Volume 3 | Issue 3 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF; 5,7 | UIF: 6,1
NUTQDA QO'LLANADIGAN PARAZIT SO'ZLAR VA ULARNI
BARTARAF ETISH
A. M. Shofqorov
Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti
N. S. Yo'ldosheva
Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada muloqot jarayonida vujudga keladigan kamchilik - parazit so'zlarning qo'llanishi, ularning nutqqa salbiy ta'siri hamda bunday so'zlarni nutqda qo'llamaslik yuzasidan tegishli tavsiya va ma'lumotlar beriladi.
Kalit so'zlar: til, nutq, leksika, til me'yori, parazit so'zlar, vulgarizm, varvarizm, tashbeh, iboralar, tasviriy ifoda.
PARASITIC WORDS USED IN SPEECH AND THEIR ELIMINATION
This article provides advice and information on the use of parasitic words, their negative impact on speech, and the non-use of such words in speech.
Keywords: language, speech, lexicon, norm of language, parasitic words, vulgarism, barbarism, allegory, expressions, figurative expression.
Insonning ma'naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning ma'naviy rivojida ona tilining o'rni beqiyosdir. Til milliy ma'naviyat va ma'rifat o'chog'i hisoblanadi. Zero, hadisi shariflarda ham "Kishining zeb-u ziynati, go'zalligi uning tilidandir", deya ta'kidlanadi. Qadim-qadim zamonlardan buyon
ABSTRACT
"Har birimiz davlat tiliga bo'lgan e'tiborni mustaqillikka bo'lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona-Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
KIRISH
har bir millat o„z tiliga buyuk hurmat bilan qarab kelgan. Chunku
March, 2022
Volume 3 | Issue 3 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 _SJIF; 5,7 | UIF: 6,1
til - millat degan birlikning tamal toshi hisoblanadi. Agar u yo'qotilsa, millat ham yo'qlikka mahkumdir.
Shuning uchun ham hozirgi kunda mamlakatimizda ma'naviyat sohasiga, ayniqsa, tilga hurmat, e'tibor, uning mavqeyini ko'tarish borasida bir qancha islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada bir qancha qonunlar, qarorlar qabul qilingan. Millatning rivoji, ona tiliga hurmat va sadoqat ruhini xalqimizga singdirish maqsadida targ'ibot-tashviqot ishlari ham olib borilyapti. Albatta bulaning barchasi xalqimiz savodxonligini oshirish, ona tiliga nisbatan hurmat hissini uyg'otish uchun qilinayotgan sa'y-harakatlardir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Insonning ichki kechinmalari, o'ylari, g'oyalari, his-tuyg'ulari uning milliy tili - nutqi yordamida yuzaga chiqadi. Nutqning aniq, qisqa va tushunarli bo'lishi nutqni ifoda qilish jarayonida shakllangan so'zlashish ko'nikmalariga bog'liqdir. Tasviriy vositalar, maqollar, tashbehlar, iboralar kabi nutqni bezovchi vositalar bilan birga nutqqa salbiy ta'sir etuvchi omillar ham mavjud. Bular: mahalliy dielekt va shevalarga xos so'zlar, o'rinsiz qo'llangan chet so'z va so'z birikmalari, jargonlar, vulgarizmlar, varvarizmlar, nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so'zlar.
Ushbu maqolada nutqqa salbiy ta'sir etuvchi parazit so'zlar haqida fikr yuritamiz. Xo'sh, parazit so'zlar nima? Parazit so'zlar inson leksikasida muqim o'rnashib olgan va u tomonidan jumlalarni bog'lash uchun tez-tez ishlatiladigan so'zlardir. Parazit so'zlar adabiy tilga begona hisoblanadi. Nutqimizda ishtirok etayotgan parazit so'zlar so'zlashuv chog'ida tinglovchiga nutqni to'g'ri bayon etishiga qarshilik qiladi va muloqot jarayonida har ikkala suhbatdoshning vaqtini o'g'rilaydi. Ular vaqtimizni o'g'rilabgina qolmay balki nutqimizning suhbatdoshga yetib borishiga to'sqinlik qiladi. Ko'pincha odamlar muloqot jarayonida o'zlari anglamagan holda nutqi uchun zarur bolgan sozni topa olmasligi natijasida "haligi", "anaqa", "nimayidi", "anovi", "xo'sh", "demak", "masalan" kabi tez-tez takrorlanuvchi so'zlardan foydalanadi. So'zlovchi tomonidan o'z nutqiga kiritilgan bunday ma'nosiz va ortiqcha so'zlarni tinglash nafaqat qiyin, balki zerikarli hamdir.
Parazit so'zlar inson nutqida turli sabablarga ko'ra paydo bo'ladi:
- lug'at boyligining cheklanganligi. Uning yetishmasligi natijasida fikrni ifoda etish uchun keraksiz so'zlardan foydalanishga majbur etadi;
- fikrni jamlash qobiliyatining pastligi. Buning natijasida so'zlovchi ongidagi fikrni tezroq ifodalashga harakat qiladi va
bunda tezlikning pastligi so'zlovchida kerakli so'zlarni qo'llay
March, 2022
Volume 3 I Issue 3 I 2022 Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,12 _SJIF; 5,7 I UIF: 6,1
olishda pand beradi. Bu vaziyatda so'zlovchi parazit so'zlardan foydalanishga majbur bo'ladi;
- dangasalik. Ya'ni nutq madaniyatini egallashni xohlamaslik;
- nutqda parazit so'zlardan ataylab foydalanish. Bunda so'zlovchi aloqa uslubining go'yoki zamonaviy usulidan foydalanayotgandek tutadi o'zini.
