Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILI LEKSIKOLOGIYASI IQBOL MIRZONING ‘‘BONU’’ ROMANI TAHLILI MISOLIDA'

O‘ZBEK TILI LEKSIKOLOGIYASI IQBOL MIRZONING ‘‘BONU’’ ROMANI TAHLILI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Leksikologiya / metafora / metonimiya / sinekdoxa / vazifadoshlik / omonimlar / sinonimlar / antonimlar / paronimlar. / Lexicology / metaphor / metonymy / synecdoche / function / homonym / synonym / antonym / paronym.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raxmonqulova Sarvinoz Shavkat Qizi

Ushbu maqolada tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi haqida so‘z yuritiladi va leksik ma’no va uning turlari, metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik kabi ma’no ko‘chish turlari, so‘zlarning ma’no munosabatlariga ko‘ra turlari (sinonim, antonim, omonimva paronim) Iqbol Mirzoning ‘‘Bonu’’ romanidan keltirilgan ba’zi misollar asosida tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICOLOGY OF THE UZBEK LANGUAGE AS AN EXAMPLE OF THE ANALYSIS OF IQBOL MIRZA'S NOVEL "BONU"

This article talks about the branch of lexicology of linguistics and lexical meaning and its types, types of transfer of meaning such as metaphor, metonymy, synecdoche and function, types of words according to their semantic relationship (synonym , antonym, homonym and paronym) are analyzed based on some examples from IqbalMirza's novel "Bonu".

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILI LEKSIKOLOGIYASI IQBOL MIRZONING ‘‘BONU’’ ROMANI TAHLILI MISOLIDA»

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

LEXICOLOGY OF THE UZBEK LANGUAGE AS AN EXAMPLE OF THE ANALYSIS OF IQBOL MIRZA'S NOVEL "BONU" Raxmonqulova Sarvinoz Shavkat qizi

Student of the Samarkand State Institute of Foreign Languages sraxmonqulova724@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11213199

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 10th May 2024 Accepted: 17th May 2024 Online: 18th May 2024 KEYWORDS

Lexicology,

metonymy,

function,

synonym,

paronym.

metaphor, synecdoche, homonym, antonym,

This article talks about the branch of lexicology of linguistics and lexical meaning and its types, types of transfer of meaning such as metaphor, metonymy, synecdoche and function, types of words according to their semantic relationship (synonym , antonym, homonym and paronym) are analyzed based on some examples from Iqbal Mirza's novel "Bonu".

ЛЕКСИКОЛОГИЯ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА КАК ПРИМЕР АНАЛИЗА РОМАНА

ИКБОЛА МИРЗЫ "БОНУ" Raxmonqulova Sarvinoz Shavkat qizi

Студентка Самаркандского государственного института иностранных языков

sraxmonqulova724@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11213199

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 10th May 2024 Accepted: 17th May 2024 Online: 18th May 2024 KEYWORDS

Лексикология, метафора, метонимия, синекдоха, функция, омонимы, синонимы, антонимы, паронимы.

В данной статье говорится о разделе лексикологии языкознания и лексическом значении и его видах, типах передачи значения, таких как метафора, метонимия, синекдоха и функция, типах слов по смысловым отношениям (синоним, антоним, омоним и пароним). анализируется на основе некоторых примеров из романа Икбала Мирзы «Бону».

OZBEK TILI LEKSIKOLOGIYASI IQBOL MIRZONING ''BONU'' ROMANI

TAHLILI MISOLIDA

Raxmonqulova Sarvinoz Shavkat qizi

Samarqand davlat chet tillari instituti talabasi

sraxmonqulova724@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11213199 ARTICLE INFO ABSTRACT

é

Ws,

Ushbu maqolada tilshunoslikning leksikologiya bo'limi haqida so'z yuritiladi va leksik ma'no va uning turlari, metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlik kabi ma'no ko'chish turlari, so'zlarning ma'no munosabatlariga ko'ra turlari (sinonim, antonim, omonim va paronim) Iqbol Mirzoning "Bonu" romanidan keltirilgan ba'zi misollar asosida tahlil qilinadi.

paronimlar.

