Научная статья на тему 'MODERNIZATSIYALASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING KASBIY-AXLOQIY, HUQUQIY VA MA’NAVIYATINI OSHIRISHDADA ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI'

MODERNIZATSIYALASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING KASBIY-AXLOQIY, HUQUQIY VA MA’NAVIYATINI OSHIRISHDADA ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Pedagogika / ta’lim-tarbiya / ma’rifatparvarlik / jadidchilik / yangi usul maktablari / gazeta / jurnal / “Xayriya jamiyat” / “Turon” teatr truppasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaturayeva Sevara Tashmuratovna

Maqolada ta`lim – tarbiya tizimini tashkil etish jarayonida pedagogik axloqiy tarbiyalashda jadid ma`rifatparlik harakati namoyondalaridan biri Abdulla Avloniyning pedagogik ilmiy me`rosining o‘rni va ahamiyati masalasi yoritib berilgan. Abdulla Avloniyning ko‘plab ta`lim tarbiyaga oid asarlaridagi qarashlari va ulardan hozirgi globallashuv davrida yosh avlodi tarbiyalashdagi ta’sir etish imkoniyatlari o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODERNIZATSIYALASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING KASBIY-AXLOQIY, HUQUQIY VA MA’NAVIYATINI OSHIRISHDADA ABDULLA AVLONIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI»

MODERNIZATSIYALASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING KASBIY-AXLOQIY, HUQUQIY VA MA'NAVIYATINI OSHIRISHDADA ABDULLA AVLONIYNING

PEDAGOGIK QARASHLARI Shaturayeva Sevara Tashmuratovna

Nizomiy nomidagi TDPU 1-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11088193

Annotatsiya. Maqolada ta 'lim - tarbiya tizimini tashkil etish jarayonidapedagogik axloqiy tarbiyalashda jadid marifatparlik harakati namoyondalaridan biri Abdulla Avloniyning pedagogik ilmiy me rosining o'rni va ahamiyati masalasi yoritib berilgan. Abdulla Avloniyning ko'plab talim - tarbiyaga oid asarlaridagi qarashlari va ulardan hozirgi globallashuv davrida yosh avlodi tarbiyalashdagi ta'sir etish imkoniyatlari o'rganildi.

Kalit so'zlar: Pedagogika, ta'lim-tarbiya, ma'rifatparvarlik, jadidchilik, yangi usul maktablari, gazeta, jurnal, "Xayriyajamiyat", "Turon" teatr truppasi.

Аннотация. В статье освещается рол и значение педагогического научного наследия Абдуллы Авлони, одного из представителей современного просветительского движения, педагогическом нравственном воспитании в процессе организации образовательной системы. Изучены взгляды Абдуллы Авлони во многих работах на образование молодого поколения в современную эпоху глобализации.

Ключевые слова: педагогика, образование, просвещение, модернизм, новометодные школы, газета, журнал, «Хайрия жамият», труппа театра «Турон».

Abstract. In the article, the role and importance of the pedagogical scientific heritage of Abdulla Avloni, one of the representatives of the modern enlightenment movement, in pedagogical moral education in the process of organizing the educational system is highlighted. Abdulla Avloni s views in many works on educationsand their influence on the education of the young generation in the current era of globalization were studied.

Keywords: Pedagogy, education, enlightenment, modernism, new method schools, newspaper, magazine, "Xayriyajamiyat", "Turon" theater troupe.

O'zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishda, uni dunyoning taraqqiy etgan davlatlari qatoridagi davlatlar darajasiga erishishida bosqichma - bosqich rivojlanish yo'lini tanlagani, o'zbek mentalitetiga xos, tarixan qaror topgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar, urf - odatlar, ananalar, ahloqiy sifatlar fazilatlar dasturul amal bo'lib xizmat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Ma'rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi tabiiy. Bu kimgadir yoqadimi yoki yo'qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko'rsatib bergan yo'ldan og'ishmay borishi kerak. Chunki ularning g'oya va dasturlari Yangi O'zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg'un va hamohangdir", degan fikrini millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarbdir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» dasturida yoshlarimizni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o'rin egallashi tabiiydir

Abdulla Avloniy asrimiz boshlarida o'lkamizda avj olgan jadidchilik harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarini savodli qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod ko'rish, farovon etish yo'lida fidoyilik bilan mehnat qilgan.

