Научная статья на тему 'NUTQNING JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA SO`Z VA UNING MA`NO TURLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA UNDA O`ZBEK TILSHUNOSLARINING XISSASI'

NUTQNING JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA SO`Z VA UNING MA`NO TURLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA UNDA O`ZBEK TILSHUNOSLARINING XISSASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1168
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sinonim / sinonimik / sinonimiya / faraz / antonim / nutq / frazealogiya / lingvistika / lug`at / leksikalogiya / leksema. / synonym / synonym / synonym / hypothesis / antonym / speech / phraseology / linguistics / dictionary / lexicology / lexeme.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xaitmamatova Saodat Ulugbek Qizi

Ushbu maqolada so`z va uning ma`no turlari: sinonim, antonimlar haqida va ulardan nutq jarayonida qanday o`rinli foydalanish, o`zbek tilshunos olimlarining bu boradagi izlanishlari va qimmatli fikrlari haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE USE OF WORDS AND THEIR TYPES OF MEANING IN INCREASING THE ATTITUDE OF SPEECH AND THE CONTRIBUTION OF UZBEK LINGUISTS

This article discusses the word and its types of meanings: synonyms, antonyms and how to use them in the speech process, the research and valuable ideas of Uzbek linguists in this regard.

Текст научной работы на тему «NUTQNING JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA SO`Z VA UNING MA`NO TURLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA UNDA O`ZBEK TILSHUNOSLARINING XISSASI»

NUTQNING JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA SO Z VA UNING MA NO TURLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA UNDA OZBEK TILSHUNOSLARINING XISSASI

Guliston davlat universiteti 2-kurs magistranti, Guliston shahar 17-maktab

Аппо1а181уа. шадо1аёа вол7 уа ит^ шапо Шг1ап: в1поп1ш,

айотш1аг уа и1агёап пи1д ]агауоп1ёа дапёау олгтЛ foyda1anish, ол7Ьек

1ИвЬипо8 оНш1апт^ Ьи Ьoгadagi iz1anish1aгi уа qimmat1i fikг1aгi haqida so,z Ьoгadi.

КаШ эолг1аг: sinoniш, sinoniшik, sinoniшiya, faгaz, antoniш, nutq, fгazea1ogiya, 1ingуistika, 1eksika1ogiya, 1ekseшa.

ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СЛОВ И ИХ ВИДОВ ЗНАЧЕНИЯ В ПОВЫШЕНИИ ОТНОШЕНИЯ РЕЧИ И ВКЛАД УЗБЕКСКИХ

Аннотация. В данной статье рассматриваются слово и его виды значений: синонимы, антонимы и способы их употребления в речевом процессе, исследования и ценные идеи узбекских языковедов на этот счет.

Ключевые слова: синоним, синоним, синоним, гипотеза, антоним, речь, фразеология, языкознание, словарь, лексикология, лексема.

THE IMPORTANCE OF THE USE OF WORDS AND THEIR TYPES OF MEANING IN INCREASING THE ATTITUDE OF SPEECH AND THE CONTRIBUTION OF UZBEK LINGUISTS Abstract. This article discusses the word and its types of meanings: synonyms, antonyms and how to use them in the speech process, the research and valuable ideas of Uzbek linguists in this regard.

Keywords: synonym, synonym, synonym, hypothesis, antonym, speech, phraseology, linguistics, dictionary, lexicology, lexeme.

