Научная статья на тему 'OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA SHART MAYLI'

OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA SHART MAYLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe’l / mayl kategoriyasi / buyruq / aniqlik / shart / grammatika / affiks / hozirgi zamon / hurmat / ko‘plik / iltimos / maslahat / kelasi zamon / sifatdosh / majhul nisbat / o‘tgan zamon

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.Xudayarova, Usanova Qademay Muratbay Qizi

Mazkur maqolada o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe’l so‘z turkumining qiyosi, fe’llarda mayl kategoriyasi, shart mayli, ularning rus va qoraqalpoq tillaridagi muqobillari, o‘xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — M.Xudayarova, Usanova Qademay Muratbay Qizi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA SHART MAYLI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Central Asian Journal of

Education and Innovation

OZBEK, RUS VA QORAQALPOQ TILLARIDA SHART MAYLI

M.Xudayarova

Ilmiy rahbar: f.f.n.,dots. Usanova Qademay Muratbay qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o'zga tilli guruhlarda o'zbek tili yo'nalishi 2-

bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10862965

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 10-March 2024 yil Ma'qullandi: 15- March 2024 yil Nashr qilindi: 23- March 2024 yil

KEY WORDS

fe'l, mayl kategoriyasi, buyruq, aniqlik, shart, grammatika, affiks, hozirgi zamon, hurmat, ko'plik, iltimos, maslahat, kelasi zamon, sifatdosh, majhul nisbat, o'tgan zamon.

ABSTRACT

Mazkur maqolada o'zbek, rus va qoraqalpoq tillarida fe'l so'z turkumining qiyosi, fe'llarda mayl kategoriyasi, shart mayli, ularning rus va qoraqalpoq tillaridagi muqobillari, o'xshash va farqli tomonlari tadqiq etildi.

Fe'l - har 3 tilda ham grammatik kategoriyalarga eng boy, grammatik tabiati eng murakkab turkum hisoblanadi. Fe'l so'z turkumiga mansub so'zlar jarayonni bildiradi.

Fe'ning harakat, holat ma'nosi uning maxsus grammatik kategoriyalari orqali ifodalanadi. Fe'l har 3 tilda ham daraja - залог - da'reje, mayl - наклонение - meyil, zamon -время - ma'ha'l, shaxs va son - лицо и число - bet ha'm san kabi grammatik kategoriyalarga ega.

Fe'l ma'no jihatidan ko'p qirraliligi, grammatik kategoriyalarga, shakllarga boyligi hamda gap tarkibida eng muhim o'rin tutishiga ko'ra barcha so'z turkumlari orasida ajralib turadi. Rus tilshunosi akademik Peshkovskiy: „So'z turkumlari planetalarga qiyos qilinsa, fe'l ular orasida quyoshdir" deb aytganida, albatta, haqli edi. O'zbek tilida fe'lning markaziy gap bo'lagi sifatida qo'llanishi ham buni isbotlaydi1.

O'zbek , rus va qoraqalpoq tillarida fe'l so'z turkumining mayl kategoriyasi ish-harakatning real voqelikka bo'lgan munosabatini ko'rsatadi. Har 3 tilda ham mayllarning buyruq mayli - повелительние наклонение - buyriq meyil, aniqlik mayli - изъявительное наклонение - aniqliq meyil, shart mayli - условное наклонение -sha'rt meyil, qoraqalpoq tilida yana tilek meyil va maqset meyil kabi maylning 5 xil turi mavjud.

O'zbek tilida shart mayli fe'l negiziga -sa affiksini qo'shish bilan yasaladi, shundan so'ng shaxs-son affiksi qo'shiladi. III shaxsda shaxs-son affiksi bo'lmaydi, III shaxs ko'pligi -lar affiksi qo'shiladi2. Masalan: birlikda: yoz-sa-m, yoz-sa-ng, yoz-sa; ko'plikda: yoz-sa-k, yoz-sa-ngiz, yoz-sa-lar kabi. O'zbek tilidagi shart maylining ma'nosi rus tilida если yoki когда

1 Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. 2006. - B. 110.

2 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 61.

so'zining kelasi zamon formasidagi fe'l bilan birikib kelishi orqali ifodalanadi. Masalan: Ertaga biznikiga kelsang, birga dars tayyorlaymiz. - Если ты завтра придешь к нам, будем вместе готовить уроки.

Rus tilidagi fe'lning shart mayli - условное наклонение - formalari belgili bir shart qilganda amalga oshadigan istakni, imkoniyatni bildiradi. Shuning uchun ham ular 2 ma'noda: shart va istak ma'nosida qo'llaniladi. Shart m'nosida qo'llanilganida bunday fe'llar ish-harakatning belgili darajadagi shartlarni amalga oshirilishi mumkin bo'lganligini bildiradi. Masalan: Я выбрал бы другую, когда бы я был, как ты поет ( А. С. Пушкин). - Men boshqasini xohlar edim, agar shunday shoir bo'lsam. Rus tilida shart mayllari istak ma'nosidagi qo'llanilganida, ish-harakatning haqiqatda bo'lmaganini, u faqat so'zlovchining istagi ekanligini bildiradi. Masalan: Я волком бы выгрыз бюрократизм (В. В. Маяковский). - Men byurokratizmni qashqirlarcha kemirar edim kabi.

