Научная статья на тему 'SO‘Z SEHRI JOZIBASI'

SO‘Z SEHRI JOZIBASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3519
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
notiq / voiz / tazkira / ezgu axloq / badiiy mahorat. / оратор / проповедник / тазкира / нравы / артистизм

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Manzura Otajonova

Mazkur maqolada o„zbek mumtoz adabiyotidagi, xususan, Alisher Navoiy ijodidagi notiqlik san‟ati, voizlik mahorati haqida keltirilgan nazariy ma‟lumotlar, hikmatli so„zlar tahliliga murojaat qilingan. Shu bilan birgalikda davr notiqlari haqida Navoiy tazkirasida uchraydigan ma‟lumotlarga ham murojaat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье речь идет об анализе теоретических сведений и мудрых слов, представленных в узбекской классической литературе, особенно в произведениях Алишера Навои, об искусстве ораторского искусства, проповедническом мастерстве. При этом упоминались и сведения, обнаруженные в тазкирасах Навои об ораторах того времени.

Текст научной работы на тему «SO‘Z SEHRI JOZIBASI»

SO'Z SEHRI JOZIBASI

Manzura Otajonova

filologiya fanlari doktori

ANNOTASIYA

Mazkur maqolada o'zbek mumtoz adabiyotidagi, xususan, Alisher Navoiy ijodidagi notiqlik san'ati, voizlik mahorati haqida keltirilgan nazariy ma'lumotlar, hikmatli so'zlar tahliliga murojaat qilingan. Shu bilan birgalikda davr notiqlari haqida Navoiy tazkirasida uchraydigan ma'lumotlarga ham murojaat qilingan.

Kalit so'zlar: notiq, voiz, tazkira, ezgu axloq, badiiy mahorat.

АННОТАЦИЯ

В данной статье речь идет об анализе теоретических сведений и мудрых слов, представленных в узбекской классической литературе, особенно в произведениях Алишера Навои, об искусстве ораторского искусства, проповедническом мастерстве. При этом упоминались и сведения, обнаруженные в тазкирасах Навои об ораторах того времени.

Ключевые слова: оратор, проповедник, тазкира, нравы, артистизм.

ABSTRACT

This article refers to the analysis of the theoretical information and wise words presented in the Uzbek classic literature, especially in the works of Alisher Navoi, about the art of oratory, preaching skills. At the same time, the information found in Navoi's Tazkiras about the orators of the time was also referred to.

Keywords: orator, preacher, tazkira, morals, artistry.

Xalqimizda "Yaxshi so'z - jon ozig'i" degan ajoyib bir naql bor. Zero, jonli so'zlashuvda ona tilimizning bor nafosatiyu go'zalligini ifoda eta bilish ham ma'naviy komillikdan dalolat beradi. Shuning uchun ham xalqimiz azal-azaldan chiroyli va lutf bilan so'zlashish, fikrni so'z vositasida bag'oyat nazokat ila ifodalashni egallashni, namoyish eta bilishni go'zal axloqiy fazilatlardan biri, deb hisoblagan. Ona tilining lug'at boyligi va so'zlarning serjilo ma'nolarini mahorat bilan ifoda eta bilish san'ati notiqlik deyilgan.

Xo'sh, notiqlik uslubi, xususan, notiqlik san'ati deganimizda nimalar tushuniladi? Ushbu savollarga javobni

8-fevral

367

tarixga nazar tashlab, moziy zarvaraqlari sahifalaridan izlashimizga to'g'ri keladi.

Ma'lumki, o'tmishda notiqlik san'atini voizlik deb, mazkur san'at bobidagi sohib hunarlarni esa voiz deb yuritganlar. Voizlik - o'tmish so'z san'atining eng go'zal, barkamol, ommaviy, badiiy yuksak saviyadagi san'at namunasi hisoblanadi. Sharqda nutq va'z deyilgani sababli notiq - voiz deb yuritilgan. Voizlar donishmand, oqil, olim va fozil kishilar bo'lganligi sababli el orasida obro'-e'tiborli bo'lganlar. Ularning ismlariga "mavlono" so'zi qo'shib aytilgan va "Mavlono falonchi voiz" deb yuritganlar. Voizlarning va'z matnlari, nutqlari juda chiroyli, mazmunga boy bo'lgan. Nutqlarining aksariyati sochma she'r yoki she'riy shaklda bo'lib, voizning yuksak mahorati va donishmandligidan dalolat bergan.

