Научная статья на тему 'Olima va rahbar ayollarning notiqlik mahoratini oshirishga doir'

Olima va rahbar ayollarning notiqlik mahoratini oshirishga doir Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
261
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
oilaning baxtu / tarbiya / tezkor zamon / sabr-qanoat / mustahkam iroda / ishbilarmonlik qobiliyati / notiqlik / olima va rahbar ayollar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Go’zal Erkinovna Xalikulova

Xalq orasida so‘zga chechan, so‘zga usta, so‘z ustasi, so‘zamol, so‘zamollik, so‘zni boplaydi, gapni do‘ndiradi, gapga usta, chiroyli gapiradi singari iboralar bor. Keltirilgan so‘z va iboralarning barchasi inson nutqining, inson kamolotining darajasini, umumiy, jo‘n nutqdan farqlanadigan nutq namunalarini ifoda qiladi. Xotinlar yaxshi tarbiyali bolalarni yetishtirurlar. Ularning tarbiyalari orqali dunyoda ulug‘ zotlar yetishib chiqishi muqarrardir. Agar ayol o‘qigan bo‘lsa, o‘zining kim ekanligini, nima vazifani bajarish lozim ekanligini biladi. Oilasi va atrofdagi kishilar bilan yaxshi muomalada bo‘ladi, nihoyat Alloh Taoloning amriga muvofiq hayot kechiradi”, deyiladi hadislarda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Olima va rahbar ayollarning notiqlik mahoratini oshirishga doir»

Olima va rahbar ayollarning notiqlik mahoratini oshirishga

doir

Go'zal Erkinovna Xalikulova

Annotatsiya: Xalq orasida so'zga chechan, so'zga usta, so'z ustasi, so'zamol, so'zamollik, so'zni boplaydi, gapni do'ndiradi, gapga usta, chiroyli gapiradi singari iboralar bor. Keltirilgan so'z va iboralarning barchasi inson nutqining, inson kamolotining darajasini, umumiy, jo'n nutqdan farqlanadigan nutq namunalarini ifoda qiladi. Xotinlar yaxshi tarbiyali bolalarni yetishtirurlar. Ularning tarbiyalari orqali dunyoda ulug' zotlar yetishib chiqishi muqarrardir. Agar ayol o'qigan bo'lsa, o'zining kim ekanligini, nima vazifani bajarish lozim ekanligini biladi. Oilasi va atrofdagi kishilar bilan yaxshi muomalada bo'ladi, nihoyat Alloh Taoloning amriga muvofiq hayot kechiradi", deyiladi hadislarda.

Kalit so'zlar: oilaning baxtu, tarbiya, tezkor zamon, sabr-qanoat, mustahkam iroda, ishbilarmonlik qobiliyati, notiqlik, olima va rahbar ayollar

Speeches by women scientists and leaders about advanced

training

Gozal Erkinovna Khalikulova

Abstract: Among the people there are such expressions as eloquent, master of words, master of words, talkative, talkative, slurred speech, speech freezes, master of speech, speaks beautifully. All these words and phrases express the level of human speech, the level of maturity of a person, speech turns that differ from ordinary, lively speech. Women bring up well-bred children. It is inevitable that great men will grow up in the world through their upbringing. If a woman is educated, she knows who she is and what her duties are. He gets along well with his family and the people around him, and, finally, lives according to the commandment of Allah Almighty, "the hadith says.

Keywords: family happiness, education, quick time, patience, strong will, business skills, eloquence, women-scientists and leaders

