Научная статья на тему 'HARAKAT VA HOLATNI IFODALOVCHI SO‘ZLAR TURKUMI VA UNDA GRADUONIMIYANING O‘RGANILISHI'

HARAKAT VA HOLATNI IFODALOVCHI SO‘ZLAR TURKUMI VA UNDA GRADUONIMIYANING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
15
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe’l / semantik kategoriya / harakat fe’llari / nutq fe’llari / holat fe’llari / tafakkur fe’llari / munosabat fe’llari / graduonimik qator / leksema / ottenka / darajalanish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Otaboyeva Mazmuna Rahimovna

Ushbu maqolada fe’l so‘z turkumiga oid bo’lgan so‘zlar ishtirokida darajalanish qatorlari tuzish muammolari yoritilgan. Fe’l semantik kategoriyalari bo‘yicha leksemalar tahlilga tortilib, izohli, sinonim va antonimlar lug’atlaridan misollar keltirish orqali darajalanish qatorlari tuzilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HARAKAT VA HOLATNI IFODALOVCHI SO‘ZLAR TURKUMI VA UNDA GRADUONIMIYANING O‘RGANILISHI»

HARAKAT VA HOLATNI IFODALOVCHI SO'ZLAR TURKUMI VA UNDA GRADUONIMIYANING O'RGANILISHI Otaboyeva Mazmuna Rahimovna

PhD, Qo'qon davlat pedagogika institute Xorijiy tillar fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11085946

Annotatsiya. Ushbu maqolada fe'l so 'z turkumiga oid bo'lgan so 'zlar ishtirokida darajalanish qatorlari tuzish muammolari yoritilgan. Fe 'l semantik kategoriyalari bo 'yicha leksemalar tahlilga tortilib, izohli, sinonim va antonimlar lug'atlaridan misollar keltirish orqali darajalanish qatorlari tuzilgan.

Kalit so'zlar: fe'l, semantik kategoriya, harakat fe'llari, nutq fe'llari, holat fe'llari, tafakkur fe 'llari, munosabatfe 'llari, graduonimik qator, leksema, ottenka, darajalanish.

Abstract. This article describes the problems of creating gradation lines with the participation of words belonging to the verb group. The lexemes are analyzed according to the semantic categories of the verb, and ranking lines are compiled by giving examples from the explanatory, synonym and antonym dictionaries.

Keywords: verb, semantic category, verbs of action, verbs of speech, verbs of state, verbs of thought, verbs of attitude, graduonymic series, lexeme, ottenka, gradation.

Аннотация. В данной статье описаны проблемы создания градационных линий с участием слов, принадлежащих к глагольной группе. Лексемы анализируются по семантическим категориям глагола, а ранговые строки составляются на основе приведенных примеров из толкового, синонимического и антонимического словарей.

Ключевые слова: глагол, семантическая категория, глаголы действия, глаголы речи, глаголы состояния, глаголы мысли, глаголы отношения, градуонимический ряд, лексема, оттенка, градация.

Tadqiqotimiz fe'l so'z turkumi bilan bog'liq ekan, dastavval ushbu so'z turkumining o'rganilish tarixiga nazar tashlaymiz. Qadimda hindlar quyidagi to'rtta so'z turkumini farqlaganlar: ot, fe'l, old ko'makchi va yuklama. Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe'l esa harakat, holat ifodalovchi so'z sifatida beriladi. Hindlar yuqorida aytilganidek, otlarni predmet, fe'llarni harakat ifodalovchi so'z sifatida "baholaganlar". Hind grammatikachilari fe'l so'z turkumining morfologik kategoriyalarini mukammal o'rganib, ular fe'lning uch zamonga birlashadigan etti xil zamon formasini: hozirgi zamon, o'tgan zamonning tugallangan, tugallanmagan, uzoq o'tgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi kelasi zamon va juda kam qo'llaniladigan shart fe'li shaklini ajratganlar. Hindlar qadimgi davrlardayoq fe'lning to'rtta maylini aniqlik, istak, buyruq va shart mayllarini bilganlar. Fe'lning aniq, o'rta va majhullik nisbatlari ajratilib, har biri alohida ta'riflangan, tavsiflangan. Hindlar sanskrit tilida fe'lning uchta shaxs va uchta son: birlik, juftlik va ko'pliklarga ko'ra tuslanishni ko'rsatganlar. Protagor (bizning eramizgacha bo'lgan 480-410 y) otlarning rodlarini (jinsini), fe'l zamonlarini va gaplarning turlarini farqladi. SHuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe'llarni farqlab, gapning ot bilan fe'lning bog'lanishidan hosil bo'lishini ta'kidladilar. Aristotel ham, Platon kabi, ot-egani va fe'l-kesimni tan oldi.

