Научная статья на тему 'O`ZBEK TILIDA LEKSEMALARNING LISONIY-KOGNITIV TAHLILI (HAYVON HARAKATINI IFODALOVCHI SO`ZLAR MISOLIDA)'

O`ZBEK TILIDA LEKSEMALARNING LISONIY-KOGNITIV TAHLILI (HAYVON HARAKATINI IFODALOVCHI SO`ZLAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksik maydon / steriotip / ssenariy / geshtalt / skript / leksik-semantik guruh / etnolingvistika / psixolingvistika. / лексическое поле / стереотип / сценарий / гештальт / сценарий / лексико-семантическая группа / этнолингвистика / психолингвистика.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Turgunova Dildora Rahmatjonovna

Maqolada o`zbek tilida hayvon harakatlarini ifodalovchi leksemalar lisoniy-kognitiv yo`nalishda tadqiq etilgan bo`lib, ushbu so`zlarning tarixiy-etimologik, semantik-stilistik hamda ular ishtirok etgan og`zaki, yozma nutqqa oid matnlarning yaratilishi, qabul qilinishining psixolingvistik jihatlari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЛИНГВО-КОГНИТИВНЫЙ АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА (НА ПРИМЕРЕ СЛОВ, ВЫРАЖАЮЩИХ ДВИЖЕНИЕ ЖИВОТНЫХ)

В статье в лингвокогнитивном направлении исследуются лексемы, обозначающие движения животных в узбекском языке, и историко-этимологические, семантико-стилистические аспекты этих слов, а также психолингвистические аспекты создания и рецепции текстов, связанных с ними. к устной и письменной речи, в которой они участвовали.

Текст научной работы на тему «O`ZBEK TILIDA LEKSEMALARNING LISONIY-KOGNITIV TAHLILI (HAYVON HARAKATINI IFODALOVCHI SO`ZLAR MISOLIDA)»

OZBEK TILIDA LEKSEMALARNING LISONIY-KOGNITIV TAHLILI (HAYVON HARAKATINI IFODALOVCHI SOZLAR MISOLIDA) Turg'unova Dildora Rahmatjonovna

ADU lingvistika yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7852475

Annotatsiya: Maqolada o'zbek tilida hayvon harakatlarini ifodalovchi leksemalar lisoniy-kognitiv yo'nalishda tadqiq etilgan bo'lib, ushbu so'zlarning tarixiy-etimologik, semantik-stilistik hamda ular ishtirok etgan og'zaki, yozma nutqqa oid matnlarning yaratilishi, qabul qilinishining psixolingvistik jihatlari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: leksik maydon, steriotip, ssenariy, geshtalt, skript, leksik-semantik guruh, etnolingvistika, psixolingvistika.

ЛИНГВО-КОГНИТИВНЫЙ АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА

(НА ПРИМЕРЕ СЛОВ, ВЫРАЖАЮЩИХ ДВИЖЕНИЕ ЖИВОТНЫХ)

Аннотация: В статье в лингвокогнитивном направлении исследуются лексемы, обозначающие движения животных в узбекском языке, и историко-этимологические, семантико-стилистические аспекты этих слов, а также психолингвистические аспекты создания и рецепции текстов, связанных с ними. к устной и письменной речи, в которой они участвовали.

Ключевые слова: лексическое поле, стереотип, сценарий, гештальт, сценарий, лексико-семантическая группа, этнолингвистика, психолингвистика.

LINGUISTIC-COGNITIVE ANALYSIS OF LEXEMES IN THE UZBEK

LANGUAGE

(IN THE EXAMPLE OF WORDS EXPRESSING ANIMAL MOVEMENT)

Abstract: In the article, the lexemes representing animal movements in the Uzbek language are researched in the linguistic-cognitive direction, and the historical-etymological, semantic-stylistic aspects of these words, as well as the psycholinguistic aspects of the creation and reception of texts related to oral and written speech in which they participated. researched.

Keywords: lexical field, stereotype, script, gestalt, script, lexical-semantic group, ethnolinguistics, psycholinguistics.

KIRISH

Tilning eng asosiy vazifasi kommunikativlikdir. Chunki til birinchi navbatda muloqot qilish uchun zarur.

