Научная статья на тему 'OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’L SO‘Z TURKUMI'

OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’L SO‘Z TURKUMI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fe’l / daraja / mayl / zamon / shaxs / son / harakat nomi / infinitiv / awispali / awispasiz / grammatik / leksik / semantik / affiks / suffiks / negiz.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usanova Qademay Muratbay Qizi, M. Xudayarova

Mazkur maqolada o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe’l so‘z turkumining qiyosi, uning turlari, kategoriyalarining o‘xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE’L SO‘Z TURKUMI»

EURASIAN IOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

^..M-KMUri:.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA FE'L SO'Z

TURKUMI

Usanova Qademay Muratbay qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-

bosqich talabasi. M. Xudayarova Ilmiy rahbar: f.f.n.,dots. https://doi.org/10.5281/zenodo.10799493

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 02nd March 2024 Accepted: 08th March 2024 Online: 09th March 2024

KEYWORDS Fe'l, daraja, mayl, zamon, shaxs, son, harakat nomi, infinitiv, awispali, awispasiz,

grammatik, leksik, semantik, affiks, suffiks, negiz.

Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe'l so'z turkumining qiyosi, uning turlari, kategoriyalarining o'xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

Fe'l - har 3 tilda ham grammatik kategoriyalarga eng boy, grammatik tabiati eng murakkab turkum hisoblanadi. Fe'l so'z turkumiga mansub so'zlar jarayonni bildiradi.

Fe'ning harakat, holat ma'nosi uning maxsus grammatik kategoriyalari orqali ifodalanadi. Fe'l har 3 tilda ham daraja - залог - da'reje, mayl - наклонение - meyil, zamon -время - ma'ha'l, shaxs va son - лицо и число - bet ha'm san kabi grammatik kategoriyalarga ega.

Fe'l ma'no jihatidan ko'p qirraliligi, grammatik kategoriyalarga, shakllarga boyligi hamda gap tarkibida eng muhim o'rin tutishiga ko'ra barcha so'z turkumlari orasida ajralib turadi. Rus tilshunosi akademik Peshkovskiy: „So'z turkumlari planetalarga qiyos qilinsa, fe'l ular orasida quyoshdir" deb aytganida, albatta, haqli edi. O'zbek tilida fe'lning markaziy gap bo'lagi sifatida qo'llanishi ham buni isbotlaydi1.

O'zbek tilining xususiyatlaridan biri shundaki, fe'lning negiziga -moq, -sh, -ish, -v, -uv affikslaridan birini qo'shish bilan harakat nomi yasaladi. Masalan: yoz + moq, suz + ish, hayda + sh kabi.

Rus tilidagi infinitiv esa fe'lning dastlabki shakli bo'lib, fe'llar lug'atga shu shakl bilan kiritiladi. Rus tilida fe'l infinitivi -ть, -ти, -чь suffikslaridan biri yordamida shakllanadi. Masalan: работа + ть, чита + ть kabi.

Qoraqalpoq tilidagi fe'lda esa haraket ati ma'no bildirmaydi, faqat ish-harakat holatining nomi bo'libturadi. Bu fe'l formasining ko'pchilik qismi 2 so'z turkumigaya'ni fe'l va otga tan belgilarga ega bo'ladi. Ba'zilari esa faqat fe'lga taalluqli bo'lib keladi. Qoraqalpoq tilidagi fe'llar leksik-semantik tarafdan harakatning ma'nosiga, leksik-grammatik tarafdan bolimli va

1 Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. 2006. - B. 110.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

bolimsiz; awispali va awispasiz; da'reje, meyil, ma'ha'l, bet-san kabi kategoriylarga ega bo'lishi bilan farqlanadi.

O'zbek tilidagi tur (вид) kategoriyasi haligacha bir qarorga kelinmagan kategoriya hisoblanadi. Ba'zi tilshunoslar harakatning tugallanganligini yoki davom etishini, takrorlanishini hisobga olgan holda, o'zbek tilida ham rus tilidagidek, tugallangan va tugallanmagan fe'llar bor degan xulosaga kelganlar.

Rus tilidagi vid kategoriyasi harakatning butunlay tugallanganligini, bir karra bo'lganligini, bir natijaga erishganligini, vaqtga nisbatga cheklanganligini yoki shu kabi harakatning aksini bildiradi2. Bular orasidagi farqlar shundaki, tugallangan turdagi fe'llar faqat o'tgan va kelasi zamonlarda ishlatiladi. Tugallanmagan turdagi fe'llar esa har 3 zamonda ishlatiladi.

Qoraqalpoq tilidagi fe'llarda bunday kategoriya yo'q. oxirgi vaqtlardagi ilmiy ishlarda "tur kategoriyasi" deb ko'rilib chiqilayotgan fe'l formalarining haqiqiy ma'nosini ham kategoriya deb qarashga bo'lmaydi. Sababi: 1) ulardagi davomlilik va davomsizlik ma'nosi grammatik qurollar ya'ni affikslar, formalar rqali bildirilmaydi. Bunday ma'nolar faqat ko'makchi fe'llarning ma'nosi bo'lib hisoblanadi; 2) bunday grammatik ma'nolar barcha fe'llarning asosidan bildirilmaydi; 3) fe'lning asosidan uning davomli yoki davomsiz ekanligini bildirilmaydi; 4) tilda qo'llanganda rus tilidagi совершенный va несовершенный formalaridek juftlashib kelmaydi3.

