Научная статья на тему 'AXBOROT-KURUBXONA MARKAZI XODIMLARI FAOLIYATIDA NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATINING AHAMIYATI'

AXBOROT-KURUBXONA MARKAZI XODIMLARI FAOLIYATIDA NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
536
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutq / madaniyat / notiqlik / san’at / kutubxonachi / muomala / axborot-kutubxona / xodim / mutolaa / kitobxonlik

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — To‘ychiyeva Shoiraxon No‘monovna

Ushbu maqolada nutq madaniyati va notiqlik san’ati, ularning umumiy o’xshashligi, har ikkalasi ham inson nutqi bilan aloqadorligi, nutq madaniyati tilni qonun-qoidalarini ongli idrok etish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahorati bilan yuzaga kelishi haqida bayon qilingan. Hamda axborotkurubxona markazi xodimlarining faoliyatida nutq madaniyati va notiqlik san’ati kasbiy mahoratining asosi ekanligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT-KURUBXONA MARKAZI XODIMLARI FAOLIYATIDA NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATINING AHAMIYATI»

AXBOROT-KURUBXONA MARKAZI XODIMLARI FAOLIYATIDA NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN'ATINING AHAMIYATI

To'ychiyeva Shoiraxon No'monovna

O'z DSMI FMF

Annotatsiya: Ushbu maqolada nutq madaniyati va notiqlik san'ati, ularning umumiy o'xshashligi, har ikkalasi ham inson nutqi bilan aloqadorligi, nutq madaniyati tilni qonun-qoidalarini ongli idrok etish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahorati bilan yuzaga kelishi haqida bayon qilingan. Hamda axborot-kurubxona markazi xodimlarining faoliyatida nutq madaniyati va notiqlik san'ati kasbiy mahoratining asosi ekanligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Nutq, madaniyat, notiqlik, san'at, kutubxonachi, muomala, axborot-kutubxona, xodim, mutolaa, kitobxonlik.

THE IMPORTANCE OF SPEECH CULTURE AND SPEECH ART IN THE ACTIVITIES OF EMPLOYEES OF THE INFORMATION AND LIBRARY

CENTER

Toychiyeva Shoirahon Numanovna

FRB UzSIAC

Abstract: This article describes the culture of speech and the art of oratory, their common similarities, both related to human speech, the emergence of speech culture with a conscious understanding of the rules of language, the ability to compose clear, vivid, expressive speech made. It is also noted that the culture of speech and public speaking are the basis of professional skills in the activities of the staff of the information center.

Keywords: Speech, culture, oratory, art, librarian, communication, informationlibrary, employee, reading, reading.

Agar nazar soladigan bo'lsak, nutq madaniyati odamlar o'rtasidagi o'zaro muomalaning asosidir. Muomala madaniyatining go'zalligi bilan muammolar yechiladi, qalblarga yo'l topiladi. Farzand tarbiyasida ham, ota-onani e'zozlashda ham nutqning-muomala madaniyatining go'zalligi muhimdir.

Xalqimizning yuksak ma'naviyati, insonlar o'rtasidagi go'zal an'analarga boyligi, o'zaro muloqat, so'zlashish va muomalada muhim bo'lgan muomala madaniyati bizning qadriyatimizdir. Muomala madaniyati keng ma'noda insonlarning

butun hayoti va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jaroyon bo'lib, u oilada, jamiyatda, jamoada shakllanadi.

Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya'ni nutq sifatida kishilar o'rtasida aloqa, fikrlashish, so'zlashishni amalga oshirishda yaqqol ko'rinadi. Nutq faoliyati kishilarning birbirlariga tushunarli bo'lgan til vositasida o'zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Nutq madaniyati esa ana shu tilni - aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga bo'lgan munosabatdir. Bu noyob qurolni ishlatishga bo'lgan munosabat qanchalik yomon bo'lsa, uni ishlatishga qanchalik befarqlik bilan qaralsa, nutqning madaniylik darajasi ham shunchalik past bo'ladi va aksincha, munosabat qanchalik yuqori bo'lsa, nutq ham, aloqa ham shunchalik madaniy bo'ladi.1

Shu o'rinda Barxurdor ibn Mahmudning fikricha-Insoniyat odobining va odamiylik asosining ulug' qasri ustunlaridan biri so'zlashish va nutqning qimmatbaho gavharini muloyimlik va odob parmasi bilan teshmoqdir. Axloq arkining yuqorisida o'tiruvchilarning aytishicha, insonning kamolati va bilimning baland martabalaridan biri chiroyli gapirish va chiroyli so'zlash bo'lib, bu bog'ning guli aql bahoristonining nasmi bilan ochiladi va saodatning yorqin javohir dasturxonini aql savdogarigina yoza oladi,2 deyilgan.

