Научная статья на тему 'NOTIQLIK KATTA MAHORAT VA TAJRIBANING MAHSULIDIR'

NOTIQLIK KATTA MAHORAT VA TAJRIBANING MAHSULIDIR Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

CC BY
618
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / so‘z / nutq jarayoni / iste’dod / notiqlik san’ati / kommunikativ / motivatsiya / nutqiy madaniyat / til qonunlari / kuryer / qishloq xo‘jaligi / dehqon.

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — M.Sh. Nurutdinova

Ushbu maqolada nutq madaniyati va notiqlikning asosiy jihatlari, unda allomalarimizning fikri haqida so‘z boradi. Shuningdek, notiqning nutqiy jarayonda o‘zini tutishi, imoishoralari, hatto kiyinishi ham muhim rol o‘ynashi xususida ham fikrlar bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOTIQLIK KATTA MAHORAT VA TAJRIBANING MAHSULIDIR»

Received: 12 September 2022 Accepted: 21 September 2022 Published: 30 September 2022

Kasb etikasi

NOTIQLIK KATTA MAHORAT VA TAJRIBANING MAHSULIDIR

M.Sh. Nurutdinova

Toshkent davlat agrar universiteti, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada nutq madaniyati va notiqlikning asosiy jihatlari, unda allomalarimizning fikri haqida so'z boradi. Shuningdek, notiqning nutqiy jarayonda o'zini tutishi, imo-ishoralari, hatto kiyinishi ham muhim rol o'ynashi xususida ham fikrlar bildiriladi.

Kalit so'zlar: nutq, so'z, nutq jarayoni, iste'dod, notiqlik san'ati, kommunikativ, motivatsiya, nutqiy madaniyat, til qonunlari, kuryer, qishloq xo'jaligi, dehqon.

Bugungi kun jamiyat a'zolarining o'zaro munosabati, bir-biri bilan o'zaro axborot, bilim, tajriba almashishi muloqot jarayonida amalga oshadi. Zamon, makon va vaqtning shiddat bilan o'zgarishi insonlar tabiatini ham o'zgartirib kelmoqda. Zamon bilan hamnafas bo'lish zamon talabiga aylanib ulgurgan. Kelajagimiz bo'lmish yoshlarni davlatimiz rahbari har tomonlama qo'llab-quwatlashi, ular uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berishi tahsinga loyiq. Ularning oldiga qo'yilgan talab o'qish, o'rganish va izlanishdir. Kitob o'qish, mutolaa qilish kishini bilim saviyasini charxlaydi. Uni jamiyatda o'z o'rnini topishiga ko'maklashadi. Kitob ko'p o'qigan odam zo'r zukko notiq bo'la oladi. Notiqlik — so'z san'ati, so'z san'ati bo'lganda ham ohangdan libos kiyib talaffuz bilan jilolangan so'z san'atidir.l U voqea-hodisa haqida aniq-ravshan va jonli ma'lumot berish orqali tinglovchi ongiga ta'sir etishi, ularni kuldirishi, yig'latishi va xayolot olamini zabt etishi mumkin. Notiqlik san'atining maqsad va vazifalaridan asosiylari ham ana shunday no'noq notiqlar kamchiliklarini aniqlash va mohir notiqlar yutuqlarini kuzatish va yo'l-yo'riq ko'rsatishdan iborat. Notiqlik nutq vositasida kishilarga muayyan g'oya va maqsadlarni yetkazishni, ularni ma'lum maqsadga safarbar qilishni ko'zda tutadi.

Ya'ni notiqlik san'atida tinglovchilarni ma'lum maqsadga jalb qilish asosiy o'rin tutadi. Nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklarni bartaraf etish, birorta so'zni noto'g'ri talaffuz qilsa yoki noo'rin ishlatsa, albatta, erinmasdan ulardagi shu kemtiklikni to'g'rilash lozim. Har qanday odamni gapidan, muomalasidan, ko'z qarashidan, o'zini dadil tutib gapirishidan uni madaniyatli kishi ekanligini bilib olish mumkin. Nutq madaniyati esa ko'proq til odobi tarzida namoyon bo'lgan. Kishilarning to'g'ri so'zlashi va yozishiga vosita bo'la oluvchi qurol - adabiy tildir. Nutq madaniyatining tarkibiy qismi bo'lmish

adabiy til - nutq (notiq] madaniyatining mezonidir.

Markaziy Osiyoda buyuk notiqlar, allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg'ariy, Zamaxshariy, Abu Ya'qub Sakkokiy, Kaykovus va uning "Qobusnoma" asari, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar badiiy nutqda mahoratli insonlardan bo'lganlar.

So'zning qadri, undan foydalanish, kam so'zlab, ko'p ma'no yuklash, ravshan fikrlash kabi masalalar ustida XII—XIII asr mutafakkirlari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiylar ham ibratli fikrlar bildirganlar. Ular tilga, nutqqa jiddiy e'tibor berish bilan birga yaratgan asarlarida ham bebaho fikrlar bildirishgan.

