Научная статья на тему 'OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’LNING BIRGALIK VA ORTTIRMA NISBATLARI QIYOSI'

OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’LNING BIRGALIK VA ORTTIRMA NISBATLARI QIYOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fe’l so‘z turkumi / fe’l nisbatlari / daraja / mayl / zamon / shaxs-son / birgalik nisbat / orttirma nisbat. / Verb word category / verb ratios / degree / declension / tense / person-number / concatenation ratio / gain ratio.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usanova Qademay Muratbay Qizi

Mazkur maqolada o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe’l so‘z turkumining qiyosi, fe’l nisbatlari: birgalik va orttirma nisbatlari, ularning o‘xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARISON OF SINGULARITY AND GENERATION OF THE VERB IN UZBEKI, RUSSIAN AND KARAKALPOK LANGUAGES

In this article, the comparison of the verb word category in Uzbek, Russian and Karakalpak languages, verb proportions: conjugation and gain ratios, their similarities and differences were studied.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’LNING BIRGALIK VA ORTTIRMA NISBATLARI QIYOSI»

«

Open access journal

www.in-academy.uz

''-У f"'i

ÄfiSSi"1

m

qJRASIAN journal of

T&CIINOI.OGY AND INNOVATION

COMPARISON OF SINGULARITY AND GENERATION OF THE VERB IN UZBEKI, RUSSIAN AND KARAKALPOK

LANGUAGES Usanova Kademay

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz 2nd year student of the Uzbek language course in foreign language groups at the Faculty of Turkish Languages.

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEY WORDS

Verb word category, verb ratios, degree, declension, tense, person-number, concatenation ratio, gain ratio.

In this article, the comparison of the verb word category in Uzbek, Russian and Karakalpak languages, verb proportions: conjugation and gain ratios, their similarities and differences were studied.

OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE'LNING BIRGALIK VA

ORTTIRMA NISBATLARI QIYOSI

Usanova Qademay Muratbay qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-bosqich talabasi.

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEY WORDS

Fe'l so'z turkumi, fe'l nisbatlari, daraja, mayl, zamon, shaxs-son,

birgalik nisbat, orttirma nisbat.

Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe'l so'z turkumining qiyosi, fe'l nisbatlari: birgalik va orttirma nisbatlari, ularning o'xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

Fe'l - har 3 tilda ham grammatik kategoriyalarga eng boy, grammatik tabiati eng murakkab turkum hisoblanadi. Fe'l so'z turkumiga mansub so'zlar jarayonni bildiradi.

Fe'lning harakat, holat ma'nosi uning maxsus grammatik kategoriyalari orqali ifodalanadi. Fe'l har 3 tilda ham daraja - залог - da'reje, mayl - наклонение - meyil, zamon -время - ma'ha'l, shaxs va son - лицо и число - bet ha'm san kabi grammatik kategoriyalarga ega.

Fe'l ma'no jihatidan ko'p qirraliligi, grammatik kategoriyalarga, shakllarga boyligi hamda gap tarkibida eng muhim o'rin tutishiga ko'ra barcha so'z turkumlari orasida ajralib turadi. Rus tilshunosi akademik Peshkovskiy: „So'z turkumlari planetalarga qiyos qilinsa, fe'l

Open access journal

www.in-academy.uz

ular orasida quyoshdir" deb aytganida, albatta, haqli edi. O'zbek tilida fe'lning markaziy gap bo'lagi sifatida qo'llanishi ham buni isbotlaydi1.

Fe'llarning nisbat kategoriyasi harakat subyekti bilan uning obyekti orasidagi munosabatni ifodalaydi. Harakatning obyektiga bo'lgan munosabatiga qarab fe'llar 2 katta guruhga: o'timli va o'timsiz fe'llarga bo'linadi. O'timli fe'llar harkatning predmetga to'g'ridan -to'g'ri o'tganligini ifodalaydi. Shuning uchun o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o'timli fe'l tushum kelishigidagi so'zni boshqarib keladi. Masalan: Gazeta(ni) o'qidim. - Я читал газету. -Gazetani oqidim kabi.

O'zbek va qoraqalpoq tillarida o'timlilik ma'nosi leksik yo'l bilan va affikslar qo'shish yo'li bilan ifodalanadi. Rus tilida esa o'timli fe'llar odatda, leksik yo'l bilan ifodalanadi. Masalan: kiymoq - одевать - kiyiw, yuvmoq - мыть - juwiw kabi.