Qoraqalpoq tilidagi shart mayli - sha't meyili - formasi ikkkinchi ish-harakatning ishlanishi yoki ishlanmasligi shartini bildiradi va fe'l asosiga -sa/-se affikslarining qo'shilishi orqali yasaladi va 3 shaxsda, birlik va ko'plik sonda turlanadi. Masalan: birlikda: alsam, alsan', alsa; ko'plikda: alsaq, alsan'iz, alsa kabi.

O'zbek tilida qo'shma gap tarkibidagi shart ergash gapda agar, agarda, basharti, bordi-yu, mabodo ergashtiruvchi bog'lovchilari qo'llanishi mumkin. Bosh gapning kesimi o'tgan zamon davom fe'li formasida bo'ladi. Rus tilida bunday qo'shma gap tarkibidagi bosh gap kesimi o'tgan zamon shakliga бы yuklamasini qo'shish orqali ifodalanadi, ergash gap tarkibidagi kesim ham o'tgan zamon shaklida ishlatiladi. Shart ergash gapda ko'pincha если ergashtiruvchi bog'lovchisi ishlatiladi3.

Qoraqalpoq tilida shart maylining zamonga qatnashliligi sifatdoshning zamon ma'nosini bildiruvchi -g'an, -tug'in formalariga shart mayli formasidagi bol ko'makchi fe'lining qo'shilishidan yoki kontekst, ya'ni bosh gapdagi kesimning zamon ma'nosi orqali ma'lum bo'ladi4. Masalan: kelgen bolsa, keletug'in bolsa: Men barsam, ol ketip qalg'an eken. Ol kelse, ha'mme jiynalip otir eken. Bu keltirilgan misollarda, dastlabki analitik formadagi so'zlardan o'tgan va kelasi zamon ma'nolari tushuniladi. Bu analitik formadagi so'zlarning zamon ma'nosi sifatdoshning o'tgan va kelasi zamon ma'nolarini bildirib kelishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Bunda shart mayli formasidagi bolsa ko'makchi fe'li sifatdosh bilan birga, analitik formadagi shart maylini yasaydi va shu hsart maylining zamon kategoriyasiga bog'liq ekanligidan darak beradi.

O'zbek tilida shart ma'nosi o'tgan zamon sifatdoshiga egalik affiksini va o'rin-payt kelishigi affiksini qo'shish hamda edi yordamchi fe'lini keltirish bilan beriladi. Masalan: Sen biznikiga kelganingda edi, birga kutubxonaga borardik. Agar u yangi kartinani ko'rganida edi, uning mazmunini bizga aytib berardi.

Rus tilida shart maylining oistak ma'nosi o'zbek va qoraqalpoq tillaridagi shart maylidagi fe'llarning edi, ekan/edi, eken so'zlari bilan birga kelishi orqali ifodalanadi. Masalan: Siz kutubxonaga borsangiz edi. - Вы зашли бы в библиотеку. - Siz kitapxanag'a barsan'iz edi.

O'zbek va qoraqalpoq tilidagi shart mayli formalari rus tilida если, когда kabi ko'makchilarining kelasi zamon fe'llari bilan birga kelishi orqali anglashiladi. Masalan: O'tirik

3 Azizov O. va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent,1965. - B. 61.

4 Da'wletov A. va boshqalar. Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. - No'kis, 2010. - B.155.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

bolsa tilim kesilsin (T. Qayipergenov). - Если это неправда, пусть у меня язык отсохнет. -Agar yolg'on bo'lsa, tilim kesilsin kabi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz kerakki, fe'l so'z turkumi har 3 tilda ham harakat va holatning ma'nosini ifodalasa ham bir-biridan juda katta farqlar bilan ajralib turadigan so'z turkumi hisoblanadi. Biz quyida fe'l so'z turkumining tur kategoriyasini qisqacha qiyoslab o'tdik. Bir-biriga o'xshash tomonlarini ham, bir-biridan farqli tomonlarini ko'rib chiqdik. Tillarni qiyoslab o'rganish har qanday til o'rganuvchi uchun oson va qiziqarli bo'ladi. Bu albatta, til o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni ham oshirishi aniq. Shuni alohida ta'kidlash joziki, o'zbek tilida shart maylining formalari 3 tilda ham qo'shma gap tarkibidagi ergash gapning kesim vazifasida keladi. Rus tilida shart ma'nosi, odatda, bir forma bilan ya'ni o'tgan zamon fe'li hamda бы yuklamasi bilan ifodalansa, o'zbek tilida shart maylining asosan ikki formasi bor: ishlasam, ishlasang kabi. Qoraqalpoq tilida shart ma'nosi 3 formada ishlatiladi: islesem, islesen', islese kabi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Azizov O va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti.1965.

2. O.Azizov va boshqalar. O'zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 1986.

3. Bekbergenov A. Rus ha'm qaraqalpaq tillerinin' salistirmali grammatikasi. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2006

4. Da'wletov A va boshqalar Ha'zirgi qaraqalpaq a'debiy tili. No'kis: "Bilim" nashriyoti. 2010.

5. Muhiddinova X va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti. 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.