Научная статья на тему 'O'ZBEK VA KOREYS TILIDA MAJHUL VA ORTTIRMA NISBAT KATEGOSIYASINING QIYOSIY TAHLILI'

O'ZBEK VA KOREYS TILIDA MAJHUL VA ORTTIRMA NISBAT KATEGOSIYASINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
174
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fe’l so’z turkumi / mustaqil fe’l / nisbat / o’zlik nisbat / bosh nisbat / majhul nisbat / orttirma nisbat / qiyoslash / grammatik farqlanish

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sanoyeva Shodiya Nabiyevna, Nazarova Shaxlo Baxtiyorovna

Ushbu ilmiy maqola o’zbek va koreys tillaridagi fe’llar va ularning nisbat kategorilari qo’llanilishi, nisbat kategoriyalarining matnda sintatktik qo’llanilishi, koreys tilidagi nisbat qo’shimchalarining ishlatilishi o’rganilib, ularning chet tillarni o’qitishdagi ahamiyati ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK VA KOREYS TILIDA MAJHUL VA ORTTIRMA NISBAT KATEGOSIYASINING QIYOSIY TAHLILI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'ZBEK VA KOREYS TILIDA MAJHUL VA ORTTIRMA NISBAT KATEGOSIYASINING QIYOSIY TAHLILI

Sanoyeva Shodiya Nabiyevna

Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti magistranti

Nazarova Shaxlo Baxtiyorovna Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti o qituvchisi [email protected]

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola o'zbek va koreys tillaridagi fe 'llar va ularning nisbat kategorilari qo'llanilishi, nisbat kategoriyalarining matnda sintatktik qo'llanilishi, koreys tilidagi nisbat qo'shimchalarining ishlatilishi o'rganilib, ularning chet tillarni o'qitishdagi ahamiyati ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: Fe'l so 'z turkumi, mustaqil fe'l, nisbat, o'zlik nisbat, bosh nisbat, majhul nisbat, orttirma nisbat, qiyoslash, grammatik farqlanish.

https://doi.ore/10.5281/zenodo.7579521

Annotation: This article discusses the use of Uzbek and Korean verbs and their voice categories, the syntactic use of voice categories in the text, the use of relative adverbs in the Korean language, and their importance in teaching foreign languages.

Key words: Verb phrase, independent verb, voice, personal voice, main voice, passive voice, accusative voice, comparison, grammatical difference.

Fe'l so'z turkumi - harakatni, holatni yoki jarayonni ifodalab, zamon, mayl, nisbat, perfekt, modallik va boshqa shu kabi grammatik xususiyatlarga egadir. Fe'llar harakatni bildiruvchi

so'zlardir. Koreys tili grammatikasida harakat ma'nosi juda keng bo'lib, u ^^f- (yemoq), ^^^ (silkitmoq), (qimirlamoq), (yugurmoq) kabi fe'llar ifodalaydigan

harakatlarni, (kutmoq), ux^f- (o'tirmoq) kabi fe'llar ifodalaydigan holatlarni,

(xafa bo'lmoq), ^^OHf- (havotirlanmoq), (xursand bo'lmoq) kabi

fe'llar ifodalaydigan ruhiy o'zgarishlarni, (gullamoq), (o'smoq) kabi fe'llar

ifodalaydigan biologik hodisalarni hamda shu kabi harakat va hodisalarni o'z ichiga oladi. Yuqorida sanalganlarning hammasi o'ziga xos xususiy shakllarga ega bo'lishi bilan bir qatorda, ularning barchasi uchun umumiy bo'lgan tomoni ham mavjuddir, ya'ni ular zamon bilan bog'liq holda yuz beruvchi hodisalar bo'lib hisoblanadi. Fe'l mustaqil so'z turkumi bo'lib, u harakat, holat yoki jarayonni, ya'ni ma'lum bir belgining paydo bo'lishi va o'zgarishi kabi harakatni ifodalaydi. Fe'lga xos bunday ma'nolarning barchasi uni boshqa so'z turkumlaridan farqlashga yordam beradigan umumiy harakat ma'nosiga borib taqaladi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Yu.S.Maslov ta'kidlaganidek, fe'l vaqt davomida sodir bo'ladigan belgining, harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so'z turkumi bo'lib hisoblanadi.

Koreys tilida fe'l kategoriyalari orasida o'zbek tili bilan ko'zga ko'rinarli darajada farqlanuvchi kategoriya bu nisbat kategoriyasi hisoblanadi. Quyida batafsil bu haqida ko'rib chiqishimiz mumkin:

Koreys tilida fel nisbatlari to'rt turga bo'lib o'rganiladi: 1. ^^^(o'zlik nisbat) bunda ish harakat subyekt tomonidan bajarilib, yana subyektning o'ziga qaytadi

Masalan: ^11 ^ ^ ^^ MM^ ^ (Kecha bog'ichni

mahkam bog'lab qo'ygan edim, bugun qarasam yechilb yotibdi ekan) (yechmoq-yechilmoq)

2. ^^^ (bosh nisbat) bunda fe'l anglatgan harakatni bajaruvchi shaxs subyektga teng bo'ladi.

Masalan: qa EM ^ S^M^.