Borliqda ifodalangan har qanday so'zning ong bilan, tasavvur bilan bog'lanadigan obrazlari mavjud. Masalan, ot, tuya so'zlari hayvon, yo'rtmoq, yo'rg'alamoq, bo'zlamoq, kishnamoq; qumron, qimiz, qazi, go'sht; nor, bo'z, qorabayir; qora, malla, targ'il; arqonlamoq, egarlamoq, minmoq, sog'moq; teri, yag'ir, tuyoq, dum va shu kabi leksik-semantik maydonlarni hosil qiladi. Bu leksik-semantik maydonlar hayvonlarning tasviri, uning tuzilishi bilan ham bog'liq, maslan, ikki o'rkachli (tuya), uloqchi (ot) kabi. Shuningdek u o'zi bilan bog'liq bo'lgan, inson tomonidan bajariladigan minmoq, egarlamoq, arqonlamoq, sotib olmoq, sotmoq, so'ymoq kabi harakatlarni ham ifodalaydi. Yuqorida keltirib o'tgan har bir so'zimiz yantoqni yedi, kavsh qaytardi, uloqda o'zdi, kishnadi, bo'zladi, qulunladi, bolaladi, shaklidagi ssenariylarni yaratadi. Ushbu ssenariylardagi asosiy harakatni amalga oshirilishi, hayvon tomonidan bajarilishi va shu holatda xotirada saqlanishi skriptdir. Turli tillarda ifodalanadigan hayvonlar masalan, ot, tuya bilan

bog liq bo lgan bilimlar, ularning nomlari, ulardan olinadigan mahsulotlar nomlari, harakat-xususiyatlari bitta tasvirga birlashib geshtaltni yuzga keltiradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Harakatni ifodalovchi sozlar leksik zaxiramizning eng kata qismini tashkil qiladi desak, mubolaga bo'lmaydi. Chunki ssenariylar natijasida albatta, biror predmet haqida harakat yoki holat ifodalanadi.

It leksemasi termin sifatida dastlab qadimgi turkiy tilga oid mabaalarda qollangan. Ilk bor "Devonda" ït (it, kuchuk) shaklida qayd etilib, (DLT,I,71) asosan ov qilishda, qoriqlashda foydalaniladigan uy hayvoni ma'nosini ifodalagan: It kajikka japïshdï -it ovga yopishdi. (japïshur, japïshmaq) (DLT, III, 77). Keyinchalik "Qutadg'u bilig" da bu leksemaning ma'nodoshi kopak sozi ham qayd etilib, ikkalasi ham iste'molda bo'lgan. Kopak teg ürarlar (it kabi hurishadi). Bu soz XIII-XIV asr eski turkiy til obidalarida ham qollangan1 Boshqa turkiy tillarda, xususan Usmonli Turk tilida ham kopek sozi mavjud bolib, u xuddi ozbek tilidagi singari it sozi bilan birgalikda barobar qollangan (tr.m.wikipedia.org) . Mahmud Qoshg'ariyning "Devon" nini o rganish jarayonida zoologik terminni boshqa turkiy tillarda, o zbek tilida ham qo llanadigan koppak shakliga oid misol mavjud emasligini kuzatamiz. Bu esa koppak sozini muallif qayd etgandan so'ng paydo bo'lgan, degan xulosaga kelishimizga asos boladi. "Devonda" da aynan it hayvoning ovoz harakatini ifodalovchi karitti (karitur, keritmak), qïstashdï (qïstashur, qïstashmaq); ürarlar, jarçïladï (jarçïlar jarçïlamaq), si^iladi (sirçilar sirçilamak), ulïdï (ulïshur, ulïshmaq) kabi leksemalar berilgan.

Tadqiqotimizda hayvon harakatlarini ifodalovchi umumiy leksemalarni ovoz harakatlarini ifodalovchi leksemalar leksik-semantik guruhiga to'xtalamiz.

It hayvoni ovoz harakatini ifodalovchi leksemalar: angillamoq, akillamoq, hovullamoq, vovillamoq, vakillamoq,vangillamoq, uli tortmoq, xirillamoq, ovullamoq, uvillamoq, irillamoq, irildamoq, g'ingshimoq; oV tortish,ulush, irildamoq, ing'ramoq, urmak; kSritti (kSritur, keritmak), qïstashdï (qïstashur, qïstashmaq); ürarlar, jaqïladï (jaflïlar jaHïlamaq), sifliladi (siflilar siflilamak), ulïdï (ulïshur, ulïshmaq).

Itlar ozlarining tovush qonuniyatidan ustalik bilan foydalanadilar. Xirillamoq, irillamoq kabi past tovushlar odatda tahdid, gazab, tajovuzkorlik ehtimolini korsatadi. Baland tovushlar esa itga yaqinlashishga imkon beradi, yoki yaqinlashish xavfsizligini bildiradi. "Ang-ang" qilmoq (OTIl, I, 83). Itning iltijoli yalingansimon ovoz chiqarishi angillash deyiladi. Hozir esa ularga qarab iltijoli angilladi. Lekin mo'ysafidlar og'ir qadamlar bilan uning yonidan o'tishar edi. ("Izbosar" hikoya). Oqtosh nari ketishini xayoliga keltirmay, tag'in suykala boshlagan edi, Karim podachi etigi uchi bilan turtib yubordi. Joni ogrigan Oqtosh angillagancha onasi tomon pildirab qochdi ("Oqboyin"). Choponlar qorqmas itni ovozidan farqlasa boladi deydilar. Choponlarda angillagan it qorqoqligini bildiradi, degan qarash ham mavjud.Masalan, bo'g'ziga og'iz solgan joyida Malla ayanchli angillab yubordi. Itning angillagani - yengilgani. Keyin golibona hurib, tevarakka mag'rur nazar tashladi. (N.Norqobilov, "Oqbo'yin")

