INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© A.F. XayriddinovalB_
1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institut, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada Yangi O'zbekistonda hududlaridagi teatrlarni rivojlantirishning turli xil muammolari tadqiq etiladi. Unda rivojlanishning o'ziga xos jihatlari muhokama qilinadi.
MAQSAD: teatr san'atining tarixini o'rganish, tadqiq etish, yoshlarni bu sohaga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 5 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2020-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: hududlardagi teatrlarni rivojlantirish eng birinchi navbatda teatr ishini tashkil etish bilan boradi. [ teatr ishini tashkil etish- bu boshqaruv subyektining teatr faoliyatini ta'minlash va uning ishiga maqbul natijalarga erishishga qaratilgan faoliyat] Bu o'rinda, yuqoridagi fikr-mulohazalarimizga xulosa sifatida quyidagilarni tavsiya etishimiz mumkin: birinchisi, teatrning optimal tuzilishini aniqlashga teatr texnologik jarayonlarini qurish; ikkinchisi, teatrni resurslar (kadrlar, moliya, moddiy-texnik baza) bilan ta'minlash; uchinchisi, teatrlar faoliyatida boshqaruvning natijadorlikka olib boradigan usullarini qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi.
XULOSA: davlatimiz tomonidan teatr san'ati rivojiga kata ahamiyat berilmoqda. Va aynan davlatimiz rahbarining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori g'oyat keng qamrovli bo'lib, avvalo milliy musiqa san'atimiz va madaniyatimizni yanada yuksaltirishga chinakam dasturilamal bo'lib xizmat qiladi. Qaror bilan "Inson qadri uchun" ezgu g'oyasi asosida teatrlarda sahnalashtiriladigan kamida 40 ta yangi spektaklga har yili davlat buyurtmasi berilishi biz, soha xodimlarini yanada ruhlantirdi. Va umid qilamanki, teatr sohasi bundanda rivojlanadi.
Kalit so'zlar: madaniyat, teatr, san'at va madaniyat, drama, pyesa, spektakl, tomoshabin, dastur, aktyor, mukofot.
Iqtibos uchun: Xayriddinova A.F. Teatr san'atining tarixi, ma'naviy ahamiyati va mavjud muammolar. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.305-312.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ИСТОРИЯ ДУХОВНОЕ ЗНАЧЕНИЕ И СУЩЕСТВУЮЩИЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕАТРАЛЪНОГО ИСКУССТВА_
© Д.Ф. Хайриддинова1Н 1 Государственный институт искусств и культуры Узбекистана, Ташкент,Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье изучаются различные проблемы развития театров в регионах Нового Узбекистана В нем обсуждаются конкретные аспекты развития.
ЦЕЛЬ: изучать и исследовать историю театрального искусства, повышать интерес молодежи к этой области и устранять возникающие проблемы.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа того, в какой степени студенты могут освоить изучаемую науку и технику, а также влияние легкости и сложности освоения этой науки после обучения, создан корпус из 5 научных статей.Сборник статей 2020-2023 гг., опубликованный в международных и национальных изданиях. академические журналы между годами. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: развитие театров в регионах идет прежде всего с организацией театральной работы. [организация театральной работы-деятельность, направленная на обеспечение театральной деятельности субьекта управления и достижение оптимальных результатов его работы] Здесь, в качестве вывода к нашим вышеизложенным замечаниям, можно рекомендовать следующее:
во-первых, построить театральные технологические процессы для определения оптимальной структуры театра.
второе - обеспечить театр ресурсами (кадрами, финансами, материально-технической базой)
в-третьих, в театрах уместно использовать методы управления, приводящие к результату.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: наше государство придает большое значение развитию театрального искусства. И именно решение главы нашего государства "О дополнительных мерах по дальнейшему развитию сферы культуры и искусства" носит весьма всеобъемлющий характер и, прежде всего, является реальной программой дальнейшего совершенствования нашего национального музыкального искусства и культуры. Как постановлением ежегодна не менее 40 новых пьес, поставленных в театрах на основе благородной идеи "За достоинство человека", получают государственный заказ, что воодушевило нас, работников отрасли. И я надеюсь, что театральная индустрия будет развиваться благодаря этому.
