Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
246
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / nutq madaniyati / boshlang'ich sinf / o'quvchilar / metodika / ona tili darslari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Moxira Ibodullo Qizi Xolmuminova

Ona tilini namunalar va maxsus mashqlar asosida amaliy,muntazam va izchil o'rgatish orqali adabiy-badiiy nutq shaklini shakllantirib borishni taqozo qiladi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarni o'quv-biluv faoliyatiga tayyorlash, boshqalar bilan muloqotga kirisha oladigan, o'z fikrini boshqalarga tushunarli tarzda yetkaza oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA NUTQ MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISH

Moxira Ibodullo qizi Xolmuminova

Ta'lim va tarbiya nazariyasi (Boshlang'ich ta'lim) mutaxassisligi magistranti

Jizzax davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ona tilini namunalar va maxsus mashqlar asosida amaliy,muntazam va izchil o'rgatish orqali adabiy-badiiy nutq shaklini shakllantirib borishni taqozo qiladi. Boshlang'ich sinf ona tili darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarni o'quv-biluv faoliyatiga tayyorlash, boshqalar bilan muloqotga kirisha oladigan, o'z fikrini boshqalarga tushunarli tarzda yetkaza oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat.

Kalit so'zlar: nutq, nutq madaniyati, boshlang'ich sinf,o'quvchilar, metodika, ona tili darslari

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgach, o'rta ta'lim muassasalari, xususan, boshlang'ich ta'lim o'quvchilari ta'limi tuzilmasi va mazmunini tubdan yaxshilash ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasining —Ta'lim to'g'risidagi Qonuniga muvofiq Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tasdiqlanib, u «milliy va umumbashariy ma'naviy qadriyatlar, mehnat ko'nikmalari, ijodiy tafakkur, tevarak olamga va kasb tanlashga ongli munosabat negizida fan asoslari bo'yicha tizimli bilimlar olinishini ta'minlash, bilimlarni o'zlashtirishga ehtiyojni kuchaytirish, tayanch o'quv, ilmiy va umummadaniy bilimlar, ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish»ga yo'naltirilgan.

ASOSIY QISM

Xususan, boshlang'ich sinflarda nutq madaniyatini shakllantirish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Nutq to'g'riligi ustida ishlash boshlang'ich sinf O'quvchilarining nutq madaniyatini takomillashtirish o'qituvchining o'quv-uslubiy faoliyatidagi asosiy yo'nalishlardan biri sanaladi. Nutq madaniyatini shakllantirish masalasi uzoq o'tmish Sharq mutafakkirlari ijodida ham markaziy o'rin egallagan. Forobiy to'g'ri so'zlash, mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go'zal nutq sohibi bo'lish haqida shunday deydi: - Qanday qilib ta'lim berish va olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so'rash va qanday javob berishga kelganimizda, bu haqidagi ilmlarning eng birinchisi,jismlarga, ya'ni substansiya (mustaqil, o'z-o'zidan mavjud) va aksidensiya (tasodifan namoyon)lariga ism beruvchi til haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601

Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan ismlarni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidentiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijani ifodalovchi hikmatli so'zlarni va nutqni qanday tuzishni o'rgatadi.

Uchinchi ilm logikadir: u ma'lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logic figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o'rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to'g'ri va nima yolg'on ekanligi haqida hukm chiqaramiz.Nutq atamasi arabcha so'zdan olingan bo'lib, so'zlash, nutq; gapirish qobiliyati ma'nosini bildiradi. Tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi; so'zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning hosilasi.

Ma'lumki, inson hayotida nutq va tafakkurning o'rni va roli qadimdan ko'pchilikni qiziqtirib keladi. Forobiy, Zamaxshariy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar o'z asarlarida nutqni mahnaviy kamolot belgilaridan biri sifatida qayd etganlar. Jumladan, Forobiy so'zlash quvvati haqida shunday deydi: —...so'zlash quvvati (nutq) shunday quvvatki, uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-atvoridagi xunuk va go'zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo'lgan-bo'lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga zararli va foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi.

M.Koshg'ariyning —Devon-u lug'otit turk asarida —Adab boshi - til maqoli keltirilgan. Bu buyuk ajdodlarimizning inson ma'naviyatining shakllanishi va rivojlanishida tilning nechog'li ahamiyatli ekanligiga urg'u berganini ko'rsatadi.

Yusuf Xos Hojib insonda uquv-idrok va bilim til, so'z orqali a'yon bo'lishini aytib,nutqning ravon bo'lishiga da'vat etadi: —o'quv va bilimning tilmochi, tarjimoni tildir.

Kishiga ro'shnolik, yaxshilik va ezguliklar til tufayli keladi, buni yaxshi bilib olish kerak. Qut-izzatni ham, obro'-e'tiborni ham kishi til orqali topadi.

Hech qachon ko'p gapirma. Juda oz so'zla. Tuman so'z tugunini bitta so'z bilan yozib yubor, ya'ni oz so'zlarga ko'proq ma'no singdirish payidan bo'lgin.

Kaykovus o'zining —Qobusnoma asarida so'zlash madaniyati quyidagicha e'tirof etadi: —... xalq oldida gapirganda so'zing go'zal bo'lsin, bu so'zni xalq qabul qilsin.