Vangillamoq "vang-vang" degan ovoz chiqarmoq. U g'ingshib hura boshlagan ona itni mo'ljalga oldi. Qoq peshonasidan oq yegan it "vang" degancha ohista quladi., bir-ikki oyoq silkib jim qoldi. (N. Norqobilov, "Oqbo'yin") . Bu soz itga nisbatan qo'llanib, yoqimsiz ovoz chiqarmoq ma'nosini ifodalaydi. Qadimgi turkiy tilda sirçiladi (sirçilar, sirçilamak)

1 Эгамова Ш. Алишер Навоий асарлари тилидаги кадимги туркий лексика таджики. - Тошкент: Фан, 2008. -Б 94

shaklida qo'llanib, itning alamdan baqirishini ifodalagan. Misol: ït si^ilädi (DLT, 3, 413). Bu leksema shakldoshlik xususiyatiga ega bo'lib, itning ovozini ifodalashdan tashqari suvning muzlashi, quloqning chingillashini ham ifodalagan. Qadimgi turkiy tilda Mahmud Qoshg' ariy tomonidan jarçïladï leksemasi ham qayd etilgan. Bu so'z itning rasmiy hurish ovozidan boshqacha ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Misol: ït jarçïladï - it urishib vingishladi.(DLT, 3, 411) Devon tilida jaHÏlamaq harakat fe'lining ikki ma'nosi mavjud bo'lib, ular 1) "vingishlamoq"; 2) "baqirmoq" insonga nisbatan haqoratli so'z so'zlaganda qo'llangan "ta'lim jarçïladïrç" (ko'p vag'illading) (DLT, 3, 411) Tahlil etilayotgan leksema qadimgi turkiy tilda itning ovozidan tashqari haddan ortiq haqoratli so'z so'zlagan insonga nisbatan ham qo'llangan. Bu "ko'p gapirma", "ko'p vag'illama" shaklidagi yoqimsiz ovoz chiqargan insonning nutqiga ko'rsatuvchi pragmatik maqsadlarni ifodalaydi. Siqilämäk fe'lining uchta ma'nosi mavjud bo'lib, bular 1) it ovoziga; 2) suvning muzlashiga; 3) quloqning chingillashiga qo'llangan. Navoiy asarlari tilida bu leksemalar nofaol. O'zbek tilining izohli lug'atida ham tahlilga olingan leksemalar yuqoridagi ma'nolarni ifodalash uchun berilmaydi. Jonli tilda esa "vingishladi" leksemasi it hayvoniga nisbatan saqlanib qolgan, "vang'illadi"leksemasi esa, texnikaga nisbatan qo'llanib qadimgi turkiy tildagi ma'nolarini yo'qotganini guvohi bo'lamiz. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, tahlil etilayotgan leksemalarning "ovoz" semasi davrlar osha o'z ma'nosini saqlab qolgan.

Ma'lumki, inson turmush tarzining o'zgarish yangi so'zlarni iste'molga olib kirilishini taqazo etadi. Bu esa tilning ijtimoiyligini asoslaydi. Leksik qatlamning muntazam ravishda o'zgarib borishi, albatta, etnik asos bilan chambarchas bog'liq. So'zlarni fonetik jihatdan davrlar mobaynida muayyan o'zgarishlar kasb etishi, ma'noni kengayishi va torayishi, ma'noni hech qanday o'zgarishsiz saqlanib qolishi o'zbek tilida hayvonlar harakatini ifodalovchi so'zlar doirasida ham tadqiq etish zarurligini ko'rsatadi.

Qadimgi turkiy til Navoiy asarlari tili Ma'nosi Hozirgi o'zbek tili

jarçïladï (jarçïlar jarçïlamaq) qo'llanmagan Vingishladi baqirdi

Si^ilädi (si^ilär sirçilâmâk) qo'llanmagan vang'illamoq Chiyilladi

TADQIQOT NATIJALARI

Akillamoq so'zi itning hurishini bildirib, ak (ak-ak) taqlid so'zidan illa qo'shimchasini qo'shish yo'li bilan yasalgan. Hadeb vovillamoq, vakillamoq; ko'chma ma'noda hadeb yig'layvermoq, arillayvermoq (go'dak haqida) (O'TIL, I, 62). Ayniqsa, darvoza ochilgan kezlari o'zini qo'yarga joy topolmay qoladi: sakraydi, irg'ishlaydi, akillaydi, irillaydi, goho bo'ynini siqib turgan arqonni g'ajiydi - xalos bo'lishga jon-jahdi bilan urinadi (N. Norqobilov, "Oqbo'yin"). Nutqimizda itning bo'lar-bo'lmasga hadeb vovullash holati uslubiy maqsadda insonga nisbatan qo'llanib, ikki xil ma'noni ifodalaydi: 1) bema'ni gaplarni ko'p gapirish holati - "E, akillayverma, Safar!-dedi buqoq, -biz nima deyapmiz-ku sen nima deyapsan. (A. Qahhor "Mehrobdan chayon"); 2) adresantning adresatga bo'lgan xurmatsizlik, norozilik, ma'nosi yuzaga chiqadi " hozir kelib qolsa, rosa akillaydi" (So'zlashuvdan). Bu so'z asosan so'zlashuv

uslubida qollanadi. Akilladi, akillayverma kabi leksik vositalar matn tarkibida qollanganda quyidagi mazmuniy munasabatlar yuzaga chiqadi:

1) bir necha bor davom etgan harakat va holatdan norozilikni;

2) nutq yoqmaydigan mavzuda ifodalanayotganligi;

3) "boshqa so'zlama" degan qat'iy inkor;

4) salbiy uslubiy baho

Shuningdek, bunday leksemalar nutqda har qanday odamning sozlash harakati va holatiga nisbatan qo'llanmaydi, aksincha, retsipiyent va produtsiyent o'rtasidagi aniq nutqiy vaziyat talab etadi, oldindan bir-birini tanishlik, "yaqinlik', "bahs-munozara", "jiddiy tortishuv" kabi psixolingvistik munosabatlar ham yuzaga chiqadi: "E, akillayverma, Safar! - dedi buqoq, -biz nima deyapmiz-ku, sen nima deyapsan! (A. Qahhor "Mehrobdan chayon". )

Ozbek tilida hovullamoq leksemasi kam qo'llanib, aynan vovullamoq; g oyat achchiqlanmoq, o ta darajada gazablanmoq ma'nosini ifodalaydi (OTIL, 5, 587) Vovullamoq sozi shevada ovullamoq shaklida ham qollanadi. Aynan vovullamoq. (OTIL, III, 82). Bu leksemalar keyinroq paydo bo'lib, qadimgi turkiy til, eski ozbek adabiy tili manbaalarida qayd etilmaydi. Bu esa hovullamoq, ovullamoq etnolingvistik birliklarini vovullamoq leksemasining dialektal shakli deb belgilashimizga asos boladi. Gazablangan kuchuklarning hovullashi, tomoshabinlarning qiyqirishi kokni qoplaydi (Oybek, Tanlangan asarlar)

Itning ovoziga nisbatan vovullamoq sozi ham qollanadi. Bu soz ozbek tilining izohli lug'atida quyidagicha ifodalanadi: "vov-vov" degan ovoz chiqarmoq; xurmoq ( it haqida) (OTIL, I, 464). Misol: Darvozadan bironta sharpa sezar-sezmas, darrov zanjirlarini shildiratib, turumga yopishib vovullay boshlaydi (G'afur Gulom). Qadimgi turkiy tilda кэпШ (kЭritur, keritmäk) (DLT,II, 352) shaklida turkiy sozlar devonida qayd etilgan bo'lib, vovullatdi degan ma'noni ifodalaydi . Ol ïtïn kЭritti- u itini vovullatdi. Xalq dostonlarimizda ham qayd etilgan vovullamoq sozi ozining juda uzoq tarixga ega: Shunda habarga Elomon degan bir kishi kelgan edi. Qaysi bir kecha itlar vovullab, hurib bir kishining tovushi chiqdi ("Alpomish"). Mahmud Qoshg'ariy qarluqcha кэпШ (kîritur, keritmäk") so'zining pragmatik xususiyatlari haqidagi dastlabki ma'lumotlarni korsatib otgan. Devonda xalq tilida orinsiz sozlarni gapiradigan, maqtonchoq, laqma insonlarga nisbatan qollanadigan "ko'p karillama" iborasining yasalishiga asos bo'lgan deya izohlanadi.

Vovullamoq sozi "vov-vov" tadliq sozidan yasalgan bo'lib, kochma ma'noda insonga nisbatan salbiy munosabatni korsatish maqsadida qollanadi. Bunda adresatning ovoz tembrini yuqoriligi ko'rsatish bilan birga, shu holatni yuzaga chiqaruvchi sabab omili inson ya'ni - nutq qaratilgan shaxs ekanligi aks etadi: [Eshon] - Senga kim qo'yibdi bunday gaplarni!-deb vovullab berdi. (P. Tursun, "O'qituvchi").

