Научная статья на тему 'OMON MATJON SHE’RIYATI TILIDA ARXAIZMLAR'

OMON MATJON SHE’RIYATI TILIDA ARXAIZMLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
967
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvopoetika / Omon Matjon she’riyati lingvopoetikasi / eskirgan so‘zlar / arxaizmlar / she’riyat tili. / linguopoetics / linguopoetics of Oman Matjon poetry / obsolete words / archaisms / language of poetry.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Allaberganova

Ushbu maqolada Omon Matjon she’rlarida qo‘llangan arxaizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, shoirning bunday birliklardan mohirlik bilan foydalana bilishi, shuningdek, badiiy matnda tasvirlanayotgan davr voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhini ta’minlash, she’r badiiyatini kuchaytirish kabi maqsadlarda qadimgi so‘zlarni qo‘llash usuli tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARCHAISMS IN THE LANGUAGE OF POETRY OF OMON MATJON

This article talks about the specific features of archaisms used in Omon Matjon's poems, the poet's skillful use of such units, as well as the realistic depiction of the reality of the period described in the artistic text, providing the historical spirit of the work, The method of using ancient words for such purposes as strengthening the art has been researched.

Текст научной работы на тему «OMON MATJON SHE’RIYATI TILIDA ARXAIZMLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

OMON MATJON SHE'RIYATI TILIDA ARXAIZMLAR Allaberganova Dilbarjon Atabekovna

UrDU tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7407902

Annotatsiya. Ushbu maqolada Omon Matjon she 'rlarida qo'llangan arxaizmlarning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z yuritilgan bo'lib, shoirning bunday birliklardan mohirlik bilan foydalana bilishi, shuningdek, badiiy matnda tasvirlanayotgan davr voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhini ta'minlash, she 'r badiiyatini kuchaytirish kabi maqsadlarda qadimgi so'zlarni qo'llash usuli tadqiq qilingan.

Kalit so 'zlar: lingvopoetika, Omon Matjon she 'riyati lingvopoetikasi, eskirgan so'zlar, arxaizmlar, she 'riyat tili.

АРХАИЗМЫ В ЯЗЫКЕ ПОЭЗИИ ОМОНА МАТЖОНА

Аннотация. В данной статье рассматриваются особенности архаизмов, использованных в поэмах Аман Mатджана, исследуется умение поэта умело использовать такие единицы, а также способ использования древних слов с такими целями, как реалистическое изображение действительности описываемой эпохи в художественном тексте, обеспечение духа историзма произведения, укрепление поэтического искусства.

Ключевые слова: лингвопоэтика, лингвопоэтика поэзии Аман Mатжон, устаревшие слова, архаизмы, язык поэзии.

ARCHAISMS IN THE LANGUAGE OF POETRY OF OMON MATJON

Abstract. This article talks about the specific features of archaisms used in Omon Matjon's poems, the poet's skillful use of such units, as well as the realistic depiction of the reality of the period described in the artistic text, providing the historical spirit of the work, The method of using ancient words for such purposes as strengthening the art has been researched.

Keywords: linguopoetics, linguopoetics of Oman Matjon poetry, obsolete words, archaisms, language of poetry.

Biror matn tilshunoslik fani nuqtai nazaridan tekshirilar ekan, biror adabiy til kategoriyalari - leksik, fonetik, morfologik va sintaktik birliklardan qaydarajada foydalanganliklari nuqtai nazaridan o'rganiladi. Shuning uchun ushbu maqolada Omon Matjon she'riyati tilining leksik birliklari ichida o'ziga xos o'rin egallovchi arxaizmlar haqida so'z yuritamiz.

Yunoncha"qadim", "qadimgi"degan ma'nolarni bildirib,hozirgi umumxalq tilida ishlatilmaydigan va eskirib qolgan so'z hamda iboralar arxaizmlardir. Ulus,bitik, ochun

kabi qator so'zlar hozirgi o'zbek adabiy tiliga nisbatan arxaik so'zlar sanaladi.Ammo badiiy matnlarda qahramon tilini tipiklashtirish, tasvirlanayotgan voqea, ro'y bergan joy va tarixiy voqelikka mos ifodalar ishlatish talab etilganda adiblar arxaik so'z va iboralarga murojaat etadilar.