Ingliz tilshunosligida fe'l so'z turkumiga bag'ishlangan ma'lumotlar asosan, ingliz tili grammatikasiga oid kitoblarda berilgan bo'lib ushbu adabiyotlar sirasiga L.S.Barxudarov, A.I.Smirnitskiy, I.P.Ivanova, I.M.Berman, Kobrina N.A., Korneeva E.A., Ossovskaya M.I., Guzeeva K.A M.YA.Blox, B.S.Kaymovich va A.Rogovskaya hamda N.Kirvalidzolar tomonidan

yozilgan qo'llanma va asarlarni kiritishimiz mumkin. O'zbek tilshunoslaridan J.Bo'ronov, U.Hoshimov va H.Ismatullaevlarning "Ingliz tili grammatikasi" (Morfologiya, sintaksis) nomli qo'llanmasini misol tariqasida keltirishimiz mumkin.

Shuningdek, o'zbek tilshunosligida ingliz va o'zbek tillarida fe'llarning chog'ishtirma tadqiqiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarida fe'llar turlicha tadqiq etilgan.

Fe'llar ma'no mundarijasi va miqdoriga ko'ra boy bo'lganligi sababidan ulardagi semantik kategoriyalarda o'zaro farqlar yaqqol ko'zga tashlanadi va sememalarning darajalanishi kuzatiladi. SHuningdek, fe'llarning grammatik kategoriyalari ham shakllanganligi bois kategoriyalar orasida ham o'zaro graduonimik munosabatlarni ilg'ash mumkin. Biz tadqiqotimizda fe'llarni nafaqat semantik, balki grammatik jihatdan ham darajalanishi mumkinligini ko'rsatib bermoqchimiz.

Darajalanish ko'proq rus tilshunosligida o'rganilganligi bois, ularning tadqiqotlarida fe'llar darajalanishi to'g'risida ma'lumotlar berib o'tamiz. S.M.Kolesnikova fe'llarda old qo'shimchalar graduator vazifasini bajarib kelganda graduallik ma'nosini o'zida mujassam etadi, deb hisoblagan: masalan, varit - nedovarit, perevarit; begat - nabegatsya - izbegatsya. Tilshunos bunday so'zlar gradatsion leksikaning asosiy guruhi sifatida e'tirof etadi. Keltirilgan misollarni o'zbekcha tarjimasini oladigan bo'lsak, ular o'zbek tilida prefikslar yordamida emas, balki qo'shimcha ma'noni anglatuvchi leksemalar yordami bilan beriladi: pishirmoq, chala pishirmoq, me'yordan ortiqpishirmoq kabi. Bu misollar ingliz tilida ham prefikslar bilan ifodalanadi: cook, undercook, overcook. Rus tilida varit - nedovarit, perevarit alohida leksema sifatida olinib, ularda darajalanish ma'nosi mavjud bo'lishi mumkin, lekin o'zbek tilida ushbu so'zlar orasida pishirish jarayonining bosqichlari ifoda etilayotganligi uchun tafovut sezilsada, lekin ularni bir darajalanish qatoriga joylash o'rinli emas deb hisoblaymiz.