"Oilaning baxtu saodati xotinlarning aqlli-yu, ilmli bo'lishlariga bog'liq. Xotinlar yaxshi tarbiyali bolalarni yetishtirurlar. Ularning tarbiyalari orqali dunyoda ulug' zotlar yetishib chiqishi muqarrardir. Agar ayol o'qigan bo'lsa, o'zining kim ekanligini, nima vazifani bajarish lozim ekanligini biladi. Oilasi va atrofdagi kishilar

bilan yaxshi muomalada bo'ladi, nihoyat Alloh Taoloning amriga muvofiq hayot kechiradi", deyiladi hadislarda. Darhaqiqat, samimiy tabassumi, sog'lom va chiroyli yuzi, maftunkorligi, bilimdon va ishbilarmonligi bilan kishilarda havas tuyg'usini uyg'ota oladigan bugungi kunning ziyoli ayollari nafaqat oilada, jamiyatimizning barcha sohalarida ham xususan, ijtimoiy, maorif va madaniyat sohalarida o'zining ulkan hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Ayniqsa, bugungi yangiliklarga boy, tezkor zamonda rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borayotgan ayolllarning jamoada, yosh-u, qariyalar bilan til topishib, ularni namunali va sifatli ishlashga undab ishlashning o'zi bo'lmaydi. Buning uchun unda sabr-qanoat, mustahkam iroda, ishbilarmonlik qobiliyati bo'lishi bilan birga notiq ham bo'lish kerakligi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan rahbar ayollarda notiqlik san'ati va immidjini oshirishga doir ba'zi masalalarga to'xtalib o'tishni joiz deb bildim.

Mavjud lingvistik adabiyotlarda notiq, notiqlik, notiqlik san'ati; voiz, voizlik san'ati kabi tushuncha va atamalarga duch kelamiz. Xalq orasida so'zga chechan, so'zga usta, so'z ustasi, so'zamol, so'zamollik, so'zni boplaydi, gapni do'ndiradi, gapga usta, chiroyli gapiradi singari iboralar bor. Keltirilgan so'z va iboralarning barchasi inson nutqining, inson kamolotining darajasini, umumiy, jo'n nutqdan farqlanadigan nutq namunalarini ifoda qiladi. Hamma ham agar u nutqiy nuqson bilan tug'ilmasa gapiradi. Ammo hamma ham bir hilda gapga chechan, o'ta chiroyli gapiruvchi bo'lavermaydi. Nutqiy chechanlik - notiqlik alohida qobiliyatdir. Chinakam notiqlar notiqlik mahoratiga tabiiy qobiliyat bilan bir qatorda o'z tili, nutqi ustida tinimsiz ishlash natijasida erishadilar.

O'tmishda va o'tmishga oid adabiyotlarda alohida nutqiy mahorat bo'lgan notiqlik ko'rinishlari odamlarning kundalik nutqidan, nutqiy faoliyatidan farqlangan. Chinakam san'at, alohida qobiliyat ma'nosidagi notiqlik barcha kishilar uchun ham xos bo'lmagan.

Har qanday nutq "notiqlik" namunasi va uning egasi chin ma'noda notiq degan emas. Notiqlik qadimiy davrdan beri alohida mahorat, san'at sifatida, insondagi maxsus, noyob qobiliyati talqin etilib kelinadi. Shu tufayli notiqlik alohida san'at sanaladi va har qanday og'zaki nutq shakli yoki nutqiy mahorat notiqlik bo'lavermaydi.

Ma'lumki, notiqlik san'atida tinglovchini, ommani o'ziga tortishga intilish maqsadi birinchi o'rinda turadi. Notiq nutqi chiroyli, jozibali bo'lishi shart. Chiroylilikka erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy kuchiga, jumlalar jimjimadorligiga katta e'tibor berishi kerak. "Notiqlik avvalo chiroyli gapirishdir. Ammo nutqning faqat chiroyli bo'lishi yetarli emas, har qanday bema'ni safsatalarni ham juda chiroyli qilib gapirish mumkin. Bu esa notiqlik emas, vaysaqilik sanaladi". (Sodiqova M., Jo'raev J. So'zdan so'zning farqi bor. T., "Fan" 1966, 7-8 betlar)

Notiq nutqi ham nutqiy jarayonga ongli munosabatda bo'lishlik bilan xarakterlanadi, ammo bu onglilik nutqning tashqi sifatlarida ko'rinadi.. Bunga u yoki bu uslubga xos talaffuz, ohang, ritorik figuralar va shu kabilar kiradi. Notiqlik nutqi sintaktik nuqsonlardan holi bo'lar ekan, bu o'sha tashqi ifodaviylik holatlari tufaylidir.

