Научная статья на тему 'QADIMGI TURK BITIGTOSHLARIDAGI QUROL-YAROG‘I NOMLARINI ANGLATUVCHI TERMINLAR'

QADIMGI TURK BITIGTOSHLARIDAGI QUROL-YAROG‘I NOMLARINI ANGLATUVCHI TERMINLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Turk xoqonligi / harbiy terminlar / O‘rxun-Yenisey bitigtoshlari / qurol-yarog‘.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Dustmurodov Ma’Rufjon Mansur O‘G‘Li

Qadimgi turk bitigtoshlarida qayd etilgan xoqonlikning harbiy tizimiga doir istilohlarning salmoqli ulushini qurol-yarog‘ nomlarini tashkil etadi. Biz ushbu maqolada O‘rxun-Yenisey bitigtoshlarida aks etgan hujum qurol-yarog‘i nomlarini anglatuvchi terminlarning semantik-funksional va etimologika tahlilini yoritdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI TURK BITIGTOSHLARIDAGI QUROL-YAROG‘I NOMLARINI ANGLATUVCHI TERMINLAR»

QADIMGI TURK BITIGTOSHLARIDAGI QUROL-YAROG'I NOMLARINI ANGLATUVCHI TERMINLAR

Dustmurodov Ma'rufjon Mansur o'g'li

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent TIPI Ilmiy bo'lim boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.11215605

Annotatsiya. Qadimgi turk bitigtoshlarida qayd etilgan xoqonlikning harbiy tizimiga doir istilohlarning salmoqli ulushini qurol-yarog' nomlarini tashkil etadi. Biz ushbu maqolada O 'rxun-Yenisey bitigtoshlarida aks etgan hujum qurol-yarog'i nomlarini anglatuvchi terminlarning semantik-funksional va etimologika tahlilini yoritdik.

Kalit so'zlar: Turk xoqonligi, harbiy terminlar, O'rxun-Yenisey bitigtoshlari, qurol-

yarog'.

Abstract. A significant part of the revolutions related to the military system of the Khaganate recorded in the ancient Turkish inscriptions are terms representing the names of weapons and weapons. In this article, we covered the semantic-functional and etymological analysis of the terms meaning the names of offensive weapons reflected in the Orkhun-Yenisei inscriptions.

Keywords: Turkic khaganate, military terms, Orkhun-Yenisei inscriptions, weapons.

Qadimgi turkiy tildagi harbiy terminlarni diaxron aspektda atroflicha o'rganish nafaqat til tarixi, balki qadimgi turklarning davlatchiligi, boshqaruv an'analari va harbiy qurilishi uchun ham katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, xoqonlikda harbiy terminlar tizimi qanday shakllanganligi, ularning kelib chiqishi, etimologik jihatlarini aniqlash hozirgi turkiy tillarning harbiy terminologiyasi tizimida sodir bo'lgan jarayonlarni yanada oydinlashtiradi. "Harbiy terminologiya faqat ayrim terminlarning katta qismi va ular orasidagi munosabatlar jamlanmasi ekanligini asoslash uchun emas, balki harbiy terminologiyaning aynan tizimda qanday shakllantirilganligini aniqlashga yordam beradi" [Kurganov, 2018: 77].

