Научная статья на тему 'TOG‘AY MUROD ASARLARIDA RITORIK-SO‘ROQ GAPLARNING QO‘LLANILISHI'

TOG‘AY MUROD ASARLARIDA RITORIK-SO‘ROQ GAPLARNING QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
970
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ritorik-so’roq gaplar / hukm / ekspressivlik / tasdiq / inkor / kinoya / taajjub. / rhetorical interrogation / judgment / expressiveness / affirmation / denial / sarcasm / surprise.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sug‘Diyona Nurali Qizi Soliqulova, Abdishukur Musayevich Shofqorov

Ushbu maqolada ritorik-so‘roq gaplarning nutqimizdagi ahamiyati, ifodalanishi yozuvchi Tog‘ay Murod asarlaridagi o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari misollar asosida ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF RHETORICAL QUESTIONS IN THE WORKS OF MUGAY MUROD

In this article, the importance of rhetorical interrogation in our speech, the expression of the peculiar stylistic features of the works of the writer Togay Murad are illustrated.

Текст научной работы на тему «TOG‘AY MUROD ASARLARIDA RITORIK-SO‘ROQ GAPLARNING QO‘LLANILISHI»

TOG'AY MUROD ASARLARIDA RITORIK-SO'ROQ GAPLARNING

QO'LLANILISHI

Sug'diyona Nurali qizi Soliqulova

Chirchiq davlat pedagogika instituti IV kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Abdishukur Musayevich Shofqorov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ritorik-so'roq gaplarning nutqimizdagi ahamiyati, ifodalanishi yozuvchi Tog'ay Murod asarlaridagi o'ziga xos uslubiy xususiyatlari misollar asosida ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: ritorik-so'roq gaplar, hukm, ekspressivlik, tasdiq, inkor, kinoya, taajjub.

USE OF RHETORICAL QUESTIONS IN THE WORKS OF MUGAY MUROD

In this article, the importance of rhetorical interrogation in our speech, the expression of the peculiar stylistic features of the works of the writer Togay Murad are illustrated.

Keywords: rhetorical interrogation, judgment, expressiveness, affirmation, denial, sarcasm, surprise.

Ma'lumki, yozuvchi va shoirlarning jamiyat oldidagi burchi o'ta mas'uliyatli. Chunki oddiy insonlar ko'zi bilan ko'ra olmaydigan hodisalar, tuyg'ularni ular tafakkur ko'zi bilan ilg'ay olishadi. Tabiat tasviri, obrazlar xilma-xilligi, voqealar rivoji, asarning ma'lum tarbiyaviy ahamiyat kasb etishi ijodkorning mahoratiga bog'liq. Men o'qigan asarlar ichida menga yoqqani Tog'ay Murodning milliyligimizni, o'zligimizni aks ettiruvchi asarlaridir. Tog'ay Murod asarlarining o'ziga xosligi shundaki, asar qahramonlari oddiy odamlardir. Ularning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarida soddalik, oddiylik aks etadi.

Shu bilan birgalika Tog'ay Murod asarlarining til xususiyatlari ham o'ziga xos bo'lib, bu holat adib asarlaridagi qahramonlarning tilida, tabiat va jamiyat tasvirida, voqealarning yanada real aks etishida o'z ifodasini topadi. Jumladan, ritorik-so'roq gaplarning qo'llanilishidagi o'ziga xoslikni, yozuvchining ichki kechinmalarini buyruq, tasdiqlash, tashvish, kuchli hayajon, inkor, taajjub kabi ma'nolar orqali ifodalashga guvoh bo'lamiz.

ABSTRACT

KIRISH

ASOSIY QISM

Ritorik so'roq gaplarda ifodalangan fikr sof so'roq emas, subyekt yangi informatsiya olishini ko'zda tutmaydi, so'roq javob talab qilmaydi, balki so'roq orqali hukm ifodalanadi.

- Ichlaring kir ekan! - dedi bo'ri polvon - enamiz poshikastani Xudo yaratib edi, Xudoning oczi oldi-ketdi. Endi shuni butun dunyoga yoyish kerakmidi?

Ajratilgan gapda -mi yuklamasi orqali endi buni dunyoga yoyish shart emas edi degan yashirin ma'no mavjud. Yoki:

Yo, alhazar! Qabristonga qocl tekkizib bo'ladimi? Qabrni buzib bo'ladimi? Ushbu gapda yashirin inkor orqali ifodalangan ritorik-so'roq gap qabristonga qocl tekkazib bo'lmaydi, qabri buzib bo'lmaydi, bu katta gunoh degan hukm anglashiladi. Uning sintaktik qurilishi gapning logik mazmuniga mos kelmaydi, ritorik so'roq gaplar ekspressiv funksiya bajaradi.

Ritorik so'roq gaplar ko'tarinki, kuchli emotsiya bilan aytiladi. Emotsiya esa, bir tomondan, zaruriyatning aniq texnik shakli bo'lsa, ikkinchi tomondan, individ zaruriyati nuqtai nazaridan vaziyatni baholash, qayta so'zlash, uni zaruriy harakatga tayyorlash mexanizmidir. [4.106]

- Ta 'ziya bu, rais bova, ta 'ziya.