O'timsiz fe'llar harakatning obyektga o'tmaganligini bildiradi va tushum kelishigidagi so'zni talab qilmaydi. Shuning uchun o'timsiz fe'llar harakat subyekti bilan obyekti orasidagi munosabatni ifodalay olmaydi. Rus tili o'timsiz fe'llarida nisbat yasalishi yo'q deyish shunga asoslanadi2. Masalan yurish harakat ma'nosini bildiruvchi o'timsiz fe'llardan rus tilida nisbat yasalmaydi. Bu jihatdan o'zbek va qoraqalpoq tillarining imkoniyati ko'proq hisoblanadi. O'zbek tilida har qanday fe'l nisbat yasalishiga asos bo'la oladi. Shuning uchun ham o'zbek tilida 5 ta fe'l nisbati: aniq nisbat, majhul nisbat, o'zlik nisbat, birgalik nisbat va orttirma nisbati; rus tilida 3ta fe'l nisbati: действительный залог, страдательный залог, возвратный залог; qoraqalpoq tilida esa 5ta fe'l nisbati: tu'p da'reje, o'zlik da'reje, sheriklik da'reje, o'zgelik da'reje, belgisiz da'reje kabi turlari mavjud.

4. Birgalik nisbat - взаимный залог - sheriklik da'reje.

O'zbek tilida birgalik nisbat -(i)sh affiksi bilan yasaladi. Bunda bir nechta subyektning birgalashib qiladigan harakati yoki harakatning bir subyektdan ikkinchi subyektga o'tib turishi ifodalanadi. Shunga ko'ra birgalik nisbat: 1. Birgalashib, teng ishtirok etib qilingan harakatni ifodalaydi. Birgalik nisbatning bunday ma'nosini beradigan morfologik vosita rus tilida yo'q; shuning uchun bu ma'no fe'lga вместе, совместно so'zlarini biriktirish bilan beriladi. Masalan: ishlamoq - ish-la-sh-moq (работать - совместно (вместе) работать), chopmoq - chop-ish-moq (бежать - вместе (совместо) бежать), o'qimoq - o'qi-sh-moq (читать - совместно (вместо) читать). 2. O'zaro o'tadigan harakatni ifodalaydi. Birgalik nisbatning bu ma'nosi rus tilida birgalik-o'zlik ma'nosini ifodalovchi fe'llar bilan (глаголы взаимно-возвратного значения) beriladi. Masalan: so'zlamoq - so'zla-sh-moq (говорить -разговоривать), quchoqlamoq - quchooqla-sh-moq (обнять - обнять-ся) kabi. 3. Boshqa subyektga yordam berish uchun qilingan harakatni ifodalaydi. Bunday holda yordam beruvchi subyektni anglativchi so'z bosh kelishikda, yordam berilgan subyektni anglatuvchi so'z esa jo'nalish kelishigida keladi. Rus tilida birgalik nisbatning bunday ma'nosi leksik yo'l bilan ifodalanadi. Masalan. Qizimiz katta bo'lib qoldi, endi onasiga hovli supurishadi, kir yuvishadi. - Наша дочь стала взрослой, теперь она помогает матери подметать дворь, стирать.

Rus tilida fe'lning -ся bilan hosil bo'lgan o'zlik formasi harakatning subyektning o'ziga qaytishini yoki subyektning o'zidan chetga chiqmasligini bildiradi. Rus tilida fe'lning bunday

1 Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. 2006. - B. 110.

2 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 67.

Open access journal

www.in-academy.uz

ma'nolari o'zbek tilida -(i)l, -(i)n affiksi bilan yoki leksik yo'l bilan beriladi3. Masalan: купиться - cho'milmoq, беспокоиться - tashvishlanmoq, радоваться - quvonmoq kabi.

Qoraqalpoq tilida birgalik nisbat formasi, asosan, asos va qo'shimchali asos fe'llarga -is, -is, -s affikslarining qo'shilishi natijasida hosil bo'ladi. Masalan: qaz-is, so'yle-s, oyla-s, ko'r-is kabi. Birgalik nisbat fe'llari subyekt va obyektlarning ish-harakatiga munosabatiga qarab quyidagicha ma'no farqlariga ega bo'ladi 1. Birgalik nisbat fe'llari birgalik-sheriklik ma'nosini bildiradi. Birgalik-sheriklik ma'nosidagi fe'llar subyektning va obyektning harakatga munosabatiga qarab 2 guruhga bo'linadi:

a) ish-harakat yoki bir necha subyektning birgalashib ishlashini bildiradi: sa'lemlesiw -salomlashish, so'ylesiw - gaplashish, ko'risiw - ko'rishish xoshlasiw - xayrlashish kabi.

b) ikki yoki bir necha subyektning ish -harakati bir-biriga yordamlashish, ko'maklashish ma'nosidagi birgalilikni bildiradi: qazisti - qazishishdi, ja'rdemlesti - yordamlashishdi kabi.

