Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-384-388
O'ZBEK TILIDA SHIRINLIK NOMLARI
Shahnoza Xolova
Buxoro davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola o'zbek tilida shirinlik nomlari, qandolatchilik mahsulotlarining tarixiy nomlanishi va ularning o'ziga xos xususiyatlari, shirinliklarga nom qo'yishda asoslangan holatlar haqida so'z boradi. Bundan tashqari, adabiyotlarda qoTlanilgan shirinlik nomlariga ham alohida urg'u beriladi. Shirinlik nomlarining lingvistik xususiyatlariga alohida to'xtalib, ularning har biriga tasnif keltiriladi.
Kalit so'zlar: shirinlik nomlari, shirinlik nomlariga tarixan yondashuv, xususiyat, lingvistik asos.
NAMES OF SWEETS IN UZBEK LANGUAGE ABSTRACT
This article deals with the names of sweets in the Uzbek language, the historical naming of confectionery products and their specific features, the circumstances underlying the naming of sweets. In addition, special emphasis is placed on the names of sweets used in the literature. The linguistic features of the names of sweets are considered separately, and each of them is classified.
Keywords: sweet names, historical approach to sweet names, feature, linguistic basis.
НАЗВАНИЯ СЛАДОСТЕЙ НА УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматриваются названия сладостей в узбекском языке, историческая номинация кондитерских изделий и их особенности, обстоятельства, лежащие в основе номинации сладостей. Кроме того, особое внимание уделяется названиям сладостей, употребляемым в литературе. Лингвистические особенности названий сладостей рассматриваются отдельно, и каждая из них классифицируется.
Ключевые слова: сладкие имена, исторический подход к сладким
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-384-388
именам, особенность, языковая основа.
KIRISH
Barchamizga malumki, yer yuzidagi barcha so'zlarning o'ziga xos tarixi, nomlanish sabablari, ishlatilish o'rinlari mavjud bolib, ulardan qanday foydalanish va qay o'rinlarda qo'llash turli fan sohalarida turlicha talqin qilinadi. Xususan, shirinlik nomlariga to'xtaladigan bolsak. Shirinlik nomlarining kelib chiqishi ham o'ziga xos bolib, ulardan qay tarzda foydalanish haqida turlicha bayon qilinadi. Tilshunoslik nuqtayi nazaridan talqin qiladigan bolsak, shirinlik nomlarining etimologiyasi, uning tadqiqot obyekti bo'lganligi, shirinlik nomlarining leksik-semantik xususiyatlari - bularning barchasi lingvistika oldida turgan bir qadar ajib savollar hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Shirinlik nomlarining etimologiyasi qadimgi turkiy til davrlariga borib taqaladi. Qadimgi turkiy tili hozirgi tildan anchayin farq qilsa-da , biroq unda o'xshash bolgan so'zlarning ham uchrashi tayin, albatta. Xususan, shirinlik so'zining kelib chiqish doirasi bazi manbalarda bayon qilingan bo'lib, Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk" asarida shirinlik so'zi "tätigt" deya ifodalangan, asl so'z esa shirin so'ziga taalluqlidir[5]. Yani "tätigt" so'zi "tatliq" -shirin so'zidan kelib chiqqandir. Bu hozirgi til nuqtayi nazaridan ham o'zini oqlaydi, yani:
Shirinlik so'zining tarixiy va hozirgi tildagi yasalish holati(l-chizma).
tatigx-tatliq
shirin+lik(shirinlik)
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-384-388
Hozirgi kunda nutqimizda qator shirinlik nomlari mavjud bo lib, ularni tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qiladigan boTsak, shirinlik nomlarining bazilari boshqa tillardagi bilan o'zbek tilidagi nomining bir xil ekanligi yoki boTmasa, qisman o'zgarish yuzaga kelganligi yoxud tuzilishi bir-biridan tubdan farq qilishiga guvoh bolishimiz mumkin[1]. Endi shirinlik nomlarining bazilariga to'xtalsak va ularni lingvistik talqin qilsak.
Barchamizga malumki, shirinliklardan biri paxlava deb nomlanadi. Qiziqarli jihati shundaki, paxlava shirinligi nomining o'ziga xos kelib chiqish tarixi mavjud ekan. Paxlavaning kelib chiqishi ikki millatga borib taqalgani uchun ham paxlava so'zining etimologiyasiga turlicha yondashilar ekan: turk va yunon xalqlariga taalluqli deya qaralgan ushbu shirinlik turi turk tilida "baklava" deya talaffuz qilinadi. Qadimgi turk tilida "baklava" so'zining manosi "loviya" deb tarjima qilingan. Qadimgi yunon tilida esa bu so'zning etimologiyasi "galstuk bilan o'ralgan" deya tarjima qilinar ekan. Ozbek tilining turk tili bilan yaqinligini hisobga oladigan bo'lsak, "loviya" tarjimasi biz uchun ahamiyatlidir[5]. Yana bir jihatga e'tibor bering, yuqorida qayd etib o'tganimizday , o'zbek tilidagi shirinlik nomlari boshqa tillardagi shirinlik nomlari bilan uyg'un holda uchraydi. Xuddi shunday paxlava so'zining turk tilidagi uyg'unligiga e'tibor bering: paxlava - baklava.
