajalanish hodisasi ekanligini keltirib o'tadi.

Borliqdagi barcha narsa-hodisalar bir-biri bilan uzviy bog'liqligi hammaga ravshandir. Xususan, tilda mavjud barcha birliklar o'zaro chambarchas bog'liq, ularning o'xshash va farqli tomonlari ham bor. Ularning ayrim xususiyatlari o'rganilgan bo'lsa, ba'zilari hamon o'z tadqiqini kutmoqda. Bu fikrni graduonimiya va sinonomiya hodisalari haqida ham qo'rqmasdan aytishimiz mumkin. Agar sinonim va uning xususiy tomonlari anchagina tadqiq etilgan bo'lsa, graduonimiya hodisasi talab darajasida tadqiq etilmagan.

Sinonomik munosabatlar tilshunoslik tarixida fanimiz kabi uzoq tarixga ega bo'lsa ham, lug'aviy ma'nodoshlik muammolariga ming-minglab sahifalar, asarlar bag'ishlangan bo'lsa ham, hatto bir emas, bir nechta sinonimlar lug'ati tuzilgan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-72-75

bo'lishiga qaramay, sinonimlar muammosida hali qilinishi zarur bo'lgan, yechimini kutayotgan jumboqlar talayginadir. Shunday masalalar qatorida, jumladan, quyidagilarni sanab o'tish mumkin:

I. Sinonimlar va dublet so'zlar muammosi (arava/ aroba)

II. Sinonimlar, mo'tadil uslubiy bo'yoqli va yorqin uslubiy bo'yoqli so'zlar (yuz/turq, yuz/aft)

III. To'liq va qisman sinonimlar (uy/bino; hovli/uy)

IV. Sinonimlar va lug'aviy ma'noda darajalanish (masalan : yaxshi~tuzuk~binoyi~joyida~soz)

V. Lisoniy va nutqiy sinonimlar masalasi (yor-do'st; yor~sevgili~jonona~dilbar,mahbuba). Bu ro'yxatni yana ancha davom ettirish mumkin edi. Lekin shuning o'zi ham biz uchun yetarli, biz esa lug'aviy sinonomiya va lug'aviy graduonimiya masalalari ustida to'xtalib, bu ikki lisoniy hodisa orasidagi o'xshashlik va farqlarni tasvirlash bilan cheklanamiz.

Graduonimiya (ma'noviy darajalanish)ni so'zlararo ma'noviy munosabatlarning alohida bir turi sifatida o'rganish 80-yillarning oxirlaridan boshlandi.

Tilshunoslikda graduonimiya so'zlararo ma'noviy munosabatlarning alohida bir ko'rinishi sifatida ajratilguniga qadar, belgini darajalab ifodalovchi s o'zlar sirasi sinonimlar doirasida o'rganilar edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek tilining sinonimlar lug'atida ma'nosi darajalanuvchi so'zlar ko'p hollarda sinonimlar sirasida berilar edi. Albatta, graduonimiya hodisasi maxsus ajratilmagach, ma'nosi darajalab ko'rsatuvchi so'zlar ko'p holatda turli sinonimik uyalar ichiga tarqatilib yuborilgan. Buning haqqoniy sabablari ham mavjud edi. Chunki sinonimlar ma'nosi bir-biriga yaqin bo'lgan so'zlarni o'z ichiga oladi.

Shuni alohida takidlab o'tish lozimki, til sistema ekan lug'at tizimi ham sistem tabiatga ega va tilda biror so'z (leksema) yo'qki, ma'lum bir lug'aviy paradigmadan o'rin olmasa. Ma'noviy darajalanish hodisasi maxsus ajratilmay, ma'noni darajalab beruvchi so'zlar ko'p holatlarda sinonimlar tarkibiga singdirib yuborilganligi sababli, masalan: pichirlamoq~gapirmoq~baqirmoqso'zlari sinonimlar lug'atidan o'rin ololmas edi.

Sinonimlarni ajratishning, so'zlarni sinonomik paradigmalarga birlashtirishning asosiy omili sinonim so'zlar anglatgan, ular nomlaydigan, ataydigan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-72-75

narsa, voqea, hodisa, belgi, xususiyatning aynanligidir. Mana shu keskin farq graduonimiyani sinonomiyadan ajratib turadi.