(Men maktab yonida opamni kutib turgan edim, opamning o'rniga dadam keldilar) (kelmoq-keldi)

3. ^^^ (majhul nisbat) bajarilishi noma'lum bo'lgan harakat yoki holatni bildirgan fe'llardir.

Masalan: ^IB s^lb sh M^Hf- (Havo ochiq kunlari tog' yaxshi korinadi) M^-

M0|L[- (ko'rmoq-ko'rinmoq)

4. A^Af- (orttirma nisbat) Bajaruvchining ta'siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi nisbat shakli hisoblanadi.

Masalan: 0^0|o| S^l (0na bolasining og'ziga

dorini bevosita solib yedirdi) (yemoq-yedirmoq)

Nisbat kategoriyasi xususida gapirganimizda esa, unga shunday izoh berish mumkinki, fe'lga xos nisbatan kategoriyasi sintaktik konstruksiya tomonidan ifoda etilgan vaziyatning ishtirokchilari o'rtasidagi munosabat xarakteri va uning yo'nalishini ko'rsatib beradi. Nisbat kategoriyasining tilda mavjudligini odatda fe'lning aniq nisbat shakllarini majhul nisbat shakllariga qarama-qarshi qo'yish yo'li bilan aniqlanadi. Majhul nisbat sintaktik qurilma egasi tomonidan ish-harakatni o'ziga qabul etishni ifodalaydi. Bu qurilmalardagi ega majhul yoki passiv ega deb yuritiladi va ish-harakatning ob'yekti vazifasini o'taydi. Aniq nisbat shakli bu oppozitsiyaning kuchsiz a'zosi bo'lib, mazkur ma'noni umumlashtirgan holda nomajhullik tarzida ifoda etadi. Bu nomajhullik o'zbek tilida kauzativ nisbat, o'zlik nisbat, birgalik nisbatlar tarzida namoyon bo'lishi mumkin. Koreys tilida fe'llarning majhul nisbat shaklida ishlatilinish ko'lami ancha kengdir. Misol uchun, majhul nisbatdagi fe'llarni ma'nosini saqlagan holda aktiv nisbatga aylantirish mumkin:

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Masalan: ^fl ЩЪ ы^1^ - Minkyu militsiya tomonidan ushlandi.

Ц- Bola onasi tomonidan quchoqlandi. Bundan tashqari koreys tilida o'timli fe'llargina majhul nisbatga aylantirilishi mumkin bo'lsa o'zbek tilida esa aksincha.

Masalan: o[L\ ЩЪ Hannani qo'shni it tishladi.

ЩЩ0\ Л^УОД AH^Hf- - Barcha rejani director tuzib chiqdi.

Yuqoridagi misollarning birinchisida koreys tilidagi majhul nisbat turi o'zbek tilida birgalik nisbat shaklida berilayapti. Ikkinchi gapda esa koreys tilidagi majhul nisbat shakli o'zbek tilida ham saqlanayotganini ko'rishimiz mumkin. Koreys tilini o'qitishda asosiy e'tibor bugunda koreys tilidagi Grammatik strukturalarni o'rgatishdan boshlanmoqda. Bu esa o'z navbatida o'rganilayotgan til bilan ona tilini birgalikda solishtirib, qiyoslab o'rganishni talab etadi. Har qaysi nisbat shakllarining tuzilma ko'rinishini har gal qanday o'zgarayotganini sintaktik yasalish yo'lini kuzatish bilan aniqlash mumkin. So'z shaklidagi har bir nisbat qo'shimchasi o'z grammatik ma'nosi bilan qatnashadi. Shuni unutmaslik kerakki, tilshunoslikda so'zlarning mazmuni ularga qo'shiladigan qo'shimchalar orqali o'zgarib borganidek, shakl o'zgarganda so'z ma'nosida ham o'zgarish bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

I."Koreys tili gramatikasi" Kim Chun Sig. Toshkent, 2007.

?|Й ЙЧ^ I-qism. СНЙЙЧ, МШ, 2005.

3.Д4§ шй. - ЗЦ ЧШ^, 2007 ^

4.М& ЙЧ^. Student book 3B. - ^ЩД ЙЧ^ ЗЦШ 2005

- ^ 1992 ^

7.Баенханова, И. (2019). Паремияларнинг турли тизимдаги тилларда умумий хусусиятлари. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (71)), 64-66.

8.Баёнханова, И. Ф. (2021). KOREYS TILIDA SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARNING IFODA MA'NOSIGA KO'RA TURLARI. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 4(2).

9. Rahmatullayev Sh" Fe'l fraziologik birliklarda ob'ekt kategoriyasi"/ ToshDU ilmiy asarlar to'plami.1964

10. Hojiyev A.Fe'l. "Hozirgi o'zbek adabiy tili".1980 5. Izohli lug'at 420-bet.

II. Tojiyev Y." Fe'llarda o'timli-o'timsizlik haqida" ToshDU ilmiy asarlar to'plami.1987

12. Rasulov R." O'zbek tilidagi holat fe'llari va ularning valentliliklari."

13.http:// koreanbooks.ucoz.ru

14. http://www.geocities.com.

15. http://riss.go.kr

16. http://naver.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.