Научная статья на тему 'NUTQ MADANIYATI VA BUGUNGI KUN YOSHLARI NUTQI'

NUTQ MADANIYATI VA BUGUNGI KUN YOSHLARI NUTQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2804
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutq madaniyati ta’riflari / uning o’rganilishi / adiblarimiz asarlaridagi bu bilan bog‘liq fikrlar talqini / bugungi kundagi nutq madaniyatiga bo‘lgan e’tibor. / Definitions of speech culture / its study / interpretation of related ideas in the works of our writers / attention to today's speech culture.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abduraxmanova Zumrad Normurot Qizi

Maqolada nutq madaniyati ,muloqatning o’ziga xos tomonlari,nutqning o’ziga xos foydali sifatlari xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPEECH CULTURE AND TODAY'S YOUTH SPEECH

The article discusses the culture of speech, the specifics of communication, the specific useful qualities of speech.

Текст научной работы на тему «NUTQ MADANIYATI VA BUGUNGI KUN YOSHLARI NUTQI»

NUTQ MADANIYATI VA BUGUNGI KUN YOSHLARI NUTQI Abduraxmanova Zumrad Normurot qizi

Chirchiq davlat pedogogika instituti 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6636451 Annotatsiya. Maqolada nutq madaniyati ,muloqatning o'ziga xos tomonlari,nutqning o'ziga xos foydali sifatlari xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Nutq madaniyati ta'riflari, uning o'rganilishi, adiblarimiz asarlaridagi bu bilan bog'liq fikrlar talqini, bugungi kundagi nutq madaniyatiga bo'lgan e'tibor.

SPEECH CULTURE AND TODAY'S YOUTH SPEECH Abstract. The article discusses the culture of speech, the specifics of communication, the specific useful qualities of speech.

Keywords: Definitions of speech culture, its study, interpretation of related ideas in the works of our writers, attention to today's speech culture.

КУЛЬТУРА РЕЧИ И СОВРЕМЕННАЯ МОЛОДЕЖНАЯ РЕЧЬ Аннотация. В статье рассматривается культура речи, специфика общения, конкретные полезные качества речи.

Ключевые слова: определения культуры речи, ее изучение, интерпретация родственных идей в произведениях наших писателей, внимание к современной культуре речи.

KIRISH

Kishilar kishilik jamiyatida paydo bo'lgandan buyon , unga eng oliy imtiyoz bo'lmish til berilgan. Tildan uning imkoniyatlaridan barchsa davrlarda foydalanilgan. Chunki bu noyob mo'jiza kishilarga bir-birlarini tushunish uchun , aloqa qilish va fikr almashishga yordam eruvchi noyob quroldir. Kishilar har doim o'z nutqlarini go'zal va takrorlanmas nutq bo'lishiga diqqat qaratganlar , bunga erishish uchun notiqlik maktablariga ham borganlar.

Go'zal nutq sohiblari ko'payishi uchun ugungi kunda ham oliy ta'lim muassalarida nutq madaniyati fani o'tilmoqda. Buning asosiy sababi shudaki, har qanday kasb egasi o'z ona tilida ravon, takrorlanmas sof nutq tuza olishi shartdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Nutq madaniyati bu tushunchasi eshitilganda sodda ifodadek tuyilsada, uning mohiyatida juda katta mazmun berkinib yotadi. Shu birgina atamani biz turlicha tushunishimiz mumkin.

Jumladan, nutq madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo mavjud til faktlari ,ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko'rinishlari va talablari bilan aloqadordir .Mana shunga ko'ra nutq madaniyatining quyidagicha ko'rinishlari mavjud:

1) Nutq madaniyati talabiga javob beruvchi aniq nutqiy jarayonning nomi sifatida;

2) Shu nutqiy jarayon bilan shug'ullanuvchi fan soha;

3) Nutqiy jarayonning eng oliy ko'rinishi;

4) Nutqiy -axloqiy birliklarning bog'langan ko'rinishi tarzda;

Shunga ko'ra nutq madaniyati va muloqat odobini bir-biridan ajratib bo'lmaydigan ikki tushuncha , tirnoq bilan etga qiyoslash mumkin.

Insonlar nutq yordamida kim ekanliklarini, o'zining fikr his-tuyg'ularini ,orzu-istaklarini bayon etadi va boshqalarning fikr va maqsadlarini anglab olishadilar. Shu o'rinda birdan o'rinli savol tug'iladi.Kishilar o'z nutqlarini nima orqali amalga oshiradilar. Albatta, til orqali amoyon bo'ladi. Bejizga hadislarimizdan birida shunday deyilmagan: ,,Kishining zeb-u ziynati, go'zalligi uning tilidadir' ' . kishilar tilimiz imkoniyatidan kelib chiqqan holda o'z nutqlarini amalga oshiradilar, shu tillarini tengsiz va betimsol deb o'ylaydilar . Bu bebaho xazinani astoydil sofligini qadr-qimmatini oshirishga urinadilar, uni boy berib qo'ymaslik uchun jon-jahdi bilan kurashib kelishadilar. Chunki , til millatni millat ekanligini , ko'rsatuvchi asosiy oynadir.Bu o'rinda muhtarram birinchi prezidentimiz I.Karimovning quyidagi fikrlari juda o'rinlidir. ,, 0'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatningruhidir» .

