Научная статья на тему 'BADIIY MATNDA SO‘ROQ GAPLAR LINGVOPOETIKASI'

BADIIY MATNDA SO‘ROQ GAPLAR LINGVOPOETIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
667
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvopoetika / estetik ta’sirlanish / emotsiya / so‘roq gaplar / ritorik so‘roq gaplar / emotsional-ekspressiv. / linguopoetics / aesthetic impact / interrogative sentences / rhetorical interrogative sentences / emotional-expressiveness.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Yoqubova, Yoqutjon Abdullayevna

Ushbu maqolada so‘roq gaplar haqidagi nazariy ma’lumotlar tahlili hamda so‘roq gaplarning lingvopoetik xususiyatlari misollar asosida ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUOPOETICS OF INTERROGATIVE SENTENCES IN THE ARTISTIC TEXT

In this article, theoretical data on interrogativ sentences are presented on the basis of the analysis and examples of linguopoetics features of interrogative sentences.

Текст научной работы на тему «BADIIY MATNDA SO‘ROQ GAPLAR LINGVOPOETIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BADIIY MATNDA SO'ROQ GAPLAR LINGVOPOETIKASI

Yoqutjon Abdullayevna Yoqubova

Ilmiy tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada so'roq gaplar haqidagi nazariy ma'lumotlar tahlili hamda so 'roq gaplarning lingvopoetik xususiyatlari misollar asosida ko 'rsatilgan.

Kalit so'zlar: lingvopoetika, estetik ta'sirlanish, emotsiya, so'roq gaplar, ritorik so 'roq gaplar, emotsional-ekspressiv.

В данной статье представлен анализ теоретических данных о вопросительных предложениях, а также на примерах показаны лингвопоэтические особенности вопросительных предложений.

Ключевые слова: лингвопоэтика, эстетическое воздействие, эмоции, вопросительные предложения, риторические вопросительные предложения, эмоционально- экспрессивный.

LINGUOPOETICS OF INTERROGATIVE SENTENCES IN THE ARTISTIC

In this article, theoretical data on interrogativ sentences are presented on the basis of the analysis and examples of linguopoetics features of interrogative sentences.

Keywords: linguopoetics, aesthetic impact, interrogative sentences, rhetorical interrogative sentences, emotional-expressiveness.

Ma'lumki, badiiy adabiyot insonning ongi va shuuriga ta'sir qiluvchi, estetik zavq beruvchi san'at turlaridan biridir. Badiiy adabiyotning quroli badiiy so'zdir. Badiiy asar o'qish jarayonida kitobxon ruhiy, hissiy, aqliy ozuqa oladi. Agar kitobxon til ilmi qonun-qoidalaridan xabardor bo'lsa, asarni to'liqroq tushunib his qiladi. Bundan tashqari, tafakkuri, ilmiy salohiyati yanada oshadi. Biroq tilshunos olim M. Yo'ldoshev ta'kidlaganidek, " badiiy matndan estetik ta'sirlanish darajasi hamisha ham bir xil bo'lmaydi. Bu shubhasiz, o'quvchining hayotiy tajribasi,

ЛИНГВОПОЭТИКА ВОПРОСИТЕЛЬНЫХ ПРЕДЛОЖЕНИЙ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТА

АННОТАЦИЯ

TEXT

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

filologik tayyorgarligi, estetik didi va saviyasiga bog'liq".1 Til badiiy asarda o'zining estetik vazifasini to'la namoyon etadi. Badiiy asar tilini tilning aynan estetik vazifasining namoyon bo'lishi tarzida o'rganuvchi soha lingvistik poetika -lingopoetika deb nomlanadi.Lingvopoetika ham adabiyotshunoslik, ham tilshunoslik fanlari erishgan nazariy yutuqlardan foydalangan holda badiiy matn ustida tadqiqotlar olib boradi.2

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Biz ushbu kichik tadqiqotimizda yozuvchi Xayriddin Sultonovning " Dunyoning siri " hamda "Saodat sohili" asarlaridagi so'roq gaplarning lingvopoetik xususiyatini tahlilga tortdik.Ma'lumki, o'zimizga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa haqida axborot olish uchun so'roq gap shaklini tanlaymiz.So'roq gaplar so'roq olmoshlari, so'roq yuklamalari, so'roq ohangi orqali ifodalanadi. O'z navbatida bunday vositatlar yordamida hosil qilingan so'roq gaplar qanday javob talab qilishi bilan bir-biridan farq qiladi. So'zlovchi o'ziga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa haqida xabar bilish, ma'lumot olish maqsadida ishlatiladigan gaplar so'roq gap hisoblanadi.Masalan: Aytgandek, institutni bitirib kim bo'lasiz? (X. S.)3 So'roq gaplar gapning boshqa turlaridan maxsus grammatik vositalari bilan ajralib turadi.So'roq gaplar turli vositalar orqali hosil bo'ladi. So'roq gapni shakllantiruvchi vositalar gapning so'roq vositalari sanaladi. Ular quyidagilardan iborat:

