Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDA “ZAHAR” SEMANTIKASIGA EGA BO’LGAN GAPLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEK TILIDA “ZAHAR” SEMANTIKASIGA EGA BO’LGAN GAPLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
133
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Semantika / pragmatism / “Zahar” semantikasi / nutqiy faoliyat. / Semantics / pragmatism / "Poison" semantics / speech activity.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shokirov, Sherali Ibrohimovich, Bo’riyeva, Ozoda Botirjon Qizi

Maqolada semiotikaning muhim tarmoqlaridan bo‘lmish pragmatika va bu tushunchaning o‘zbek tilidagi gaplarda uning namoyon bo‘lishi haqida mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRAGMATIC CHARACTERISTICS OF SENTENCES WITH THE SEMANTICS OF "ZAHAR" IN UZBEK LANGUAGE

The article discusses the properties of pragmatics as a branch of semiotics and its expression in the utterances ofthe Uzbek language.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDA “ZAHAR” SEMANTIKASIGA EGA BO’LGAN GAPLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'ZBEK TILIDA "ZAHAR" SEMANTIKASIGA EGA BO'LGAN GAPLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Shokirov Sherali Ibrohimovich,

ADU professori Bo'riyeva Ozoda Botirjon qizi,

Farg'ona davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada semiotikaning muhim tarmoqlaridan bo'lmish pragmatika va bu tushunchaning o 'zbek tilidagi gaplarda uning namoyon bo 'lishi haqida mulohaza yuritiladi.

Kalit so'zlar: Semantika, pragmatism, "Zahar" semantikasi, nutqiy faoliyat.

В статье речь идет об особенности прагматики как отрасль семиотики и её проявление в предложениях узбекского языке.

Ключевые слова: Семантика, прагматизм, семантика «Яда», речевая деятельность.

The article discusses the properties ofpragmatics as a branch of semiotics and its expression in the utterances ofthe Uzbek language.

Key words: Semantics, pragmatism, "Poison " semantics, speech activity.

Turli tadqiqotlarda pragmatika tushunchasiga berilayotgan tavsiflar bir-birini to'ldirib, ravshanlantirib borayotgandek tuyuladi. Turli ishlarda qayd etilishicha, pragmalingvistika tilshunoslikning qo'llanishi bilan shug'ullanuvchi, nutqiy vaziyatda ( kontekstda) faollashgan til tizimi haqidagi fan, tilni rejalashtirilayotgan maqsad nuqtai nazaridan tadqiq qiluvchi fan, tilni rejalashtirilayotgan maqsad nuqtai nazaridan nutq aktlarini tavsiflovchi nazariya konversatsion(og'zaki nutq) tahlil nazariyasi, shaxslararo munosabatlarni ifodalovchi lisoniy vositalarni o'rganuvchi soha vohakazo (bu qatorni yana davom ettirish mumkin). Kiseleva so'zi bilan aytganda pragmatika -so'zlovchining voqelikka axborot mazmuniga va adresatga (tinglovchi, o'quvchi) bo'lgan munosabatining lisoniy birlik mazmunidan joy olgan ta'sirchanlik kuchini aniqlovchi fan (nutqiy ta'sir nazariyasi) sifatida tasavvur etuvchilar ham yo'q emas.[Kiseleva 1983].

Pragmatika -semantikaning muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, tilshunoslikning nutq jarayonida paydo bo'ladigan lisoniy hosilalarning qo'llanilishini o'rganuvchi sohasidir. Boshqacha aytkanda, pragmatika ifodalanayotgan fikr bilan so'zlovchi va

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

inson faoliyatini anglatuvchi kontekst o'rtasidagi munosabatlami o'rganuvchi sohadir. Boshqacha aytganda, pragmatika ifodalanayotgan fikr bilan so'zlovchi va inson faoliyatini anglatuvchi kontekst o'rtasidagi munosabatlarni o'rganuvchi sohadir.

Semiotikaning asoschilaridan biri Ch. Morris semiotikaning uch tarmog'ini ajratib ko'rsatadi:1)so'zning o'zi anglatayotgan narsa (semantika) ga, 2)so'zning boshqa so'zlarga bo'lgan munosabati(sintaktika) va 3) so'zning nutq ishtirokchilariga (pragmatika)ga nisbatan bo'lgan munosabati.