Avvalo aytish lozimki, eski turkiy tilda harbiy qurol-aslaha tolum termini bilan atalgan. Ushbu so'zdan yasalgan tolumluy - "qurolli, qurol-aslahaga ega" hamda tolumlan- - terminlari ham qo'llangan (ATC, 608). Bitiglar matnida tolum istilohi anglatgan ma'noni ifodalashdayaraq (yar- - "bo'lmoq, ajratmoq") yasalmasidan istifoda etilgan: "Yaraqinta yalmasinta yüz artuq oqun urti - Yarog'iga, yopinchig'i (zirhi)ga yuzdan ortiq o'q bilan urdi" (KT, 33). yaraq terminidan hosil qilinganyaraqliy derivati "qurolli, zirhli" ma'nosini anglatgan: "yarayliq qantan kälipyanya ältdi - qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi" (KT, 23). Keltirilgan birinchi jumlada ishlatilgan yalma leksemasini ayrim turkologlar "qalqon" (H.Shirin User), "zirh-sovut" ma'nosini anglatishini ta'kidlaganlar. ^TCda ushbu so'z "yopinchiq, chopon" shaklida izohlangan (ATC, 224). Mahmud Koshg'ariy ushbu so'zga "paxtali to'n" deya izoh bergan (DLT, III, 41-20). H.Dadaboyevning fikricha, qadimda zirh tagidan, albatta, paxtali kamzul kiyilgan va bu sovutning yalangligidan himoyalagan [Dadaboyev, 2021: 210].

Ushbu mavzuiy guruhni tashkil etuvchi terminlarni vazifa nuqtayi nazaridan quyidagicha ikki turga ajratish mumkin:

a) hujum qurol-yarog'i nomlarini anglatuvchi terminlar. O'rxun-Yenisey bitigtoshlaridagi hujum qurol-yarog'i nomlarini anglatuvchi terminlarga bitiglardagi oq - "o'q", süyüg - "nayza", qilic - "qilich", yasic - "o'qning uchi", käs - "o'qdon" kabi terminlarni kiritish mumkin. Qadim turklarning asosiy jang qurollaridan birini anglatgan oq termini Kul Tegin bitigida

tilga olinadi: "Yaraqïntayalmasïntayüz artuq oqin urtï- Yarog'iga, yopinchig'i(zirhi)ga yuzdan ortiq o'q bilan urdi" (KT, 33). Jumladagi oqun so'zi "oq - o'q, -in - vosita kelishigi" shaklida qo'llangan. Termin DLTda ayni bitiglardagi ma'noda (o'q - стрела) izohlangan (DLT, I, 73). Ushbu so'z "Qutadg'u bilig"da ham tilga olinadi: "Bu dünya ici oqyïlan - Bu dunyo ichi - o'q ilon" (QBN, 3895; QBN, 5308). Leksema HO'ATda mavjud bo'lib, aynan bitiglardagi, shuningdek, ko'chma ma'nolarda qo'llaniladi. Kul Tegin bitigtoshida "akin ara idi oqsïz kok türük anca olurur armis" jumlasidagi oqsïz so'zini ayrim turkologlar, jumladan, H.Shirin User "qabilaviy tashkiloti bo'lmagan" ma'nosida tilga oladi va so'zning o'zagi hisoblangan oq - o'qni yuqoridagi qurol-yarog' ma'nosidan metoforalashib, "asos, poydevor, suyanchiq", "tashkilot" ma'nolarda qo'llanilganini qayd etadi" [§irin, 2015: 258].

G'.Abdurahmonov "oqsïz so'zini "xo'jayinsiz (hech kimga tobe bo'lmay)", deb tabdil qilgan" [Абдура^монов, 1982: 103]. Bizningcha, jumladagi oqsïz so'zini bu o'rinda (to'rt tomondan qurshab, dushmanlarni to'liq qo'lga kiritganligi sababli) "dushmandan doimiy himoyalanish uchun hech qanday o'q - qurol-yarog'ga ehtiyojsiz" ma'nosida tushunish to'g'riroq bo'ladi.