1. So'roq yuklamalari.

2. So'roq olmoshlari.

3. So'roq ohangi.

l.So'roq yuklamalari ( -mi, -chi, -a/-ya). Bu elementlar gapga so'roq tusini beradi. Masalan: Sen ketyapsanmi? Majlis-chi? Sen Sanobar opaning o 'g 'lisan-a? (P.

Q.)

Bu elementlar so'roqni anglatishi jihatidan bir xil emas.Masalan: -chi elementi bilan tuzilgan so'roq gaplar ko'pincha taajjub ottenkasi, -a/-ya, -da,-ku yuklamalari qo'llanganda, taajjub yoki taxmin, ta'kid ottenkasi bo'ladi. So'roq gaplarda -mi yuklamasining qo'llanishi ba'zi xususiyatlarga ega. Bu haqda o'zbek ilmiy grammatikasining asoschilaridan biri A. G'ulomov va M. Asqarovalar "Hozirgi o'zbek adabiy tili " kitoblarida quyidagicha fikr bildirishgan: a) -mi yuklamasini olgan bo'lak doim so'roq obyektini - mazmun jihatidan birinchi o'rinda bo'lgan

1 Hy^gomeB M. EaguuH MaTH OTHraonoeTHKacH. - TomKeHT: «®aH», 2008, 137-6eT.

2 Hy^gomeB M. EaguuH MaTH Ba yHHHr flннгвoпoэтнк Tax^H^H acoc^apu.- TomKeHT: «®aH», 2007, 7-6eT.

3 Xayriddin Sultonovdan keltirilgan misollar yozuvchining ushbu asarlaridan olindi: «Dunyoning siri» - Ziyouz.com. kutubxonasi; «Saodat sohili ».- Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005-yil.

240

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

narsani anglata bermaydi. Ba'zan so'roq boshqa elementda -mi yuklamasini olmagan so'zda bo'lib, bu narsa logik urg'u orqali bildiriladi. Masalan: Sen kinoga borasanmi? ( borish - bormaslik so'raladi). Sen kinoga borasanmi? ( borish o'rni so'raladi).

Tilshunos olimlar N. Mahmudov, A. Nurmonovlar "O'zbek tilining nazariy grammatikasi" deb nomlangan kitoblarida quyidagicha izohlashgan: " So'roq yuklamalari so'roq gap kesimiga qo'shilib, so'roq gapni shakllantirdi. So'roq gapning qaysi qismiga mantiqiy urg'u tushishidan qat'iy nazar, so'roq yuklamasi kesim tarkibida bo'ladi" Masalan:

Onaxon nishon olgani uhun sen juda xursandmisan?

Onaxon nishon olgani uhun sen juda xursandmisan?

Onaxon nishon olgani uhun sen juda xursandmisan?

Ayrim turkiy tillarda, xususan, qorachoy-bolqar tilida mantiqiy urg'u qaysi bo'lakda bo'lsa, so'roq yuklamasi ham shu bo'lak tarkibida bo'ladi. Masalan:

Samolyot bla Ahmadmi ketdi?

Ahmad samolyot blami ketdi?

Ahmad Moskvagami ketdi? 4

So'roq yuklamalari yordamida hosil qilingan gaplarning javobi har doim ham tasdiq yoki inkor shaklida bo'lavermaydi. Bu munosabat bilan " Узбек тили стилистикаси" kitobining mualliflari quyidagilarni yozganlar: " So'roq yuklamalari orqali hosil qilingan so'roq gaplarning javobi hamma vaqt ham tasdiq yoki inkor (ha, yo'q) formalarida bo'lavermaydi. Ba'zan javobda ha, yo'q so'zlarini qo'llab bo'lmaydi: Umuman, ular bilishi kerakmi-yo'qmi? (O'. U.) Bu nima? O'ngimmi yoki tushimmi? ( P. T.) O 'qiysanmi yoki ishlaysanmi? Yana dam olasanmi yo bo 'Idimi? Ba'zan suhbatdosh tasdiqlash yoki inkor qilish o'rniga so'roq beradi. Bu tip gaplar javob-so'roq gap hisoblanadi:

- Siz ham shu yerda o 'qiysizmi, aka? - dedi Elmurod.