Notiqlik san'ati Yunon va Rim notiqligi tarixi qadimga borib taqaladi. Lisiy, Aristotel, Demosfen, Sitseron kabi allomalar katta rol o'ynaydi. 3 Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni istagan, lashkarboshilikni xohlagan har bir kishi uchun chiroyli va ta'sirchan nutq so'zlash san'atini egallash majburiy bir ehtiyoj bo'lgan.

Afinada yashab ijod etgan mashhur notiqlar orasida eng mo'tabarlaridan sanalgan Sitsiliyalik Lisiydir.

Lisiy-harbirixarakterxususiyatiga, tabiatiga, bilimi va jamiyatdagi mavqeiga mos keladigan o'z nutqi bilan tinglovchilarni ishontiradigan uslubni topadi.

Markaziy Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo'lgan Aristoteldir. Arsitotel notiqlik san'atini egallashni 5 qismga bo'lib o'rgatadi. "So'z - insonning eng kuchli quroli"- Aristotel.4

Sitseron "Kimki jo'n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o'rta darajada, ulug' hodisalar haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so'z san'atining chinakam ustasi bo'ladi" deydi.

Jumladan "Bugungi Xitoy mamlakatida tijorat jarayonida - piyodalar, velosipedlar, elektron

Agro Inform N3 [S] 2022

mototsikllar, yuk mashinalari va poyezdlardagi kuryerlar mamlakatdagi elektron tijorat inqilobining ko'zga ko'rinmas qahramonlaridir". (Alibaba} Jek Ma.5

Ushbu fikrdan Xitoyning yetakchi milliarderlaridan biri (ek Maning zamonaviy bilim egasi, mohir notiqligi yaqqol ko'zga tashlanib turibdi. Bo'lajak tadbirkorlarga o'z fikrini bildirib, bozorni yaxshi o'rganish, savdo-sotiq masalasida e'tiborga olish kerak bo'lgan muhim masala ko'ndalang qo'yilgan.

Tilning imkoniyatlari nutq orqali, nutq jarayonida ochiladi. Shirin muomalada bo'lish ham katta san'at hisoblanadi.

Notiqlik san'ati insondagi alohida qobiliyat va iste'dodni shakllantirishga qaratiladi. Notiqning iste'dodi, qobiliyati, nutq madaniyati adabiy til va uning me'yorlari orqali namoyon bo'ladi. Tinglovchiga hissiy ta'sir o'tkazishga erishish notiqdan katta mahorat talab etuvchi jarayon hisoblanadi. Mashhur rus notig'i, professor V.O. Klyuchovskiy shunday degan edi: "Jamoat orasida

gapirganingizda tinglovchilarning qulog'iga, aqliga murojaat qilmang, shundoq gapiringki, ular sizni tinglab turib, so'zlaringizni eshitsin, voqelikni siz bilan ko'rib, sizning holatingizga tushsin. Tinglovchilar sizning tasviringizni ham aqli, ham yuragi, ham fikri bilan yaxshiroq kuzatadi."

Notiqlik san'atini egallash kishidan qunt, chidam, malaka va tajriba talab etadi. Haqiqiy nutq katta mahorat va puxta tayyorgarlikning mahsulidir. Qishloq xo'jalik sohasida ham o'ziga xos nutq jarayon mavjud.6 Qishloq xo'jaligidagi olimlar nutqi dehqonlar yetishtirayotgan hosildorlikni oshishiga va samarali natijalarga erishishiga sabab bo'ladi. Nutqning mazmunli, ma'lumotlarga boy bo'lishi tinglovchilar diqqatini tortadi. Nutqning tinglovchiga ta'sir qilishida va taassurot qoldirishida notiqning nutqiy jarayonda o'zini tutishi, imo-ishoralari, hatto kiyinishi ham muhim rol o'ynaydi. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, tinglovchiga nisbatan hurmat kabi fazilatlar nutqning auditoriya tomonidan e'tibor va hurmat bilan tinglanishiga sabab bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining Davlattili haqidagi (Yangi tahrirdagi) Qonuni. — Т., "0 'zbekiston", 1995.

2. Aristotel "Ritorika". — M„ 1978.

3. Bekmirzayev N. Notiqning yon daftari. T., — "Fan", 2007.

4. Kaykovus "Qobusnoma". — T., "Meros", 1992.

5. Rustamov A. "So'z xususida so'z, — T., "Fan", 1987.

6. Sitseron. "Notiqlik san'ati haqida ikki risola" — T. "Yangi asr avlodi", 2007.

7.Фесенко О.П. Академическая риторика. Учебник и практикум для вузов. -М.: Юрайт, 2020.

N3 [5] 2022 Agro Inform

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.