Научная статья на тему 'Mirzo Ulug’bek obrazi talqinlari sahna nutqi maktabi'

Mirzo Ulug’bek obrazi talqinlari sahna nutqi maktabi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
624
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Mirzo Ulug‘bek / drama teatri / rejissura faoliyati / obrazni gavdalantirish / о‘zbek sahnasi / spektakl / о‘zbek teatri

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gо’zal Erkinovna Xoliqulova

Mirzo Ulug‘bek” tragediyasining tili yanada gо‘zallashdi, sahnaviy nutq orqali asar tomoshabin qalbiga chuqurroq kirib boradi.bugungi kunda ko'p narsa biznes muzokaralariga bog'liq. Eng qizig'i shundaki, qaror qabul qiluvchilarning aksariyati ongsiz ravishda o'z tanlovini to'g'ri va chiroyli tarzda ifodalangan kamroq foyda keltiradigan taklif foydasiga tanlab, xaotik va noaniq tasvirlangan yanada istiqbolli g'oyani "chetga" qoldiradilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Mirzo Ulug’bek obrazi talqinlari sahna nutqi maktabi»

Mirzo Ulug'bek obrazi talqinlari - sahna nutqi maktabi

Go'zal Erkinovna Xoliqulova

Annotatsiya: "Mirzo Ulug'bek" tragediyasining tili yanada go'zallashdi, sahnaviy nutq orqali asar tomoshabin qalbiga chuqurroq kirib boradi.bugungi kunda ko'p narsa biznes muzokaralariga bog'liq. Eng qizig'i shundaki, qaror qabul qiluvchilarning aksariyati ongsiz ravishda o'z tanlovini to'g'ri va chiroyli tarzda ifodalangan kamroq foyda keltiradigan taklif foydasiga tanlab, xaotik va noaniq tasvirlangan yanada istiqbolli g'oyani "chetga" qoldiradilar.

Kalit so'zlar: Mirzo Ulug'bek, drama teatri, rejissura faoliyati, obrazni gavdalantirish, o'zbek sahnasi, spektakl, o'zbek teatri

Interpretations of the image of Mirzo Ulugbek - stage speech

school

Holikulova Gozal Erkinovna

Abstract: The language of the tragedy "Mirzo Ulugbek" has become more beautiful, through stage speech the work penetrates deeper into the heart of the viewer. Today, much depends on business negotiations. The most interesting thing is that most decision makers unconsciously opt for a less profitable proposal, correctly and beautifully expressed, and "postpone" a more promising idea, chaotic and slurredly described.

Keywords: Mirzo Ulugbek, drama theater, director's work, embodiment of the image, Uzbek stage, performance, Uzbek theater

Sahnaviy talqinida "Mirzo Ulug'bek" tragediyasining tili yanada go'zallashdi, sahnaviy nutq orqali asar tomoshabin qalbiga chuqurroq kirib boradi.

Asar birinchi marta 1961-yilda Hamza nomli Akademik drama teatrida rejissor A.O.Ginzburg tomonidan sahnalashtirilgan edi. Sahna bezaklarini rassom H.Ikromov ishlagan. Spektakl murakkab, psixologik planda hal etilgan. Obrazlar puxta ishlangan bo'lib, rejissura ilgari surgan davrning murakkab ruhini gavdalantirishga qaratilgan edi.

O'zbek sahnasida birinchi bo'lib buyuk aktyor Shukur Burxonov yaratgan Ulug'bek obrazi aktyorning ijodiy biografiyasini boyitibgina qolmay, balki umum o'zbek teatri tarixida alohida sahifalardan biriga aylangan edi. - "Aktyorning ijodiy imkoniyatlari: qudratli ovozi, salobatli tashqi qiyofa, zabardast temperament - buyuk

inson, olim va ayni vaqtda temuriy sulton obraziga juda mos tushadi". Bu fikrga ishonch hosil qilish uchun, O'zbekiston telaradiosining "Oltin fond"idan o'rin olgan tasmalarda saqlangan aktyorning nutqiga quloq tutaylik, Spektaklning birinchi parda, to'rtinchi ko'rinishida, yani Sayid Obidning Ulug'bek sha'niga aytilgan haqoratli so'zlariga javoban monologini aktyor Sh.Burxonov shunday ijro etgan: Eh, g'arazning, taassubning badbaxt muridi Sayidlikning sharafidan mahrum noxalaf Siz yorug'ning g'animisiz, zulmat maddohi. Bizga hayot bag'ishlagan, ishqni singdirgan, Eng umidsiz lahzalarda tasalli bergan, Tilinizga til tekkizib tilga kirgizgan, Bizni doim yaxshilikka, mardonalikka. Hatto nodon bo'lsak hamki, chin donolikka Qistayotgan / g'amxo'rimiz, u farishta kim?/ Dillardagi, zug'umlarni, qahru shiddatni Muruvaatga, marhamatga ivirguvchi kuch, U qudratbaxsh, ilhom nima ?U xayrihox kim? Ayol, / ayol! Shu xotinlar qizlar emasmi? Xa, siz^axmi (asli fahmi) pashshadan kam degan ayollar...// Sayid Obid, //Buxoroga borganmisiz siz? Xa, albatta ko'p borgansiz pirlar oldiga Va ko'rgansiz madrasamning naq peshtoqida Men uydirgach shu hadisni: / "Talabulini Farizatun alo kullimuslimu muslimot" Shu kalomning ma'nosiga xo'p tushunasiz./ Bu ne degani? - Ilm o'qimoq farz erur birday Musulmonningerlariyu ayollariga...

