Научная статья на тему 'O‘ZBEK TEATR SAN ATIDA MODERNIZATSIYA VA INTEGRATSIYA JARAYONLARI'

O‘ZBEK TEATR SAN ATIDA MODERNIZATSIYA VA INTEGRATSIYA JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Teatr san ati / spektakl / integratsiya / transformatsiya / zamonaviy tendensiyalar / dramaturgiya / rejissura / jahon hamjamiyati. / Theater art / performance / integration / transformation / modern trends / dramaturgy / direction / world community.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Doston Haqberdiyev

Zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda, jahonda ro‘y berayotgan globallashuv jarayoni, integratsion va transformatsion jarayonlar madaniyat va san at sohasining rivojlanishiga katta ta sir o‘tkazmoqda. Maqolada zamonaviy o‘zbek teatr san atidagi modernizatsiya va integratsiya jarayonlari xususida fikr yuritilgan va tahliliy ma lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCESSES OF MODERNIZATION AND INTEGRATION IN THE ART OF UZBEK THEATER

Times are changing rapidly, the processes of globalization, integration and transformation processes taking place in the world have a huge impact on the development of culture and art. The article presents analytical information about the stages of development and integration processes of modern Uzbek theatrical art.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TEATR SAN ATIDA MODERNIZATSIYA VA INTEGRATSIYA JARAYONLARI»

O'ZBEK TEATR SAN'ATIDA MODERNIZATSIYA VA INTEGRATSIYA

JARAYONLARI Doston Haqberdiyev,

Muqimiy nomidagi O'zbekiston davlat musiqali teatr bosh rejissori https://doi.org/10.5281/zenodo.10652718

Annotatsiya: Zamon shiddat bilan o'zgarmoqda, jahonda ro'y berayotgan globallashuv jarayoni, integratsion va transformatsion jarayonlar madaniyat va san'at sohasining rivojlanishiga katta ta'sir o'tkazmoqda. Maqolada zamonaviy o'zbek teatr san'atidagi modernizatsiya va integratsiya jarayonlari xususida fikr yuritilgan va tahliliy ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Teatr san'ati, spektakl, integratsiya, transformatsiya, zamonaviy tendensiyalar, dramaturgiya, rejissura, jahon hamjamiyati.

Аннотация: Стремительно меняются времена, процессы глобализации, интеграционные и трансформационные процессы, происходящие в мире, оказывают огромное влияние на развитие сферы культуры и искусства. В статье представлена аналитическая информация об этапах развития и интеграционных процессах современного узбекского театрального искусства.

Ключевые слова: Театральное искусство, перформанс, интеграция, трансформация, современные тенденции, драматургия, режиссура, мировое сообщество.

Annotation: Times are changing rapidly, the processes of globalization, integration and transformation processes taking place in the world have a huge impact on the development of culture and art. The article presents analytical information about the stages of development and integration processes of modern Uzbek theatrical art.

Key words: Theatrical art, performance, integration, transformation, modern trends, drama, directing, world community.

Jahondagi eng ommaviy va ta'sirchan san'at turlaridan biri bo'lgan teatr asrlar davomida odamlarni insoniylik va ezgulikka chorlab, ularning qalbida olijanob fazilatlar, go'zal his-tuyg'ularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, do'stlik va hamjihatlik, yuksak axloq va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev

Teatr - millat ma'naviyati, ongi va dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiluvchi, xalqning asriy qadriyat va an'analarini mujassam etuvchi beqiyos san'at. Sahnada yaratilgan badiiy obraz o'zining jonliligi, estetik ta'sirchanligi, milliy va umuminsoniy mohiyati bilan tomoshabin ruhiyati, his-tuyg'ulariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma'naviy kamolotida teatrning bu kabi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ezgu g'oya va tushunchalarni sahna san'ati orqali targ'ib qilish, shu yo'l bilan ularda yot g'oyalar va global tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitet hosil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. [1, 18 b.] 1.

