Научная статья на тему 'INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SINONIM SO'ZLARINING QIYOSIY TAHLILI ASNOSIDA LUG'AVIY ZAXIRANI RIVOJLANTIRISH'

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SINONIM SO'ZLARINING QIYOSIY TAHLILI ASNOSIDA LUG'AVIY ZAXIRANI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
549
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ingliz tili / o’zbek tili / sinonimlar / qiyosiy taxlil / lug’aviy zahira / talaffuz. / English / Uzbek / synonyms / comparative analysis / dictionary replacement / pronunciation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nodira Timur Qizi Baltayeva

Ushbu maqola ingliz va o’zbek tillarida sinonim so’zlarining qiyosiy tahlili asnosida lug’aviy zaxirani rivojlantirish haqida, sinonimlar so`zning ma`noli shakllaridan biri bo`lib, talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma`nosi bir xil bo`lgan qo`shimcha ma`no nozikligi, emotsional ma`nosi qo`llanishi kabi bir qator xususiyatlari bilan o`zaro farqlanadigan so`zlardir. Hozirgi zamon ingliz tilida sinonimlarni nazariy va amaliy o`rganishda lingvistlar va o`qituvchilar oldiga qator vazifalarni yuklaydi. Bu esa ingliz tilini o`qitish, so`zlashuv aloqalarini yo`lga qo`yish jarayonini onsonlashtirishning ayrim tadbirlarini ko`rib chiqishni talab qiladi. Talabalar va o`quvchilarda ingliz tilida sinonimlarning ishlatilishi haqida tushuncha hosil qilishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF DICTIONARY RESERVE DURING COMPARATIVE ANALYSIS OF SYNONYMS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

This article is about the development of a dictionary reserve during a comparative analysis of synonym words in English and Uzbek languages, synonyms are words whose pronunciation, writing are different, the meaning of which is different from each other by a number of features, such as the subtleties of additional meanings, the application of emotional meaning, the meaning of which is identical. The present tense imposes a number of tasks on linguists and teachers in the theoretical and practical study of synonyms in English. And this requires the consideration of some measures of the process of teaching English, establishing colloquial relations. It consists in creating an understanding of the use of synonyms in English by students and students

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SINONIM SO'ZLARINING QIYOSIY TAHLILI ASNOSIDA LUG'AVIY ZAXIRANI RIVOJLANTIRISH»

INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SINONIM SO'ZLARINING QIYOSIY

TAHLILI ASNOSIDA LUG'AVIY ZAXIRANI RIVOJLANTIRISH

Nodira Timur qizi Baltayeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola ingliz va o'zbek tillarida sinonim so'zlarining qiyosiy tahlili asnosida lug'aviy zaxirani rivojlantirish haqida, sinonimlar so'zning manoli shakllaridan biri bo'lib, talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi manosi bir xil bo'lgan qo'shimcha mano nozikligi, emotsional manosi qo'llanishi kabi bir qator xususiyatlari bilan o'zaro farqlanadigan so'zlardir. Hozirgi zamon ingliz tilida sinonimlarni nazariy va amaliy o'rganishda lingvistlar va o'qituvchilar oldiga qator vazifalarni yuklaydi. Bu esa ingliz tilini o'qitish, so'zlashuv aloqalarini yo'lga qo'yish jarayonini onsonlashtirishning ayrim tadbirlarini ko'rib chiqishni talab qiladi. Talabalar va oquvchilarda ingliz tilida sinonimlarning ishlatilishi haqida tushuncha hosil qilishdan iborat.

Kalit so'zlar: ingliz tili, o'zbek tili, sinonimlar, qiyosiy taxlil, lug'aviy zahira, talaffuz.