Hozirgi kunda notiqlik tushunchasi va notiq termini alohida mahorat va san'at ma'nosida emas, balki, jo'n, ommaviyroq ma'noda tushunilmoqda va qo'llanilmoqda. Har qanday ma'ruza o'qiydigan, nutq so'zlagan kishini notiq deb atalayotganini kuzatish mumkin. Bu haqiqiy notiqlikdan, ya'ni klassik notiqlikdan uzoqlashish desa bo'ladi. To'g'ri, notiqlik nutqning og'zaki shakli. Notiqlik san'ati-og'zaki nutq san'atidir. Notiqlik alohida shaxsning nutqiy mahoratini, san'atini ifodalaydi. Notiqlik asosan nutq vositasida kishilarga muayyan g'oya va maqsadlarni yetkazishni va ularni ma'lum maqsadga jalb qilishni taqozo qiladi.

Notiq nutqi esa asosan ko'pchilik tinglovchiga, keng auditoriyaga mo'ljallangan bo'ladi. Notiqni birdan ortiq shaxslar tinglaydi. Nutq madaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari kishilar orasida odatiy suhbatni, yakka kishiga qaratilgan nutqlarni ham o'z ichiga oladi. Notiqlik, ko'proq nutqning mazmuniga, mantiqiy asoslariga, mundarijaviy tuzilishiga e'tibor qiladi. Notiqlik asosan aniq bir shaxs -notiq yoki guruhlar - notiqlar nutqi haqida qayg'uradi.

Notiqlik san'ati qo'llanilishiga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi; ijtimoiy-siyosiy nutq, akademik nutq (ma'ruza, ilmiy ma'ruza), undan tashqari auditoriya notiqligi (oliy o'quv yurtlari, kollej, litsey talabalari va o'quvchilari uchun ma'ruzalar), ijtimoiy-maishiy nutq (turli tadbir, yubileylardagi nutq), diniy va'zxonlik kabilardir. Referat-taqriz, og'zaki suhbat-seminar, mo'jaz ma'ruza, prezintatsiya, bahs-munozara, inrtervyular ham notiqlik talablaridan kelib chiqqan holda olib boriladi.

Notiqlik san'atining shakllari ham mavjud bo'lib, bu - monologik nutq (ma'ruza, doklad), dialogik nutq (bahs-munozara, suhbat).

Aytilayotgan fikrni tanglovchiga yetib borishi va uning xulqiga ta'sir etishi notiqning so'zlash mahoratiga bog'liqdir. Oddiy gaplashganda notiqona nutqning farqi shundaki, notiq har bir aytilayotgan so'zga, gapga, so'z bog'lamlariga alohida munosabatda bo'ladi. O'z fikrini qanday libosda taqdim etayotganligiga qiziqadi. Bunda adabiyot til normalariga qat'iy rioya qilishlik talab etiladi.

Keyingi masala ommabop nutqning tili va uslubi

"Ommabop" so'ziga izoh beradigan bo'lsak, umumga, ommaga tegishli, omma uchun belgilangan, mo'ljallangan degan ma'nolarni anglatadi. Ommabop adabiyot, ommabop jurnal, ommabop tilda yozilgan maqola, ommabop nutq terminlar shular jumlasidandir.

Rahbarlar, xalq deputatlari notiqlik mahoratini o'rganar ekan, ular ommabop nutqning ham qanday bo'lishi mumkinligini bilib qo'yishlari kerak bo'ladi. Rahbar o'z ish faoliyatida fikrni ifodalashda xilma xil shakllardan foydalanadi. Ularning har biri til materiallari asosida yuzaga keladi. Notiq tayyorlagan mata lo'nda va soddaligi, mantiqiyligi bilan ajralib turishi kerak.

