Научная статья на тему 'NUTQ TEXNIKASI VA MA`DANIYATI HAMDA UNI MOHIYATINI TASHKIL ETUVCHI MUHIM VOSITALAR'

NUTQ TEXNIKASI VA MA`DANIYATI HAMDA UNI MOHIYATINI TASHKIL ETUVCHI MUHIM VOSITALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
856
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
RITORIKA / NOTIQLNK SAN'ATI / MAZMUNDOR NUTQ / TALAFFUZ / NAMOYANDA / NUTQ JARAYONI / NUTQ SO'ZLASH ILMI

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nasibaxon T.P.

Fanlar metodologiyasida notiqlik murakkab soha bo`lib, ham san’at sifatida, ham fanlarning bir yo`nalishi sifatida o`rganilgan. Ushbu maqolada nutq texnikasi va ma`daniyati hamda uni mohiyatini tashkil etuvchi muhim vositalar haqida so`z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPEECH TECHNIQUE AND CULTURE AS WELL AS IMPORTANT TOOLS ORGANIZING ITS ESSENCE

In the methodology of science, public speaking is a complex field, studied both as an art and as a branch of science. This article talks about the technique and culture of speech and the important tools that make up its essence.

Текст научной работы на тему «NUTQ TEXNIKASI VA MA`DANIYATI HAMDA UNI MOHIYATINI TASHKIL ETUVCHI MUHIM VOSITALAR»

Nasibaxon T.P.

ADU umumiypedagogika kafedra o^qituvchisi Andijon viloyati Oltinkul tumani

NUTQ TEXNIKASI VA MA DANIYATI HAMDA UNI MOHIYATINI TASHKIL ETUVCHI MUHIM VOSITALAR

Annotatsiya: Fanlar metodologiyasida notiqlik murakkab soha bolib, ham san'at sifatida, ham fanlarning bir yo^nalishi sifatida o^rganilgan. Ushbu maqolada nutq texnikasi va ma^daniyati hamda uni mohiyatini tashkil etuvchi muhim vositalar haqida so^zyuritilgan.

Kalit so^zlar: Ritorika, notiqlnk san'ati, mazmundor nutq, talaffuz, namoyanda, nutq jarayoni, nutq so^zlash ilmi.

Toshtemirova N.P.

ASU general pedagogy department teacher Altinkul District, Andijan Region

SPEECH TECHNIQUE AND CULTURE AS WELL AS IMPORTANT TOOLS ORGANIZING ITS ESSENCE

Abstract: In the methodology of science, public speaking is a complex field, studied both as an art and as a branch of science. This article talks about the technique and culture of speech and the important tools that make up its essence.

Key words: Rhetoric, art of speaking, meaningful speech, pronunciation, appearance, speech process, science of speaking.

Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bunga quldorlik tuzumining rivojlanishi, quldorlik demokratiyasi sabab boldi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarnning nihoyatda taraqqiy etishi notiqlikni san'at darajasiga kotardi. Yetuk inson bolish uchun albatta,notiqlik san'atini egallash shart qilib qo'yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratiladi. Uning Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqadi. Eramiznnng 335- yilida Aristotelning «Ritorika»si yaratiladi. Unda notiq oldiga quyidagilarni vazifa qilib qo'yadi:

— Materialni har tomonlama tayyorlash.

— Materialni joylashtnrish rejasini belgilash.

— Materialnn ozlashtirnsh, nutq qurnlishini to'g'rilash.

— Notiqning nutq materialini o'rgannshi.

— Materialni so'z bilan ifodalash.

— Nutqni talaffuz qilish, ya'ni nutq jarayoni.

Bu talablar hozir ham o z kuchini saqlab kelmoqda. Usha davr sud notiqlngining katta namoyandasi Sitseron edi. U sud notiqligida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi, notiqlik san'ati pazariyasiga ulkan hissa qo shdi. Sitseronning «Notiq haqida», «Notiq», «Brut» asarlarn hozir ham ma'lum qimmatga egadir. Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintilnandir. U o'zining «Notiq bilimi haqida» kitobnda bilimdonlikni notiqliknnng bi- rinchi sharti qilib qoyadi. Kvintilian notiqlikka doir bilimni juda yoshlikdan organa borish kerak,deydi.

Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bo'lishiga katta ahamiyat beradi. U «Sen shunday so'elaginki, seni har bir knshi tushuna olsin»,— degan edi.

Jonli, mazmunan teran sozning ta'sirchanligi uning kishilarga zavq bera olishida namoyon boladi.

Togri va yaxshi yozish, chiroyli gapirish uchun mantiqiy fikrlash lozim. Nutq madaniyatini egallagan kishi to'g'ri fikr yuritib, tinglovchilarga ta'sir eta oladi. San'atshunos L.Xojyevaning fikricha, «nutq madaniyati - fikr madaniyati» demakdir, milliy o'ziga xos, fikrlari aniq, grammatik to'g'ri tuzilgan, mantiqiy muntazam va badiiy ifodali nutqgina madaniydir [1].

Notiqning so'zi tinglovchilarni ruhlantira olishi kerak. Notiqning nutq madaniyatini egallaganligi uning ta'sirli sozida namoyon boladi.

Qadimgi yunonlar nutqning chiroyli, mazmundor bo lishiga harakat qilganlar, maxsus notiqlik maktablari ochilgan va ularda notiqlik san'atini o'rgatuvchi «ritorika» fani o'qitilgan.

Ritorika fanining yaravtuvchisi yunon olimi Koraks bo' lib, uning fikricha, ritorika «ishontiruvchi xizmatkordir».

Notiqlikning asosiy fazilati isbot qilish va haqiqatni qaror toptirishdadir. Qadimgi Yunonistonda notiqlik san'atini adabiy janr darajasiga ko targan va ilmiy tus bergan kishilar sofistlar (yun. donolik so'zidan.) bo'lgan.

Keng bilimli, so'zga chechan odamlar sofistlar bo'lgan. Ular notiqlik san'atining asoschilari hisoblanadi. Sofistlar -«donishmandlik va fasohat» muallimlari sifatida notiqlik qiluvchi qadimgi yunon faylasuflari. Sofistlar notiqlikning mazmuniy korinishlaridan mohirona foydalanib, ommaga, tinglovchilarga ta'sir qilishda ularga yetadiganlari bo'lmagan. Ular so'z qimmatini har qadamda ta'kidlab o'tganlar. Nutq (logos)ni o'rganish ob'yekti bo'lmish ritorikani - «barcha san'atlar malikasi» deb bilishgan.

Insonning kimligi uning ikki jihati - xatti-harakati va so'zi (nutqi), odamlar bilan ozaro muomalasida ayon boladi [2]. Mana shu ikki jihat fikrni toliq va mukammal ifodalashga yordam beradi. Fikrni gozal ifodalash-nutq madaniyatini egallashga bog liq. Bu masala bilan odamlar juda qadimdan qiziqib kelganlar.

Nutq madaniyati va notiqlik mahorati qadimdan shakllanib kelgan ijtimoiy hodisa. Qadimgi Yunon mamlakatida bu ta'limot nazariy jihatdan

asoslandi: epos, she'riyat, darama, musiqa va boshqa san'at namunalari qatorida ritorika (so'zlash mahorati) yuksak nutqiy san'at namunasi hisoblangan.

Markaziy Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati va uslubiyat muammolari bilan shug'ullanish qadimdan mavjud bo'lgan va o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Mashhur turkiyshunos Mahmud Koshg' ariyning «Devonu lug'otit turk» asaridagi bu masalaga oid ba'zi mulohazalari, keltirilgan lisoniy dalillari, nutq madaniyati va nutq odobi masalalari juda qadimdan o'rtaga qo'yib kelinganligidan dalolat beradi.

