Научная статья на тему 'O`ZBEK VA RUS TILLARIDAGI ROD KATEGORIYASI'

O`ZBEK VA RUS TILLARIDAGI ROD KATEGORIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
23
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kategoriya / rod kategoriyasi / xorijiy tillar / grammatik ma’no / grammatik shakl / o’zbek tili / rus tili.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nilufar Isayeva

Ushbu ilmiy maqolada turli tillardagi rod kategoriyasi bo`yicha o`zbek va rus tillaridagi rod kategoriyasi mavzusida tillar o`rtasidagi o`xshash va farqli tomonlar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEK VA RUS TILLARIDAGI ROD KATEGORIYASI»

International scientific and practical conference "Methodology of teaching foreign languages - innovations, traditions, problems and their

solutions" March 15, 2024

OZBEK VA RUS TILLARIDAGI ROD KATEGORIYASI

Nilufar Isayeva

SamDCHTI Payariq xorijiy tillar fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10806566

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada turli tillardagi rod kategoriyasi boyicha o^zbek va rus tillaridagi rod kategoriyasi mavzusida tillar o rtasidagi oxshash va farqli tomonlar ochib berilgan.

Kalit so^zlar: Kategoriya, rod kategoriyasi, xorijiy tillar, grammatik ma'no, grammatik shakl, o 'zbek tili, rus tili.

Grammatik ma'no va grammatik shaklning birikuvidan vujudga kelgan umumiy tushunchalarni ifodalovchi tildagi xususiyatlar grammatik kategoriya deb yuritiladi.

Kategoriya tushunchasi (grekcha kategoria) narsalarga tegishli xususiyatlar ma'nosini ifodalaydi. Grammatik kategoriya bir yo'la grammatik ma'no va grammatik shaklni qamrab oluvchi tushuncha bo'lib, turli tillarda soni va xususiyatlari bilan farq qiladi. Tadqiqotlarda o'zbek tilida grammatik jinsning yo'qligi va turkiy tillarda faqat biologik jinsning lisoniy ifodasi mavjudligi haqida mulohazalar bildirilgan. Ammo jins tushunchasi ifodasi o'zbek tilida qay tariqa amalga oshishi, jinsni ifodalashda qanday lisoniy vositalar faol ishtirok etishi, bundan oraliq hodisalar mavjudligi haqidagi savollar shu paytgacha yirik tadqiqot doirasida o'rganilgan emas va bu boradagi ayrim fikrlarni grammatika darsliklarida, ayrim maqolalarda ko'rishimiz mumkin. Masalan, XX asrning 70- yillarigacha rus tili ta'sirida yaratilgan o'zbek tili grammatikalarida otlarda grammatik jins kategoriyasiga alohida o'rin berilgan va o'zbek tilida tirik mavjudotlar jinsini ifodalashda 3 ta: leksik, morfologik va sintatik usullar mavjudligi ta'kidlangan. A.M.Kononov ham o'zining □ Ozbek tili grammatikasi^da shunga yaqin fikmi bildirgan. Ammo keying davrlarda yaratilgan darsliklarda, grammatikalarda jins masalasiga umuman e'tibor qilinmagan [Musayeva F.T., 2019:12].

Otlarda jinsning ifodalanishi masalasi o'zbek tili darsliklaridan mutlaqo chiqarib tashlangan bo'lsa-da, o'zbek tilida jins tushunchasining ifodalanishi masalasi ayrim tadqiqotchilar ishlarida onda-sonda yoritib kelingan. Masalan, 1975 yilda L. Reshetova va Q. Umurovlarning □Rod va jins kategoriyasining leksik □grammatik xususiyatlari □ nomli maqolasida chop etiladi. Mazkur maqolada mualliflar grammatik rod qanday kelib chiqqan, nega ba'zi tillarda u barqaror emas, turkiy tillarda grammatik jins mavjudmi degan savollarga javob berishga urinib ko'rishadi. M.Rasulova o'zbek va ingliz tillari materiallari asosida tabiiy jinsning lisoniy ifodasi borasida izlanish olib borgan va jins tushunchasining ifodalanishini qiyosiy aspektda o'rgangan. [Rasulova M.,1997:66].

