Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
NUTQ TEXNIKASI MODULINI O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV METODLARI
Jurayeva Mashxura Qodirovna
Namangan davlat universiteti o'qituvchisi Jurazoda Mohinaxon Ibodilloxon qizi
Namangan davlat universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Tadqiqot jarayonida nutq texnikasining komunikativ xususiyatlari yetarlicha tahlil qilib o'tildi. Ta'lim tizimida zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashgulotlarni, o'quvchilar tomonidan o'zlari qidirib topishlari,mustaqil o'rganib o 'zlari tahlil qilishlari, o 'z bilimlarini baholashlari, to 'gri xulosalar chiqarishga qaratilgan. Yosh avlodni tarbiyalashda nutqiy texnik qobiliyatlarning mohiyatini tushuntirib o'tishjoizdir.
Kalit so'zlar: innovatsiya, nutq texnikasi, diqqatni faollashtirish, faolashtirillgan suhbat, muloqot, til, aktiv va passiv nutq.
In the course of the research, the communicative features of speech techniques were sufficiently analyzed. Classes using modern technologies in the education system are aimed at self-discovery by students, independent study and analysis, assessment of their knowledge, drawing the right conclusions. It is important to explain the importance of speech and technical skills in educating the younger generation.
Keywords: innovation, speech technique, attention activation, activated conversation, communication, language, active and passive speech.
В ходе исследования были достаточно проанализированы коммуникативные особенности речевых приемов. Занятия с применением современных технологий в системе образования направлены на самопознание учащимися, самостоятельное изучение и анализ, оценку своих знаний, получение правильных выводов. Важно объяснить важность речи и технических навыков в воспитании подрастающего поколения.
Ключевые слова: инновация, речевая техника, активизация внимания, активизированная беседа, общение, язык, активная и пассивная речь.
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KIRISH
Oddiy va chiroyli gapirish butun bir fan bo'lib, uning o'z qonunlari bo'lishi kerak.
K.S. Stanislavskiy.
Yaqin vaqtlargacha an'anaviy ta'limga tayanib o'qitilib kelingan. Hozirda an'anaviy ta'limdan voz kechmagan holda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars o'tish yangilik bo'lmay qolgan.
Fan, texnika va innovatsion texnologiyalarni rivojlanishi natijasida, o'quv-tarbiya jarayonida interfaol uslublar ( innovatsion pedagogic va axborot texnologiyalaridan ) foydalanib,yani innovatsion yondashuv asosida ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda.
Innovatsiya inglizcha so'z bo'lib, yangilash, nimanidir o'zgartirish demakdir.
Nutq tug'ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakillanib boradi. Kishilarning til yordamida o'zaro so'zlashuvi nutq deb ataladi. Fikrni ifodalash usuliga ko'ra , nutq og'zaki va yozma bo'ladi.
Og'zaki nutq yozma nutqdan quyidagilar bilan farq qiladi: og'zaki nutq, tovush nutq. Yozma nutq esa, grafik nutqdir. Til esa shu vositalar yordamida vujudga keladi.
Kishilar nutq yordamida muayyan vaqtda nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmay, balki asrlar davomida insoniyat to'plagan bilimlarni, urf -odatlarni, qadriyatlarni avloddan - avlodga etkazib beradilar. Insonlar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Albatta inson o'z fikrini bayon qilishidan avval, nima haqida so'zlashni o'ylab oladi.
Fikrlash inson nutqi va tafakkuri o'sishida muhim vositadir. Tafakkur va nutq, bir - biri bilan uzviy bog'liqdir. Og'zaki nutq ham, yozma nutq ham, kishilarning o'zaro muloqot yuritishlari uchun xizmat qiladi. Og'zaki nutq monologik va diologik nutq bo'lishi mumkun. Monologik nutq, nomining o'zi aytib turganidek, bitta odamning nutqidir.
Diologik ikki yoki undan ortiq kishining suhbatidir. Nutqning xar ikkala turi ham, aktiv nutq tushunchasiga kiradi.