Kirish: So'nggi yillarda eksperimental fonetikaning yuzaga kelishi o'zbek tilshunosligi taraqqiyotining qonuniy natijasi. O'zbek tili leksikologiyasi va frazeologiyasi ham alohida soha sifatida shakllandi. O'zbek tili leksikologiyasi va frazeologiyasining rivojlanishida S.Ibrohimov, F.Kamolov, O.Usmonov, S.Usmonov, Sh.Rahmatullayev kabi tilshunoslarning xizmati katta. 1980-yilda nashr qilingan ''O'zbek tili leksikologiyasi" nomli asar bu boradagi so'nggi yutuqlarni umumlashtirdi [3,32].

Leksikologiya so'z va uning lug'aviy ma'nosi haqidagi bo'lim. So'z va uning lug'aviy ma'nosi bilan bog'liq hodisalar: o'z ma'no va ko'chma ma'no, bir ma'nolilik va ko'p ma'nolilik, so'zning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari (sinonim, omonim, antonim, paronim) leksikologiyada o'rganiladi [4,88].

Leksikologiya barcha tillarning lug'at boyligi taraqqiyotiga xos umumnazariy masalalar bilan birga, ayrim olingan bir tilning lug'at boyligi masalalari bilan ham shug'ullanadi. Shunga ko'ra u dastlab ikki turga - umumiy leksikologiya va xususiy leksikologiyaga bo'linadi.

1. Umumiy leksikologiyada barcha tillarning lug'at tarkibi taraqqiyotini belgilovchi qonuniyatlar ko'riladi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlarining lug'at tarkibiga ta'siri, buning lug'at tarkibida ma'lum o'zgarishlarga olib kelishi, lug'aviy birliklarning zamoniylik, tarixiylik, ekspressiv-stilistik jihatdan qatlamlanishi, ma'lum tematik va leksik-semantik guruhlarga uyushishi kabi jarayonlar barcha tillarga xosdir.

2. Xususiy leksikologiyada muayyan bir tilning lug'at boyligi o'rganiladi: o'zbek tili leksikologiyasi, rus tili leksikologiyasi, nemis tili leksikologiyasi kabi. Xususiy leksikologiya muayyan bir tilning lug'at boyligini tadqiq qilishda umumiy leksikologiya tajribalari va xulosalariga tayanadi [3,126].

Leksik ma'no va uning turlari

So'zlarning leksik ma'nosi to'g'risida gap borganda, dastlab ularning tildagi ma'nolari bilan nutqdagi ma'nolarini farqlash zarur.

Shunday qilib, so'zlarning tildagi ma'nosi ularning nutqdagi ma'nosidan farq qilishi mumkin. So'zlarning tildagi ma'nosi doimiy barqaror bo'lsa, nutqdagi ma'nosi o'zgaruvchan beqaror bo'lib, mavzu bilan uzviy bog'langan bo'ladi [2,105].

Leksik ma'no 4 guruhga bo'lib o'rganiladi. Ular:

1.Atash ma'nosi. So'zlarning tildagi asosiy vazifasi narsa va hodisalami atashdir. Atash ma'nosiga ega bo'lgan so'zlar eshitilganda, kishi ko'z o'ngida atalayotgan narsa gavdalanadi [2,105]. Masalan,

Received: 10th May 2024 Accepted: 17th May 2024 Online: 18th May 2024

KEYWORDS Leksikologiya, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, omonimlar, sinonimlar, antonimlar,

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Dasturxonga men uydan olib kelgan qovun, shaftoli, uzum va non qo'yildi [5,131]. Ushbu gapdagi ajratib ko'rsatilgan so'zlar atash ma'noga misol bo'la oladi.