O'zbek xalqi mentaliteti va o'ziga xos ma'naviy va madaniy ildizlariga ega uzoq tarixiga ega boy xalq. Bu tabarruk zamindada yashab ijod qilgan juda ko'p buyuk marifatparpar mutafakkirlar yetishib chiqqanki, ular tomonidan biz yosh avlodlarga qoldirgan boy adabiy me" ros bugungi avlodlar uchun dasturul amal bo'lib xizmat qila oladi. Xususan, bu buyuk taraqqiyparvar jadid bobolarimizdan biri Abdulla Avloniy ilmiy pedagogik me"rosi alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ilmiy me'rosi o'ziga xos tarbiyaviy xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Abdulla Avloniy XIX asr oxiri - XX asr boshidagi o'zbek milliy madaniyatining buyuk siymolaridan biri ma'rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, pedagog olim, davlat va jamoat arbobidir. Turkiston o'lkasi madaniy hayotida sodir bo'lgan inqilobiy o'zgarishlar davrida millatning yetaklovchi kuch sifatida jadidlarning pirovar maqsad va g'oyalarini ilgari surgan vatanparvar jadid bobomiz hisoblanadi. A.Avloniy hayotiy faoliyati davomida murabbiy pedagog sifatida faoliyat ko'rsatib, bir qancha Turkiston o'lkasi mahalliy aholi farzandlarini ilm sarchashmasidan bahramand bo'lishiga sababchi bo'ldi. XX-asr zamonaviy o'zbek pedagogikasining asoschisi, o'zbek tili va adabiyoti o'qitish metodikasi fanining tamal toshini qo'ygan mutafakkiridir.

Avloniy yoshlarga nasihat qilar ekan, ilmni kamol topish uchun ozuqadek muhimligini ta'kidlaydi. Ya'ni, inson voyaga yetishida to'g'ri ovqatlanish va hayotiy ehtiyojlar qanchalik zarur bo'lsa, ilm ham shunday ahamiyatda ekanligini uqtiradi. Kamolga yetgan insonning jamoli ilm ila munavvarligini chuqur his etadi. Kerak bo'lsa sham kabi o'rtanib, ilm sohibi bo'lishlikka da'vat etadi. Allohni ilmsizlik ila tanimoq, bu mazmunsiz aytiluvchi maqoldek ekanligini bong uradi. Shuning uchun ilm orttirish, ma'naviyatni kengaytirish odam bolasi uchun suv va havodek zarurligini takrorlaydi. Buning boisini bugungi davr ham isbotlab bemoqda. Chunki ko'plab vatandoshlarimiz bilimsizliklari tufayli jaholat botqog'iga botib ketmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan "Turkiy "Guliston" yoxud axloq" asari sharqona tarbiyaning noyob qo'llanmasi sifatida bugungi kunda ham o'zining qadri va ahamiyatini yo'qotgan emas. Abdulla Avloniyning talimiy - ahloqiy risolasi o'zbek mentalitetimizning asriy qadriyatlari va milliy ma'naviyatimiz tiklanayotgan bugungi kun uchun g"oyat dolzarb ahamiyatga ega. Marifatpar bobomizning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim darsliklarida keltirib o'tilgan kichik hikoyalar, "Tarixi anbiyo" asaridagi keltirib o'tilgan malumotlar yosh barkamol avlodni tarbiyalash damuhim ahamiyatga egadir. Abdulla Avloniy qalamiga mansub bo'lgan dramalar orqali o'zbek teatr san'ati tamal toshini qo'ygan teatr arbobining intilish va imkoniyatlari, o'zbek dramaturgiyasini dastlabki faoliyat davri haqida yaqinroq malumot olish va o'sha davr mohiyatini anglashda daturul amal bo'lib xizmat qiladi.

Uning boy pedagogik merosi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lib, bunda, shubhasiz, Abdulla Avloniyning ilmiy-pedagogik asarlari o'ziga xos ahamiyatga ega. Uning ilmiy- ijodiy me'roslari "Turkiy guliston yoxud axloq", "Adabiyot", "Birinchi muallim", "Ikkinchi ", "Uchinchi muallim", "Hisob", "Tarixi anbiyo", "Maktab jug'rofiyasi" kabi darsliklari; "Pinak", "Advokatlik osonmi?", "Biz va siz" kabi dramalari Turkiston o'lkasi xalqlari hayotida ma'lum va mashhur bo'lgan. Abdulla Avloniyning yuqorida keltirib o'tilgan darsliklarining ba'zilari bir necha marotaba qayta nashr qilingan bo'lsa, ayrim ilmiy- ijodiy me"roslari nashr etilmasdan, qo'lyozma shaklida qolib ketgan. Abdulla Avloniy darsliklaridagi badiiy matnlar asosida oliy talim muassasalari talabalariga ta'lim berish orqali tarbiya, ma'naviy- axloqiy tarbiya berish ham dolzarb ahamiyatga ega.