2017-yilning 3-avgust kuni Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev yurtimizning ijodkor ziyolilari, adabiyot va san'at namoyondalari bilan uchrashuvda, bevosita ijodiy sohalarda yig'ilib qolgan muammolarni atroflicha tahlil qildi, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif-mulohazalarni bildirdi.

1 Sh.Abdurasulov. "Teatr insenirovkasi va uning ilmiy-nazariy muammolari". "O'zDSMI xabarlari" ilmiy jurnali 2019/1 (9).

"Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" mavzusidagi mazkur muloqotda mamlakatimizda adabiyot, teatr, kino, musiqa, tasviriy san'at va boshqa ijod turlarini rivojlantirish bo'yicha dolzarb fikrlar o'rtaga tashlandi, ochiq va samimiy ruhda o'tgan tadbir yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Yig'ilishda Prezidentimiz teatr san'atidagi mavjud muammolarga ham alohida to'xtalib o'tgan edi: "Aksariyat teatrlarimizning repertuarlari g'oyaviy-badiiy jihatdan nochor, ulardan o'rin olgan spektakllarda bugungi kun nafasi, odamlarni o'ylantirayotgan, hayajonga solayotgan jiddiy ijtimoiy muammolar o'z aksini topmayapti. Afsuski, teatrlarimiz ko'proq maishiy mavzulardagi yengil-yelpi, bachkana asarlar, odamga na ma'naviy oziq, na estetik zavq beradigan tomoshalarni namoyish etishga o'rganib qolgan". 2

Madaniyatimiz ko'zgusi bo'lgan teatr san'atini sof san'at taraqqiyoti nuqtai nazaridan o'rganish, tahlil etish uning serqirra ijod namunalaridan yoshlarni bahramand qilish bugungi kunning dolzarb vazifazidir. Zero, bugungi yosh avlod ya'ni mustahkam e'tiqodga ega bo'lgan shaxs-o'zligini tanigan, millat va xalqini sevuvchi, ona yerini ardoqlovchi, jahon yangiliklaridan xabardor, ozod tafakkurli, milliy g'ururi butun, hayot mashaqqatlaridan cho'chimaydigan, yo'lidan og'ishmay, maqsad sari intiluvchan bo'lishini davrning o'zi talab qilmoqda. Shu bois, teatr san'ati orqali tomoshabin ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi asarlarni yaratib yoshlarga ibrat bo'ladigan, ularni jasorat va matonat ruhida tarbiyalash, san'atga jalb etishida yangi kreativ yondoshuvlar orqali ularning qalbida vatanparvarlik, sadoqat tuyg'ularini shakllantirish teatr san'atining oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.

Mustaqillik davrida O'zbek teatr san'ati milliy qadriyatlarni tiklash jarayoniga qo'l urdi. Sho'rolar davrida taqiqlangan asarlar teatrlarda sahnalashtirildi, yangi zamonaviy asarlar yaratish harakati boshlandi. Turli teatrlarda Fitratning "Abulfayzxon" tragediyasi, To'ra Mirzoning "Amir Temur dramasi", Cho'lponning "Kecha va kunduz" romani, "Yorqinoy" dramasi, Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" va "Mehrobdan chayon" romanlari asosida sahna asarlari yaratildi. Umuman o'zbek teatr san'ati madaniyati yanada rivojlandi. [3, 266.]

