ONA TILI DARSLARIDA "SO'ROQ VA UNDOV GAPLAR" MAVZUSINI GRAFIK ORGANAYZERLARDAN FOYDALANIB O'QITISH USLUBIYOTI
Qodirova Dilnavoz Kozimovna
Navoiy viloyati Nurota tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 2-sonli kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6639108 Annotatsiya. Maqolada kasb-hunar maktabining o 'quvchilari tayyorlashda so 'roq va undov gaplar mavzusini o 'qitish uslubiyoti ko 'rsatib o 'tilgan. Kasb-hunar maktabi tayyorlashda grafik organayzerli metodlar asosida so 'roq va undov gaplar mavzusini o 'qitish metodikasi bayon etiladi.
Kalit so'zlar: gap, so'roq gap, undov gap, darak gap, buyruq gap, istaak gaplar, sof so'roq gaplar, retorik so'roq gaplar.
МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ГРАФИЧЕСКИМ ОРГАНИЗАТОРАМ ПО ВОПРОСУ И ВОПРОСАМ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА Аннотация. В статье показана методика преподавания темы вопросительные и восклицательные предложения при подготовке учащихся ПТУ. В подготовке ПТУ изложена методика преподавания темы вопросительных и восклицательных предложений на основе графических методик-органайзеров.
Ключевые слова: предложение, вопросительное предложение, восклицательное предложение, вопросительное предложение, командное предложение, желательное предложение, чистое вопросительное предложение, риторическое вопросительное предложение.
METHODOLOGY OF TEACHING GRAPHIC ORGANIZERS ON THE
QUESTION AND QUESTIONS IN MOTHER TONGUE LESSONS
Abstract. The article shows the methodology of teaching the topic of interrogative and exclamation sentences in the preparation of vocational school students. In the preparation of the vocational school, the methodology of teaching the topic of interrogative and exclamation sentences based on graphic methods-organizers is described.
Keywords: sentence, interrogative sentence, exclamation sentence, interrogative sentence, command sentence, desirable sentence, pure interrogative sentence, rhetorical interrogative sentence.
KIRISH
O'qitish jarayonida o'quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qo'llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlshga, kommunikativ qobiliyatining o'sishiga, o'quvchilar o'rtasida hissiy aloqa o'rnatilishiga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas'uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o'qishga, fanga, o'zi tanlangan kasbiga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Darak gaplar - Ma'lum voqea, hodisa, belgi-xususiyat haqida tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar beruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi.
Buyruq gaplar- Kesimi buyruq maylidagi fe'llardan ifodalangan gaplar buyruq gap hisoblanadi.
Istak gaplar- Kesimi shart-istak maylidagi fe'llardan foydalangan gaplar istak gaplar sanaladi. Istak gaplar so'zlovchining istak-xohishini ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday gaplar so'zlovchining axborot berishi belgisida ko'ra darak gaplar bilan umumiylikni hosil qiladi. Lekin til sathida o'zining alohida modeli mavjudligi va nutqda konnotativ ma'no ma'lum axborot berish bilan birga, so'zlovchining istagi, xohishini ifodalanishiga ega bo'ladi. Istak gaplar so'zlovchining istagini ifodalaganligi uchun ham u kelgusida bo'lishi orzu qilinayotgan voqea-hodisa, belgi-xususiyat haqida axborot beradi
So'roq gaplar- So'zlovchi o'ziga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa haqida ma'lumot olish maqsadida ishlatiladigan gaplar so'roq gap hisoblanadi. So'roq gaplar gapning boshqa turlaridan maxsus grammatik vositalari bilan ajralib turadi. So'roq gaplarning shakiliy paradigmasi so'roq gaplar xilma-xil vositalar bilan hosil bo'ladi.
So'roq gaplarning mazmuniy paradigmasi
№ So'roq gaplar umumlashtiruvchi so'roq ma'nosi bilan bir butunligini hosil qilsa ham, lekin bu so'roq ma'nosi real holda turli variantlar - semalar orqali namoyon bo'ladi.
1. Sof so'roq semasi: Qizing ketti, nega aytmading?
2. Taajjub semasi: Shu gaplar rosmi?
3. Gumon semasi: Muxbir emasmisiz, mulla aka?
4. Buyruq semasi : To'yga bormaysizmi?
5. Darak semasi: Agar Makkatillo Farg'onaning yonida bo'lsa, odamlar bormasmidi?
6. Tashvish semasi: Pojarniklar qildan qiyiq axtarmasmikin?
7. G'azab semasi: Men bo'ri bo'ldimmi?
8. Kinoya semasi: Pichoqni shu Xolmat uradimi?
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
Ushbu maqolamizda biz kasb-hunar maktablari o'quvchilari uchun samarali metodlar bo'lib hisoblanadi. Umumiy o'rta ta'limini bitirgan o'quvchi berilgan ma'lumotni matn ko'rinishida qabul qilib o'rgangan bo'lsa, kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan o'quvchilarga berilgan ma'lumotni jadval ko'rinishida, yoki aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, grafik organayzerlardan foydalanib o'rgatilsa ijobiy samara beradi.
XULOSA
Bunday natijaga erishish amaliyotda, o'quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarini qo'llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Ushbu yuqorida keltiriladigan zamonaviy metodlar va grafik organayzerlar talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirrishga, raqobatbardosh, estetik tarbiya berishga, talabani psixologik jihatdan o'rganishga, aqliy charchoqlikni olishga, talabalarda yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishga, psixologik iqlim yaratish, muammoni yechishga, yetuk mutaxassis bo'lishlariga hamda mutaxassislarga kerakli bo'lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M., Hozirgi o'zbek adabiy tili.- Toshkent, Fan va texnologiya, 2009.
2. Махмудов Н., Нурмонов Узбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис).-Тошкент: Укитувчи, 1995.
3. Sayfullayeva R. ,Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M., Hozirgi o'zbek adabiy tili. T., Fan va texnologiya, 2009.
4. Махмудов. Н. Нурмонов А.узбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис) Т. Укитувчи 1995.
5. Махмудов. Н. Нурмонов А.узбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис) Т. Укитувчи 1995.