Ma'lumki, XIX asrda Turkiston o'lkasida xalq maorif tizimida o'qitish asosan diniy bilimlarni egallash bilan chegaralanib qolgan edi. Shuning uchun tub mahalliy aholi farzandlari masjid va madrasalarda, shuningdek, ayrim xonadonlarda domlalar tashkil qilgan talim dargohlarida asosan diniy duolarni o'rganishga qaratilgan ta'lim-tarbiya kifoyalanishgan.

Bizning buyuk mutafakkir siymolarimiz ilmiy me'rosi noto'g'ri talqin qilindi. Shu boisdan Avloniy o'zi tashkil qilgan yangi usul maktablarida o'qitishning milliy va mintaqaviy harakter kasb etib, talim oluvchilarda umuminsoniy qadriyatlarni ulug'lovchi ta'lim muhitini vujudga keltirdi. Bu haqida ushbu fikrlarni aytgan edi: «Maktabimda yer, odamlar, tog'-toshlar, daryo, osmon haqida suhbatlar o'tkazmoqqa harakat qilganimni Mirobod johil kishilari bilishib, meni kofir bo'lding deb maktabimni yopdilar." Bundan ko'rinib turibdiki, rus mamurlari bu jadid maktabida tarbiyalanayotgan ta'lim oluvchilari istiqbolidan cho'chiganlar va turli bahonalarni va'j qilib maktabni yopish siyosatini amalga oshirib, yopganlar.

Ammo bunday qarshilik harakatlari Avloniyni o'z yo'lidan qaytara olmadi va o'z pozitsiyasida sobit turdi, albatta! Keyinchalik Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfdan iborat maktab ochdi. «Maktabda bolalarga jo'g'rofiya, tarix, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlar bilan birga ona tili va adabiyot fanlaridan bilim beradi». O'qitish jarayonida bilimlarni egallashning oson yo'llarini topishga, bolalarning qiziqishlarini orttirishga xizmat qiluvchi mezonlarni ishlab chiqishga harakat qilgan. Bolalarni xat-savodini chiqarishga ko'mak uchun yaratilgan "Birinchi muallim" kitobining mantiqiy davomi sifatida "Ikkinchi muallim" kitobini nashr etadi.

Bu kitoblarni yaratishda shu paytgacha qo'llanilgan darsliklardan iqtibos oladi. Bu haqda Avloniy yozadi: «Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Muallimi avval» («Birinchi muallim»)imizdan ham olib, tajriba qilib, o'qutub ko'rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning bir ta'mi-mazasi bordur, bu ta'm esa tajriba sohiblarini kashfu ma'lum o'lur...» . Darslikning birinchi qismida harfhing yozilish shakllari tushuntirilib yoritilgan bo'lsa, ikkinchi qismida didaktik harakterdagi kichik-kichik matnlar berilgan.

Avloniy jadidchilik harakatining faol va millatparfar ishtirokchisi sifatida Turkiston mintaqasi mahalliy aholisi bolalarini savodxonligini oshirish bilan birga, ularnining ma'naviy-ahloqiy dunyoqarashini rivojlanishiga xizmat qiluvchi badiiy-publisistik asarlar ham yaratdi. O'z xonadonida ochgan "Usuli jadid" maktablarida o'qitish vositasi bo'lgan manbalar sifatida "Adabiyot yoxud milliy she'rlar", "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Maktab gulistoni", "Turkiy guliston yoxud axloq" kabi darslik va o'qish kitoblarini yaratdi. Mazkur darsliklar ta'lim oluvchilarning xat-savodini chiqarishga o'rgatish bilan birgalikda ularda mustaqil fikrlash va o'z oldiga aniq maqsad qo'ya olish qobilyatlarini shakllantirish va o'rgatishda beqiyos ahamiyat kasb etgan. Avloniy bolalarning badiiy tafakkurini o'stirishda badiiy ijod namunalarining ahamiyatini o'z vaqtida yaxshi anglagan. Sovet hukumati mafkurasi hukmron ayni bir davrda, ayniqsa, milliy o'zlikni anglash, ma'naviy barkamollik juda zarur bir jarayon edi.

