Научная статья на тему 'OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA MAYL KATEGORIYASI'

OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA MAYL KATEGORIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fe’l / mayl kategoriyasi / buyruq / aniqlik / shart / grammatika / affiks / hozirgi zamon / hurmat / ko‘plik / iltimos / maslahat / kelasi zamon / sifatdosh / majhul nisbat / o‘tgan zamon / Verb / mile category / command / precision / condition / frammar / affix / present tense / respect / plurl / please / advice / next tense / adjective / majhul ratio / past tense.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usanova Qademay Muratbay Qizi

Mazkur maqolada o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe’l so‘z turkumining qiyosi, fe’llarda mayl kategoriyasi, shart mayli, ularning rus va qoraqalpoq tillaridagi muqobillari, o‘xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MILE CATEGORY IN UZBEK, RUSSIAN AND KARAKALPAK LANGUAGES

In this article, the comparison of the verb word category in Uzbek, Russian and Karakalpak languages, the category of declension in verbs, the command declension, their alternatives in Russian and Karakalpak languages, similarities and differences were studied

Текст научной работы на тему «OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA MAYL KATEGORIYASI»

EURASIAN IOURNAL OF

SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

MILE CATEGORY IN UZBEK, RUSSIAN AND KARAKALPAK

LANGUAGES Usanova Qademay Muratbay qizi

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz The Faculty of Turkic languages is a student of Uzbek language direction 2 in foreign language groups https://doi.org/10.5281/zenodo.11145419

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 02nd May 2024 Accepted: 07th May 2024 Online: 08th May 2024 KEYWORDS Verb, mile category, command, precision, condition, frammar, affix, present tense, respect, plurl, please, advice, next tense, adjective, majhul ratio, past tense.

In this article, the comparison of the verb word category in Uzbek, Russian and Karakalpak languages, the category of declension in verbs, the command declension, their alternatives in Russian and Karakalpak languages, similarities and differences were studied.

OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA MAYL KATEGORIYASI

Usanova Qademay Muratbay qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11145419

ARTICLE INFO

Received: 02nd May 2024 Accepted: 07th May 2024 Online: 08th May 2024 KEYWORDS Fe'l, mayl kategoriyasi, buyruq, aniqlik, shart, grammatika, affiks, hozirgi zamon, hurmat, ko'plik, iltimos, maslahat, kelasi zamon, sifatdosh, majhul nisbat, o'tgan zamon.

ABSTRACT

Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe'l soZ turkumining qiyosi, fe'llarda mayl kategoriyasi, shart mayli, ularning rus va qoraqalpoq tillaridagi muqobillari, o'xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

Fe'l - har 3 tilda ham grammatik kategoriyalarga eng boy, grammatik tabiati eng murakkab turkum hisoblanadi. Fe'l so'z turkumiga mansub so'zlar jarayonni bildiradi.

Fe'ning harakat, holat ma'nosi uning maxsus grammatik kategoriyalari orqali ifodalanadi. Fe'l har 3 tilda ham daraja - залог - da'reje, mayl - наклонение - meyil, zamon -время - ma'ha'l, shaxs va son - лицо и число - bet ha'm san kabi grammatik kategoriyalarga ega.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Fe'l ma'no jihatidan ko'p qirraliligi, grammatik kategoriyalarga, shakllarga boyligi hamda gap tarkibida eng muhim o'rin tutishiga ko'ra barcha so'z turkumlari orasida ajralib turadi. Rus tilshunosi akademik Peshkovskiy: „So'z turkumlari planetalarga qiyos qilinsa, fe'l ular orasida quyoshdir" deb aytganida, albatta, haqli edi. O'zbek tilida fe'lning markaziy gap bo'lagi sifatida qo'llanishi ham buni isbotlaydi1.

O'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe'l so'z turkumining mayl kategoriyasi ish-harakatning real voqelikka bo'lgan munosabatini ko'rsatadi. Har 3 tilda ham mayllarning buyruq mayli - повелительние наклонение - buyriq meyil, aniqlik mayli - изъявительное наклонение - aniqliq meyil, shart mayli - условное наклонение -sha'rt meyil, qoraqalpoq tilida yana tilek meyil va maqset meyil kabi maylning S xil turi mavjud.

O'zbek tilida shart mayli fe'l negiziga -sa affiksini qo'shish bilan yasaladi, shundan so'ng shaxs-son affiksi qo'shiladi. III shaxsda shaxs-son affiksi bo'lmaydi, III shaxs ko'pligi -lar affiksi qo'shiladi2. Masalan: birlikda: yoz-sa-m, yoz-sa-ng, yoz-sa; ko'plikda: yoz-sa-k, yoz-sa-ngiz, yoz-sa-lar kabi. O'zbek tilidagi shart maylining ma'nosi rus tilida если yoki когда so'zining kelasi zamon formasidagi fe'l bilan birikib kelishi orqali ifodalanadi. Masalan: Ertaga biznikiga kelsang, birga dars tayyorlaymiz. - Если ты завтра придешь к нам, будем вместе готовить уроки.

