ARTICL
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
COMMAND MILE IN UZBEK, RUSSIAN AND KARAKALPAK
LANGUAGES M. Xudayarova
Scientific leader: f.f.n., dots. Usanova Qademay Muratbay qizi
Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz The Faculty of Turkic languages is a student of Uzbek language direction 2 in foreign language groups. https://doi.org/10.5281/zenodo.10862981
ABSTRACT
In this article, the comparison of the verb word category in Uzbek, Russian and Karakalpak languages, the category of declension in verbs, the command declension, their alternatives in Russian and Karakalpak languages, similarities and differences were studied.
Received: 14th March 2024 Accepted: 22th March 2024 Online: 23th March 2024
KEYWORDS Verb, mile category, command, precision, condition, frammar, affix, present tense, respect, plurl, please, advice, next tense, adjective, majhul ratio, past tense.
OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA BUYRUQ MAYLI
M. Xudayarova
Ilmiy rahbar: f.f.n.,dots.
Usanova Qademay Muratbay qizi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10862981
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 14th March 2024 Accepted: 22th March 2024 Online: 23th March 2024
KEYWORDS Fe'l, mayl kategoriyasi, buyruq, aniqlik, shart, grammatika, affiks, hozirgi zamon, hurmat, ko'plik, iltimos, maslahat, kelasi zamon, sifatdosh, majhul nisbat, o'tgan zamon.
Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe'l soZ turkumining qiyosi, fe'llarda mayl kategoriyasi, buyruq mayli, ularning rus va qoraqalpoq tillaridagi muqobillari, o'xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.
Fe'l - har 3 tilda ham grammatik kategoriyalarga eng boy, grammatik tabiati eng murakkab turkum hisoblanadi. Fe'l so'z turkumiga mansub so'zlar jarayonni bildiradi.
Fe'ning harakat, holat ma'nosi uning maxsus grammatik kategoriyalari orqali ifodalanadi. Fe'l har 3 tilda ham daraja - залог - da'reje, mayl - наклонение - meyil, zamon - время -ma'ha'l, shaxs va son - лицо и число - bet ha'm san kabi grammatik kategoriyalarga ega.
é
ш
UIF = 8.1 I SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
Fe'l ma'no jihatidan ko'p qirraliligi, grammatik kategoriyalarga, shakllarga boyligi hamda gap tarkibida eng muhim o'rin tutishiga ko'ra barcha so'z turkumlari orasida ajralib turadi. Rus tilshunosi akademik Peshkovskiy: „So'z turkumlari planetalarga qiyos qilinsa, fe'l ular orasida quyoshdir" deb aytganida, albatta, haqli edi. O'zbek tilida fe'lning markaziy gap bo'lagi sifatida qo'llanishi ham buni isbotlaydi1.
O'zbek , rus va qoraqalpoq tillarida fe'l so'z turkumining mayl kategoriyasi ish-harakatning real voqelikka bo'lgan munosabatini ko'rsatadi. Har 3 tilda ham mayllarning buyruq mayli - повелительние наклонение - buyriq meyil, aniqlik mayli - изъявительное наклонение - aniqliq meyil, shart mayli - условное наклонение -sha'rt meyil, qoraqalpoq tilida yana tilek meyil va maqset meyil kabi maylning S xil turi mavjud.
O'zbek tilida buyruq mayli - fe'llarning mayl,zamon shaxs-son affiksni olmagan negizi fe'lning II shaxs buyruq formasi bilan shaklan teng keladi. Bunda buryuq va iltimos kabi ma'nolar ifodalanadi2. Masalan: ol, yoz, tila, chiq, ber, kel, ket, o'qi, ishla, keltir, turg'uz, tayyorlan kiyin kabi. II shaxs buyruq formasi ba'zan -gin, -kin, -qin affiksi qo'shib hosil qilinadi. Masalan: olgin, yozgin, o'qigin kabi. Bunday holatda buyruqdan ko'ra iltimos, maslahat ma'nosi ustun keladi. Hurmat ma'nosi fe'l negiziga -ng (-ing) affiksini qo'shib hosil qilinadi. Masalan: oling, yozing, boring, ko'rin, o'tiring kabi. Ko'plik formasi -ngiz, -ingiz affikslari bilan ifodalanadi. Masalan: yozingiz, boringiz, ishlangiz, o'qingiz kabi.
Rus tilida buyruq mayli - повелительние наклонение - buyruq fe'lining II shaxs birlik formasi, asosan, hozirgi zamon fe'lining negiziga -и, -й yoki -ь qo'shish bilan yasaladi. Masalan: пиш-ут - пиши, ход-ят - ходи, работа-ют - работай, гуля-ют - гуляй abi. Hurmat va ko'plik formalari birlik formasiga -те suffiksini qo'shish bilan yasaladi. Masalan: пиши - пишите, гуляй - гуляйте, встань - встаньте kabi. Bir bo'g'inli fe'llarning hozirgi zamon negizidan buyruq formasi yasalganda, odatda, e tovushi orttiriladi. Masalan: пьют - пей, льют - лей kabi.