YAna bir rus tilshunosi, S.M Kolesnikovaning izdoshi I.A.Isaeva bir leksik-semantik guruhga kiruvchi aksariyat fe'llarda o'sish-kamayish belgisiga ko'ra gradatsion shkala(graduonimik qator)ga qo'yish mumkinligini aytadi: stoyat (-2) - polzti (-1) - idti --<norma=0> bejat (+2) - nestis (+2). Bunday darajalanish qatori 0 nuqtadan chapga manfiy tomonga ma'no pasayishi, 0 nuqtadan o'ngga, musbatga tomon ma'no kuchayishi bo'yicha joylashtirilgan. SHuningdek, fe'l so'z shakllarini yasalishida ham darajalanishni graduatorlar yordamida namoyon bo'lishligini o'rgangan.

O'zbek tilidagi darajalanishga bag'ishlangan ishlarda asosan so'zlar semantik tomondan darajalangan, bo'lib faqat O.Bozorov fe'llarda darajalanishni grammatik sathda ham ko'rib chiqqan. Fe'l so'z turkumida leksik darajalanishni o'zbek tilida SH.Orifjonova o'z tadqiqotida qisqacha yozib o'tgan va fe'llarni harakat tezligi, ovoz miqdori, holat darajasi va belgi miqdoriga ko'ra darajalab, graduonimik qatorlar tuzib chiqqan.

Professor O.Bozorov ishining "Lug'aviy sistemada darajalanish" bobida fe'l sememalarida darajalanishga ko'plab misollar keltirib o'tiladi. Unda nutq fe'llari, ruhiy holat fe'llari, jismoniy, biologik, aqliy harakat va munosabatni ifodalovchi fe'llar va fizik holatni anglatuvchi fe'llar kabi ma'noviy guruhlarga mansub leksemalarning darajalanish qatorlari keltirib o'tiladi. SH.Orifjonova va O.Bozorovlar fe'llarning darajalanish qatorlarini umumiy semalar bo'yicha keltirib o'tadilar. J.Djumabaeva esa o'zbek va ingliz tillarida fe'llarni semantik kategoriyalarga bo'lgan holda leksik sathda darajalanish qatorlarini tuzib chiqqan. SHuningdek, olima o'zbek va ingliz tillarida fe'llar darajalanishi xususida to'xtalgan. Olima fe'llarning oltita harakat ma'nosini anglatuvchi guruhlarga ajratilganligi (professor R.R.Sayfullaeva va boshqalar tomonidan

yaratilgan "Hozirgi o'zbek adabiy tili o'quv qo'llanmasi asosida) bo'yicha ushbu guruhlarda darajalanishni ko'rib chiqqan.

Fe'llarda darajalanish harakatdan anglashilgan bir necha ma'nolar bo'yicha, ya'ni semantik kategoriyalar bo'yicha tahlil etilib, graduonimik qatorlar hosil qilingan. Lug'aviy sistemada garduonimik qatorlar hosil qilish imkoni ko'proq bo'lib, ularda so'z ma'nolarining tadrijiy o'sishi yoki pasayishi aniq ifoda etiladi. Grammatik kategoriyalar ham o'zaro darajalanishni o'zida in'ikos ettirsada, semantik sathdagi kabi aniqlik kasb etmaydi.

