EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
^..M-KMUTi:.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA SON SO'Z
TURKUMI
Usanova Qademay Muratbay qizi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-
bosqich talabasi. M. Xudayarova Ilmiy rahbar: f.f.n.,dots. https://doi.org/10.5281/zenodo.10784405
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 28th February 2024 Accepted: 05th March 2024 Online: 06th March 2024
KEYWORDS Son, aniqlovchi, to'ldiruvchi, ega, kesim, predmet, miqdor, qiyosiy tipologiya, yuklama.
Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida son so'z turkumining qiyosi, sintaktik vazifalari, o'xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.
Har 3 tilda ham son so'z turkumi predmetning miqdorini, son-sanog'ini bildirib, ma'no xususiyatlari va grammatik belgilariga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Sanoq sonlar - количественные числительные - sanaq sanliqlar: ikki - два - eki; to'rt
- четыре - to'rt; besh - пять - bes; olti - шесть - alti; sakkiz - восемь - segiz; o'n olti -шестнадцать - on alti kabi.
2. Tartib sonlar - порядковые числительные - qatarliq sanliqlar: birinchi - первый -birinshi; sakkizinchi - восьмой - segizinshi; elliginchi - пятидесяти - eliwinshi kabi.
3. Jamlovchi sonlar - собирательные числительные - jiynaqlaw sanliqlar: ikkov, ikkala -двое - ekew; uchov, uchala - трое - u'shew; yettov - семеро - jetew kabi.
4. Dona sonlar - штучные числительные -qoraqalpoq tilida bunday sonlarga ajratilmagan: bitta, bir dona - одна штука; beshta, besh dona - пять штук kabi.
5. Chama sonlar - неопределённые числительные - shamaliq sanliqlar: beshtacha -около пяти штук - besewdey; o'nlab - десятки - onlag'an; o'n beshtacha - штук пятнадцать - on beslegen kabi.
6. Taqsim sonlar - разделительные числительные - toplaw sanliqlar: uchtadan - по три
- u'shewden; oltitadan - по шесть - altawdan; yuztadan - по сто - ju'zden kabi.
7. Kasr sonlar - дровные числительные - bo'lshek sanliqlar: o'ndan uch - три десятых -onnan u'sh; beshdan to'rt - четыре пятих - besten to'rt kabi.
O'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida son so'z turkumi gapda ega, kesim, to'ldiruvchi va aniqlovchi kabi sintaktik vazifalarda keladi1. Masalan: O'n sakkiz oltiga bo'linadi (ega). -Восемнадцать делится на шесть (подлежащее). - On segiz altiga bo'linedi (baslawish). O'ttizdan o'n birni oling (to'ldiruvchi). - Отнимите от тридцати одиннадцать
1 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1986. - B. 115.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
(дополнение). - Otizdan o'n birdi alin' (toliqlawish). Uch karra uch - to'qqiz (kesim). -Трижды три - девять (сказуемое). - U'sh ko'beytiw u'sh - to'g'iz (bayanlawish) kabi.
Ammo sonlar otlar bilan birikib kelish xususiyatlari, qo'llanishi, shakli jihatidan sonlar har uch tilda bir biridan jiddiy farq qiladi2. Quyida ularning farqlarini ko'rib chiqamiz.
O'zbek va qoraqalpoq tillarida bir soni ot bilan birikib kelganda shaklini o'zgartirmay predmet nomini bildiradi. Rus tilidagi один so'zi esa predmetning miqdorini bildirish bilan birga otga grammatik jihatdan bog'lanib, uning rod, son va kelishik shakllariga moslashadi. Masalan: Bir o'quvchi - один ученик - bir oqiwshi. Bir kitob - одна книга - bir kitap. Bir daraxt - одно дерево - bir terek. Bir o'quvchini uchrattim - Всретил одного ученика - Bir oqiwshini ushirattim. Bir dugonamga xat yozdim. - Написала письмо одной подруге. - Bir dostima xat jazdim kabi.
Rus tilida один so'zi ko'plikda ham qo'llanilib, faqat yuklamasini bildirib keladi. Masalan: Sinfda faqat qizlar o'tiribdi. - В классе сидят одни девушки. - Klasta tek qizlar otiripti kabi. Undan tashqari одни so'zi faqat ko'plikda qo'llaniladigan otlar bilan birikib kelishi mumkin. Masalan: Kasal bir sutka uxladi. - Больной спал одни сутки. - Kesel bir sutka uyiqladi. Bitta shim - одни брюки - bir shalbar, bitta ko'zoynak - одни очки - bir ochki kabi.
