Научная статья на тему 'QADIMGI FAYLASUFLARDA NUTQ MADANIYATI VA TEXNIKASINING SHAKLLANISHI'

QADIMGI FAYLASUFLARDA NUTQ MADANIYATI VA TEXNIKASINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1986
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq odobi / muomala madaniyati / dadil gapirish / nutq odobini saqlash / notiqlik sa’ati ustalari / nadimlar / qiroatxonlar. / speech etiquette / culture of speech / bold speech / etiquette / masters of public speaking / nadims / reciters.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sarvinoz To’lqinovna Rahimjonova

Ushbu maqolada nutq madaniyati tarixan qanday bo’lganligi, qadimgi Yunoniston hamda Sharq allomalarining nutqiy kompetensiyalari bilan tanishish o’rganish va o’zlashtirish haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FORMATION OF SPEECH CULTURE AND TECHNIQUES IN ANCIENT PHILOSOPHERS

This article is about learning and mastering the history of speech culture, the speech competencies of ancient Greek and Oriental scholars.

Текст научной работы на тему «QADIMGI FAYLASUFLARDA NUTQ MADANIYATI VA TEXNIKASINING SHAKLLANISHI»

QADIMGI FAYLASUFLARDA NUTQ MADANIYATI VA TEXNIKASINING

SHAKLLANISHI Sarvinoz To'lqinovna Rahimjonova

Qo'qon universiteti bakalavrianti https://doi.org/10.5281/zenodo.6632738

Annotatsiya. Ushbu maqolada nutq madaniyati tarixan qanday bo'lganligi, qadimgi Yunoniston hamda Sharq allomalarining nutqiy kompetensiyalari bilan tanishish o'rganish va o'zlashtirish haqida.

Kalit so'zlar: nutq odobi, muomala madaniyati, dadil gapirish, nutq odobini saqlash, notiqliksa'ati ustalari, nadimlar, qiroatxonlar.

ФОРМИРОВАНИЕ РЕЧЕВОЙ КУЛЬТУРЫ И ПРИЕМОВ У АНТИЧНЫХ

ФИЛОСОФОВ

Аннотация. Данная статья посвящена изучению и освоению истории речевой культуры, знакомству с речевыми компетенциями древнегреческих и востоковедов.

Ключевые слова: речевой этикет, культура общения, смелая речь, этикет, мастера ораторского искусства, надымы, чтецы.

THE FORMATION OF SPEECH CULTURE AND TECHNIQUES IN ANCIENT

PHILOSOPHERS

Abstract. This article is about learning and mastering the history of speech culture, the speech competencies of ancient Greek and Oriental scholars.

Keywords: speech etiquette, culture of speech, bold speech, etiquette, masters of public speaking, nadims, reciters.

KIRISH

O'rta Osiyo va Yunoniston madaniyati tarixida ham nutq madaniyati o'ziga xos mavqega egadir. Sharqda, jumladan, Movarounnahrda notiqlik, voizlik, ya'ni, va'zxonlik, Qur'onni tartib qilish bilan mushtarak holda so'zning ahamiyati, manosi va undan o'rinli foydalanish borasida ko'p yaxshi fikrlar aytilgan. Ana shu nuqtai-nazardan qaralsa, "Nutq odobi", "Muomala madaniyati" nomlari bilan yuritilib kelgan nutq madaniyati tushunchasi juda qadimdan olimlar, ziyolilarning diqqatini tortib kelgan: Demosfen, Suqrot, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg'oriy, Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, So'fi Olloyor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi ulug' siymolar nutq odobi masalalariga, umuman nutqqa jiddiy e'tibor berishga da'vat etish bilan birga tilga, lug'atga, grammatikaga va mantiqshunoslikka oid asarlar yozdilar. Buyuk qomusiy olim Beruniy o'zining "Geodeziya" asarida har bir fanning paydo bo'lishi va taraqqiy etishi inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

"O'qituvchi va o'quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o'rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechyapti. O'qituvchining bosh vazifasi o'quvchilarga mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko'pincha yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda tajribamizda unga rioya qilmaymiz. Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan ta'lim

samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo, bilim o'z yo'liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir". (Barkamol avlod orzusi. 16-bet).

Nutq tadbirkorligini singdirish maktabda o'qituvchining bosh vazifasidir. U birinchi soatdan boshlab to oxirgi mashgulotgacha o'quvchilarda nutq madaniyatini tarbiyalashga xizmat qilishi kerak.

Shu o'rinda taniqli tilshunos olim Nizomiddin Maxmudovning kuyunchaklik bilan aytgan fikrlarini keltirib o'tish lozim: «Ayni paytda nutqiy madaniyat 5 tarbiyasi bilan maktabdagi, hech bir istisnosiz, barcha o'quv fanlari ham bilvosita shugullanishi kerak. Matematika bo'ladimi, fizika yoki tarix bo'ladimi, o'qituvchi o'z nutqiy madaniyati bilan namuna ko'rsatishi, tegishli fan sohasining tugal tilini namoyish etishi va shu yo'l bilan o'quvchidagi so'z sezgisiga kuch berishi maqsadga muvofiq. Ta'lim amaliyotida ko'rgazmalilik azaldan eng zaruriy omil sifatida qarab kelinadi, shuning uchun o'qituvchi juda ko'p vaqtini turli ko'rgazmali qurollar tayyorlashga sarflaydi. Bu ma'qul, ammo, unutmaslik kerakki, nutqiy madaniyatni o'rgatish, chiroyli so'z zavqini o'stirish, umuman, til estetikasi tarbiyasida asosiy, jonli ko'rgazmali qurol o'qituvchining o'zidir».

Ulug' vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to'g'ri so'zlash, to'g'ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go'zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning naqadar ahamiyati zo'rligi haqida shunday deydi: "Qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so'rash va qanday javob berish masalasiga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga va hodisalarga ism beruvchitil haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman..."