Voizlik san'atining ahamiyati uning mavzusi bilan bog'liq. Ma'lumki, musulmon dini aqidalarining katta qismi axloq masalasiga oiddir. Bu aqidalarda kishilar o'zaro mehr-oqibatli, hurmat-ehtiromli bo'lishi tartib qilinadi. Zotan, har bir xalqning ezgu axloqiy masalasi bo'lib, musulmon dini qoidalarida ham o'z aksini topgan.

Voizlik san'atining iqtidorli namoyandalari haqida Sharqning ulug' olimi va mutafakkiri, o'zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy o'zining "Majolis un-nafois" asarida hamda uning zamondoshlari Mavlono Zayniddin Mahmud Vosifiy "Badoye' ul-vaqoye", Xondamir "Makorim ul- axloq" asarlarida mufassal to'xtalib o'tadilar. Bobur qilichining kuchi yetmagan ba'zi istehkomlarni so'z qudrati bilan fath etish mumkin ekanligini ta'kidlagan edi.

Notiqlik san'atini egallash uchun bilimli va oqil bo'lishgina yetmaydi, buning uchun tinglovchining ruhiyatini ham o'rganish taqozo etiladi.

O'timishda bunday xislatga ega bo'lgan mashhur notiqlarimiz ko'p bo'lgan. Mavlono Fariddin Ali Safiyning "Latoyif ut-tavoyif" nomli asarida shunday notiqlardan biri Mavlono Irshod haqida ma'lumot berilgan. Mavlono Irshod o'z zamonasining hurmat-ehtiromli voizi, zabardast olimi, eng mahoratli so'z ustasi edi. Asarda bir voqea tilga olingan bo'lib, unda Irshodning nutq mahorati yorqin ifodasini topgan.

Asarda bayon etilishicha, Sulton Husayn Boyqaro shoh Shijo' huzuriga Sherozga rasmiy davlat ishi bilan muzokara olib borish uchun bir vakil yubormoqchi bo'ladi va bunga zamonasining zabardast, mohir voizi Mavlono Irshodni munosib, deb topadi. Irshod u yerga borib, oz muddat ichida rasmiy ishlarni ijobiy hal etadi. Shoh Shijo' Irshodning so'z ustasi ekanligini muzokaralar chog'ida sezib qoladi va bir majlis o'tkazib ketishini so'raydi.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-367-373

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Majlis juma kuniga tayinlanadi. Shoh va uning a'yonlari masjidi

8-fevral

jome'ga yig'iladilar. Irshod majlisni shunday mahorat bilan olib boradiki, uning ehtirosli so'zlari yig'ilgan haloyiqni yig'latadi; buni sezgan notiq kutilmaganda nutqida shunday burilish yasaydiki, masjidi jome'dan ko'z yoshi aralash qah-qaha sadolari eshitiladi. Yig'ilganlar Mavlono Irshodni katta hurmat bilan kuzatadilar.

Mavlono Irshodning yuksak mahorati ikki davlat o'rtasidagi nizoni bartaraf etibgina qolmay, madaniy-ma'rifiy aloqalarning o'rnatilishiga ham sabab bo'lgan.

Xalqimiz orasida Mavlono Irshodga o'xshagan voizlar ko'p bo'lgan. Jumladan, Mavlono Husayn Voiz, Qozi O'shiy, Muin Voiz, Hotam Asam, Shaqiq Binni, Ibrohim Balxiy, Jaloliddin Rumiy, Xoja Muayyad Mehnatiy, Mavlono Riyoziy, Zahriddin Muhammad Bobur kabilar so'z san'atining buyuk qudratini idrok etgan jahon fotihlaridir. Ona tilining nafosatini o'zining yuksak notiqlik san'atida namoyish etishi bilan o'z davrida katta shuhrat qozongan ana shunday mashhur voizlardan biri mavlono Husayn Voiz Koshifiy Eronning shimoliy-sharqidagi Sabzavor shahridan bo'lib, ulug' shoir Alisher Navoiyning zamondoshi bo'lgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, Navoiy o'zining "Majolis un-nafois" asarida Mavlono Koshifiy haqida to'liq ma'lumotlar keltiradi. Alisher Navoiy Husayn Voiz Koshifiy haqida: "Oz fan bo'lg'ayki, (uning) dahli bo'lmag'ay, xususan, va'z va insho (nasriy asarlaryozish) va nujumki (yulduzlar haqida bilim), aning haqqi durur, har qaysida mutayyin va mashhur ishlari bordur", - deb yozadi. Voiz haqida bildirilgan bu fikrdan, uning katta mahorat sohibi ekanligidan habardor bo'lamiz.

