Научная статья на тему 'FORMIROVANIE REçEVOY KULTURY UCHASHCHIXYA NA UROKAX POVESTVOVANIYA V NACHALNOY SHKOLE'

FORMIROVANIE REçEVOY KULTURY UCHASHCHIXYA NA UROKAX POVESTVOVANIYA V NACHALNOY SHKOLE Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
78
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
СЛОВАРЬ / РЕЧЬ / СВЯЗАННАЯ РЕЧЬ / РАССКАЗ / ВЫРАЗИТЕЛЬНОЕ ЧТЕНИЕ / ЗНАЧЕНИЕ СЛОВ / СИНОНИМ / АНТОНИМ

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ollaberganova S.X., Madraximova D.I.

В этом статье даны важные методы и приёмы при организации уроков чтения в начальных классах, увеличения словарного запаса учащихся, развития связанной речи, формирования литературной речи, культуры речи.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FORMIROVANIE REçEVOY KULTURY UCHASHCHIXYA NA UROKAX POVESTVOVANIYA V NACHALNOY SHKOLE»

Социально-педагогические науки

ФОРМИРОВАНИЕ РЕЧЕВОЙ КУЛЬТУРЫ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ ПОВЕСТВОВАНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ

С.Х. Оллаберганова1, Д.И. Мадрахимова2

Аннотация

В этом статье даны важные методы и приёмы при организации уроков чтения в начальных классах, увеличения словарного запаса учащихся, развития связанной речи, формирования литературной речи, культуры речи.

Ключевые слова: словарь, речь, связанная речь, рассказ, выразительное чтение, значение слов, синоним, антоним.

Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida ona tili va o'qish bolalarning lug'atini boyitish, boglanishli nutqni o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omilidir deyiladi. Bu vazifalar boshlang'ich sinf hikoya o'qish darslarida ham uzviylikda amalga oshirib boriladi. Ma'lumki, hikoya o'qish darslarida ham o'quvchilar ona tilini chuqur egallashlariga katta e'tibor beriladi. Chunki, til - aloqa vositasi, so'zlovchi fikr— mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro'yobga chiqqan fikrni anglatadi. Tilni bilish uning grammatik-qonun-qoidalarini, ta'rifini o'zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilishdir, ya'ni fikrini og'zaki va yozma shaklda to'gri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun hikoya o'qish darslarida hikoya matniga, uning lug'at tarkibi ustida ishlashga alohida diqqat qilish zarur. Metodikada lug'at ishida so'zning ma'nosi, talaffuzi va imlosi e'tiborda tutiladi. Buning uchun o'qituvchi hikoya o'qish darslarida hikoya matnida qo'llangan har bir so'zning ma'nosiga e'tibor bilan qarashi, ularni qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak. Hikoya matnidagi so'z va iboralar ustida ishlanganda, avvalo, ularning to'g'ri talaffuzi, imlosi o'rgatiladi. Shundan so'ng misollar asosida uni mazmuni ochiladi. Ifodali o'qitish orqali atamalarning ma'nosini to'laqonli anglashlariga erishiladi.

Boshlang'ich sinflarda hikoya o'qish darslarida o'quvchilar nutq madaniyatini shakllantirishning muhim vazifalaridan biri hikoya matni va undagi lug'at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo'nalishlarini ajratish va asoslash, o'quvchilarning lug'atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.

O'quvchilar lug'ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi. Hikoya matnidagi yangi so'z va iboralarni o'zlashtirish. Hikoyalarni o'qish jarayonida o'quvchilar ko'pgina narsa va hodisalarning nomi va iboralarni o'rganadilar, o'tkazilgan metodik ishlar natjasida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim so'zlar ma'nosiga aniqlik kiritiladi. Zero, o'quvchilar lug'atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O'qish darslarida o'quvchilar Oybek, G'. G'ulom, X.To'xtaboyev, N.Fozilov, R.Bekniyoz, A.Qahhor, P. Mo'min, Sh. Sa'dulla, F.Musajonov kabi ko'pgina so'z ustalarining asarlarini o'qiydilar. O'zbek tilini yuksak badiiy obrazlar yordamida o'zlashtiradilar. O'qish darsida bolalar lug'ati ma'lum mavzularga oid so'zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug'atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi kamtar, yoqimtoy, shirinso'z, mehribon; haqqoniy, botir, mard, jasur; mehnatsevar kabi ko'pgina so'zlar qo'shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko'p ma'noli so'zlarni, sinonimlar, ko'chma ma'noda ishlataladigan so'zlarni, ba'zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar.