- Nimaydi? " 5.

2. So'roq olmoshlari ( kim?, nima?, qachon?, qayer?, nega? va boshqalar): Odamlarsiz qanday yashaysiz? (X. S.)

3. So'roq ohangi so'roq ifodalashning universal vositasidir. U so'roq gaplarning hamma turida ishtirok etadi.Lekin so'roq ifodalovchi maxsus shakliy vositalar ishlatilmaganda, ohang asosiy so'roq ifodalovchi vosita hisoblanadi.Masalan: Suv keldi - Suv keldi?

4 Махмудов Н., Нурмонов А. Узбек тилининг назарий грамматикаси. - Т.: «У^итувчи », 1995, 29-бет.

5 Шомаксудов А., Расулов И., Кунгуров Р., Рустамов X,. Узбек тили стилистикаси. - Т.: «Укитувчи»,1983, 154-бет.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

So'roq ifodalovchi bu uch xil vositaning har biri til sathida umumlashgan tur sifatida so'roq gap modelini, ularning bevosita kuzatish sathidagi namunalari (variantlar) munosabati esa nutq sathida paradigmatik munosabatni hosil qiladi.6

Gaplar ba'zan fikriy jihatdan juda murakkab bo'lishi mumkin: bir gapda ham darak, ham shu bilan bog'langan tuyg'ular anglatilishi mumkin. Masalan: Bahor keldi! Bunda bahorning kelganligini bildirish bilan birga, so'zlovchining bundan shodlanganligini ifodalash ham bor: emotsiyalar odatda o'sha fikrga bog'lab boriladi.7 Ba'zan gaplar ma'noviy jihatdan murakkab bo'ladi.Bir gapda ham so'roq, ham shu bilan bog'langan emotsiyalar ifodalanadi.Masalan: Tuzalib qoldingizmi,axir? Ushbu gapda kutubxonachi kelinchak Qunduzning talaba yigit Muzaffardan tuzalib qolganligini so'rash bilan birga, o'sha fikrini kuchaytirib, ta'kidlab tashvishlanayotganligi ham ifodalangan. Bundan tashqari, so'oq gaplarda so'roq + taajjub, so'roq + buyruq, so'roq + kinoya kabi ko'rinishlarni kuzatishimiz mumkin.Masalan:

1.Taajjub ma'nosi: Odamlarsiz qanday yashaysiz? Shu sovuqda ham keldingizmi?

2.Buyruq ma'nosi: Nega indamaysan?

3.Kinoya ma'nosi: Kim bog'laydi? O'sha "nima" degan so'roqqa javob bo 'ladigan kimsami?

4.Ta'kid ma'nosi: Sharipovmi, Sharopovmi shunaqa fan kanditati bor ekan-ku?

5.Gumon ma'nosi: Defoliatsiya vaqtida... Tog'dapaxta ekilmaydi, defoliatsiyani bilarmikansiz?

So'roq gaplarning bunday ma'nolari tilshunos olimlar N.Mahmudov, A. Nurmonovlarning " O'zbek tilining nazariy grammatikasi" kitobida so'roq gaplar umumlashtiruvchi ma'nosi bilan bir butunlikni hosil qilsa ham, lekin bu so'roq ma'nosi real holda turli variantlar - semalar orqali namoyon bo'lishini ta'kidlashgan va buni misollar orqali ko'rsatib berishgan.

1. Sof so'roq semasi: Qizing kepti, nega aytmading? ( O.Y) Nega daragingiz bo 'ladi? (Mirmuhsin)

2. Taajjub semasi: Shu gaplar rostmi? ( O.)

3. Gumon semasi: Muxbir emasmisiz, mulla aka? (Mirmuhsin)

Besh kunligim bormi, yo'qmi? (Mirmuhsin)

4. Buyruq semasi: To 'yga bormaysizmi? Negayig'laysan? (A.Q. )

6 Ma^MygoB H., HypMOHOB A. Y36eK TH^HHHHr Ha3apnn ipaMMaraKacn. - T.: «YKmyBHH», 1995, 29-6eT.

7 Fy^OMOB A. Cogga ran. - TomKeHT, 1955.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

5. Darak semasi: Agar Makkatillo Farg'onaning yonida bo'lsa,odamlar bormasmidi?

6.Tashvish semasi: Pojarniklar qildan qiyiq axtarishmasmikan? (Mirmuhsin)

