O ZBEK SAHNA ASARLARI TILINING AYRIM JIHATLARI
SHARHI
Eshboyeva Fazilat GulDU o'qituvchisi [email protected] Dexkanova Lutfinisa, katta o'qituvchi, GulDU, [email protected] Mamaraximov Sirojiddin, GulDU o'qituvchisi, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10797517
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th March 2024 Accepted: 06th March 2024 Published: 08th March 2024 KEYWORDS
sahna, san'at, aktyor, sahna nutqi, madaniyat
Ushbu maqolada sahna asarlari tilining o^ziga xos jihatlari muhokama etiladi. Shuningdek maqolada sahna nutqi orqali tinglovchilarni ruhlantirish imkoniyati ham ko'zga tashlanmoqda. Zamonaviy rivojlanayotgan aktyor uchun ishning barcha sohalarini qamrab olgan sahnaning taniqli ustalarini talqin qilishda aktyorlik mahoratining professional asoslari bu bilimning zarurligi haqida so'z boradi.
KIRISH. Ma'lumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili - bu millatning ruhidir.
Biz bugun ko'rib turgan borliqni hissiyot va tuyg'ularimiz orqali tasavvur qilamiz, so'z orqali ifoda etamiz. Insoniyatni hayvonot olamidan ajratib turgan ham shu - so'z. Insonga fikrini ifodalash uchun hayvonlardan farqli o'laroq til berilgan. Aql esa inson ixtiyorida qoldirilgan. Til bor ekan, demak, insonning o'ylash, fikr yuritish tarzi bor. Inson fikr yuritar ekan, demak fikrni bayon etish, so'zlash ya'ni nutqi bor. Vujudimizda kechayotgan talay jarayonlarning hosilasi sifatida yuzaga keladigan nutq omiliga eng dolzarb, birinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi ma'naviy qurol sifatida yondoshmoq lozim. ADABIYOTLAR SHARHI
Nutq madaniyati va notiqlik san'ati haqidagi ta'limotlarning tarixi juda ham uzoqo'tmishga borib taqaladi. U ta'limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo'lsa ham, unga qadar Misrda, Ossuriyada, Vavilon va Hindiston singari mamlakatlarda paydo bo'lganligi ma'lum. Notiqlik san'ati haqidagi dastlabki ma'lumotlarni Gomerning "Iliada va Odisseya" dostonlarida uchratish mumkin. Miloddan avvalgi XIII-XII asrlarga kelib yesa notiqlik san'ati tarixiy taraqqiyotning madaniy cho'qqisiga aylangan. Bu esa Afinada - Perikl, Kleon, Litsiy, Isokrat, Demosfen, Rimda - Katon, aka-uka Grakxlar, MarkAntoniy, sitseron kabi yirik notiqlarning yetishib chiqishiga asosiy omil bo'lgan.
Qadimgi Sharqda, xususan, O'rta Osiyoda taxminan IX asrgacha voizlik vazifasini shoh, xalifa, sulton va harbiy sarkardalar bajarishgan. Ular asosan, juma kunlari, Navro'z va boshqa bayramlarda jamoani to'plab, turli mavzularga oid va'zlar o'qiganlar.
Buyuk bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy o'zining "Kitob al-xitobat" risolasida, Abu Homid ibn Muhammad al-G'azzoliy "Oxiratnoma" asarida, Kaykovusning "Qobusnoma" asarida, Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub" singari asarlarida voizlikka hos bo'lgan fazilatlar va hususiyatlarga alohida to'xtalib o'tilgan.
Bir rivoyatda keltirilishicha: yunon faylasufi Arastuning huzuriga ezma va sergap bir yigit kelib, notiqlik san'atini o'rganmoqchi ekanini aytibdi. O'sha notiqlikni o'rganmoqchi bo'lib kelgan yigit Arastuga dabdabali so'zlarni izoh etganidan so'ng:
- O'rganganim uchun qancha haq to'layman, deb so'raydi.
- Sendan ikki barobar haq olinadi, debdi Arastu.
- Nima uchun? - hayron bo'libdi yigit.
- Chunki sen bilan ikki barobar ishlashga to'g'ri keladi.
- Senga so'zlashishni o'rgatishdan avval jim turishni o'rgatish lozim, - degan ekan.