Ключевые слова: культура, театр, искусство и культура, драма, спектакль, публика, программа, актер, награда.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (1)
сс
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Для цитирования: Хайриддинова A.O. История духовное значение и существующие проблемы театрального искусства. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 305-312.
HISTORY, SPIRI^L SIGNIFICАNSE АND EXISTING PROBLEMS OF THEАTRE
© Аsаl F. Xаyriddinovа1H
1Stаte Institute of Arts аnd Culture of ^Ье^ап, Tаshkent, Uzbekistаn_
Annotаtion
INTRODUCTION: in this аг^с1е, vаrious problems of the development of theаters in the regions of New Uzbekistаn аre studied. It discusses specific аspects of development.
АМ: to study аnd reseаrch the history of ^а^, to increаse the interest of young people in this field аnd dim^te the emerging problems.
MАTERIАLS АND METHODS: in order to аnаlyze the extent to which students cаn mаster the science аnd technology they аге studying, аs well аs the influence of the eаse аnd complexity of mаstering this science fer trаining, а corpus of 5 scientific аrticles wаs c^ted. A collection of аrticles 2020-2023, published in ^та^а! аnd nаtionаl publicаtions. аcаdemic journаls between yeаrs. These аrticles were аnаlyzed аnd а compаrаtive аnаlysis wаs obtаined.
DISCUSSION АND RESULTS: the development of toters in the regions goes first of аП with the orgаnizаtion of theаter work. [the orgаnizаtion of theаter work is аn аctivity аimed аt ensuring the theаtricаl аctivity of the mаnаgement subject аnd аchieving optimаl results for his work]. Here, аs а conclusion to our аbove comments, we cаn recommend the following: The first is to build titter technology processes to determine the optol structure of the theаter. The second is to provide the th^ter with resources (personnel, f^nce, mаteriаl аnd technicаl bаse). Thirdly, it is аppropriаte to use mаnаgement methods thаt leаd to results in th^res.
CONCLUSION: our stаte аttаches greаt importаnce to the development of th^ter si! And it is the decision of the heаd of our stаte "On аdditionаl meаsures to further develop the culture аnd srt sphere" thst is very comprehensive, аnd first of аН, it is а reаl progrаm to further improve our nаtionаl music srt аnd culture, serves аs with the decision, аt leаst 40 new plаys stаged in theаtres bаsed on the noble ideа of "For the dignity of mаn" аre given а stаte order every yeаr, which encourаged us, the workers of the industry. And I hope ^t the theаter industry. And, I hope thst the teаcher industry will develop from this.
Key words: culture, toter, srt, drаmа, pisy, performаnce, аudience, progrаm, аctor, аwаrd.
For citation: AssI F. Xаyriddinovа. (2024) 'History, spiritu^ significаnse аnd existing problems of Шва^в', Inter education & global study, (4(1)), pp. 305-312. (In Uzbek).
Inson m^wy otamini yuksаltirishdа, ong vs tаfаkkurini terаnlаshtirishdа teаtr (yunonchа "tomoshаgoh" cheklаngаn joydа bir yoki bir nechtа s^o^ ijro etаdigаn sаhnа ko'rinishi orq^i tomoshаbingа fikr uzаtuvchi sаn'аt j3nridir[1:1] k8tt8 аhаmmiyаt kаsb et8di.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Zero, san'at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go'zal his-tuyg'ularni in'om etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki, tarbiya, madaniyat, ma'naviyat va ma'rifat maskanidir.
Teatr- san'atning eng yorqin janrlaridan biri. Tomosha, spektakl ko'rsatilayotgan joy, spektakl ijro etiladigan, tomoshabinni hayratlantiradigan, o'ylantiradigan, mushohada etishga undaydigan makon hisoblanadi. San'atning turlari ko'p: estrada san'ati, kino san'ati, tasviriy san'at, maqom san'ati, baxshichilik san'ati, xalq amaliy san'ati, lekin hech biri teatrning o'rnini bosolmaydi. Sababi, faqat teatrgina personajlar orqali, iqtidorli aktyorlar orqali tomoshabin bilan muloqot qiladi, so'zlashadi, fikrlashadi. Dramaturgning g'oyasini rejissyor kuchlantiradi, tomoshabinga yetkazib beradigan ijrochilar esa bu g'oyani katta mahorat bilan sahnada jonlantirib berishadi.