2.Ko'rsatish ma'nosi. Hamma so'zlar ham atash ma'nosiga ega emas. Ayrim so'zlar faqat narsa va hodisalarni ko'rsatishga xizmat qiladi [2,106]. Misol uchun,

Ammo xayolimga kelgan istihola shuki, aynan mana shu mulohazani Olmos ham ko'nglidan o'tkazib, Tangrining inoyatidan masrur bo'lib, to'rt muchasi sog' jufti halolini bag'riga bosib, qayta-qayta shukronalar keltirmasmikan [5,119]? O'zbek tilida olmosh so'z turkumi atash ma'nosiga ega emas va undan narsa va hodisalarni ko'rsatish uchun foydalamiz. Yuqoridagi gapda keltirilgan shu, mana shu kabi olmoshlar bunga misol bo'ladi.

3.To'g'ri ma'no. Bu ma'no bevosita atalayotgan narsa va hodisani bildiradi [2,106].

Men qaydaki chiroyli daraxtlarni, gullarni, qushlarni, kapalaklarni ko'rsam sizni

so'rab-so'rab kelaverdim [5,19]. Ushbu gapdagi ajratib ko'rsatilgan leksemalar to'g'ri ma'noga misol bo'la oladi.

4.Ko'chma ma'no. Har qanday so'zning ma'nosi bir nechta kichik ma'nolar (semalar)dan tashkil topadi [2,106]. Masalan,

Shu vaziyatda nima qilishim kerak? Nima qila olaman? Bu urg'ochi ayiqqa kuchim yetmasligi aniq. Mabodo biror narsa bilan urib yiqitsam, kimdir ko'rsa, qamalib ketishim ham hech gapmas [5,222]. Ayiq so'zi paxmoq yungli, beso'naqay, katta, sut emizuvchi, yovvoyi, yirtqich kabi semalardan tashkil topgan. Yuqorida keltirilgan gaplardan ma'lumki, bu so'z hayvon ma'nosida emas, balki insonga nisbatan uning yirtqich yoki yovvoyi tabiatga ega ekanligini ko'rsatish uchun qo'llanilgan. Bu so'zni ko'chma ma'noda ishlatishdir. Bu hodisa o'z ichiga metafora, metonimiya, sinekdoxa, funksiyadoshlikni oladi [2,106].

Metafora. Ikki narsaning bir-biriga o'xshashligi asosida bir so'z bilan ikkinchisini atash istiora deyilib, u so'z ma'nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Narsa o'z xususiyat, shakl, harakat, rang, hid, hajm va shu kabi biron belgisiga ko'ra boshqa shu xususiyatlarga ega bo'lgan narsaning nomini oladi [2,106]. Biz metaforani quyidagi xususiyatlariga asoslanib hosil qilamiz:

a) odam tanasi a'zolari:

1.Bir bo'lak tilni og'zimga solib uzo-oq chaynab, zo'rg'a yutdim [5,230].

2.Zarb shunday maromda bo'lishi talab etiladiki, danak og'zi ''qirs'' etgan qisqa tovush bilan nimtabassum yorilishiga erishish lozim [5,121]. Yuqorida keltirilgan birinchi gapda og'iz so'zi o'z ma'nosida qo'llanilgan, ammo ikkinchi gapda bu so'z danak so'zi bilan birikib, bosh ma'no unutilib, hosila ma'noga ega bo'lmoqda. Va bu metaforani hosil qilyapti.

b) kiyimlar va ularning biror qismi:

1.Akam ikkimiz aravadan sakrab tushib, men etagimga, akam cho'ntagiga yo'l yoqalaridagi shag'allardan yig'ib-terib, g'aflatda yotgan Azamatni toshbo'ron qila ketdik [5,48].

2.Hovli etagidagi hammomga kirib borki g'uborlarimdan xalos bo'layin deb uzoq cho'mildim [5,226]. Ushbu gaplarda biz etak so'zining o'z va ko'chma ma'nolarini ko'rib chiqamiz. Birinchi gapda etak so'zi kiyimning pastki, osilib tushib turadigan keng qismi ma'nosida (bosh ma'no) ishlatilgan. Ikkinchi gapda esa bu so'z ko'chma ma'noda, ya'ni quyi qism ma'nosini (hosila ma'no) ifodalash uchun qo'llanilgan.