Bitiglardagi süyüg termini qadim turklarning asosiy jang qurollaridan biri bo'lgan nayzani anglatadi. Ushbu so'zdan yasalgan süyüglüg istilohi esa nayza bilan qurollangan askar yoki qo'shinni bildirgan: "süqüg batïmï qaqry soküpan ... - nayza botimi qorni yorib ..." (KT, 35); süyüglüg qantan kalipan süra altdi - qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib, surib ketdi" (KT, 23); "tislari uzayu süqü ucï tag - tishlari uzun nayza uchidek" (AY, 34/11). "Ushbu istiloh keyingi davrdagi uyg'urcha va arabcha matnlarda süqü shaklida uchraydi" [Кызласов, 1996: 77]. Istiloh manbalarda süyüg, süqü, süqi shakllarda qayd etilib, xorazm turkchasi matnlaridan bo'lgan "Muqaddimat ul-adab"da süqü (Süqü tamürüni süqüda ornattï [Yüce Nuri, 1993: 43]), eski qipchoq turkchasidagi "Guliston tarjimasi"da süyi shaklida tilga olingan (kilür yalsï süqi ücim korarga [Karamanlioglu, 19783: 242]). Leksema ДТСda ham "nayza" ma'nosida izohlanadi (ДТС, 549). R.Dankofda "qamishlar orasiga yashirinmoq; zarb bilan sanchmoq" ma'nosidagi süy- leksemasi tilga olinadi. süyüg esa "nayza" ma'nosida ekanligi aytiladi" [Dankoff, 1985: 171]. M.Erdal "süqüg so'zini süy bilan bog'liqligini aytib, "nayza" ma'nosini bildirishini qayd etadi" [Erdal, 1991: 205]. J.Klosonga ko'ra, süyüg so'zining asosi sifatida "nayza" ma'nosidagi süy so'zi olinadi [Clauson, 1972: 834]. M.Ryasenenga ko'ra, süyüg, süqü, süqi so'zlari umumiy o'zak-hosila shaklida ko'rilib, umumiy "nayza" ma'nosida izohlanadi [Resenen, 1969: 437]. Ushbu istilohning sof turkcha o'zakdan yasalganligi A.Sherbak tomonidan isbotlangan [Щербак, 1994: 112]. "Jang qilmoq, lashkar tortmoq, o'ldirmoq" va "jang, urush" ma'nolarida bitiglarda faol qo'llangan süyüs istilohi ham sü(y) fe'lidan yasalgan. Bitiglardagi "jang qilmoq, lashkar tortmoq, o'ldirmoq; jang, urush" ma'nolarida qo'llanilgan süyüs- istilohi ham sü(^)dan yasalgan. Süqüs- uchun sü(y) - asos, -(ü)s DLTga ko'ra, qadimgi turkiy tildagi birgalik nisbat affiksidir. -(ü)s affiksi hozirgi o'zbek tilida ham birgalik nisbat qo'shimchasi sifatida -(i)sh shaklida mavjud. So'zning asosi bo'lmish süy- fe'li qadimgi turkiy bitiglardan faqat Qizil Chiraa bitigida tilga olinadi: "qolim alp ucun bir arig oq birla süqdim - Qo'lim kuchli bo'lganidan bir odamni o'q bilan urdim". "Leksema XI asrdan keyin deyarli iste'moldan chiqib ketgan" [§irin, 2015: 212]. Süq- so'zining "jang; qo'shin" ma'nolaridagi sü leksemasidan shakllangan bo'lishi ehtimoldan holi emas. Xulosa shuki, süyüs- hozirgi o'zbek tilidagi urush va urish kabidir (hozir ot deb qaraladigan urush so'zi urish- fe'lidan ajralgan). Ya'ni urush - "jang" (ot), urish - kimnidir jazolash (fe'l); süqüs - "jang" (ot), süqüs- - "jang qilmoq" (fe'l). Ma'lumki, bunday so'zlar turkologiyada ism-fe'l omonimiyasi yoki sinkret leksemalar, deb yuritiladi.