Badiiy matnning lingvopoetik tahlilida xolislikka erishish uchun ayni matn tili umumxalq tiliga, shuningdek, adabiy tilga qiyosan baholanishi kerak. Badiiy matnda tasvirlangan davrni, badiiy matn yaratilgan davrni, bu davrdagi adabiy til me'yorlarini bilmasdan turib, eskirgan (arxaizm va istorizm) yoki yangi so'z (neologizm)ni ajratib ham, bunday so'zlarning lingvopoetik qimmatini belgilab ham bo'lmaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Har qanday adib asarning leksik qatlamini bayon etishda, qalamga olinayotgan davr tilini ham nazarda tutishi lozim. Chunki tarixiy mavzularga bag'ishlangan asarlarda yangicha so'zlarni ishlatib bo'lmaganidek, hozirgi davr mavzusiga bag'ishlangan asarlarda ham arxaik so'zlarni qo'llash yaxshi natija bermaydi. Masalan, Omon Matjonning Xiva xonligi davridagi voqealarni tasvirlovchi "Nurjon botir" she'ridan olingan quyidagi parchada navkar so'zi o'rnida askar leksemasi qo'llanilsa, kulgili bo'lar edi.

Oddiy misol, birdan uning loyga botdi ulovi,

Quruqlikka chiqarolmay qirqta navkar ovvora. (189)

Yuqoridagi mulohazalardan ko'rinib turibdiki, an'anaviy so'zlar ifodalaydigan ma'noni hozirgi adabiy tilda mavjud sinonimlari bilan ifodalash, badiiy matnning shakl va mazmuniga mos holda ishlatish imkoniyati hamma vaqt ham bo'lavermaydi. Omon Matjonning yuqorida nomi keltirilgan she'rida "Buyorliqm xon hazratim o'z qo'li-la tutqazdi! (191)misrasidagi yorliq so'zi hozirgi adabiy til uchun arxaik, poetik nutq uchun an'anaviydir. Shu bilan birga, tasvirlanayotgan davr, voqelik ishonchli chiqishi uchun shoir shu so'zni qo'llashi lozim. Lekin bu so'z o'rniga nota yoki xat so'zlaridan birini ishlatganida o'sha koloritni bera olmas edi. Shuningdek, so'zning ma'nosini mazkur so'zning hozirgi o'zbek adabiy tilidagi boshqa sinonimlari orqali ifodalanilsa, ushbu misra jozibadorligini yo'qotgan bo'lardi.

Yorliq "vakolat hujjat", "biror narsa haqida ma'lumot beruvchi hujjat" nomi bo'lib, qadimgi turkiy tildagi "xabar" ma'nosini anglatganyar otidan -lig' qo'shimchasi bilan yasalgan, keyinroq g' undoshi q undoshiga almashgan.

Yozuvchining tildan mohirlik bilan foydalana bilishi, qalamga olinayotgan davr tili xususiyatlarini iloji boricha asar ruhiga singdira olishi asarning qimmatiga qimmat qo'shadi.

Ayrim arxaizmlar zamonaviy ma'nodoshiga qaraganda ma'noni kuchliroq ifodalash xususiyatiga ega bo'ladi. Masalan, yo'qsil - kambag'al arxaik va zamonaviy so'zlar juftligiga e'tibor beradigan bo'lsak, "hech narsaga ega emaslik" ma'nosi yo'qsil leksemasida kambag'al leksemasiga qaraganda ancha ortiq, chunki mazkur so'zlar tarkibi tarixiy-etimologik tahlil etilganda anglanadigan yo'q va kam so'zlari qiyoslansa, birinchisida ayni belgining nol darajada ekanligi seziladi. Arxaik so'zlar muayyan davrning yozma uslubini ifodalashda yoki qahramonning nutqiy xarakteristikasini berishda ham lingvopoetik vosita sifatida ishlatiladi. She'riyatda nutqqa ko'tarinki ruh bag'ishlash maqsadida ishlatiladi.

B.Umurqulov she'riyat tili an'anaviylikka moyil til ekani, shuning uchun ham she'riyatda uchraydigan ko'pgina so'zlar adabiy til uchun eskirgan hisoblanib, aksariyat o'rinlarda poetik obrazlilikni ta'minlab, uslubiy funksiya bajarishini ta'kidlab, bunday so'zlarni an'anaviy poetizmlar termini ostida o'rganadi.