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

d) shakl o'xshashligi:

1.Yulduzlar shu'lasidan charag'on osmonga qarab hayot qanday go'zal, yashash qanday yaxshi, deb hayqirging keladi va ayni payt ko'zlaringga marjonday yirik yoshlar yig'iladi [5,18].

2.Direktor xonasiga kirsam, ikkita xirsday polis nimalarnidir yozib o'tiribdi [5,165]. Yuqoridagi gaplarda shakl o'xshashligi jihatidan metafora hosil qilinmoqda. Birinchi gapda ko'z yoshlar yirikligi, kattaligi jihatidan marjonga (qimmatbaho buyum, taqinchoq) qiyoslanyapti. Ikkinchi gapda esa polis, ya'ni militsionerlar vazni, kattaligi, beso'naqayligi kabi ayiqqa xos bo'lgan sifatlari borligi uchun unga o'xshatilmoqda. Ba'zi holatlarda ayiq so'zi qo'pol kishilarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Bunday holatlarda bu metaforaning shakl o'xshashligiga emas, balki belgi o'xshashligi jihatidan ma'no ko'chish turiga kiradi.

e) tovush o'xshashligi:

1.Uzoqroqda turgan ahli ayol o'rtasida ''Zavjasi ekan, darrov xabar topibdi, balki, xudo ko'ngliga solib, ko'rgani kelayotganmikan'', degan shivir-shivir boshlandi [5,87].

2.Ammo vaqtiki yetib umid yana uyg'onadi, sahro osmonida beg'am suzgan uvada bulutlar qorniga zarrin nurlar qadalib, yana hayot boshlanadi, qushlar tilga kiradi, qumga quloq bossang, yer ostidagi ildizlar shivirini ilg'ay boshlaysan [5,82]. Bilamizki, shivirlamoq leksemasi jonsiz narsalarga nisbatan qo'llanilmaydi. Birinchi gapda shivir so'zi pichirlab gapirish ma'nosida (o'z ma'no) qo'llanilgan. Ikkinchi gapda esa bu so'z jonsiz narsaga nisbatan qo'llanilib, metafora ma'no ko'chish turini hosil qilgan.

f) belgi o'xshashligi:

1.Ahvolimni ko'rgan Shakarxon opa hali achchiq qahva damlab beradi, hali borib yuzimni sovuq suvda yuvib kelishni buyuradi [5,129].

2.Xonamga tushib bosh og'rig'iga qarshi achchiq choy damlab, bosib-bosib ikki piyola ichdim [5,171].

3.Men bir achchiq gap aytib tezroq xumordan chiqish uchun akamning ortidan yugurdim [5,50]

4.Qarang, bunday achchiq tanbeh aytish uchun shoir qancha aziyat chekkan ekan-a [5,116]! Yuqorida keltirilgan birinchi va ikkinchi gaplarda achchiq leksemasi maza-ta'mga nisbatan ishlatilgan bo'lib, bu uning o'z ma'nosi hisoblanadi. Lekin uchinchi va to'rtinchi gaplarda bu so'z gap, tanbeh so'zlari bilan birikib, kishiga qattiq tegadigan, ko'ngilga ozor beradigan kabi ko'chma ma'nolarni hosil qilish uchun ishlatilmoqda. Bundan tashqari biz achchiq so'zini quyidagi ko'chma ma'nolarni hosil qilish uchun ham ishlatamiz: achchiq gaz, achchiq hid (sezgi a'zolariga qattiq ta'sir qiladigan); achchiq shamol, achchiq sovuq (jazillatadigan, jonni achitadigan); achchiq ko'z yosh, achchiq qismat (g'amli, iztirobli, alamli); turmushning achchiqlari (qiyinchiliklari, mashaqqatlari); achchiq ustida (jahl qo'zg'agan paytda); jon achchig'ida (jon-jahdi bilan).

g) harakat o'xshashligi:

1.- Sochingizni boshqa qirqmang , ayolning yarim husni sochida bo'ladi, - degan edi [5,78].

2.- Unda o'zingni maoshingdan qirqib, hissa chiqarib olaman, - deb tumtaydi direktor, - qarorim shu [5,112]!