TADQIQOT NATIJALARI

Xalqimiz asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo'shib kelmoqda. Bunda ona tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bo'lmasa, Mahmud Koshg'ariyning «Devoni lug'atit-turk» kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiyning «Xamsa»si, Bobur Mirzoning «Boburnoma»si, Abdulla Qodiriyning romanlari, Cho'lpon va Abdulla Oripovning o'tli she'riyati yaratilmagan bo'lardi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan.

Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg'ular manbayi. U inson kamolotida betakror o'rin tutadi. Chunki onalarimiz bizga shu tilda alla aytadi, inson uchun hayotiy zarur bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiriladi, odob-u axloqimiz, fe'l-atvorimiz til orqali berilgan o'git va nasihatlar asosida shakllanadi. Ayniqsa, inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog'liq. Chunki biz biror-bir narsaning xususiyatlari haqida o'ylaganda har biri aniq bir so'zda ifodasini topgan tushunchalar, fikr va tasavvurlarga tayangan holda uning o'ziga xos tomonlarini anglaymiz. Masalan, daraxtning yashilligini ajratish uchun yashil degan so'zning ma'nosini bilgan bo'lishimiz kerak. So'zni, ya'ni tilni bilganimiz sari biz dunyoni ham yaxshiroq bilib boramiz, fikrimiz o'sadi, ongimiz yuksaladi.

Ona tili — ko'hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash, his-tuyg'ular evolyutsiyasini, ya'ni tadrijiy taraqqi-yotini ko'rsatadigan, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazadigan ko'zgudir. Shuning uchun o'z tilini yo'qotgan millat o'zligidan ham mahrum bo'ladi, ma'naviy zavolga yuz tutadi.

Til - xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o'zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini oshirish muhim o'rin tutadi.

Shu bilan birga, ona tilimizning imkoniyatlaridan keng foydalanish, uning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori va nufuzini yuksaltirish, eng zamonaviy soha va tarmoqlarda faol qo'llanishini ta'minlash bo'yicha ko'pgina ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Ana shu jarayonda ishtirok etish ona tilimizdan bahramand bo'lib voyaga yetgan, shu til orqali o'zini, o'zligini, butun dunyoni tanigan insonlar sifatida siz-u bizning ham farzandlik burchimizdir. Bu haqda o'ylaganda, Yurtboshimizning quyidagi fikrlarini doimo yodda saqlashimiz kerak: «Ayni

vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko'p ish qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba'zan rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo'shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo'lib qolayotganini ko'rsatadi. Bu haqda so'z yuritganda, bobomiz Alisher Navoiyning «Tilga e'tiborsiz — elga e'tiborsiz» degan so'zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz».

Ona tilini sevish - vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. O'z tilini asrab-avaylagan xalq o'zligini, g'ururini asrab-avaylagan bo'ladi. Shuni esda tutingki, ona tilimizda xalqimizga xos his-tuyg'ular, tushuncha va tasavvurlar, urf-odat hamda an'analar chuqur aks etgan. Tilimizdagi hayo, ibo, andisha, oriyat, nomus, mehr-oqibat degan so'zlarni boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo'lmaydi. Ularni faqat o'zbek tili orqali ifoda etish mumkin. Chunki bu tushunchalar ko'proq bizning xalqimizga xos va ularni bayon etishga ham faqat shu xalqning tili qodir. Bir so'z bilan aytganda, ona tilimiz xalqimiz dilining tubida bo'lgan eng murakkab tuyg'u va tushunchalarni ham ifoda eta oladi. Chunki bu til necha asrlar, ming yillar davomida shu xalq bilan birgalikda shakllangan. Bu tilni hurmat qilish e'zozlash va keying avlodga sof yetkazish bizning asosiy burchimiz .