Yoshlarni to'g'ri yo'lga boshlashda, ularning ma'naviy olamini yuksaltirishda pand-nasihat bilan kifoyalanib bo'lmaydi. Aynan, tarbiya maskani bo'lgan teatr orqali ko'plab ijobiy natijalarga erishish mumkin. Yoshlarning tasavvuriga milliy g'oya va vatan tuyg'usini singdirishda saxna san'ati samarali ta'sirga ega bo'lib, teatr voqelarni tomoshabin ko'z o'ngiga ro'y-rost namoyon qiladi va ayni xususiyati bilan yoshlarni nigohini bir zumda sehrlab oladi. Shu bilan bir qatorda yoshlar o'z vaqtini behuda o'tkazmaydi, shu jarayonning o'zida ham saxna bezaklari, spektakl aktyorlari, ertak qahramonlari, o'z tengdoshlari hayotini ko'rsatuvchi lavhalar bilan tanishadi. Zero, teatr ma'rifat maskani, tarbiya o'chog'idir. Zero, teatr ma'rifat ulashuvchi, sahna va tomoshabin o'rtasida jonli muloqot o'rnatuvchi maskan bo'lib, bu dargohda yuksak fazilatlar hamda umuminsoniy g'oyalar tarannum etiladi. Ta'sirli spektakl tomoshabinlarga turlicha ta'sir qiladi. Kimdadur kulgi uyg'otadi, hayotga tanqidiy munosabatda bo'lishga o'rgatadi, nozik his-tuyg'ularni paydo qiladi.

Teatr san'ati ma'naviyatning eng yorqin, ta'sirchan ko'rinishlaridan biridir. Hozirgi kunda respublikadagi har bir teatrni takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xalqimiz ma'naviyati va kamolotini oshiruvchi yangi spektakllar yaratish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Zamon shiddat bilan o'zgarmoqda. Buyuk ma'naviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, o'zbek milliy teatri an'analarini izchil davom ettirish, ularni yangi davr talablari

2 Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir". [Prezident SH.M.Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari bilan bo'lgan uchrashuvda so'zlagan ma'ruzasi].// Xalq so'zi. 2017-yil 4- avgust

asosida boyitib borish va rivojlantirish, bu sohadagi ilg'or uslublarni milliy ruh bilan uyg'unlashtirgan holda teatr san'atiga tadbiq etish kabi masalalar juda ham muhimdir. Qolaversa, milliy istiqlol g'oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil, ibratli, zamonga mos sahna asarlari yaratish aynan hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Teatr shunday bir ilohiy dargohki, u odamlarning qalbiga beqiyos ta'sir o'tkazib ularni muqim ezgulik va oliyjanoblikka chorlaydi. Chunki sahna san'atining odamlar nafaqat zavq-shafq baxsh etishi, ayni vaqtda milliy g'urur, milliy iftixor manbai, qudratli tarbiya vositasi ham bo'la olishi - bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Teatrning madaniy hayotimizdagi ulkan vazifasi to'g'risidagi uning o'rnini hech narsa bosa olmasligi haqida, umuman, teatrni ulug'lash, uning ta'sir kuchi haqida ko'p gapirish mumkin.

Mahmudxo'ja Behbudiyning ulkan ilmiy va adabiy merosi, hikmatli o'gitlari bir asrdan oshdiki, xalqimizning ma'naviy hayot yo'lini yoritib kelayotgan mayoqlardandir. Ayniqsa, bu durdonalar yoshlar tarbiyasida beqiyos ahamiyatga ega. Masalan, ulug' ma'rifatparvarning "Teatr — bu ibratxonadir" degan fikrini olaylik. Chindan ham teatr inson tafakkurini yuksaltirishda, xususan yoshlarni ezgulikka chorlash, ularda Vatanni sevish, ota-ona, oila va do'stlikni qadrlash, o'z kasbiga fidoiylik tuyg'ularini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Ya'ni, u insonga hayotiy saboq beradi. Binobarin, joylarda yoshlarni teatrlarga ko'proq jalb qilish, zamon qahramoni obrazi aks etgan spektakllarni ko'proq yaratish, qolaversa, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning ayanchli oqibatlarini kelajagimiz sohiblariga sahna asarlari orqali yetkazishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Negaki, hamma yoshlar ham qonunchilik normalarini o'qish yoki eshitish bilan qaysidir noqonuniy xatti-harakatning mohiyatini teran anglamasligi mumkin. Ammo real voqealarga asoslangan spektakllarda ilgari surilgan g'oyalar nafaqat yoshlar, balki kattalarning ham qalb tubiga yetib boradi. Behbudiyning fikricha, ma'rifat uchun faqat maktab kifoya qilmaydi. Millat uchun oyna kerak, toki unda o'z qabohatini ham, malohatini ham ko'ra olsin. Mana shu haqiqat u kishini teatr tashkil etish, ular uchun asarlar yaratishga undagan. O'zbek dramaturgiyasining ilk namunalaridan biri sanalgan "Padarkush" asari shu tufayli yuzaga kelgan.