7. G'azab semasi: Men bo 'ri bo 'Idimmi? (K.Y.)

8. Kinoya semasi: Pichoqni shu Xolmat uradimi?

So'roq arxisemasi ichidagi bu semalar munosabati so'roq gaplarning mazmuniy paradigmatik munosabatini hosil qiladi.Mazmuniy paradigma ichida birinchi sema so'roq gap uchun markaziy, qolgan semalar esa chegara semalar sanaladi.8

O'zbek tilshunosligida so'roq gaplar 3 turga ajratiladi.Bular:

1. Sof so'roq gaplar.

2. Ritorik so'roq gaplar.

3. So'roq-buyruq gaplar.

Biroq " O'zbek tilining nazariy grammatkasi" kitobida so'roq gaplarning shakl va mazmun munosabati o'rganilib, quyidagicha tasnif qilinadi. Unga ko'ra, so'roq gaplar sof so'roq semasini ifodalaganda uning shakli va mazmuni o'rtasida mutanosiblik bo'ladi. Boshqa holatlarda nomutanosiblik kuzatiladi. So'roq gaplar shakli va mazmuni o'rtasidagi munosabatga ko'ra ikki guruhga bo'linadi:

1) shakl va mazmuni mutanosib bo'lgan so'roq gaplar;

2) shakl va mazmuni nomutanosib bo'lgan so'roq gaplar.

Shakl va mazmuni nomutanosib bo'lgan gaplarning tarkibida so'roq vositalari ishtirok etib, faqat shakl tomondangina so'roq gap sanaladi. Lekin so'zlovchining niyati o'ziga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa haqida so'rash emas, balki o'ziga ma'lum voqea-hodisa haqida axborot berish ( U tengi qizlar hozir front uchun nimalar qilmayapti. ( O.E.), u yoki bu voqeadan ta'sirlanish). Nahotki daryolar oqar teskari? ( G'.G'.), ma'lum voqeani amalga oshirishga da'vat etish (Kirmaysizmi?) bo'ladi. Shunga muvofiq, shakl va mazmuni nomutanosib bo'lgan so'roq gaplar ikki guruhga bo'linadi:

1) so'roq-darak gaplar; 2) so'roq-buyruq gaplar.9

1. Sof so'roq gaplar javob talab qiladigan gaplardir.

-Zohida kim?

-Buxgal ter xotinw

Ritorik so'roq gap tasdiq va inkor mazmuniga ega bo'lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplardir.Ritorik so'roq gaplar ham badiiy matnning emotsional-

8 Махмудов Н., Нурмонов А. Узбек тилининг назарий грамматикаси. - Т.: «Укитувчи», 1995, 29-бет.

9 Махмудов Н., Нурмонов А. Узбек тилининг назарий грамматикаси. - Т.: «У^итувчи », 1995, 30-бет.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10 Misollar Xayriddin Sultonov asarlaridan olindi:«Dunyoning siri» - Ziyouz.com. kutubxonasi; «Saodat sohili » Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005-yil.

243

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ekspressMigini ta'minlovchi uslubiy vositalaridan hisoblanadi.Bunday gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta'kidni kuchaytiruvchi so'zlar keladi. Ular nutqqa ko'tarinki ruh bag'ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta'kidlanishi uc hun xizmat qiladi.Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishini, quvonchini, ajablanishini, shubha va gumonsirashini, g'azab va nafratini ifodalashda juda qo'l keladi.Ichki va tashqi nutqda, monologik va dialogik nutqlarda keng qo'llaniladi.11

Ritorik so'roq gaplarning quyidagi muhim ma'no turlari mavjud:

1) ritorik-tasdiq; 5) ritorik-g'azab;

2) ritorik-inkor; 6) ritorik-gumon;

3) ritorik-taajjub; 7) ritorik-kuchli hayajon.12

4) ritorik-tashvish;

Ritorik so'roq gaplarda ifodalangan fikr sof so'roq emas, so'roq javob talab qilmaydi, balki so'roq orqali hukm ifodalanadi. " Ingliz tili stilistikasi" kitobining muallifi tilshunos L.Boboxonova ritorik so'roq gapda ikki tarkibiy mazmunning, ya'ni so'roq gap va tasdiq gapning to'qnashuvi bir vaqtning o'zida ifodalanishini ta'kidlaydi.13Shuningdek, tilshunos olimlar N. Mahmudov, A.Nurmonovlar "O'zbek tilining nazariy grammatikasi " kitoblarida ta'kidlashlaricha, shakl va mazmuni nomutanosib bo'lgan so'roq gaplarning ikki turi, ya'ni so'roq-darak gaplar va so'roq-buyruq gaplar ayrim tadqiqotlarda ritorik so'roq gaplar ostida birlashtiriladi. 14 Misollar:

Bir kuni bolalar bilan qandaydir mast odam ham unga minibdi. Qo'lida lattaga o 'ralgan pichog 'i bor ekan. Suv o 'rtasiga kelganda delfinning qoq yuragini mo 'ljallab sanchibdi.