Shu qatorda bayram tadbirlarida nutq so'zlashga alohida tayyorgarlik ko'radi. Tayyorlanadigan nutq ma'lum shart-sharoitni hisobga olib tayyorlanadi. Matn tayyorlashda til bilan nutq bir-biri bilan bog'lanib ketishiga katta ahamiyat berish lozim. "Matn", "til", "nutq", "uslub" tushunchalari bir-biri bilan mustahkam bog'lansagina nutq tinglovchiga yetib boradi, ta'sirchanligi oshadi. Shuning uchun bu tushunchalar nutq madaniyatiga bog'lab o'rgatiladi.

Til - ma'lum kishilar jamoasi a'zolarining muloqoti uchun muhim va asosiy vosita hisoblangan o'ziga xos belgilar sistemalaridan biri bo'lib, jamiyatda tafakkurning rivojlanishi uchun, madaniy tarixiy an'analarni avloddan-avlodga yetkazish uchun xizmat qiladi.

Bu tilning aloqa vositasi ekanligidan darak beradigan ta'rif. Matnning tiliga keladigan bo'lsak, u mazmun jihatdan boy, ifodali bo'lsa-yu, uning tili haqida o'ylanmagan bo'lsa, gap o'z kishisini topolmaydi. Shuning uchun ommabob nutqning o'ziga xos tilini topib nutq tayyorlash kerak.

Aytilayotgan fikrni tinglovchiga yetib borishi va uning xulqiga ta'sir etishi notiqning so'zlash mahoratiga bog'liqdir. Oddiy gaplashuvdan notiqona nutqning farqi shundaki, notiq har bir aytilayotgan so'zga, gapga, so'z bog'lamlariga alohida munosabatda bo'ladi. O'z fikrlarini qanday "libos"da taqdim etayotganligi bilan qiziqadi. So'zlaganda turli ohang va harakatlardan foydalanadi. Qo'l, gavda, boshning tasdiq yoki inkorni bildiradigan harakati, imo-ishoralari bilan auditoriyaga yuzlanib turadi. "Shunday emasmi?", "To'g'ri-da", "To'g'rimi?" kabi luqmalar orqali tinglovchilarga undaladi. Notiqona so'roq gaplar, rayyor jumlalardan, maqol, matal, hikmatli so'zlardan, gaplardan foydalanadi. Bu harakatlar bilan tinglovchilarning diqqatini mavzuga tortib turadi.

Notiqona nutqning maqsadi va xususiyatiga ko'ra tashviqiy, tanqidiy, tabrik nutqlariga ajratish mumkin.

Tashviqiy nutq deb muallif ko'zda tutgan biron voqea-hodisani bajarishga tinglovchilarni da'vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi. Notiq mavzuni dalillar asosida tinglovchilarga ifodalab beradi, ularni ishontirishga intiladi. Tashviqiy nutqda xalq hayotidan, tarixidan, odat, udumlaridan olingan tanish dalillarga va boshqa misollarga murojaat etish, nutqning ta'sirchanligini oshiruvchi barcha vositalardan foydalanish yaxshi natijalarni beradi.

Tashviqiy nutqning na'munasi sifatida mustaqillikka erishish arafasida ommaviy axborot vositalarida chiqish qilgan O.Hojievaning til haqidagi tashviy nutqidan parcha keltiramiz.

"...Nahotki, biz o'zbek tilimizni yo'qotib borayapmiz. Ivan Groznbiyning shajarasini bilamiz-u, lekin Afrosiyob, Oqsaroy harobalari, Axsikent qal'asi vayronalari haqida qardoshlarimiz tugul, farzandlarimiz ham bilishmaydi. Axir adabiyot, tarix va geografiyani bilmaslikdan yurtga bo'lgan muhabbatsizlik, hurmatsizlik tug'iladi-ku! Axir o'z tariximizni bilish, o'rganish - ruhimizga yong'in tushishishidan asraydi-ku!".

Yoki, E.Vohidovning "... Yaxshi niyat - yorti mol, deb bejiz aytmagan buyuk xalqimiz. Shunday kunlar keladiki, dehqon o'z yeriga ega bo'ladi. Bozor talab qilgan, xalq talab qilgan ekinni ekadi. Shunday kunlar keladiki, paxtachi o'z paxtasini dunyo bozori narxida dunyoga sotar. Shunday kunlar keladiki, o'zbek tili davlat tili deb e'lon qilinar. Biz istagan idoraga borib o'zbek tilida murojaat qilish huquqiga ega bo'larmiz. Aziz do'stlar! Noumid shayton, deydi xalqimiz. Umid bilan yashashga o'rganaylik, qo'limizdan kelganicha halol mehnat qilaylik. Ota yurtimiz omon bo'lsa, ko'p yaxshi niyatlarga yetarmiz.