Sh.Burxonov - Sayid Obidga nisbatan qahr-g'azabi to'lib toshgan bo'lsa-da, juda bosiqlik bilan, chuqur nafas olib monolog boshlaydi. Monologdagi birorta tinish belgi ijroda aktyor nazaridan chetda qolmaydi. Misralardagi asosiy so'z va jumlalarni topa oladi va o'sha so'zning ta'sir kuchini oshirishga harakat qiladi. Ammo asosiy so'zga kelganda, masalan, "badbaxt muridi", "mahrum noxalaf', "ha", "faxmi pashsha"kabi jumlalardagi u, a, i, o kabi unlilarni nafaqat tug'ri, balki ikki hissa orttirib talaffuz etish hisobiga so'z jarangini va ta'sir kuchini oshiradi, Bundan o'zigina emas, balki tomoshabin ham larzaga keladi. Undoshlar ham x, f, d o'z o'rnida talaffuz qilinadi.

Ha, bunday nutq kishini sehrlab qo'yadi. Ovozning qudrati shunchalikki, garchi Mirzo Ulug'bek - Sh.Burxonovni ko'rmasakda, ko'z oldimizda buyuk olim, faylasuf gavdalanadi.

Shukur Burxonovnnng ijro mahoratini baholar ekan, teatrshunos olim M.Qodirov shunday yozadi: "U spektaklda ishonarli tasvirlangan davriva muhitida boshqalardan mislsiz ustunligi bilan yaqqol ajralib turadi. Aktyor Mirzo Ulug'bekning murakkab ruhiy dunyosini, ziddiyatlarini, bir-biridan keskin farqqiluvchi holatlarini ajoyib bir ustalik bilan ochib beradi. U goh hayolga cho'mgan fazogir olim, goh mehribon ustoz, goh oqpadar o'g'ilning hiyonatidan qahrga mingan ota, goh ahli shuaro qadriga yetgan nozikta'b inson" Shu tarzda aktyor ishtirok etgan hamma sahnalardagi holatlar, obraz dramaturgiyasi to'g'ri baholangan. Ayniqsa, M.Raxmonov va T.Silmil'shteynning Sh.Burxonov hakidagi kitobida aktyor nutqi haqida shunday fikr bildiriladi: "Spektakldagi qahramonlar nutqi haqida ham gapirish mumkin, asosiy emotsional ichki xatti-harakatni va sahnaviy temperametni Shukur Burxonov ushlab turgan, Darhaqiqat, aktyorning silliq buyoqli ovozi bariton edi. Lekin uning fikri teatrga mos ovozida, intonatsiyasida sezilib turar edi, Uning plastinkadagi ovozini eshitib ko'rsangiz, eshituvchining ko'z oldida aniq xatti-harakatlar namoyon bo'ladi, plastik suratlar chiziladi. U partnyorga fikrini nutqdagi artikulatsion xatti-harakatlar va musiqiy intonatsiyasi bilan yetkazib beradi".

Darhaqiqat, Sh.Burxonov she'riy jumlalarning asosiy mazmunini anglatadigan so'zlarning urg'ulanishiga, tub ma'noning ochilishiga alohida e'tibor bergan. Uning nutqida kuzatuvchanlik, mulohazalarga boy vazminlik, mantiqiy urg'ulardan, psixologik pauzalardan samarali foydalangani sezilib turadi. I.Po'latov shunday yozadi: "Ulug'bek hukmda qat'iy.Burxonov so'z ohangida buyruqni emas. maslahatni, taklifni ifodalamoq uchun so'nggi so'zdagi oxirgi unlini ham cho'zib, ham urg'u bilan aytadi. Urg'u so'z boshiga tushsa, odatda buyruq ohangiga bag'ishlanardi. Burxonovning Ulug'bek rolidagi maslahatga moyil, mulohaza ohang, qiziquvchanlik butun spektakl davomida saqlanib qolgan.