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

3.Har bitta gunohing bitta rizqing rishtasini qirqadi [5,200].

4.Nihoyat horib-tolib tashlandiq quduq yoniga yetib kelib qarasa, terskay tarafda yovvoyi qovoq o'sib yotganmish [5,100].

5.Masalan, maktabimiz qo'lga kiritayotgan yutuqlarni ozgina oshirib ko'rsatsak, eshitgan o'quvchining g'ururi o'sadimi [5,110]?

6.O'sha payt Olmos meni qidiribdi, telefonim daragini topibdi deb ko'nglim o'sibdi-yu, yangi raqamimni Shoira opamdan boshqa hech kim bilmasligini o'ylamabman [5,79]. Mazkur gaplarda qirqmoq va o'smoq leksemalari o'z va ko'chma ma'noda qo'llangan holatlari keltirilgan. Qirqmoq fe'li soch so'zi bilan birikib kesmoq ma'nosida qo'llanilishi o'z ma'no hisoblanadi, lekin biz uni kamaytirmoq, qisqartirmoq ma'nosida qo'llasak, ko'chma ma'no hosil bo'ladi. O'smoq leksemasining ham o'simlik yoki insonga nisbatan (bo'yi o'smoq) ishlatilishi bu uning bosh ma'nosidir. Agar ko'tarilmoq, oshmoq, ortmoq ma'nolarida qo'llanilsa, bunda u ko'chma ma'noga ega bo'ladi.

Metonimiya. Narsa va hodisalarning makon yoki zamondagi o'zaro doimiy bog'lanishi asosida birining nomini boshqasiga ko'chirish metonimiya hodisasi deyiladi. Agar metaforada bir predmet bilan ikkinchisi o'rtasida ma'lum xususiyatlarga asoslangan o'xshashlik bo'lsa, metonimiyada ikki predmet o'rtasida doimiy aloqaning mavjudligi sababli biri aytilganda, ikkinchisini tushunish imkonini beradi [2,107 ].

1.''Ilkin chekib..." Bu Lutfiydanmi yo Ogahiydanmidi? Ko'proq Navoiyga tortyapti [5,224]. Ushbu gapda metonimiya muallif va u yaratgan asarlar o'rtasidagi aloqadorlik yuzasidan hosil qilingan. Navoiyga tortyapti deganimizda, shaxs emas, balki uning ijodi nazarda tutiladi.

2.Lora "Barbi"lar orasida o'zicha qo'g'irchoq taxlit o'tirib oladi, men uni ''taniyolmay'', goh unisiga, goh bunisiga gapirib, quchoqlab ko'raman [5,247]. Bu gapda ham Barbi deyilganda, qiz bolaning ismi emas, balki shu nomdagi qo'g'irchoqni tushunamiz.

3.Sakkizinchi "B"da o'qiydigan Olimjon Suyarov degan og'irkarvon bola o'zi to'qigan ''Ustoz'' nomli she'rini radiomiz to'lqinlari orqali taratdi-yu butun maktab shoirga aylandi-qoldi [5,109]. Ushbu gapda "B" deyilganda, harf emas, "B" sinf nazarda tutiladi.

Sinekdoxa (gr. synekdoche - "nisbatlash") yo'li bilan hosil qilingan ko'chma ma'no deganda, biror narsaning nomi bilan uning biror qismini atash va, aksincha, biror narsaning qismi bilan u mansub butunni atash tushuniladi [3,203].

1.Oqsoqollar oldida hijolatpazligim tarqamay turib maktabda yagona xalq maorifi a'lochisi ham ''qora ro'yxat''ga tushdi [5,111].

2.Zargarlarga soting, yoningizda ukangizmi, biror jigaringiz bo'lsin [5,257]. Ushbu gaplarda oqsoqol so'zi orqali soch-soqoli oqargan keksa odam, jigar so'zi orqali yaqin qarindosh, eng yaqin kishi ma'nosi nazarda tutiladi. Ya'ni qism orqali butun ifodalanmoqda.