Hozirgi o'zbek tilida bitigtoshlar matnidagi sü va u bilan shakllangan birorta so'z uchramaydi, lekin O'TILda sava(la)-1 (urmoq, kaltaklamoq; zarba bermoq), savash (ot. urush, jang), savash- (fe'l. urushmoq, jang qilmoq), shuningdek, savam (savalanadigan paxta yoki jun), savachup (ayn. savag'ich (cho'p) (O'TIL, I, 413-414) so'zlari mavjudki, bu so'zlarning o'zagi bo'lgan sava- fe'li sof turkcha asos sifatida bitigtoshlar matnidagi sü bilan aloqador emas. Chunki qadimgi turkcha sü (urush) va savash so'zlari uchun singarmonizm hodisasi xos emas.

Shu o'rinda aytish lozimki, süyü(g) - "nayza"dan faqat qo'lda tutilib, dushman bilan yuzma-yuz kelganda (kontakt holatda) foydalanilganmi yoki dushmanga qarata uzoq masofadan irg'itiladigan jang quroli bo'lganmi, degan o'rinli savol tug'iladi. Bunga "Qutadg'u bilig"dagi "Olisdan o'qlar bilan birinchi zarba; yaqinlashganda va yuzma-yuz kelganda nayzalar bilan hujum kerak" [Rahmeti, 2007: 2376] mazmunidagi parcha orqali javob olishimiz mumkin. Ko'rinib turibdiki, süqü - "nayza" asosan, yov bilan yuzlashganda o'z vazifasini bajargan. Ushbu ma'lumot garchi, X-XI asrlarga tegishli bo'lsa-da, Turk xoqonligi harbiy-qo'shin tizimini eng ko'p o'zlashtirgan Qoraxoniylar sulolasi xoqonlikka xos qurol-yarog' texnikasidan unumli, deyarli o'zgarishsiz holda foydalangan va uni takomillashtirgan. Istiloh eski turkiy tilda "Devonu lug'otit-turk" va "Qutadg'u bilig"da birikmalar tarkibida uchraydi: "basaqlïy süqü - paykon (uch)li nayza" (DLT, I, 457); "yayusa süqün täggü birsä boyurí' (QB, 2376). Leksema hozir ham bir qancha turkiy til va lahjalarda, jumladan, "gagauz, ozarbayjonchada - süngü, turkman, qozoq, no'g'aychada - süngi, qorachoy-bolqar-qo'miqchada - süngngü, tatarchada - sôngé, boshqirdchada - Ыц0, yoqutchada üngú [§irin, 2015: 235]., chuvashchada süngä2 shakllarida umumiy "tig'li qurol yoki asbob" ma'nosida saqlangan. Shuningdek, "ushbu so'z arab va serb tillariga ham kirib borgan" [Eren, 1999: 88]. "Xitoy yilnomalarida turklarning qurol-yarog'lari o'q-yoy, to'qmoq, zirhli sovut, uzun suvoriy nayza va qilichlardan iborat ekani ko'rsatib o'tiladi" [Liu Mau-Tsai, 2006: 21]. Jumladan, "Tan shu" yilnomasida "Jangchi asbobi sifatida shoxsimon shaklli ovoz chiqaradigan o'q-yoy, qalqon, nayza va qilichlar mavjud' mazmundagi ma'lumot xoqonlik qo'shinlarining harbiy jihatdan qanday tayyorgarlikka ega ekanidan dalolat beradi" [Бичурин, 1950: 29; Taçagil, 1996: 97].

Qadimgi turkiy tilda "yassisimon uzun paykon; nayza(?)" ma'nolarini anglatgan yasïc istilohi Irq Bitigi va Kuli Cho'r bitigtoshida tilga olinadi. "Talïm urïyarïncayasïcin, yalïm qayay yara urupan, yaltyusunyorïyur, tir - yassi o'q bilan yalang'och toshlarni ikkiga bo'lgan jasur yigit aylanib yuradi, deydi" (IB, 40). Istiloh eski turkiy tilda ham ayni bitiglardagi shakl va mazmunda ("o'qning uchi") uchraydi (DLT, III, 14). Ushbu leksema "Attuhfatuz zakiyatu fillug'atit turkiya" [Toparli, 2003: 313]da "bir turdagi o'q temiri" ma'nosida izohlangan. R.Dankofda "yassi paykon" [Dankoff, 1985: 217], ДТСda "yassi o'q paykoni" (ДТС, 261), J.Kloson so'zligida "yassi va uzun o'q paykoni" [Clauson, 1972: 974] anglamlarida izohlangan. Ushbu so'z hozirgi o'g'uz tillarida erkaklar ismi sifatida qo'llaniladi3.