Poeziya an'anaviylikka asoslanishi sababli, bu janrda an'anaviy so'zlar (adabiy til nuqtai nazaridan arxaik) ancha aktiv qo'llaniladi. N.Ivanova poeziya tilining shu xususiyatini adabiy til bilan solishtirib, adabiy til uchun arxaik hisoblangan ko'pgina leksik vositalar poetik nutqda stilistik vazifa bajarishini ta'kidlab o'tadi. Shu xususiyatiga ko'ra E.Kurilovich poeziya tilini arxaiklikka moyil til deb izohlaydi.

Poeziya tilida uchraydigan adabiy til nuqtai nazaridan eskirgan hisoblangan bir qator leksik vositalar hozirgi kunda mavjud tushunchalarni ifodalaganidek, poeziya tilida aktivligi ham kuzatiladi. Quyidagi misollar orqali buni his qilish mumkin:

Urush so'zi o'rnida savash arxaizmi qo'llangan:

Jumaniyoz Qo'ziev o'zim bo'laman,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qisinchoq el bilan savash boshlayman. (254)

Nozik so'zi o'rnida inja leksemasi qo'llanadi:

Shoirga yo'l bo'lsin, kechikdi shoir

bu inja raqobat, nurli taloshga:

Ha, bizga yumush qolmabdi endi

Sizni juda qattiq sevishdan boshqa! (27I)

Maqsad so'zi o'rnida uning kom arxaizmi ishlatilgan:

Avf et, hislari oliy komga band,

Eriy in'omlardan bexabar jonni! (304)

Ilon so'zi o'rnida mor arxaizmi qo'llangan:

Zahar aralashgan shakar zahardir,

Morga qo'ngan pashsha teng g'anim bilan. (306)

Dunyo leksemasi o'rnida ochun so'zi beriladi:

Balki Atlantida - ettinchi qit'a

Shu joyda yo'q bo'lib ketgan ochundan. (32I)

Roh arxaizmi yo'l leksemasi o'rnida qo'llangan:

Borar rohin aytmayman.(203)

Olmoshlarning arxaik variantlari ham ishlatilgan:

Ilinj shul: ko'r taqdir ajratsa hamki...227

Astronomiya o'rniga uning arxaik varianti falakiyot qo'llangan:

Axir bu falakiyot

Harakat-ku, misli o'q. (339)

Xona so'zi o'rnida hujra arxaizmi ishlatilgan:

Bul jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim... (34I)

Ahmad Ishaev eskirgan so'zlar xususida quyidagilarni

yozadi: "Tarixiylik nuqtai nazaridan dostonlarda uchraydigan eskirgan so'zlar mazkur manbalar uchun tarixiy yoki arxaik so'zlar emas. Chunki dostonlar yaratilib, asrlar osha kuylanib kelinganda, bu so'zlar juda mahsuldor bo'lgan va shu sababli ular dostonlarning badiiy to'qimalariga chuqur singib ketadi".

Omon Matjon she'riyati tilida sayyod, saydarxaizmlari ko'p ishlatiladi.

Sen agar sayyod bo'lib

Yoy agar bo'lganda man. (139)

Rasmda xon sayyodmish Ov zavqiga cho'milgan! (216)

Jon qushim, ziyrak bo'l! makkor sayyodlar otsalar yiqilsang - yuraging dog'liq... (258)

Sayd so'zi arabcha "ov", "shikor", "ov qilish" kabi ma'nolarni anglatadi.Eski o'zbek tilida sayd aylamak "ov qilmoq, "ilintirmoq";sayd qilmoq"ovlamoq" ma'nolarini anglatadi.Sayyod so'zi ham sayd asosidan kelib chiqqan bo'lib "ovchi" ma'nosini bildiradi. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi she'riy parchalarda sayyod o'z ma'nosida, uchinchi misolda ko'chma ma'noda qo'llangan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Hozirgi o'zbek adabiy tilida qo'llanuvchi sozanda so'zining mashshoq arxaik varianti ham ishlatilgan:

Sen agar mashshoq bo'lib Nay agar bo'lganda man. (I39)

Sh.Rahmatullaev mashshoq so'zi arabcha ma$$äq shakliga ega bo'lib, o'zbek taliga cho'ziq а unlisini â unlisiga almashtirib qabul qilingan: ma$$äq>ma$$äq (mashshoq); ko'pma'noli ma$$äqa fe'lining "taradi" ma'nosi asosida yasalgan kasb oti bo'lib, fors tilida "mashq qildiruvchi" ma'nosini, tojik tilida "biror ishni mohirlik bilan amalga oshiruvchi" ma'nosini va shu ma'no asosida yuzaga kelgan "usta cholg'uchi" ma'nosini anglatishi; o'zbek tilida "usta cholg'uchi" ma'nosi bilan ishlatilishi haqida yozadi.