Agar semantika so'zlovchi nimani gapirayotganini anglatsa, sintaktika u qay tarzda gapirayotganini anglatadi, pragmatika esa uning (so'zlovchining) nega unday gapirayotganini ifodalaydi.

Tadqiqot jarayonida biz o'zbek tilida "zahar" leksemasining etimologik kelib chiqishiga e'tibor qaratdik. Natijada "zahar" leksemasi va ushbu so'z bilan bog'liq juda ko'plab qiziqarli ma'lumotlar borligi aniqlandi.

E.Begmatov, A..Madvalievlar tahriri ostida chiqarilgan "O'zbek tilining izohli lug'ati"da o'zbek tilida "zahar" so'zi ot so'z turkumiga mansub bo'lib, uning

semantik ma'nolari lug'atdagi ta'rifiga ko'ra fors tilidan olingan bo'lib ["-----" -

og'u, qahr-g'azab] degan ma'nolarni anglatadi. Ushbu lug'atning (Il-jildi)da ot so'z turkumiga mansub "zahar" so'zining quyidagi asosiy ma'nolarini o'rganib chiqamiz:

1. Tirik mavjudotni og'ulab emiruvchi yoki o'ldiruvchi modda, og'u: Masalan: Bu ayol - Razzoq so'fi degan odamning qizi, o'z eriga zahar berib o'ldirgan (CHo'lpon "Kecha va kunduz");

2. ko'chma Og'u singari achchiq, kishi hayotini og'ulaydigan, azobga aylantiradigan narsa, holat: Masalan: Sayfulloga "Havlingizda yegan-ichganim zahar edi, endi maktabda rangim chiqib qoldi", deb ta'na qilarmish (P.Tursun "O'qituvchi").

SHuningdek, "zahar" leksemalarining ham ushbu lug'atdagi ketma-ketlik ma'nolarini o'rganib chiqdik. Izohli lug'atda "zahar" so'zining quyidagi ma'nolari bor [II-tom, 142 b]:

1. Jahl, g'azab, achchig'i kelmoq: Masalan: Hovlida oshqovoq po'choq sudrab o 'ynab yurgan bolani.. ko 'rib, (SHarofatning) zahri biroz tarqaldi (A.Qahhor "Qo 'shchinor chiroqlari "), Qilg'ilikni O 'ktam qiladi-yu, zaharni menga sochasizmi? (Oybek "SHabadalar");

2. Qattiq zarb, achchiq og'riq; Masalan: Ot chidamas achchiq qamchi zahriga (Go 'ro 'g 'li).

3. Juda ham achchiq: Masalan:Zahar ovqat. Zahar tutun;

4. Zahri qotil (o'ldiradigan zahar, o'ldiradigan achchiq): Masalan: Zahri qotil dori;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

5. Ko'chma Kishiga nayzadek botadigan, dilga ozor beradigan: Masalan: Rais ustagi g'azab bilan tikildi-yu zahar to'la kinoya qildi! (SH.Rashidov "Bo'rondan kuchli")/

6. Jahldor, serjahl, qahr-g'azabli (tili achchiq va jizzaki): Masalan: Bay-bay-bay, o 'zi jinqarcha bo 'Isayam, shunaqa zahar qizki, xuddi Zulayxo opangizga o 'xshaydi (O'.Xoshimov "Qalbinga quloq sol")

7. Yomon tomonga o'zgarmoq (ish, holat, sog'liq va sh.k. haqida): Masalan: Ravshanni ishi zaharga to'la, birga ishlasang ziyoni tegadi xolos. (S.Ahmad, Xukm);

Berilgan ta'riflarga qo'shimcha tarzda yana bir lug'at ma'lumotlarini qo'shish mumkin. Z.M. Ma'rufovning 1981 yilda chop etilgan "O'zbek tilining izohli lug'ati"da ot so'z turkumiga kiruvchi "zahar" konseptiga qo'shimcha quyidagi ma'nolarini kuzatamiz [I-tom. 302-303 b]:

• ko'rib bilinadigon xususiyat; Masalan: Muzdek qovunning esangiz organizmni zaharlaydi, ichingizda iringga aylanadi (SH.Rashidov, Bo 'rondan kuchli);