O.Bozorovning disssertatsiyasidagi "Grammatik sistemada darajalanish" bobida esa fe'llarning ma'noviy mundarijasi ko'lamlarida, fe'l kategoriyalari o'rtasida va funksional formalarida darajalanish hodisasini yoritib bergan. Unda fe'llarning ma'noviy ko'lamlarida, fe'l kategoriyalari va funksional formalaridagi darajalanish hodisasiga to'xtalib o'tgan. Fe'llar ma'noviy mundarija ko'lamlari bo'yicha tor- keng bo'lishida (jo'natmoq(bir kishi )-qo'zg'almoq (xalq); (urushmoq-urishmoq); harakatning holatga o'tib borishida: 1) sof harakat (uchmoq, yugurmoq) ^ harakat- holat (sevinmoq, uyg'onmoq) ^ holat (qarimoq, qizarmoq) kabi darajalanishlarga ega ekanligini ko'rsatgan. SHuningdek, fe'llarning o'timli va o'timsizlik ma'nolarida ham darajalanish hodisasi mavjud deb hisoblab ularni: harakatning predmetga qisman o'tganligi (nondan emoq, suvdan ichmoq), butunlay o'tganligi (nonni emoq, suvni ichmoq) kabi turlarga ajratadi. SHu bilan bir qatorda o'timlilik hodisasini uch bosqichga ajratish mumkin deb hisoblaydi: dastlabki munosabat (nonga qarang); qisman o'tish (nondan eng); to'liq o'tish (nonni eng). Fe'llarning har bir funksional forma turlari (harakat nomi shakllari) ichida ham darajalanish mavjud deb hisoblab, xususan, harakat nomi shakllarida harakatning kuchsizlanib "predmet" tushunchasi tomon borishida (-moq — -v(-uv) — -sh(-ish): o 'qimoq—o'quv— o'qish); sifatdosh shakllari ham ma'nosiga ko'ra harakat belgisining kamayib borishi bo'yicha tartiblanadi (-yotgan— -digan— -gan— -r(-ar) — -(u)vchi: oqayotgan— oqadigan— oqqan— oqar— oquvchi); ravishdosh formalarida fe'llik ma'nolarining kuchsizlanib borishiga ko'ra (-a/y— -b— -gach— -guncha— -gani: kela, bora-bora, o'qiy-o'qiy (harakat ma'nosi kuchli); borib (payt ottenkasi bor) — borgach (payt ma'nosi kuchaygan) — borguncha (payt ma'nosi hukmron) ham darajalanish qatorlarini misollar bilan keltirib o'tadi. Fe'llarning o'timli va o'timsizlik ma'nolarida ham 1) harakatning predmetga qisman o'tganligi. 2) harakatning predmetga butunlay o'tganligi bilan ham fe'llarda darajalanish hodisasini hosil qiladi misol uchun, nondan emoq (qisman) -nonni emoq (to'liq). Ba'zan o'timlilikni uch bosqichga bo'lish mumkin deb nonga qarang—nondan oling—nonni eng deb darajalani sh qatorini hosil qiladi. Bunday darajalanish qatorlarida graduonimiya xodisasini darrov ilg'ab olish biroz qiyindir. Masalan nonga qarang— nondan oling—nonni eng ushbuni graduonimik qator deb oladigan bo'lsak ot+fe'l birikmasidagi ot ya'ni non so'zini olib tashlasak qarang - oling - eng leksemalari orasida xech bir bog'liklik ma'no kuchayishi yoki kamayishi kuzatilmaydi. Ammo karamoq (qarang) —tikilmoq — baqraymoq—o'qraymoq so'zlaridan esa darajalanish qatorini tuzish mumkin. SHuningdek, olmoq (oling)—> tutmoq/ushlamoq— qismoq; emoq—chaynamoq— yutmoq deb bu fe'llarning alohida-alohida darajalanish qatorlarini tuzish maqsadga muvofiq bo'lardi.

So'z turkumlari an'anaga ko'ra semantik, morfologik va sintaktik belgilar bo'yicha tasnif etiladi. SHunday ekan, so'z turkumlarining o'zaro bog'lanishlari bir- birlariga nisbatan tutgan o'rinlari mavqeidagi darajalanishlarni ham eslatilgan uch belgining har biri asosida o'rganish mumkin". Unga ko'ra fe'llarning grammatik kategoriyalari va funksional formalarida darajalanish mavjud deb ularning o'zaro graduonimik qatorlarini tuzib chikadi va fe'llarni avvalo o'zlarining

ma'noviy mundarija ko'lamlariga ko'ra darajalab ko'rsatadi. YA'ni, xarakat belgisining kamayib borishiga ko'ra.