Nutq madaniyati ifodasining taniqli tadqiqotchisi E.Begmatov bu haqida quyidagilarni yozadi: «...Mahmud Koshg'ariyning mashhur «Devoni lug'atit turk» asarida «kuy so'zini tushunib bo'lmaydi, qattiq toshni yiqitib (sindirib) bo'lmaydi», «odam so'zning shirinligi bilan lazzatlansa, unga asir bo'lib ketadi», «Odobning boshi til» singari aforizmlarini uchratish mumkin» [3].

Nutq odobi masalasi XI asrda yashab ijod qilgan xorazmlik buyuk olim, alloma Abu-l-Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariyning «Navobig' ul-kalim» («Nozik iboralar») nomli asarida yoritilgandir.

IX asrgacha Sharqda voizlik vazifasini xalifalar, shohlar bajarganlar.

IX asrdan boshlab davlat hukmdorlari bu tadbirni o'z ixtiyorlaridagi maxsus so'z ustalariga yuklab, ularning ism-shariflariga "Voiz" so'zini qo'shib aytganlar.

XII asrdan boshlab voizlik san'ati nazariyasi va amaliyotini talqin va tavsif etadigan ko'plab ilmiy, tarixiy, uslubiy risolalar yozilgan. Bular qatoriga Muhammad Rafiq Voizning «Avbob ul-inon», Voiz Qazviniyning «Zilolu maqol» Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-ahodis», Muhammad Voizning «Hidoyat ul-taqvim», Quraysh Saidiyning «Anis ul-voizin», Voiz Samarqandiyning «Ravzat ul-voizin», Qozi O'shiyning «Miftoq ul-najjih», Voiz Koshifiyning «Dah Majlis», «Mahzan ul-insho» kabi asarlari kiradi. Shuningdek, tarixchi, shoir, muhaddislarning asarlarida ham voizlik san'atiga aloqador ba'zi fikrlar bayon etilgan [4].

X-XI asrlar jahon madaniyati taraqqiyotida, Turkiston xalqlari tarixida sermahcul davr bo'ldi. Xurosonu Movarounnahr, Xorazmda ulkan siyosiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'rifiy ozgarishlar yuz berib, ilm-fan yuksakka ko'tarildi. Turkiston ilm-fanini ham badiiy, ham ma'naviy jihatdan bezovchi yorqin asarlar yaratildi. Bu davrda badiiy nutq yuksak darajada rivojlangan, uning nazariyasi mukammal ishlangan edi.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997.) «Mafotih-ul-ulum» (Ilmlar kaliti) asarida osha davr nutq madaniyatining ba'zi bir masalalari - devonxona ish qog'ozlari, shakllari, ishlatiladigan istiloh (atamalar)lar, adabiyotshunoslik fani istilohlari, ularning ta'rifi haqida ma'lumot bergan. Ushbu asarda al-Xorazmiy badiiy tasvir vositalari, ularning turlari va fazilatlari haqida ham so'z yuritadi.

XI asrning yana bir ajoyib tuhfasi - «Qobusnoma». Ushbu nodir asarda ham nutq odobi va madaniyati masalasiga katta e'tibor berilib, hikmatli soz va qimmatli fikrlar bildirilgandir.

Xulosa qilib aytganda, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy nutq, notiqlik nazariyasi rivojlantiriladi. Bu nazariya keynnchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag'ishlangan fanning maydonga kelishnga asos bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Aripova A. Notiqlik nutqining lisoniy-uslubiy vositalari. Filol.fan.nomz.dis. -Toshkent, 2002.

2. Aripova, A., Khodjayeva, K., & Yuldasheva, N. (2020). Methods, aspects and components of teaching the uzbek (russian) language as a foreignlanguageontheexperienceofforeign students. Journal of Critical Reviews, 7(4), 393-398.

3. Uvatov U. Donolardan saboqlar.-T., A.Qodiriy nomli xalq merosi nashr., 1994, 34-b.

4. Ortiqov A. va b. Oliy maktab pedagogining nutq madaniyati. -T.:IIB Akademiyasi, 2001 y, 5-bet.

5. Aripova, A. K. (2020). Ancient Uzbek Tribes And Clans Inhabiting In Central Asia. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 384- 394.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.