Nutq madaniyati tilni, uning qonun-qoidalarini ongli idrok etish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahorati, tilning ifodaviy vositalaridan mazmun va uslubga ko'ra nutqiy vaziyatga qarab o'rinli foydalana bilishdir.

Nutq madaniyati va notiqlik san'ati umumiy, o'xshash tomonlarga ega. Har ikki soha ham til va nutq, inson nutqi bilan aloqador. Har ikkalasi kishilarning nutqiy faoliyatida foydali, ta'sirchan, o'tkir bo'lishi uchun kurashadi.Nutq madaniyati ham, notiqlik ham nutqiy odob, nutqiy go'zallik' nutqiy mantiq qonuniyatlari asosida ish ko'radi.

Notiqlik - nutq so'zlamoq, xutba o'qimoq (duo o'qimoq), notiq bo'lmoq ma'nolarini anglatadi. Notiqlik insonga berilgan bir qobiliyatdir.Kutubxonachi ham ana shunday qobilyatni o'zida shakllantirishi lozimdir. Notiqlik san'ati ko'p kitob o'qish, ifodali, ma'noli, yoqimli ovoz va ohangdor so'zlash orqali shakllanadi. Demak, kitob- nutqning go'zal bo'lishida katta rol o'ynaydi, har bir kutubxona xodimi avvalo zo'r kitobxon bo'lmog'i, o'z ustida tinmay ishlamog'i lozim, chunki ular nutq madaniyati va notiqlik qobiliyatiga, san'atiga ega bo'lishi shart. Ular o'z kasbdoshlari va foydalanuvchilar bilan uzluksiz ravishda muloqotda bo'ladilar. Nutqning jarangdorligi, so'zlashganda pauza, mantiqiy urg'uga rioya qilishlik uning ta'sirchanligini oshiradi, tinglovchilarni e'tiborini torta oladi.

1 N. MAHMUDOV, A. RAFIYEV, I. YO'LDOSHEV. NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH. - O.:, Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013 — 13 b.

2 Mashriqzamin-hikmat bostoni:Hikmatlar xazinasidir.-T.:"Sharq",2008y.196-bet.

Kutubxonachi nutqining mantiqiyligi uning asosiy sifatlari to'g'rilik va aniqlik bilan chambarchas bog'liqdir. Nutqining ta'sirchanligi deganda og'zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va uning foydalanuvchilar e'tiborini tortadigan va qiziqishini oshiradigan xususiyatlarga ega bo'lishi hisobga olinadi. Foydalanuvchilar tushunadigan tilda ularni ishontira olish san'atini egallash, mavzuni yaxshi o'rganish, uni bayon etishning aniq rejasiga ega bo'lish, samimiylik, hurmat bilan munosabatda bo'lish ham ta'sirchanlikni oshiruvchi omillar hisoblanadi.3

Axborot-kutubxona xodimi foydalanuvchilarning nimani hoxlashi, nimalarga qiziqishi, nimani tezroq bilishni istashini tez anglab olgan holda o'z nutqini tayyorlashi lozim. Uning nutqida aytmoqchi bo'lgan fikri foydalanyvchilar tomonidan to'liq anglanishi, aniq va ta'sirchan va ularga tushunarli qilib bayon etilishi zarur. Buning uchun xodim muntazam ravishda o'z ustida ishlashi, izlanishi, ko'p kitob o'qishi, soda va ravon, tushunarli tilda so'zlashni mashq qilmog'i, notiqlik qobilyatini o'stirmog'i lozim.

Notiqlik san'atini yaxshi egallagan axborot-kutubxona xodimi so'z qudratidan foydalanib odamlarni o'ziga jalb etishga, ilmga, kitob mutolaasiga qiziqishini oshirishga, kitob oqishiga rahbarlik qilib, ularning haqiqiy yo'lboshchisiga aylanadi. Notiqlik san'ati xodimlardan psixologik bilimga ega bo'lishni ham talab etadi, chunki notiqlik nazariyasini bilishda odamlar psixologiyasini bilish, nutq so'zlashni doimiy mashq qilish, so'z ustida jiddiy ishlash, tinglovchilarni diqqatini jalb etishni talab etadi.