Buyuk Shekspirning "Hayot bir sahna, har bir inson unda o'z rolini o'ynaydi" degan so'zi ham bekorga aytilgan emas.
San'atning bu takrorlanmas turi- teatrning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Birinchi marta teatrning sof tomosha ko'rinishi Sharqdan boshlangan. Halol va haromni, savob va uvolni, kun va tunni, oq va qorani, yaxshi va yomonni ajrata olish imkoniyatlarini qahramonlar orqali jonlantirish imkoniyatlari O'rta Osiyo (Markaziy Osiyo), Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Birma, Vyetnam teatr tomoshalarining rang-barangligi keyinroq butun dunyoga teatr san'atini yoyilishiga sabab bo'lgan. Miloddan oldingi asrda Hindistonda paydo bo'lgan ushbu nodir san'at turi - teatr katta rivojlanish yo'lini bosib o'tdi. [2:173]
Dramaturgiya, aktyorlar ijrochiligi rivojlanib, ochiq maydondagi tomoshalar keyinroq muhtasham, yuzlab kishilarga mo'ljallangan qulay va shinam binolarga, sahna ko'rinishi, saxna qulayligiga ega bo'lgan saroylarga ko'chirilgan. Eng muhimi teatr sahnasida ijro etilgan ijrolar xalqning ko'ngliga kirib borgan va shuning uchun ham teatr san'atining yashovchanligini ta'minlagan.
Ijtimoiy hayotni, kechinmalarni, xotiralarni, voqea-hodisalarni, inson ichki kechinmalari-yu, dardu-hasratlarini, ko'ngil izhorlari-yu cheksiz nafratini dramatik xatti-harakatlar orqali aktyorlar tomoshabinga yetkazadilar, dramaturg yoki yozuvchining tasavvurini muayyan bir davr orqali ifodalab beradilar. Dramaturg asarini rejissyor sahnalashtiradi, har bir ijodkorga - aktyorga mahoratiga qarab rollar taqsimlab beriladi, rollarning qoyilmaqom ijrosini esa aktyorning mahorati ko'rsatadi. Sahna dekoratsiyasi, liboslar to'plami, ovoz va chiroq ustalari, rassomlar mehnati, agar asar musiqiy ko'rinishlarga ega bo'lsa orkestr, bastakoru-kompozitorlar, xullas ko'plab ijodkorlar mehnatini yuzaga chiqishi - yangi san'at asarining dunyoga kelishiga sabab bo'ladi.
Teatr zamon qahramonlarini, elu-yurtga fidoyi insonlarning yashash va mehnat tarzini sahna harakatlari orqali xalqqa tanishtiradigan va bu bilan ana shu qahramonlar orqali xalqni tarbiyalaydigan munavvar dargoh. Bu borada birinchi Prezidentimiz I.Karimov 2010 yil Buxoro shahrida qad ko'targan ma'rifat maskani- viloyat musiqali drama teatrining ochilish marosimida nutq so'zlab, "Teatr davr bilan hamnafas yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi asarlarni sahnaga olib chiqishi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
zarur. Farzandlarimizning ma'naviy dunyosini mustahkamlaydigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, oriyatini kuchaytiradigan zamonaviy qahramon obrazini yaratish kerak"- deya ta'kidlagan edi.
Umuman, so'nggi vaqtlarda respublika teatrlari har yili 130 dan ortiq mavzu va janrlarda spektakllar sahnalashtirdi. Hamza (hozirgi Milliy teatr) nomidagi teatrda "Piri koinot", Farg'ona viloyati Y.Shakarjonov nomidagi musiqali drama teatrida "Imom Buxoriy", Andijon viloyati Y.Oxunboboyev nomidagi musiqali drama teatrida "Alpomishning qaytishi", Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida "Jaloliddin Manguberdi" kabi asarlarning sahnalashtirilishi o'zbek milliy sahna san'atining rivojlanishiga ma'lum hissa bo'lib qo'shildi. [3:1]
Poytaxtimizda buyuk dramaturg Vilyam Shekspir asos solgan afsonaviy "Globus"teatri, "Hamlet" fojiasini ingliz tilida namoyish etgani, Buyuk Britaniyaning "Orzu arts", Janubiy Koreyaning "Heboma"teatrlarining Toshkentga tashriflari teatr ixlosmandlarining olqishlariga sazovor bo'ldi.
