UDC 82
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA SINONIMLAR TAHLILI
Sh.Q. Sharopova1
Annotatsiya
Bu maqola ingliz va o'zbek tillarida sinonimlarning tahlili yoritib berilgan. Bu maqoladan OTMning xorijiy filologiya yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar foydakanishi mumkin.
Kalit so'zlar: sinonim, affiksal, grammatik, frazeologik, leksik, sinonimik qator, dominanta.
Sinonim-belgi, predmet, shaxs, voqeaning bir necha nomlar bilan aytilishidir. Masalan: odam-inson-bashar- kishi-shaxs; man-person-human.
Sinonimlar tilning leksik sistemasida mustaqil o'z o'rniga ega bo'lib, ularda u yoki bu tilning taraqqiyot darajasi, so'z ko'rinishlari va boyligi aks etib turadi. O'zbek tili ham o'zining katta sinonimik qatlamiga egadir. Bu qatlamga kiruvchi sinonimlar tilimizning lug'at tarkibini boyitish, uni yanada kengaytirish uchun xizmat qiladi. Tildagi sinonimlarni yaxshi egallash va ulardan to'g'ri foydalanish kishi nutqi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Buning natijasida ular o'z fikr va idealarning eng nozik holatlarini, ravon va jozibador o'z nutqlarining hamma ma'no ottenkalarini tushunarli, shirali va ta'sirchan qilib ifodalash sharafiga muyassar bo'ladilar. Hozirgi o'zbek tilidagi sinonimlar, ularning o'ziga xos semantik, grammatik xususiyatlari va ifodalanishi kabi masalalar o'zbek tilida birmuncha o'rganilgan.
Sinonimiya hodisasini leksik sathdagi xususiyatlarini to'rt xil yondashuv asosida tahlil etish an'anaga aylangan. Ma'no tomondan bir xilligi o'zaro paradigmada erkin almashinishi, uslubiy o'xshashligi va kontekstual-matniy bog'liqlik kabi asoslar orqali leksik sinonimiya tadqiq etildi. Mantiqiy bog'liqlik asosida ajratilgan sinonimlar nutqiy jarayonda nutqiy vaziyat bilan bog'liq bo'lgan ma'nolar o'xshashligi orqali belgilanadi. Sinonimiya hodisasiga kategoriya sifatida yondashilsa, uning lisoniy, mazmuniy pragmatik kategoriya ekanligi aniq bo'ladi. Tilning qaysi birliklari o'zaro ma'nodoshlik munosabatiga kirishishiga ko'ra sinonimiyaning 4 ta asosiy ko'rinishi mavjud:
1.Leksik sinonimiya
2.Frazeologik sinonimiya
3.Affiksal sinonimiya
4.Grammatik sinonimiya
So'z bilan so'zning ma'nodoshligi leksik sinonimiya, ibora bilan ibora o'rtasidagi ma'nodoshlik frazeologik sinonimiya, so'z yasovchi qo'shimchalar o'rtasidagi ma'nodoshlik affiksal sinonimiya, grammatik ma'no ifodalovchi qo'shimchalar va qo'shimchalar bilan yordamchi so'z shuningdek, gap bo'laklari, so'z birikmalari gaplar o'rtasidagi ma'nodoshlik grammatik sinonimiya deb ataladi. Masalan:,,barg" va,,yaproq",,,abuse" va "scold" so'zlari leksik sinonimiyaga,,,boshi osmonga yetmoq", "live on one's own fat", "as think as thives" iboralari frazeologik sinonimiya misol bo'ladi.
Affiksal sinonimiya so'z yasovchi qo'shimchalar o'rtasidagi ma'nodoshlikdir. Masalan: -chi va -shunos (tilchi - tilshunoslik); teacher, journalist -liva -ba (odobli-baodob); beautiful, unrecognized P]
Grammatik sinonimiya morfologik sinonimiya va sintaktik sinonimiya kabi qismlarga bo'linadi. Morfologik sinonimiyaning salmoqli qismini qo'shimcha bilan qo'shimcha o'rtasidagi sinonimiya tashkil etadi. Masalan: -yap, -yotir va -moqda (o'qiyapti-o'qiyotir-o'qimoqda); Isee, I hear, I feel, He is speaking, I am walking.
1Шаропова Шахло Кахрамоновна - ассистент, Ташкентский институт ирригации и мелиорации (Бухарский филиал), Узбекистан.
YHeHbiH XXI BeKa • 2016 • № 6-1 (18)
Qo'shimcha va yordamchi so'z o'rtasidagi sinonimiya ham morfologik sinonimiyaning bir bo'lagi bo'lib, uni quyidagi misollarda ko'rish mumkin:
-ga va uchun (akamga oldim- akam uchun oldim); I go to London, I bought this book for my brother.
-da va orqali (telefonda gaplashmoq-telefon orqali gaplashmoq); to speak on telephone, We pass through this way.