Shuningdek, parazit so'zlar qattiq charchoq, hayajon va stress paytlari ham yuzaga keladi. Bu vaziyatda so'zlovchi o'z fikrlarini to'plash uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. Vaqt yo'qligi tufayli u birinchi bo'lib ongda paydo bo'lgan firkni qo'llaydi. Kelajakda esa bu doimiy holatga o'tishi mumkin.
Parazit so'zlar insonlarda o'ziga xos muloqot shaklini hosil qiladi. Buni ko'pgina odamlar muloqot jarayonida o'z suhbatdoshiga bildirib qo'yadi. Ba'zan uning mana shu kamchiligi unga beriluvchi ta'rif sifatida ta'kidlanadi. Xususan, bunday holatlar badiiy asarlar va filmlarda ham aks etadi.
Badiiy asarlarda parazit so'zlardan foydalangan holda muallif asar qahramonining o'ziga xos xarakterini ochib beradi. Masalan, Abdulla Qodiriyning "Otkan kunlar" romanida asar qahramoni tilidan bayon qilinuvchi "habba, habba" deya takrorlanuvchi so'zni keltirish mumkin.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Mutaxassislarning fikricha, odam o'ylagan narsasining to'qson foizidan kamini nutqida ifodalay oladi. Qolganlari esa uning tana harakati, imo-ishoralari va so'z parazitlari orqali namoyon bo'ladi. Bularning barchasi so'zlovchining o'ziga xos xususiyati va xarakteri haqida tinglovchida birinchi taassurotni paydo qiladi. O'z nutqida parazit so'zlarni tez-tez qo'llaydigan odam: subatdoshini tez-tez bezovta qiladi; o'zini ishonchsiz inson sifatida tasavvur uyg'otadi, nutqida ko'pincha chalkashib ketadi;
Shunday ekan insonlar o'zlarida uchraydigan bunday kamchilikni bartaraf etish lozim. Avvalo, inson lug'at boyligi ko'p bo'lish kerak. Agar nutqi ravon bo'lsa, yuqorida aytilgandek ushbu parazit so'zlarga ehtiyoj qolmaydi. Nutqimizdagi parazit so'zlarni yo'qotish uchun avvalo so'zlovchi ortiqcha so'zlardan foydalanayotganini bilib olishi kerak. Bu borada suhbatdosh fikri va munosabati foyda beradi. Suhbatdosh insonning nutqini diqqat bilan tinglab, uning ortiqcha takrorlanuvchi so'zlardan foydalanayotganligini aytishi va bunday so'zlardan foydalanmaslikka undashi kerak.
Inson nutqi go'zalligini buzuvchi omillar: parazit so'zlar, vulgarizm, varvarizm, dialekt va shevalar. Inson nutqida bunday
March, 2022
773
Volume 3 I Issue 3 I 2022 Cite-Factor: 0,89 I SIS: 1,12 _SJIF; 5,7 I UIF: 6,1
so'zlardan kamroq foydalanishi, nutq uchun zarur so'zlardan foydalana olishlari kerak bo'ladi. Buning uchun ko'proq badiiy asar o'qishi, so'z boyligi ortishi kerak
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan so'zlagan nutqida "O'zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biri. Bu tilda dunyo miqyosida 50 mlnga yaqin odam so'zlashadi. Mustabid tuzumda esa tilimizni yo'qotishga ko'pgina urinishlar bo'lgan edi. Lekin xalqimiz o'z ona tilini - milliy g'ururini saqlab qoldi", deya ta'kidlab o'tganlar. Shunday ekan, ota-bobolarimiz irodasini amalga oshirgan holda o'z ona tilimiz bor go'zalligi, latofati, sermazmunligini yo'qotmagan holda o'z tilimizga hurmatni har bir so'zimizda namoyon etishimiz hamda farzandlarimizga ham singdirib borishimiz, ularni millat, vatanga sadoqat, ona tiliga chuqur hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalashimiz kerak.
REFERENCES
1. Abdulhakimova O. Badiiy til va tasvir. T.:Akademnashr, 2014.
2. Islamov O'. Alisher Navoiy asarlarida nutq madaniyati talqini. T.: 2011.
3. Jumaniyozov R. Nutqiy mahorat. T.: Adolat, 2005.
4. Jumaxo'ja N. Istiqlol va ona tilimiz. T.: 1998.
5. Lutfullayeva D., Saparniyozova M., Hozirgi o'zbek adabiy tili fanidan labaratoriya ishlari. T.: 2016.
6. Mahmudov N. Til. T.: 1998.
V. Mahmudov N. O'qituvchi nutqi madaniyati. T.: 2007.
8. Ne'matov H., Bozorov O. Til va nutq. Toshkent, "O'qituvchi" 1993.
9. Nurmonov A., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili. T.: 2002.
10. Rasulov R., Mo'ydinov Q. O'qituvchi nutqi madaniyati va notiqlik san'ati. T.:
bo'ladi.
XULOSA
2020.
11. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. T.: 1999.
March, 2022