Taniqli notiqlar ham o'z nutqining ta'sirchanligini oshirish uchun o'z ustida juda ko'p ishlar ekanlar, yani

1. O'zi to'xtalib o'tayotgan masala yoki mavzuni chuqur o'rganish va o'zlashtirish.

2. O'z dunyoqarashiga ega bo'lishi, so'z va ish birligi, fikrlarni ilmiy asoslab berish.

3. Ma'ruzalar, suhbatlar paytida tinglovchilar bilan yaqin va samimiy muloqot o'rnata bilish.

4. Har bir mavzuning mazmunini to'liq ochib berishga mas'uliyat bilan yondashish.

Shunday qilib, axborot-kutubxona xodimlarining umumiy maqsad va vazifalari foydalanuvchilar bilan samimiylik, shirinsuhanlik asosida o'zaro aloqadorlikni o'rnatish, foydalanuvchilar mutolaasiga rahbarlik qilish va ularni axborot bilan ta'minlash. Bundan tashqari soha xodimlari o'zlarining notiqlik san'ati yordamida yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan komil insonni shakllantirish, jamiyat a'zolarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot sohasidagi ulkan o'zgarishlarga daxldorlik hissini

3 I. J. Yuldashev O'. Nosirov KUTUBXONA - AXBOROT XIZMATI: NAZARIYASI VA AMALIYOTI O'quv qo'llanma.T.: 2020-y,129- bet.

tarbiyalashda- axborot, tavsiya, targ'ibot ta'sirini o'tkazib, mutolaa madaniyati shakllantirib, foydalanuvchilar qiziqishini o'rganishish jaroyonida ularga munosib xizmat ko'rsatishdir.

Axborot-kurubxona markazi xodimlari faoliyatida nutq madaniyati va notiqlik san'atining ahamiyati kattadir. Chunki muntazam ravishda Axborot-kutubxona markazlari tomonidan foydalanuvchilarga mos madaniy-ma'rifiy ehtiyojlarini qondirish uchun turli mavzularda ommaviy tadbirlar, kutubxona-bibliografik xizmatlari tashkil etiladi.

Ular quyidagilar:

- Suhbatlar, baxs-munozaralar, adabiy kechalar;

- o'yinlar, sayohatlar, viktorinalar, adabiy, rolli, intelektual, interaktiv, kasba yollovchi;

- tanlovlar-adabiy, eng yaxshi ommabop kitob uchun, eng yaxshi uy kutubxonasi uchun, eng yaxshi kitobxon;

- konferensiyalar, amaliy maslahatlar, foydali tavsiyalar, savol-javoblar va boshqalar.

Bunday tadbirlarni o'tkazish uchun xodimlar puhta tayyorgarlik ko'radilar.

Axborot-kutubxona markazi xodimlarining tayyorgarlik jaroyonini quyidagi adabiy kechani o'tkazish dasturi misolida ko'rish mumkin:

Bir buyuk el bor jahonda.

(Bu tadbir senariysi barcha yoshdagi kitobxonlar uchun mo'ljallangan) Tadbitda zamonaviy texnika vositalaridan foydalaniladi. Sahna to'riga manitor o'natiladi. Sahna milliylikka hos hamda kitob ko'rgazmzlari bilan jihozlangan bo'lishi kerak.

1. Bir buyuk el bor jahonda keng baland osmoni bor,

Olam elin og'zida aytilmagan dostoni bor.

Odamiylik maktabin ming yillar avval bitkazib,

Bor ovozla "men" deyishga ushbu kun imkoni bor.

(sahna ortidan ushbu she'r yangraydi, manitorda O'zbekiston haqida vidiorolik qo'yiladi)

2. Alla. (jonli tarzda aytiladi)

1-Boshlovchi: Alla, vujudimda shirin titroq uyg'otding, sen! Ko'zlarim osmoniga onam siyratiyu, quloqlarim ostida onamning shirin zabonini sayratding, sen!

Assalomu aleykum, Azizlr, alla nolalarini eshitib titroqdan ko'zlaringizga yosh keldimi? Bolalikning shirin xotiralarini sog'indingizmi?...

2-Boshlivchi: Ha, o'zbekning mana shunday sehrli allasi bor bo'lsin, ne-ne ulug'larni voyaga yetkazgan, buyuklarni bag'riga olgan bu- alla.

Alla sadolari ostida vatan ishqi bilan yongan, vatanparvarlikning buyuk timsoli bo'lmish To'marisdek ayolni, (manitorda afsonaviy To'maris qiyofasi gavdalanadi)

1-Boshlovchi: Dunyoni aqlu-shuuri bilan lol qoldirgan o'zbekning haqiqiy bekligini dunyolarga tanitgan buyuk Amir Temurni voyaga yetkazgan bu- alla.( manitorda A.Temur qiyofasi gavdalanadi)

2-Boshlovchi: Alla, she'riyat qalami ila dunyoni zir titratgan, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyni tarbiyalagan. ( manitorda A.Navoiy qiyofasi gavdalanadi)

1-Boshlovchi: Yana shu alla sadolari ostida, "Tuynigin ochib alarning holidan olsam habar Yuzlarida parda tortig'lik turarlar bag'ri qon"-

deya xitob aylab, nola chekkan she'riyatning dilbar vakili Uvaysiy ulg'aygan. ( manitorda Uvaysiy qiyofasi gavdalanadi)

2-Boshlovchi: So'z sehrida yagona Nodirai Davronni ulgaytirgan (manitorda Uvaysiy qiyofasi gavdalanadi).