Shoir ijodida Amudaryoning avvalgi nomi Jayhun gidronimi faol ishlatilganini ko'ramiz:

Men she'r yozsam,

Endi uni qog'ozga emas,

Loyqa-toshqin suvlariga bitgum Jayhunning:

Men botinib, to'lib-toshib aytmagan hislar

Qirg'oqbuzar mavjlarida uyg'onsin uning.(141)

Quyidagi bandda esa Amudaryo so'zi bilan uning Jayhun arxaik varianti birgalikda qo'llangan:

Shu holga tushaman Xorazmda ham Buyuk Amudaryo bo'yida turib. Go'yo Jayhundan ham bahaybat nahr Yaqingina joydan oqar o'kirib. (237)

Atoqli otlarning arxaik shakllarini qo'llash Omon Matjon she'riyati tilida yaqqol ko'zga tashlanib turadi:

Birov Ko'hna Urganch, birov Xivoqdan... (332)

Z.Do'simov fikricha "Xevaq so'zidagi" "-aq" kichraytirish ma'nosini bildiruvchi qo'shimchadir. Qal'ajiq (kichik kal'a), Indavak, Pitnak kabi Xevak ham kichik qal'a ma'nosini bildirishi ehtimoldan xoli emas, - deydi. Komil Nurjonovning yozishicha, Er yuzining 25 nuqtasida "Xi" yoki "Xe" o'zagi bilan boshlanuvchi joy, daryo, orol, shaharcha, tog' va suv manbalarining nomlari qayd etilgan. Omon Matjon Xevaq so'zining juda kam ishlatiladigan Xivoq variantini qo'llaydi.

"Qalam", "yozuv","asar", "ijod" ma'nolarini anglatuvchi xoma so'zi shoir ijodida qalam ma'nosida ishlatilganiga guvoh bo'lamiz:

Qalbingizga boqing: yurtning tabarruk UDUMlari butmi, ilg'armi xoma?! (I43)

"Cho'l", "biyobon", "dasht" ma'nosidagi biyobon so'zi shoirning bir she'rida yobon shaklida o'ziga xos tarzda qo'llanadi. Bu leksema hozirgi Xorazm shevalarida kam qo'llanuvchi arxaizm bo'lib, ko'pincha "qishloq", "chekka hudud" ma'nosini ham anglatadi. Yobonli so'zi esa qishloqlik ma'nosida qo'llanadi.

Mana daftarlarim - nursiz, surursiz. Kishki dalalardek yaltiroqyobon. (I49)

Aslida biyobon so'zi tojikcha ot "cho'l", "suvsiz er" ma'nosini anglatadi.Bu ot bilan o'zbek tilida cho'l-biyobon juft oti tuzilgan. Budagov lug'atida "p., tur."ta'kidibilanyaban'keltirilib, "cho'l"ma'nosinianglatishiaytilgan. Demak, biyobon asli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tojikcha bivayobon qismlaridan tuzilgan bo'lib, bi qismi "yaqin" ma'nosini ifodalaydigan old ko'makchiga teng; shunga ko'ra asli "cho'lning o'zi", "cho'ldan farq qilmaydigan er " ma'nosini anglatadi. Alisher Navoiy asarlarida ham biyobon shaklida ishlatiladi: Biyobon qat' etib manzil-bamanzil, Anga tegruki aytib erdi komil. (Farhod va SHirin)

Demak Omon Matjon biyobon so'zining qadimgi yobon varianti Xorazm shevalarida saqlanib qolganini yaxshi ilg'agan qo'llagan.

Shoirning bir she'rida bashar so'zi "bashariyat", "insoniyat" ma'nosida ishlatilganini ko'ramiz:

Bizdan mujda kutib turganda bashar, Nahot qo'l bermog'ing shu qadar qiyin! (149)

Bashar leksemasi arabcha basar(un) shakliga ega bo'lib, "yaxshilik voqe bo'lishini sezdi", "sevindi" ma'nosini anglatuvchi bagara fe'lidan hosil qilingan I bob masdari bo'lib "inson", "odam" ma'nosini anglatadi.