Spektakldagi voqealar rivojlanib borgan sari Burxonovning nutqi, ovozi o'zgarib boradi. Uning ma'nodor boqishlari, so'lg'inlik alomatlari, og'ir o'yga cho'mish daqiqalarida ruhiy ezilish, gap ohanglarida afsuslanish belgilari sezilib turadi. Burxonovning spektaklning - boshidan oxiriga qadar harakati uchun xarakterli hislati - ko'z o'ngimizda ro'y berayotgan har bir voqea va hodisalarga hissiy munosabatini namoyon etishdir. Bu jo'shqin tabiatli inson xoh shoh holatida, xoh boshqa holatda bo'lsin, hammasida hissiy faollik barqaror.

1969-yilda - "Mirzo Ulug'bek" tragediyasi Maqsud Shayxzodaning 60 yillik yubileyi munosabati bilan rejissor Sharif Qayumov va Nosir Otaboyev tomonidan ikkinchi marta sahnalashtirildi. Shukur Burxonov Sofoklning "Shox Edip" tragediyasida bosh qahramon obrazi ustida ish bilan band bo'lganligi sababli Ulug'bek roli yosh va o'ziga o'ta talabchan aktyor Turg'un Azizovga topshirildi. Sh.Burxonovning bir paytda ikkita shoh asar ustida ishlashi og'ir edi, albatta. Zero,

T.Azizov aytganidek, "ustoz shunchaki rol o'ynamasdi, balki sahnada butun ichki kechinmalari bilan yashar edi".

O'sha kezlarda T.Azizovning yoshi 33 da bo'lgan. P'esadagi Ulug'bek esa 55 yoshda. Buning ustiga Shukur Burxonovdek buyuk aktyordan keyin bu obrazga qo'l urish og'ir edi. Mashaqqatli mehnat va mas'uliyatni yuklar edi.

Sahnada falsafiy fikr yuritish, davlatni boshqarishda aql-idrok bilan ish tutish, davr ruhini ifoda etishda yosh va tajribaning, qisman bo'lsa-da, ahamiyati bor. Shuning uchun bu o'rinda Sh.Burxonov va T.Azizovning ijrolarini; taqqoslash qiyin va noo'rin ham bo'lsa kerak. Qolaversa, T.Azizov Abror Hidoyatov, Shukur Burxonov, Sora Eshonto'rayeva kabi ulug' aktyorlar muhitida tarbiya topgan. T.Azizovning Ulug'bek rolini qo'liga olishida va ish boshlash jarayonida mana shu aktyorlar maktabi ruhlantirib turgan. Yosh aktyor o'zining kuzatuvchanligi, obrazga jiddiy yondashganligi tufayli Ulug'bek obrazi o'ziga xos bo'lib gavdalangan.

Sahna bezaklarini boshqa rassom - Riftin qayta ishlagan bo'lsa-da, biroq spektaklning kompozitsiyasida deyarli o'zgarish yuz bermadi. Bosh qahramon o'zgartirilgandan keyin uning atrofdagi ba'zi asosiy obrazlarning ijrochilarini ham o'zgartirishga to'g'ri keldi. Chunki boshqa ijrochilarni ham asosiy rol ijrochisi T.Azizovga moslash zarur edi.

Sharif Qayumov va Nosir Otaboyevlar Ulug'bekning davlat arbobi va olimligiga ko'proq urg'u berib talqin qilganlar.

Ilm-fanga berilib, butun borlig'i bilan sho'ng'ib ketib, koinotning sir-asrorlarini ochib berish harakatida bo'lib, mamlakatda saroydagi ahvoldan va hatto o'z o'g'lining nojo'ya xatti-harakatlaridan bexabar qolgan, mutassib ruhoniylarning g'animligi, fitna-fujurlari avj olib borayotganini ko'rmagan, ko'rgan bo'lsa-da, tegishli baho bermagan Ulug'bek oxir-oqibatda fojeaga uchraydi. Ana shunday talqin qilingan asarning ijro uslubini topish oson kechmadi, albatta. Ayniqsa, ijrochilar bilan nutq ustida ishlash murakkab bo'lgan. - "Asosiy qiyinchilik aktyorlarning nutqi ustida ishlashi bo'ldi, - degan edi biz bilan suhbatda rejissor N.Otaboyev. Ayniqsa, Ulug'bek rolini o'ynagan T.Azizovning nutqidagi ohangdorlikdan tabiiylikka olib kelishda qiynaldik. T.Azizov o'z aktyorlik faoliyatida ko'pgina tarixiy shaxslar obrazlarini yaratgan. Tajribasi bor. Shunga qaramasdan, men undan Sh.Burxonovga taqlid qilmaslini, ohangdorlikka berilmasligini, ko'proq samimiylikka, yuragidagi dardni oddiy tidda bayon etishga harakat qilishini talab qilganman. Nutq ustida tinimsiz mehnat qilish tufayli T.Azizov nutqidagi ohangdorlikka berilib ketish bir oz yo'qolgan. Ko'proq so'zning tub manosini ochib berishga intilgan".