1-Boshlovchi: Bir buyuk el bor jahonda deganimizda biz mana shunday buyuk insonlarni nazarda tutgan edik. Bu muqaddas zaminda insonlar ongu-tafakkurida, yosh avlod kamolida ne-ne buyuklar qoni oqmoqda...

(manitorda yana boshqa buyuklar siymolari gavdalanadi). ( Sahnada Vatan madhini tarannum etuvchi qoshiq yangraydi, raqs ijro etiladi.)

2-Boshlovchi: Atoqli shoir Hamid Olimjonning barchamizga yod bo'lib ketgan shunday satrlari-

"Bolalik kunlarimda, Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Uyqusiz tunlarimda Oyni uyaltirgan qosh... Ko'p ertak eshitgandim, Buvimning har qissasi, So'zlab berardi buvim. Har bir qilgan hissasi Esimda o'sh adamlar: Fikrimni tortar ,edi O'zi uchar gilamlar, Havasim ortar edi." - bor.

1-Boshlovchi: Sezyapsizmi, bolalikda oshno bo'lgan ertaklarni eslatyapti shoir. Bundan ko'rinadiki, hayotga, odamlarga, kitoblarga, adabiyotga muhabbat aynan o'sha beg'ubor bolalikdan boshlanadi. Behos shunday savol tug'iladi.

Darhaqiqat, bizning kitob mutolaasiga munosabatimiz qanday? Farzandlarimiz bugun "Uchar gilam"lar-u,"Tohir Zuhra" yoki "Yoriltosh"larni bilisharmikan...?

(Sahnada o'zbek xalq ertaklaridan "Zumrad va Qimmat" yoki boshqa ertakdan yosh kitobxonlar ijrosida ertak-tomosh namoyish etiladi.)

(Sahnada quvnoq bolalar qo'shig'i va raqs namoyish etiladi.)

2-Boshlovchi: Azizim, har bir yurtning o'z toshu-tarozsi, udumlari, orzu-istaklari va ko'nikmalari bor. Mana shu o'ziga hoslikni milliylik deymiz va uni avloddan-avlodga asosan onalarimiz-ayollar o'z farzandlarining ruhiga singdiradilar.

(sahnada ushbu she'r sadolari ostida qizlar milliylikni aks ettiruvchi milliy liboslar ko'rgazmzsi, do'ppilar, momolarimizdan meros so'zanalar, qiyiqlar tikkayotgan j aroyonlarni baj aradilar)

Milliy g'urur shudir, azizim!

Udda qilsang, o'nta tilni so'ylagin bulbuldayin,

So'ylasang o'zbekchaga, bo'ylar tortsin guldayin.

Nozik o'tsin qildayin, izhor etarda dildagin

O'zligingni avval uq, o'zbekkinamning bolasi.

(sahnada Klara Jalilova ijrosidagi "Doppi tikdim ipaklari tillodan" qoshig'i yangraydi, raqsida jajji qizaloqlar).

1-Boshlovchi: Samolni "so'kmang", bu hadisu sharif hikmatini topay deb uringmangda, yomg'ir, do'l, dovul bo'lsa ham Allohning marhamati deb qabul qilavering.

Suvga tupirmang, axlat tashlamang! Bugungi kunga, tinchlik, osoyishtalikka shukur qiling, azizm! O'zingizdan iz qoldiring, ko'chat ekib bog' yarating!

2-B: Vatandosh, bog'ingga bir nihol qada,

Bu nihol nomini Yaxshilik ata.

Niholing yoniga bir gul ekib qo'y,

U gulning ismini Go'zallik deb qo'y.

Gulu niholingga baxsh etib hayot,

Suv ber va bu suvga Mehr ber.

Sendan farzandingga bog' qolsin, ey do'st,

Bog'ing Vatan degan nom olsin, ey do'st.

("Bir nihol" Erkin Vohidov she'ri)

O'quvchilar ijrosida "Sust xotin" qo'shig'i........