Xaitmamatova Saodat Ulug'bek qizi

boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6526943

ЛИНГВИСТОВ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-manaviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu olmas meros hamisha yonimizda bo'lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag'ishlashi lozim. Avvalambor, milliy talim tizimini ana shunday ruh bilan sug'orishimiz kerak. Buning uchun olim va mutaxassislarimiz, hurmatli ulamolarimiz bu ma naviy xazinani bugungi avlodlarga sodda va tushunarli, jozibali shakllarda yetkazib berishlari zarur.1

So'z va uning mano turlari ustida juda ko'p tilshunoslar izlanishlar olib borishgan. Ular to'g'risida bir qancha kitoblar yaratishgan. Masalan, Filologiya fanlari doktori, professor, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Xodjiyev Azim Polatovich Ozbek tili morfologiyasi, so'z yasalishi, leksikalogiya va leksikografiya, orfografiyaga oid bir qator ishlari o'zbek tilshunosligi rivojiga munosib hissa qo'shdi. "Ozbek tilida komakchi feT', "To'liqsiz feT', "Hozirgi o'zbek tilida shakl yasalishi", "Ozbek tilining izohli lug'ati sinonimlari", "Ozbek tilshunoslik atamalarining izohli lug'ati", "Lingvistik atamalarning izohli lug'ati" asarlari shular jumlasidandir. , Filologiya fanlari doktori, professor Shavkat Raxmatullayev Ubaydullayevich o'zbek tili leksikalogiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasi rivojiga ulkan hissa qoshgan olimdir. Xususan, o'zbek frazealogiyasining shakllanishi va rivojlanishida uning xizmatlari katta. "Ozbek tilining izohli frazealogik lug ati", "Ozbek tili antonimlarining izohli lug'ati", "Ozbek tilining izohli lug'ati" shular jumlasidandir. "Ozbek tilining izohli lug'ati"da sinonim, sinonimik, sinonimiya terminlariga quyidagicha tarif berilgan: Sinonim (yunoncha- bir xil nomli) tilshunoslikning shakli bir xil, manosi esa bir xil bir xil yoki biroz farqli bolgan til birliklari qatoridagu bir xil til birligi. Sinonimik tilshunoslikda bir-biriga sinonim bo'lgan manodosh, sinonimik so'zlar.

Sinonimika tilshunoslikda: 1. Biror tilning sinonimlari majmui. Ozbek tili sinonimikasi. 2. Leksikalogiyaning sinonimlarni o'rganuvchi bo'limi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

Sinonimiya (yun. Bir-xil nomga egalik) til birliklarining mano jihatidan yaqinlik, manodoshlik hodisasi.

H.Jamolxonov "Hozirgi o"zbek adabiy tili" kitobining "Leksik sinonimiya" qismida "Sinonimlar nutqda muhim uslubiy vosita sanaladi: ular nutqning ravon va ta" sirli bolishini, fikrning aniq va obrazli chiqishini taminlaydi" degan fikrni berib o"tganlar. "Tayanch tushunchalar" sifatida quyigadilarni misol qilib ko'rsatgan.

Sinonimiya - leksemalarning bir-xil mano anglatishiga ko'ra guruhlanishi.

Sinonimik qator (Sinonimik uya) - bir mano anglatishiga ko'ra guruhlangan sinonim so'zlar yig'indisi.

Dominanta - sinonimik qatordagi betaraf manoli so'z.

Mano sinonimlari - bir umumiy manoga ega bolsa-da, mano qirralari bilan farqlanuvchi sinonimlar.

Uslubiy sinonimlar - leksik manolari ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalovchi semalar bilan qoplangan sinonimlar.

Nutqiy sinonimlar - nutqning u yoki bu turiga xoslanganligi bilan farqlanadigan sinonimlar.

Sinonimlarning turli xususiyatlarini o'rganish sohasidao'zbek tilshunosligida bir qator yutuqlarga erishilgan. Shunga qaramasdan akademik Azim Hojiyev sinonimlarning o'rganilishi tarixi haqida quyidagicha mulohaza bildiradi: "Sinonimlar turli tillarda darajada o"rganilgan. Bu masala ayrim tillarda ancha to"la o'rganilgan bo'lsa, ayrim tillarda, jumladan, o'zbek tilshunosligida deyarli ishlanmagan. Tilshunoslikda bayon qilingan fikrlar bir-biriga ko'p hollarda mos kelmaydi. Bu holat, avvalo, sinonimlarning tarifida ko"zga tashlanadi".

