Научная статья на тему 'OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’LNING ANIQ, MAJHUL VA O‘ZLIK NISBATLARI QIYOSI'

OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’LNING ANIQ, MAJHUL VA O‘ZLIK NISBATLARI QIYOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
15
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe’l so‘z turkumi / nisbat / aniq / majhul / o‘zlik / qiyosiy / o‘timli va o‘timsiz fe’llar / obyekt va subyekt / affiks / umumiylik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usanova Qademay Muratbay Qizi

Mazkur maqolada o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe’l so‘z turkumining qiyosi, fe’l nisbatlari: aniq, majhul va o‘zlik nisbatlari, ularning o‘xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’LNING ANIQ, MAJHUL VA O‘ZLIK NISBATLARI QIYOSI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE'LNING ANIQ, MAJHUL VA O'ZLIK NISBATLARI QIYOSI

Usanova Qademay Muratbay qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-

bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11542928

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01-June 2024 yil Ma'qullandi: 05- June 2024 yil Nashr qilindi: 10- June 2024 yil

KEY WORDS

fe'l so'z turkumi, nisbat, aniq, majhul, o'zlik, qiyosiy, o'timli va o'timsiz fe'llar, obyekt va subyekt, affiks, umumiylik..

ABSTRACT

Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe'l so'z turkumining qiyosi, fe'l nisbatlari: aniq, majhul va o'zlik nisbatlari, ularning o'xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

Fe'l - har 3 tilda ham grammatik kategoriyalarga eng boy, grammatik tabiati eng murakkab turkum hisoblanadi. Fe'l so'z turkumiga mansub so'zlar jarayonni bildiradi.

Fe'lning harakat, holat ma'nosi uning maxsus grammatik kategoriyalari orqali ifodalanadi. Fe'l har 3 tilda ham nisbat - залог - da'reje, mayl - наклонение - meyil, zamon -время - ma'ha'l, shaxs va son - лицо и число - bet ha'm san kabi grammatik kategoriyalarga ega.

Fe'l ma'no jihatidan ko'p qirraliligi, grammatik kategoriyalarga, shakllarga boyligi hamda gap tarkibida eng muhim o'rin tutishiga ko'ra barcha so'z turkumlari orasida ajralib turadi. Rus tilshunosi akademik Peshkovskiy: „So'z turkumlari planetalarga qiyos qilinsa, fe'l ular orasida quyoshdir" deb aytganida, albatta, haqli edi. O'zbek tilida fe'lning markaziy gap bo'lagi sifatida qo'llanishi ham buni isbotlaydi1.

Fe'llarning nisbat kategoriyasi harakat subyekti bilan uning obyekti orasidagi munosabatni ifodalaydi. Harakatning obyektiga bo'lgan munosabatiga qarab fe'llar 2 katta guruhga: o'timli va o'timsiz fe'llarga bo'linadi. O'timli fe'llar harkatning predmetga to'g'ridan -to'g'ri o'tganligini ifodalaydi. Shuning uchun o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o'timli fe'l tushum kelishigidagi so'zni boshqarib keladi. Masalan: Gazeta(ni) o'qidim. - Я читал газету. -Gazetani oqidim kabi.

O'zbek va qoraqalpoq tillarida o'timlilik ma'nosi leksik yo'l bilan va affikslar qo'shish yo'li bilan ifodalanadi. Rus tilida esa o'timli fe'llar odatda, leksik yo'l bilan ifodalanadi. Masalan: kiymoq - одевать - kiyiw, yuvmoq - мыть - juwiw kabi.

O'timsiz fe'llar harakatning obyektga o'tmaganligini bildiradi va tushum kelishigidagi so'zni talab qilmaydi. Shuning uchun o'timsiz fe'llar harakat subyekti bilan obyekti orasidagi munosabatni ifodalay olmaydi. Rus tili o'timsiz fe'llarida nisbat yasalishi yo'q deyish shunga

asoslanadi2. Masalan yurish harakat ma'nosini bildiruvchi o'timsiz fe'llardan rus tilida nisbat yasalmaydi. Bu jihatdan o'zbek va qoraqalpoq tillarining imkoniyati ko'proq hisoblanadi. O'zbek tilida har qanday fe'l nisbat yasalishiga asos bo'la oladi. Shuning uchun ham o'zbek tilida 5 ta fe'l nisbati: aniq nisbat, majhul nisbat, o'zlik nisbat, birgalik nisbat va orttirma nisbati; rus tilida 3ta fe'l nisbati: действительный залог, страдательный залог, возвратный залог; qoraqalpoq tilida esa 5ta fe'l nisbati: tu'p da'reje, o'zlik da'reje, sheriklik da'reje, o'zgelik da'reje, belgisiz da'reje kabi turlari mavjud.

1. Aniq nisbat - действительный залог - tu'p da'reje.

O'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o'timli fe'llar aniq nisbat ma'nosini ifodalab, obyektga to'g'ridan-to'g'ri qaratilgan harakatni bildiradi. Masalan: Aeroportda mehmonlarni kutib oldik. - На аеропорте встетили гостей. - Aeropottta miymanlardi ku'tip aldiq. Bu misolda kutib oldik - встетили - ku'tip aldiq fe'li o'timli fe'l bo'lib, u ifodalaydigan harakat to'g'ridan - to'g'ri harakatning obyekti mehmonlarni - гостей - miymanlardi so'ziga o'tgan. Rus tilida obyekt - predmetni ifodalovchi so'z odatda aniq nisbatdagi fe'ldan keyin, o'zbek va qoraqalpoq tillarida esa oldin keladi. Masalan: Kitob(ni) o'qidim. - Читал книгу. - Kitap(ti) oqidim kabi.