Ilk marta runik yozma matnlarida "o'qdon" ma'nosida uchragan käs istilohi Uyuk-Turon bitigida ko'zga tashlanadi: "altunlïy käsig bälimtä bantïm - "zarhal o'qdon (belbog')imni belimga

1 Sh.Rahmatullayev sava leksemasining ildizini "Devonu lug'otit-turk"dagi "yung titadigan qo 'sh chiviq" ma 'nosini anglatgan sag' oti (DLT, III, 168) bilan bog'lab, ushbu so 'zdan -a qo 'shimchasi bilanyasalganini aytadi hamda buni qadimgi turkiy turkiy tildagi y(g')~v/w, a~a fonetik o'zgarishi bilan dalillashga harakat qiladi. Рщматуллаев Ш. Узбек тилининг этимологик лугати (туркий сузлар). - Т.: Университет, 2000. - Б. 273.

2 Ushbu so 'z chuvash tilida sunga shaklida "tandirdagi issiq kullarni supurishga ishlatiladigan uchiga nam latta o'ralgan jihoz" ma'nosida saqlangan. Bu uchun qarang: Эгаров. В.Г. Этимологический словарь чувашского языка. - Чебоксари, 1964 - С. 182.

3 Bu uchun qarang: https://tr.wiktionarv.org/wiki/Yas%C4%B 1 %C3%A7

bog'ladim" (U-T, 2). Istiloh ДТС (ДТС, 323), J.Kloson [Clauson, 1972: 752] va R.Dankoflarda [Dankoff, 1985:104] "o'qdon" ma'nolarida izohlangan. M.Ryasenen esa so'zning o'rta turk tilida köcär - "o'qdon, o'q g'ilofi" shaklida saqlanganini aytadi [Resenen, 1969: 437]. Ushbu istiloh "Devonu lug'otit-turk"da ikki käs va kiyis shakllarida tilga olinib, umumiy "o'qdon" (колчан) ma'nolarida ta'riflangan. Mahmud Koshg'ariy "o'g'uz va ularning qarindoshi bo'lgan qipchoqlar bu so'zni bilishmaydi", deb yozadi4 (DLT, III, 140). Masalan, "ok kästä caldir caldir ätti - o'q o'qdonda chaldir-chaldir etdi [Atalay, 1998: 457]". käs Navoiy asarlari lug'atida kis shaklida aynan "o'qdon" ma'nosida qayd etilgan, ammo istiloh so'zlikda forscha o'zlashma sifatida berilgan [НАЛ, 1972: 314].

УТОК TVP.\H ГЕ 3 i

"Nayza yoki tig'li qurol bilan yaralamoq yoki o'ldirmoq, yengmoq, hujum qilmoq" ma'nolaridagi sof turkiy sane- termini genezisi va taraqqiyoti ahamiyatga molik. Ma'lumki, bir qancha turkcha manbalarda uchi tig'li yalov sanjoq deyilishi ko'zga tashlanadi. Asli sancdan yasalgan va sanjoq deb nomlanuvchi detalni anglatgan ushbu so'zning yasalish asosi va yasalmasidagi o'zaro ma'no bog'liqligini sezish qiyin emas. Chunonchi, keyingi davrda Usmonlilarda beylar tomonidan idora etilgan viloyatdan kichik ma'muriy birlikning sanjoq deb atalishida uchi tig'li yalov - sanjoqning hukmdorlik alomati ekanligi yetakchi rol o'ynagan bo'lishi kerak. Qolaversa, ayrim hujjatlardagi Sanjar (sanchar: sanch-ar - sanchuvchi; yengilmas) antroponimi ham ushbu so'z bilan aloqador bo'lsa, ajab emas.