2. Botulizm (konserva va shunga o'xshash qadoqlangan mava-chevalarni muddati o'tgandan so'ng zaharga aylanishi). Masalan:Sarvinozning yozda qadoqlagan barcha tuzlamalari qishga kelguncha zaharga (botulizmga) aylandi(N.Safarov "Yozda yopinchig'ini qo'yma")

Bundan tashqari informantlar orasida o'tkazilgan so'rovnomalarimizda ham ularning 80-90 % "zahar" so'zi nimani anglatadi? degan savolga "inson organizmi ga qattiq ta'sir etuvchi moddayoki narsalarning yaroqsizlantiruvchi " ekanligini, undan so'ng boshqa ma'nolarini tilga oldilar.1 YUqoridagilardan kelib chiqqan xolda "zahar" leksemasining arxisemasi sifatida "ziyon etkazuvchi" ma'nosini tanlab oldik. Uning atrofidagi yondosh semalarni uning variantlari deb xisoblaymiz.

Variant ma'nolar "zahar" arxisemasi bilan yaqin va distant ma'noviy aloqada bo'ladilar. Yaqin variantlar "zaharli" va uning vazifalariga mos keluvchi ma'nolarni ifoda etadilar.

Distant ma'noli variantlar zahar va uning vazifalari, xususiyatlariga xos bo'lmagan semalar majmuidir. Masalan: yoqimsiz, taxir, beo 'xshov.

Demak aytish mumkinki, semantik ma'nosi bilan bir qatorda aytilgan gap (fikr) o'zining pragmatik ma'nosiga ham ega, ya'ni pragmatik vazifani ham bajaradi. Masalan, Jahldor odam yonida turgan kishiga aytgan "Men buni uddalayman" degan gapi ortida vaziyatga ko'ra "Har qanday menga qilgan achchig'u, zaharxandarisiga chidab tura olaman " degan ma'no ham anglashiladi. Bu uning pragmatik ma'nosidir.

HH^opMaffraap cn^arnga HHraro Ba y36eK rn^apn 6yHHHa Myraxaccnc^ap, axo^HHHHr ryp^n h^thmohh KaraaM^apnra ong ryp^n ëmgarn Kumn^ap (®aMH 100 Ha$ap) эrнggн.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Gapning semantik ma'nosi uning funksional-pragmatik ma'nosiga to'la mos tushmaydigan holatlar ham uchrab turadi. Masalan, "Garimdorini shirinidan terib kel" gapi! Zahar singari achchiq qalampir olib kel. YOki ma'nosini taqozo qiladi.

Bunday tipdagi gaplar lisoniy, mantiqiy asosda, nutq vaziyati taqozosi bilan bog'liq holda hosil bo'ladi. Masalan: Toxirni qo 'li zahar -nimani qo 'liga tutsa o'sha narsa ishlamay koladi. Bu gapda lingvistik presuppozitsiya o'rin olayapti, ya'ni ikki iboraning sinonimik qatori hosil bo'layapti.

Do 'stingni zahar yutganmi? - Hozir gapirib beradi, shoshilmang. Bu gapda mantiqiy presuppozitsiya hodisasi o'rin olayapti, ya'ni kishining voqea haqida gapiradimi yo'qmi aniqlayapti.

-Uni zaharlamoqchimisiz? Bu gapda Kelajagini yo'qqa chiqarish uchun yo 'ldan urmang. degan ma'noni anglatyapti, ya'ni situativ presuppozitsiya hodisasi kuzatilayapti.

Biron narsaning yetishmayotgani yoki kamligi haqidagi eslatma o'sha yetishmayotgan narsani to'ldirib qo'yish zarurati haqidagi istakni ifodalashi mumkin. Masalan: Bir chimdim tuz tashlang gapida Ovqatning tuznamagini to 'g'rilab qo 'ying degan ma'no ifodalanadi.

Ushbu vaziyatda semantik jihatdan go'yo ortiqchadek tuyulgan fikrlarni yordamchi vositalar orqali ifodalangan pragmatik ma'noli gaplar deb atash mumkin.

Masalan, "Savodingni zaharlashibdi" degan gapda pragmatik jihatdan biror narsani o'rgatishda xatolik ketganini anglatsa, semantik jihatdan sizga xurmatsizlik ma'nosini ifodalanayapti. Bunday gaplar nutqning turli janrlariida keng miqyosda qo'llaniladi. Ular turli-tuman stilistik ifoda vositalari orqali anglashiladi.