80-yillarga kelib, tarixiy mavzuga, buyuk alloma va mutafakkirlar shaxsiyatiga e'tibor kuchaydi. Uyg'unning "Zebuniso" (1982), I.Sultonning "Donishmadning yoshligi"(1981) she'riy dramalari Hamza teatrida va Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirildi. Tarixiy-biografik mavzulardagi asarlarni sahnalashtirishda rejissor

Baxodir Yo'ldoshev va rassom Georgiy Brimning xizmati katta bo'ldi. Bu janrda ular katta hayotiy va ijodiy tajriba orttirdi.

80-yillarda sahnalashtirilgan tarixiy she'riy spektakllarning saviyasi, kamchilik va yutuklari haqida teatrshunos olimlar vaqtli matbuotlarda bir necha maqolalari bilan chiqdilar. Bu maqolalar adabiyotshunos va teatrshunos olimlar orasida munozaraga aylanib ketdi. Asosan drama yaratishda dramatik mahorat sirlari, til va nutqning mutanosibligi, tarixiy haqiqat borasida tanqidiy fikrlar yuritildi.

80-yillar oxiriga kelib, mamlakatda siyosiy o'zgarishlar sodir bo'ldi Mustaqillik harakatlari avj ola boshladi. Vatanimiz tarixida unutilmas voqealar, mustaqillikka o'tish jarayonlari boshlanib ketdi. Qarashlar, ruhiyat, tafakkur o'zgara boshladi, ma'naviyat, mafkura masalalari kun tartibiga qo'yildi. Yangi jamiyat a'zolarini, yosh avlodni tarbiyalash davlat miqyosida hal etila boshladi. Mamlakat va xalq tarixini, milliy meros va qadriyatlarni o'rganish davri bo'ldi.

Ayni mana shunday paytda o'zbek sahnasida ulug' ajdodlarimizning timsoli yo'qligi, yoshlarni, umuman xalqimizni ma'naviy jihatlari boy bo'lishiga xizmat qiluvchi tarixiy mavzudagi spektakllarning yo'qligi ayon bo'ladi. Sahnada tarixiy shaxslar obrazlarini yaratish an'anasini tiklash va davom ettirish maqsadida aktyor va rejissor T.Azizov "Mirzo Ulug'bek" fojeasini qayta sahnalashtirishga qat'iy bel bog'laydi

Xo'sh, nima sababdan rejissor boshqa tarixiy asarga emas, aynan"Mirzo Ulug'bek"ka qo'l urdi? Bunga asosiy turtki nima bo'ldi? Bunday savollarning tug'ilishi tabiiy. Chunki asar uchinchi marta sahnalashtirilayotgan edi.

1989-yili Alisher Navoiy nomli O'zbek Davlat opera va balet teatrida M.Shayxzodaning 80 yillik yubileyiga bag'ishlab adabiy-badiiy kecha o'tkaziladi. Sevimli adibimiz TurobTo'laning taklifiga binoan T.Azizov va R.Ibrohimovalar spektakldan bir ko'rinishni ijro qilib berishlari kerak edi.

"Men uchun bu taklif kutilmaganda bir hodisa bo'ldi, - deb hikoya qiladi T.Azizov. Sahna ortidan kechani kuzatar ekanman, ajablanarli bir holatga tushdim. Badiiy chiqishlarning birontasi Maqsud Shayxzodaga tegishli emas edi. Kecha nihoyatda zerikarli o'tayapti, zo'rg'a chidadik. Nihoyat navbat bizga keldi. Shu lahzada mening vujudim, fikru zikrim Ulug'bek siymosini gavdalantirishga tayyor edi. Hozir mana shu sahnaning o'zida Ulug'bek xalqqa murojaat qiladi, yuragidagi alam va sitamlarning hammasini to'kib sochadi.

Sehrli o'zbek mumtoz kuyi yangraydi. Sahnaga Mirzo Ulug'bek - T.Azizov kirib keladi. U tomoshabinga xalqqa obdon tikilib olib, chuqur hayolga cho'madi va shunday deydi:

Ko'p g'alati zamonda yashar ekanman, Qalbimdagi haroratni insonga berib, Evaziga olmoqdaman sovuq g'arazlar,

Bu ham mayli, Firuzaning sha'niga g'iybat!

Yoki uning biror aybi bormikin bunda!

Shubha - boshqa, dalil boshqa, xulosa boshqa!

Vasvasalar shaytonga xos, umid insonga!...