Gap bo'laklari, so'z birikmalari va gaplar o'rtasidagi sinonimiya tabiiyki, sintaktik sinonimiya hisoblanadi. Masalan:
l.Bu - Karimning daftari - Bu daftar Karimniki (gap bo'laklari o'zgardi). This is the note-book of Karim. - This note - book is Karim's. 2.Onani hamma sevadi - Onani kim sevmaydi?! (darak gap ritorik so'roq gapga aylanadi). Everybody loves mother- Who doesn't love mother.M
Bir umumiy ma'nosi bilan o'zaro bog'lanuvchi so'zlar guruhi sinonimik qator deb ataladi. Sinonimik qator ikki va undan ortiq so'zdan tashkil topishi mumkin. Odatda sinonimik qatordagi bitta so'z boshqalaridan ko'ra ko'proq qo'llaniladi, uslubiy bo'yoqdorlikka ega bo'lmaydi barcha uslublarda birday ishlatiladi. Sinonimik qatordagi bunday mavqei eng baland so'z dominanta yoki bosh so'z deyiladi. Sinonimik qator odatda bosh so'z bilan boshlanadi. Masalan:
1. Xudo - olloh - haq - tangri-parvardigor Empty-unfilled - unoccupied-void-blank.
2. Kuyosh-kun-xurshid-shams. Style -kind -sort -type-way- manner.
3. Osmon-ko'k-samo- falak- gardun. Principal-main-leading-chief- essential.
Bitta so'z birdan ortiq sinonimik qatorda ishtirok etishi ham mumkin. Lekin buning uchun u ko'p ma'noli so'z bo'lishi kerak. Ko'p ma'noli so'z har bir ma'nosi bilan boshqa- boshqa sinonimik qatorlarda ishtirok eta oladi. Masalan:
1."Bet" so'zi:
•Bet-yuz-aft-bashara-turq-chehra... •Bet- sahifa.
•Bet-qirg'oq-sohil (daryoning narigi beti, soxili, qirg'og'i).
2.Make so'zi:
•Make -create-compose •Make-do •Make- prepare •Make-take-master
Sinonim so'zlar qaysidir jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ular tilda alohida leksik birlik sifatida yashash imkoniyatiga ega bo'ladi. Sinonim so'zlar o'zaro quyidagi jihatlariga ko'ra farqlanishi mumkin.
1. Uslubiy bo'yoqdorligiga ko'ra: xunuk-badbashara; ugly-plain (biri -uslubiy bo'yoqsiz, neytral so'z, ikkinchisi-salbiy bo'yokdor so'z).
2.Uslubiy mansubligiga, ya'ni nutqning qaysi uslubiga mansubligiga ko'ra: odam-kishi-inson-bashar; man-person-human, ko'krak-ko'ks-bag'ir-to'sh-siyna; breast-chest-liver-bosom-heart sinonimik qatorlarda "bashar" va "siyna" so'zlari poetik (badiiy) uslubga xos; pul-aqcha-mullajiring-yakan, o'lmoq-vafot etmoq-qazo qilmoq-qurbon bo'lmoq-halok bo'lmoq-qulamoq; die-pass away- depart-become a victum-perish-fall-get unhinged sinonimik qatorlardagi "mullajiring", "qulamoq" so'zlari so'zlashuv uslubiga xos.
3.Ishlatilish doirasiga ko'ra: qidirmoq-izlamoq-axtarmoq-istamoq; look for-search-seek-wish. Avvalgi uchtasi-umum xalq ishlatadigan so'z, "istamoq"- shevaga xos so'z, ovoz-tovush-sado-sas-un; voice-sound-pronounciation.
4.Ishlatilish davriga ko'ra: o'qituvchi-pedagog-domla-afandi; teacher-educator-mister. Dastlabki to'rttasi zamonaviy qatlamiga mansub "afandi"- eskirgan so'z. Faqat bir so'z turkumiga oid so'zlargina o'zaro sinonimik munosabatga kirisha oladi. [3]
Sinonimiya hodisasini leksik sathdagi xususiyatlarini to'rt xil yondashuv asosida tahlil qilish an'anaga aylangan. Ma'no tomonidan bir xilligi o'zaro paradigma erkin almashinishi, uslubiy o'xshashligi va kontekstual-matniy bog'liqlik kabi asoslar
orqali leksik sinonimiya tadbiq etildi. Mantiqiy bog'liqlik asosida ajratilgan sinonimlar nutqiy jarayonda nutqiy vaziyat bilan bog'liq bo'lgan ma'nolar o'xshashligi orqali belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi adabiy tili. T, 1975.
2. Shoabdurahmonov Sh., Askarova A., va boshqalar Hozirgi adabiy tili. I-tom. T., 1980.
3. Smirnitskiy A. I. Leksikologiya anglizkogo yazika. M.,1956.
4. Galpern I.R. Stylistic.M., 1966.
5. www.google.com
© Sh.K. Sharopova, 2016
UDC 82
ANALISYS OF SYNONYMS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
Sh.K. Sharopova
Annotation.This article is about comparison of the synonyms in Uzbek and English languages. From article can be used by the students of The Ministry of Higher Education of the philology of foreign languages.
Keywords: synonyms, affliction, Grammatik, phraseological, dominate.
© Sh.K. Sharopova, 2016
УДК 82
АНАЛИЗ СИНОНИМОВ В АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ
Ш.К. Шаропова
Аннотация. В данной статье сравниваются синонимы английского и узбекского языков. Студенты ВУЗов направления иностранных языков могут пользоваться данной статьей при подготовке к практическим занятиям.
Ключевые слова: синоним, лексический, доминанта.
© Ш.К. Шаропова, 2016