—Voy nimaga?

Nimaga deysizmi? Yovuzlikda qachon mantiq bo 'lgan?

Ushbu ritorik so'roq gapda yashirin inkor orqali yovuzlikda mantiq bo'lmaydi degan darak ma'nosi anglashiladi. So'roq gap orqali ifodalangan darak ma'nosi darak gap orqali ifodalangan darak ma'nosidan kuchliroq bo'ladi.

-Hayvonlar "kim?" emas, "nima?" degan so'roqqa javob bo'ladi.Maktabda o'qitishgan-ku?Ammo men aytayotgan delfin boshqacha, "kim?" deb so'rashga arziydigan... Ushbu gapda ritorik-tasdiq ma'nosi ifodalangan.

Bu dard o'lgur sizga qayoqdan yopishdi? Juda yoshsiz-ku?

11 Йулдошев М., Ядгаров Бадиий матннинг лисоний тахлили. - Т., 2007-йил,75-бет.

12 Абдурахмонов F. Узбек тили грамматикаси. - Т.: « Укитувчи», 1966, 17-18-бет.

13 Бобохонова Л. Инглиз тили стилистикаси. - Тошкент: «Укитувчи», 1995,127-бет.

14 Бу хакда каранг: Махмудов Н., Нурмонов А. Узбек тилининг назарий грамматикаси. - Т.: « Укитувчи », 1995, 30-бет.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Berilgan ushbu misollarda taajjub ma'nosi ifodalangan.

Nahot, tole haqiqatan ham undan butkul yuz o'girgan bo'lsa? Nahotki, bir paytlar uning bolalik osmonida juda erta balqigan shamsi saodat endi shu qadar erta botsa?

Keltirilgan ushbu misolda qahramonning ichki nutqi orqali tasdiqning kuchli hayajon bilan ifodalanishini kuzatishimiz mumkin.

Kim biladi deysiz? Kim bilsin,ehtimol, mavlono uning ta'bi nazmini mashq yo'sin abyotini muborakbod etarmidi?

Ushbu gapda ritorik-gumon ma'nosi ifodalangan.

3.So'roq yo'li bilan buyruq ma'nosini ifodalovchi so'roq gaplar so'roq-buyruq gaplar hisoblanadi.So'roq-buyruq gaplar shakl tomonidan so'roq gap hisoblansa ham, mazmunan buyruqni ifodalaydi. Masalan: Ovqatlangani bormaysizmi?

Badiiy asarlarda so'roq gaplar juda faol qo'llanadi. So'roq gaplar asar qahramonlarining monologik, dialogik nutqlarida keltirilib, ularning o'y-xayollari, kechinmalarini ifodalaydi. Yozuvchi ham aytmoqchi bo'lgan fikrlarini qahramonlarning monologik, dialogik nutqlari orqali aniqroq yetkazib beradi.Bundan tashqari, so'roq gaplar asarning ta'sir kuchini oshirib, ma'no-mazmunini, mohiyatini yanada teranroq ifodalashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Abdurahmonov G'. O'zbek tili grammatikasi. - T.: « O'qituvchi», 1966.

2. Boboxonova L. Ingliz tili stilistikasi. - T.: « O'qituvchi», 1995.

3. Mahmudov N., Nurmonov A. O'zbek tilining nazariy grammatikasi. - T.: «O'qituvchi», 1995.

4. Sultonov X. " Dunyoning siri". Toshkent, 2012.

5. Sultonov X. «Saodat sohili». T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005.

6. Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi.- Toshkent: «Fan», 2008.

7. Yo'ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. T.: «Fan », 2007.

8. Yo'ldoshev M., Yadgarov Q. Badiiy matnning lisoniy tahlili.Toshkent, 2007.

9. G'ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - T.: «O'qituvchi», 1965.

10. G'ulomov A. Sodda gap.-Toshkent,1955.

11. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo'ng'urov R.,Rustamov H. O'zbek tili stilistikasi. - T.: « O'qituvchi »,1983.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.