Научная статья на тему 'ONA TILI TA’LIMIDA LUG’AT BILAN ISHLASH MASALALARI'

ONA TILI TA’LIMIDA LUG’AT BILAN ISHLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4761
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / lug’at / ona tili / ta’lim tizimi / o’qituvchi / o’quvchi / yondashuv. / speech / dictionary / uzbek as a native language / education system / teacher / student / approach.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hilola Ilyos Qizi Jahonova, Intizor Kamilovna Abdirimova

Mazkur maqolada o’zbek tili va tafakkuri to’g’risida, ona tili darslarini ta’lim tizimida yangicha yondashuv asosida o’qitilishi, jumladan, ona tilini o’qitishda lug’atlarning o’rni haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DICTIONARY ISSUES IN NATIVE LANGUAGE EDUCATION

This article discusses the Uzbek language and thinking, the teaching of native language lessons in the education system on the basis of a new approach, including the role of dictionaries in the teaching of the native language.

Текст научной работы на тему «ONA TILI TA’LIMIDA LUG’AT BILAN ISHLASH MASALALARI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

ONA TILI TA'LIMIDA LUG'AT BILAN ISHLASH MASALALARI

Hilola Ilyos qizi Jahonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Intizor Kamilovna Abdirimova

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'zbek tili va tafakkuri to'g'risida, ona tili darslarini ta'lim tizimida yangicha yondashuv asosida o'qitilishi, jumladan, ona tilini o'qitishda lug'atlarning o'rni haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: nutq, lug'at, ona tili, ta'lim tizimi, o'qituvchi, o'quvchi,yondashuv.

DICTIONARY ISSUES IN NATIVE LANGUAGE EDUCATION

ABSTRACT

This article discusses the Uzbek language and thinking, the teaching of native language lessons in the education system on the basis of a new approach, including the role of dictionaries in the teaching of the native language.

Keywords: speech, dictionary, uzbek as a native language, education system, teacher, student, approach.

KIRISH

Mamlakat rivojlanishida ko'pincha yosh avlod asosiy o'rin tutadi. Yoshlarning ma'nan yetuk va bilimli bo'lish kabi xislatlarni shakllanishiga bevosita ta'sir qiladigan muhim hayotiy omil - ta'lim - tarbiya tizimi hisoblanadi. Yosh avlodning ta'lim -tarbiyasiga e'tibor qaratish davlat rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, ta'lim tizimining ona tili darslarida o'quvchilar tilshunoslik bo'limlari haqida ma'lumotga ega bo'ladilar. Til millatning ma'naviyat ko'zgusi, ma'rifat chirog'i, bilim kaliti bo'lganligi uchun uni o'rganish, tahlil qilish va yosh avlodga til grammatikasi, semantikasi bo'yicha ta'lim berish tilshunoslik soha vakillari oldida turgan asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Inson borliqdagi jarayonlarni idrok qilishi, anglashi va fikrlashida ona tilining o'rni beqiyosdir.

ASOSIY QISM

Shuning uchun til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo'lmaydi. Ularning birligi nutqda o'z ifodasini topadi. Nutq og'zaki va yozma shaklda bo'lib, inson ongidagi o'y-xayollari va fikrlarini shu orqali bilish mumkin. Insoniyatga ibrat bo'la oladigan odamning nutqi, fikrlari, muomala madaniyati xuddi bahorda esadigan

20

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

yoqimli shabadaga o'xshaydi. Aksincha, ongida salbiy fikrlar, yomon niyatlari bo'lgan, hasad, kibr, manmanlik cho'qqisiga chiqqan kimsaning nutqi qish qahratonidagi sovuq misoli yoqimsizdir. Ona tiliga bo'lgan muhabbat, hurmat boshlang'ich ta'lim jarayonlaridan boshlanadi.