Sinonimlar va ularni qollashga bolgan e'tibor uzoq davrlardan boshlangan. O z zamonasida, nafaqat o z zamonasida, balki, hozirgi kunda ham buyuk mutafakkir va shoir, tilshunos va adabiyotshunos olim deb tan olingan Alisher Navoiy "Muhokamat ul - lug"atayn" asarida sinonim so"zlarning nutqni boyitishdagi rolini chuqur tahlil qilib bergan. Ozbek tilshunosligida frazealogik -

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

sinonimlarning turli xususiyatlarini o'rganishga e'tibor XX asrda ancha kuchayganligi ko'zga tashlanadi.

Akademik Hojiyev tilshunoslikda keng tarqalgan bir qator farazlarni o'rganib chiqqan holda sinonimiya hodisasiga o'ziga hos tatif berdi. Professor Y.Tojiyev XX asrning 70-yillaridan so'ng rus va Yevropa tilshunosligida paydo bo'lgan tariflar, talqinlarga suyangan holda, faqat lug'aviy sinonimlarnigina nazarda tutmasdan, balki, bu masalaga nisbatan o'zgacha bir tarif berishga harakat qildi.

A.Hojiyev "Birlashtiruvchi manosi bir xil , talaffuz va yozilishi, qo'shimcha mano ottenkalari har xil bolgan so'zlar sinonim hisoblanadi" desa, Y.Tojiyev "Tildagi alohida olingan birliklarning ayrim manolariga ko'ra teng kelib qolishidan hosil bolgan til hodisasi sinonimlar deb ataladi", deb takidladi.

R.R.Sayfullayeva, B.R.Mengliyev, G.H.Boqiyeva, M.M.Qurbonova, Z.Q.Yunusova, M.Q.Abduzalovaning " Hozirgi o'zbek adabiy tili" nomli darsligining "Leksik-semantik munosabatlar" qismida sinonimik munosabatlarga doir qimmatli fikrlar bildirilgan.

Professor S.Karimov "Ozbek tilining badiiy uslubi" nomli monografiyasida sinonimlar to'g'risida qimmatli fikrlarni bildirgan. Sinonimlar bir tushunchani turli xil mano nozikliklari bilan ifoda qilishda undan foydalanuvchilar, xususan, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar uchun muhim imkoniyatlaridan biridir.

Obek tilshunosligida, yuqorida ham qayd etganimizdek, sinonimlarni o'rganish sohasida salmoqli ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Ular qatorida A.Doniyorov, A.Hojiyev, R.Qongurovlarning ishlari o' o'rniga ega. Darhaqiqat, leksik vositalar orasida sinonimlar tilimizning ijtimoiy va badiiy-estetik jilolarini namoyish qila olishibilan eng muhim o'rinni egallaydi. Sinonimiyani nutqiy ijodning chegaralanmagan imkoniyatlarini yuzaga keltira oluvchi o'ziga hos maydon deyish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham A.M.Peshkovskiy va A.I.Efimov kabi olimlar nutqiy vositalar sinonimoyasini o'rganishni stilistikaning markaziy muammolaridan biri deb ta kidlaganlar. Sinonimlar badiiy uslubda muhim stilistik vosita bolib xizmat qilishini S.karimov A.Hojiyevning "Ozbek

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

tili sinonimlarining izohli lug'ati" asosida o'rganib, diqqatga sazovor fikrlarni aytib o'tgan. Misol uchun quyidagilarga e'tabor beraylik: agar - basharti. Basharti shahzoda uning tilagini hurmat qilsa, oz ixtiyori bilan saltanatdan voz kechib, o'zini bus-butun ilm-fanga bag'ishlashnni ko'ngilga tuyub qo'ydi (O.Yoqubov Ulug'bek xazinasi).