Qoraqalpoq tilida buyruq mayli - buyriq meyili - asosan, II va III shaxs orqali ko'rsatiladi. Masalan: al, ayt, oqit, jazdir, u'yret, u'yren, oqin', aytin', oqisin kabi. Buyruq mayli fe'l negiziga (-i)-n'iz/-(i)-n'iz/ kabi II shaxs qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil qilinadi3. Masalan: Buyruq maylning birlikda III shaxsda -sin/-sin affiksi qo'llaniladi. Bu affiks buyruq maylining asosiy formasi bo'lishi bilan bir qatorda, buyruq maylining III shaxsdagi shaxs-son formasi bo'lib keladi. Shu bilan birga, bu forma buyruq maylning III shaxs birlik va ko'plik soni uchun birdek bo'ladi. Masalan: Ol aytsin - Olar aytsin kabi. Buyruq maylning birinchi soning ko'plik shaklida -(a)yiq/-(e)yik formasiga ega. Bu formani N. K. Dmitriev "Bashqurt tilining grammatikasi"da tilak maylning I shaxsning ko'plik fomasidan olib, shartli ravishda buyruq maylning I shaxs, ko'plik formasiga o'tkazadi4. N. K. Dritrievning bu formani aynan buyruq maylga o'tkazishining sababi, istak maylining I shaxs birlik formasining o'ziga tan o'zgachaliklari borligini hisobga oladi. Haqiqatdan ham, tilek mayli birlik formasining -ayin/-eyin formasi so'zlovchining obyektivlik haqiqatga bo'lgan subyektivlik munosabatini, iltimos yoki maslahatini bildiradi. So'zlovchining iltimosi, maslahati buyruq ma'nosida II yoki III
1 Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. 2006. - B. 11G.
2 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 59.
3 Da'wletov A va boshqalar. Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. - No'kis,
4 Dmitriev N. K. Boshqort telenen' grammatikahi.
2G1G. - B. 15G. Leningrad, 195G. - B. 174.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
shaxsga odamga aratilmaydi, balki, faqat bir narsani bajarish haqidagi o'zining iltimosi yoki tilagini boshqa shaxsdan tilak, o'tinch ma'nosida so'raladi. Masalan: Men aytayin, men oqiyin, men so'yleyin kabi. O'zbek tilida ham bu formani buyruq mayli tarkibida ko'rishimiz mumkin.
O'zbek tilida buyruq fe'lining I va III shaxs formalari ham mavjud. I shaxs formasining birlik shakli asosan, o'ziga qaratilgan istakni bildirib, -(a)y affiksini, ko'pligi esa I shaxs birligiga -lik affiksini qo'shish bilan yasaladi. Masalan: men boray - biz boraylik, men yozay - biz yozaylik, men ishlay - biz ishlaylik kabi. Bunday formani N. K. Dmitriev shartli ravishda buyruq mayliga o'tkazgan bo'lsa, prof. A. N. Kononov esa qoraqalpoq tilida bo'lganidek, istak mayli deb ataydi5. Buyruq maylining III shaxsi o'zbek tilida fe'l negiziga -sin affiksini qo'shish bilan, ko'pligi esa birlik formsiga -lar affiksini qo'shish bilan yasaladi
Rus tilida buyruq fe'llarining I shaxs formasi bo'lmaganligi uchun bu ma'no sodda kelasi zamon formasiga -ка yuklamasini qo'shish bilan yasaladi. Masalan: Men yozayin. - Напишу-ки я. Men o'qiyin. - Почитаю-ка я kabi. Rus tilida buyruq maylining III shaxsini iodalaydigan grammatik forma yo'q. Uning ma'nosi пусть so'zini hozirgi yoki kelasi zamonining III shaxs formasi bilan biriktirib ishlatish orqali beriladi. Bu maqolani Ahmad o'qisin. - Пусть эту статью читает Ахмед.
Qoraqalpoq tilida III shaxsning buyruq mayli formasi -sin/-sin affikslari orqali yasaladi. Bunday fe'llar faqat birlik sonda qo'llaniladi. Masalan: alsin, jasasin, ketsin kabi.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz kerakki, fe'l so'z turkumi har 3 tilda ham harakat va holatning ma'nosini ifodalasa ham bir-biridan juda katta farqlar bilan ajralib turadigan so'z turkumi hisoblanadi. Biz quyida fe'l so'z turkumining tur kategoriyasini qisqacha qiyoslab o'tdik. Bir-biriga o'xshash tomonlarini ham, bir-biridan farqli tomonlarini ko'rib chiqdik. Tillarni qiyoslab o'rganish har qanday til o'rganuvchi uchun oson va qiziqarli bo'ladi. Bu albatta, til o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni ham oshirishi aniq. Shuni alohida ta'kidlash joziki, o'zbek tilida buyruq fe'llarining I, II, III shaxs, rus tilida buyruq fe'li faqat II shaxs formasi, qoraqalpoq tilida esa II, III shaxs formalari bor. Bularda o'zbek tilidagi I va II shaxs buyruq fe'llarining ma'nolari rus va qoraqalpoq tillarida turli grammatik vositalar bilan ifodalash imkoniyati mavjud.
References:
1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.1965.
2. Bekbergenov A. Rus ha'm qaraqalpaq tillerinin' salistirmali grammatikasi. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2006
3. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2010.
4. Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 2006.
5. Kononov. A. N. Грамматика современного узбекского литературного языка. Leningrad: "Академик наук СССР" nashriyoti. 1960.
5 Kononov. A. N. Грамматика современного узбекского литературного языка. - Leningrad, 1960. - B. 234.