Hududiy jihatdan keng mintaqalarni o'z qo'l ostiga birlashtirishda turklarning harbiy ishdagi mahorati, bilimi, jang san'ati borasidagi puxta tayyorgarligi va intizomli qo'shinga egaligi yetakchi rol o'ynagan bo'lsa, zabt etilgan bepoyon hududlar, turmush tarzi turlicha qabilalar va urug'lar uyushmasi, tobe hukmdorlarni itoatda tutib turish ehtiyoji ularning oldiga qat'iy boshqaruv tizimini tashkil qilish masalasini ko'ndalang qo'ydi. Ushbu vazifa xoqonlik quruvchilari va boshqaruvchilari tomonidan yuksak darajada amalga oshirilgan bo'lib, bu jihat xoqonlikda o'ziga xos harbiy boshqaruv hamda idora usulining barcha jabhalarini qamrab olgan unvonlar tizimini shakllantira olganliklarida o'z tasdig'ini topadi.

b) himoya qurol-yarog'lari nomini anglatuvchi terminlar. Ushbu mavzuiy guruhga asuq - "harbiy bosh kiyim: dubulg'a", kadim - "zirh, harbiy kiyim - sovut, bargustuvon, jabduq",

4 U davrdagi harbiy qurollar nomidan bo'lgan bu so'zni o'g'uzlar bilmasliklari o'g'uz qabilasida bu ma'noda boshqa bir so'z qo'llanishi bilan bog'liqdir. Bu uchun qarang: Махмуд Кошгарий. Туркий сузлар девони (Девону луготит-турк). Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. М. Муталлибов. III. - Т.: Фан, 1963. - Б. 140.

kädimlig - "sovut bilan mudofaalangan", yalma - "qalqon" terminlarini kiritish mumkin. Bitigtoshlarda qo'llangan harbiy istilohlarning bir qanchasini qurol-aslaha nomlari tashkil etadi. "Temirdan yasalgan harbiy bosh kiyim", ya'ni "dubulg'a" ma'nosi To'nyuquq bitigtoshida asuq istilohi bilan anglashilgan: "anta bärüki asuq baslïy Soydaq bodun qop kälti" - o'shanda ajraladigan choki (bor) dubulg'a boshliq (boshiga kiygan) Sug'doq xalqi hammasi keldi" (To'n, 46). Jumladagi asuq va unga yondosh so'zlarning o'qilishi biroz bahslidir. E.Aydin va boshqalar (Aaltoda: asuq: o'zgalarda suq va soq [Абдурах,монов, 1982: 85]) bu jumlani "anta bärüki asuq baslïy Soydaq bodun qop kälti - u yerdan bu yerga Ashok [Erhan, 2019: 99] boshliq (boshchiligida) Sug'doq xalqi ko'p keldi" [Абдурах,монов, 1982: 85] tarzida o'qiydi. G'.Abdurahmonov va A.Rustamovga ko'ra, "ba'zi tadqiqotchilar bu so'zdan keyin "boshliq" va "Sug'daq xalqi" so'z va birikmalari bor uchun (a)suqni kishi nomi deb tushunganlar. Lekin "falonchi boshliq..." iborasi hozirgi tillarga xos" [Абдурах,монов, 1982: 85]. Biz parchadagi asuqni harbiy bosh kiyimni anglatuvchi so'z deb o'ylaymiz, chunki istiloh XI asr hujjatlarida ham asuq shaklida tilga olinadi. Jumladan, DLTda ham asuq istilohi "temir qalpoq, dubulg'a" ma'nosini ifodalashi ta'kidlangan (DLT, I, 97).