Ha, bugungi kunda Mustaqilligimizning yigirma yillik to'yini nishonlash arafasida turibmiz. Yigirma yil oldin aytilgan bu gaplar uzoqni ko'ra oladigan, vatanimizning ilg'or kishilari tomonidan aytilgan gaplari. Bugungi kunda bu fikrlarning qanchalik amalga oshganini o'z ko'zimiz bilan ko'rib turibmiz.

Aytish kerakki, ikkala nutqning tilida ham shoironalik ruhi sezilib turibdi. Ammo xalqqa juda yaqin, ta'sirchan iboralar ishlatilgan, maqollardan ham o'rinli foydalanilgan. Jumlalar sodda, qisqa, sintaksis qurilishida erkinlik sezilib turibdi. Undovlar va takroriy so'zlar ta'sirchanlikni oshirishga yordam bergan.

Endi tanqidiy nutq haqida to'xtalsak. Bu nutq yuz bergan hodisalar, shaxslar xatti-harakatlariga e'tirozli munosabatda bo'luvchi nutqdir. Tanqidiy nutq ham kuchli mantiqiy mushohadalarga suyanadi. Notiq ishonchli dalillar asosida nutq manbaini tanqid qiladi.

Tanqidiy nutq madaniyati notiqdan o'ta hayajonlanib ketmaslikni, haqiqatdan chetlashmaslikni taqozo qiladi. Bunday nutqqa tanqid manbai bo'lgan narsa, shaxs va hodisalarga mensimasdan qarash, kishining shaxsiga tegib ketadigan jumlalar ishlatish, dalilsiz balandparvoz gaplar aytish nutq madaniyatini, shuningdek umumiy madaniyatni egallamaganlikni ko'rsatadi.

Tanqidiy nutq tuzilishi jihatdan darak gap, so'roq, ritorik so'roq, his-hayajonli gaplardan tuziladi. Muallif o'z muholiflariga nimalarnidir uqtiradi, kinoya qiladi, so'raydi. Qandaydir dalillarni bir-biriga muqoyasa (qiyos qilish, solishtirish, chog'ishtirish) qiladi. Shu usullar zaminida o'zining haqligini isbotlaydi. Bu nutqda ham notiqona nutqning boshqa ko'rinishlarida bo'lganidek, nutqning qurilishi,

jozibadorligi, ohangdorligi tinglovchiga ta'sir etishning birinchi vositasidir. Masalan, Ozod Sharafiddinovning "Tafakkur" jurnalida bosilib chiqqan "Bozor-ma'naviyat ko'zgusi" mavzudagi maqolasida shunday dalillarga duch kelamiz:

"Bozor iqtisodi bir joydan bir so'mga olingan narsani boshqa joyga olib borib ikki so'mga pullash, birovning do'ppisini birovga kiygizib, davlat orttirish emas, balki ishlab chiqiarishni yuksak saviyada tashkil qilish, ortiqcha chiqimlarga barham berish, mehnat unumdorligini oshirish yo'li bilan foyda ko'rishdir. Bizda esa mana shu narsani tushunib olish qiyin kechayapti. Arzonga olib, qimmatga sotib foyda ko'rishga o'rganib qolyapmiz. Bir dalil; biznes dunyosining hamma buyuk namoyondalari jumladan, Rokfeller, Ford, Morgan, Vestingovuz, Dyuponlar shunchaki topormon, ishbilarmon emas, buyuk olim odamlar bo'lgan ekan. Ularning har biri ilm sohasida buyuk kashfiyotlar qilganlar. Ko'plab ilmiy-tadqiqot sinov xonalari, institutlar ochib rivojlantirgan ekanlar. Bizning tanlagan yo'limiz juda to'g'ri yo'l, lekin shunday bo'lsa-da ko'ngil to'lmaydi. Nega? Bozorlar gavjum, qimmat bo'lsa-da yetarli, vositachi va xususiy do'konlar mo'l. Ammo o'zimizning molimiz bozorlarda kam uchraydi. Fikrimizcha biz o'z boyligimizga o'zimiz ega bo'lishimiz kerak, mehnatni to'g'ri tashkil etishimiz kerak".