Vazifadoshlik - semema vujudga kelishining asosiy yo'llaridan biri. Vazifadoshlik asosida semema vujudga kelishi ham, metaforada bo'lgani kabi, o'xshashlikka asoslanadi. Biroq metaforada tashqi ko'rinishdagi o'xshashlikka asoslanilsa, vazifadoshlikda bajariladigan vazifaning o'xshashligi asosida yangi ma'no vujudga keladi [3,205].

1.Jinnimisan, shaytonmisan, astag'firulloh, astag'firulloh! - deb yuzimga qo'lchiroq tutib turibdi [5,74].

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

2.Ammo o'zing xaridor bo'lib kirsang, do'konning shift chiroqlariyam boshqacharoq ko'rinarkan [5,273].

3.Chiroqlari ko'zimni qamashtirib bir mashina g'izillab o'tdi-yu tez orqaga qaytdi [5,212]. Uchala gapda ham qatnashgan chiroq leksemasi vazifa jihatdan yoritish vazifasini bajaradi, faqat ularning bir-biridan farqi shuki, ularning tashqi ko'rinishi o'xshash bo'lmaydi. Vazifadoshlikni hosil qilish uchun 3 shart talab qilinadi. Ular:

a) nomi bir xil bo'lishi: chiroq

b) vazifasi bir xil bo'lishi: yoritish

d) shakli har xil bo'lishi: lampochka, fonus.

Leksik ma'noning kengayishi va torayishi

Ma'lumki, so'zning leksik ma'nosi muntazam o'zgarib turadi va aytib o'tilganidek, u bir qancha mayda ma'nolar - semalardan tashkil topadi. Ana shu semalardan birining tushib qolishi yoki ba'zilarining rivojlanib, boshqa semalarga nisbatan yetakchi vazifani o'tay boshlashi mumkin. Shuningdek, so'zdagi dastlabki ayrim semalar neytrallashib, tushib qolishi ham mumkin. So'z ma'nosining rivojlanishi sifat va miqdor o'zgarishiga, ma'noning kengayishi va torayishiga, hattoki tildan umuman tushib qolishiga olib keladi [2,108].

l.Oshxo'rlar orqavarotdan vaysab-vaysab, xo'jayin to'xtagan zahoti damlari ichiga tushib, maydonni supurishga tushdi [5,197].

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2.Sport maydonchasidagi o'rindiqlarning biriga borib o'tirdik [5,67].

3.Atrofi taxta bilan o'ralgan qurilish maydoni qishgarchilik tufayli huvillab yotibdi [5,196]. Ushbu gaplarda qo'llanilgan maydon leksemasi oldin ochiq yer, sayhonlik ma'nolarida qo'llanilgan va hozirga kelib bu so'z sport, qurilish, futbol, Mustaqillik so'zlari bilan aloqaga kirishadigan bo'ldi. Bu leksik ma'noning kengayishiga misol bo'la oladi.

4.Dilbarning chakagi tikuv moshinday tinmasdi [5,190].

5.Nihoyat bir yantoqzorga yetganda mashina bir siltanib to'xtadi [5,33]. Mashina leksemasi avtomobil ma'nosida ishlatilganda, uning ma'nosi torayadi. Lekin uni kir yuvadigan mashina, tikuv mashinasi, bug' mashinasi kabi ma'nolarda qo'llashimiz bu uning leksik ma'nosini kengayishiga xizmat qiladi.

So'zlarning ma'no munosabatlariga ko'ra turlari

So'zlar ma'no munosabatlariga ko'ra 4 guruhga bo'linadi. Ular: sinonimlar, omonimlar, antonimlar va paronimlar.

Sinonimlar - bir xil yoki bir-biriga yaqin ma'noga ega bo'lgan so'zlar. Sinonimlar bir so'z turkumi doirasida hosil bo'ladi. Masalan,

1.Sezdimki, endi menga osmon begona, endi faqat tushlarimda uchishim mumkin [5,78].

2.Ruhim esa samolarda nurlarga chulg'anib parvoz qilib yurardi [5,25].

3.Biz o'z holimizcha vositasiz falakka ko'tarila olmaganimizdek, o'lmay turib zamin bag'riga ham butkul kirolmaymiz [5,10].