Ona tili darslari jarayonida o'quvchilarning til malakalari takomillashib, fikrini to'g'ri, ongli va ifodali bayon etish, badiiy asar g'oyasini tushunish qobiliyatlari o'sib boradi. [2.28]. Afsuski yuqori sinflarga o'tgan o'quvchilarning aksariyati o'zbek tiliga faqatgina so'zlashuv vositasi va ta'lim olish quroli sifatida qaraydi. Darsliklardagi grammatik bilimlarni ham imtihonlardan o'tish va test yechish uchungina o'rganadi. Zamonamiz yoshlariga darsliklar zerikarli tuyilishi mumkin. Shu maqsadda umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun darsliklarning mazmuni, dizayni va matnida imlo xatolarsiz nashrga tayyorlash, amaldagi o'quv qo'llanmalardagi xato va kamchiliklarni tuzatish maqsadida "Darsliklarga taklif' kanali tashkil etildi, bu kanal ocilishi bilan til haqida uning rivojlanish bosqichlarini takomillashtirish yuzasidan sakkiz mingdan ortiq talab va takliflar bo'ldi. Respublika ta'lim markazi tomonidan o'rinli deb topilgan 1600 ga yaqin taklif qabul qilindi. 2025-yilgacha yangi darsliklar ishlab chiqish masalalari respublika miqyosida o'tkazilgan seminarda muhokama qilindi. Bu esa til o'rganishdagi talab va takliflarni amalga oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Har bir tilning faxrlanadigan asosiy jihatlaridan biri uning lug'at boyligidir. O'zbek tili ham lug'atga boy til bo'lib, "O'zbek tilining izohli lug'ati", "O'zbek tilining imlo lug'ati", "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati", "O'zbek tilining orfografik lug'ati", "O'zbek tilining etimologik lug'ati", "Hozirgi o'zbek adabiy tili faol so'zlarining izohli lug'ati", "O'zbek ismlari lug'ati" kabi lingvistik va qomusiy lug'atlar yaratilgan. Ular ona tilimiz xazinasidir. Afsuski, hozirda ona tili darslari faqat qoida yodlab, mashq bajarish bilan chegaralanib qolgan. Lug'atlardan maktab darslari tugul, boshqa ta'lim bosqichlarida ham foydalanish miqdori juda kam. Faqat DTM testlarini yechish uchun imlo lug'atiga ba'zida ko'z tashlanadi, xolos. Ingliz, rus, arab tili o'rganishga brogan o'quvchidan ilk darslardanoq lug'at kitob xarid qilib, yodlash talab qilinadi, chunki lug'at bilan ishlash samarali natija beradi. O'quvchilarning savodxonligi yaxshi rivojlanishi uchun o'zbek tiliga doir lug'atlarni o'rganishni keng yo'lga qo'ysak, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ona tili fanining vazifasi o'qituvchilarning fikrlash qobiliyatini o'stirish, o'z fikrini batafsil, chiroyli bayon qilishga o'rgatishdir. Fikr esa til orqali bayon etiladi.

Tilshunos olim Shavkat Rahmatullayev til qurilishida uning ikki holatini - lison va nutq tushunchalarining farqlanishi haqida yozadi. "Lison, - deb yozadi olim, - kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi" [3.4].

Shunday ekan, har bir millat vakili o'z ona tilni va undan foydalanish taktikasini, albatta, bilishi kerak. Bu jarayonda tilning grammatikasini o'rganish bilan birga, tilimizning nutqiy faoliyatdagi mavjud bo'lgan barcha imkoniyatlaridan to'g'ri foydalanib, bayon etilayotgan fikrini, ham og'zaki, ham yozma shaklda to'g'ri, tushunarli tarzda tinglovchiga yetkazish muhimdir. Bunda ona tili dasrlarida lug'at ustida ishlashga alohida e'tibor berish kerak. Lug'at ustida ishlash jarayonida so'zning imlosi, ma'nosi, talaffuzi e'tiborga olinib, shular ustida ishlashga ehtiyoj sezilgan paytda o'quvchilarning nutqda o'zgalar nutqini anglashlarini ta'minlash maqsadga muvofiq sanaladi. Buning uchun o'qituvchi ona tili darslarida qo'llanadigan har bir so'zning, ta'lim jarayonlarida, ishlatiladigan so'zlarning ma'nosiga e'tibor bilan qarashi, ularning qaysilarini ustida alohida ishlash kerakligiga aniqlik kiritishi lozim.