1-B: Bizning buyuk bag'ri keng xalqimizning ana shunday azaliy qadriyarlari bor. Ota bobolarimizdan qolgan meros bu, zero mozig'a qaytib ish ko'rmoqlik hayrlidir, deydilar.4

(Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asaridan Anvar va Ra'no suhbtidan bir parcha namoyish etiladi yoki o'qib beriladi. Bu namoyish orqali ushbu kitob kitobxonlarga tavsiya etiladi.)

2-B: Biz bugun sizga bir ozgina mehr berdik, umid berdik, istak berdik. Ko'nglingizda fahr tuyg'usini uyg'ota olgan bo'lsak, farzandlarga e'tibor sezdira olgan bo'lsak, qadrdonimiz kitob ekanligini , uning hayotimizdagi shamchiroq ekanligini uni o'qib, manaviy kamolatga yetishimiz kerakligini anglatolgan bo'lsak boshimiz osmon qadar yuksaldi.

1-B: Bu yurt O'bekiston atalmish jannatmakon o'lka!

Bu yurtning qishlarida shivirlar bahor, bu yurtning tuprog'ida oltin gullaydi.

(Oybek "O'zbekiston" she'ri. Olingan)

Shu yurtda tug'ulganimizdan, sog'-salomat qadam tashlayotganimizdan, ilm deb atalmish buyuk ne'matdan bahra olayotganimizdan shodlanaylik. Har bir kitob

4 A. Qosiriy "Otkan kunlar" romanidan olingan.

I icclT^^^^H 594 http://oac.dsmi-qf.uz

sahifalarida biz uchun hech kim bera olmaydigan bir javohir bor, o'sha javohirlardan doim bahramand bo'laylik va bularni o'z yaqinlarimizga ham ilinaylik.

Otchopardan kimxob oling,

Ne bo'lsa - behisob oling,

Ammo qaytar chog'ingizda

Bittagina kitob oling.

O'rikzordan koshin oling,

Sirg'alidan moshin oling,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Jaholatning boshin oling,

Bittagina kitob oling...

S.Sayiid "Kitob oling" she'ri.

Mana shunday tadbirlar kitobxonlarning kitob orqali, vatanga muhabbat, go'zallik tuyg'ularini shakillantirib, manaviy boy inson bo'lib tarbiyalanishiga xizmat qilib, uning sof, beg'ubor va ulug'vorligini ko'rsatadi. Bunday sof, beg'ubor ma'naviy boylik uzoq yillar davomida qunt va chidam bilan o'qish, taqqoslash, taxlil qilish, xulosa chiqarish, amaliy hayotda qo'llash natijasida shakillanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. N. MAHMUDOV, A. RAFIYEV, I. YO'LDOSHEV. NUTQ MADANIYATI VA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH. - O.:, Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013 - 144b.

2. Mashriqzamin-hikmat bo'stoni:Hikmatlar xazinasidir.-T.:"Sharq",2008y.196-

bet.

3. I.J. Yuldashev, O'. Nosirov. Kutubxona-axborot xizmati: nazariya va amaliyoti-o'quv qo'llanma. T.-2020y, 397 bet.

4. Erkin Vohidov.Orzuli dunyo: She'rlar,-T.: "Sharq",2010.- 208 b.

5. "Kutubxonalarda muloqat madaniyati " fanidan o'quv uslubiy qo'llanma. 6. Adabiyot. Umumiy o'rta ta'lim maktabi 5-sinf uchun darslik/ S. Ahmedov va boshq.-T.:"Sharq", 2020-272 b.

6. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

7. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

8. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

9. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

10. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

11. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

12. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

13. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ХАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

14. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

15. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

16. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

17. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

18. угли Хабибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛИК ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200-206.

19. Хдбибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

20. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

21. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

22. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

23. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

24. Рузиева, Г., & ^абибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

25. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L. Oriental Art and Culture, (6).

26. Угли, X. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛИК-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

27. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

28. Солиева, X. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

29. Омоновна, С. X. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

30. Омоновна, С. X. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахдмияти. Современное образование (Узбекистан), (5).

31. Омоновна, С. X. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса»... Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.

32. Омоновна, X. С. (2020). ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КДЯИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, (V).

33. Омоновна, С. X. (2021). Глобаллашув жараёнида ахборот окдмининг ёшлар маънавиятига таъсири хусусида. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

34. Омоновна, С. X. (2021). Маданият ва маънавият масалаларида тарихий илдизлар излари. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

35. Парпиев, А. (2021). ЖАДИДЧИ ОБИДЖОН МАДМУДОВНИНГ ФАОЛИЯТИДАГИ ЯНГИ КИРРАЛАР. Oriental Art and Culture, (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.