Nutqiy harakatni ko'rsatuvchi vovullamoq, akillamoq, vakillamoq, leksik birliklarida "nasihat qilmoq", "norozi boMmoq", "yig'lamoq", arxisemalari mavjud. Qiyoslang: Oqboyin akillashdan charchab, yana timirskilana boshlaganida qiya ochiq eshikka robaro' boldi (N. Norqobilov, "Oqbo'yin"); Qoraxat kelgan kuni so'kkanimning alamini olyapti. - Voy ablah-ey! -Cholim do'stining yelkasiga qoqdi. - Qo'yaver, it akilladi qo'ydi-da. (O.Hoshimov, "Ikki eshik orasi") Yuqoridagi misollarning birinchisi ogzaki nutqqa, ikkinchisi esa yozma nutqqa oid bo'lib, ikkisida ham akillamoq leksemasi qo llangan. Birinchi gapda bu soz bosh ma'noni, itning "behudaga vovullashi" ni; yozma nutqqa oid misolda esa okkazianal ma'noni ifodalagan. Har ikki akillamoq leksemasi orqali "behuda ovora bo'lmoq", "biror natijaga erisha olmaslik" kabi

mazmun anglashiladi. Ikkinchi gapda qollangan it akilladi qo'ydida konstruksiyasi orqali quyidagi axborotlar mavjud:

1) nutq qaratilgan shaxsni hayvonga o'xshatish

2) uning gapirishini itning akillagan ovoziga o'xshatish

3)behuda ovora bolishi

4) biron natija chiqmasligi

5) beparvolik

6) ruhiy dalda berish kabi psixolingvistik bilimlar yuzaga chiqadi.

MUHOKAMA

Akillayvermoq so'zi nutqda kochma ma'noda dag'al bolar bolmas gaplarni gapirmoq, vaysamoq, valdiramoq ma'nolarini ifodalashini yuqorida korib otdik. Ozbek tilida go'dakning hadeb yig'layverishi, hech narsaga ovunmay yig'lashda davom etishi akillayvermoq sozi orqali ifodalanadi ("Ozbek tilining izohli lug'ati" I, 62-b). Bu leksik birlikni go'daklarning yig'lashiga nisbatan qollaganimizda "yoqimsizlik", "bezor bo'lish" kabi mazmuniy munosabatlar aks etishi bilan birga salbiy uslubiy baho ham aks etadi. Xuddi shunday mazmuniy munosabatlar vakillamoq leksemasi orqali ham ifodalanadi.

Uvullamoq Choziq "uv" degan ovoz chiqarmoq ulimoq itdan ham kora koproq bori va chiyabo'ri, it, tulkining ovoziga nisbatan qollanadi. Qadimgi turkiy tilda ulïdï (ulïshur, ulïshmaq) shaklida qo'llangan. Mahmud Qoshg'ariy bu leksemani bo'rining ovoziga bori ulïdï; ulïshdï - ulishdi. Bori barcha ulïshdï - hamma borilar ulishdi (ulïshur, ulïshmaq) (DLT, I, 176); itning ovoziga, odamning alamdan baqirib yig'lashiga(DLT, 3, 272) nisbatan qollanishini ko'rsatadi. Biroq devonda oxirgi ikki ma'nosiga misol berilmagan. Bu soz keyinchalik eski turkiy tilda, Alisher Navoiy asarlarida oV- tartish: Olvidan tushub bog' aro zilzila, Choqin shaklidin bo'ynida silsila (ANATIL,III, 603) shaklida qayd etiladi. Ozbek tilida bugun ham ulimoq aynan uvlamoq shaklida (OTIl. IV, 287) ham, ulimoq shaklida ham qollanib kelmoqda. Faqat, ulimoq bori va tulkilarning choziq uv tortishini ifodalaydi. Itning ovoziga nisbatan juda kam holatlarda qollanadi. Yaqindagi chiroq miltirab turgan qo'rg'onda it ulidi. (S.Anorboyev, "Hukm") Uli tortmoq aynan uv tortmoq (OTIL, 4,278) shaklida itning ovoz harakatini ifodalaydi. Bugun ozbek tilida uv tortmoq, uvlamoq sozlari it, bo'ri, chiyabo'ri, tulkining ovoz harakatini ifodalashini, uli tortmoq esa itning ovozini ifodalashga nisbatan qollanadi. Unda bunda yaqin qishloqda itlarning yalqovlik bilan uli tortgani quloqqa chalindi (OTIL, 4, 278) // Shu kunlarda Oqboyin tutqunlikdan ham kora issiqdan behad azob tortardi. Gohida azbaroyi chidolmaganidan tumshug'ini kokka kotarib mungli uvlab yuborardi. (N.Norqobilov, "Oqbo'yin"); Orikzorda ikki-uch mart chiyabo'ri uvlagani eshitildi. Ertalab havo tund, osmonni past tushgan bulutlar qoplab olgan, ayvonda chumchuqlar chirqillashardi. Uv solmoq (yoki tortmoq) "Uv" degan choziq ovoz chiqarmoq (OTIL, IV, 261) Ovul tinch , goho uzoqda, Allonbiy qorasi tomondan bori uv tortardi. (Asqad Muxtor, "Qoraqalpoq qissasi"); Uvlamoq aynan uvillamoq. Uvlab yig'lamoq, uvlab qoldi bir toda mal'un borilar (OTIL, IV, 262)