Eshitish qobiliyati tufayligina insonda til, nutq paydo bo'ladi. Quloqdan kirgan tovush,
so'z, gap va iboralar og'izdan chiqadi. Dono xalqimiz: "Suv onasi buloq, so'z onasi quloq", deb bejiz aytmaydi. So'ramoq so'zining o'zagi so'r bo'lib, inson so'ragan gapni qulog'iorqali so'raydi. Shu bois uning fikri, so'z boyligi ortib, nutqi ravonlashadi, yaxshi suhbatdoshga aylanadi.
Alisher Navoiy hazratlari: "Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim", - degan hikmatlarida shular haqida qayg'uradi. Inson hamisha sodda va samimiy so'zni sog'inib, tabiiylikka intilib yashaydi. Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, minbarga chiqqaningizda omma e'tiborini o'zingizga jalb qilishning ham, suhbatdoshingizga yoqishning ham ma'lum bir qonun-qoidalari bor.
Masalan insonlarga yoqishning besh qoidasi:
1. Suhbatdoshingiz bilan chin dildan qiziqing.
2. Insonlarga ochiq chehra va nimtabassum bilan munosabatda bo'ling.
3. Unutmang, insonning ismi - u uchun eng yoqimli va eng muhim ohangdir.
4. Eng yaxshi tinglovchi bo'ling! Boshqalarga ko'proq o'zlari to'g'risida gapirishlariga imkoniyat bering.
5. Suhbatdoshingizni qiziqtiruvchi mavzular to'g'risida ko'proq gapiring.
Shu o'rinda M.Depyuning quyidagi fikrlarini keltirishni o'rinli deb o'ylaymiz: "Inson egallashi mumkin bo'lgan qobiliyatlar ichida uni qisqa fursatda martabaga erishtiruvchi va mashhur etuvchi omil, bu chiroyli so'zlashdan boshqa qobiliyat emas" [1, B.3].
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Asar tili aktyorlar nutqi bilan chambarchas bog'liqdir. Har qanday sermazmun va go'zal til ham aktyorlarning ijrochilik mahorati tufayligina ta'sirchanlik qudratini kasb etadi.Ijrochi so'zga ijodiy mehnat jarayoni tarzida yondashib, matn mazmunini to'la-to'kis ochib berishda shakl va mazmun masalasini spesifik nuqtai nazardan tahlil qilib, shunga yarasha nutq vositalari izlab topishi va ishga solishi lozim.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES À
Sahna mahsulotining muvaffaqiyatga erishishi uchun, unda asosiy vazifani bajaruvchi -aktyor o'z nutqi ustida muttasil shug'ullanishi, uning ta'sirchanligini oshirib borishi zarur. Zero, obraz yaratishda voqealarni jonlantirishda aktyorning qaddi-qomati, harakati bilan birga uning nutqi hal qiluvchi ahamiyatga egadir [3, B.145].
Sahna san'atining ajralmas qismi bo'lgan til va aktyorlar nutqi masalasi soha mutaxassislarining oldida turgan asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, tarixiy janrdagi ekranizatsiyalarda rejissyorlar muallif bilan hamkorlikda asarning sof tiliga zarar yetkazmagan holda uni ekranga ko'chirishlari, aktyorlar ijrosida adabiy til va nutqning uyg'unligini topishlari muhim masala hisoblanadi.
Ko'rinib turidiki, so'z san'ati tarixdan zamonimizga qadar bo'lgan kenglikni bir-biriga bog'laydi. Shu ma'noda har birimiz, ayniqsa yoshlar o'z so'z va nutqlaridagi kamchilik hamda nuqsonlar, tillaridagi qusr va g'alizliklar haqida qayg'urishlari, ma'naviy savodhonliklarini oshirish ustida hamisha izlanishlari lozim.
Mamlakatimizda so'z san'ati, nutq madaniyati, til masalalariga alohida e'tibor qaratilayotganligi, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, badiiy - estetik didini oshirishda xizmat qiladigan asosiy omil sifatida qaralayotganidan dalolat beradi.
Yuqoridagi fazilatlarga ega bo'lish hamda tilimizdagi bugungi nuqsonlar va muammolarni bartaraf etish maqsadida quyida bir necha takliflarimizni keltirib o'tamiz.