Imdod arxaizmi "madad berish", "yordamlashish" ma'nosida ishlatilgan:Sas berdi ul: "Holim zabun, keldingmu imdod ustina...(151)

Imdod arabcha imdad(un) shakliga ega so'z bo'lib, o'zbek tiliga kasrali hamzani i tovushiga, cho'ziq а unlisini âunlisiga almashgirib qabul qilingan: imdad- imdad (imdod); asli ko'p ma'noli madda fe'lining "yordamlashdi", "qo'llab-quvvatladi" ma'nosini anglatuvchi IV bob shakli amadda so'zidan hosil qilingan masdar bo'lib "ko'maklashish", "madad berish" ma'nosini anglatadi.

Arxaizmlar badiiy matnda tasvirlanayotgan davr voqeligini real tasvirlash, asarning tarixiylik ruhini ta'minlash maqsadida qo'llaniladi."Ogahiy g'azaliga muxammasi muloqot" nomli muxammasida shoir eski o'zbek tiliga xos bir qancha so'zlarni qo'llaydi. Bu leksemalar hozirgi o'zbek tili uchun arxaizmlar hisoblanadi. Jumladan:"Ey pir, dedim, yodlar bugun ash'orlaringni Xorazm..." (151) parchasida she'r so'zi o'rnida ash'or leksemasi ishlatilgan. Bu o'rinda ko'plik shaklini qo'llash bilan bog'liq tavtologiya ham mavjud."Suhbat falak mavzusiga ko'chgaymi, deb solsam nazar" (151) misrasi tarkibida osmon so'zi o'rnida falak arxaizmi ishlatilgan.

Quyidagi she'riy parchada dushman so'zi o'rnidayov, o'q so'zi o'rnida tiyr arxaizmlari qo'llangan:

Topmasang adashsang, to'xtasang, Boq, yovlar tiyrlar otarlar. (I53) O'qlarning ildizidan qarasang, Ko'zlaring qalbimni toparlar. (166)

Tubandagi parchada qadah, ryumka leksemasini ishlatmasdan, uning arxaik varianti jom so'ziga murojaat qiladi:

Yangi yil jomini ko'tarib, deyman:

Ko'kka do'st tutinsin har ko'ngil, har dil. (167)

Jom asli "mis" ma'nosini anglatgan bo'lib, avvallari "misdan yasalgan idish" ma'nosini, so'ngra "katta hajmli qadah" ma'nosini anglata boshlagan. Chunki qadahlar ham oltin, kumush, mis kabi metallardan yasalgan. Omon Matjonning jom so'zini ishlatishi she'r mazmuniga ko'tarinkilik, ulug'vorlik, tarixiylik ruhini bera olgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Omon Matjon she'riyatida Somonyo 'li kosmonimining forscha Kahkashon arxaik varianti ham qo'llangan.

Quyosh undan yog'du olar, Ufq olar Kahkashon. (I87)

Kahkashon so'zi fors tilida kah - «somon», kashon - «tortuvchi» so'zlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan «somon tortuvchi» ma'nosini beruvchi so'zdir. Bu nom o'zbek tilidagi Somon yo 'li kosmonimi bilan ma'no jihatdan mushtarak hisoblanadi. Kahkashon galaktika nomi bo'lganidan foydalanib shoir ushbu leksema orqali ajoyib obraz yarata olgan: Elga haq yo'llari torligin ko'rib, Alisher hayqirsa - yondi Kahkashon: "Kim bu gulistonkim erur bir jahon, Balki jahone gul ichida nihon". (249)

Somon yo'li yoki Kahkashon deyilishiga sabab - asotir va afsonalarga qaraganda, shu yo'l orqali tashilgan somon to'kilib qolib oqish rang - somon rangini hosil qilgan va shu nom bilan atala boshlagan. Ruslar Somon yo'lini Mlechmiy put, ya'ni Sut yo'li deb atashadi. Rus mifologiyasida oqarib turgan samodagi yo'lsimon chiziq Sutyo'lideb nomlangan. Shoir she'rlarida ko'p o'rinda Kahkashon so'zi ishlatilsa, ayrim she'rlarida hozirgi o'zbek adabiy tilidagi Somon yo'li nomini qo'llab go'zal misralar yaratgan: Samovot - bir juldur dasturxon, Somon yo'li unda qand yuqi. (97)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Omon Matjon she'rlarida mehnat so'zi bilan bir qatorda uning emgak arxaizmi faol qo'llanganini kuzatish mumkin:

Shuncha mehnat, qon, ter ketdi,

Lekin... biron samar yo'q. (195)

Esiz, shuncha emgak, umr,

Bari ketdi bilinmay. (I95)

O'tgan asrning yodgorlarida

Sizning o'lchab bo'lmas emgagingiz bor. (2I8)

Emgak "qiyinchilik" ma'nosini ifodalovchibu ot qadimgi turkiy tildagi "mehnat","mashaqqat" ma'nosini anglatgan ец otining em shaklidan -ga qo'shimchasi bilan yasalgan fe'lga -k qo'shimchasini qo'shib yasalgan (ец > em + ga = emga + k + emgak). Shoir she'rlarida "o'tmish", "tarix" ma'nosida moziy so'zi ko'p ishlatilgan: Ko'p qiziqdir ko'hna moziy taqdiri Ko'p qiziqdir unda xalqlar taqdiri. (I99)

Ganj leksemasi "sig'", "saqlan" ma'nosini anglatadigan fors-tojikcha ganjidan felining ganj hozirgi zamon asosiga teng bo'lib, asli "jamlangan narsalar" ma'nosini anglatadi; keyinchalik "qimmatbahonarsalar jamlab saklanadigan joy", "xazina" ma'nosini anglata boshlagan.Shoir she'rlarida xazina leksemasiga nisbatan uning arxaik varianti ganj faol ishlatiladi:

Dono debdi: "Yurtga bir boq oqsoqol, Unda hali o'zi bilmas zo'r ganj bor! (2GI) Er osti, er ustin ganj etding, lekin Aytishga qo'ymading eng muhim so'zni?! (222)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'tmishda fransuz xalqi, ba'zi hollarda evropaliklar farang so'zi orqali ifodalangan. Farang leksemasi frank so'zi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. O'zbek tilida shakllangan farang ro'mol, ustasi farang birliklarini shoir mahorat bilan ishlatadi: Farang ro'mol qoshinda.(209) Kim chizar shunday zotni, Qaysi ustasi farang? (213)

"Ustasi farang" iborasi tor ma'noda fransuz, ya'ni fransiyalik fuqaroni anglatsa, keng ma'noda barcha yevropaliklarga nisbatan ishlatilgan. Demak, o'zbeklar fransuzlarni uddaburon va tadbirkor, har sohada mohir ishbilarmon, hunarmand deb bilganlar. Bu ibora so'nggi o'rta asrlar va yangi davrda paydo bo'lgan.

"Qutadg'u bilig" asarida o'tru leksemasi "so'ngra", "keyin" ma'nolarini ifodalagan: Kishi o'granib o'tru bilga bo'lur, Bilig bilsa o'tru qamug' ish, o'nur.

Navoiy asarlarida o'tru so'zi "qarshisida", "yonida" kabi ma'nolarni ifodalaydi. Omon Matjon she'riyatida ham shunday ma'noda ishlatilgan: Shunday qilib oxiri Muhlatlar ham bitibdi! Kelib shoh o'trusida U mo'yqalam tutibdi. (215) Yo eling yulduzlarin sev, yo o'zing yulduzliq et, O'truda orzu to'la ko'zlarni ko'rgan baxtlidir. (290)

Umuman, Omon Matjon she'riyati tilida uchraydigan adabiy til nuqtai nazaridan arxaik hisoblangan bir qator leksik vositalar hozirgi kunda mavjud tushunchalarni ifodalashi bilan birga, davr ruhini aks ettirishi, ko'tarinkilik, ulug'vorlikni ta'minlashi kabi maqsadlarda ijodkor tomonidan poetik aktivlashtirilgan til birliklaridir.

REFERENCES

1. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 4-7.

2. Саидов А., Джураев Р. Баркамол авлодни тарбиялаш-соглом турмуш тарзини шакллантиришда спортнинг урни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.

3. Саидов А. pedagogik mahorat: ёшлар уртасида соглом турмуш тарзини шакллантириш устувор вазифа сифатида //центр научных публикаций (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

4. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. -2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 57-60.

5. Саидов А. СОГЛОМ ВА БАРКАМОЛ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2021. - Т. 1. - №. Special issue. - С. 262-266.

6. Саидов А., Джураев Р. Воспитание гармоничного поколения-роль спорта в формировании здорового образа жизни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 203-208.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.