Fe harkat nomi^ ot

Fe '7^ sifatdosh^ sifat

Fe '7^ ravishdosh ^ ravish

Fe '7^ funksional format bog'lovchi

Fe '7^ funksional format ko'makchi

Fe '7^ funksional format yuklama

Fe '7 ^ predikativ formasi^ undov

YUqorida keltirilgan graduonimik qatorlarni aynan bir fe'lni misol tariqasida olib darajalanish darajalanish qatoriga qo'yib ko'ramiz. Fe'lning bir grammatik kategoriyasi va fe'l funksional formalari yoki so'z turkumlarini bir graduonimik qatorga kiritilsa ularga bir tub ma'noni anglatuvchi leksemalarni misol qilib darajalanish qatorini tuzib ko'ramiz. Misol uchun ishlamoq fe'li: ish7adi, ish7ayapti (fe'7)-ishlamoq/ishlash (harakat nomi) - ish (ot) ko'rinib turibdiki, bu bir o'zakdan yasalgan fe'7^ xarkat nomi^ ot orasida darajalanish hodisasi kuzatilmaydi. Fe'llarning ma'noviy mundarijasiga ko'ra darajalash harakatning belgisi kamayib borishligini ko'rsatishi mumkin, lekin darajalanish hodisasini aynan fe'llarning ma'no bildiruvchi leksemalari yordamida ifodalash orqali graduonimiyani yaqqol sezish mumkin. Masalan, chaqirmoq^-baqirmoq^-qichqirmoq kabi.

SHuningdek fe'7^sifatdosh^sifat qatoridagi darajalanishni oladigan bo'lsak, buni bir o'zak asosida yasalgan harakat anglatuvchi leksema misolida ko'rib chiqamiz: sarg'aydi (fe '7) -sarg'aygan (sifatdosh) - sariq (sifat). Fel^-sifatdosh^-sifat asosida tuzilgan darajalanishgan misol qilib keltirilgan so'zlar orasida darajalanishni mutlaqo kuzatib bo'lmaydi.

Ingliz tilida huddi yuqoridagi kabi darajalanish qatorini tuzib ko'rsak: verb (fe'l) - gerund (o'zbek tilidagi harakat nomiga to'g'ri keladi; fe'lning funksional formasi ) - noun (ot)

Verb (fe'l) - Present participle (hozirgi zamon sifatdoshi; fe'lning funksional formasi ) -adjective (sifat)

Verb (fe'7) - Past Particip7e (o'tgan zamon sifatdoshi; fe'7ning funksiona7 formasi) -Adverb (ravish) .

Verb^gerund^noun darajalanish qatorini harakat bildiruvchi misollar bilan ko'rib chiqamiz. Suggest (taklif qilmoq) ^ suggesting (taklif qilish) ^ suggestion (taklif) ko'rinib turibdiki, ushbu qatorda darajalanish hodisasi kuzatilmaydi. YUqoridagi fikrlarimiz yanada tushunarli bo'lishi uchun misollarni chog'ishtirishni quyidagi jadval asosida keltirib o'tamiz.

Fe'l^ harkat nomi^ ot

ishladi, ishlayapti -ishlamoq/ishlash - ish Suggest-suggesting-suggestion

fe'l^sifatdosh^sifat

sarg'aydi - sarg'aygan - sariq to whiten - whitining - white

Ushbu jadval harakat belgisining kamayib borishiga ko'ra tuzilgan darajalanish qatorlariga chog'ishtirilayotgan o'zbek va ingliz tillarida misollar berish orqali izohlanadi. Har ikki tillarda berilgan misollardan ma'lumki, bir o'zakdan yasalgan fe'l shakllari orasida o'zaro darajalanish kuzatilmaydi.

Ingliz tilida faqat ikkita nisbat mavjud bo'lib, ular aktiv ( Active Voice) va passiv (Passive Voice) nisbatlardir. O'zbek tilidagi aniq va majhul nisbatlarga tenglash mumkin. Ingliz tilida esa yuqoridagi kabi darajalanish qatorini shakllantirish mushkul masaladir.