Shunisi quvonarliki, qisqa fursat ichida bir vaqtlar xalqimiz qalbini zabt etgan mumtoz asarlar yana sahnalarga qaytdi. "Alisher Navoiy" (O'zbek Milliy akademik drama teatri), "Layli va Majnun" (Muqimiy nomidagi o'zbek davlat musiqiy teatri), "Degonimni ulusg'a marg'ub et..." (O'zbekiston Rus akademik drama teatri), "Sab'ai sayyor" (O'zbek davlat drama teatri), "Mirzo Ulug'bek" (H. Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqali drama teatri) kabi sahna asarlari shular jumlasidan.
Teatr jamiyatimizda yuz berayotgan ulkan o'zgarishlarni zamon qahramonlari timsolida tomoshabinga yetkazib berar ekan, beixtiyor tomoshabin ham o'tmishning ibratli bo'larli voqea-hodisalari, bugunning shiddatli jarayonlari, ertaning nurli maqsadlarini ko'z oldiga keltirishi tayin, zotan bir mashhur rejissyorlardan biri aytganidek, "Sahna uzunasiga o'ttiz, eniga yigirma qadam. Biroq bu makonning pardalari ochilgach, unga o'tmish ham, bugun ham, kelajak ham sig'ishi mumkin".
Teatr san'atining drama, opera, balet, satira, hajviy, musiqali drama, radio, televizion teatr, musiqali komediya, operetta teatri, yosh tomoshabinlar teatri, rus dramatik teatri, teatr-studiya, harbiy teatr, qo'g'irchoq teatri, estrada teatri, maydon teatri, bolalar teatri kabi turlari ko'p.
Teatr asarlarining janrlari asosan drama, tragediya, komediya, musiqiy, tarixiy janrlarga bo'linsa, teatrlarning yo'nalishlari tragekomediya, xronika, myuzikl, tarixiy drama, ertak-pyesa, folklor-etnografik kabi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi.
O'zbekistonimizda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha-san'ati an'analarini o'rganish, boyitish va targ'ib qilish, teatr san'atini har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnik negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta'minlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish, maxsus ta'lim tizimini zamon talablariga mos holda takomillashtirish, yuqori malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojni to'laroq qondirish maqsadida hukumat tomonidan juda katta ishlar samarali olib borilmoqda.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'zbek xalq tomosha san'atlari (xalq an'anaviy teatri, maydon tomoshalari, bayramlar) sohasidagi boy tarixiy merosni chuqur o'rganish, tadqiqotlar, o'quv qo'llanmalari yaratish uchun shart-sharoit yaratish, ijodkorlarni ijtimoiy muhofaza qilish, teatrlarning moddiy-texnik negizini mustahkamlash, zamonaviy ashyolar bilan ta'minlash, teatrlar jamoalari, rejissyorlar, dramaturglar, bastakorlar, rassomlar va baletmeysterlarga dolzarb mavzularda buyurtmalar berish, respublika va xalqaro miqyosda ko'rik-tanlovlar, festivallar o'tkazish, xorijiy mamlakatlarga gastrollar uyushtirish, ilmiy anjuman, simpozium va seminarlar o'tkazish, turli mukofot va sovrinlar ta'sis etish, iqtidorli yoshlarni izlab topish va malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashda oliy va o'rta-maxsus o'quv yurtlariga yaqindan yordam berilishi ana shunday san'atga bo'lgan e'tiborning yaqqol namunasidir.