Abdulla Avloniy kam ta'minlangan, ota- onasidan mahrum bo'lgan, ijtimoiy himoya muhtoj yo'qsil bolalarni o'qitishga ham alohida e'tibor qaratdi. 1909 yilda o'zi rahbarligida "Jamiyati xayriya" tashkil etib, yetim bolalarni o'qitdi. Keyinchalik Toshkentning Degrez mahallasida 2 sinfli maktab ochdi va bu yerda bolalarga dunyoviy bilimlardan dars berdi. Uning bu harakatlari rus hukumati qarshiligiga uchrasada, Avloniy o'z taraqqiyparvar g'oyalaridan og'ishmay o'z faoliyatini davom ettirdi. O'lka xalq ommasining ongini zararli yot g'oyalardan himoya qilish maqsadida 1913 yilda "Turon" teatr truppasini tashkil etishda faol ishtirok etdi. O'zbek milliy teatr sanatida millat ma'naviyatini o'stirishga xizmat qiluvchi ko'plab asarlarni

sahna yuzini ko'rishi uchun bir qancha xorijiy tildagi adabiy asarlarni o'zbek tiliga tarjima qildi. Ushbu asarlardagi dolzarb ahamiyat kasb etgan ilg'or g'oyalarni tomoshabin qalbiga yetib borishi uchun ta'sirchan badiiy mushohadalarga boy obrazlardan foydalandi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash kerakki, xalq maorifi sohasini tubdan isloh qilish, darsliklar, o'quv qo'llanmalari , monografiyalar yaratish Abdulla Avloniynig oktabr to'ntarishigacha bo'lgan faoliyatinnig asoslovchi mezon vazifasini o'taydi. Taraqqiyparvar bobomiz 1917 yil avgustda Qozonda Butunrossiya musulmon muallimlarining II Qurultoyida ishtirok etdi va shu yili Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxon o'g'li bilan "O'qituvchilar jamiyati"ni tashkil etgani bunga yaqol misol bo'la oladi. Bu jamiyatni tashkil etishdan maqsad iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy oliy o'quv yurtlariga yuborish va kelajakda Turkiston zaminida ochilajak oliy ta'lim muassasalari uchun ilg'or fikrlovchi yetuk milliy kadrlar tayyorlash edi.

Avloniy o'z qarashlarini ro'yobida chor Rossiyasi hukumatiga katta umid bog'ladi, ammo bu hukumat dastlabki kunlardan boshlab ayyorona siyosat olib bordi, uning bunday shovinistik, mustamlakachiliksiyosatiga bo'lgan munosabati "Afg'on sayohati" ocherklarida o'z ifodasini topdi. A.Avloniy 1920 yillargacha o'qituvchilik faoliyatini davom ettirdi. 1930 yildan САГУ (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)da pedagogika fakultetining o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori va mudiri lavozimida ishladi. Avloniyning maktabdarsliklari suhbat usuli bilan bolalarning nutqini uyushtirishda, badiiy so'zlashuvgao'rgatishda katta ahamiyat kasb etadi. 7-sinflar uchun yaratgan xrestomatiyasida M.Gorkiy, V.Maykovskiy, G'.G'ulom, H.Olimjon, Oybek, K.Yashin, Uyg'un asarlarini birinchi bor maktab darsliklariga kiritdi hamda ularning hayoti va ijodi haqida batafsil ma'lumot berdi. Avloniy butun ongli faoliyatini xalq maorifiga bag'ishladi. Shunday qilib, Abdulla Avloniy o'zbek xalqining yorqin siymolaridan biri sifatida o'z davrida qizg'in faoliyat olib borgan buyuk ma'rifatparvardir.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganing 24 yillligiga bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasi. 08 dekabr 2016.

2. Shavkat Mirziyoyev.Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. "Xalq so'zi", 2017-yil 4-avgust

3. Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi. 22 - dekabr 2023 yil

4. A.Avloniy. Toshkent tonggi.-T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti,1979, 211-212 - betlar.

5. L.Xalilov tahriri ostida, A.Avloniy, Turkiy Guliston yoxud axloq, 3 bet

6. A. Boboxonov, M.Maxsumov. Abdulla Avloniy. Pedagogik faoliyati. - T, :O'qituvchi, 1966 43 - bet.

7. Qosimov B. (2002). Milliy uyg'onish. T.: "Ma'naviyat", - B. 400.

8. Qosimov B., Yusupov Sh., Dolimov U. va boshqalar. (2004). Milliy uyg'onish davri o'zbek adabiyoti. T.: "Ma'naviyat", - B. 464.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.