Tilda bunday gaplarning ko'rsatkichlari (indikatorlari) shakllangan. So'roq yuklamasi "-mi"ning qo'llanishi ana shu ko'rsatkich vazifasini bajarsa, "ie" so'zi so'zlovchining hayronligini anglatadi. Bunday gaplar ko'chma ma'noda qo'llanilib, o'ziga xos metafora vazifasini ham bajarishi mumkin. Bunday gaplarni konvensional xarakterdagi gaplar deb ataydilar. - Kechirasiz, mana bularni zaharladizmi? so'roq gapida "Ziyon keltiruvchi xashoratlardan ximoyalab qo'ying" degan ma'nodagi muloyim iltimos ifodalangan. Bunday muloyimlik ottenkasini "mana bularni zaharladizmi" shaklidagi modallik ma'nosini anglatuvchi fe'l bajaradi.

"Zahar" semasiga ega bo'lgan va ot (substantiv), sifat, fe'l, frazeologik birikma (frazema) orqali ifodalangan qo'shimcha (yadroviy ma'noga nisbatan ancha susaygan, undan uzoqlashgan, zaharsiz, sof, toza,kabi periferik ma'nosi orqali bu leksemaning pragmatik xususiyatlari namoyon bo'ladi. Bu holatni quyidagi chizma orqali tasvirlash mumkin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

"Zahar" semasiga ega bo'lgan leksemaning pragmatik xarakterini tirik jonzot istemol qishiga karab turib uning tabiatini, xayot tarzi va umumiy psixik holatini tushunishda ham namoyon bo'ladi. Bunda boshidan kechirayotgan iliqlik, hurmat, g'azab, yovuzlik, baxt, saodat, umid, ishonch, bezovtalik, qo'rquv, xafalik, qiziquvchanlik, samimiylik, olijanoblik kabi ko'plab tuyg'u elementlarini ifodalashi mumkin

"Zahar" leksemasi nutqda turli stilistik vosita sifatida ham qo'llanishi mumkin. Masalan, bu leksemadan metaforik va metonimik modellar yasash orqali nutqda qo'llash mumkin. Masalan, "Zahar - ziyon (jahl, g'azab, achchiq, zarb, serjahl, jizzaki)" metaforik modeli inson tasavvurini chuqur va kenglik o'lchamlariga ega bo'lgan maydon sifatida yuzaga chiqaradi. M.: Baxtga qarshi, tergovchi yosh bo 'Isa ham, sochlari to 'kilib, tepakal bo 'lib qolgan, tirnoqlarigacha jahldor zahar bir odam ekan.

Bundan tashqari "zaharhanda " - so 'zi"kulgi, kinoya" metaforik va metanomik modelda ham keng qo'llaniladi. Achchiq kulgi- deganda insonning ijobiy hislarini ifodalasa, Achchiq kinoya bu - yovuzlik singari salbiy tuyg'ularni ifodalaydi. M.: Xotin xandon tashlab kuldi. Uning bu kulgisi alam bilan zaharxanda aralashga o 'xshardi (S.Ahmad "Asarlar ")

Metaforik modellar bilan bir qatorda "ta'm-maza - inson (odam) " tipidagi metonimik modellar ham qo'llaniladi. M.: SHahano'oh menga emas, mening yurtimga, boyligimga oshiq bo'lgandir, - dedi To'maris zaharxanda qilib (M.Osim "Karvon yo 'llarida ")

O'zbek tilida "zahaf konseptini o'rganish jarayonida quyidagi guruxlarga bo'linishini guvohi bo'ldik. Ular quyidagilar:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

1) zaharga xos fazilatlari: Jahldor, serjahl, g'azabli, tili achchiq, jizzaki; Masalan: Uning nazarida, SHukur Karimovich jahldor, zaharroq odam ko'rinadi (Mirmuxsin "Umid"j;

2) zaharga berilgan sifatlar: Zaharli, zaharsiz, zaharolud, zaharlovchi, zaharxanda, zaharlangan, achchiq zahar, shirin zahar, hidli zahar, xidsi zahar; Masalan: Mashina terimiga ajratilgan paxta maydonlari begona o 'tlardan tozalanmagan.....zaharli ximikatlar tashib olinmagan fGazetadanj;

