^^yjljaíéf,
EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
^..м-КМИГГ:.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
TYPE CATEGORY OF VERB IN UZBEK, RUSSIAN AND KARAKALPAK LANGUAGES
M. Xudayarova
Scientific leader: f.f.n., dots. Usanova Qademay Muratbay qizi
Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz The Faculty of Turkic languages is a student of Uzbek language direction 2 in foreign language groups. https://doi.org/10.5281/zenodo.10862996
ABSTRACT
ARTICLE INFO
Received: 14th March 2024 Accepted: 22th March 2024 Online: 23th March 2024
KEYWORDS Verb, action, case, degree, declension, tense, person-number, sentence fragments, type category, continuity, continuity, past and next tense.
This article examined the comparison of the verb word category in Uzbek, Russian and Karakalpak languages, the variants of the verb in Uzbek, Russian and Karakalpak languages, their similarities and differences.
OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE'LNING TUR KATEGORIYASI
M. Xudayarova
Ilmiy rahbar: f.f.n.,dots. Usanova Qademay Muratbay qizi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10862996
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 14th March 2024 Accepted: 22th March 2024 Online: 23th March 2024
KEYWORDS Fe'l, harakat, holat, daraja, mayl, zamon, shaxs-son, gap bo'laklari, tur kategoriyasi, davomlilik, davomsizlik, o'tgan va kelasi zamon.
Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe'l so'z turkumining qiyosi, fe'lning turlari o'zbek, rus va qoraqalpoq tillaridagi muqobillari, o'xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.
Fe'l - har 3 tilda ham grammatik kategoriyalarga eng boy, grammatik tabiati eng murakkab turkum hisoblanadi. Fe'l so'z turkumiga mansub so'zlar jarayonni bildiradi.
Fe'ning harakat, holat ma'nosi uning maxsus grammatik kategoriyalari orqali ifodalanadi. Fe'l har 3 tilda ham daraja - залог - da'reje, mayl - наклонение - meyil, zamon - время -ma'ha'l, shaxs va son - лицо и число - bet ha'm san kabi grammatik kategoriyalarga ega.
Fe'l ma'no jihatidan ko'p qirraliligi, grammatik kategoriyalarga, shakllarga boyligi hamda gap tarkibida eng muhim o'rin tutishiga ko'ra barcha so'z turkumlari orasida ajralib turadi. Rus tilshunosi akademik Peshkovskiy: „So'z turkumlari planetalarga qiyos qilinsa, fe'l ular orasida
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
quyoshdir" deb aytganida, albatta, haqli edi. O'zbek tilida fe'lning markaziy gap bo'lagi sifatida qo'llanishi ham buni isbotlaydi1.
O'zbek tilidagi tur (вид) kategoriyasi haligacha bir qarorga kelinmagan kategoriya hisoblanadi. Ba'zi tilshunoslar harakatning tugallanganligini yoki davom etishini, takrorlanishini hisobga olgan holda, o'zbek tilida ham rus tilidagidek, tugallangan va tugallanmagan fe'llar bor degan xulosaga kelganlar.
Rus tilidagi vid kategoriyasi harakatning butunlay tugallanganligini, bir karra bo'lganligini, bir natijaga erishganligini, vaqtga nisbatga cheklanganligini yoki shu kabi harakatning aksini bildiradi2. Bular orasidagi farqlar shundaki, tugallangan turdagi fe'llar faqat o'tgan va kelasi zamonlarda ishlatiladi. Tugallanmagan turdagi fe'llar esa har 3 zamonda ishlatiladi.
Qoraqalpoq tilidagi fe'llarda bunday kategoriya yo'q. Oxirgi vaqtlardagi ilmiy ishlarda "tur kategoriyasi" deb ko'rilib chiqilayotgan fe'l formalarining haqiqiy ma'nosini ham kategoriya deb qarashga bo'lmaydi. Sababi: 1) ulardagi davomlilik va davomsizlik ma'nosi grammatik qurollar ya'ni affikslar, formalar orqali bildirilmaydi. Bunday ma'nolar faqat ko'makchi fe'llarning ma'nosi bo'lib hisoblanadi; 2) bunday grammatik ma'nolar barcha fe'llarning asosidan bildirilmaydi; 3) fe'lning asosidan uning davomli yoki davomsiz ekanligini bildirilmaydi; 4) tilda qo'llanganda rus tilidagi совершенный va несовершенный formalaridek juftlashib kelmaydi3.
O'zbek tilida har qanday fe'ldan hamma zamon shakllarini yasash mumkin. Masalan: ekdim, o'qib chiqdim - aniq o'tgan zamon; ekkanman, o'qib chiqqan edim - uzoq o'tgan zamon; ekar edim, o'qib chiqar edim - o'tgan zamon davom formasi; ekibman, o'qib chiqibman - o'tgan zamon eshitilganlik formasi; ekaman, o'qib chiqaman - hozirgi-kelasi zamon; ekyaoman, o'qib chiqyapman - aniq hozirgi zamon; ekayotirman, o'qib chiqayotirman - aniq hozirgi zamon; ekmoqdaman, o'qib chiqmoqdaman - hozirgi zamon davom formasi kabi.