Teatr san'ti bevosita tarix bilan bog'liqdir. Uni ilmiy jihatdan o'rganish esa o'ta muhim vazifalardan biridir. Teatr san'atining uzoq va yaqin tarixini qayta ko'rib chiqish, kemtiklarini to'ldirish, ba'zi davrlar, voqealar va sahna asarlarini qayta baholash teatrshunoslarimiz oldida turgan o'ta muhim va dolzarb vazifadir. Tarixni qayta xolis baholash va bundan keyin yanglishmaslik uchun esa to'g'ri dastur va tamoyillar, ya'ni haqiqatni ro'yobga chiqara oladigan ilmiy metodologiyaga tayanib ish ko'rish maqsadga muvofiqdir. [4, 62.]

Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma'naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida keng ^'lamli ishlar amalga oshirildi.

O'zbek teatr san'ati taraqqiyotida milliy madaniy merosga asoslangan manbalar muhim o'rin tutadi. Teatr san'atida milliy madaniy merosni o'rganish masalasi mintaqa teatrlari bilan ijodiy hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash vazifalarini ham oldinga suradi.

"2018-2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yildagi 9-son qarori e'lon qilindi. Unda davlat teatrlarining faoliyatiga doir ko'pgina muhim vazifalar belgilab berildi. E'tiborli jihatlaridan biri shundaki 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har bir davlat teatrida quyidagilarni nazarda tutuvchi sahna asarlari yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi:

yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an'analarni aks ettiruvchi spektakllar;

aholi, oila munosabatlari, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik kabi g'oyalar asosida tarbiyalovchi badiiy yuksak sahna asarlari;

yurtimizning buyuk siymolari, xalqimizning boy tarixi, vatanimiz mustaqilligiga ulkan hissa qo'shgan namoyondalar hayoti va ijodi har tomonlama, chuqur aks ettirilgan sahna asarlari;

davr bilan hamnafas yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi hamda yoshlarning ma'naviy dunyosini mustahkamlaydigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, ibrat bo'ladigan zamon qahramoni obrazini ifodalovchi spektakllar. [5]

Qaysi san'at xalq hayoti va orzu-umidini to'g'ri aks ettirsa hamda ana shu jarayonda xalqning madaniy, adabiy-badiiy merosiga mustahkam tayansa, o'sha san'at hayotbaxsh, o'sha san'at umrboqiydir. Teatr san'atini cheksiz ummonga qiyoslasak bo'ladi. Ushbu tarixiy san'atni to'laqonli anglab yetish uchun uning ichiga chuqurroq kirib borish darkor. Teatr - ma'naviy va ma'rifiy olamimizning ajralmas ruhi, komillikka yetishishda shamchiroq vositalaridan biri desam adashmagan bo'laman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Sh.Abdurasulov. "Teatr insenirovkasi va uning ilmiy-nazariy muammolari". "O'zDSMI xabarlari" ilmiy jurnali 2019/1 (9).

2. "Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" [Prezident SH.M.Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari bilan bo'lgan uchrashuvda so'zlagan ma'ruzasi]. //Xalq so'zi. 2017-yil 4 avgust.

3. U.Qoraboyev.Milliy madaniyat masalalari. -Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti. 2009, 288 b.

4. Istiqlol va milliy teatr. "Yangi asr avlodi". Toshkent 2020-yil. 235 b.

5. "2018-2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yildagi 9-son qarori. Lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.