DEVELOPMENT OF DICTIONARY RESERVE DURING COMPARATIVE ANALYSIS OF SYNONYMS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

Nodira Timur qizi Baltayeva

Master student of Chirchik State Pedagogical Institute [email protected]

ABSTRACT

This article is about the development of a dictionary reserve during a comparative analysis of synonym words in English and Uzbek languages, synonyms are words whose pronunciation, writing are different, the meaning of which is different from each other by a number of features, such as the subtleties of additional meanings, the application of emotional meaning, the meaning of which is identical. The present tense imposes a number of tasks on linguists and teachers in the theoretical and practical study of synonyms in English. And this requires the consideration of some measures of the process of teaching English, establishing

colloquial relations. It consists in creating an understanding of the use of synonyms in English by students and students.

Keywords: English, Uzbek, synonyms, comparative analysis, dictionary replacement, pronunciation.

KIRISH

Dunyodagi barcha tillarning asosini so'z tashkil etadi. Shuningdek insonlarning nutqi ham aynan shu so'zlarning qo'llanilishiga bog'liq. Nutqimizning ravon bo'lishi va so'zlagan so'zlarimizning takrorlanmasligi uchun so'z boyligimiz ko'p bo'lishi va sinonim so'zlarni qo'llashimizga bog'liq desak mubolag'a bo'lmaydi. Til birliklarining bir xil ma'noga ega bo'lish hodisasasi sinonimiya deyiladi.[1] Sinonimiyaning birligi bir umumiy ma'noga ega bo'lgan so'zlar ya'ni, sinonimlardir. sinonim so'zlar shunchaki xashamdorlik emas, balki tilning chinakam boyligidir. Sinonimlar so'zning ma'noli shakllaridan biri bo'lib, talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma'nosi bir xil bo'lgan qo'shimcha ma'no nozikligi, emotsion ma'nosi qo'llanishi kabi bir qator xususiyatlari bilan o'zaro farqlanadigan so'zlardir. Sinonim so'zlar xaqida so'z borar ekan, biz sinonimlarni tilshunoslikda asosan ideografik va stilistik turlarga bo'lamiz. Ideografik sinonimlar masalan: to understand-to realise, to expect-to anticipate-tushunmoq, anglab yetmoq, kutmoq, oldindan ko'rmoq - bir xil ma'noni anglatadi va bir xil neytral stilistik turga tegishli bo'ladi. Stilistik sinonimlar ularni ba'zida emotsional ekspressiv deb ham atashadi. Stilistik sinonimlar stilistik xususiyatiga ko'ra turli xil ma'noni anglatadi. Masalan: to help - to aid - to assist yordamlashmoq ma'nosini anglatadi. Yuqoridagi ta'riflarga ko'ra, sinonimiya asosan semantik ko'rinish har qanday holatda ham sinonimlarni belgilash stilistik me'zonlar, boshqa me'zonlar va birikadigan sof semantik me'zonlar asosida amalga oshiriladi. Sinonimlar doim kutilmagan birliklarni yoki logik ma'nolarni beradi, shuning uchun sinonimik takrorlash asarni stilistik jihatdan bezaydi. Ideografik sinonim tarjimon eng to'n holatda til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda kambag'alligi, rangsizligidan qochish uchun foydalanadi. Sinonimlar qator bir necha so'zdan iborat bo'lishidan qat'iy nazar unda bir so'z asosiy shu sinonimik qatorning xarakterini belgilovchi so'z bo'ladi. [2] Bu so'z dominanta deb yuritiladi. Sinonimlik qatorining chegarasini belgilashda shuningdek undagi har bir so'zning o'ziga xos xususiyatini ochishda shu qatordagi asosiy so'zni to'g'ri belgilash muhim rol o'ynaydi. Sinonimik qatorda ma'no xajmi boshqalarnikiga nisbatan keng bo'lgan so'z asosiy so'z hisoblanadi. Sinonimik qatorning chegarasini belgilashda asosiy so'z hisobga olinadi, boshqa so'zlar bir-biriga qiyoslanmaydi, balki asosiy so'zga qiyoslanadi. Masalan: accomplish, attain,