Manbalarda "zirh, harbiy kiyim - sovut, bargustuvon, jabduq" ma'nolarida qo'llanilgan kädim termini qadimgi turkcha käd- - "kiymoq" fe'lidan fe'ldan ot yasovchi -im qo'shimchasi bilan yasalgan. kädim Kuli Cho'r bitigida otning zirhli yopinchig'iga nisbatan ishlatilgan: "özlüki boz at ärti kädim - xos oti bo'z ot edi. Zirhi..." (KCh, 4). Shuningdek, Mo'yun Cho'r bitigida uchraydigan "bäs yüz kädimlig yaday - besh yuz zirhli piyoda" (MCh, 33) jumlasida kädimlig termini askarlarning sovut bilan mudofaalanganiga ishora qiladi. "Leksema taraqqiy etib käd- > käd- > käy- > kiy- tarzida o'zgargan. Hozir halach turkchasida ushbu leksema käd- shaklida talaffuz qilinadi va yoziladi" [§irin, 2015: 267]. Hozirgi o'zbek tilida esa kiy- shaklidadir. kädim "Qutadg'u bilig"da ham tilga olinib, "oddiy maishiy kiyim" ma'nosida ishlatilgan. Bundan leksemaning ushbu davrdan ma'no kengayishiga uchraganini ko'rish mumkin. Qolaversa, asarda leksema tarkibidagi d fonemasining ô shaklida qo'llanilgani kuzatiladi: "äginkä kädim-mä boyuzqa yämi käräk - Eginga - kiyim, bo'g'izga ovqat kerak" (QBH, 10429). Shuningdek, asar matnidan kädti // käöti - "kiydi", kädgüsi - "kiyimi", kädgülük - "kiyimlik", käöüt - "kiyim, xalat" kabi so'zlar ham joy olgan. Kul Tegin bitigida kädimga -liy qo'shimchasini qo'shishdan hosil bo'lgan kädimhy - "sovutli, zirhli" derivati ishtirok etgan. Ushbu istiloh HO'ATda kiyimli -"kiyim kiygan" ma'nosida saqlangan (O'TIL, II, 365).

O'rxun-Yenisey bitigtoshlari tilining keng yoyilishi va yanada takomillashuvida Turk xoqonliklarining o'rni beqiyos bo'ldi. Chunki bitigtoshlar tili xoqonlik quruvchilarining jo'g'rofiy zafarlari o'laroq, keng hududlarga yoyildi. Buni xoqonlik markazidan anchagina uzoqda bo'lgan kunbotar va kunchiqar hududlardan topilgan yozma manbalar isbotlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Arat Re§it Rahmeti. Yusuf Has Hacip - Kutadgu Bilig I: Metin, 5. Baski, - Ankara. Türk Dil Kurumu, 2007. - S. 2334.

2. Atalay B. Divanü Lugati't-Türk tercümesi. I. - Ankara: TDK Yayinlari, 1998. - S. 457.

3. Clauson G. An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish. - Oxford, 1972. - 1038 p

4. Dadaboyev H., Yodgorov H. O'zbek harbiy terminologiyasi. O'quv qo'llanma - Т.: Sahhof, 2021. - 210 b.

5. Dankoff R. (with James Kelly) Mahmud al-Kashgari... 1985. - Р. 217.

6. Erdal M. Old Turkic Word Formation. A Functional Approach to the Lexicon. Volume: I. -Wiesbaden, 1991. - Р. 205.

7. Eren H. Türk Dilinin Etimolojik Sözlügü. 1. Baski. - Ankara, 1999. - S. 88.

8. Karamanlioglu Ali F. Gülistan Tercümesi. - Ankara: TDK Yay, 1978. - S. 242/121.

9. Liu Mau-Tsai. £in kaynaklarina göre Dogu Türkläri. £eviri E. Kayaoglu, D. Banoglu. -Istanbul, 2006. - 640 s.

10. Resenen M. Eines Etymologischen Wörterbuchs der Türksprachen. - Helsinki. 1969. - Р. 258.

11. §irin H. Kül Tigin yaziti - notlar. Bilge kültür sanat. - Istanbul. 2015. -151 s.