2. Majhul nisbat - страдательный залог - belgisiz da'reje.

O'zbek tilida majhul nisbat -(i)l, -(i)n affikslari bilan o'timli fe'llardan yasaladi. Shu bilan birgalikda, subyektini anglatgan so'z tomonidan so'zi bilan birikib keladi.

Rus tilida esa majhul nisbat -ся(-сь) yuklamasini fe'lning aniq nisbat formasiga qo'shish bilan yasaladi3.

Qoraqalpoq tilida esa majhul nisbat, asosan, morfologik yo'l bilan yasaladi. Majhul nisbatning qo'shimchasi -il, -il, -l hisoblanadi.

Majhul nisbatdagi fe'l qatnashgan gapda harakat obyektini anglatuvchi so'z ega vazifasida keladi. Harakat subyektini anglatuvchi so'z esa tvoritelniy kelishikda shakllanib, vositali to'ldiruvchi vazifasida keladi. Masalan: Elektrostansiya ishchilar tomonidan qurilmoqda. - Электростанция строится рабочими. - Elektrostanciya jumisshilar ta'repinen qurilip atir. Bu rasm mashhur rassom tomonidan ishlangan. - Эта картина написана известным художником. - Bul kartina taniqli su'wretshi ta'repinen islengen.

O'zbek tilida majhul nisbatdagi fe'llar kam ishlatiladi. O'zbek va qoraqalpoq tillarida majhul nisbat yasovchilari shaxssiz gaplar kesimini ifodalash uchun ishlatiladi. Rus tilida bunga mos shakl bo'lmaganligi uchun, turli grammatik vositalar bilan ifodalanadi. Masalan: Pochtaga borildi. - Сходили на почту. - Pochtag'a barildi. Maqsadga erishildi. - Достигли цели. - Maqsetke erisildi kabi.

3. O'zlik nisbat - возвратный залог - o'zlik da'reje.

O'zbek tilida o'zlik nisbat, asosan, -(i)n, ba'zan -(i)l affiksi bilan yasalib, subyekt bajargan harakatning yana subyektning o'ziga qaytishini bildiradi.

Rus tilida o'zlik nisbat -ся (-сь) yuklamasi bilan ifodalanadi.

Qoraqalpoq tilida o'zlik nisbatdagi fe'llaridagi subyekt, obyektning ham xizmatini o'taydi, ya'ni ish-harakat bir vaqtda subyekt va obyektga qaratilgan bo'ladi. Shu sababli ham turkiy tillardagi o'zlik nisbatini aniqlashdagi asosiy belgi "o'z", - "o'zini -o'zi" degan ma'noga

2 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 67.

3 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 68.

asoslanadi4. Qoraqalpoq tilida o'zlik nisbat leksik va morfologik yo'llar bilan hosil qilinadi. Ko'pincha o'timli fe'llarga -in, -in, -n, -il, -il, -l, -liq, -lik, -iq, -ik, -q, -k affikslarini qo'shish orqali hosil qilinadi. Qoraqalpoq tilida o'zlik nisbatdagi fe'llar quyidagi semantik

o'zgachaliklarga ega.

1. O'zlik nisbat fe'llar haqiqiy o'zlik nisbat ma'nosini beradi. Bu ma'nodagi fe'llar o'zlik nisbat ma'nosini aniq ko'rsatib, ish-harakatning subyekti aniq o'ziga qaratilgan bo'ladi. Masalan: Nurjan juwindi, kiyindi, tarandi kabi.

2. Umumiylik o'zlik nisbat ma'nosini bildiradi. Bu ma'nodagi o'zlik nisbat fe'llari subyektga aniq qaratilgan ish-harakatni bildirmaydi. u shu subyektning holatini yoki ish-harakatning bir holatdan boshqa bir holatga o'tganligini bildiradi5. Masalan: shadlandi, quwandi, so'ylendi, ko'rindi, tazalandi kabi.

Rus tilida ba'zi bir harakatlar subyektning o'zidan chetga chiqmaydi. Buning ma'nosi o'zbek tilida leksik yo'l bilan ba'zan -(i)l, -(i)n affikslari bilan beriladi. Masalan: Mashina to'xtadi. - Машина остановились.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashimiz joizki, fe'l nisbatlari har 3 tilda ham o'timli fe'l tushum kelishigidagi so'zni boshqarib keladi. Fe'l nisbatlari o'zbek tilida 5ta, rus tilida 3ta, qoraqalpoq tilida 5ta. Rus tilida o'timsiz fe'llardan nisbat yasalmaydi. O'zbek va qoraqalpoq tillarida esa o'timsiz fe'llardan nisbat yasaladi. O'zbek va qoraqalpoq tillarida 5 ta nisbat -ya'ni rus tilida ajratilmaydigan orttirma va birgalik nisbatlarni turli grammatik vositalar bilan ifodalanadi.O'zbek va qoraqalpoq tillardagi ba'zi holatlarni hisobga olmaganda fe'l nisbatlari bu tillarda o'xshashliklari ko'p.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.1965.

2. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2010.

3. Frunze. Kirgiz tilinin'grammatikasi. Morfologiya. Kirgiz Ilimder Akademiyasi Til cana Adabiyat Institutu. 1964.

4. Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 2006

4 Frunze. Kirgiz tilinin'grammatikasi. Morfologiya. Kirgiz SSR. 1964. -B . 201.

5 Da'wletov A va boshqalar. Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. - No'kis, 2010. - B.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.