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining drama, musiqali teatr, qo'g'irchoq teatri, kino, teleradio, sahna rassomligi, san'at menejmenti bo'yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash doirasini kengaytirish borasidagi amaliy ishlari ham teatrga, avvalo milliy san'atimiz rivojiga qo'shilayotgan o'ziga xos hissadir. O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" asarlarida ta'kidlanganidek "... Bizning milliy teatr san'atimiz tarixan juda katta yo'lni bosib o'tgan bo'lib, uning qadimiy ildizlari xalq o'yin va tomoshalariga borib bog'lanadi.[4:52]
Dunyoni go'zallik qutqaradi deymiz. Go'zallik orqali inson o'zini tushunishi, eng inja tuyg'ularga ega bo'lishga intilishi rost gap. Dunyoda go'zal manzaralar, ajoyib tabiat manzaralari va shu manzaralarning go'zalligini his etish uchun minglab rassomlar-u ijod sohiblari ko'p. Ammo ana shu go'zalliklarni bus-butunligichi xalqqa yetkazish uchun tug'ilgan iste'dod sohiblari ham ko'p. Negaki, san'at orqali biz tariximizni, bugunimizni, ertamizni qaytadan kashf etib boramiz.
Teatr san'ati inson ruhiyatiga personajlar, dialoglar, kiyimlar va nihoyat mohir ijrolari bilan kirib borayotgan teatr aktyorlari esa zamon qahramonlari obrazlarini tasvirlash orqali yangi dunyo yaratadi. Buyuk fransuz adibi Sartr aytganidek "Nasr-reallik, she'riyat esa tasavvur bilan bog'liq ijod mahsuli. Dramaturgiya - har ikkisining uyg'unligidir. Nasrda ijod qilayotganlar personaj xarakteri suratini chizayotgan paytda, shoirlar inson tuyg'ulari haqida afsonalar yaratadi".
So'nggi yillarda, teatr san'atiga, ijodkorlariga e'tibor kuchayib bormoqda. Birgina misol, 2020-yilda 39 teatrning 15 tasiga spektakl sahnalashtirish uchun 2 milliard 400 million so'm davlat buyurtmasi ajratildi. Ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida respublika qo'g'irchoq teatrlari, yosh rejissyorlarning "Debyut" ko'rik festivali, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etildi. Pesalar tanlovi o'tkazilib g'olib mualliflar taqdirlandi. Dramaturglarning bir necha yillik qalam haqidan qarzdorlik bartaraf etilib, 41 nafar muallifga qalam haqi to'llab berildi. Ammo shunga qaramay, teatrlarimizda adabiy tilga bo'lgan e'tibor susayib bormoqda. Aktyorlarning nutqida sheva alomatlari hanuz mavjudligi, nutq texnikasidagi kamchiliklar, sahnada partnyorlarning bir-birini his etmasligi, quruq emotsional nutqdan nariga o'tolmayotgani kishini ranjitadi. Shu o'rinda bir narsani ta'kidlab o'tmoqchiman, hali biz rejissyorlar yaratgan o'zbek dramaturgiyasidagi asarlardan unumli foydalanganimzcha yo'q. Turob To'la, O'lmas Umarbekov, Abdulla Qahhor, Said
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ahmad, Sharof Boshbekov kabi adiblarimiz asarlariga murojaat qilishdan to'xtamasligimiz zarur. Shu o'rinda "Globus" teatri rejissyori Maykl Kerrining ushbu gaplarini aytib o'tish o'rinli deb o'ylayman: "Jamiyatni faqat teatrgina haqiqiy tilga o'rgatadi. Aslida professional sahna nutqi orqali millat tilining xususiyatini aytish aktyordan, eshitib rohatlanish tomoshabindan. Teatr aslida shuning uchun kerak" Ya'ni aynan teatrgina millatning haqiqiy tilini namoyon qiladi, o'zligini ko'rsatadi.
Bugun afsuski, insonlarning teatrga boorish madaniyati yo'qolib bormoqda. Vaholanki, teatr o'zining jonli xususiyati bilan boshqa san'at turlaridan farqlidir. Hatto ziyolilar ham teatrlarda qo'yilayotgan yangi spekatkllardan xabardor emas. Bir so'z bilan aytganda, Teatr san'at sifatida tobora "koma" holatiga tushib bormoqda. Taklif sifatida, rivojlantirish jarayonlarni maktabdan boshlash kerak deb o'ylayman. Maktabdan o'quvchilarni har oyda 1 marta teatrlarga olib borish zarur. Shunda bolalarda teatr va uning o'rni haqida taassurotlar paydo bo'ladi.