- Fikrimiz va tafakkurimiz asosi bo'lmish so'z va notiqlik san'ati sirlarini maktab davridanoq yosh avlodga o'rgatishimiz va o'rganishimiz;
- Shuningdek, maktabdan tortib akademik litsey va kollejlarda, oliy ta'lim muassasalarida "Notiqlik san'ati" fanini kiritish, ta'lim muassasalarining o'ziga hos xususiyatlariga qarab uning dasturi va darsligini yaratish;
- Yosh avlodning qalbida notiqlik san'atiga va chiroyli so'zlashga bo'lgan ishtiyoqni uyg'otish hamda oshirish maqsadida turli hil tanlovlar, seminar-treninglar tashkil qilish;
-"Notiqlik san'ati" fanining mutaxassislarini va o'quv qo'llanmalarini ko'paytirish.
Til va nutqning mutanosibligi haqida gap ketganda, «Alisher Navoiy» spektakli obrazlar holatini yoritishda tilning ajoyib vositasi ekanini namoyish etgan cho'qqi bo'lganligini alohida ta'kidlash lozim. Keyinchalik
«Mirzo Ulug'bek» tragediyasining til qurilishi ham nazmda ifoda etilib, g'oyat mazmundor, shirali bo'lib jarangladi. Sahnada asar tilining qudrati Navoiy obrazini yaratgan Olim Xo'jaev nutqida ko'ringan bo'lsa, Shukur Burxonov gavdalantirgan Mirzo Ulug'bek obrazi talqinida o'zining to'la ifodasini topdi.
O'zbek dramaturgiyasida she'riy dramalar yaratish an'anasi T.To'laning
«Quvvai qahqaha» dramatik dostonida muvaffaqiyatli davom ettirilib, til masalasiga nihoyatda jiddiy e'tibor berilganligi bilan e'tiborli bo'ldi.
Til umuman adabiyotning asosiy muammolaridan bo'lib, tarixiydramaturgiyada alohida ahamiyatga ega. Tilga olingan tarixiy dramalarda til tarixiy voqelikni aks ettirishda, tarixiy shaxs hayotiy lavhalarini, xususiyatlarini yoritishda, xarakterini topishda muhim vosita bo'lib, oqibatdatarixiy personajlar tomoshabinlar ko'z o'ngida hayotdagi kishilarga, voqea - hodisalar
esa hayotiy voqealikka aylangandek tasavvur tug'ildi. Bunda tarixiy shaxs nutqining shakli va me'yorini topish muhim ijodiy vazifalardan bo'lib,til va talaffuzda aks ettirilayotgan davr ruhi sezilgan holda zamonaviy tomoshabinga tushunarli jaranglashi lozim. «Alisher Navoiy», «Mirzo Ulug'bek», «Quvvai qahqaha» («Nodirabegim») tarixiy she'riy dramalari davr ruhini ifoda eta olishda namuna darajasiga ko'tarilgan ekan, bunda alloma dramaturglar Uyg'un, Shayxzoda, T.To'la, olim va dramaturg I.Sultonning til ustida teran ish olib borganligi muhim ahamiyat kasb etgan.
Mamlakatimiz tarixida burilish bosqichi bo'lgan, xalqimiz milliy mustaqillikka erishgan 80-90-yillarda ana shu she'riy dramalarning qayta sahnalashtirilishi tomoshabinlarning ma'naviy va madaniy hayotida muhim voqea bo'ldi. Eng muhimi, ushbu jarayonda rejissyor va aktyorlarning yangi avlodi ustoz san'atkorlarning rol va so'z ustida ishlash an'anasini davom ettirdi. Shu bahona, birinchidan, sahna ijodkorlarida tarixga, mumtoz asarlarga e'tibor kuchaydi, ikkinchidan, mazkur she'riy dramalarning sermazmun va go'zal tili o'zlashtirildi va targ'ib qilindi.
Asar tili aktyorlar nutqi bilan chambarchas bog'liqdir. Har qanday sermazmun va go'zal til ham aktyorlarning ijrochilik mahorati tufayligina ta'sirchanlik qudrat kasb etadi. Ijrochi so'zga ijodiy mehnat jarayoni tarzidayondoshib, she'riy matn mazmunini to'la-to'kis ochib berishda shakl va mazmun masalasini spesifik nuqtai nazardan tahlil qilib, shunga yarasha nutq vositalari izlab topishi va ishga solishi lozim.