Alisher Navoiy tazkirasida o'tmishning yana bir mashhur voizi Mavlono Voiz Muin Voizning so'z san'atiga doir qimmatli ma'lumotlari berilgan. Navoiyning yozishicha, "hur taqdir bila shaharda muqarrar voiz bukun Mavlono Muindurur".Muin Voiz o'sha zamon tili bilan aytganda, fasihul kalomi (so'z san'atkorlarining ustasi), barkamol iste'dod egasi, ehtirosli so'z san'atkori, tengsiz mahorat sohibi bo'lgan. U badiiy so'z san'atining tashqi ifoda vositalaridan - qo'l harakati, yuz imo-ishorasi, jussa holati kabilardan unumli foydalangan.

Rivoyatlarga qaraganda, juma va hayit kunlarida uning chiqishlarini tinglovchilar orziqib kutganlar va atayin voiz va'zi bahonasi bilan masjidi jome'ga yo'l tutganlar. Muin Voiz juda chuqur bilim egasi bo'lgan. Shamsiddin Somiyning "Qomus ul-a'lom" asarida yozilishicha, Muin Voiz "Maorijul nubuvvat", "Ravzat ul-jannat", "Tarixi Musavviy", "Ravzat ul- voizin", "Tarixi Hirot" kabi asarlarning muallifidir. Bu shundan dalolat beradiki, Muin Voiz mohir suxandongina emas, bilimdon, donishmand, fozil kishi bo'lgan.

XV-XVI asrlarda yashagan Sharqning iste'dodli notiqlaridan yana bir namoyandasi asli farg'onalik mashhur voiz

8-fevral

369

Qozi O'shiydir. O'sh shahrida qozi lavozimida ishlaganligi sababli Qozi O'shiy taxallusni olgan. Qozi O'shiyning mahorati haqidagi ma'lumotlar Faxriddin Safiyning "Latoyif ut-tavoyif" va Muhammad Majidiyning "Ziynat ul-majolis" asarlarida keltirilgan. Qozi O'shiy Eronning janubida joylashgan Siiston viloyatining qattiqqo'l aholisi ko'ngil qulfini so'z kaliti bilan ochib yumshatgan, uning otashin nutqiga barcha yig'ilganlar rom bo'lganlar. Aslida bu yerdagilarning qalblari shunchalik yumshab ketganki, ular qoziga 5000 dinor tilla to'plab berganlar. Qozi O'shiy Farg'onaga qaytib kelgach, Siiston aholisiga quyidagi she'riy maktubni yuborgan:

Omon bo „Isin siistonlik saxiylar, Ruhi rohat sharobini qilib no „sh. Nechunkim menga baxsh ayladilar, G 'urur cheksiz! Ana lutf, donishu xush. Emasdim men sodda, lekin edim men Bilimu fazl jahon - Qoziy O „sh.

Qozi O'shiy mashhur notiqgina bo'lib qolmay, o'z davrining bilimdoni va notiqlik san'ati sirlarini ochib beruvchi "Miftox un-najjoh" ("So'zning kaliti") nomli ilmiy risolaning muallifidir.

Agar voizlik san'ati tarixiga nazar tashlansa, voizlik mahoratining sir-asrorlaridan biri voizning bilim saviyasi, donoligi bilan bog'liq ekanligini ko'rishimiz mumkin. Bilim doirasi keng bo'lgan notiq doimo maqsadiga erishadi va elning ko'nglidan joy topa oladi.

Ta'sirli so'zlash uchun fikr yuritilayotgan mavzuni puxta bilish lozim. Asossiz chiroyli bezab so'zlangan nutq besamardir, ya'ni xalq aytganidek, puch yong'oq bilan qo'yinni to'ldirish mumkin emas. Nutqning barkamol bo'lishi uchun nutq egasi chuqur bilimga ega bo'lishi kerak. Shunday fazilat sohiblari madaniyatimiz tarixida ko'p bo'lgan. Jumladan, Shaqiq Binni, Ibrohim Balxiy va Hotam Asamlar ham o'z zamonasining fasihi kalomlari bo'lganligi ma'lum.