Telekanallar orqali teatr targ'iboti ham samarali yo'l deb o'ylayman. Eng ko'p ko'riladigan ko'rsatuvlarning aksariyatida asosan teatr aktyor va aktrisalari ishtirok etadi, lekin ular faoliyat ko'rsatadigan teatrlar haqida ko'rsatuvlar deyarli yo'q. Teatrlarda kadrlar masalasi ham yildan-yilga katta muammoga aylanib bormoqda. Buning asosiy sababi-bu sohadagi moddiy ahvol qoniqarli emas. Teatrda ishlaydigan insonlar esa, oila boqish, hayot kechirish uchun ishdan tashqari yaxshiroq daromad topsa bo'ladigan yumushlar bilan shug'ullanishga majbur bo'lmoqda. Chunki fidoyilik boshqa, oila yumushlari boshqa.
Shu o'rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bugungi teatr borasidagi faoliyatimiz haqida aytgan so'zlarini keltirsak maqsadga muvofiq bo'ladi: "Hurmatli teatr arboblarimiz o'zlarining matbuot va televideniyadagi chiqishlarida ko'pincha ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiyning "Teatr- ibratxonadir" degan hikmatli so'zlarini keltirishni yaxshi ko'radilar. Lekin mana shu dono so'zlarni faqat og'izda aytmasdan, o'z faoliyatimizda ularga amal qilsak, ayni muddao bo'lardi deb o'ylayman"[5:1]
Davlatimiz rahbarining e'tirozlari to'g'ri. Sahnada ijro etilayotgan asar insonni tarbiyalash, ezgulik sari yo'llashi, o'sib kelayotgan barkamol avlodni "ommaviy madaniyat"ning turli qing'ir yo'llaridan asrashga xizmat qilishi lozim. Agar aksincha faoliyatni targ'ib qilsa, bunday teatrlarning bizning jamiyatimizda bo'lishi noo'rin, albatta.
Shu maqsadda Prezidentimiz dastur ishlab chiqish taklifini berdi. Xususan har oyning bir kunini "teatr kuni" sifatida belgilashni taklif etib, xodimlarni teatrlarga borishini yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqligini ta'kidladi. Shuningdek, Madaniyat vazirligiga Teatr san'atini rivojlantirish bo'yicha dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish topshirildi. Qo'shimcha tariqasida, dasturda, tarixiy va zamonaviy mavzular bo'yicha eng yaxshi pesa uchun ijodiy buyurtma berish, dramaturglarga 50 million so'mdan qalam haqi to'lash, ijodiy va yordamchi xodimlarning rivojlangan teatrlarida mahorat oshirishini yo'lga qo'yish hamda yosh rejissyorlarni qo'llab-quvvatlash uchun Mannon Uyg'ur nomidagi mukofotni ta'sis etish nazarda tutiladi. Bularning bari teatr san'atini rivoji uchun keng imkoniyat yaratadi va umid qilamizki, mavjud bo'lgan muammolar ham tez orada o'z yechimini topadi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 2000-2005-yillar.
2. Madaniyat va san'at sohasini tashkil etish va boshqarish. S.To'ychiyeva. Toshkent. 2020. 280 B
3. O'zbekiston Madaniyat vazirligining joriy arxividan.
4. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. Islom Karimov. Ma'naviyat nashriyoti. 2008.
5. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgustdagi "Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" mavzusida O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasidan.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Xayriddinova Asal Farhod qizi, 3-bosqich talabasi [Хайриддинова Асал Фарходовна, студент 3-го Kypca], [Asal F. Xayriddinova, 3rd year student]; manzil: O'zbekiston, Toshkent viloyati, Parkent tumani M.Yusuf mahallasi 59-uy; ^дрес: Узбекистн, Тaшкент, Пapкентcкий paйон, микpоpaйон М.Юcуфa квapтиpa-59]; [address: Uzbekistan, Tashkent city, Parkent district, M.Yusuf neighborhood, 59 apartments]