Rus tilidagi fe'lning shart mayli - условное наклонение - formalari belgili bir shart qilganda amalga oshadigan istakni, imkoniyatni bildiradi. Shuning uchun ham ular 2 ma'noda: shart va istak ma'nosida qo'llaniladi. Shart m'nosida qo'llanilganida bunday fe'llar ish-harakatning belgili darajadagi shartlarni amalga oshirilishi mumkin bo'lganligini bildiradi. Masalan: Я выбрал бы другую, когда бы я был, как ты поет ( А. С. Пушкин). - Men boshqasini xohlar edim, agar shunday shoir bo'lsam. Rus tilida shart mayllari istak ma'nosidagi qo'llanilganida, ish-harakatning haqiqatda bo'lmaganini, u faqat so'zlovchining istagi ekanligini bildiradi. Masalan: Я волком бы выгрыз бюрократизм (В. В. Маяковский). - Men byurokratizmni qashqirlarcha kemirar edim kabi.

Qoraqalpoq tilidagi shart mayli - sha'rt meyili - formasi ikkkinchi ish-harakatning ishlanishi yoki ishlanmasligi shartini bildiradi va fe'l asosiga -sa/-se affikslarining qo'shilishi orqali yasaladi va 3 shaxsda, birlik va ko'plik sonda turlanadi. Masalan: birlikda: alsam, alsan', alsa; ko'plikda: alsaq, alsan'iz, alsa kabi.

O'zbek tilida buyruq mayli - fe'llarning mayl,zamon shaxs-son affiksni olmagan negizi fe'lning II shaxs buyruq formasi bilan shaklan teng keladi. Bunda buryuq va iltimos kabi ma'nolar ifodalanadi3. Masalan: ol, yoz, tila, chiq, ber, kel, ket, o'qi, ishla, keltir, turg'uz, tayyorlan kiyin kabi. II shaxs buyruq formasi ba'zan -gin, -kin, -qin affiksi qo'shib hosil qilinadi. Masalan: olgin, yozgin, o'qigin kabi. Bunday holatda buyruqdan ko'ra iltimos, maslahat ma'nosi ustun keladi. Hurmat ma'nosi fe'l negiziga -ng (-ing) affiksini qo'shib hosil qilinadi. Masalan: oling, yozing, boring, ko'rin, o'tiring kabi. Ko'plik formasi -ngiz, -ingiz affikslari bilan ifodalanadi. Masalan: yozingiz, boringiz, ishlangiz, o'qingiz kabi.

Rus tilida buyruq mayli - повелительние наклонение - buyruq fe'lining II shaxs birlik formasi, asosan, hozirgi zamon fe'lining negiziga -и, -й yoki -ь qo'shish bilan yasaladi.

1 Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. 2006. - B. 110.

2 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 61.

3 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 59.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Masalan: пиш-ут - пиши, ход-ят - ходи, работа-ют - работай, гуля-ют - гуляй abi. Hurmat va ko'plik formalari birlik formasiga -те suffiksini qo'shish bilan yasaladi. Masalan: пиши -пишите, гуляй - гуляйте, встань - встаньте kabi. Bir bo'g'inli fe'llarning hozirgi zamon negizidan buyruq formasi yasalganda, odatda, e tovushi orttiriladi. Masalan: пьют - пей, льют - лей kabi.

Qoraqalpoq tilida buyruq mayli - buyriq meyili - asosan, II va III shaxs orqali ko'rsatiladi. Masalan: al, ayt, oqit, jazdir, u'yret, u'yren, oqin', aytin', oqisin kabi. Buyruq mayli fe'l negiziga (-i)-n'iz/-(i)-n'iz/ kabi II shaxs qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil qilinadi4. Masalan: Buyruq maylning birlikda III shaxsda -sin/-sin affiksi qo'llaniladi. Bu affiks buyruq maylining asosiy formasi bo'lishi bilan bir qatorda, buyruq maylining III shaxsdagi shaxs-son formasi bo'lib keladi. Shu bilan birga, bu forma buyruq maylning III shaxs birlik va ko'plik soni uchun birdek bo'ladi. Masalan: Ol aytsin - Olar aytsin kabi. Buyruq maylning birinchi soning ko'plik shaklida -(a)yiq/-(e)yik formasiga ega. Bu formani N. K. Dmitriev "Bashqurt tilining grammatikasi"da tilak maylning I shaxsning ko'plik fomasidan olib, shartli ravishda buyruq maylning I shaxs, ko'plik formasiga o'tkazadi5.

O'zbek tilida aniqlik mayli - rus tilida изъявительное наклонение - qoraqalpoq tilida aniqliq meyli - harakatning 3 zamonning birida voqe bo'lishi yoki voqe bo'lmasligini aniq ifodalaydi. O'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida aniqlik maylining farqi - o'zbek va qoraqalpoq tillarida har bir zamonning bir nechta shakli bor. Rus tili esa zamon formalariga unchalik boy emas.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz kerakki, fe'l so'z turkumi har 3 tilda ham harakat va holatning ma'nosini ifodalasa ham bir-biridan juda katta farqlar bilan ajralib turadigan so'z turkumi hisoblanadi. Biz quyida fe'l so'z turkumining tur kategoriyasini qisqacha qiyoslab o'tdik. Bir-biriga o'xshash tomonlarini ham, bir-biridan farqli tomonlarini ko'rib chiqdik. Tillarni qiyoslab o'rganish har qanday til o'rganuvchi uchun oson va qiziqarli bo'ladi. Bu albatta, til o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni ham oshirishi aniq.

References:

1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.1965.

2. O.Azizov va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 1986.

3. Bekbergenov A. Rus ha'm qaraqalpaq tillerinin' salistirmali grammatikasi. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2006

4. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2010.

5. Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 2006.

4 Da'wletov A va boshqalar. Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. - No'kis, 2010. - B. 150.

5 Dmitriev N. K. Boshqort telenen' grammatikahi. - Leningrad, 1950. - B. 174.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.