Alisher Navoiy dard bilan ohista yig'lamoq so'zining ma'nosini ifodalash uchun igranmoq, ulumoq leksemalarini qo'llagan2. Shuningdek "fig'on ayla" leksemasini insonning dod-faryodini aks ettirishiga, eshakning hangrashiga, itning uvillashiga nisbatan ham qo'llaydi. Masalan: Itlar aylab motam kop fig'on ("Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati", III tom 351 -b)

2 X,aMHgoB 3 ., XorôoeBa M. A^umep HaßOHHHHHr cuHOHHM^apgaH ^ongaraHum Maxopam. T.: Mepuyc. 2010.- E 51

Hozirgi ozbek tilida it hayvoni ovoz harakatini ifodalash maqsadida har ikki leksema qollanadi: Lallaymay, boshidan tut!-deya buyurdi Salom duxtir - ustiga minib ol. U (duxtir) imillagancha yaradagi qurt va sochma oqlarni bittalab terarkan, Oqboyin ustidan Rasulni itqitib yubormoqqa intilar, to'lg'onar, ingrar, g'ingshir, Salom do'xtirga yeb-yutib qo'ygudek tikilardi.(N,Norqobilov, "Oqbo'yin") . Alisher Navoiy asarlari tilida ulush leksemas nola chekmoq, dod-voy qilmoq; uvillamoq, uvillashmoq, ulimoq (Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati", 3-tom, 287-b) kabi ma'nolarni ifodalaydi. Navoiy asarlari tilida itning ovoz harakatini ifodalash shakliga quyidagicha misol uchraydi: Har oqshom usruklardin horij tarona telba itlar ulishqandin nishona. Bu odatdagi vovillash yoki akillash ovozidan kora farqli bolib,unda "jismoniy azoblanish" semasi mavjud.

Vakillamoq qollanishi akillamoq (OTIL, I, 436) Uzoq (Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati", 3-tom, 287-b): Yaqindan boshqa itlar ham vakillashib, unga ovoz bera boshladi (Gazetadan). Bu leksema ham kochma ma'noda insonning yoqimsiz gaplarni tinimsiz gapirishiga nisbatan qollanib salbiy uslubiy bahoni aks ettiradi:bolalik qilib vakilladi (So'zlashuvdan) Taqliq sozdan yasalgan fe'lni xurmoq shaklda ham qollaymiz. kochma ma'noda oshqirmoq, qopmoq.

O zbek tilida "dodlamoq" leksemasi o zida "norozi bo lmoq", "e'tiroz bildirmoq", shuningdek, "yig'lamoq" semalarini ifodalaydi. Masalan: Eng qizig i devor boshida oqtin-oqtin ko'rinish beradigan babaq xoroz. U oziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo'yinga boshini u yon-bu yon burib anchayin qarab qoyadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqancha, birdan qichqirib qoladiki, sho'rlikk Oqtosh jur'atsizligiga yarasha o'lgudek bo'shang- salga dodlaydi (N. Norqobilov, "Oqbo>in").

Yuqoridagi misolda "yig'lamoq"semasining lug'aviy darajalanishini ko'rsatayotgan "dodlamoq" leksemasi uslubiy maqsadda itga nisbatan qo'llanib, uning yig'lashini emas, balki chidamsizligini, arzimas harakat-holatlarga ham akillayverishini ifodalagan. Alillamoq so'zining ornida qo'llangan. Negaki, borliqda hech bir hayvonning ovoz harakatlari "dod-dod" tovushiga taqlid shaklida uchramaydi.

Ozbek tilida itning ovoziga nisbatan qo'llanuvchi xirillamoq fe'lining birgalik nisbatdagi shakli xirillashmoq sozi (OTIL, IV, 400) ham mavjud. Bu soz xir-xir tovushiga taqlid sozidan yasalgan Itlar bir-biriga xirillashdi. Bu leksemani faqat birgalik nisbatda qollaganimizda it hayvonining ovozi bilan bogliq ma'nosi ifodalanadi. Kochma ma'noda sozlashuv uslubida qollanib, birov bilan aytishmoq, urushmoq, janjallashmoq ma'nolari shakllanadi. Harakat nomi xirillamoq shaklida esa itning tovushini mutlaqo ifodalamaydi. Masalan, tashqarida kimningdir xirillagani eshitildi // tashqarida (itlar) xillashdi. Bunday shaklda boshqa tovushlarga taqlid ma'nosi birinchi planga chiqadi. E'tibor bering: Xirillamoq Qiyin-qistov bilan jonini siqmoq, mavh etmoq M: Qoy bogizlamoq, bog'izlangan qo'ydek xirillamoq (OTIL, I, 168-b). Shuningdek, xirillamoq sozi insonga nisbatan qollanib tomoqning xirillashini, ovozning tebrini, tovush paychalarining shikatlanganini ifodalaydi. So'zlashuv tilida birdan ortiq kishilarning ozaro nizolashuvida g'ijillashmoq, xirillashmoq sozlari "janjal" arxisemasini ifodalaydi:

Olamning lisoniy manzarasida ozbek tilida irillamoq sozi itning ovozini ifodalaydi. Bu so z o zbek tilining izohli lug atida "Ir-r-r" degan ovoz chiqarmoq, hurmoq ma'nolarini ifodalaydi. (OTIL, ) Ertasi Xidir xira boshliqtortta otliq itlarni kamardan topishdi. Oqboyin qochmadi. Orqa oyog ini sudrab bazo r odimlayotgan Qoplonning girdini aylanib, tahdidli irilladi.(N. Norqobilov, "Oqbo'yin"). Alisher Navoiy asarlari tilida irilda shaklida uchraydi: Gohi g'azab bilan irildab, Gardun asadi sori xirildab. ( "Navoiy asarlaritilining izohli lug'ati", IV tom 229-b). Ozbek tilida irillamoq leksemasi ishtirok etgan matnlarda xarkterni anglatuvchi, ochib

beruvchi xususiyatlar mavjud. Itning shunday harakatiga nisbatan "urushmoq" semasi insonning so'zlashuv harakatiga, sozlash ohangiga ko'chirilib, salbiy ma'no ifodalab keladi. Hayvonot dunyosi til munosabatlariga ham ozining ta'sirini ko'rsatadi. Shu asosdan ozbek tili leksik fondida zoonim komponentli etnolingvistik birliklar, maqollar, iboralar, o'xshatishlar vujudga kelgan. Itning ovozini ifodalovchi bu leksema uning xarakterini ham ifodalaydi.

G'ingshimoq Uvlash, vovullashdan ko>a ingrashga yaqinroq tovush chiqarmoq; ma'nosiz yoki ma'nosini ilg'ab boMmaydigan tovushlar chiqarmoq; ko'chma salbiy ma'noda zorlanuvchi, bo'lmag'ur gap qilmoq (O'TIL, V, 477) past ovoz chiqarmoq, bezovtalanmo In yonidagi chirkin xashaklar ustida chozilib yotgan ona it bezovta g'ingshigandan so'nggina qadam tovushlari kelayotgan tomonga o g irildi. (N.Norqobilov, "Oqbo'yin")

Hurmoq so'zi hur - "vovulla", "akilla" sozini anglatadi. Endi birodar, men sizga aytsam, ozingizdan ham otdi-da. Korib turib bormadingiz-a. It boshi bilan kuchugungiz chopib keldi. - Endi u - it! Shu! Oz oti bilan - it! Bolgan-bolmaganga aralashib, hurib yotadi.(T. Murod "Ot kishnagan oqshom") Shu topda, qishloqning darbadar itlari avjga kelgan, har tomondan hurishlarini yuksaltirganlar, tor ko'chaning tugalishidagi soy hamma uxlab jim bo'lganda haybatli ovozini boricha qo'yib yuborib, och yo'lbarsday guv-guv bokirardi. Qadimgi turkiy tilda hurishdi so zi qïstashdï qïstashur, qïstashmaq ( DLT, 2, 258) shaklida qayd etilgan, lekin bu soz itdan boshqa hayvonlarning ham hurishiga nisbatan qo'llangan. Shunday bo lsa-da, Devonda itning ovoziga nisbatan qo llangan faol so z sifatida ko plab misollarni uchratamiz: ït qamug' tumlïg'dïn qïstashdï - hamma itlar sovuqdan hurdi (DLT, 2, 258). Shuningdek Mahmud Qoshg'ariy tomonidan itning ovoz chiqarishini lisoniy jihatdan ifodalovchi ördi sozi ham qayd etilgan. Bu soz kop ma'noli soz bo'lib, Devonda olovga nisbatan "pufladi"; itga nisbatan "hurdi" (DLT, 1,177) kabi ma'nolarini ifodalaydi. XI asrda ür tarzida talaffuz qilingan. Alisher Navoiy asarlari tilida urmak sozi aynan hurmoq, ulimoq (ANATIL, III, 297) shaklida qo'llanib, u unlisining XI asrdagi yumshoqlik belgisi yo'qolgan. Misol: Yilon netgay urib nesh ajdahoni, It urmak birla yonmas karvoni (A.Navoiy). Alisher Navoiy xurush // xoro'sh ~ ayla; qil leksik birliklarini qichqirish, hayqirish, shovqin-suron; topolon, janjal kabi ma'nolarda qollaydi (ANATIL, III, 435) Biroq bu leksemani itning ovoziga nisbatan qollanganlik holatini kuzatmaymiz: Atridin dahrni muattar qil. Bulbuliga baland ayla xuro'sh, Sol xuro'shi bila ulus aro jo'sh. (A.Navoiy, "Sabbai sayyor") Keyinchalik soz boshidagi h undoshi qo'shilib, hurmoq shakliga kelgan va bugungi kunda ham itning ovoziga nisbatan "vov-vov", "ak-ak", "vak-vak" va shu kabi tovushlarni umumlashtiruvchi leksema sifatida hurmoq sozi qollanadi.