Aytmoq - bayon qilmoq, izhor qilmoq: Pinhon siring bayon et, Ko'ksing ni qilma ko'p qon (E.Vohidov. G'uncha), Men ham axir seningdek, Izhori ishq etolmay, Ko'ksimda dudi ohim, Dashtlar aro quyuncha (E.Vohidov. G'uncha).

Balog'at - kamol, kamolat: Senla birga javlon urib dunyoga kelgan, Senla o'sib shon yaratib kamolga yetgan (Zulfiya. Qurdosh qizga), Ishqchi, bahor giyohi kabi, Avj oldi, topar kamolot (Zulfiya. Muhabbat - bu...).

Barg - yaproq: Bugun bosh ustingda yashnagan yaproq, Shovillab to'kilar erta poyingga (Abdulla Oripov. Ko'pdan kutgan edim).

Baxt - iqbol, saodat: Iqboli negun, baxti ham qora ekan mendek (Furqat. Sayding qo'ya ber), Saodat garovi har qanday yumush, Xonzoda qiziday o'tirma bekor (G'ofur Gulom. Xotin).

Begona - o'zga, gayir, ag'yor: Ozga yurtda buncha qorong'u, Uzun buncha tun? (Zulfiya. tun).

Butunlay - batamom, tamomila, tamoman:cShu kundan etiboran oglimiz Abdulatif Samarqand taxtiga vorislikdan tamomila mahrum etiladi.("Ulug,bek yulduzi" kinofilmidan); Bardosh bermas iroda, idrok, Tamoman lol aql, tushuncha (Zulfiya. Ne baloga etding mubtalo).

Professor S.Karimovning tabiricha, har bir milliy tilda, shu qatori, o'zbek tilida ham malum tushunchalarni anglatuvchi sinonimlarning mavjud bolishi va sinonimik qatordagi birliklar soni bu tilning boyligini ko'rsatuvchi sifat belgilari hisoblanadi. Sinonimik qatordagi so'zlarning uslubiy tabaqalana borishi esa tilning bu fazilatlarini to ldirishi lozim. Bir qadar emotsional bolsa-da, bir tushunchani ifoda etuvchi bir nechta so'zdan kozda tutilgan mano va his-tuyg'uni ifoda eta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

oladigan shaklini olib va tanlab ishlatish naqadar huzurbaxsh ish ekanligini ta'kidlashga undaydi.

H.Jomolxonov "Hozirgi o'zbek adabiy tili" kitobining "Leksik sinonimiya qismida ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, leksik sinonimlarni quyidagicha guruhlarga bo'ladi:

I. Ma'no sinonimlari. Bunday sinonimlar ma'no qirralari bilan farqlanadi. Misol uchun, achchiqlanmoq, g'azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari "Gazabi kelmoq" manosi bilan bir sinonimok qatorga birlashadi, ammo ularda shu manoni ifodalash darajasi bir xil emas, u "achchiqlanmoq"dan "g,azablanmoq"qa, "g,azablanmoq"dan esa "qaxrlanmoq"qa qarab kuchayib boradi.

2. Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlarning leksik manosi ijobiy yoki salbiy bo'yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo'ladi, ayni shu uskubiy semalar sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini anglatadi. Misol uchun, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarning barchasida bitta leksik ma'no - "ovoz chiqarmay miyig'ida kulish" hodisasini nomlash hisoblanadi, ammo shu ma'no jilmaymoq leksemasida biroz ijobiy, iljaymoq leksemasida biroz salbiy bo'yoq bilan qoplangan,bu salbiy bo'yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yanada kuchayib boradi.

3. Nutqiy sinonimlar - nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o'zaro farqlanadigan sinonimlar. Masalan, ozgina, picha, sal, xiyol, jinday, qittay, jichcha qatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko'rinishlarida, adabiy nutqda ham, so'zlashuv nutqida ham qollana olgani holda, picha, xiyol, jinday, qittay, jichcha leksemalari faqat so'zlashuv nutqiga moslashgandir.O'zaro umumiy ma'nosi bilan birlashib, stilistik ottenkasi - bo'yog'i va nutqda ishlatish ko'lamiga qarab farqlanadigan sinonimlar stilistik sinonimlar deyiladi.