gain sinonimik qatorida achive so'zi asosiy so'z hisoblanadi. Biz sinonimlarni sintaktik va morfologik va albatta ko'p e'tiborni manoga berib klassifikatsiya qilishimiz mumkin. Sintaktik analiz qilganimizda bare - yalong'och so'zi insonning yalong'och holatini ifodalaydi va xol vazifasida keladi uning sinonimik qatori naked -yalong'och so'zi ham kesim va aniqlovchi vazifasida keladi. Misol uchun: the child lay bare (Galswarthy "to let"). Bola yalong'och yotibdi. I small naked boys sat on the tables. (Greene). Kichkina yalong och bolalar stollar ustida o'tirgan edi. Ushbu gapda naked sinonim aniqlovchi vazifasida kelyapti. Sinonimlarni morfologik jihatdan uch turga bo'lib o'rganamiz.[4]

ADABIYOTLAR TAHLILI

Odatda, odamlar ingliz tilida so'zning ekvivalentini topish uchun ikki tilli lug'atlardan yordam so'rashadi. Xo'sh, siz lug'atda faqat asosiy so'zning tarjimasini emas, balki barcha ekvivalentlarni boshqaradigan barcha sinonimiy qatorni darhol ko'rsatganingizda. Va agar sizda yo'q bo'lsa, unda siz tanlov bilan xato qilmaslikka harakat qilishingiz kerak bo'ladi. Albatta, muayyan leksemani qo'llash kontekstga bog'liq. Shuning uchun suhbatdoshga nima gapirishni aniq o'ylab ko'ring. Agar siz aniq tarjimani bilsangiz, unda siz qiymatga yaqin bo'lgan ekvivalentni osongina tanlashingiz mumkin. [6]

METODOLOGIYA

Tarjimaning vazifasi so'z va gapning manosini bera bilishgina emas balki avtor uslubining ichki energiyasidan kelib chiqadigan eng nozik va nafis xususiyatlarini, chunonchi badiiy ohang harakat so'z va so'zlar tizmasining zamirida yashirinib yotgan semantik hodisani har bir avtorning o'ziga xos yumor yaratish xususiyatini uning so'z tanlash va so'z biriktirish borasidagi yangiligini badiiy asarni eng muhim xossasi bo'lgan. Obrazlilikni har bir tovush, nutq va vergulning badiiy funksiyasini bilib to'g'ri aks ettirishdan iborat. Ana shunday mayda va nozik til xususiyatlarini tushunmay yoki bunga e'tibor qilmagan tarjimonning to'g'ri tarjima qilishi muhim emas. Masalan: o'lmoq manosidagi dunyodan o'tdi, oyoq cho'zdi, abadiy uyquga ketdi, joni uzildi, joni chiqdi, jon berdi, halok bo'ldi, vafot etdi, bandalikni bajo qildi, omonatni topshirdi. Shu kabi ko'plab sinonim so'z va birikmalar har birini oz o'rnida ishlatish maqul, basharti noo'rin qo'llanilsa, shunda qo'pol xato kelib chiqishi mumkin. [8]

TAHLIL VA NATIJALAR

Biz yuqorida ko rib chiqqan bo limlarda ta kidlab o tilgan umumnazariy mulohazalar. Agar ular aniq muammolarni ko'rib chiqishda zarur ekanligi isbotlansa, unda bu malumotni ishonchli asosda deb qabul qilamiz. Shunday muammolaridan

biri bu - leksik antonimiya muammosidir. Sinonimiya an'anaviy kategoriyalaridan biri bo'lib, nazariy jihatdan u deyarli o'rganib chiqilmagan. Odatda sinonimlar tipik hisoblangan, tahminan olingan misollar orqali umumiy holda aniqlanadi.

