Научная статья на тему 'OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA SIFAT SO‘Z TURKUMINING DARAJALANISHI'

OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA SIFAT SO‘Z TURKUMINING DARAJALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sifat / имя прилагательное / kelbetlik / belgi / daraja / sin / sapa / intensive forma / sapaliq / qatnasliq / sifatlanmish / qisqatma sifat / притяжательные прилагательные.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usanova Qademay Muratbay Qizi

Mazkur maqolada o‘zbek,rus va qoraqalpoq tillarida sifat so‘z turkumining darajlanishi, o‘xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA SIFAT SO‘Z TURKUMINING DARAJALANISHI»

s#

Ws,

OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA SIFAT SO'Z TURKUMINING DARAJALANISHI

Usanova Qademay Muratbay qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-

bosqich talabasi https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10477285

ARTICLE INFO__ABSTRACT

Received: 02nd January 2024 Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida sifat

Accepted: 09th January 2024 so'z turkumining darajlanishi, o'xshash va farqli

Online: 10th January 2024 tomonlari tadqiq etildi.

KEY WORDS

Sifat, имя прилагательное, kelbetlik, belgi, daraja, sin, sapa, intensive forma, sapaliq, qatnasliq,sifatlanmish, qisqatma sifat,

притяжательные прилагательные.

Sifat - o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida predmetning belgisini bildiruvchi so'z turkumi hisoblanadi1. Masalan: yangi shahar- новый город - taza qala; ko'k maysa - зелёная трава -ko'k sho'p; qizil olma - красное яблоко - qizil alma kabi.

Sifatlar har 3 tilda asliy sifatlar - качественные прилагательные - sapaliq kelbetlikler va nisbiy sifatlar - относительные прилагательные - qatnasliq kelbetlikler bo'lib 2 turga bo'linadi. Masalan: yangi gazeta - свежая(новая) газета - jan'a gazeta, qiziq hikoya -интересный сказ - qiziq gu'rrin', qora do'ppi - чёрная тюбитейка - qara taqiya, shirin qovun - сладкая дыня - mazali qawin - bular asliy sifatlar. Devoriy gazeta - стеиная газета - diywaliy gazeta, kechki maktab - вечерняя школа - keshki mektep, ilmiy maqola - научная статья - ilimiy maqala - bular nisbiy sifatlar hisoblanadi.

Rus tilida predmetning kimga qarashli ekanligini bildiruvchi nisbiy sifatlar bor. Bunday sifatlar чей?, чья?, чьё?, чьи?, so'roqlariga javob beradi va rus tilida притяжательные прилагательные deb yuritiladi. Bunday sifatlar jonli predmetni bildiruvchi otlar orqali yasaladi2. Masalan: Из далекого ущелья послышался медвежий рёв (Алексей Толстой. Пётр Первый)3.

Asliy sifatlar predmetning belgisini bevosita ifodalab, bu belgining darajasini ham ko'rsatadi4. O'zbek va qoraqalpoq tillarida asliy sifatlarning ko'pchiligi tub so'z shaklida yasalgan. Yasama so'z shaklida asliy sifatlar juda ozchilikni tashkil etadi. Asliy sifatlarda

1 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 42.

2 O'sha asar. - B. 42.

3 https://russkiiyazyk.ru/chasti-rechi/prilagatelnoe/pritiazhatelnye-prilagatelnye.html

4 O.Azizov va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent,1986. - B. 110.

é

Ws,

daraja kategoriyasi mavjud. Masalan: katta-kattaroq -eng katta, большой-больше-самый большой, u'lken- u'lkenirek- en' u'lken kabi. Nisbiy sifatlarda esa daraja kategoriyasi yo'q. Ya'ni: kuzgi, bahorgi, oilaviy so'zlarini eng kuzgi, bahorgiroq deb qo'llab bo'lmaydi.

O'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida asliy sifatlarning darajalanishining o'xshash va farqli tomonlarini ko'rib chiqamiz.

1. Oddiy daraja - положительный степень - jay da'reje. Masalan: katta-большой-u'lken, kichkina-маленький-kishkene, qizil-KpacHbrn-qizil, sariq-жёлтый-sari kabi.

2. Qiyosiy daraja - сравнительная степень - salistiriw da'reje. Masalan: kattaroq-больше-u'lkenirek, kichkinaroq-меньше-kishkenelew, qizilroq-крaснее-qizillaw kabi.

3. Orttirma daraja - превосходная степень - arttiriw da'reje. Masalan: eng katta-самый большой, большуюший-en' u'lken, eng kichik-самый маленький-en' kishkene kabi.

Oddiy daraja har 3 tilda ham bir xil. Predmetga tegishli belgining odatdagi me'yorida ekanligini bildiradi. Oddiy daraja boshqa darajalar uchun asos bo'ladi.