Tilning lug'at boyligini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so'zlarning quyidagi ma'nolari bilan tanishtiriladi:

S O'quvchilarni notanish so'z va iboralar bilan tanishtirish.

S O'quvchilarni so'zning yangi ma'nolari bilan tanishtirish.

S O'quvchilar tilida kam qo'llaniladigan so'zlar ma'nosi ustida ishlash.

S Yangi paydo bo'lgan so'z ma'nolari ustida ishlash.

S Grammatik atamalar ma'nosi bilan tanishtirish. [4.79].

O'quvchilar darslikdagi so'z va iboralarga yangi paydo bo'lgan so'z bo'lmasa ham birinchi marta duch kelayotgan bo'lishi mumkin. Ular ko'p ma'noli so'zlarning bir ma'nosini tushunsa, boshqa ma'nosini bilmasliklari mumkin. So'z ma'nosini o'zlashtirish bosqichma - bosqich amalga oshiriladi. Adabiy tilga oid ba'zi so'zlar o'quvchilar nutqida kam qo'llaniladi. Ularning o'rnida oddiy so'zlarni qo'llashadi. O'qituvchi ularni kitobiy so'zlar bilan almashtirish uchun nutqida qo'llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi zarur. Bunday so'zlarning bolalar hayoti bilan bog'liq bo'lganlarini ajratib olib "Bilib qo'ygan yaxshi" rubrikasi ostida ishlansa o'quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi.O'quvchilarga grammatik atamalarning to'g'ri talaffuzi, imlosi o'rgatilgandan keyin misollar asosida uni mazmuni ochiladi. Qoidani o'qitish va mashqlar bajarish orqali atama ma'nosini to'laqonli anglashlariga erishiladi.

O'quvchilar nutqini o'stirish va lug'at boyligini takomillashtirish uchun tilning leksika bo'limi so'zning o'z va ko'chma ma'nosi, ko'p ma'noli so'zlar, kam ishlatiladigan so'zlar, tasviriy ifoda va iboralarni o'rganish jarayonida sinonimlarni qo'llash, tilning sinonimik imkoniyatlaridan foydalanish maqbul usul hisoblanadi. O'quvchilar yozma savodxonlikni oshirishning muhim jihati matnlar xilma-xilligini ta'minlashdir. Ona tili darsliklaridagi matnlar va mashqlar asosan, badiiy asarlardan olinadi, lekin o'zbek tilining lug'at boyligi faqat bu bilan o'lchanmaydi. Jamiyatning har bir sohasiga tegishli matn bu - o'zbek tili o'rganadigan obyekt hisoblanadi.

XULOSA

Ona tili darslarida o'quvchilarning lug'at bilan ishlash malakasini shakllantirsak, yuqori natijalarga erishamiz. Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni yaxshi o'zlashtirgan mutaxassis ona tilini chuqur bilmasligi mumkin, aksincha o'zbek tilining yetuk bilimdoni IT sohasini tushunmasligini guvohi bo'lamiz. Bu ikki shaxsning bilimi birlashsagina, o'zbek tili ham zamonaviy texnologiyada o'z o'rnini egallab, xalqaro tillar safiga kiradi. Bu uchun har bir yosh o'quvchi o'zbek tiliga doir lug'atlar bilan mustaqil ishlash ko'nikmasiga ega bo'lishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz, -T.: O'zbekiston, 2016.

2. Mirtojiyev M. O'zbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi, Toshkent, 2000

3. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili. "Universitet" nashriyoti. - T., 2006,

4. bet

4. G'afforova T. va b. "Ona tili", T., "O'qituvchi", 2001 yilgi nashr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.