O'tmish voizlari teran bilim egalari bo'lganlariga sabab shuki, ular doim izlanishda bo'lib, o'zlariga qattiq talablar qo'yganlar va voizlik kasbini o'ta mas'uliyatli kasb, deb bilganlar. O'ziga talabchan voizlardan biri Hotam Asamdir. Bu kishi haqida Muhammad Majidiyning "Ziynat ul- majolis" asarida bir voqea bayon etilgan.

Hotam Asamdan notiqlik bilan shug'ullanishni iltimos qilganlarida, u o'z bilimi va mahorati yetishmasligini aytib rad

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-367-373

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

etgan. Ammo el iltijo qilaverganidan so'ng rozi bo'ladi, notiqlik

8-fevral

mahoratini egallash uchun bir yil muhlat oladi. Bir yildan so'ng o'zini sinash maqsalida cho'lga boradi va bir tup daraxt oldiga yaqinlashmoqchi bo'lganida, undagi qushlar "gurr" etib uchib ketadi. Buni ko'rgan notiq Balx aholisiga xali tayyor emasligini aytib, yana bir yil muhlat so'raydi. Ikkinchi yili yana o'sha sahrodagi daraxt oldiga o'zini sinash maqsadida boradi. Bu safar Hotam daraxtga yaqinlashib, qushlar qimir etmayotganliklarini ko'radi, ammo ularga qo'l cho'zganida avvalgiday uchib ketadilar. Xalq Hotam Asamdan bunday sinovning ma'nosini so'rashgada notiq "Yovvoyi qushlarni o „ziga rom etolmagan notiq insonni ko „nglini yumshata olmaydi ", - deydi. Xalq Hotam Asamga yana bir yil muhlat beradi. Uchinchi yilni katta tayyorgarlik, mutolaa bilan o'tkazgan voiz o'zini shu tariqa yana bir bor sinaydi. U daraxtga yaqinlashib, nimalardir deb erkalaganida qushlar jim bo'ladilar, qo'l cho'zganida qushlar qimir etmaydilar. Bir qushni qo'liga olib silab, so'ng qo'yib yuboradi va xalqqa qarab sinov tugaganini bildiradi. Masjidi jome'ga borib, nutq so'zlaydi va ushbu ruboiyni o'qiydi:

"Ey tan, sen hirsu havasga qul bo „Ima. O „qdekg„ir-g„ir uchishga mashg„ul bo „Ima. Oldinga borar yo„ldan to „xtab hargiz Cho „g „manku, deya shukur qilib, kul bo „Ima " Bundan xulosa shuki, voizi kalom bo'lishlik mashaqqatli mehnatni, chuqur bilimni talab qiladi. Bilimdon va zakovatli notiqgina kishilarning ko'ngil qushini rom etadi.

Voizning o'z kasbiga bo'lgan talabchanligi, ehtirom va sadoqati bugungi kun notiqlarimizga saboq va ibratdir. So'z qudrati beqiyosdir. So'z ustasi Alisher Navoiy aytganidek:

So „zdin o „lukning tanida ruhi pok, Ruh dog „i tan aro so „zdin halok. Oddiy so'z bilan istehkomlarni zabt etgan harbiy notiqlikning eng zabardast namoyandalaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. U notiqlik mahoratini mukammal egallagan fozil kishilardan bo'lgan. Buni quyidagi voqea misolida ko'rishimiz mumkin:

1527 yilning mart oyida Boburning Hindistondagi yurishlarida hal qiluvchi bir voqea yuz beradi. Uning askaru lashkarlari orasida tarqoqlik boshlanadi. Bobur "ushbu ayyomda ... uluk kichikta dag„-dag„a va taraddud ko„p edi, hech kimdan mardona so„z va dadilona ra'y etilmas edi. Hikoyat deguvchi vuzaroning va viloyat deguvchi umaroning na so „zlari mardona edi, na tadbirlari, na o„zlari",- deb yozadi. "Oxir elning mundoq

8-fevral

371

bedillarini so „rub va nav'sustluqlarini ko „rub", Bobur nutq so'zlaydi:

"Har ki odami bir jahon ahli fano xohad bud, Oniki poyandavu boqest, Xudo xohad bud". Ya'ni: "Kimki keldi bu jahonga oxiri ketgusidir, Mangu qoluvchi bu olamda Xudoning o „zidir".

"Har kimki hayot majlisiga kiribtur, oqibat ajal paymonasidan ichgusidir va har kishikim tiriklik manziliga kelibtur, oxir dunyo g'amxonasidan ketgusidir. Yomon ot bilan tirilganidin, yaxshi ot bila o'lgan yaxshiroq.