Bu sahnada Ulug'bekning kundan kunga yakkalanib qolayotganligini, atrofdagi g'arazliklar, mayda-chuyda ig'volarning oxiri ko'rinmas darajada avj olib borayotganligidan afsus-nadomat chekayotganligini anglash mumkin. U qo'llarini ko'tarib, boshini mahkam siqib o'yga tolganda, suyukli rafiqasi kirib keladi. Ulug'bek Firuzani ko'rib boshini asta ko'taradi va uning fikrini bo'lib qo'ygandek o'zini noqulay sezadi. Ketmoqchi bo'lganida rashkdan yonayozgan Ulug'bek uni to'xtatadi. Abbos bilan Firuzaning o'rtasidagi munosabat qanaqa? Bu uydirmami yoki haqiqatmi, aniqlamoqchi bo'ladi. Ulug'bekning qo'lidan tutib, yig'lab yuboradi. Ulug'bek - uning boshini silab, jamiyatning g'arazli kishilarni kundan-kunga ko'payib ketayotganidan afsuslanib deydi:

Soch oqardi, dil bog'ida boshlandi xazon,

Kuzda endi yashin emas, so'nayotgan sham.

Sen boshqasan! Sen bahorning hamal oyisan.

Kundan kunga avjga chiqar senda harorat.

U his-hayajonga berilmay, alam va qayg 'ularni juda bosiq va dardli ohangda beradi.

Kichkinagina bu sahna ko'rinishi zaldagi tomoshabinni diqqatini o'ziga tortadi. Parcha tugatgach, tomoshabin o'rnidan turib, aktyorlarni gulduros qarsaklar bilan olqishlaydi. Bundan aktyorlarning ko'ngli ham tog'dek bo'lib ketadi. Mana shu yerning o'zida T.Azizovda "Mirzo Ulug'bek" tragediyasini qayta sahnalashtirish fikri tug'iladi. Pardozxonaga kirgach, o'zida kechgan fikr o'ylarini Rixsixonim Ibrohimovaga aytadi: "Mana! Mana shu Shayx akaning haqiqiy asari. Asarni hozirgi zamonga moslab sahnalashtirsammikin?" R.Ibrohimova ma'ullaydi.

Shu-shu T.Azizovning niyati qatiylashsa qat'iylashdiki, ammo so'nmadi. Nihoyat, o'zining hamkasbi, hamfikri rejissor Munavvara Abdullayeva bilan maslahatlashib "Mirzo Ulug'bek"ni qayta sahnalashtirishga qaror qiladi. Ilgarigi talqinlarda zamon zayli bilan asardagi ba'zi sahnalar, ba'zi personajlar qisqartirilgan edi. T.Azizov asarga yangicha yondashib, uni to'liq holda sahnalashtirishni niyat qiladi. Rejissor Hamza teatrining eng ko'zga ko'ringan aktyorlari bilan birga istedodli yosh shogirdlarini yig'ib, asarning yangi yo'nalishdagi variantini tushuntira boshlaydi. O'zining sahnaviy yechimini bayon qiladi. Spektakl ustida aktyorlar bilan qizg'in ish boshlanib ketadi.

Bu mas'uliyatli damlarda rejissor zimmasiga og'ir bir vazifa turar ediki, u ham bo'lsa, dramaturg 60-yilllrda ilgari surgan g'oyalarida 90-yillar uchun ahamiyatli jihatlarini topish, bir qator obrazlarga yangicha ko'z bilan yondashish edi. Avvaliga

sahna variantlarida davr taqozosi bilan tushib qolgan sahnalarni, gap-so'zlarni tiklashga harakat qiladi. Maqsadga muvofiq uchta sahna ko'rinishini kiritib, ba'zi ahamiyatsiz sahnalarni qisqartiradi. P'esadagi uchinchi parda, birinchi va ikkinchi ko'rinish -"xaram va ayollar" sahnasi, beshinchi parda, birinchi va ikkinchi -Ulug'bekning ilm ahllari bilan taxtni tashlash va tashlamaslik haqidagi maslahati, Amir Temurning ruhi bilan uchrashuvi tiklandi. Spektaklning rejissor zamona ruhidan kelib chiqqan holda g'oyasi asosiy konsepsiyasini qisqa va lo'nda ifoda qiladi: "Sizlar kimning avlodisiz? Nega insonlar bir-birlarini qadrlamay qo'ydilar? Ma'naviy merosimiz bo'lmish ajdodlar tarixini va ularning siyosiy, ijtimoy hayot yo'lini o'rganing. Yangidan kiritilgan sahnalar ham mana shu g'oyaga bo'ysundirildi.