Maxsus metodik ishlar yordamida hikoya matnini o'rganish darslari ko'pgina so'z va atamalarni o'zlashtirishga yordam beradi; bolalar predmet, belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so'zlarni bilib oladilar; bu darslarda o'quvchilar lug'ati tartibga solinadi va lug'atiga aniqlik kiritiladi; ular o'rgangan so'zlaridan o'z nutqlarida

Юллаберганова Санобар Хамидовна - заведующая кафедрой, Ургенчский государственный университет, Узбекистан.

2Мадрахимова Динара Исмоиловна - преподаватель, Ургенчский государственный университет, Узбекистан.

YneHbiH XXI BeKa • 2020 • № 12-1 (71)

foydalana boshlaydilar, natijada lug' atlari faollashadi. Bulardan tashqari, o'qituvchining nutqi ham o'quvchilar lug'atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi. Lug' atni boyitishda hikoyalar juda foydali qo'llanmadir. Boshlang'ich sinf hikoya o'qish darslarida so'zlarning ma'nosini tushuntirish o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini o'stiradi hamda nutq madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. So'zning ma'nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmasligi kerak. Buning uchun o'qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma'nosi tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o'rnida tushuntirishni belgilab oladi. Hikoyadagi matnda birinchi marta uchragan, bolalar ma'nosini bilmaydigan ayrim so'zlar matnni o'qishdan oldin tushuntiriladi.

Hikoya o'qish jarayonida so'z ma'nosini tushuntirish ustida ishlash o'quvchilarning lug'at boyligini kengaytiradi, nutqini ravonlashtiradi, nutq madaniyatini egallashga yo'l ochib beradi.

Ma'lumki, sinonimlar talaffuzi, yozilishi har xil bo'lgan bir umumiy tushuncha(ma'no) ifodalaydigan so'zlardir. Hikoya matnida qatnashgan ayrim so'zlarning sinonimlari ustida ishlash ham o'quvchilar nutqini o'stirib, ularda so'zlarni to'g'ri qo'llash ko'nikmlarini hosil qilishga yordam beradi. Ma'lumki, sinonimlar bir -biridan qo'shimcha ma'no ottenkasi, emotsional bo'yog'i, qo'llanishi jihatidan o'zaro farqlanadi. Katta, ulug', buyuk, zo'r, azim, azamat, ulkan, bahaybat, haybatli,yirik, gigant sinonimik qatorni tashkil qilgan so'zlardan katta so'zi keng tushunchani anglatib, konkret tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi. Osmon, ko'k, samo, gardun so'zlari orasida gardun eskirgan so'z bo'lib, faqat badiiy uslubda ishlatiladi.

Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun sinonim bilan ishlash muhim: lug' atda sinonimlar qancha ko'p bo'lsa, tilning ifodaliligi shuncha ortadi. O'zbek tili - sinonimlarga boy til.

Ma'lumki, boshlang'ich sinflarda ona tili darslarida sinonim haqida nazariy ma'lumot berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amaliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1- sinfdan boshlanadi: o'quvchilar berilgan so'zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga; 2-3-sinflarda esa berilgan so'zning 2-3 sinonimini topib aytishga o'rgatiladi. Bu vazifani hikoya o'qish darslarida ham tizimli amalga oshirib borish maqsadga muvofiqdir.

Nutqni shakllantirishda antonimlar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qarama-qarshi, zid ma'no bildiradigan so'zlar antonimlar deyiladi. Antonimlar belgi bildiradigan so'zlarda ko'p uchraydi. Antonimik munosabat so'z bilan frazeologik birlik (ibora) orasida ham bo'ladi (yalqov - yuragida o'ti bor kabi). Boshlang'ich sinf o'quvchilari antonimlar bilan amaliy tanishtiriladi. Hikoya qahramonlarining xarakter-xususiyatlarini ochib berishda matndagi so'zlarning antonimni topish dars jarayonini qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi. Masalan, Mirkarim Osimning "Kitobga ixlos" hikoyasini o'rganishda ajal, shoh, ruxsat so'zlariga antonim toptirish mumkin. Ko'rinadiki, hikoyalarni o'qib-o'rganishda o'quvchilar lug' atini sinonim va antonimlar bilan boyitish ularga o'z fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishga yordam beradi.

0оüдаAаниAган adaôuëmAap:

1. Uzviylashtirilgan Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi, - Toshkent, 2010.

2. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldasheva SH., Sariyev Sh.

3. Ona tili o'qitish metodikasi. -Toshkent, «Nosir», 2009, 308-bet.

4. Hojiyev A. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati.- Toshkent, 1974.

5. Rahmatullayev Sh. O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati.- Toshkent, 1980.

© C.X. O^^aöepraHOBa, ^.H. MagpaxHMOBa, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.