Ba nomi neku gar bamiram ravost, Maro nom boyad, ki tan margrost ". Ya'ni: Yaxshi nom birla o'limga roziman, Nom qolar, oxir yo „qolgusi bu tan.

"Tangri taolo bu nav ' saodatni bizga nasib qilibtur va mundoq davlatni bizga qariyb aylabtur. O „lgan shahid, o „lturgan g 'oziy. Barcha tangrining kalomi birla ont ichmak kerakkim, hech kim bu qitoldin yuz yondirur xayol qilmagay, to badandin joni ayrilmaguncha bu mahoraba va muhotaladan ayrilmagay".

Boburning shu otashin nutqidan so'ng barcha askaru lashkarlari bir jonu bir tan bo'lib kurashga otlangan. Bu shundan dalolat beradiki, faqat mohir notiqgina kishilarning ko'ngliga to'g'ri yo'l topa biladi.

Mohir so'z ustalaridan yana biri, xorazmshohiylar avlodidan bo'lgan, davr taqozosi bilan Turkiyada istiqomat qilgan "Ma'nodor masnaviy" deb nomlangan notiqlikka oid asar muallifi Jaloliddin Rumiydir.

Jaloliddin Rumiy Turkiyaning Ko'niya shahrida 1231-1246 yillarda rasmiy notiq lavozimida ishlagan. Rumiyni suxandonlik masalasi juda qiziqtirgan, shu sababli u butun bilimini, notiqlik mahoratining sirlarini o'z asarida bayon etadi. "Ma'nodor masnaviy" asari 50 ming baytdan iborat bo'lib, unda notiqlik san'atining qadimgi ko'rinishi - nadimlik haqida so'z boradi. Rumiyning fikricha, voiz o'z tinglovchilari bilan hamnafas bo'lishi, nutq jarayonida hamkorlik qilishi, nutqi jo'shqin va samimiy bo'lishi kerak.

Alisher Navoiy tomonidan tan olingan, kamoli e'tiqod bilan zikr etilgan, o'z zamonasining yetuk bilimdon notig'i Hoja Muayyad Mehnatiy ham oddiy shayxlikdan ilmu donishlikkacha erishganlardan.

U shu qadar bilimdon bo'lganki, Navoiy so'zi bilan aytganda: "... zohir ulumin takmil qilib erdi", ya'ni u barcha fanlarni puxta egallagangina emas, balki ularni to'ldirgan, rivojlantirgan edi. U o'tkazgan "va 'z majlisi bag „oyat garm va purshur voqe' bo „lur erdi ". Bu esa Hoja

8-fevral

372

Muayyad Mehnatiyning notiqlik mahorati sabablidir. Uning va'zlari juda qiziqarli o'tgan, tinglovchilar va'z boshlaganidan to so'ngigacha tarqalmas edilar.

Alisher Navoiy "Majolis un-nafois" asarida Mehnatiy haqida to'liq ma'lumot berib, uning mahoratini yuksak baholagan.

O'tmishimizning ajoyib voizlaridan yana biri Mavlono Riyoziydir. Ulkan hissiyot sohibi, va'zxonlik vaqtida goh yig'latib, goh kuldira oladigan, muallim, suxandon bu fasihi kalon Zova viloyatida tavallud topgan va shu yerda qozi lavozimida ishlagan. O'rinsiz xatti-harakatlari uchun badarg'a qilingan va "base zahmat tortgan", g'ariblikda kun kechirgan. Riyoziy ajoyib notiq, mohir san'atkor va zabardast olim bo'lgan.

Xullas, o'zbek tili nutq madaniyatining eng yuksak cho'qqisi hisoblangan milliy notiqlik mahorati, shu jumladan, o'tmishda yashab o'tgan taniqli voizlarning san'ati nomoddiy madaniy merosimizning oltin xazinasi hisoblanadi. O'zbek xalq voizlik san'ati o'zining asrlar davomidagi izchil taraqqiyoti davomida ko'plab yuksak mahorat sohiblarini yetishtirib bergan. Voizlik san'atining haligacha o'rganilmagan qirralari talaygina, hali ismi-sharifi qog'ozga tushmagan, el og'zida rivoyatga aylangan fasihi kalomlar ham son-sanoqsiz. Ularning ijodiy faoliyati va so'z qo'llash mahorati bilan bog'liq ezgu an'analarni o'rganish ona tilimizni yanada go'zallashtirish va boyitishga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.