Ko'rib chiqilgan spektakllarda she'riy nutq asosiy shakl hisoblanib, ijrochilar she'rning belgi, qonun-qoidalarini, elementlarini yaxshi tushunganholda she'riy nutqni o'zlashtirishda she'riy dramaning shakliga katta ahamiyatberganlarida, tegishli natijalarga erishdilar. Shu bilan birga ba'zi aktyorlarning nutqida she'riy uslub kamdan kam sezilib, ko'proq she'riy shaklni prozaik nutqqa aylantirib ijro etish hollari kuzatildi.
Aktyor she'riy asarni o'z nutqiga ko'chirish uchun she'r o'qishda tajribali bo'lishi, she'riy matnni hech kimning yordamisiz tahlil qila olish shart, aks holda she'riy nutq prozaik nutqqa aylanib qoladi. Bu jarayonda quyidagilarga e'tibor berish kerak:
1. She'riyatda so'z qadrini saqlab qolish, mazmundagi asosiy fikrni ma'lum jumlalarda his qila olish,
2. She'riy nutqda ovoz imkoniyatlarini boshqara olish va ovoz ohanglarini muayyan fikrlarni ifoda qilishga qaratish,
3. Prozaik nutqqa qaraganda she'riy nutqni o'zlashtirish qiyinroq kechishi sababli she'riyat nutqda asosiy fikrni yetkazib berish va misralarda ritmni buzmasdan mantiqiy pauza va urg'ularni aniq belgilash,
4. She'riy nutq doimo ritmga bo'ysinishini xayoldan qochirmaslik,
5. She'riy misraning bosh bo'lagi yoki oxiriga tushadigan so'z urg'ularini oqlay bilish,
6. She'riy dramalarda rol ijro etuvchi aktyor juda katta texnik tayyorgarlik, ya'ni yaxshi diksiya, tarbiyalangan nafas, ovoz va chiroyli talaffuzga ega bo'lishi lozimligini nazarda tutgan holda nutq ustida uzluksizish olib borish.
Tilning qudrati, nutqning go'zalligi ulug' ajdodlarimiz siymosi aks etgan tarixiy spektakllarda ko'rinar ekan, ana shu spektakllarda ishtirok etuvchi aktyorlarning barchasi ijroda o'tmish voqealarini tomoshabinlarga jonli va ta'sirli shakllarda yetkazishda mas'uldirlar. Ammo ba'zi
aktyorlar butun og'irlikni bosh qahramon obrazini yaratuvchi aktyorga yuklab qo'yib o'zlari so'zlarni quruq yodlash bilangina cheklanib qo'ya qoladilar. Oqibatda spektakldagi tarixiy muhitga putur yetadi.
Nutq borasida yana bir qiziq holat ko'zga tashlanadi. U ham bo'lsa, sahnada shevachilikka berilishdir. Sheva qo'llanadigan obrazlar va spektakllar hamuchraydi, albatta. Masalan, folklor-etrografik xarakterdagi tomoshalarda sheva o'rinli bo'lishi mumkin. Biroq tarixiy mavzudagi sahna asarlarida sheva mutlaqo noo'rin bir holatni yuzaga keltiradiki, bunga yo'l qo'ymaslik kerak.
Teatrdagi sahna nutqi borasidagi muammolarni hal etishda teatrdagi rejissyorlarning ta'siri katta. Pesani puxta o'qib o'rganish, sahna maydonchasidan tortib, spektakl tayyor bo'lganicha aktyorning nutqi rejissyor e'tiborida bo'lishi kerak. Undan tashqari, rejissyorlarning o'zlari ham nutq borasida aktyorlarga namuna bo'lishlari lozim, toki ular talaffuzga e'tibor berib, chiroyli so'zlab, fikrni chiroyli ifoda qilib, aktyorni o'zlarining orqalaridan ergashtira olsinlar. Afsuski, hozirda ko'pgina teatr rejissyorlarining nutq madaniyati masalasiga e'tiborsizligi tufayli teatrdanutq muammolari tobora ko'payib bormoqda. XULOSA VA MUNOZARA
Xulosa sifatida aytish mumkinki, Hazrat Alisher Navoiy ta'riflaganidek "eng qimmatbaho gavhar" - til, aslida, umrimizning mazmunini tashkil etib, o'zaro munosabatlarni izga solib turadi. Uni har qancha qadrlasak, har qancha ardoqlasak, kam. Negaki, inson his-tuyg'ulari, qalb kechinmalari, dard-u quvonchi barchasi unda mujassamlashgan. Shunday ekan, adabiy til oldidagi javobgarlik, mas'uliyat hissi biror daqiqa bo'lsin, bizni tark etmasligi lozim.