4.Ana shunday ertaknamo oqshomlardan birida ko'kdan yulduz tushganday u paydo bo'ldi [5,18].

5.Chunki ruhim fazoda bo'ldi, vujudim yerdan jilmadi, boshim sajdada bo'ldi, jismim dunyodan uzilmadi [5,86]. Ushbu gaplardagi osmon, samo, falak, ko'k, fazo kabi so'zlar

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

sinonimlar hisoblanib, ular sinonimik qatorni hosil qiladi. Bu sinonimik qatordagi dominanta so'z osmon leksemasidir. Chunki u betaraf ma'noli so'z hisoblanadi.

Sinonimlar bir narsa yoki hodisaning har xil belgilarini nazarda tutib ifodalashi tufayli doimo ham biri o'rnida ikkinchisini qo'llab bo'lmaydi, qo'llangan taqdirda ham ularning ma'nolari bir-biriga aynan to'g'ri kelmaydi [2,109].

Omonimlar - yozilishi va o'qilishi bir xil, ma'nosi har xil bo'lgan leksemalar. Omonimlar bir so'z turkumi doirasida ham, turli so'z turkumi doirasida ham hosil bo'lishi mumkin. Jumladan,

1.Qadim zamonda bir donishmandning shogirdi daryodan suv olib qaytayotsa, ot choptirib kelayotgan askar uning ko'zasini bir qamchi urib sindirib, o'zi sohilda qo'nib, otini sug'ora boshlabdi [5,209].

2.Uning bor-yo'q ''beadabligi'' - hali tug'ilmagan bolalarimizga ism tanlagan edi: bir o'g'il, bir qiz bo'lar, o'g'il unga, qiz menga o'xshar, bolaga O'ktam deb, qizaloqqa Sevinch deb ot qo'yardi [5,31]. Ushbu gaplardagi ot leksemasi omonim bo'lib, biri hayvon, biri ism ma'nosida qo'llanilgan. Bu omonimlar bir so'z turkumi doirasida, ya'ni ot so'z turkumi doirasida hosil bo'lgan.

3.Yoshni nima ahamiyati bor, nafas olsa bo'ldi-da, - deb ikki hatlab yo'limni to'sib, chiroqni o'chirdi [5,207].

4.Ko'pni ko'rgan donishmand: ''Bor, hech bo'lmaganda achchiq so'z aytib, alamingni to'kib kel'',deb yana jo'natibdi [5,209]. Ushbu gaplarda bor so'zining omonimligini ko'rishimiz mumkin. Birinchi gapdagi bor so'zi modal so'z, ikkinchi gapdagi bor leksemasi fe'lning ikkinchi shaxs buyruq mayli shakli bo'lib, ular turli so'z turkumi doirasida omonimlikni hosil qilgan.

Omofonlar - bir xil talaffuzga, lekin har xil yozilishga ega bo'lgan so'zlar [1,163]. Masalan,

l.Oldimda to'rt opam va bir akam bor, men kenjatoy, ''dadasining erkasi'' edim [5,10].

2.Ikki xil salat, meva-cheva, tort, pitssa, shokolad va yana... Shampan vinosi [5,180]. Ushbu gaplarda qo'llanilgan to'rt va tort so'zlari bir xil talaffuzga ega bo'lganligi uchun ular omofonlar hisoblanadi.

Omograflar - bir xil yozilishga, lekin har xil talaffuzga va ma'noga ega bo'lgan so'zlar [1,163].

l.Obbo, chap tomondan turdimi, bu qarg'a, nima balo, buncha avzoyi buzuq, sezib qoldimikan deb ko'nglimdan o'tkazdim [5,236].

2.Onam ostonaga o'tirib yig'lagancha mushtumzo'rlarni qarg'adi [5,47]. Yuqorida keltirilgan gaplarda qarg'a (ot so'z turkumi, qush) va qarg'amoq fe'lining ikkinchi shaxs buyruq mayli shakli (qarg'a) omograf bo'la oladi. Chunki ular urg'usi bilan farq qiladi. Ular urg'usiz yozilgandagina omograflar sanaladi. Urg'u belgisi qo'yilganda ular omograf hisoblanmaydi.