Harakat va holatni anglatuvchi leksemalar (fe'llar)da darajalanish hodisasini nutq fe'llari semalarida, ruhiy holat fe'llarida, ruhiy (jismoniy) va biologik holat fe'llarida, harakat faoliyat

fe'llarida darajalanish qatorlari tuzish bilan ifodalash mumkin. Harakat fe'llarida darajalanish: a) oyoq bilan bog'liq fe'llar: tepkilamoq— tepmoq— toptamoq— yanchmoq; b) qo'l bilan bog'liq fe'llar: turtmoq—urmoq—savalamoq—kaltaklamoq— do'pposlamoq;

Nutq fe'llari: bahslashmoq— tortishmoq— janjallashmoq;

Holat fe'llari bir necha turlarga ajratiladi:a) ichki holat fe'llari: kayfiyati buzilmoq— xafa bo'lmoq— achchiqlanmoq— g'azablanmoq; b) tashqi holat fe'llari: qizarmoq— bo'zarmoq — ko'karmoq; v) jismoniy holat fe'llari: titramoq—qaltiramoq—talvasaga tushmoq; g)ijtimoiy holat fe'llari (jamiyat bilan bog'liq): boshlamoq (masalan, ish faoliyatini) — o'smoq— ko'tarilmoq;

- Natijali faoliyat fe'llari: bezamoq— sayqallamoq— pardozlamoq— naqshlamoq; o'ymoq— kavlamoq— qazimoq— chuqurlamoq;

- Tafakkur fe'llari: o'ylab topmoq— kashf etmoq— ochmoq;

- Munosabat fe'llari: yoqtirmaslik— yomon ko'rmoq— nafratlanmoq.

Shuningdek, ingliz tilida esa fe'llarni ettita semantik kategoriyalarga ajratib, ularning

graduonimik qatorlari keltirilgan. Ushbu semantik guruhlar Longman Grammar va A.I. Smirnitskiyning "Morfologiya angliyskogo yazbika" qo'llanmalariga asoslanib turli semantik guruhlar: activity verbs (harakat fe'llari), communication verbs (muloqot fe'llari), mental verbs (tafakkur fe'llari), causative verbs (ta'sir fe'llari), verbs of occurance (sodir bo'lish holati fe'llari), verbs of existence or relationship(mavjudlik yoki munosabat fe'llari) , verbs of aspect (aspekt yoki ko'makchi fe'llari)ga ajratib tasniflangan. Quyida ushbu semantik guruhlarga misollar keltirib o'tamiz.

• Activity verbs (harakat fe'llari): bu guruhga kiruvchi fe'llardan move (harakatlanmoq) fe'lini misol tariqasida olib, uning sinonimlarini harakatning tezlab borishiga ko'ra graduonimik qatori tuzish mumkin. Agar o'zbek tilida qimirlamoq-qo'zg'almoq-harakat qilmoq/surilmoq kabi darajalanish qatori tuzilsa, ingliz tilida ushbu darajalanish qatorini quyidagicha berish mumkin: stir— advance— move— leave.

• Communication verbs: ushbu kategoriyaga kiruvchi speak (gapirmoq) fe'lini misol sifatida ko'rib chiqib, ovozning eng past bosqichidan yuqorisigacha bo'lgan darajasi bo'yicha graduonimik qatorga joylashtirdik: mutter—whisper—speak—shout. Ushbu graduonimik qator o'zbek tilida quyidagi a'zolarni o'z ichiga oladi: ming'irlamoq—pichirlamoq/shivirlamoq—gapirmoq— baqirmoq.

• Mental verbs: bu guruhdagi fe'llardan read (o'qimoq) fe'lini oladigan bo'lsak, uning ma'nodosh so'zlaridan o'qishda diqqatlilikni oshib borishi bo'yicha quyidagicha darajalanish qatorini keltirib o'tish mumkin: skim— read— scan. Huddi shu o'qimoq (read) fe'lining ma'nodosh so'zlaridan o'zbek tilida darajalanish qatorini keltirish mumkin: nazar tashlamoq/shunchaki qarab chiqmoq (matnni) — o'qimoq— sinchiklab o'qimoq. YUqoridagi tarjima qilingan so'zlardan iborat qatordagi sinchiklab o'qimoq ingliz tilidagi scan so'zining aynan tarjimasi bo'lib o'zbek tilida uni ifodalaydigan tub fe'l mavjud emasligi sababli uni qo'shma fe'l bilan ifodalanyapti.