Yana shuni alohida aytib o'tish kerakki, Prizidentimiz I.A.Karimovning nutqlarida o'ta yuqori madaniyat sezilib turadi. Masalan, 1998 yilda tarixchilar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o'rnatganlarida nihoyatda oliyjanoblik bilan ommabop qilib so'zlaganlar. "...Chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin, degan gap bor. Men tarixchi emasman. Bu borada aql o'rgatish fikridan mutloqo yiroqman. Lekin tabiiy bir savol tug'iladi: davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirgan bir paytda o'zimizning zamon va makondagi o'rnimizni aniq belgilab olishimiz, nasl-nasabimiz, kimligimizni bilishimiz kerakmi-yo'qmi? Ya'ni yurtimizda faol mehnat qilayotgan hurmatli akademiklar, olimlar, adiblar, noshirlar, avvalambor, tarixchilarimiz birgalashib, mana shu savollarga javob topishlari kerakmi-yo'qmi?..

Nazarimda, o'zbek xalqining tarixiy o'tmishi, o'zligi, ma'naviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayanadigan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Bu sohada ishlayotgan olimlarimizni tanqid qilish u yoqda tursin, ayblashga ham haddim sig'maydi. Ko'pchilik olimlarimizning ilmiy tafakkuri, qarashlari qaysi davrda shakllanganini ham yaxshi bilaman. Tarix olamida mehnat qilayotganlarni vatanparvar, elparvar safdoshlarim deb bilganim uchun ularga shu talabni qo'ymoqdaman: qachon lo'nda, asaosli qilib haqqoniy tariximizni farzandlarimizga yetkazasizlar?

Bu yerda ishlatilgan so'zlar juda keng ma'noga ega. Kamtarlik, kinoya, tanqid, maqollardan o'z o'rnida ishlatish, olimlarga bo'lgan hurmat hamma-hammasi jamlangan.

Tabrik nutqi haqida gap ketganda ko'pchilikning kayfiyati ham boshqacha bo'ladi. Chunki, turli tadbirlarda - bayramlarda, yubileylarda, to'ylarda, tantanalarda, tug'ilgan kunlarda so'zlanadigan nutq tabrik nutqi hisoblanadi. Tabrik nutqi nutq atalgan shaxs va hodisalarning yaxshi xususiyatlarini ko'rsatishga, ularni maqtashga qaratilgan bo'ladi. Shuning uchun ham bu nutq ko'tarinki, tantanali ruhda so'zlanadi. Til boyligidan ham shunga mos foydalaniladi.

Tabrik nutqida ham notiq turli dalillardan foydalanadi. Bu dalillar nutq atalgan shaxsning fazilatlarini ko'rsatishga qaratiladi. Notiq dalil sifatida uning tarjimai holidan, ijodidan, ishlaridan parchalar keltirishi mumkin. Tabrik nutqida xilma xil shakllardan, usullardan foydalansa bo'ladi. Ammo haqiqatdan uzoqlashmaslik kerak. Tabriq nutqi hajm jihatdan ixcham, maxzmunga boy bo'lib, tinglovchining vaqtini ko'p olmasligi lozim. Xullas, imkoniyatlar katta. Ammo nutq so'zlaganda me'yordan chetga chiqib ketmaslik kerak.