Antonim atamasi yunoncha so'zdan olingan bo'lib, u ''qarama-qarshi nom'', ''zid nom'' degan ma'nolarni bildiradi. Demak, antonimlar tillardagi qarama-qarshi ma'noni anglatuvchi so'zlardir [2,112].

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

1.Bir hafta yonida bo'ldim, ko'nglini olishga urindim, ozroq pul bilan ro'zg'origa ko'maklashdim [5,155].

2.Har safar akangni oldiga borishga bir milliondan ko'proq pul ketyapti, - dedi opam o'ziga o'zi gapirgandek [5,106].

3.Lena qo'lini zo'rg'a ko'tarib, ''menga baribir'' deganday qisqa va past tovushda ''ah'', deb qo'ydi [5,219].

4.Bu mo'jizakor makon cho'li biyobonning naqd o'rtasida voqe' bo'lib, masjidga o'xshab qurilgan xonaqolar, katta-katta, keng va uzun ayvonlardan iborat edi [5,72]. Ushbu gaplarda ozroq va ko'proq, qisqa va uzun leksemalari antonimlikni hosil qilmoqda.

Antonimlar nutq jarayonida keng ishlatilib, rang-barang tushunchalarni ifodalash uchun qulay vositalardir. A.A. Reformatskiyning fikricha, ular kuchli, katta ahamiyatga ega bo'lgan stilistik vositalardir. Antonimlarni o'rinli ishlata bilish nutqning rang-barangligini, o'tkirligini, ifodaliligi va ta'sirchanligini oshiradi. So'zlarning sinonim va antonimlarini bilish, so'zlarning turli ma'nolarini aniqlashga yordam beradi [2,113].

Aytilishi (talaffuzi) bir-biriga o'xshash, ammo yozilishi va ma'nosi har xil bo'lgan so'zlar paronimlar deyiladi [4,95].

1.Fashistlar konslageridagi juhud asirlardan farqi qolmabdi [5,262].

2.O'rta asr Yevropasida inkvizisiya hukmi bilan go'zal ayollarni jodugarlikda ayblab, tiriklay yondirishgan [5,23].

3.U menga qiziqish bilan sinchkov razm solar, gohida peshonasidagi oq dog'larini yashirish uchun do'ppisini tepasidan bosib-bosib qo'yardi [5,156].

4.Bonujon, kitoblarni taxla desam, haliyam rasmini tomosha qilib o'tiribsanmi [5,185]? Ushbu gaplarda asir va asr, razm va rasm leksemalari paronimlikni hosil qilgan. Paronimlarda leksemalar tarkibidagi fonemalar miqdori teng bo'lishi ham (rasm va razm), teng bo'lmasligi ham (asir va asr) mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, leksikologiyaning asosiy vazifasi tilning lug'at boyligi bilan shug'ullanishdir. Shu bilan bir qatorda u so'zning o'z va ko'chma ma'nolarini, so'zlarning ma'no qirralarini ham o'rganadi. Nutqimizda ko'chma ma'noli so'zlarni, antonim, sinonimlardan to'g'ri foydalanish nutqning ta'sirchanligini, rang-barangligini, ifodaliligini oshirishga xizmat qiladi. Badiiy adabiyotda, she'riyatda ham bularning o'rni juda muhim hisoblanadi.

References:

1. Abduazizov.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. - Toshkent: ''Sharq'' nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2010. - 176 b.

2. Irisqulov.M. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent: ''Yoshlar matbuoti'', 2009. - 263 b.

3. Xayrullayev.X. Eshboyeva.O. va Rahmatova.D. Hozirgi o'zbek adabiy tili. O'MM. -Samarqand, 2022. - 258 b.

4. Xolmanova.Z. Tilshunoslikka kirish. - Toshkent, 2007. - 177 b.

5. Iqbol Mirzo. Bonu. - Toshkent: ''Factor books'', 2022. - 288 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.