Yuqorida keltirilgan fikrlarni hisobga olgan holda □ pol^ ma'nosida □bilogik jins^, "rod^ ma'nosida □grammatik jins^ atamalarini qollash maqsadga muvofiq bo'ladi. XIX asr o'zbek tilida qisman bo'lsa-da grammatik jins kategoriyasi mavjud bo'lgan: 1. Muzakkar jins: mazkur elchi; 2. Muannas jins: mazkura qizlar. Hozirgi zamon o'zbek tilida shoir-shoira, muallim-muallima kabi ayrim jinsni ifadolovchi holatlar uchrab, ular faqat shaxs otlarigagina qo'shilb, kishilarning biologik jinsi farqlanadi.

International scientific and practical conference "Methodology of teaching foreign languages - innovations, traditions, problems and their

solutions" March 15, 2024

O'zbek va rus tillaridagi soz turkimlarining asosiy farqlaridan biri shundan iboratki: rus tilidagi otlarga xos rod kategoriyasi o'zbek tilida, oDzbek tilida mavjud boDlgan egalik kategoriyasiga rus tilidagi otlar ega emas, shuningdek ruscha otlarga mansub boDlgan rod kategoriyasi oDzbek tilida yoDq. Rus tilida egalik, ya'ni tegishlilik, qarashlilik ma'nolarini hosil qilish uchun otlar egalik olmoshlari bilan birga qoDllanadi: мой стул, моя книга, моё пальто. Rod kategoriyasi esa rus tilida birlikdagi otlarning eng muhim morfologik belgisi hisoblanadi. Bu belgi hatto bosh kelishikdagi so'zlarda ham aks etadi va uni hosil qiluvchi yagona grammatik ko'rsatkich bu tugalmadir (qo'shimchalar): Bosh kelishikda, birlikda -а, -я tugalmalariga ega bo'lgan otlar jenskiy rodga kiradi (мама, сумка, земля, цапля); Bosh kelishikda, birlikda undosh bilan tugagan, ya'ni nol tugalmali so'zlar mujskoy rodga kiradi (стол, диван, герой, отец, дед, брат, друг); Bosh kelishikda, birlikda oxiri -o yoki -e (ё) bilan tugagan otlar (слово, окно, море, платье,ружьё) sredniy rodga kiradi. Ammo bu belgilarni qat'iy deb hisoblab bo'lmaydi. Chunki ruscha so'zlarni rodlar bo'yicha guruhlashda ma'lum istisnolar ham yo'q emas. Masalan, oxiri yumshoq undosh bilan tugagan so'zlarning ba'zilari mujskoy rodga (портфель, конь, дождь, пень, день), ayrimlari esa jenskiy rodga (голубь, ночь, сталь, лошадь) kiritiladi. Oxiri -мя bilan tugaydigan o'nta so'z (бремя, время, вымя, знамя, имя, пламя, племя, семя, стремя, темя) sredniy rodga kiradi. Папа, дедушка, дядя kabi so'zlar -a, -я tugalmalariga ega bo'lsa-da, ular erkak jinsidagi shaxsni ifodalagani uchun muj skoy rodga kiritiladi. Chet tilidan o'zlashgan пальто, кино so'zlari tugalmasiga qarab sredniy rodga kiritilgan bo'lsada, кофе so'zi mujskoy rod hisoblanadi. Rus tiliga xos bo'lmagan oxiri у bilan tugallanadigan so'zlardan kenguru so zi mujskoy rodga, ragu esa sredniy rodga kiritiladi. Shuningdek, жюри, такси so'zlari sredniy rodga mansub. Ammo bunday o'zlashmalarning birortasi ham kelishiklar bo'yicha turlanmaydi, ya'ni o'zgarmaydi. O'zbek tilida esa har qanday o'zlashma so'z ham o'zbek tili qonuniyatlariga asosan istalgan kelishik qo'shimchasini olib o'zgarish xususiyatiga ega.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek va rus tillarida nafaqat rod kategoriyasi, balki har qanday til kategoriyalarini solishtirish umumiy tilshunoslik fanining rivojiga oz hissasini qoshadi.

REFERENCES

1. Musayeva F.T. O'zbek tilida jins tushunchasining ifodalanishi: filol. fanlari falsafa dok PhD diss.- Toshkent, 2019.

2. Rasulova M. Jins tushunchasining turli tillarda ifodalanishiga doir o'zbek tili va adabiyoti, 1997

3. Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlari Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Samarqand, 2019-yil 24-may.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.