"Rejissor o'zi sahnalashtirmoqchi bo'lgan asarini qanchalik to'liq o'rgangan va shu asosda sahnalashtirish uchun mukammal ijodiy reja tuzgan bo'lsa, uning ijrochilari bilan uchrashgandagi birinchi suhbati ham asosli bo'ladi. Shuningdek, T.Azizov ham "Mirzo Ulug'bek" tragadeyasidagi voqealar ketma-ketligini, konflikt va yechimini puxta o'ylagan. Rollarni ham o'rinli taqsimlagan: Ulug'bek - T.Azizov, S.Devonov, Firuza - S.Yunusova, Sh.Ismoilova, Gavharshodbegim - Yayra Abdullayeva, Amir Temur arvohi - Z.Muhammadjonov, Y.Ahmedov, Sakkokiy -M.Abduqunduzov, Devonbegim - X.Nurmatov, Abdulatif - B.Muhammadkarimov, Sayid Obid - Q.Abdurahmonov, T.Karimovlar. Spektakldagi obrazlar qiyofasini yaratgan aktyorlar rejissyorning g'oyaviy konsepsiyasini hamjihatlik bilan amalga oshirishga kirishadilar.

Ma'lumki, teatrda rejissorning spektakl ustidagi ish jarayoni uch bosqichni o'z ichiga oladi. Birinchi bosqich stol atrofidagi ishdir. Bu jarayonda p'esa o'qilib, muhokama qilinib, dramaturg fikri, p'esaning syujeti, xatti-harakat qiluvchi shaxsning xarakteri va p'esaning g'oyasi oydinlashtiriladi. Sahnaviy nutq masalalariga ham rejissor alohida to'xtaladi. P'esaning g'oyaviy mazmuni, uning oliy maqsadi, p'esada sodir bo'layotgan voqealar va qahramonlar xatti-harakatlarini aniqlash, personajlarning o'zaro munosabati, har bir personajning nutqiy xarakteristikasi, so'zning tub ma'nosini ochish kabi masalalar stol atrofidagi ishda hal bo'ladi."Mirzo Ulugbek" talqinida bu masalalarga kamroq e'tibor berildi, ish jarayonining ikkinchi va uchinchi bosqichlariga, ya'ni shartli maydonchadagi ish va sahnadagi repetitsiyaga tez, shoshilinch ravishda o'tib ketildi. Aktyorlar bilan bo'ladigan asosiy ish repetitsiya jarayonida qilindi. Aktyorlarning yutuq va kamchiliklari yo'l-yo'lakay tuzatilib ketildi. Shunga qaramay, rejissorning shohning oldiga kirib kelgan holatdan tortib, nafasni rostlash va so'z xatti-harakatidan aniq talaffuz qilishigacha ko'rsatgan yo'l-yo'riqlari aktyorlar ijrosiga singib, ular talqinidagi obrazlar muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qildi.

Biroq tragediyani sahnalashtirish jarayonida p'esaning she'riy tili va aktyorlar nutqi ustida alohida ish olib borilmadi. Balki bunga siyosatini amalda tomoshabinga

ko'rsatib, hozirgi zamonda ilm-marifatni jonlantirish lozimligini ta'kidlaydi. P'esada ikki katta monolog dialogga aylantirilgan. So'z matnini fikran bog'lab, dialogga aylantirishda rejissor yordamchisi Munavvara Abdullayevaning xizmati katta bo'ldi. Rejissorlarning bundan ko'zlagan maqsadi sahnani jonlashirish va tomoshabinning diqqatini tortishdir.

Mirzo Ulug'bek yurtni vayronagarchilikdan saqlash uchun qon to'kilishini istamasdan taxtni tashlab ketishga majbur bo'ladi.

Spektaklning final sahnasida taxtga erishish yo'lida hech narsadan tap tortmaydigan, otasining nasihatiga emas, ko'proq buvisi va Sayid Obidning gapiga quloq tutadigan razil, nomard o'g'il Abdulatif - B.Muhammadkarimov daxshatli qiyofada paydo bo'ladi. U o'z atrofidagi kishilari bilan tomosha zalidan sahnaga ko'tariladi. Sayid Obid Ulug'bekni uchun Ablulatifga xanjar uzatadi. Tomoshabin orasida daxshatli sukut paydo bo'ladi. Abdulatif esa xanjarni Qozi Miskinga uzatadi. U xanjarni olmay, "Qozi Miskin ko'r bo'laru jallod bo'lolmas", deb chiqib ketadi. Keyin bu ish Abbosga yuklatiladi. "Spektaklga Amir Temur arvohi va Ulug'bek sahnasini kiritganimizni ko'pchilik teatrshunoslar qo'llab quvvatlagan edi. Oldingi postanovkalarda bu sahna umuman kiritilmagan edi. Bizningcha spektaklning cho'qqisi xuddi mana shu sahna bo'ldi. P'esada bu sahna juda keng berilgan. Biz hozirgi tomoshabinni nazarda tutib, ularni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida ikki shaxsning so'zlarini qisqartirib asosiy fikrlarni olib qochishga harakat qilmoqda.