Nutq o'qilmaydi, balki tinglanadi. Shu bois sof muloqot qilish uchun, adabiy til normalariga qat'iy rioya qilish lozim.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
So'zlovchining nutq texnikasi qancha yuqori bo'lsa, tinglovchi uchun bu suxbat zerikarli bo'lmaydi. Notiq va tinglovchi o'rtasidagi umumiy ruhiy holat, ya'ni ularning bir - birlarini tushunishi, muhim ahamiyatga ega.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Nutq texnikasi deganda, notiqning turli usullarda, adabiy til normalariga asoslanib aytiladigan nutqi tushuniladi. Bu esa tabiiy-ki, notiqning nutq madaniyatihamdir. Muloqot nutq madaniyati deyilganida esa, quyidagilar nazarda tutiladi:
1. So'zlash san'ati.
2. Tinglash qobiliyati.
3. Suxbatdoshni to'gri tusnunish ( ob'ektiv baholash).
4. Har qanday odam bilan munosabat o'rnata olish.
Notiq ma'ruza qilar ekan, ma'ruzasi ta'sirchanligi qay darajada kechayotganini ham nazoratga olib turishi lozim. Aks holda uni tinglayotgan auditoriya zerikib qolisni mumkun. Bunday holat yuzaga kelsa, so'zlovchi o'z nutqini mohirona o'zgartirib, tinglovchi diqqatini faollashtirish uchun, tinglovchini xam suxbatga tortish va turli savol - javoblar uyushtirish yahshi natija beradi.
Nutqda kommunikatsiya vositalari, iboralardan, gap tuzish qoidalaridan, so'zlardan, intonatsiya (ohang), mimika, qo'l harakati, pauzadan to'g'ri foydalanilsa, nutq ta'sirchanligi ortadi.
Notiq ma'ruza qilar ekan, nutqning tarkibiy qismlariga ahamiyat qaratishi shart. Nutq o'z navbatida quyidagi tartibga bo'linadi :
1. Nutqning kirish qismi.
2. Asosiy qism.
3. Xulosa.
Nutqning kirish qismida - ma'ruza yoki suxbat mavzusiga qiziqish uyg'otiladi.Auditoriya bilan muloqot o'rnatilib, tinglovchilarni nutqni tinglashga tayyorlaydi.
Asosiy qismda - ko'tarilgan fikrlarga asoslanib, fikrlar izchillik bilan bayon etiladi. Ularning to'g'ri ekanligi isbotlanib, tinglovcnilar tegishli xulosa chiqarishlariga turtki beradi.
Xulosa qismida esa, aytilgan fiklar umulashtirilib, gaplarni axamiyati ta'kidlanib ko'rsatiladi. Nutq texnikasi har bir notiqning ma'ruzasi darajasiga qarab belgilanadi. Yani notiqning nutqi samarador bo'lishi uchun, quyilagi jixatlarga e'tibor qaratisni kerak.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Masalan:
1. Nutqning auditoriyaga mos kelisniga,( tinglovchilarning yoshi, kasbi, ma'lumoti, qiziqish doirasi, diniy e'tiqodi v. h.k.)
2. Nutqning konkret bo'lisniga,( chunki tinglovchining xotirasida eshitgan nutqining kam qismi saqlanib qoladi, ammo konkret takliflar, aniq gaplar xotirada qoladi)
3. Nutqning ta'sirchan bo'lishiga ( hech kimga ta'sir qilmagan nutq, havoga aytilgan bilan barobar. Chunki u o'z vazifasini bajarmaydi. Nutq yakunida tinglovcyida qandaydir his bilan ruhlanish, ma'lum tuyg'u uygonish notiqning nutq texnikasi yuqorilagadan dalolat beradi).
Notiqning nutq texnikasi yuqori darajadaligini ko'rsatuvch yana bir jihat, mashg'ulotlar davomida tinglovchilarni bahs - munozaraga chorlashi va ularni faol bo'lishga unday olishligidadir.
Bahs - bu aqllar kurashi. Bahs deganda, biron - bir fikrni isbotlash (asoslash) jarayoni tushuniladi va uning davomida xar bir tomon muhokama etilayotgan masala bo'yicha o'z nuqtai - nazarini himoya qilishga va raqibning fikrlarini inkor etishga harakat qiladi. Albatta xar qanday bahs raqibga nisbatan odob -ahloq, hurmat doirasida bo'lishini, shu bilan birga: " G'alabaga erishishda xar qanday ish ma'qul"- degan fikrga ega bo'ganlarga, bu yo'l noto'g'ri ekanligini ko'rsatish notiqning vazifasi xisoblanadi.
Notiq o'z ma'ruzasida bir hillikdan qochishi, yani ovoz ohangi « monoton » (bir hil) bo'lmasligi lozim. So'zlovch ma'ruza qilish vaqtida tinglovchilarning birhillikdan zerikish holati kuzatilsa, so'zlovchi ma'ruza o'qish uslubini o'zgartirishi va nutqini innavatsion uslublarga tayangan xolda davom ettirishi lozim.