Leksik ma'nosi jihatidan farqlanadigan sinonimlar ideografik (ma'no) sinonimlaridir. Jumladan, kasal (umumiy ishlatiladigan so'z), bemor (yozuvda ko'p qollaniladi), xasta (eskirgan so'z), ba'zan, ora-sira kasal bo'lib turish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

manosini bildiruvchi betob, notob so'zlari boshqalariga nisbatan stilistik va ideografik sinonimlardir. Ideografik sinonimlar o'zaro leksik mano darajasiga ko'ra ajratiladi: "yomg'irda kiyimim nam bo'ldi, yomg'irda kiyimim hol boldi" boglanishlarning keyingisida belgi darajasi kuchliroq. Nutqda fikr ottenkasiga, leksik, grammatik yoki stilistik xarakteriga mos sinonim so'zlardan bittasi tanlab olinadi va qollaniladi. Shuning uchun sinonimik qatordagi so'zlar o'rtasidagi bazi farqlarni o'rganish stilistikaning vazifasi sanaladi. Muayyan sinonimik qatorni tashkil etuvchi so'zlar konkret hollarda mano tomonidan bir-biridan farqlanadi, stilistik qo'llanishiga ko'ra ajraladi.

Bir sinonimik qatorni tashkil etuvchi so'zlar mano jihatidan yaqin bolsa ham, bazan ulardan birini ikkinchisining o'rnida qo'llab bolmaydi. Masalan, ayanch ahvol, og'ir ahvol, qiyin ahvol, mushkul ahvol birikmalarida ayanch, og'ir, qiyin, mushkul so'zlari bir-biriga sinonim hisoblanib, ayni o'rinda ularni almashtirish manoni o'zgartirmaydi. Lekin boshq bir konkret tushuncha yoki tasavvurni ifodalashda bu sinonim so'zlarni leksik mano nuqtai nazaridan baholashkerak boladi. Misol uchun, og'ir chamadon deyish mumkin bolgan holda, mushkul chamadon, qiyin chamadon deyish mantiqqa zid. Sinonimlar nutqda ishlatilish doirasi tomonidan ham bir-biridan farqlanadi. Masalan, hamma nutq stillarida qollanadigan umumnutq so'zi, dudoq - badiiy nutq so'zi; shamol -umumnutq so'zi, sabo - badiiy nutq so'zi;rohat - umumnutq so'zi; eslamoq -badiiy nutq so'zi; xotirlamoq - rasmiy nutq so'zi; yo'qlamoq - so'zlashuv nutqi so'zi. Bunday sinonimlar still (uslub) sinonimlari deyiladi.

Shu bilan birga, ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bolishi mumkin. Misol uchun, keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo'ysafid kabi bir sinonimik qatorni tashkil etuvchi so'zlar orasida qari so'zining qo'llanishi doirasi keng. Bunday so'zlardan insonlardan tashqari, hayvonlar uchun ham qo'llaniladi: qari ot, qari tulki kabi. Lekin oqsoqol, nuroniy, mo'ysafid sinonim so'zlarining qollanish doirasi chegaralangan. Shunga o'xshash holatlarda ishlatilish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

doirasining keng - torligi sinonimlar mano hajmiga, yani ularning keng yoki tor mano ifodalashiga bogliq.

Obek tili nutqda nozik mano ottenkalarini hamda rang barang stilistik bo'yoqlarni bera oladigan sinonimlarga boy. Mashhur o'zbek shoir va yozuvchilari, so'z ustalari sinonimlardan oz o'rnida ustalik bilan qollab kelganlar.