• Causative verbs: ushbu kategoriyaga kiruvchi help fe'lining darajalanish qatorini vositalarning ko'payib borishi orqali yuzaga chiqarish mumkin bo'ladi: help— aid— support. O'zbek tiliga help yordam bermoq ma'nosida ma'nodosh so'zlaridan quyidagicha graduonimik qatorni tuzish mumkin: qarashmoq— ko'maklashmoq— yordamlashmoq— qo'llab quvvatlamoq.

• Verbs of aspect: bu guruhga kiruvchi misollar bir-biriga antonim (start-stop) yoki sinonim (begin-start) bo'la olishligini hisobga oladigan bo'lsak, ularning darajalanish qatorini hosil qilish mumkin: start— continue— stop. Biroq ingliz tilidagi fe'llarning bu guruhida

darajalanish qatorlarini unchalik ko'p tuzib bo'lmaydi.O'zbek tilida esa ushbu qatorni boshlamoq^davom ettirmoq^ tugatmoq/tamomlamoq tarzida darajalanish qatorini tuzish mumkin.

• Verbs of occurrence and verbs of existence or relationship kategoriyalariga mansub bo'lgan fe'llarning faqat kontekstual ma'nodosh birliklarga egaligi va sinonimlarga boy emasligi sabablari mavjudligi bois darajalanish qatorlarini hosil qilish mumkin emasligi aytib o'tilgan.

Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo'lsak, harakat anglatuvchi leksemalar (fe'llar) ham ma'noviy, ham vazifaviy jihatidan o'z darajalanish qatorlariga ega bo'la oladi.

Harakat anglatuvchi leksemalarda (fe'llarda) darajalanishni ular anglatgan harakatning, holatning kuchayishi yoki pasayishi bo'lishsizlik, nisbat yoki zamon qo'shimchalari va modallikni ifodalanishi bilan ham sodir bo'lishini ko'rib chiqdik. O'zbek tilshunosligida O.Bozorovning tadqiqoti bo'yicha oladigan bo'lsak, fe'llarning grammatik kategoriyalari va funksional formalarining o'zlarida darajalanishni kuzatish mumkin. Ingliz tilida esa o'zbek tilidagi kabi fe'llarning grammatik kategoriyalari va funksional formalari o'rtasida o'zaro darajalanish hodisasini ba'zi bir kategoriyalari va funksional formalaridagi darajalanishni tadqiqotimizning keiyngi bobida chog'ishtirma tahlil orqali aniqlaymiz. Harakat bildiruvchi leksemalarning grammatik kategoriyalari va funksional formalaridagi graduonimiyadan ko'ra alohida ma'no anglatuvchi leksemalar yordamida darajalanishni namoyon qilish bu hodisani yaqqol ko'zga tashlanishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik 1-qism T., -2005.

2. Djumabayeva J. O'zbek va ingliz tillarida leksik graduonimiya, monografiya T., 2014. 17-18-betlar

3. Bozorov O. O'zbek tilida darajalanish. doktorlik diss. T., 1997 y. 184 -186 betlar.

4. Djumabayeva, Jamila. "On Gradable Contrariety and Graduonymy." Usbekisch-deutsche Studien 3 (2010): 401.

5. Отабоева, Мазмуна. "The study of grad on my in speech patterns and the principles of forming graduonymic rows." Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире 1.2 (2022): 175-180.

6. Rahimovna, Otaboyeva Mazmuna, and Karimova Vasila Vahobovna. "Graduonymy Of Activity Verbs In Uzbek And English Languages." Journal of Positive School Psychology 6.11 (2022): 1372-1377.

7. Rahimovna, Otaboeva Mazmuna, and Jurayeva Zulayho Shamsiddinovna. "CREATING GRADUONYMIC ROWS IN VERB SEMANTIC CATEGORIES IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.10 (2022): 322-326.

8. Rakhimovna, Otaboyeva Mazmuna. "PRINCIPLES OF THE FORMATION OF THE GRADUONYMIC ROWS." Archive of Conferences. 2021.

9. Rahimovna, Otaboyeva Mazmuna. "SIMILARITY AND DIFFERENCES ASPECTS OF GRADUONIMIC SERIES FORMED BY SEMANTIC CATEGORIES OF VERBS IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.4 (2023): 505-508.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.