Paxlava so'zining etimologiyasi(2-chizma).
Yunon tilida
"galstuk bilan o>algan"
Turk tilida
Wikipedia online lug'atida paxlavaga quyidagicha izoh beriladi[5], yani:
"Yoyilgan xamirni yong^oq bilan toldirib, ustidan asalyoki qo^shimcha sirop bilan pishirilgan shirinlik. Paxlava nomi turli tillarda turli talaffuz va fonetik o^zgarishlarga ega. Arab tilida esa uning "baqlava" ko^rinishi mavjud". Paxlava
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-384-388
so'zining lingvistik jihatdan etimologiyasi bilan tanishib chiqdik, turli tillarda tufa fonetik o'zgarishlarga uchragan ushbu shirinlik nomining leksik-semantik xususiyatlari o'ziga xos bo'lib, sememalar ma'nosiga ko'ra paxlava shirinligining nomi Wikipedia online lug'atida beriladigan izohga to'g'ri keladi. "P-a-x-l-a-v-a" nomemalaridan tashkil topgan bu shirinlik nomining grammatik jihatdan ko'rinishini uning gap tarkibidagi bajaradigan vazifasi orqali kuzatishimiz mumkin.
Holva ham o'zbek tilida qo'llaniladigan shirinlik nomlaridan biri bo'lib, ushbu nomning kelib chiqishi VII asrlarda mavjud bo'lgan Fors davlatlariga borib taqaladi. Holva so'zining manosi "shirin" demakdir[3]. Ushbu nom ingliz tiliga 1840-1850-yillarda roman tillaridan kirgan bo'lib, hozirgi kunga qadar qo'llanilib kelinmoqda. Holva so'zini turli xalqlarda turli fonetik o'zgarishlar bilan talaffuz qilinadi, xususan uning helva, halwa, halvah, holva va shu kabi qator talaffuz o'zgarishlariga esa ko'rinishlari mavjud.
Holva so'zining fonetik variantlari(3-chizma).
"Shirin" manosini anglatuvchi ushbu holva so'zi gap tarkibida turli sintaktik vazifalarni bajarishi mumkin hamda ushbu holatni gap tarkibida bajargan sintaktik vazifasiga ko'ra aniqlash orinli:
Holvaning bir bolagini qoliga olgan Rayhonning ko^zi negadir boshqacha bolib ketdi - ushbu gapda qaratqich-aniqlovchi sintaktik vazifasini bajargan "holvaning" so'zi o'ziga qaratqich kelishigini qabul qilgan holda gap tarkibida sintaktik vazifa bajaryapti.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-384-388
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, shirinlik nomlari ham tilshunosligimizda so'z sifatida o'zining muhim xususiyatlariga ega bo'lib, ularga tilshunos sifatida yondashadigan bo'lsak, shirinlik nomlarining kelib chiqish tarixi, qo'llanilish o'rinlari, leksik-semantik xususiyatlari, grammatik xususiyatlari, gapda bajaradigan vazifasi va shu kabi jihatlarini amaliy ravishda o'rganishimiz lozim bo'ladi. Bu esa o'zbek tilida shirinlik nomlarining tadqiqot obyekti bo'lishiga, leksik jihatdan keng tatbiq etilishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Г.Н. Крусь. Технология молока и молочных продуктов. Учебник. Москва «КолосС», 2007.
2. Ismoilov T.A. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasi. O'quv qo'llanma. Toshkent, TKTI bosmaxonasi, 2013. - 300 b.
3. Dodaev Q.O. Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi. Darslik. T.:Noshir, 2009.387 b.
4. Choriev A.J., Dodaev Q.O. Oziqovqat korxonalari jihozlari. Darslik. Toshke nt «O'zbekiston» NMIU, 2010. -192 b.
5. Ismoilov T.A., Fatxullaev A., Raximdjonov M.A., Muxitdinova M.U. Go'sht -sut biokimyosi. Darslik. Toshkent "Cho'lpon" nashriyoti, 2014. - 256 b.
6. Food safety handbook. Ronald H. Schmidt and Gary E.Rodrick.2003 by Ajohn wiley&sons publication. Page 805.
7. Food analysis Laboratory manual. Second edition. Edited by S.Suzanne Nielsen Purdue University West Lafayette, IN, USA. Springer Science+Biseness Media, LLC 2010. - p. 129.
8. www.wikipedia. org
9. www.google.com
10. www.ziyouz.com