Mayl kategoriyasi o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida harakatning real voqealikka bo'lgan munosabatini ko'rsatadi. Har 3 tilda bir xil buyruq mayli - повелительние наклонение -buyriq meyli; aniqlik mayli - изъявительние наклонение - aniqliq meyli; shart mayli -условние наклонение - sha'rt meyli; qoraqalpoq tilida esa o'zbek va rus tillaridan farqli ravishda yana qo'shimcha 2ta mayl ajratib ko'rsatiladi. Ular: tilek meyil va maqset meyillar hisoblanadi. Fe'llarning nisbat kategoriyasi harakat subyekti bilan uning obyekti orasidagi munosabatni ifodalaydi. Harakatning obyektga bo'lgan munosabatiga qarab fe'llar ikki katta guruhga: o'timli va o'timsiz fe'llarga bo'linadi. O'timli fe'l harakatning predmetga to'g'ridan -to'g'ri o'tganligini ifodalaydi. Shuning uchun ham har 3 tildagi o'timli fe'l tushum kelishigidagi so'zni boshqarib keladi. Masalan: Gazetani o'qidim. - Я читал газету. - Gazetani oqidim kabi.

O'zbek tilida o'timli fe'llar leksik yo'l bilan va affikslar qo'shish bilan ifodalanadi.

Rus tilida esa o'timli fe'llar faqat leksik yo'l bilan ifodalanadi.

Qoraqalpoq tilida esa o'timli fe'llar leksik yo'l va affikslar qo'shish yo'li bilan ifodalanadi.

Yasama fe'llarda o'timli yoki o'timsizlikni ko'pincha leksema yasovchi affiks ko'rsatib turadi. O'zbek va qoraqalpoq tillarida fe'l yasovchi affikslarning ko'pi o'timsiz fe'l yasaydi. Rus tilida ham leksema yasovchi affiks o'timsiz fe'l yasaydi. O'zbek tilida fe'llar harakatning obyektga bo'lgan munosabatiga qarab fe'llar 2 guruhga: o'timli va o'timsiz fe'llarga bo'linsa; qoraqalpoq tilida esa, fe'llarning tushum kelishigidagi to'ldiruvchi va bog'liq leksik-semantik farqlariga ko'ra awispali va awispasiz (o'timli va o'timsiz) fe'llarga ajratiladi.

Zamonlar har 3 tilda ham nomlanishi bir xil. O'zbek tilida o'tgan zamonning bir necha turi bor: 1. Aniq o'tgan zamon: yozdim, yozding, yozdi kabi. 2. Yaqin o'tgan zamon: o'qiganman, o'qigansang, o'qigan kabi. 3. O'tgan zamon eshitilganlik formasi: o'qibman,

2 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 56.

3 Bekbergenov A. Rus ha'm qaraqalpaq tillerinin' salistirmali grammatikasi. No'kis. 2006. - B. 72.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'qibsan, o'qibdi kabi. 4. O'tgan zamon davom formasi: o'qir edim, o'qir eding, o'qir edi kabi. 5. Uzoq o'tgan zamon: o'qigan edim, o'qigan eding, o'qigan kabi.

Rus tilida o'tgan zamon fe'llarning ko'pincha infinitive negiziga suffiksini qo'shish orqali yasaladi. Bu fe'l birlikda o'zi bog'langan so'zning rodiga qarab moslashib,shaxsda tuslanmaydi.

Qoraqalpoq tilida fe'lning o'tgan zamon shakli sintetik va analitik formadagi fe'llar orqali ifodalanadi. Hozirgi qoraqalpoq tilida o'tgan zamon formalarining semantic turlari juda keng qo'llaniladi. Ular: 1. Aniq o'tken ma'ha'l. 2. Aniq emes o'tken ma'ha'l. 3. Na'tiyjeli o'tken ma'ha'l. 4. Buring'i o'tken ma'ha'l. 5. Aniq buring'I o'tken ma'ha'l. 6. Tamamlanbag'an o'tken ma'ha'l. 7. Keler o'tken ma'ha'l. 8. Dawamli o'tken ma'ha'l kabi4.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, fe'l so'z turkumi har 3 tilda ham harakat va holatning ma'nosini ifodalasa ham bir-biridan juda katta farqlar bilan ajralib turadigan so'z turkumi hisoblanadi. Biz quyida fe'l so'z turkumining bir qator kategoriyalarini qisqacha qiyoslab o'tdik. Bir-biriga o'xshash tomonlarini ham, bir-biridan farqli tomonlarini ko'rib chiqdik. Tillarni qiyoslab o'rganish har qanday til o'rganuvchi uchun oson va qiziqarli bo'ladi. Bu albatta, til o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni ham oshirishi aniq.

References:

1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.1965.

2. O.Azizov va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 1986.

3. Bekbergenov A. Rus ha'm qaraqalpaq tillerinin' salistirmali grammatikasi. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2006

4. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2010.

5. Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 2006.

4 Da'wletov A va boshqalar. Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. - No'kis, 2010. - B. 163.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.