Qiyosiy daraja - belgining me'yordan kam yoki ko'pligini qiyoslaydi.O'zbek tilida qiyosiy daraja -roq qo'shimchasi orqali yoki jo'nalish kelishigidagi otga qaraganda, nisbatan ko'makchilarini yoki chiqish kelishigidagi otga asliy sifatlarni bog'lash, ba'zida ularga ko'ra ko'makchisini qo'shish orqali hosil qilinadi. O'zbek tilida sifat otga birikib, undan keyin keladi. Rus tilida qiyosiy daraja -ее, -е suffiksi, ba'zan чем so'zi yordamida ifodalanadi. Rus tilida sifatning qiyosiy daraja shakli otdan oldin keladi va otning qaratqich kelishikda bo'lishini ta'minlaydi. Qiyosiy daraja более va менее so'zlari bilan ham ifodalanadi. Rus tilida asliy sifatlarning qiyosiy daraja formalari yasalganda so'z tarkibida tovush almashinishi va tovush tushishi hodisalar yuz beradi. Masalan: гладкый-глаже, короткый-короче, громкый громче kabi. Qoraqalpoq tilida qiyosiy daraja -raq/ -rek/ -iraq/-irek, -law/-lew, -g'ilt/-gilt, -shil/-shil, -g'iltim/-giltim, -g'ish/-gish kabi affikslar yordamida hosil qilinadi. Masalan: ko'klew, sarilaw, qattiraq, qolayliraq, aqshil, qizg'ish kabi. Qiyoslashga tegishli predmet yoki hodisa chiqish kelishiga bo'lib, undan keying sifatning aytilishi ham analitik usul bilan sifatning qiyosiy darajasi ifodalanadi. Masalan: o'limnen ku'shli, a'ken'nen u'lken, qoydan juwas kabi. Kelgen qonaq qoydan juwas eken.

Orttirma daraja - belgining me'yordan ortiqligini, kuchliligini bildiradi. O'zbek tilida sifatlarning orttirma darajasi sintetik va analitik usul bilan, ya'ni so'z birikmalari bilan ifodalaniladi. Masalan: eng katta, juda katta, g'oyat katta, hammadan katta kabi. Rus tilida sifatlarning orttirma darajasi quyidagicha yasaladi: 1) -ейш/ -айш suffiksi orqali; 2) sifat oldidan yoki ba'zi so'zlarning qiyosiy daraja shakli oldidan наиболее, наименее kabi so'zlarni keltirish orqali; 3) qiyosiy daraja formasi bilan всех yoki всего so'zlarini keltirish orqali5. Masalan: высочайшая гора, самая высокая гора kabi. Rus tilida qiysoiy daraja bo'lganidek, orttirma daaraja formalarining yasalishida ham tovush almashinishi yoki ovush tushishi kabi hodisalar yuz beradi. Masalan: строгий-строжайший, короткый-кротчайший kabi. Qoraqalpoq tilida orttirma daraja o'zbek tilidagidek, so'z qo'shish usuli bilan yasaladi. Bunda sintetik usulda belgini bildiruvchi predmetlarning birinchi bo'g'inidagi so'ngi harfi almashib, "p" undosh harfi qo'llaniladi. Masalan: ip-issi, sap-sari, qip-qizil, jap-jaqin kabi. Analitk usul bilan qoraqalpoq tilida sifatlarning orttirma darajasini yasashda, sifatning oldida uning

1 O.Azizov va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent,1986. - B. 110.

é

Ws,

ma'nosini kuchaytirib, orttirib ko'rsatiladigan so'zlar kelishi bilan: en' ulli, og'iri suliw kabi. Qoraqalpoq tilida sifatlarning takrorlanib kelishi natijasida ham sifatning orttirma darajasi yasaladi6: qiysiq-qiysiq ko'she, ship-ship ter kabi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, sifatning darajalanishi har 3 tilda o'xshash va farqli tomonlari yetarlicha. Ba'zi manbalarda rus va qoraqalpoq tillaridagi qiyosiy daraja o'rnida o'zbek tilida ozaytirma daraja ishlatiladi. Qoraqalpoq tilida orttirma darajaning sintetik usul bilan yasalishini o'zbek tilida sifatning intensiv shakli deb yuritiladi. Rus tilida esa bunday grammatik hodisa yo'q. Ammo sifatga пре- affiksini qo'shish bilan boshqa grammatik vositalar orqali bunday grammatik hodisani ko'rsatib berish imkoniyti mavjud. Masalan: o'zbek tilida : qip-qizil, oppoq, rus tilida oppoq qor -белый-пребелый снег kabi.

References:

1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.1965.

2. O.Azizov va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 1986.

3. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: "Bilim" nashriyoti.2010.

6 Da'wletov A va boshqalar. Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. - No'kis, 2010. - B. 108.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.