Xaloyiq sening so'zing bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so'z orqali biladilar, har kishining ahvoli o'z so'zi ostida yashiringan bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqini o'stirish masalasi hozirgi uslubiy adabiyotlarda til, lug'at boyligi va nutq madaniyati haqida bilimlarga turlicha yondashuvlar asosida hal qilinadi.

Boshlang'ich sinf ona tili dasturiga kiritilgan lingvistik tushunchalardan kelib chiqib, mashqlarni fonetik, leksik, so'z yasalishi, morfemik (so'z tarkibi), grafik, orfografik, orfoepik, grammatik mashqlarga ajratish mumkin.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601

Mazkur mashqlar asosida amalga oshiriladigan tahlil o'quvchilarning nazariy tushunchalarni o'zlashtirishlariga yordam berishi, lug'atini boyitishi, bog'lanishli nutqini o'stirishi jihatidan keng qamrovli bo'lib, o'quvchilarning tilni har tomonlama

O'zlashtirishlarini ta'minlashini nazarda tutadi. Ta'kidlash kerakki, boshlang'ich sinf Ona tili darsliklaridagi mashq matnlarining tilini, ular yuzasidan ishlab chiqilgan savol-topshiriqlarni tahlil qilish, ularning o'quvchilar nutqini tadrijiy ravishda o'stirib borish imkoniyatiga ega emasligini ko'rsatdi. Ona tili darsliklaridagi barcha mashq matnlari nazariy bilimni mustahkamlash va kengaytirishga yordam bersada, O'quvchilar lug'atini boyitish,nutqini o'stirish, tilni amaliy egallashlariga zamin, asos bo'la olmaydi.

Mashqlarning bir tizim sifatida mukammallik kasb etmagani, nazariy ma'lumot berishga mo'ljallangan terma to'qima gaplardan tuzilgani, shubhasiz, mashqlarning bog'lanishli nutqni egallashga ijobiy ta'siri kam. Oddiy so'zlashuv nutqi shaklidagi qashshoq matn o'quvchi nutqini boyitish uchun manba bo'la olmaydi. O'quvchilarning o'zbek adabiy tilini egallashlari mashq matnlarining badiiyligiga, til komponentlariga boyligiga bog'liq.

Darslarni didaktik o'yinlar vositasida olib borish bolalarning aqliy faoliyatga tezroq kirishishlari va adaptatsiya hosil qilishlariga ham ko'mak beradi. Yangi dars boshlanishida yoki o'tgan darsni mustahkamlash paytida didaktik o'yinlardan foydalanib, o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirish mumkin.

Quyida boshlang'ich sinf ona tili darslarida qo'llash mumkin bo'lgan o'yin namunalarini keltiramiz:Zanjirli o'yini. O'qituvchi tilda mahnodoshi bo'lgan so'z aytadi, o'quvchilar parta ketma-ketligida unga ma'nodosh so'zni topib aytadilar.

XULOSA

Ma'nodoshi qolmagan paytda navbatdagi o'quvchining o'zi tilda ma'nodoshi bor so'z aytib o'yinni davom etishiga yordam beradi. Bir qator parta o'quvchilari bir necha ma'nodosh so'zlar guruhini tuzishlari mumkin. O'yin ketma-ketlikda davom ettiraveriladi. Masalan, bir qatorda 10 ta o'quvchi o'tirgan bo'lsa uchta, to'rtta mahnodosh so'zlar guruhini tuzishlari mumkin. 4-sinfda 304-mashq bajarilib bo'lingach bu o'yin uyushtirilishi mumkin.

REFERENCES

1. Masharipova U. Formirovanie kommunikativnqx kompetentsiy mladshix shkolg'nikov na osnove razvitiya svyaznoy rechi // XIIImejdunarodnoy konferentsii

—Obrazovanie cherez vsyu jizng': neprerqvnoe obrazovanie v interesax ustoychivogo razvitiyall №13-ya mejdunarodnaya konferentsiya. Sank -Peterburg. (LGU) 2015. -S. 116-117

2. Muhiddinov A.G. O'quv jarayonida nutq faoliyati. -T.: O'qituvchi. 1995. 80-B

3. Nisanbayeva A.Q. O'zbek tili darslarida matn vositasida o'quvchilar nutqini

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

o'stirishning metodik asoslari.

4. Nishonaliyev U.N. Talim standarti va pedagogik innovatsiyalar //Xalq tahlimi j. -T.: 1999. 6-son. - 28-31-b.

5. Nurullayeva Sh.U. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish metodikasi. ped. f. n. dissertatsiya,Qarshi: 2008. 145 b.

6. SHERZODOVICH, A. S., & KIZI, R. Z. D. (2020). Interpretation and Written Translation: Related Learning. INTERPRETATION,, 6(6).

7. Аслонова, Ш. И. (2020). ПРОБЛЕМЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ МОЛОДЁЖИ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ. Интернаука, (21-1), 59-60.

8. Sherzodovich, A. S. (2020). The role of online teaching and innovative methods. Science and education, 1(3), 524-528.

9. Аагошв, Ш. Ш. (2020). КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ФИЛОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Гуманитарный трактат, (84), 17-19.

10. Aslonov, S., & Ruzimurodova, Z. (2020). THE USE OF ACRONYMS AND INITIALISMS IN BUSSINES ENGLISH. Студенческий вестник, (12-5), 34-35.

11. Umida, K., Zarina, R., & Shahram, A. (2020). Characteristics, significance and role of motivation problms in foreign language learning. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(3), 61-65.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.