Shuning uchun xam ta'lim muassasalarining o'quv- tarbiya jarayonida zamonaviy o'qinish uslublari, ya'ni interfaol uslublarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir.
Texnologiyaning tavsifi.
Ushbu texnologiya orqali o'quvchilar dars jarayonida bir so'zdan bir necha so'z yasashni va shu so'zlar ishtirokida kichik hikoya tuzishi hamda gapirib berishni o'rganishlari ko'zda tutiladi.
Texnologiyaning maqsadi.
SO'ZDAN SO'Z YASASH.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'quvchida so'z topqirligini rivojlantirish, topgan so'zlarini bir biriga bog'lab hiroya tuzishni o'rganishini rivojlantirish, so'zlab berish asnosida nutq texnikasini rivojlantirishga e'tibor qaratish.
*Doskaga ixtiyoriy bir so'z yoziladi ( imkon qadar uzunroq so'z tanlanadi).
*Tanlangan so'zning har bir harfi yordamida, boshqa bir yangi so'z hosil qilinadi.
* Bir harf takroran ishlatilishi xam mumkun.
* Bir so'zdan bir necha o'nlab so'z hosil qilinishi mumkun va shu so'zlar yordamida kichik hikoya tuziladi.
Bu texnologiya xam o'zining qiziqarli topilmalari bilan o'quvchilarni juda faolligini oshiradi. Tasavvurini boyitadi,nutqini rivojlantiradi.
Rasm chizish orqali o'quvchining tasavvur dunyosini rivojlantirish va chizilgan rasmni ta'riflashi orqali nutqni rivojlantirish.
Mashg'ulotni o'tkazish tartibi (amaliy mashg'ulotlarda)
*O'quvchi doskda o'si hohlagan rasmni chizadi. *Chizgan rasmiga qarab hikoya tuzadi.
*Keyingi o'quvchi birinchi o'quvchi boshlagan rasmni o'z tasavvuri bo'yicha chizib davom ettiradi va u xam so'zlab beradi.
* Shu tariqa bir necha o'quvchi rasm chizishni davom ettirishi mumkun.
" Tashqi ko'rinish va xarakterga chizgilar " deb nomlangan o'yinning dars jarayonida qo'llanishi , nutqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'lib, bu texnologiyani qo'llash orqali o'quvchining nutqi sezilarli darajada ravonlashadi.
Darslarda ushbu texnologiyani qo'llanishi, o'quvchining so'z boyligi ortishida, nutqning ravon bo'lishida muxum ro'l o'ynaydi.
Mashg'ulotni o'tkazish tartibi (amaliy mashg'ulotlarda) *O'quvchi bir insonning tashqi ko'rinishi va xarakteriga ta'rif beradi. *Kim nazarda tutilayotgani sir tutiladi.
* Berilayotgan ta'rifga qarab, boshqa o'quvchilar ta'rifi keltirilayotgan inson,kim ekanligi topiladi.
1. Rasm sol va so'zlab ber.
Texnologiyaning tavsifi.
Texnologiyaning maqsadi.
2. Tashqi ko'rinish va xarakterga chizgilar. Texnologiyaning tavsifi.
Texnologiyaning maqsadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XULOSA
Xulosa qilib aytganda nutq texnikasini rivojlanishida, innovatsion texnologiyalar muhum ahamiyatga ega. Nutq go'zal qilish va tinglovchiga tasir kuchini oshirish uchun nutq texnikasidan keng foydalanish yaxshi samara beradi. Diplomatik munosabatlarda nutq texnikasidan keng ko'lamda foudalinadi va bu yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham nutq texnikasini rivojlantirishda innovatsion texnalogiyalar orqali o'quvchilarda samarali natija beradi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. -T.: O'zbekiston, 2020 y.
2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent: O'zbekiston, 2008.
3. Abdulla Avloniy . Turkiy Guliston yoxud axloq. Toshkent: O'qituvchi, 1992. 160 b.
4. Bekmirzayev N. Notiqlik san'ati asoslari. T.: Yangi asr. - 2008. -200 b.
5. Kaykovus. Qobusnoma. Toshkent: Istiqlol. - 1994. 173 bet.
6. Mahmudov N. O'qituvchi nutqi madaniyati. Toshkent: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.-2007.188 b.
7. Muhiddinov A.G. O'quv jarayonidagi nutq faoliyati. -T.: O'qituvchi. -1995.
8. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Asarlar. 15-tom.