TADQIQOT NATIJALARI

Kaykovus tomonidan 1082-1083-yillarda yaratilgan, qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri hisoblangan "Qobusnoma»da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz fikrlar aytilgan. Asar 44 bobdan iborat bo'lib, uning 6-7-boblari so'z odobi haqidadir. Muallif farzandiga qilgan nasihatlari orqali o'quvchini yoqimli, muloyim, o'rinli so'zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. So'zlaganda o'ylab, har bir fikrdan kelib chiqadigan xulosani ko'z oldiga keltirib gapirish kerakligini, kishi kamtar bo'lishi, o'zini xalq orasida oddiy, kamtar tutishi lozimligini eslatib, maxmadonalik qilish, ko'p gapirish donolik belgisi emas... "Ey farzand, agar sen har qanday notiq bo'lsang ham, o'zingni bilganlardan pastroq tutgil, toki so'z bilimdonligi vaqtida bekor bo'lib qolmagaysan. Ko'p bilu, oz so'zla, kam bilsang, ko'p so'zlama, chunki aqlsiz kishi ko'p so'zlaydi, deganarki, jim o'tirish salomatlik sababidir. Ko'p so'zlovchi aqlli odam bo'lsa ham, xalq uni aqlsiz deydi..."

Ulug' shoir Yusuf Xos Hojib turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo'lgan "Qutadg'u bilig" ("Baxt keltiruvchi bilim") asarida so'zlarni to'g'ri tanlash va to'g'ri qo'llash haqida: "Bilib so'zlasa so'z bilig sanalur" degan edi. qisqa so'zlash, so'zlarga iloji boricha ko'proq ma'no yuklash haqida:

Ugush so'zlama so'z biror so'zla oz, Tuman so'z tugunini bu bir so'zlayoz.

deydi.

Mazmuni: So'zni ko'p so'zlama, kamroq so'zla. Tuman (ming) tugunini shu bir so'z bilan yech. Gapirishdan maqsad so'zlovchi ko'zda tutgan narsa, hodisa, voqealarni tinglovchiga to'g'ri, ta'sirchan yetkazishdan iborat. Shunday ekan, nutqning to'g'riligi, ravonligi va

mantiqiyligiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutafakkir so'zlovchini tilning ahamiyatini tushungan holda, xovliqmasdan, so'zning ma'nolarini yaxshi anglab, nutqni ravon qilib tuzishga chaqiradi.

Adib Ahmad Yugnakiy ham so'zlaganda nutqni o'ylab, keraksiz, yaramas so'zlarni ishlatmaslikka, mazmundor so'zlashga chaqiradi. Noto'g'ri tuzilgan nutq tufayli keyin hijolat chekib yurmagin, deb so'zlovchini ogohlantiradi:

Uquv so'zla so'zni eva so'zlama, So'zing qizla, kedin, boshing kizlama. (Mazmuni, so'zni uqib so'zla, shoshib gapirma, keraksiz, yaramas so'zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma)

Nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko'rsatmalarda sodda va o'rinli gapirish, qisqa va mazmundor so'zlash, ezmalik, laqmalik, qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to'g'ri, rost va dadil gapirish, yolg'onchilik, tilyog'lamachilikni qoralash va boshqalar haqida gap boradi.

O'rta Osiyo notiqligining o'ziga xos xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng avval o'sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar edi. Bu davrda notiqlik san'ati ustalarining nadimlar, qissago'ylar, masalgo'ylar, badihago'ylar, qiroatxonlar, muammogo'ylar, voizlar, go'yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham ana shundan dalolat beradi. Ammo tilning yaratuvchisi xalq ekanligini va uning, eng avvalo, xalqqa xizmat qilishini to'g'ri anglovchi sog'lom fikrli kishilar uning ijtimoiy mohiyatini doimo to'g'ri tushunib kelganlar. Navoiyning davlat arbobi sifatida mehnatkash xalq oldida qilgan chiqishlari, uning til haqida aytgan fikrlari buning dalilidir. o'zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo'lgan buyuk shoir Alisher Navoiy turkiy tilda nutq tuzishning bayroqdori sifatida uning butun ijodi bilan o'zbek tili boyliklarini namoyon etdi. Navoiy o'zbek adabiy tilida buyuk asarlar yaratish mumkinligini namoyish qildi. Shoir o'zining "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida har bir tilning ijobiy va salbiy tomonlari borligini eslatib o'tadi. Navoiyning "Muhokamat ul-lug'atayn", "Mahbub ul-qulub", "Nazmul javohir" asarlari o'zbek tilida nutq tuzishning go'zal namunalari bo'lishi bilan birga, uning yuksalishiga ham katta hissa qo'shdi. U o'zining "Mahbub ul-qulub" asarida shunday deydi: "Til muncha sharaf bila nutqning olatidir va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo'lsa, boshning ofatidir...", ya'ni til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir, agar u o'rinsiz ishlatilsa tilning ofatidir.

XULOSA

Tarixan olib qaraganda, bundan ancha asrlar avval allomalarimiz ham nutq madaniyatiga va texnikasiga e'tibor qilishgan. Shu sababli biz o'z nutqimizda adabiy til me'yorlariga rioya qilishimiz kerak. Kelajak avlod ham nutqiy kompetensiya, adabiy til me'yori, o'zbek tili leksikasini bizdan o'rgansinlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Qodirov R. "Notiqlik san'ati". Toshkent-2019.

2. Kaykovus. "Qobusnoma". O'qituvchi nashriyoti-1967.

3. R.Mavlonova, N.Raxmonqulova, N.Voxidova, K.Matnazarova. "Pedagogika". Toshkent-

2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.