Alisher Navoiy o'zinmg "Muhokamat ul - lug'atayn" asarida birgina yiglamoq so'ziga mazmunan yaqin bolgan yettita sinonimini keltirgan.

Hayotimizda sodir bo'lyotgan va kelajakda sodir bolyotgan barcha narsalarni mavzular kesimida hayotdan olib, hayotga bog'lab amaliy isbotlab, amaliy ko'rsatib tasavvur hosil qila olsak, yoshlar nafaqat ona tili va o'qish fanlarida, balki boshqa fanlardan ham mantiqqa tayanib tasavvur hosil qiladilar. Keyingi paytda bosqichma-bosqich rivojlanib kelayotgan talim sohasida aynan ona tili fanining oldiga qo'yilgan asosiy maqsad o'quvchi nutqini o'stirishdan iborat. Aynan darsliklar ham so'z boyligini oshirish bilan bogliq turli mashq va topshiriqlarga ko'proq e'tibor bergan holda yaratilmoqda. Yani so'zlarni shakl va mano munosabatlari, iboralar manodoshligi, o'xshashligi, zid manoliligi, arxaik va tarixiy so'zlarning qo'llanilishi, matn ustida ishlash kabi mavzular rang-barangligidan iborat. Ammo bazi o'quvchilar bunday so'zlarni nutqini o'stirish maqsadida emas, tast jarayonlariga tayyorlanish uchungina mazmunini anglab yetmay yodlab olmoqda xolos. Oquvchilar nutqiga e'tibor bersak, ularda ko'p hollarda adabiy tilga hos bolmagan so'zlarning ishlatilishini kuzatish mumkin. Darslikda keltirilayotgan ibora-yu nutqqa oid turli so'zlarning gap tarkibida qanday holda, qay maqsadda ishlatilishini tasavvur ham qila olmaydi. Oquvchi nutqni o'stiradigan holatlarning birinchisi, so'z boyligining ko'pligi bolsa, keyingisi shu so'zlarni gap tarkibida oz o'rnida qollab ravon, to'g'ri nutqni shakllantirishdir.

Oz ona tilini yaxshi bilgan, so'zlarni oz o'rnida qollay olgan inson nutqini hamma eshitadi, tushunadi. Notiq bolish uchun, avvalo, insonning so'z boyligi ko'p bo'lishi zarur.1

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 1

Xulosa qilib aytganda, oz vataniga haqiqiy sodiq, mehnatsevar, vatanining kelajagi uchun, ravnaqi uchun qolidan kelgancha harakat qiladigan insonlarni, ular jamiyatning qaysi bo'g'inida bolmasin, qaysi sohada faoliyat ko'rsatishidan qatiy nazar qo'ldan kelgancha harakat qiladi. Yoshlarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib tarbiyalash boshlang'ich sinflarda olib boriladi, bu jarayon muhim vazifalardan biridir. Shu sababdan ham talim mazmuni tubdan yangilanib bormoqda. Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqil talim olish motivlari yuzaga kelib, ular eng oddiy shaklda - bilimlarni olish bilan birga qo'shimcha manbaalarga va turli mavzulardagi kitoblarni o'qishga qiziqishi bilan yuzaga keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shavkat Mirziyoyev "Yangi Ozbekiston taraqqiyot strategiyasi" "Ozbekiston" Toshkent-2022.

2. I.Mirzayev, M.Boltayev "Ozbek tili" Toshkent Abdulla Avloniy nomidagi xalq merosi nashryoti 2004.

3. R.R.Sayfullayeva, B.R.Mengliyev, va boshqalar. "Hozirgi o'zbek adabiy tili" Toshkent "Innovatsiya-Ziyo" 2020.

4. Oralov Azamat Begnarovich. "Hozirgi o'zbek adabiy tili" T.:2021

5. Ravshanbek Mahmudov. "Notiqlik sanati va nutq madaniyati" - T.: "Mumtoz so'z" 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.