0.5. Ahmanova bu muammoga o'z fikrini quyidagicha bildiradi. Tilshunoslikda umum qabul qilingan tushuncha, bu sinonimlar, ya'ni talaffuzi har xil, ma'nosi bir xil yoki ma'nosi bir-biriga mos so'zlardir. A.B. Sharipov bu tarifga aniqliklar kiritadi, "Manosi butunlay mos keladigan, tovush tarkibi bilan farq qiladigan so'zlar sinonimlar emas, bunday moslik tillarda bo'lmaydi". Shunday qilib, sinonimlar -tovush tarkibi bilan farq qiladigan va o'zining o'xshash ma'nolarida u yoki bu farqlarni mujassamlashtirilgan so'zlardir.[10]

XULOSA

Xulosalaydigan bo'lsak, sinonim so'zlar shunchaki xashamdorlik emas, balki tilning chinakam boyligidir. Sinonimlar so'zning ma'noli shakllaridan biri bo'lib, talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma'nosi bir xil bo'lgan qo'shimcha ma'no nozikligi, emotsion ma'nosi qo'llanishi kabi bir qator xususiyatlari bilan o'zaro farqlanadigan so'zlardir. Sinonim so'zlar xaqida so'z borar ekan, biz sinonimlarni tilshunoslikda asosan ideografik va stilistik turlarga bo'lamiz. Ideografik sinonimlar masalan: to understand-to realish, to expect-to anticipate-tushunmoq, anglab yetmoq, kutmoq, oldindan ko'rmoq - bir xil ma'noni anglatadi va bir xil neytral stilistik turga tegishli bo'ladi. Stilistik sinonimlar ularni ba'zida emotsional ekspressiv deb ham atashadi. Stilistik sinonimlar stilistik xususiyatiga ko'ra turli hil ma'noni anglatadi. Masalan: to help - to aid - to assist yordamlashmoq ma'nosini anglatadi. Yuqoridagi ta'riflarga ko'ra, sinonimiya asosan semantik ko'rinish har qanday xolatda ham sinonimlarni belgilash stilistik me'zonlar, boshqa me'zonlar va birikadigan sof semantik me'zonlar asosida amalga oshiriladi.[11]

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Алехина А.И. Семантические группы в фразеологии современного английского языка. - М., 1977. 2. Смиринцкий А.И. Синтаксис английского языка. - М., 1957 3. Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - T., 1975

2. Manba: https: //englishfull.ru/leksika/sinonimy.html

3. Mamatov, A., & Mirzaakbarov, S. B. (2019). UZBEK COMPERATIVE ANALYSIS OF HYPONYMY IN ENGLISH GRADUONYMIC PHRASEMES. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 4(2), 617-625.

4. Mamatov, A. (2020). O'zbek tili frazeologiyasi. Архив Научных Публикаций JSPI.

5. Mamatov, A. (2020). ANTONIMIYA ASOSIDA FRAZEOLOGIK SHAKLLANISH MASALALARI. Архив Научных Публикаций JSPI.

6. Алехина А.И. Семантические группы в фразеологии современного английского языка. - М., 1977.

7. Смиринцкий А.И. Синтаксис английского языка. - М., 1957

8. Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - T., 1975

9. Mirzaakbarov, S. (2021). INGLIZ VA O ZBEK TILIDA SINONIMALARNI O'QITISHNING MUHIMLIGI .

10. Маматов, А. (2020). Фразеологик бирликларнинг семантик-прагматик тадкики. Архив Научных Публикаций JSPI.

11. Mamatova, A. (2020). Frazeologik ma'no: lingvopragmatik yondashuv. Архив Научных Публикаций JSPI.

12. Mamatov, A. (2020). PHRASEOLOGICAL FORMATION AND LEXICALIZATION PHENOMENON. Journal of Critical Reviews, 7(13), 10151018.

13. Mamatov, A., & Boltayeva, B. (2020). ФРАЗЕОЛОГИК БИРЛИКЛАРНИНГ ЛИНГВОМАДАНИЙ ВА СЕМАНТИК-ПРАГМАТИК ТАД^ЩИ. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-100.

14. Mamatov, A. (2020). УЗБЕК ТИЛИ ФРАЗЕОЛОГИЯСИ. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-204.

15. Mamatov, A. (2020). УЗБЕК ТИЛИДА ФРАЗЕМИК НЕОЛОГИЗМЛАР. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.