O'zbek va qoraqalpoq tilida bir so'zining qo'llanish doirasi rus tiliga nisbatan keng. U quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Predmetning miqdorini bildiradi. Uning bu ma'nosi rus tilida один so'zi ma'nosiga teng bo'ladi. Masalan: Bir qop guruch. - Один мешок риса. - Bir alta gu'rish kabi.
2. Noaniqlik yoki noma'lumlik ma'nosini bildirib keladi. Rus tilida esa bu ma'no кто-то, что-то, какой-то, неизвестный, незнакомый so'zlari orqali ifodalanadi. Masalan: Onam menga bir nima degan edi, unutibman. - Мама мне что-то говорила, я забыл. - Apam mag'an bir zat ayqan edi, umitip ketippen. Sizni telefonda bir odam so'rayapti. - Вас кто-то по телефону спрашивает. - Sizdi telefonda birew sorap turipti kabi.
3. Bir so'zi qancha, muncha talay, qator kabi so'zlar bilan birikib noaniq miqdorni bildirib keladi. Rus tilida esa bu ma'nolarni несколько, немного, некоторое время kabi so'zlar va birikmalar orqali ifodalanadi. Masalan: Kasal o'zini birmuncha yaxshi his qila boshladi. -Больной чувствует себя намного лучше. - Kesel o'zin birqansha jaqsi seze basladi kabi.
4. Ma'noni kuchaytirib ko'rsatadi. Bu ma'no kuchaytirishni esa rus tilida очень хорошо, так хорошо, хорошенько kabi so'zlari vositasida ifodalanadi. Masalan: Qizim to'yda bir o'ynadi-ku, hamma hayratda qoldi. - Моя дочь на свадьбе так хорошо танцевала, что всех удивила. - Menin' qizim toyda bir oynadi, ha'mme hayran qaldi.
Rus tilida два so'zi bosh kelishikda ikki shaklda: birlik мужской va средний roddagi otlar bilan birikib kelganda два shaklida: два студента, два журнала, два письма, два здания kabi, женский roddagi otlar bilan birikib kelganda esa две shaklida: две книги, две ученицы, две тетради kabi qo'llaniladi. Miqdorni bildiruvchi оба, полтара so'zlari ham мужской va средний roddagi otlar bilan birikkanda оба, полтара shaklida: ikkala o'quvchi -оба ученика - eki oqiwshi, bir yarim soat - полтара часа - bir yarim saat kabi, женский roddagi otlar bilan birikkanda esa обе, полторы shaklida: ikkala kolozchi ayol - обе
: Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1986. - B. 115.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
колхозницы - eki kolxozshi hayal, bir yarim kosa - полторы чашки - bir yarim kese kabi qo'llaniladi. Qolgan sonlarning три, четыре, пять, семь, одиннадцать, пятнадцать, сорок kabi so'zlarning shakli faqat turlangandagina o'zgaradi. Ammo bunday o'zgarish faqatgina kelishik shakllaridagina sodir bo'ladi, chunki ularda rod va son shakllari yo'q. Bosh kelishikda два (две), три, четыре sonlaridan keyin birlikdagi otlarning qaratqich kelishigida (родительный падеж) bo'lishi shart. Besh va undan ortiq miqdorni ifodalovchi sonlardan keyin esa otlar ko'plikda va qaratqich kelishikda bo'ladi. Masalan: Два стола, два кресла, две лампы, три стола, десять ламп kabi. Sostavli sonlar bilan kelgan otlar ham shu qoida asosida birikadi. Masalan: Пятнадцать тысяч семьсот шесть тонн kabi. Rus tilida sostavli sonlar tarkibidagi har qaysi komponenti turlanadi, o'zbek va qoraqalpoq tillarida esa faqat keying komponenti turlanadi. Masalan: Ikki ming to'qqiz yuz qirq bir. - Две тысячи девятьсот сорок один. - Eki min' tog'iz ju'z qiriq bir kabi.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, son so'z turkumi o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida mavjud. Biz yuqorida son turkumining qo'llanish doirasini ko'rib chiqdik. Qo'llanish doirasi o'zbek va qoraqalpoq tillari rus tiliga nisbatan keng. O'zbek va qoraqalpoq tillarida bir va ikki so'zlarining qo'llanish doirasi rus tioliga nisbatan keng. Qolgan sonlarning shakli faqat turlangandagina o'zgaradi. Rus tilida sostavli sonlar turlanganda, sostavli sonlar tarkibidagi hamma komponent o'zgaradi. O'zbek va qoraqalpoq tilida esa sostavli sonlar tarkibidagi faqatgina oxirgi komponent o'zgaradi.
References:
1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.1965.
2. O.Azizov va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 1986.
3. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: "Bilim" nashriyoti.2010.