2. Birgalik nisbat formasi bir necha subyektning ko'plik ma'nosidagi ish-harakatini bildirib, ega bilan ko'plik sonda kelishadi. Kesimi birgalik nisbat orqali bildiriladigan gaplarning subyektlari ko'plik affiksli yoki ko'plik ma'nosidagi so'zlardan iborat bo'ladi. Masalan: Olar ha'r bir bo'limde, ha'r bir brigada da ushirasadi. (Q.E). - Ular har bir bolimda, har bir brigada da uchrashadi.

Shu kabi farqlarga tayanilgan holda, turkiy tillarini o'rganuvchilar tarafidan birgalik nisbatning -is, -is, -s formasi ko'plik kategoriyasiga munosabatli formativ nisbatida qaraladi4.

5. Orttirma nisbat - понудительный залог - o'zgelik da'reje.

O'zbek tilida orttirma nisbat fe'l negiziga -t, -dir,-tir, -giz, -kaz, -qaz, -qiz, -(a)r, -ir kabi affikslarni qo'shish orqali hosil qilinadi. Bu nisbat o'timli va o'timsiz fe'llardan yasalib, ma'nosi va qo'llanish doirasi bilan bir-biridan farq qiladi. 1. O'timsiz fe'llardan yasalgan orttirma nisbat fe'llari harakatni subyektning o'zi bajarganini ifodalaydi. 2. O'timli fe'llardan yasalgan orttirma nisbat harakatni bevosita ikkinchi subyekt bajarishini ifodalaydi. Masalan: jo'namoq - jo'natmoq, yemoq - yedirmoq kabi.

Rus tilida o'zbek tilidagi o'timsiz fe'llardan yasalgan orttirma nisbat fe'llari ajratilmaydi va bunday ma'noni asosan aniq nisbat fe'llari ifodalaydi. Masalan: keltirmoq - приносить kabi. O'zbek tilidagi o'timli fe'llardan yasalgan nisbat fe'llarini rus tilida bu grammatik ma'no leksik yo'l bilan beriladi. Masalan: yedirmoq - кормить, ichirmoq - поить kabi.

Qoraqalpoq tilida orttirma nisbat ish-harakatning grammatik subyekt orqali emas, boshqa bir o'zga mantiqiy subyekt orqali ishlanganini bildiradi. Masalan: aldirdi, jazdirdi, kiydirdi kabi. Qoraqalpoq tilida orttirma nisbat quyidagi affikslar bilan yasaladi: -dir/-dir, -tir/-tir, -t, -it/-it, -qiz, -kiz, -g'iz, -giz, -qar/-ker(g'ar/ger), -qir/-kir (g'ir/-gir), -ar/-er/-ir/-ir: aldir-t, aldir-g'iz, al-g'iz-dir kabi.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek va qoraqalpoq tillaridagi birgalik va orttirma nisbat fe'llari rus tilida ajratilmaydi. Lekin boshqa grammatik va leksik yo'llar bilan beriladi. Turkiy tillarda

3 O'sha asar. - B. 69.

4 Дмитриев Н.К. Категория числа. Сб. «Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков, 1П М., 1956, 71-bet; Nasirov D.S. Qaraqalpaq tilinde ko'plik kategoriyasi. No'kis, 1961, 34-bet; Qirg'iz tilinin grammatikasi (1964), 59-bet, Ha'zirgi zaman uyg'ir tili. Almata, 1966, 122, 128-betler; Гаджиева Н.З. Основные пути развития синтаксисческой структуры тюркских языков. М., 1973, 204 bet: Демесинова Н.Х. Развитие синтаксиса современного казахского языка. Алма-Ата 1974,17 bet; Da'wletov M.Ha'zirgi qaraqalpaq tilinde qospalang'an jay ga'pler. No'kis, 1974, 106-107- betler.

«

Open access journal

www.in-academy.uz

nisbat kategoriyasi imkoniyat ko'proq. Chunki turkiy tillarda o'timsiz fe'llardan nisbat yasaladi, rus tilida esa o'timsiz fe'llardan (глаголы движения) nisbat yasalmaydi.

References:

1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: 1965.

2. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: 2010.

3. Frunze. Kirgiz tilinin'grammatikasi. Morfologiya. Kirgiz Ilimder Akademiyasi Til cana Adabiyat Institutu. 1964.

4. Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: 2006.

5. Дмитриев Н.К. Категория числа. Сб. «Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков, III, Мocква: 1956

6. Nasirov D.S. Qaraqalpaq tilinde ko'plik kategoriyasi. No'kis: 1961.

7. Гаджиева Н.З. Основные пути развития синтаксисческой структуры тюркских языков. Москва: 1973

8. Da'wletov M.Ha'zirgi qaraqalpaq tilinde qospalang'an jay ga'pler. No'kis: 1974.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.