Sahna aylanadi. Ichkaridan Ulug'bek o'z ijodxonasiga kirib keladi. U tepalikka chiqmoqchi bo'lganida, tepada qo'lida xanjar bilan Abbos paydo bo'ladi. Ko'zi qonga to'lgan Abbos, orqaga tisarilgan Ulug'bekning yelkasiga xanjar sanchadi. Bu yer go'yo charxpalak bo'lib ketgandek sahna sekin aylana boshlaydi. Yaralangan Ulug'bek tepalikka chiqadi, u nimanidir gapirmoqchi bo'ladi, ammo gapirolmaydi va yulduzlarga intilgan holda jon beradi. Pastda esa taxt, unda padarkush Abdulatif. Bu bilan rassom va rejissor otasining qarg'ishiga, xalqning la'natiga uchragan o'g'ilning umri qisqa bo'lishini ta'kidlaydilar.

Rejissor asardagi g'oyalarning zamonaviy jaranglashiga harakat qiladi. Ammo spektaklda bir kamchilik yaqqol ko'zga tashlanadi. U ham bo'lsa, Ulug'bek atrofidagi kishilarning sust harakatlari va ularning sodir bo'layotgan voqealarga nisbatan, befarqligi edi. Bunga sabab Mirzo Ulug'bekni qurshovidagi ilm-ma'rifatga intiluvchi kishilarning qiyofasida gavdalanuvchi aktyorlarning holatlar va nutq ustida yaxshi ishlanmaganligidir. Rejissorning o'zi bosh qahramon obrazini yaratish bilan band bo'lgani sababli bu ishga qo'li tegmagan, aktyorlar bilan ishlashni rejissor yordamchisi amalga oshirishi kerak edi, Afsuski, bunday bo'lmagan ayniqsa, tarixiy asarlarda aktyorlarning tili va nutqi ustida jiddiy ishlash lozim. Aktyordagi so'z xatti -harakati o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. "Aktyor sahnada berilgan shart-sharoitga ishonsa,tomoshabinni ham ishontira oladi" xuddi shuningdek, - agar artist o'zini

sahnada o'rab olgan sharoit tabiiy va normal holda, hatto barcha qonunlari asosida sodir bo'layotganini anglay olsa va buni to'la his etsa, shundagina u beixtiyor ijodining chuqur sir-sinoatlarini tushungan bo'ladi". Bu gap barcha ijrochilarga tegishlidir.

Demak, sahnada tarixiy shaxs obrazini yaratishda faqat bosh qahramon rolini o'ynagan aktyorning faol ijrosigina emas, balki uning atrofidagi personaj (obraz)larning ham oliy darajadagi ijrosi ham ahamiyatga molikdir. "Mirzo Ulug'bek" - tragediyasining so'nggi talqinida mana shu narsaga ahamiyat berilganida, spektakl yanada to'laqonli chiqqan bo'lur edi.

Xullas, doimo izlanishda bo'lib, tinib-tinchimagan T.Azizov "Mirzo Ulug'bek" tragediyasini yana teatr sahnasiga olib chiqar ekan, buyuk ustoz san'atkorlar an'analarini davom ettirish va rivojlantirish yo'lidan bordi. Eng muhimi, u yaratgan spektakl zamonaviy jarangladi. Asli maqsad shu edi. Bu to'g'rida T.Azizov shunday deb yozadi: "Rejissurani ilk marotaba M.Shayxzodaning - "Mirzo Ulug'bek" tragediyasini sahnalashtirish bilan boshlaganman. Bu 1988-1989 yillar edi. Qorabog'dagi voqealar, Toshkent talabalar shaharchasidagi to'polonlar asardagi urg'uni o'zgartirdi. "Zindon" ko'rinishi, Ulug'bekning Amir Temurni tush ko'rishi markaziy ko'rinishlariga aylandi. Mana shu yo'l bilan asar zamonaviy jarangladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Холикулова, Г.Э. (2007). Сахна нутки. Тошкент-2007 й.

2. Холикулова, Г.Э. People's poet of uzbekistan mukhammad yusuf - singer of the native land and love. International conference. Pages 154-159.

3. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахна нутки ва жонли тил. Мулокот, Тошкент. 35 - бет.

4. Гузал Эркиновна Халикулова. Маннон Уйгур - выдающийся режиссёр узбекского театра и мастер по сценической речи. Эдебиет жэне енер институты, Алматы. Вопросы литературы и искусства им. М.Ауэзова. 59-60 стр.

5. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахна нутки ва жонли тил. Мулокот, Тошкент. 35-бет.