Masalan, Respublikamizda bayram deb belgilangan sanalarda katta tadbirlar o'rkaziladi. Bulardan biri "Navro'z" xalq bayramidir. Bu bayram yurtimizning har go'shasida bo'lib o'tadi. Juda ko'p tabrik nutqlar xalqimizning yetakchi kishilari tomonidan aytiladi. Masalan, "Navro'z - tabiat bayrami, borliqning yangilanishi, yasharish va odamlarni mehrli bo'lishga, rizq-ro'z yaratishga undovchi ezgulik, yilboshi ayyomidir. Ajdodlarimiz bir oy davom etadigan Navro'zni sog'inch va intiqlik bilan kutganlar. Ular Navro'zga qadar bog'-rog'larni, ariq-zovurlarni tozalaganlar, omoch-bo'yinturuqlar va aravalarni sozlab shay qilganlar, ko'chat va sara urug'larni hozirlaganlar. Navro'zga atab bug'doy undirishgan, ayollar mehr bilan sumalak pishirganlar, shirin orzu-tilak va niyatlar qilganlar. Yolg'iz qolgan ota -onalarga, yetim-yesirlarga, nogironlarga muruvvat ko'rsatganlar. Qabrlar ziyorat qilinib, o'tganlar ruhini shod etganlar.

Xalq sayllari o'tkazganlar. Ularda chavondozlar bellashuvi, xalq laparlari, askiya, qiziqchilik, mas'harabozlik bayramga yana fayz kiritgan. Hurmatli do'stlar! Farzandlarimizning baxtli saodatli hayot kechirishi yo'lida, yaxshi yashash yo'lida, davlatimizning taraqqiyoti yo'lida, dasturxonimizning to'kin-sochin bo'lishi yo'lida tinimsiz mehnat qildingiz. Bugungi yutuqlarimizni qo'ldan boy bermay halol mehnat qilishdan xormang-tolmang aziz Vatanimiz jonkuyarlari. Navro'z ayyomingiz barchangizga muborak bo'lsin!

Demak, notiqning ommabop nutqi va tili sodda, tushunarli bo'lishi talab qilinar ekan, uning sifatini oshirishda ham ba'zi omillarga e'tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo'ladi:

ona tili imkoniyatlaridan samarali foydalanish; nutqni til qoidalariga bionoan to'g'ri tuzish; talaffuzning tiniqligiga e'tibor berish; ifodali so'z tanlash.

Nutq sintaktik qurilishining o'ziga xosligi:

jumlalarning sodda va qisqaligi;

sintaktik qurilishining nisbatan erkinligi;

turli savollar qo'yish;

nutqning dialog uslubi;

undovlar, takrorlar, gap bo'laklari tartibini o'zgartirish (inversiya).

Xulosa o'rnida Kaykovusning "Qobusnoma" kitobida yozilgan ushbu nasihatni keltirish mumkin. "Ey farzand, so'zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so'zlaganingda ma'noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so'zning qanday ma'noga ega ekanini bilmasang, qushga o'xshaysan, bunday qushni to'ti deydilar. Sen shunday so'zlaginki, xalqqa tushunarli bo'lsin. So'zni juda qimmatli deb bilgil, chunki so'z xor narsa emas".

Har bir targ'ibotchi, tashviqotchi, rahbar umuman omma oldiga chiquvchilar notiqlikning sir-asrorlarini o'rganish kerak. Bu shubhasiz notiq nutqining tinglovchilarga tushunarli va ta'sirchan bo'lishida katta ahamiya kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xoliqulova, G.E. (2007). Sahna nutqi. Toshkent-2007 y.

2. Xoliqulova, G.E. People's poet of Uzbekistan mukhammad yusuf - singer of the native land and love. International conference. Pages 154-159.

3. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Sahna nutqi va jonli til. Muloqot, Toshkent. 35 - bet.

4. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Mannon Uygur - vbidayu^iysya rejissyor uzbekskogo teatra i master po ssenicheskoy rechi. Gdebiet jsne ener institutbi, Almatbi. Voprosbi literaturbi i iskusstva im. M.Auezova. 59-60 str.

5. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Sahna nutqi va jonli til. Muloqot, Toshkent. 35-bet.

6. GE Xalikulova. Aktyorlar nutqda Navoiy she'riyati. Teatr, Toshkent. 10-11-betlar.

7. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Sahnada tarixiy muhit tasviri. Teatr, Toshkent. 20-21- betlar.

8. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Iskusstvo rechi v istoriko-poeticheskix spektaklyax. / Iskusstvo Uzbekistana. Istoriya i sovremennost. Materialbi nauchno-prakticheskoy konferensii molodbix uchenbix. Tashkent: Pokolenie novogo veka. Str. 50-51.

9. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Zamonaviy teatr haqida shaxsiy mulohazalar. Qaldirg'och, Toshkent. №1(4). 2 - bet.

10. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Voprosbi ssenicheskoy rechi v interpretatsii uzbekskoy istoricheskoy drambi (80-90-ye godbi). Avtoreferat 2004 g. str. 1 - 21.

11. GE Xalikulova. Sahnani aktyor bezaydi. Teatr, Toshkent, 22-23-betlar

12. Guzal Khalikulova. "Mirzo Ulug'bek" tarixiy dramasida til masalalari. /Sb nauch. tr. "Nafosat" 144-147.

13. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Sahna nutqi (tarixiy dramalar talqinida). O'quv qo'llanma. Toshkent. O'zDSI. 1 - 9 - bet.

14. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Husni ta'il - iskusstvo silbi. Jurnal Teatr, Tashkent. № 6. 14-15 str.

15. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Chuvstvo uvajeniya. Jurnal Kaldirgoch, Tashkent. Str 41.

16. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Gigiena i texnika chteniya knig. Jurnal Kaldirgoch, Tashkent. 21(42).

17. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Musiqiy ijrochilikda yoshlarning faolligini oshirish va uni rivojlantirish masalalari. Toshkent TDMI, (To'plam).

18. Go'zal Erkinovna Xalikulova. San'at ravnaqi yo'lida. Jurnal Qaldirg'och, Toshkent. 2010/1.

19. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Xassos so'z ustasi. "Muxsin Hamidov (Badiiy so'z ustasi)" nomli monografiyasi uchun maqola 2010. O'zDSI. 8 - bet.

20. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Ma'naviy barkamollik davr talabi. JizPI, to'plami. 363 - bet.

21. Go'zal Erkinovna Xalikulova. O'zbekiston davlat san'at institutida kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash va sohani rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar. O'zbekiston san'ati va madaniyatida zamon qahramoni obrazini yaratish muammolari va yechimlari" To'plam. O'zDSI.

22. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi hamda barkamol avlodni tarbiyalashda san'atning roli. Xalqaro Simpozium materiallari to'plami.

23. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Formirovanie ssenicheskoy rechi v professionalntix spektaklyax i rol sistemti Stanislavskogo v razvitii teatralnogo iskusstva. Bryansk, Sbornik materialov VI Mejdunarodnogo simpoziuma. Str. 219 -225.

24. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Zamonaviy rahbar ayolning professional nutqini oshirishga doir. 2012 y. "Ayol - ma'naviyat gulshani" JizPi., 4-Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi To'plam.

25. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Aktyorning sahna nutqi mahoratini egallashda nafasni takomillashtiruvchi yangi uslubiy izlanishlar. 2012/3/27. Globallashuv jarayonida xoreografiya san'ati sohasida milliylikni saqlash muammolari 2-respublika konferensiyasi. Toshkent.

26. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Teatrlarda adabiy til mas'uliyati. 2013 y. Yangi davr san'ati: an'anaviylik va trasformatsion jarayonlar. Toshkent, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 82-84 bet.

27. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Spektakl yaratishda so'z va harakat uyg'unligi masalalari. 2014. Toshkent.: "Mumtoz so'z". 110-114 betlar.

28. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Sahna asarlarida qahramon xarakterini yaratish masalalari. Respublika ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya materiallari. Toshkent: Navro'z. 112 - 117 betlar.

29. Go'zal Erkinovna Xalikulova. Institutda oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolari. Teatr// - Toshkent: 2014. (3). 9 -10 - bet.

30. Go'zal Erkinovna Xalikulova. So'z mas'uliyatini anglash ham san'at. Xurriyat// - Toshkent. (43) 6-7 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.