Lekin bugungi kunda ko'pchilk yosh avlod o'z nutqiga va ona tiliga bo'lgan munosabati o'zgargan. O'zim umumiy o'rta ta'lim maktabida ona tilidan dars berganim uchun doim nutqimni , nutqimdagi kamchiliklarimni tuzatishga harakat harakat qilaman. Men maqolani aynan nutq madaniyati va bugungi kun yoshlari deb nomlamadim, chunki bugun yoshlarimizning aksariyati ona tilimiz jozibasini to'la tushunib yetishgancha yo'q . Bunga bir hayotiy misol keltirmoqchiman. Ona tili darsi edi . O'quvchilarimga ,,Til - dil kaliti ''mavzusida insho tayyorlash topshirig'ini berdim . Shunda menga bir o'quvchimning ona tilida yozilgan inshoda rus so'zlaridan foydalangani e'tiborimni tortdi.O'quvchimni yonimga chaqirdim va undan nega bunday qilganini sababini so'radim. O'quvchim menga yozmoqchi b o'lgan so'zining o'zbekcha variantini bilmasligii aytdi. Shunda men unga juda ko 'plab misollar orqali shu so 'zning variantlari bilan keltirdim. Shunda u uzr so'radi va joyiga o'tirdi, lekin bu voqea menga juda qattiq ta'sir ko'rsatdi. Shundan so'ng har kuni darslarimda bobolarimiz tomonidan aytilgan nutq , tildan uning birliklaridan o'rinli foydalanish haqida doimiy fikr bildiradigan b'ldim . Bu esa o'quvchilarimda ona tilimizga bo 'lgan mehrini oshirishga xizmat qildi.

MUHOKAMA

Hozirda juda ko 'pchilik internet tarmog'idagi yoshlar yozishmalarini o'qisangiz tushunmaysiz . Bu yozishmalarni ularni o'zlari kashf qilib olgan qo'shtirnoq ichidagi,, yoshlar nutq '' deyish mumkin Bu ham yozma nutq madaniyatimizning buzilishiga olib kelmaydimi ? Albatta shunday , Shuing uchun har birimiz nutqimiz yozma yoki og'zaki bo'lsin uning sofligini yo'qotmasligimiz zarur. Chunki nutq kishilarni kimligini, uning saviyasini ,aql-u tafakkurini jahon xalqlariga ko'rsatuvchi ko'zgudir. Buyuk bobomiz so'z sohibi podshosi Navoiy ham nutq madaniyati va notiqlik san'atiga alohida e'tibor qaratganlar.Bunga ularning,,Nazmul javohir asarlaridagi quyidagi misra yaqqol misoldir: So'zdurki, nishon berur o'lukka jondin So'zdurki, berur jonga xabar jonodin.

Isonni so'z ayladi hayvondin, Bilgilki, guhari sharifroq yo'q ondin.

Kishining ko'nglidaryodir, so'z esa dur, so'zlovchi g'avvosga o'xshaydi. Dur turlicha bo'lgani singari so'z , nutqda turlicha ifodalanadi. Yaxshi so'z kishiga jon baxsh etsa,yomon so'z halok qilishi ham mumkin. Til bizning asosiy qurolimiz ekan uni ma'lum maqsad uchun ishlatish , unda kuchli mazmun bo'lishini alohida etirof etganlar. Bundan ko'rinib turibdiki , barcha davrlar uchun nutq odobi va madaniyati dolzarb mavzu bo'lgan, bundan so'ng ham shuday bo'ladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida Navoiy bobomizni quyidagi satrlarini keltirishni joiz deb o'yladim.

So'z bila kufr ahli musulmon bo'lib,

So'z bila hayvon degan inson bo'lib.

Birinchi misrada shirin so'z bo'lish haqida ketsa, ikkinchi misrada esa insoniyliking asosiy belgisi so'z ekanligi haqida so'z brogan. Bilisdhimiz kerakki chiroyli nutq tuzish san'at, uni egallash esa huardir. Shunday ekan o'zek tilimizni boy imkoniyatidan uumli va o'rinli foydalanaylik ey ahli insonlar , qadrli kelajagimiz bunyodkorlari bo'lgan aziz yoshlar.

Aytishganku axir dono xalqimiz , ,,Tilingda bo'lsa boling kulib turar iqoling''.

Doim tilingizda bol bilan gapiring azizlar iqbolingiz porlab turaversin mudom.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. I. Karimov . Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch .M.,2008.

2 R. Rasulov . Umumiy tilshunoslik .-T.,2021.

3. R. Rasulov . O'qituvchi nutqi madaniyati va notiqlik san'ati.-T., 2020

4. Sh. Rahmatullayev . Hozirgi o'zbek adabiy tili.- T., 2006.

5. S. Usmonov. Umumiy tilshunoslik.- T. , 1972.

6. I. Qo'chqartoyev. So'z ma'nosi va uning valentligi.-T. ,1977

7. Sh. Rahmatullayev . Nutqimiz ko'rki.- T. ,1970

8. A.J. Omonturdoiyev, Sh .I. Abduraimova . O'zbek nutqi madaniyati va notiqlik san'ati. -T., 2016.

9. J. Eltazarov . Tildagi tejamlilik tamoyili va qisqaruv. -S. 2004

10. Qudratov. T Nutq madaniyati asoslari.T.,1993.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.