MUHOKAMA

Tukiy xalqlar leksik fonida jumladan, ozbek tilida ham qollanadigan it kabi hurmoq, itdek akillamoq, qopmoq, irillamoq kabi oxshatishlar, maqollar, iboralar kabi etnolingvistik birliklar ishtirok etgan ogzaki va yozma nutqqa oid matnlarda "charchamoq", "sadoqat bilan hizmat qilmoq", "janjal ko'tarmoq", "vahima qilmoq" kabi inson xarakterini aks ettiruvchi psixolingvistik ma'lumotlar aks etadi. Masalan, egasidan rag'bat olgan it battar hurar iborasiga e'tibor beradigan bo'lsak, unda oddiy xizmatchi, yoki kimningdir himoyasi ostida bo'lgan insonning "homiysi" tomonidan iliq munosabat ko'rsatilayotgani, va bu "e'tibordan" ilhomlanib boshqalarga yomon munosabatda bolishini korsatadi.

It hayvonining ovoz harakatini ifodalaovchi LSG tashkil etgan leksemalar bugungi kunda ozbek tilida ham qollanib kelayotgani, hamda ulardagi yuz bergan semantik o'zgarishlarni jadval asosida izohlashimiz mumkin.

Qadimgi turkiy til Navoiy asarlari tili O zbek tilining izohli lug'ati Mazmuni

käritti (käritur, keritmäk) — vovillamoq Vovillatdi

qïstashdï (qïstashur, Hurmoq

qïstashmaq); ur ( urmak) Hurmoq hurishadi

ürarlär (ko'plikda)

jarçïladï (jarçïlar

jarçïlamaq) — — vingishladi

si^ilädi (si^ilär sirçilâmâk) — — vang'illamoq

ulïdï (ulïshur, ulïshmaq) ulush (ulimoq) Ulimoq daxshatli vovilamoq

- irilda Irillamoq "ir-r-r"degan ovoz chiqarmoq

- ing'ramoq — ing-ng-ng degan ovoz chiqarmoq

choziq "uv-v-

— uvillamoq villamoq yoki uvlamoq v" degan ovoz chiqarmoq

- — hovullamoq (kam qollanadi) vovullamoq

— — xirillashmoq vovullamoq

— — uli tortmoq "xir-r-r" degan ovoz chiqarmoq

— — vakillamoq ayn uv tormoq

— — akillamoq

— — Angillamoq Vovullamoq

uv solmoq (yoki uv "ang-ng-ng" degan ovoz chiqarmoq.

tortmoq)

"uv-v-v" degan

— — — choziq ovoz

chiqarmoq.

Jadvalga e'tibor bering:

Yuqoridagi misollardan it hyvonining ovozini ifodalovchi lelsemalarda nafaqat semantik, balki fonetik jihatdan o'zgarishlar ro'y berganligi korinadi. Qadimgi turkiy tilda qollangan it hayvonining ovoz harakatini ifodalovchi ayrim leksemalar Navoiy davri tilida fonetik o'zgarishga uchragan holatda o4gan. Quyidagi jadvalda soz o'rtasi (inlaut) dagi fonetik o'zgarish unlilar tizimida ham mavjud bolganiga oid misol bilan tanishamiz.

ulïdï (ulïshur, ulïshmaq) ulush (ulimoq) Ulimoq dahshatli vovilamoq

XULOSA

Xulosa ornida shuni aytish mumkinki, ozbek tilida hayvonlar harakatini ifodalovchi leksemalar milliy-madaniy xususiyatlarga ega. Ular xalqning tarixiy- lisoniy manzarasini aks

2019. - 112 б.

2. Devoni lug'otut turk (indeks-lug'at) - Ziyouz.com

3. Эгамова Ш. Алишер Навоий асарлари тилидаги кадимги туркий лексика тадкики.-Тошкент: Фан, 2008. -Б 119.

4. Nurmonov A. Lingvistik belgi nazariyasi. - Toshkent: Fan, 2008.

5. Неъматов Х., Расулов Р. Узбек тили систем лексикологияси асослари. - Тошкент: Укитувчи, 1995. - 128 б.

6. Содикова М. Феъл стилистикаси. www.ziyouz.com kutubxonasi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Sobirov A. o'zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. T: Ma'naviyat, 2004

8. Х,амидов З ., Холбоева М. Алишер Навоийнинг синонимлардан фойдаланиш мах,орати. Т.: Мериус. 2010.- Б 58.

9. Узбек тилининг изохли лугати. 4 томлик .- Тошкент: УзМЭ, 2008.

1. tr.m.wikipedia.org

2. https://uz.khanacademy.org/science/biology/behavioral-biology/animal-behavior/a7intro-to-animal-behavior

3. www.ziyouz.com kutubxonasi

Elektron resurslar:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.