Sinonomik qatorlarni birlashtirishda yetakchi omil sinonomik paradigma so'zlarining bitta umumiy denotat (atalmish)ga ega bo'lib, o'z paradigmasi ichida asosan uslubiy bo'yoqlar, qo'llanilish doirasi bilan farqlansa, graduonimik paradigmadagi so'zlar turli denotatlarni atab keladi, lekin bu denotatlar orasidagi farq denotatlarning sifatlarida emas, balki miqdoriy ko'rsatkichlaridadir.

Shuning uchun sinonomiya bilan graduonimiya orasidagi asosiy farqni quyidagicha ko'rsatish mumkin: sinonimik munosabatlar bilan bog'langan so'zlar paradigmasining a'zolari ayni bir denotant ayni bir voqelikni turlicha atab, ifodalab, nomlab keladi. Graduonimik munosabatlar bilan bog'langan so'zlar paradigmasi a'zolari turli denotatlarda ayni bir belgining turli miqdorda o'sib borish yoki kamayish munosabatlari bilan bog'langan bo'ladi. Bir qarashda sinonimiya va graduonimiya orasidagi chegara aniqqa o'xshaydi - denotatlar bir xil bo'lsa -sinonomiya, denotatlar har xil bo'lsa-yu, bu denotatlar o'zaro sifat belgilarining so'zlarning ma'nosi bilan bir qatorda shu so'zlarning miqdori har xil bo'lsa -graduonimiya hisoblanadi.

Sinonomik qatorni ajratishda tilshunoslarning tayanch nuqtasi so'zlarning ma'nosida va bu so'zlar anglatib nomlab kelgan voqelikning aylanganligida bo'lsa; graduonimik lug'aviy qatorlarda so'zlarning ma'nosi bilan bir qatorda shu so'zlarning semantik qurilishlaridagi miqdoriy ko'rsatkichlar bilan farqlanib turuvchi ayni bir belgining darajasida hamdir.

Lug'aviy birliklar o'zaro ma'noviy munosabatlarga ko ra ma'lum bir darajalanish qatorlarini hosil etishi tilshunoslikda qadimdan ma'lum. Buni biz quyidagi misolda ko'rib o'tishimiz mumkin:

"Issiq-sovuq" so'zlari ifodalagan belgilar bir biriga ziddir. Shuning uchun bu so'zlar zid ma'noli so'zlar - antonimlar sifatida baholanadi. Lekin iliq- issiq- qaynoq qatorida belgini belgini darajalab ifodalash mavjudligini anglash qiyin emas. Belgini darajalab atab keluvchi so'zlarni o'zaro birlashtirish tilshunoslikda uzoq tarixga ega.

Darajalanish leksemalararo, frazemalararo, va leksema hamda frazemalarning oralig'ida (bog'lanishlarida) voqea bo'lishi mumkin. Shularga asoslanib , leksik, frazeologik graduonimiyalar haqida gapirish o'rinlidir.

Lug'aviy darajalanish maxsus graduonimik qatorlarda aks etadi. Shuning uchun darajalanish qatori buning birliklari hamda ushbu birliklar orasidagi munosabatlar orasidagi munosabatlar haqida fikr yuritish lozim bo'ladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-72-75

Darajalanish qatorining eng muhim qurilish belgisi unda bir umumiy belgi miqdorining ortib yo kamayib borishidir. Demak, bu qatordagi leksema va frazemalar bir umumiy belgining ozlik - ko'plik darajalanish bo'yicha o'zaro semantik bog' lanishlar (tutashishlar) hosil qiladilar. Bir turdagi sema belgisining oshgan yo kamaygan holda turli leksema va frazemalarning turg'un tarkibiy qismlariga, komponentlarga aylanib qolganliklari gradunomik qator tuzilishining bosh omilidir.

XULOSA

Demak, lug'aviy darajalanish qatori ikki va undan ortiq birliklardan iborat bo'lishi mumkin. Graduonimiya aslida uch a'zoli qatorda yaqqol ko'rinadi. Shunga qaramay qatorining ( hodisasining) lisoniy ko'rinish jihatdan ikki a'zoli ham bo'la olishini hisobga olishimiz lozim.

REFERENCES

1. A.Navoiy. "Muhokamat-ul lug'atayn". Toshkent. "Tafakkur" nashr. 2014

2. Orifjjonova Sh, "O'zbek tilda lug'aviy graduonimiya" f.f.n.diss.avtoreferat.Toshkent,1997.

3. Сафарова Р. Гипономия в узбекском языки. Кд. - Ташкент, 1990

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.