12. Ta§agil А. Gök-Türkler. - Ankara, 1996. - S. 97.

13. Toparli vd. Kip9ak Türk9esi Sözlügü. - Ankara: TDK Yay, 2003. - S. 313.

14. Yüce Nuri. Mukaddimetü'l-Edeb (Giri§, Dil Özellikleri, Metin, indeks). - Ankara: TDK Yayinlari, 1993. - S. 43.

15. Абдурахмонов F., Рустамов А. ^адимги туркий тил. - Т.: Укитувчи, 1982. - 166 б.

16. Бартольд В. В. Древнетюркские надписи и арабские источники // Сочинения, V. - М., 1968. - С. 284311; Новые исследования об орхонских надписях // Сочинения. - М., 1968. - Том V. - С. 312-328.

17. Бичурин Н. Я. Собрание сведений о народах обитавших в Средней Азии в древние времена. Т. I. - МЛ., 1950. - С. 229;

18. Бобоёров F. Узбек тили тарихи. Т. - Фан. 2022. - Б.85.

19. Бобоёров F., Fарбий турк хоконлигининг давлат тизими. Тарих фанлари док. дис. -Тошкент, 2012. - 380 б.

20. Древнетюркский словарь. - Л., 1969. - С. 168-169.

21. Кляшторный С. Г., Лившиц В. А. Согдийская надпись из Бугута. - М.: Наука, ГВРЛ, 1971. - С. 121-146.

22. Курганов А. Харбий терминларнинг ишлатилиши ваулардаги узгаришларнинг узига хос хусусиятлар // Узбекистонда хорижий тиллар, № 4 (23) 2018. - Б.77.

23. Кызласов И.Л. Материалы к ранней истории тюрков. I. Древнейшие свидетельства об армии. Российская археология. - Москва. 1996. - С. 71-82.

24. Марков Г. Е. Кочевники Азии. - М.: Изд-во Московского университета, 1976. - С. 47-48.

25. Махмуд Кошгарий. Туркий сузлар девони (Девону луготит-турк). Таржимон ва нашрга тайёрловчи С. М. Муталлибов. III. - Т.: Фан, 1963. - Б. 140.

26. Навоий асарлари лугати. Тузувчи: П.Шамсиев. - Т.: Fафур Fулом, 1972. - Б. 314.

27. Узбек тилининг изохли лугати.- Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2006. II. - 671 б.

28. Шевчук В.Н. Военно-терминологическая система в статике и динамике: Дис. . д-ра филол. наук. -М., 1985. - 488 с. Б. 19

29. Щербак А.М. Введение в сравнительное изучение тюркских языков. - СПб, 1994. - С. 112.

30. Эгаров. В.Г. Этимологический словарь чувашского языка. - Чебоксари, 1964 - С. 182.

Shartli qisqartmalar

BX - Bilga xoqon bitiktoshi

DLT - Devonu lug'atit-turk

DTS - Drevnetyurkskiy slovar

KCH - Kulicho'r bitiktoshi

KT - Kul Tegin bitiktoshi

MCH - Mo'yun Cho'r bitiktoshi NAL - Navoiy asarlari lug'ati O'TIL - O'zbek tilining izohli lug'ati

QBH, QBK - Юcyф Xoc ^жиб. "Ky^Fy билиг" С. ^ox^pa нycxacи (Daru'l-kutub va'l-

vasaiki'l-kavmiyya tasavvuf turki 1бВ. Nr)

QTT - Qadimgi turkiy til (G'.Abdurahmonov va b. asari)

To'n - Tunyuquq bitiktoshi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.