3) zahari aniqlangan murakkab turlarini tavsiflash: og'u, tamaki, zahar tosh, zahar o 'simlik, zaharli gaz; Masalan: Do 'sting uchun og 'u yut, shirin joning tik (YO.Mirzo "O'g'il mexri");

4) intensivlikning ifodalovchi zahar:zahil rang, ilon po 'sti, chalajon; Masalan: Katya ichkari yurib, rangi zahil, sap-sariq ofitserni ko 'rdi fV.G'ofurov "Vafodor"j;

5) Kimyo fanining davriy jadvalidagi zaharli moddalar:;Uran, toriy, poloniy, radiy, simob, oltingugurd; Masalan: Davlatning uran chiqadigan joylaridan axolini evakuvatsiya qilish kerak fGazetadan)

Yuqorida zikr qilingan mulohzalarga tayangan holda ta'kidlash mumkinki, "zahar" - bu insonlarning qabul qilish va idrokini ifodalovchi muhim persepsiyalardan biri sifatida lisoniy tadqiqot uchun ob'ekt sifatida xizmat qiladi. "Zahar" semasiga ega bo'lgan leksemalar turli so'z turkumlariga mansub bo'lgan leksemalar bilan birlashib, unga yondosh bo'lgan konnotativ ma'nolarni ham ifodalab o'zining pragmatik xususiyatlarini namoyon qiladi. U nutqda qo'llanganda uning pragmatik xarakteri (konnotativ ma'nosi) doim unga hamroh sifatida namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Sh.Safarov.Pragmalingvistika T-2008. 320 b.

2. Sh. Iskandarova. O'zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o'rganish (shaxs mikromaydoni)-filol.fanlari dok. aftoreferat-T. 1999.

3. M. Madvaliev. O'zbek tilining izohli lug'ati. V-jild, , Т.,2020. 402-404 b.

4. Z. M. Ma'rufov. O'zbek tilining izohli lug'ati. II- jild, М.,1981. 440b, I-том, 142 b, II-томЬ.

5. Sh. Shokirov. Turli tizimli tillarda«ko'z» leksik-semantik maydoni va uni tashkil etuvchi til birliklari tipologiyasi. -f.f.f. dok. aftoreferat-T.. 2020.

6. Apresyan Y. D.Коннотация как часть прагматики слова. М.,1988.

7. Sherkulova, J. P., Mustafaev, I. M., Sharopova, M. A., Chariev, R. R., & Eshonkulov, E. Y. (2020). Micromycetes Of Class Leotiomycetes Distributed On

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Ornamental Trees Introduced In The Conditions Of The Southern Part Of Uzbekistan. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.

8. Erkin, E., Dilmurod, M., & Navbakhor, K. (2022). MEDICINAL SCHIZOPHYLLUM COMMUNA FR. THE FIRST REPORT OF THE FUNGUS WHICH IS DISTRIBUTED IN THE TERRITORY OF UZBEKISTAN. Universum: химия и биология, (11-3 (101)), 13-16.

9. Sh, N. G., Salimova, D. E., & Alisherovich, B. A. (2022). RELATIONSHIP BETWEEN DIABETIC NEPHROPATHY AND CARDIAC DISORDERS IN PATIENTS WITH TYPE 2 DIABETES. PEDAGOG, 1(2), 337-340.

10. Shukhratovna, Negmatova Gulnoza, and Salimova Dildora Erkinovna. "THE ROLE OF GASTROINTESTINAL HORMONES IN THE PATHOLOGY OF THE DIGESTIVE SYSTEM." PEDAGOG 1, no. 3 (2022): 408-412.

11. Sh, N. G., Salimova, D. E., Oybekovma, X. S., Qamariddinovna, X. A., & Amin o'g'li, B. J. (2022). ENDOCRINE GLANDS, STRUCTURE, AGE FEATURES, FUNCTIONS. PEDAGOG, 1(2), 341-345.

12. Erkinovna, S. D. (2021, January). Features of the Course of Diabetes Mellitus Type 2 with Arterial Hypertension. In Euro-Asia Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 92-

13. Shukhratovna, N. G., & Erkinovna, S. D. (2023). Features of the Course of Type 2 Diabetes Mellitus in Combination with Arterial Hypertension and Ways to Correct Them. Eurasian Medical Research Periodical, 17, 39-41.

93).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.