ADABIYOTLAR ROYXATI:
1. Xudoyqulova, S., & Dehqonova, L. (2021). ABDULLA QODIRIYNING SO 'Z QO 'LLASH MAHORATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 589-595.
2. Ерматов, И., & Дехконова, Л. (2021). Об аффиксах, заимствованных из таджикско-персидского в узбекский язык. Общество и инновации, 2(2/S), 462-469.
3. Abdullayevna, D. L. (2024). Arab yozuvidagi harflarning she'riyatdagi jilosi. Journal of Universal Science Research, 2(2), 25-28.
4. Dexkanova, L. (2023). ARABCHA KO 'PLIK SHAKLLARINING O 'ZBEK TILIDA QO 'LLANILISHI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(18), 235-238.
5. Jumanazar, A., & Lutfiniso, D. (2022). Inguistic Unity in Uzbek Linguistics Some Comments about the form. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 6, 688-692.
6. Рузикулов, Ш. (2022). ЖИНСНИНГ МОРФОЛОГИК УСУЛДА ИФОДАЛАНИШИ. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 148-151.
7. O'razov, A. (2023). TILSHUNOSLIK VA UNING SATHLARI XUSUSIDA.
8. Boxodirovich, E. N., & Murtazayevich, M. S. (2022). EXPRESSWN ОF PURPОSЕ IN UZBEK LANGUAGE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 247-250.
9. Boxodirovich, E. N., & Murtazaevich, M. S. (2022). Phonological approaches to the study of the phoneme.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES À
10.Muhudullaev, F. (2023). INVERSION AS A SYNTACTIC OPPORTUNITY. Science and innovation, 2(B1), 402-405.
11.Туйчиева, З. Х. (2022). ПРОЯВЛЕНИЕ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ МОТИВОВ СТУДЕНТОВ В ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ ПСИХОЛОГО-ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАУК. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(4), 244-248.
12.Tuychieva, Z. (2019). PRINCIPLES OF DIFFERENTIATING OF GENDERS IN UZBEK ANTHROPONOMY. Bulletin of Gulistan State University, 2020(1), 75-82.
13.Khamrokulovna, T. Z. (2018). Literature revealing the truth of life. Проблемы педагогики, (7 (39)), 77-78.
14.Туйчиева, З. Х. (2015). Проявление научно-исследовательских мотивов студентов в процессе обучения психолого-педагогических наук. Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, 1(3-4), 89-91.
15.To'ychiyeva, Z. (2023). ZULFIYA SHE'RIYATIDA FRAZEMALARNING O 'RNI. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(5 Part 2), 234-237.
16.Тураева, Д., Саймуратова, И., & Туйчиева, З. (2024). ТВОРЧЕСКИЙ ПРОЦЕСС И ОБРАЗЫ. Евразийский журнал технологий и инноваций, 2(1), 198-202.
17.Jurayev, J. (2022). Ахроров Алишер Акбарович. МАКОЛЛАРДА УМУМЯШИРИН МАЪНОНИНГ ИФОДАЛАНИШИ. FILOLOGIYA UFQLARI JURNALI, 11(11).
18.Ahrorov, A. (2022). O 'zbek xalq maqollarida "nutq odobi" ma'nosining ifodalanish darajasi. Uzbekistan: Language and Culture, 4(4).
19.Akbarovich, A. A. REFLECTION OF NATIONAL VALUES IN ARTICLES. Pedagogika, 171.
20.Akhrorov, A. (2019). ISSUE OF STUDYING THE" CULTURE OF SPEECH" AS A SEPARATE SCIENCE. NEWS OF THE NATIONAL UNIVERSITY OF UZBEKISTAN, 1(4).