- Ta 'ziya bo 'lsa uyga boradi, gazetaga yozadimi? Yozaman desalaring, ana, xush-xushvaqt kunlarimda yozinglar!

- Yaxshi niyat qiling... - dedi.

- Yaxshi niyat qilmay nima qilyapman?

Oy qaysi oshiqqa bir o'pich berdi? Oy qaysi oshiqqa vafo qildi? Dunyoda nima moil, to'rt oyoqli jonivor mocl! Duch kelmish to'rt oyoq jonivorni qanday bo'lsa, shundayligicha el orasiga kirib bo'ladimi?

Yuqorida ajratilgan gaplarda ham yashirin tasdiq, g'azab, kinoya, taajjub kabi ma'nolar ifodalanib, qahramonlar nutqining jonli chiqishiga va ta'sirchan bo'lishiga xizmat qilgan. Bu gaplar orqali muallif o'zi yaratayotgan obrazlarning o'y-fikrlarini ixcham, ta'sirchan tarzda berishga harakat qilgan.

Tog'ay Murodning asarlari tilining xalq tiliga yaqinligi, so'zlashuv uslubining saqlanib qolinganligi uchun ulardan ritorik gaplarga misollarni istagancha topish mumkin.

- Shu, Bakirboyning Samarqandda o'qiyotgan Jonibek uli kelgan. Yaxshi olishi bor-da. O'tgan yili kelganida Sariosiyoni mom qilib edi.

- Uning kelganini ko'pchilik bilmaydi-ya? Ma 'qul. Ayt, tom ustiga chiqib, o'zini yashirib o' tirsin.

Yoki

Bu parchada uning kelganini hech kim bilmaydi-ya ritorik-so'roq gap orqali javobi ham ichida tasdiq ma'no mujassamlashgan.

- Bo'ri, borma!

- Nega hukm qilasan? Nima, hosilotmisan?!

- Bo'ri, meni jo'ram desang bormaysan.

Nima hosilotmisan?! So'rog'i orqali ham jahl-g'azab, ham yashirin inkor ma'nosi berilgan. Chunki bu gapda hosilot emassan degan mazmunni uqish mumkin.

Men oshnamga ishonib edim, jonivor. U ishonchimni oyoqosti qildi. Qiyomatli oshnangdan shu ish kelgandan keyin o'zgalardan nima umid-u nima xayr?

Hayda, jonivor, yocrtib-yocrtib hayda! Vo ajab, bu qanday dunyo bo'ldi, jonivor? Bu matnda esa ritorik gap orqali taajjub ma'nosi berilgan.

Tog'ay Murod ona tilimizning imkoniyatlaridan mohirona foydalana olish mahorati yuksak degan xulosa qilish mumkin. Shuningek, ritorik gaplardan turli ma'nolarni ifodalab tuzgan diologlarida asar ta'sir kuchini oshirish, ma'no-mohiyatini yanada aniqroq ifodalash kabilarni bajarganini ko'rish mumkin.

Har bir yozuvchining o'ziga xos uslubi uning nafaqat so'z qo'llash mahorati, balki badiiy tasvir vositalaridan, xalqona ibora va hikmatlardan foydalana olishi bilan, balki til sintaktik vositalaridan o'ziga xos tarzda foydalana olishi bilan ham belgilanadi. Badiiy asar obrazliligini oshirishga xizmat qiluvchi sintaktik usul va vositalar qatorida ritorik-so'roq gaplarning alohida o'rni bor. Unda ruhiy evrilishlar, turli murakkab vaziyatlarda personajlarning fikriy ikkilanishlari, murakkab vaziyatda ekanliklarini kitobxonga to'la-to'kis, ta'sirli ifodalab berish, ba'zan kinoya, pichingni ifodalash maqsadida foydalaniladi.

Umuman, Tog'ay Murod asarlarida ritorik-so'roq gaplar juda faol qo'llanib, ular asar qahramonining monologik nutqida uning o'y-xayollari, ichki kechinmalarini yanada ta'sirchan ifodalaydi, asarning badiiy estetik qiymatini oshiradi. Diologik nutqda esa so'zlovchining tinglovchiga ta'sir etish, fikrni tasdiqlatish yoki inkor etish vazifalarini bajaradi. Shu sababli ham Tog'ay Murod o'z asarlarida ritorik so'roq gaplardan unumli foydalangan bo'lsa ne ajab.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Tog'ay Murod. Otamdan qolgan dalalar. - Toshkent: Ziyo nashr, 2020.

2. Tog'ay Murod. Oydinda yurgan odamlar. - Toshkent: Ziyo nashr, 2020.

3. Tog'ay Murod. Yulduzlar mangu yonadi. - Toshkent: Ziyo nashr, 2020.

4. Shomaqsudov A. va boshqalar. O'zbek tili stilistikasi. - Toshkent: O'qituvchi, 1983.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.