Rus tilida атаковать, исследовать, использовать, телеграфировать kabi bir nechta fe'llarning negizigina uning turini aniq belgilashga imkon bermaydi. Bunday fe'llar mana shu xususiyati bilan o'zbek tilidagi fe'llarga o'xshab ketadi. Bunday fe'llarning tur ma'nolari faqat kontekstda aniq bo'ladi4. Masalan: Уполномоченный еженедельно телеграфировал о ходе зaготовок овощей. - Vakil sabzavot tayyorlashning borishi haqida har hafta telegramma berar edi.Bu gapda телеграфировал fe'li tugallanmagan tur ma'nosida qo'llanilgan. Вчера он телеграфировал о выполнении плана заготовок овощей. - Kecha u sabzavot tayyorlash planining bajarilgani haqida telegramma berdi. Bu gapda esa телеграфировал fe'li tugallangan fe'l ma'nosida ishlatilgan.
Qoraqalpoq tilida tugallanmagan fe'llar, odatda, hol fe'li bilan birga ko'makchi fe'llarning asosidan yasaladi5. Masalan: bol, pit, qoy, shiq, qal, kel, ket, o't, sal, tu's, tasla, jiber kabi. Bunday ko'makchi fe'llar hol fe'lga qo'shilishi bilan har xil xarakterdagi tugallanmagan harakatkarni bildirib keladi: bol, pit, qoy, shiq - ko'makchi fe'llari ish harakatning tugaganini yoki endi
1 Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. 2006. - B. 110.
2 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 56.
3 Bekbergenov A. Rus ha'm qaraqalpaq tillerinin' salistirmali grammatikasi. No'kis. 2006. - B. 72.
4 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent,1965. - B. 57.
5 Nasirov D. va boshqalar. Ha'zirgi qaraqalpaq tili. Morfologiya. No'kis. 1981. - B. 155.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
tugaydiganini, undan keyin davom etmasligini bildiradi. Masalan: Mexanik mashinani du'zetip boldi. - Mexanik mashinani tuzatib bo'ldi. Endi injener bir qatar tekserip shig'adi. - Endi injener bir tekshirib chiqadi; qal, sal, ket, tu's - ko'makchi fe'llari ish harakatning birdan bo'lib qolishi mumkin bo'lgan tugallanmagan harakatni anglatadi. Masalan: bilmey qaldi, aytip saldi, jig'ilip tu'sti, sinip ketti - bilmay qoldi, aytib tashladi, yiqilib tushdi, sinib ketdi kabi; jiber fe'li harakatning birdan boshlanishini bildiradi. Masalan: ku'lip jiberdi, baqirip jiberdi, qosiq aytip jiber - kulib yubordi, baqirib yubordi, qo'shiq aytib yubor kabi; al, ber, tasla, kel - ko'makchi fe'llari belgili bir natija bilan tamomlanadigan tugallanmagan harakatni bildiradi. Masalan: Barliq aw-da'skelerdi du'zetip alayiq. Berilgen tapsirmani orinlap keldi. - Barcha ov narsalarini ta'mirlab olaylik. Berilgan topshiriqni bajarib keldi kabi.
O'zbek va qoraqalpoq tillarida harakatning bir karra bo'lganligini odatda,yordamchi fe'l yoki bir so'zi bilan ifodalanadi. Rus tilida esa bu ma'noni fe'lning o'zagiga -ну- suffiksini qo'shish bilan beriladi. Masalan: Bola qichqirib yubordi. - Ребёнок крикнул. - Bala qishqirip jiberdi. Rahim ariqdan sakrab o'tdi. - Рахим пригнул через арык. - Rahim qariqdan sekirip o'tti.
O'zbek tilida ish-harakatning boshlanish holati boshlamoq, qoraqalpoq tilida esa baslaw yordamchi fe'li bilan ifodalanadi. Rus tilida esa bu ma'no за-, по- kabi pristavkalar bilan beriladi. Masalan: U ashula ayta boshladi. - Он запел. - Ol qosiq ayta basladi. Hammasi birdaniga so'zlay boshladi. - Все разом заговорили. - Ha'mmesi birden so'ylep basladi.
Rus tilidagi tugallangan fe'llar turi ma'nosini o'zbek va qoraqalpoq tillarida ifodalovchi yordamchi fe'llarning o'ziga xos xususiyati bor. Qo'shma fe'l tarkibidagi yordamchi fe'l yetakchi fe'l ifodalaydigan harakatni konkretlashtiradi. Masalan: Men yozib oldim. - Я записал (для себя). - Men jazip aldim. Men yozib berdim. - Я написал (для кого-то). Men jazip berdim. Men yozib qo'ydim. - Я записал ( во что-либоб куда) kabi.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz kerakki, fe'l so'z turkumi har 3 tilda ham harakat va holatning ma'nosini ifodalasa ham bir-biridan juda katta farqlar bilan ajralib turadigan so'z turkumi hisoblanadi. Biz quyida fe'l so'z turkumining tur kategoriyasini qisqacha qiyoslab o'tdik. Bir-biriga o'xshash tomonlarini ham, bir-biridan farqli tomonlarini ko'rib chiqdik. Tillarni qiyoslab o'rganish har qanday til o'rganuvchi uchun oson va qiziqarli bo'ladi. Bu albatta, til o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni ham oshirishi aniq. Shuni alohida ta'kidlash joziki, rus tilidagi tur kategoriyasi juda murakkab grammatik hodisa bo'lib, o'zbek va qoraqalpoq tilida unga mos kategoriya bo'lmasa ham, bu tillarda ruscha tur kategoriyasining eng nozik tomonlarini ham ifodalab beruvchi imkoniyat mavjud.
References:
1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.1965.
2. O.Azizov va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 1986.
3. Bekbergenov A. Rus ha'm qaraqalpaq tillerinin' salistirmali grammatikasi. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2006
4. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2010.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
5. Nasirov D. va boshqalar. Ha'zirgi qaraqalpaq tili. Morfologiya. No'kis: "Qaraqalpaqstan" nashriyoti. 1981.