6. ГЭ Халикулова. Актёрлар нуткда Навоий шеърияти. Театр, Тошкент. 10 -11- бетлар.

7. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахнада тарихий мухит тасвири. Театр, Тошкент. 20-21- бетлар.

8. Гузал Эркиновна Халикулова. Искусство речи в историко-поэтических спектаклях. / Искусство Узбекистана. История и современность. Материалы научно-практической конференции молодых ученых. Ташкент: Поколение нового века. Стр. 50-51.

9. Гузал Эркиновна Халикулова. Замонавий театр хакида шахсий мулохазалар. K,алдирFоч, Тошкент. №1(4). 2 - бет.

10. Гузал Эркиновна Халикулова. Вопросы сценической речи в интерпретации узбекской исторической драмы (80-90-е годы). Автореферат 2004 г. стр. 1 - 21.

11. ГЭ Халикулова. Сахнани актёр безайди. Театр, Тошкент, 22-23-бетлар

12. Guzal Khalikulova. "Мирзо У^бек" тарихий драмасида тил масалалари. /Сб науч. тр. "Нафосат". 144-147.

13. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахна нутки (тарихий драмалар талкинида). Укув кулланма. Тошкент. УзДСИ. 1 - 9 - бет.

14. Гузал Эркиновна Халикулова. Husni ta'il - искусство силы. Журнал Театр, Ташкент. № 6. 14-15 стр.

15. Гузал Эркиновна Халикулова. Чувство уважения. Журнал Калдиргоч, Ташкент. Стр 41.

16. Гузал Эркиновна Халикулова. Гигиена и техника чтения книг. Журнал Калдиргоч, Ташкент. 21(42).

17. Гузал Эркиновна Халикулова. Мусикий ижрочиликда ёшларнинг фаоллигини ошириш ва уни ривожлантириш масалалари. Тошкент ТДМИ, (Туплам).

18. Гузал Эркиновна Халикулова. Санъат равнаки йулида. Журнал K,алдирFоч, Тошкент. 2010/1.

19. Гузал Эркиновна Халикулова. Хассос суз устаси. "Мухсин Хдмидов (Бадиий суз устаси)" номли монографияси учун макола 2010. УзДСИ. 8 - бет.

20. Гузал Эркиновна Халикулова. Маънавий баркамоллик давр талаби. ЖизПИ, туплами. 363 - бет.

21. Гузал Эркиновна Халикулова. Узбекистон давлат санъат институтида кадрлар тайёрлаш сифатини яхшилаш ва сохани ривожлантиришда амалга оширилаётган ишлар. Узбекистон санъати ва маданиятида замон кахрамони образини яратиш муаммолари ва ечимлари" Туплам. УзДСИ.

22. Гузал Эркиновна Халикулова. Юрт тараккиёти, халк фаровонлиги хамда баркамол авлодни тарбиялашда санъатнинг роли. Халкаро Симпозиум материаллари туплами.

23. Гузал Эркиновна Халикулова. Формирование сценической речи в профессиональных спектаклях и роль системы Станиславского в развитии театрального искусства. Брянск, Сборник материалов VI Международного симпозиума. Стр. 219 - 225.

24. Гузал Эркиновна Халикулова. Замонавий рахбар аёлнинг профессионал нуткини оширишга доир. 2012 й. "Аёл - маънавият гулшани" ЖизПи., 4-Республика илмий-амалий конференцияси Туплам.

25. Гузал Эркиновна Халикулова. Актёрнинг сахна нутки махоратини эгаллашда нафасни такомиллаштирувчи янги услубий изланишлар. 2012/3/27. Глобаллашув жараёнида хореография санъати сохасида миллийликни саклаш муаммолари 2- республика конференцияси. Тошкент.

26. Гузал Эркиновна Халикулова. Театрларда адабий тил масъулияти. 2013 й. Янги давр санъати: анъанавийлик ва трасформацион жараёнлар. Тошкент, Алишер Навоий номидаги Узбекистан Миллий кутубхонаси нашриёти. 82-84 бет.

27. Гузал Эркиновна Халикулова. Спектакль яратишда суз ва харакат уЙFунлиги масалалари. 2014. Тошкент.: "Мумтоз суз". 110-114 бетлар.

28. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахна асарларида кахрамон характерини яратиш масалалари. Республика илмий-назарий ва амалий конференция материаллари. Тошкент: Навруз. 112 - 117 бетлар.

29. Гузал Эркиновна Халикулова. Институтда олий малакали илмий ва илмий педагог кадрлар тайёрлашнинг долзарб муаммолари. Театр// - Тошкент: 2014. (3). 9 -10 - бет.

30. Гузал Эркиновна Халикулова. Суз масъулиятини англаш хам санъат. Хуррият// - Тошкент. (43) 6-7 бетлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.